Научная статья на тему 'Fond bozorini rivojlantirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga erishish yo’llari'

Fond bozorini rivojlantirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga erishish yo’llari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
520
145
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
fond bozori / qimmatli qog‘ozlar / aksiyalar emissiyasi / bozor kapitalizatsiyasi / aksiyadorlik jamiyatlari / fond birjasi / korporativ obligatsiyalar / investitsiyalar

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sherali Nuraliyevich Sultonov

Maqolada fond bozori faoliyat qilishining o‘ziga xos xususiyatlari, uning mamlakatning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari bilan bog’liqligi o‘rganilgan, O‘zbekiston Respublikasida fond bozori holatining bir necha yillik ko’rsatkichlari tahlil qilingan, fond bozorining amal qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Fond bozorini rivojlantirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga erishish yo’llari»

Fond bozorini rivojlantirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga

erishish yo'llari

Sherali Nuraliyevich Sultonov Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Maqolada fond bozori faoliyat qilishining o'ziga xos xususiyatlari, uning mamlakatning iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlari bilan bog'liqligi o'rganilgan, O'zbekiston Respublikasida fond bozori holatining bir necha yillik ko'rsatkichlari tahlil qilingan, fond bozorining amal qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: fond bozori, qimmatli qog'ozlar, aksiyalar emissiyasi, bozor kapitalizatsiyasi, aksiyadorlik jamiyatlari, fond birjasi, korporativ obligatsiyalar, investitsiyalar

Ways to achieve economic growth through the development of

the stock market

Sherali Nuralievich Sultanov Tashkent Financial Institute

Abstract: The article discusses the features of the stock market, its relationship with the indicators of the country's economic growth, analyzes the indicators of the state of the stock market of the Republic of Uzbekistan for a number of years, and sets out recommendations for improving the mechanisms for the functioning of the stock market.

Keywords: stock market, securities, share issue, market capitalization, joint-stock companies, stock exchange, corporate bonds, investments

Kirish

Strategik rivojlanish va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sharoitida fond bozorining milliy iqtisodiyotdagi mavqeini hamda investitsiyalarni jalb etishdagi rolini oshirish, birja savdolariga keng jamoatchilikni jalb qilish imkoniyatlarini oshirish, qimmatli qog'ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorini rivojlantirish, fond birjasida aksiyalar qiymatini muntazam e'lon qilib borish, aholida aksiyalar sotib olishga ishtiyoq va intilishni oshirish, aksiyalarni haqiqiy qimmatli qog'ozga aylantirish hamda muhim daromad manbai bo'lishini ta'minlash kabilar O'zbekiston fond bozori taraqqiyotini ta'minlashdagi muhim omillar hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir subyektning sog'lom faoliyat ko'rsatishi, uning yashovchanligi (hayotiyligi) va raqobatga bardoshliligi boshqa omillar bilan bir qatorda, ko'p jihatdan o'sha subyekt tomonidan qay tarzda investitsion faoliyatning amalga oshirilayotganligi bilan bog'liq.

Adabiyotlar sharhi

Fond bozori amal qilishining nazariy va amaliy masalalari bo'yicha qator xorijiy va milliy iqtisodchi-olimlarning ilmiy ishlanmalari o'rganildi. Jumladan, fond bozori ishtirokchilarining tasniflanishi B.I.Alyoxinning1 o'quv adabiyotlarini o'rganish asosida, fond bozorida moliyaviy vositalar yordamidagi resurslar harakatiga ta'sir etuvchi omillar Sh.Sh.Shoxa'zamiyning2 ishlanmalari asosida, fond bozoridagi vositachilar faoliyati I.L.Butikovning3 ilmiy ishlari asosida, tijorat banklarining fond bozorlari rivojiga ijobiy ta'siri hamda fond bozoridagi ishtirokini faollashtirish uchun ularning mustaqilligini oshirish zarurligi masalalari R.Xojimatovning4 ilmiy ishlari asosida, xalqaro kapital bozori rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti industrial davlatlar iqtisodiyotiga ko'proq bog'liqligi borasidagi xulosalar Ch.Qulmatov va N.To'ychiyevlar5 fikrlarini o'rganish asosida o'rganildi. Bundan tashqari, N.I.Berzon, E.A.Buyanovlarning6 kapital bozorini ishlab chiqarish omillari umumiy bozorining ajralmas qismi sifatidagi fikrlari, G.N.Beloglazovaning7 kapital bozorining moliya bozori segmenti sifatidagi qarashlari tahlil qilindi. Ya.Mirkin8, N.I.Berzon9ning fond bozori va qimmatli qog'ozlar bozori tushunchalariga bergan ta'rif va izohlari o'rganildi va ular asosida tegishli ilmiy xulosalar shakllantirildi.

Tahlil va natijalar

Rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsion faoliyatning amalga oshirilishi, eng avvalo, subyektlarning fond bozoridagi ishtirokini nazarda tutadi. Subyektlarning fond bozoridagi ishtiroki esa qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish masalalariga borib taqaladi. Ayni damda O'zbekiston fond bozorini rivojlantirish bilan bog'liq masalalarni, avvalambor, fond bozori rivojlanishining hozirgi ahvoliga baho bermasdan, unga xos xususiyatlarni, tendensiyalarni aniqlamasdan va tegishli tahlil

1 Алехин, Б. И. Рынок ценных бумаг: учебник и практикум для вузов / Б.И. Алехин. - 2-е изд., испр. и доп. — М.: Издательство Юрайт, 2023. - 497 с.

2 Шоxаъзамий Ш.Ш. Финансовый рынок и ценные бумаги. Книга 1. Учебник.-Т.: Iqtisod-moliya, 2005.-c.13, 3134.

3 Бутиков И.Л.. Проблемы формирования и функционирования рынка ценных бумаг в Узбекистана. БФА.: Диссертация на соискание ученной степени доктор экономического наук. Тошкент.: 2009.г. 416 стр.

4 Xojimatov R.X. Fond bozorini rivojlantirish xususiyatlari va istiqbolli bank vositalari. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2019-yil.

