Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
О
R
VOLUME 1 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423
GENDER TENGLIKNI TA'MINLASHDA XOTIN-QIZLAR HUQUQLARINING TA'MINLANISHI
Tursunova Olmos Fayziyevna
Samarqand davlat universiteti Berdimurodova Xumora Abdunazar qizi
Samarqand davlat universiteti
Maqolada ayollarning huquq, erkinliklariga alohida e'tibor berish, erkaklar va ayollar mehnatini bir xilda baholashni, teng rag 'batlantirish, ayollarga nisbatan har qanday kamsitishlarni tugatish hamda bugungi kunda jahon miqyosida ayollarga qaratilayotgan e 'tibor va yaratilayotgan shart sharoitlar haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Demokratik huquqiy davlat, harakatlar strategiyasi, siyosiy huquqlar, teng huquqlilik, sog'lom muhit, jamiyat ustuni.
В статье рассматриваются права и свободы женщин, равная оценка мужского и женского труда, равные стимулы, устранение любой дискриминации в отношении женщин, а также внимание и условия, создаваемые для женщин в современном мире.
Ключевые слова: демократическое правовое государство, стратегия действий, политические права, равенство, здоровая окружающая среда, столп общества.
The article examines the rights and freedoms of women, equal assessment of male and female labor, equal incentives, elimination of any discrimination against women, as well as the attention and conditions created for women in the modern world.
Keywords: democratic rule of law, strategy of action, political rights, equality, healthy environment, pillar of society.
Bugungi kunda respublikamiz hayotida kechayotgan o'zgarishlar har bir fuqaroni befarq qoldirmayapti. Yurtimiz demokratik huquqiy davlat qurish yo'lidan borar ekan, avvalo o'sha jamiyatning huquqiy poydevori mustahkam bo'lishi zarur. Jamiyatning asosiy bo'g'inini xotin-qizlar tashkil etganligini hisobga olgan holda, respublikamiz ayollarga doir bir qancha xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan. Bu haqda yurtboshimizning fikrlari buni tasdiqlaydi: "Bugungi tez o'zgarayotgan,
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
ziddiyatli davrda oilaviy masalalami ilmiy asosda chuqur o'rganmasdan turib, ijtimoiy hayotdagi ko'plab murakkab savollarga javob topish qiyin"[1].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Prezidentimizning bugungi kunda O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan maqsad va vazifalarga erishish maqsadida ayollarning huquq, erkinliklariga alohida e'tibor berilganligi tahsinga loyiq. O'zbekiston Respublikasi butun jahonga yuz tutdi, har sohada xorijiy davlatlar bilan aloqaga kirishyapti. Xalqaro munosabatlar nafaqat jamiyatga balki, har bir xotin-qizga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmyapti. Albatta bu munosabatlar xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadi. Xotin-qizlarimizning o'z huquqlarini bilishi bu obod turmushning kafolati, huquqiy demokratik davlatning poydevori, mustahkam oilaning tamal toshidir. Ushbu huquqiy hujjatlar bilan tanishish, bilish, targ'ib qilish ayollarimizning yana bir karra huquqiy madaniyatini oshirishga ko'maklashadi. Jumladan, 1952 yilning 28 iyunidagi "Onalikni himoya qilish to'g'risida"gi № 103 Konvensiya, 1979 yilning 18 dekabridagi "Ayollarga nisbatan har qanday kamsitishlarni tugatish to'g'risida"gi Konvensiya, 1951 yilning 29 iyunidagi "Erkaklar va ayollar mehnatini bir xilda baholashni teng rag'batlantirish to'g'risida"gi № 100 Konvensiya, "Ayollarning siyosiy huquqlari to'g'risida"gi Konvensiya shular jumlasidandir. Ushbu ratifikatsiya qilingan hujjatlarning barchasida xotin-qizlarimizning shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy, ma'rifiy huquq va erkinliklari aks etgan.
Onalikni himoya qilish to'g'risidagi Konvensiyaning 2-moddasiga ko'ra: "Ushbu konvensiyaning maqsadidan kelib chiqqan holda "ayol" termini uning yoshi, millati, ijtimoiy kelib chiqishi va dini, nikohdan o'tgan yoki o'tmaganligidan qat'i nazar ayol jinsiga mansub har qanday ayol shaxsi, "bola" termini esa, uning ota-onasi nikohdan o'tgan yoki o'tmaganligidan qat'i nazar har qanday bola tushuniladi"
Ushbu Konvensiyaning 5-moddasiga ko'ra: "Agar ayol kishi o'zining bolasini ko'kragi bilan emizdirsa, u shu maqsadda ish kuni davomida bir yoki bir necha marta tanaffus qilish huquqiga ega, tanaffuslarning davomiyligi davlatning qonunchiligi bilan belgilanadi" [2]1.
Ayollarga nisbatan har qanday kamsitishlarni tugatish to'g'risidagi Konvensiyaning 2-moddasi q) bandiga ko'ra: "Jinoyat qonunchiligining ayollarga nisbatan kamsitishlar aks etgan barcha holatlari bekor qilinsin" Shuningdek, 6-moddasi: "Qatnashuvchi-davlatlar ayollar savdosining barcha turlari va ayollar
1 Узбекистан и международные договора по правам человека. Т.: Адолат, 1998. - с-397.