5 Qulmatov Ch., To'ychiyev N. Xalqaro kapital bozori rivojlanishining tendentsiyalari. Экономика. Научно-аналитический электронный журнал. Выпуск № 2. Июль 2022 года. e-journal.uz

6 Берзон Н.И., Буянов Е.А. Рынок капитала. - М.: «VITI-PRESS», 2006. С. 28.

7 Белоглазова Г.Н. Деньги, кредит, банки. - М.: Высшее образование. 2009. - С. 392.

8 Миркин Я.М. Ценные бумаги и фондовый рынок. - М.: Перспектива, 1995. - С. 100.

9 Берзон Н.И. и др. Фондовый рынок. 2-е изд. - М.: Вита-пресс, 1999. - С. 8.

ishlarini amalga oshirmasdan hal qilishning iloji yo'q. Milliy fond bozori ahvoliga baho berish, unga xos tendensiyalarni aniqlash bilan bog'liq masalalarni quyidagi ketma-ketlikda ko'rib chiqamiz:

1. YaIM hajmi va "Toshkent" Respublika fond birjasidagi (RFB) savdolar hajmi.

2. Fond birjasida iqtisodiyot sohalari bo'yicha tuzilgan bitimlar soni.

3. Aksiyadorlik jamiyatlari soni va aksiyalar emissiyasi umumiy hajmining o'zgarishi.

4. YaIM, aksiyalar umumiy emissiyasi hajmi hamda birja aylanmasi dinamikasining solishtirma ko'rsatkichi.

5. Aksiyalar umumiy hajmida davlat ulushi dinamikasi.

6. Korporativ obligatsiyalar hajmi.

7. Fond birjasida tuzilgan bitimlar hajmi va soni.

2015-2022 yillarda fond bozorida ham miqdor, ham sifat jihatdan sezilarli o'zgarishlar kuzatildi (1-rasm). Jumladan, fond bozorining umumiy savdo hajmining mamlakat YaIM hajmidagi ulushi 2015-2022 yillarda 1 foizga ham yetmagan, ya'ni 2015-yilda mazkur ko'rsatkich 0,09% ni tashkil etib, 2021-yilga kelib 7,8 martaga ortgan. Bunday holat fond bozorining milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda yetarlicha o'ringa ega emasligini namoyon qiladi. Ammo, 2022-yilda mazkur ko'rsatkich 2015-yilga nisbatan 0,45 f.p.ga sezilarli darajada oshib, 0,54 foizli ko'rsatkichni qayd etgan. 2015-2022-yillarda fond birjasi savdo hajmi esa 29,9 martaga ortgan (1-rasm).

1-rasm. YaIM va "Toshkent" RFB savdo hajmi10 2017-2019-yillarda fond birjasining umumiy savdo hajmi pasayish tendensiyasiga ega bo'lgan va mamlakatimizda qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning faol tarzda amalga oshirilishi natijasida 2021-yildan boshlab o'sish tendensiyasi kuzatilgan.

10"Toshkent" RFBning 2015-2022-yillardagi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.

"Toshkent" RFB mamlakatimiz qimmatli qog'ozlar bozorining asosiy savdo maydoni hisoblanadi. 2021-2022-yillarda birja savdo aylanmasining umumiy hajmi o'z faoliyati tarixidagi eng yuqori ko'rsatkichni, xususan, 2022-yilda (4816,2 mlrd.so'mni) qayd etdi va 2015-yilga nisbatan fond bozorining umumiy savdo hajmi 29,9 martaga oshgan.

2015-2021-yillarda fond birjasi savdo hajmi esa 7,8 martaga ortgan. Birja savdo aylanmasining o'sishi, bitimlar tuzishning jadallashuvi, fond bozoriga xizmat ko'rsatuvchi barcha infratuzilmalarning rivojlanishi hamda qonunchilik va muvofiqlashtirish ishlarining takomillashib borayotganligidan dalolat beradi. Bunday holat mamlakatimizda fond bozorini rivojlantirish nuqtai-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.

Fond birjasi faoliyatining 2020-2022-yillardagi iqtisodiyot sohalari bo'yicha tuzilgan bitimlar soni tahlili iqtisodiyotning moliyaviy sektori sohasidagi qimmatli qog'ozlari yuqori investitsion jozibadorlik kasb etganini ko'rsatadi (2-rasm).

2-rasm. 2020-2022-yillarda fond birjasida iqtisodiyot sohalari bo'yicha tuzilgan

bitimlar soni (dona)11 2022-yilda eng ko'p bitimlar bank va sanoat sektorlari emitentlarining qimmatli qog'ozlari bilan amalga oshirildi. Bank sektori emitentlarming qimmatli qog'ozlari bilan 26 042 ta bitim tuzildi, bu birja bitimlari umumiy sonining 32,26 foizini tashkil etdi.

Sanoat tarmog'idagi 9 ta emitentlarning qimmatli qog'ozlari bilan 21 247 ta bitim tuzildi (birja bitimlari umumiy sonining 26,32 foizi). Birja operatsiyalari umumiy hajmining 47,94 foizi bank sektori qimmatli qog'ozlari hissasiga to'g'ri keldi. Ushbu soha emitentlari bilan tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2,31 trln. so'mni tashkil

11"Toshkent" RFBning 2020-2022-yildagi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.

etdi. Qurilish sektori emitentlarining qimmatli qog'ozlari bilan tuzilgan bitimlar hajmi 1,92 trln. so'mni tashkil etdi va bu umumiy birja hajmining 39,96 foizini tashkil etdi.

Aksiyadorlik jamiyatlarining agrosanoat va boshqa tarmoqlardagi qimmatli qog'ozlari bilan tuzilgan bitimlar mos ravishda 237,93 mlrd. so'm va 169,31 mlrd. so'mni tashkil etdi. Eng kam miqdordagi bitimlar aloqa va transport sohasidagi qimmatli qog'ozlar bilan tegishli ravishda 69,29 mln. va 18,09 mln. so'mlik bitimlar tuzilgan. 2021-yilda ham eng ko'p bitimlar iqtisodiyotning bank va qurilish sohasi emitentlarining qimmatli qog'ozlari bilan amalga oshirildi. Bank sektori emitentlarining qimmatli qog'ozlari bilan 23 421 ta bitim tuzildi, bu birja bitimlari umumiy sonining 32,76 foizini tashkil etdi.

Qurilish sohasidagi 6 ta emitentning qimmatli qog'ozlari bilan 20 660 ta bitim tuzildi (birja bitimlari umumiy sonining 28,9 foizi). Qimmatli qog'ozlar bilan birja bitimlari umumiy hajmining 50,86 foizi qurilish sohasi hissasiga to'g'ri keldi. Mazkur tarmoq emitentlari bilan tuzilgan bitimlarning umumiy summasi 641,2 mlrd. so'mni tashkil etdi.

Bank sektori emitentlarining qimmatli qog'ozlari bilan tuzilgan bitimlar hajmi 312,6 mlrd. so'mga yetib, bu umumiy birja hajmining 24,8 foizini tashkil etdi.

Energetika va sanoat tarmoqlari aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog'ozlari bilan tuzilgan bitimlar mos ravishda 98,9 mlrd. so'm va 95,1 mlrd. so'mni tashkil etdi. Bitimlarning eng kam hajmi aloqa va transport sohasidagi qimmatli qog'ozlar bilan tuzilgan bo'lib, mos ravishda 324,6 mln. so'm va 28,06 mln. so'mga teng bo'ldi.

2022-yilda banklarning qimmatli qog'ozlari bilan amalga oshirilgan bitimlar hajmi 2020-2021-yillarga qaraganda sezilarli darajada oshganligini (48,8 foiz) qayd etish lozim (2-rasm).

Mazkur holat, tijorat banklarining fond bozoridagi asosiy ishtirokchilardan biri ekanligini va mazkur bozordagi operatsiyalarda, aynan, banklarning faol ishtirok etayotganligidan dalolat bermoqda.

1-jadval

YaIM, aksiyalar umumiy emissiyasi hajmi hamda birja aylanmasi dinamikasining

solishtirma ko'rsatkichi12

Ko'rsatkichlar 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022

YaIM hajmi, 171369,0 199325,1 254043,1 407500,0 511800 580200 734600 888340

mlrd. so'mda

Aksiyalar 16553,7 30463,5 48630,0 59400,0 99209,7 149502,3 153047,9 166762,5

umumiy

emissiyasi

hajmi, mlrd. s.

Birja 161,0 299,8 298,6 687,3 438,8 578,1 1260,5 4816,2

aylanmasi

12"Toshkent" RFBning hamda Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining faoliyat natijalari to'g'risidagi 2013-2022-yillardagi hisobot ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.

miqdori, mlrd.s.

Birja aylanmasining YaIMdagi ulushi, % 0,09 0,15 0,12 0,17 0,08 0,09 0,17 0,54

Birja aylanmasining umumiy emissiya hajmidagi ulushi, % 1,0 1,0 0,6 1,2 0,4 0,3 0,8 2,8

Ma'lumotlardan ko'rinadiki (1-jadval), birja aylanmasining YaIM dagi ulushi juda kam miqdorni tashkil etib, ko'rilayotgan davr mobaynida 0.7 foizdan 0.54 foizga qadar o'sgan. Mamlakatimizda aksiyalarning umumiy emissiya hajmi garchi o'sish tendensiyasiga ega bo'lib, 2022-yilda 166,7 trln. so'mdan oshgan bo'lsada, mazkur aksiyalarning birjadagi aylanmasi bor-yo'g'i 0,3 foizdan 2,8 foizgacha bo'lgan oraliqda tebranmoqda.

Boshqacha aytganda, aksiyalar umumiy hajmining bor-yo'g'i 2,8 foizi birjada oldi-sotdi qilinmoqda. Bu esa juda past ko'rsatkich hisoblanadi. Albatta, ushbu holatni ijobiy baholay olmaymiz. 2015-2018-yillarda aksiyalar umumiy emissiya hajmining YaIMga nisbatan ulushi dinamikasi o'sish tendensiyasiga ega bo'lib, 8,5 foizdan 32,8 foizga qadar o'zgargan. 2018-yilda 14,5 foizni tashkil etgan.

2019-2022-yillarda aksiyalar umumiy emissiya hajmining YaIMga nisbatan ulushi dinamikasi keskin o'zgarish tendensiyasiga ega bo'lib, 19,3 foizdan 18,7 foizga qadar pasayish kuzatilganligini qayd etish lozim (1-jadval). Mamlakatimizda so'nggi yillarda fond bozorini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning faol tarzda amalga oshirilishi natijasida fond bozori rivojlanishning yangi bosqichiga ko'tarilgan bo'lib, bunda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli iqtisodiy islohotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda13.

Fond birjasining bugungi kundagi asosiy maqsadlaridan biri - respublikamizdagi moliyaviy barqaror va likvidli AJlarini listingga jalb qilishdir. AJlarining rasmiy birja listingiga kiritilishi bu - ushbu jamiyatlarning ma'lum darajada ishonchliligidan va moliyaviy barqarorligidan darak beradi, ular to'g'risidagi axborotlarning doimiy oshkor qilinib borilishi esa investorlarning investitsiya kiritishga bo'lgan ishonchini oshiradi.

Listing kompaniyalari tarkibiga tijorat banklari, sug'urta kompaniyalari, neft va gaz sanoati, agrosanoat majmui, energetika va metallurgiya tarmog'i, qurilish mollari ishlab chiqaruvchi hamda boshqa bir qator sohalarda faoliyat olib boruvchi AJlari kiritilgan. Tahlillarga ko'ra, fond birjasi savdolarida investor sifatida jismoniy va

13Ataniyazov J.X., Alimardonov E.D. "O'zbekistonda fond bozori: joriy holat va rivojlanish istiqbollari" journal.bfa.uz/maqola/Maqola_5_son_2019.pdf

yuridik shaxslarning tijorat banklari qimmatli qog'ozlariga bo'lgan qiziqishi va ishonchi doimiy ravishda oshib bormoqda. Bugungi kunda bir qator tijorat banklari fond bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun brokerlik idoralarini tashkil etgan holda fond bozorida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Tijorat banklarining birja savdolaridagi ishtirokini kengaytirish uchun ularning xorijiy investorlar va moliyaviy institutlar bilan o'zaro samarali hamkorligini rivojlantirish va ilg'or tajribalarini o'zlashtirish bo'yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda fond bozorining roli shundan iboratki, u birinchi navbatda aholining, korxona va tashkilotlarning, davlatning bo'sh pul mablag'larini safarbar qilib, ularni iqtisodiyotning turli sohalariga yo'naltirishdir. Natijada, kapital iste'molchilari moliyalashtirish manbalariga ega bo'ladilar, investorlar esa, mulkdor bo'lish va mablag'lari miqdorini saqlash va yanada ko'paytirish imkonini qo'lga kiritadilar. Bu shunday natijaki, fond bozorining qayta taqsimlash funksiyasi bilan bog'liq hamda fond bozorining boshqa natijaviy ko'rsatkichlariga nisbatan o'tish iqtisodiyoti davlatlari uchun bu samarali va ijobiy natija hisoblanadi.