813
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
fohishabozligining ekspluatatsiyasini bekor qilish maqsadida barcha tegishli, jumladan qonunchilik choralarini amalga oshirsin".
Ushbu Konvensiyaning 9-moddasi 2-bandiga ko'ra: "Qatnashuvchi-davlatlar ayollarga ularning farzandlariga fuqarolik berish masalasida erkaklar bilan teng huquqlar taqdim etadi". 11-moddaning a) bandi: "Barcha kishilarning ajralmas huquqi bo'lgan mehnat qilish huquqiga ega bo'lish", 13-moddaning a) bandi: "oilaviy ta'minot olish huquqi" va hokazolar [3]2.
Erkaklar va ayollar mehnatini bir xilda baholashni teng rag'batlantirish to'g'risidagi Konvensiya o'z ichiga jinsidan qat'iy nazar barcha o'z mehnatlari uchun teng taqdirlanishini bayon etadi. Ratifikatsiya qilingan ushbu Konvensiyada asosiy e'tibor, tashkilotning barcha a'zosi o'z vositalari, rag'batlantirishning tasdiqlangan mezonlari bilan, u yoki bu holda barcha mehnatkashlarni teng rag'batlantirish prinsipi asosida, erkaklar va ayollarning mehnatini bir xilda baholanishini ta'minlashga qaratilgan. Ushbu prinsip quyidagi usullar bilan qo'llanishi mumkin: a) milliy qonunchilik asosida; b) rag'batlantirish aniqlangan, qonunchilik bilan tan olingan yoki tasdiqlangan tizim asosida; s) tadbirkorlar va xodimlar o'rtasida tuzilgan jamoaviy shartnomalar asosida; d) ushbu turli xildagi usullarning birikmalari asosida [2].
Ayollarning siyosiy huquqlari to'g'risidagi Konvensiyaga e'tiborni qaratadigan bo'lsak, BMT ustavida belgilangan, erkaklar va ayollarning teng huquqligini amalga oshirish maqsadida, ayollarning ham siyosiy huquqlardan foydalanish va ega bo'lish erkinliklari ochib beriladi.
Jumladan, 1-moddada: «Ayollar hech qanday kamsitishlarsiz, erkaklar bilan teng sharoitlarda barcha saylovlarda ovoz berish huquqiga ega». 2-modda: «Ayollar ommaviy saylovlarni talab etadigan, milliy qonunchilik bilan belgilangan tashkilotlarga, hech qanday kamsitishlarsiz, erkaklar bilan teng huquqda saylanishlari mumkin». 3-modda: «Ayollar hech qanday kamsitishlarsiz, erkaklar bilan teng huquqda ijtimoiy-davlat xizmatida lavozim egallashlari va milliy qonunchilik bilan belgilangan barcha ijtimoiy funksiyalarni bajarishlari mumkin» [2].
Yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar O'zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligida o'z aksini topgan. Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 900 dan ortiq qonunlar qabul qilingani ma'lum. Ularning aksariyati jamiyatimizning mo''tabar zotlariga tegishli. Avvalo, birinchi tamal tosh bu O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidir. Ayollarning shaxsiy huquqlariga oid bo'lgan qonunlardan «Ta'lim to'g'risida»gi, «Sudlar to'g'risida»gi, «Davlat tili
2 Yma epga, 419-6.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
О
R
VOLUME 1 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423
to'g'risida»gi qonunlarni, siyosiy huquqlariga daxldor «Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi, «Fuqarolik to'g'risida»gi, ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarga oid «Yer to'g'risida»gi, «Tadbirkorlik to'g'risida»gi, «Bank va banklar to'g'risida»gi qonunlardir. Qonunlar O'zbekiston Respublikasi xotin-qizlariga davlatimizning barcha jabhalarida faol ishtirokini ta'minlayapti.
Shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatimiz hayotida nufuzini oshirish maqsadida «Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga asosan Xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qo'llab-quvvatlash belgilab qo'yildi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini o'n to'rt yoshga to'lgan va o'ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga berish bo'yicha yangi tartib joriy etildi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, o'zbek xotin-qizlari huquqlariga doir normativ hujjatlarning eng asosiy xususiyati shundaki, ular birinchi navbatda ayollarga, bolalarga, umuman aholining barcha qatlamlariga siyosiy, huquqiy, ma'naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy yordam bermoqda. Zero, ushbu jarayonda respublikamiz olib borayotgan ichki va tashqi siyosat - davlatimizning mustaqilligini mustahkamlash, barcha sohalarda qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalqimiz turmushini yaxshilashning zarur sharti va g'oyat muhim vositasidir. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak: «Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko'rki bo'lgan xotin-qizlarni e'zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko'rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz go'zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir» - Prezident Sh.M.Mirziyoyev.
REFERENCES
1. Akmalova, P. D. (2019). The concept of moral personality development in creativity of thinkers of central asia. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 9(1), 135-141.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag'ishlangan uchrashuvdagi nutqi. Zarafshon gazetasi, 2018-yil 8-mart, № 28 (22988). 1-b.
3. Узбекистан и международные договора по правам человека. Т.: Адолат, 1998.
XULOSA
с-397.