Fond bozori ushbu tarkibiy qismining muhimligi shundaki, agar davlat fond bozorining samarali faoliyat mexanizmini yo'lga qo'ya bilsa, u ko'p jihatdan milliy iqtisodiyotni moliyalashtirish muammosini hal etish imkonini bergan bo'ladi. Bu muammo mustaqil rivojlanish yo'lini tanlagan va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun juda muhimdir. Vaholanki, tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, davlat tomonidan tartibga solish har qanday bozor tizimining, shu jumladan moliyaviy tizimning muhim va ajralmas qismidir.

Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rish mumkinki (3-rasm), ko'rilayotgan davr mobaynida AJ soni kamayish tendensiyasiga ega. Ammo bunday kamayish umumiy aksiyalar emissiyasi umumiy hajmining kamayishiga olib kelmadi.

Respublikamizda 2000-yilda 4555 ta AJ faoliyat yuritgan bo'lsa, 2022-yilga kelib ularning soni bor-yo'g'i 628 tani tashkil etgan (hatto 2017-yilning 1-iyul holatiga 625 ta bo'lgan). So'nggi yillarda AJlari sonining keskin pasayib borishining asosiy sababi, Prezident farmonida ko'zda tutilgan AJlarini yiriklashtirishga, ular ustav jamg'armasining minimal miqdorini oshirishga bo'lgan talablar hisoblanadi. Ayniqsa, 2009-yildan boshlab yangi tashkil etilayotgan AJlari ustav jamg'armasining minimal miqdori 400 ming AQSh dollari ekvivalentida belgilanishi, muqaddam tashkil etilgan AJlariga ustav jamg'armasining miqdorini oshirish uchun 2010-yil 1-yanvargacha muhlat berilishi, aks holda mulkchilikning boshqa shakliga aylantirilishi bo'yicha qo'yilgan talablar sabab bo'lgan edi14.

14 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-sonli "Iqtisodiyot real sektori

korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. 2008-y. 47-son, 461-modda.

5 000 180 000,0

4 654 4716 166 762,5

2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 Aksiyadorlik jamiyatlari soni —O—Emissiyanmg umumiy hajmi. mild so1 m

3-rasm. Aksiyadorlik jamiyatlari soni va aksiyalar emissiyasi umumiy hajmining

o'zgarishi15

Aksiyalar emissiya umumiy hajmining so'nggi yillarda ortishining asosiy sababi - davlat ulushining ortishi bilan bog'liq. 2023-yil 1-yanvar holatiga AJlari kapitalizatsiyasi YaIMga nisbatan 18,7 foizni tashkil etgan. Holbuki, jahonning bu boradagi o'rtacha ko'rsatkichi 117, 7% foizni tashkil etadi16. Demak, AJlari kapitalizatsiya darajasining hozirgi holatini ijobiy baholay olmaymiz. Chunki, hozirgi kunda respublikamiz AJlarining kapitalizatsiya darajasi jahonning bu boradagi o'rtacha ko'rsatkichidan 8 marta kam ekanligini raqamlar tasdiqlab turibdi. Shuningdek, aksiyalar emissiya umumiy hajmi o'sish tendensiyasiga ega bo'lsa-da, fond birjasining savdo aylanmasi hajmi juda ham kam ulushni tashkil etmoqda. Bizning fikrimizcha, respublikamizda hozirgi kunda AJlarini fond bozori orqali moliyalashtirish hamda investitsiya jalb etishga to'sqinlik qilayotgan asosiy omillardan biri AJlarida davlat ulushining o'ta yuqori ekanligi bilan bog'liq.

2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022

Muomaladagi jami aksiyalar hajmi (Irin, so'ni) ■ Davlat uluslii fit ri so m l

4-rasm. Aksiyalar umumiy hajmida davlat ulushi dinamikasi17

15 «Toshkent» RFBning hamda Qimmatli qog'ozlar тагка71у depozitariysining faoliyat па^а1ап to'g'risidagi 2000-2022 yillardagi hisobot ma'1umot1ari asosida muaШf tomonidan tuzi1gan.

16 Обидов А. Развитие рынков капитала в Узбекистане. Международный финансово-банковский форум -Ташкент, 2019. - 27-31 март

17"То$ЬкепГ RFBning hamda Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining faoliyat natijalari to'g'risidagi 2015-2022-yi11ardagi hisobot ma'1umot1ari asosida muaШf tomonidan tuzi1gan.

Rasm ma'lumotlaridan ko'rinadiki muomaladagi jami aksiyalar hajmi 2015-2022-yillar mobaynida 10,1 barobarga oshganligini qayd etish lozim. Aksiyalar emissiya umumiy hajmining so'nggi yillarda oshib borishining eng asosiy sabablaridan biri - davlat ulushining ortishi bilan bog'liq. 2023-yilning 1-yanvar holatga ko'ra, 628 aksiyadorlik jamiyatining 166 762,49 mlrd. so'm umumiy nominal qiymatga ega 16 446,01 mlrd. dona qimmatli qog'ozlar chiqarilishlari hisobi yuritilmoqda. 2023-yilning 1-yanvar holatga ko'ra, 223 ta aksiyadorlik jamiyatidagi davlat ulushi 134 575,4 mlrd. so'mni tashkil etdi (shu jumladan, 211 ta aksiyadorlik jamiyatining 134 532,7 mlrd.so'm miqdordagi aksiya ko'rinishida davlat ulushi hisobi yuritilmoqda). 2022-yil davomida ustav fondida davlat ulushi mavjud bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 11 taga kamaydi, mavjud davlat ulushi hajmi esa 9 253,3 mlrd. so'mga ortdi.

2022-yilning 1-yanvaridagi holatga ko'ra, 607 aksiyadorlik jamiyatining 153 047,94 mlrd.so'm umumiy nominal qiymatga ega 12 211,14 mlrd.dona qimmatli qog'ozlar chiqarilishlari hisobi yuritilmoqda. 2021-yil davomida qimmatli qog'ozlar chiqarilishlari hajmi 3 545,68 mlrd. so'mga ko'paydi, aksiyalarning soni esa 2 163,01 mlrd. donaga ortdi.

2022-yilning 1-yanvaridagi holatga ko'ra, 234 ta aksiyadorlik jamiyatidagi davlat ulushi 125 322,1 mlrd.so'mni tashkil etdi (shu jumladan, 222 aksiyadorlik jamiyatining 125 310,6 mlrd.so'm miqdordagi aksiya ko'rinishida davlat ulushi hisobi yuritilmoqda). 2021-yil davomida ustav fondida davlat ulushi mavjud bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 20 taga, mavjud davlat ulushi hajmi esa 2 279,0 mlrd.so'mga kamaydi.

2021-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, Markaziy depozitariyda 599 aksiyadorlik jamiyatining 149 502,26 mlrd.so'm nominal qiymatga ega 10 048,12 mlrd.dona qimmatli qog'ozlar chiqarilishlari hisobi yuritilmoqda. O'tgan yilning shu davriga nisbatan aksiyadorlik jamiyatlari soni 6 taga, qimmatli qog'ozlar chiqarilishlari hajmi 50 292,49 mlrd. so'mga va tegishli tarzda 738,59 mlrd. dona aksiyaga ortgan.

2021-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, 254 ta aksiyadorlik jamiyatida davlat ulushi 127 601,1 mlrd.so'mni tashkil etadi (shu jumladan, Markaziy depozitariyda 239 aksiyadorlik jamiyatining ustav fondida 127 594,8 mlrd.so'm miqdordagi aksiya ko'rinishidagi davlat ulushi hisobi yuritilmoqda). 2020-yil davomida ustav fondida davlat ulushi mavjud bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 3 taga kamaydi, mavjud davlat ulushi hajmi esa 53 041,19 mlrd.so'mga ortdi.

2020-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, Markaziy depozitariyda 593 aksiyadorlik jamiyatining 99 209,77 mlrd.so'm nominal qiymatga ega 9 309,53 mlrd.dona qimmatli qog'ozlar chiqarilishlari hisobi yuritiladi. (01.01.2019-yil holatiga: 603 aksiyadorlik jamiyatining 59 439,42 mlrd. so'm nominal qiymatga ega 6 296,97 mlrd. dona qimmatli qog'ozlari). O'tgan yilning shu davriga nisbatan aksiyadorlik jamiyatlari soni 10 taga kamaygan bo'lsa-da, qimmatli qog'ozlar chiqarilishlari hajmi 39 770,35 mlrd.

so'mga va tegishli tarzda 3 012,56 mlrd. dona aksiyaga ortgan. 01.01.2020-yildagi holatga ko'ra, 257 ta aksiyadorlik jamiyatida davlat ulushi 74 559,2 mlrd.so'mni tashkil etadi (shu jumladan, Markaziy depozitariyda 238 aksiyadorlik jamiyatining ustav fondida 74 519,5 mlrd.so'm miqdordagi aksiya ko'rinishidagi davlat ulushi hisobi yuritilmoqda). Ushbu aksiyadorlik jamiyatlarida davlat boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, davlat unitar korxonalari, davlat muassasalari, O'zbekiston Respublikasining Markaziy Banki va Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi aksiyador hisoblanadi. 2019-yil davomida ustav fondida davlat ulushi mavjud bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 62 taga ko'paydi, mavjud davlat ulushi hajmi esa 27 187,4 mlrd.so'mga ortdi (4-rasm).

Davlatning aksiyador sifatida korxonalar ustav fondida ishtirok etishi boshqaruv qarorlarini qabul qilishning alohida va maxsus tartibini qo'llashni keltirib chiqaradi, shu jumladan, aktivlarni sotish jarayonida ham. Bu esa fond bozorida passivlikning asosiy sabablaridan biridir. O'z navbatida, uyushmagan savdo maydonlaridagi ikkilamchi bozorda aksiyalar oldi-sotdisiga doir bitimlar bo'yicha qonuniy cheklashlar ko'rsatkichlarning sezilarli darajada o'sishiga olib kelmadi. Bundan tashqari bu aksiyalar likvidligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda va oldi-sotdi obyekti sifatidagi fundamental xususiyatini cheklamoqda.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Davlat va korporativ obligatsiyalar ham fond bozorida muhim rol o'ynaydi. Korporativ obligatsiyalar bozorida asosan bir nechta banklar qatnashmoqda. 2019-yil oxirida oltita emitent(ulardan 5tasi bank)ning korporativ obligatsiyalari umumiy hajmi 488,1 mlrd. so'mni tashkil etdi18. Mazkur ko'rsatkichlarni chiqarilgan qimmatli qog'ozlarning umumiy hajmi bilan mutlaqo taqqoslab bo'lmaydi.

Korporativ obligatsiyalar hajmi (mlrd. so'mda)

300,00 301'j 223,56 25U1 ^ ^

= J I 1 11 1 I I

5-rasm. Fond bozorida korporativ obligatsiyalar hajmi (mlrd. so'mda)19 Davlat va korporativ obligatsiyalar ham fond bozorida muhim rol o'ynaydi. Korporativ obligatsiyalar bozorida 2023-yilning 1-yanvaridagi holatga ko'ra, 28ta

18http://leverage.uz/detail/31/blog.

19"Toshkent" RFBning hamda Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining faoliyat natijalari to'g'risidagi 2015-2022-yillardagi hisobot ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.

emitentning korporativ obligatsiyalari umumiy hajmi 874,6 mlrd.so'm miqdorga ega 620,0 ming dona korporativ obligatsiyalar chiqarilgan bo'lib, ularning 504,63 mlrd.so'm umumiy miqdorga ega 255,6 ming dona korporativ obligatsiyalari 21ta MChJ tomonidan chiqarilgan.

2022-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, 10 ta emitent tomonidan chiqarilgan 783,3 mlrd.so'm umumiy miqdorga ega 365,6 ming dona korporativ obligatsiyalar hisobi yuritilmoqda. Ularning 374,13 mlrd.so'm umumiy miqdorga ega 41,4 ming donasi 5 ta MChJ tomonidan chiqarilgan.

2021-yilning 1-yanvar holatiga, 7 emitent tomonidan chiqarilgan 281,2 mlrd.so'm umumiy miqdorga ega 472,8 ming dona korporativ obligatsiyalar hisobi yuritiladi. Ularning 172,24 mlrd.so'm umumiy miqdorga ega 415,7 ming donasi 3ta tijorat banklari tomonidan chiqarilgan. 2020-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, ya'ni 2019-yil oxirida oltita emitent(ulardan beshtasi bank)ning korporativ obligatsiyalari umumiy hajmi 488,1 mlrd. so'mni tashkil etdi (5-rasm).

Fond bozori rivojlanayotgan mamlakatlarda korporativ obligatsiyalar - ko'plab korxonalar uchun o'z kapitali va bank kreditlari bilan bir qatorda, kapitalning asosiy manbasi hisoblanadi. Bundan tashqari, obligatsiyalar bozori - bu iqtisodiyot holati, kelajakdagi ishbilarmonlik va istiqboldagi inflyatsiyaning darajasidan darak beruvchi eng yaxshi ko'rsatkichi bo'lib, aksiya va ko'chmas mulkdan tortib, uy-ro'zg'or buyumlari narxlariga bevosita ta'sir ko'rsatadi. 2000-yilning o'rtalarida jadal rivojlanib borayotgan korporativ obligatsiyalar bozori tajribasini hisobga olgan holda, ushbu moliyaviy instrumentning emitentlariga qo'yiladigan talablarning qat'iylashtirilishi aksincha ta'sir ko'rsatdi, ular deyarli yo'q bo'lib ketdi. Yaqin vaqtlargacha O'zbekistonda faqat AJlari va tijorat banklari korporativ obligatsiyalar chiqarishlari mumkin edi. Xususan, O'zbekiston amaliyotida 2020-yildan boshlab MChJlarga ham korporativ obligatsiyalar chiqarish imkoniyati berildi.

6-rasm. 2018-2022 yillarda fond birjasida tuzilgan bitimlar hajmi va soni

20

20"Toshkent" RFBning faoliyat natijalari to'g'risidagi 2018-2022 yillardagi hisobot ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.

2022-yilda amalga oshirilgan bitimlar hajmi va sonini 2018-, 2019-, 2020- va 2021-yillar davrlari bilan solishtiradigan bo'lsak, ikkala ko'rsatkichda ham sezilarli o'sish kuzatilgan. 2022-yilda tuzilgan bitimlar soni va hajmi o'tgan yillar ma'lumotlariga nisbatan mos ravishda quyidagicha oshdi:

- 2018-yilda +487,08% va +600,74%;

- 2019-yilda +145,99% va +997,54%;

- 2020-yilda +123,85% va +733,04%;

- 2021-yilda +12,92% va +282,08%.

2022-yil davomida 114 ta emitentning 36,15 mlrd. dona qimmatli qog'ozlari bilan jami 4,82 trln. so'mlik 80 723 ta bitim tuzildi. 2022-yilda barcha savdo maydonlarida amalga oshirilgan o'rtacha kunlik bitimlar soni 327 tani, o'rtacha kunlik hajmi - 19,50 mlrd. so'mni, sotilgan qimmatli qog'ozlarning o'rtacha kunlik soni - 146,38 mln. donani tashkil etdi.

2022-yilda iqtisodiyotning 10 ta turli xil soha aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog'ozlari bilan birja savdolari amalga oshirildi. Eng ko'p bitimlar bank va sanoat sektorlari emitentlarining qimmatli qog'ozlari bilan amalga oshirildi. Bank sektori emitentlarining qimmatli qog'ozlari bilan 26 042 ta bitim tuzildi, bu birja bitimlari umumiy sonining 32,26 foizini tashkil etdi. Sanoat tarmog'idagi 9 ta emitentlarning qimmatli qog'ozlari bilan 21 247 ta bitim tuzildi (birja bitimlari umumiy sonining 26,32 foizi). Birja operatsiyalari umumiy hajmining 47,94 foizi bank sektori qimmatli qog'ozlari hissasiga to'g'ri keldi. Ushbu soha emitentlari bilan tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2,31 trillion so'mni tashkil etdi. Qurilish sektori emitentlarining qimmatli qog'ozlari bilan tuzilgan bitimlar hajmi 1,92 trillion so'mni tashkil etdi va bu umumiy birja hajmining 39,96 foizini tashkil etdi.

Aktsiyadorlik jamiyatlarining agrosanoat va boshqa tarmoqlardagi qimmatli qog'ozlari bilan tuzilgan bitimlar mos ravishda 237,93 mlrd. so'm va 169,31 mlrd. so'mni tashkil etdi. Eng kam miqdordagi bitimlar aloqa va transport sohasidagi qimmatli qog'ozlar bilan tegishli ravishda 69,29 mln. va 18,09 mln. so'mlik bitimlar tuzilgan (6-rasm).

Mamlakatimizda aksiyadorlik moliyalashtirish orqali ko'lamli investitsiyalarni jalb etishning hozirgi kundagi holatini ijobiy baholay olmaymiz. Aksiyadorlik moliyalashtirish orqali investitsiyalarni jalb etish ko'lami banklar orqali investitsiyalarni jalb etishga nisbatan ancha past. Rivojlangan mamlakatlarda esa fond bozori bemalol banklar bilan bu borada raqobatlasha oladi.

Fikrimizcha, respublikamizda hozirgi kunda aksiyadorlik moliyalashtirish orqali ko'lamli investitsiyalarni jalb etishga to'sqinlik qilayotgan asosiy omillardan biri aksiyadorlik jamiyatlarida davlat ulushining yuqori ekanligi bilan bog'liq.

Qimmatli qog'ozlar Markaziy depozitariysining ma'lumotlariga ko'ra, hozirda respublikamizda faoliyat yuritayotgan 600 dan ortiq aktsiyadorlik jamiyatlari mavjud

bo'lib, ulardagi davlatning bevosita yoki bilvosita hissasi 80 foizdan ortiqni tashkil etmoqda.

Davlat ulushining yuqoriligi ikkilamchi qimmatli qog'ozlar bozorining rivojlanishiga keskin to'sqinlik qilmoqda. Shuningdek, korporatsiyalarning boshqa shakldagi xo'jalik yurituvchi subyektlar (masalan, kichik biznes)dan keskin farq qiladigan eng asosiy xususiyatlari bo'lib ustav kapitalining, kapitallashuv darajasining yuqoriligi, o'zida yirik kapitalni konsentratsiya qilishi va yirik loyihalarga mablag' yo'naltira olishi hisoblanadi.

Umuman, aktsiyadorlik jamiyatlari shaklidagi korxonalarning muayyan kamchiliklari bo'lishiga qaramasdan, ular juda ko'p ustunlik tomonlariga ega. Shuningdek, mazkur turdagi korxonalar asrlar davomida o'zini oqlagan hamda takomillashayotgan, mamlakatlar yalpi ichki mahsulotiga o'zining ulkan hissasini qo'shib kelayotgan tashkiliy-huquqiy shakl hisoblanadilar. Shubhasiz, aksiyadorlik moliyalashtirish orqali investitsiyalarni keng jalb etish korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirishga hissa qo'shadi. Shuning bilan birga, O'zbekiston iqtisodiyoti taraqqiyotining istiqbolli yo'nalishlarini ifoda etadi.

Xulosalar

Hozirgi jadal ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sharoitida O'zbekistonda qimmatli qog'ozlarning ikkilamchi bozorini to'la ishga tushirish, fond birjasida aksiyalar qiymatini muntazam e'lon qilib borish, aholida aksiyalar sotib olishga ishtiyoq va intilishni oshirish, aksiyalarni haqiqiy qimmatli qog'ozga aylantirish hamda muhim daromad manbai bo'lishi ta'minlanmaganligi, fond bozori infratuzilmasi faoliyati samarali yo'lga qo'yilmaganligi fond bozorining rivojlanishiga to'sqinlik qilmoqda. Shunga ko'ra, "yurtimizda fond bozori, fond birjasini yanada rivojlantirish uchun qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish ishini tubdan qayta tashkil etish lozim"21. Fond bozori infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismlari hisoblangan axborot beruvchi fond indekslarini takomillashtirish, birjalar va muqobil savdo tizimlarining rolini oshirish, yangi moliyaviy vositalarni joriy etish, fond bozorida o'z-o'zini boshqarish organlarini tashkil etish, qimmatli qog'ozlarni onlayn sotib olish va elektron savdolarni tashkil etish yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.

O'zbekistonda fond bozori yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini investitsiyalarga yo'naltiradi va iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga transfarmatsiyalanishiga imkoniyat yaratadi.

O'zbekistonda qimmatli qog'ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlari bo'yicha barcha operatsiyalar fond birjasi elektron savdo tizimi hamda uyushgan va

21 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2017-yil 22-dekabr. http://www.uza.uz

uyushmagan savdo tizimi orqali amalga oshiriluvchi infratuzilma shakllantirildi. Biroq, qimmatli qog'ozlarning ikkilamchi bozorini to'la ishga tushirish, fond birjasida aktsiyalar qiymatini muntazam e'lon qilib borish, aholida aksiyalar sotib olishga ishtiyoqi va intilishini oshirish, aksiyalarning haqiqiy qimmatli qog'ozga aylantirish hamda aksiyadorlar uchun muhim daromad manbai bo'lishi ta'minlanmaganligi, fond bozori infratuzilmasi faoliyati samarali yo'lga qo'yilmaganligi fond bozorini rivojlanish imkonini bermayapti. Shuningdek, mamlakatda fond bozori infratuzilmasining iqtisodiyotdagi roli past bo'lib, davlatning makroiqtisodiy va faol investitsiya siyosati talablariga to'liq javob bermaydi. Chunki, fond bozori rivojlangan mamlakatlardagidek, o'zining bosh funksiyasi - yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo'sh pul mablag'larini investitsiyalarga yo'naltirish, ya'ni, barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash maqsadida uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qila olmayapti. Ushbu holatlar O'zbekistonda fond bozori infratuzilmasini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi "2022 — 2026-yillarga m o'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida"gi PF-27-son Farmoni

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi "Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6207-son Farmoni. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022 y., 06/22/113/0330-son.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi "2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 83-sonli Qarori. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son.

5. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. - T.: O'zbekiston. 2022. 416 bet.

6. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatidir. - T.: "O'qituvchi", 2021. - 184 bet.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. 20.12.2022. Manba: https://president.uz/oz/lists/view/5774.

8. Алехин, Б.И. Рынок ценных бумаг: учебник и практикум для вузов / Б.И. Алехин. - 2-е изд., испр. и доп. - М.: Издательство Юрайт, 2023. - 497 с.

9. Белоглазова Г.Н. Деньги, кредит, банки. - М.: Высшее образование. 2009. - С. 392.

10. Берзон Н.И., Буянов Е.А. Рынок капитала. - М.: «VITI-PRESS», 2006. С.

28.

11. Дж.Кейнс. Общая теория занятости, процента и денег. - М.: Прогресс, 1978. С. 211.

12. Шохдъзамий Ш.Ш. Финансовый рынок и ценные бумаги. Книга 1. Учебник.-Т.: Iqtisod-moliya, 2005.-c.13, 31-34.

13. A.Smith An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations. This Liberty Classics yedition of 1981 is an yexact photographic reproduction of the yedition published by Oxford University Press in I976 and reprinted with minor corrections in 1979.

14. Бутиков И.Л.. Проблемы формирования и функционирования рынка ценных бумаг в Узбекистана. БФА.: Диссертatsiя на соискание ученной

15. Sherali Sultonov. Directions of state regulation of the stock market. EPRA International Journal of Economic Growth and Environmental Issues - Peer Reviewed Journal. Volume: 9 | Issue: 2 | February 2021 | Journal DOI : 10.36713/epra0713 | SJIF Impact Factor (2021): 8.047

16. Sherali Sultonov Nuraliyevich, & Nodira Soatova Bobokhanovna. (2022). Ways of Fund Market Development in Uzbekistan. Eurasian Scientific Herald, 7, Page 13-21.

17. Sultonov, Sherali, ET AL. "Development ways of stock market in Uzbekistan (in the case of "TASHKENT" republican stock exchange)." Journal of Critical Reviews 7.11 (2020): 1476-1482.

18. Sherali Sultonov. Directions of state regulation of the stock market. EPRA International Journal of Economic Growth and Environmental Issues - Peer Reviewed Journal. Volume: 9 | Issue: 2 | February 2021 | Journal DOI : 10.36713/epra0713 | SJIF Impact Factor (2021): 8.047

19. Sultonov Sh.N. O'zbekistonda fond bozorini rivojlantirish yo'llari. Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son. 184-191-бетлар.

20. Tokhir Malikov, Sherzod Jalilov, Khotamjon Kobulov, Sherali Sultonov. Methodological approaches to assessing and forecasting the tax potential of the region // Turkish Journal of Computer and Mathematics Education Vol.12 No. 11 (2021), May 2021, p.7056-7060

21. Khotamjon Kobulov, Sherzod Jalilov, Sherali Sultanov, Nodira Soatova. Modeling the processes of forming a strategy for the revenue potential of local budgets

// Journal of Advanced Research in Dynamic and Control Systems. VOLUME 12, ISSUE 6. 2020. DOI: 10.5373 / JARDCS / V12I6 / S20201161. Pages: 1210-1216

22. Sultonov, Sherali, and Nodira Soatova. "FACTORS STRENGTHENING

THE TAX BASE OF LOCAL BUDGETS." ЙМЖ^Ж 49.12

(2022).

23. Nuralievich, Sultanov Sherali, and Soatova Nodira Bobokhanovna. "Issues Of Strengthening Taxable Revenue Bases Of Local Budgets." Journal of Positive School Psychology 6.9 (2022): 4301-4308.

24. Sherali Sultonov Nuraliyevich, and Bobokhanovna, Nodira Soatova "Local Budgets Mechanisms for Strengthening Tax Income Bases." Czech Journal of Multidisciplinary Innovations 4 (2022):

25. Shomirov A. Kapital bozorini ekstensiv rivojlantirish istiqbollari. "Xalqaro moliya va hisob" ilmiy jurnali. №1, fevral, 2022 yil. ISSN: 2181-1016

26. Fond bozori rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari va iqtisodiy o'sish bilan bog'liqligi AAOGL A.Nurmuxamedov, B.Nurmuxamedova. Science and Education 4 (3), 836-847

27. Jumaniyazov, I. T. (2021). The Progressive Foreign Experiments in the Activity of Sovereign Wealth Funds. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 109-116.

28. Jumaniyozov, I. (2018). Impact of Development Finance Institutions on Economic Growth: Implications for Reconstruction and Development Fund of Uzbekistan. International Journal of Management Science and Business Administration, 4(2), 84-88.

29. Jumaniyozov, I. (2020). ISSUES OF ENSURING THE TRANSPARENCY OF SOVEREIGN WEALTH FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(5), 1.

30. Jumaniyazov, I. (2020). FOREIGN EXPERIENCE IN THE ACTIVITIES OF SOVEREIGN FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(2), 1.

31. Jumaniyazov, I. T. (2021). Transparency Is A Key Indicator Of The Activity Of Sovereign Wealth Funds. The American Journal of Management and Economics Innovations, 3(05), 30-37.

32. Жуманиязов, И. Т. (2016). Основные задачи Фонда реконструкции и развития Республики Узбекистан. Наука, образование и культура, (7 (10)), 27-28.

33. Жуманиязов, И. Т. (2016). Направления использования средств Фонда реконструкции и развития Республики Узбекистан. Economics, (7 (16)), 28-29.

34. Jumaniyazov, I. T. (2022). O'zbekistonda davlat moliya tizimidagi islohotlar va rivojlantirish istiqbollari. Science and Education, 3(5), 1637-1645.

35. Inomjon Turaevich Jumaniyazov, & Bexruz Hazratov (2022). Foreign experience in the development of special economic zones in Uzbekistan. Science and Education, 3 (5), 1628-1636.

36. Jumaniyazov Inomjon Turaevich, & Juraev Maqsud Annaqulovich (2022). Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish va risklarni baholash usullari. Science and Education, 3 (5), 1646-1654.

37. Jumaniyazov, I. T. (2019). The impact of Uzbekistan Reconstruction and development fund's expenditure on GDP growth. Science, research, development № 16. Monografiya pokonferencyjna.

38. Jumaniyazov, I., & Xaydarov, A. (2023). The importance of social insurance in social protection. Science and Education, 4(1), 1033-1043. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/4941

39. Davlatboyeva, M. S. qizi, & Jumaniyazov, I. T. (2023). Yashil byudjetlashtirish va uni O'zbekistonda joriy etish istiqbollari. Science and Education, 4(2), 1509-1516. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/5237

40. Jumaniyazov, I. T. (2019). Evaluation criteria for the efficiency of sovereign funds. Global science and innovations 2019: Central Asia. In International scientific conference.-Nur-Sultan (Kazakhstan) (Vol. 340, pp. 226-229).

41. Jumaniyazov, I. T. The significance of Uzbekistan reconstruction and development fund's financial capital on economic growth of Uzbekistan. International Journal of Economics, Commerce and Management United Kingdom ISSN, 2348, 0386.

42. Jumaniyazov, I., & Mahmudov, M. (2022). Experience of foreign countries in attracting foreign investment. Asian Journal of Research in Banking and Finance, 12(5), 32-37.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.