SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 _ISSN: 2181-1601
HINDISTON GENDER SIYOSATINING TRANSFORMATSIYASI
Iroda Xayrullayeva
ToshDShU magistr talabasi
ANNOTATSIYA
Hindistondagi tarkibiy va madaniy o'zgarishlar ayollarga ta'lim, ish bilan bandlik va siyosat sohasidagi ko'plab imkoniyatlarni ochib berdi. Bunday o'zgarishlar pirovardida ayollar ekspluatatsiyasining kamayishiga olib keladi, chunki endi ayollarga erkaklar kabi teng huquq berila boshlagandi. Mustaqillikdan beri qonunchilik, iqtisodiy sohalar, ijtimoiy hamda madaniy hayot va boshqa sohalarda yuz bergan katta o'zgarishlar fonida ayollarning ahvoli biroz bolsa-da ijobiy tomonga o'zgarganligini ushbu maqolada tahlil qilib chiqamiz.
Kalit so'zlar: Mahatma gandi, "Parlament Sati profilaktikasi", "Bolalar nikohini cheklash", "Mahrni taqiqlash", "Ayollarning mulkka teng huquqliligi", "Beva ayolning qaytadan turmushga chiqishi", "Erta nikohlarni cheklash".
TRANSFORMATION OF GENDER POLICY INDIA
ABSTRACT
The structural and cultural changes in India have opened up many opportunities for women in education, employment and politics. Such changes would eventually lead to a reduction in the exploitation of women, as women were now given equal rights as men. In this article, we will analyze the situation of women, albeit slightly positive, against the background of major changes in the legislative, economic, social and cultural life and other areas since independence.
Keywords: Mahatma Gandhi, "Prevention of Parliamentary Stage", "Restriction of Child Marriage", "Prohibition of Dowry", "Equality of Women in Property", "Remarriage of a Widow", "Restriction of Early Marriages".
XX asr boshlarida Mahatma Gandi ayollar uchun milliy-liberal harakatni boshlab beradi. Bu davrda faqat Rajaram Mohan Roy, Ishvanchandra Viyasagar va boshqa ko'pgina siyosatchilar ayollarning o'qishi, ko'pxotinlik nikohini oldini olish bo'yicha harakat qila boshladilar. Natijada, "Parlament Sati profilaktikasi"1, "Bolalar nikohini
1 The prevention of sati Act, 1829
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 ISSN: 2181-1601
cheklash"2, "Mahrni taqiqlash"3, "Ayollaming mulkka teng huquqliligi"4, "Beva ayolning qaytadan turmushga chiqishi"5 va boshqa qonunlar qabul qilindi.
1950 yilgi Hindiston Konstitutsiyasi ayollar va erkaklarning teng huquqliligini, ularning mavqeyi va imkoniyatlarining tengligini ta'minlaydi. Unda barcha bolalar - 14 yoshgacha bo'lgan o'g'il va qiz bolalarning majburiy ta'lim olishi ko'zda tutilgan jinsga ko'ra kamsitish taqiqlanishi e'lon qilindi. Zamonaviy ta'lim, urbanizatsiya, sanoatlashtirish va yangi texnologiyalarni joriy etish, ommaviy axborot vositalarining roli va kirishini kuchaytirish bilan bog'liq hind jamiyatini modernizatsiya qilish jarayoni, shuningdek, ko'p jihatdan qishloq xo'jaligidagi islohotlarni amalga oshirish bilan birga oilaga sezilarli ta'sir ko'rsatib, ayollarni ishlab chiqarish va jamoat hayotiga jalb qiladi. Hayotga qabul qilingan va joriy qilingan konstitutsiyaviy me'yor va qonunlar (har doim ham qat'iy bo'lmasada) bir xil yo'nalishda ishlaydi.
Ularning orasida hindlarning "Nikoh to'g'risida"gi qonuni (1955) monogamiya oilani norma sifatida tasdiqladi, shuningdek, ajralishning huquqiy imkoniyati mujassamlashgan "Meros huquqi" (1956) hindlarga ushbu ajrashish huquqini bergan; "Sehrni taqiqlash to'g'risida"gi qonun (1961) va kelgusida unga kiritilgan (1986) ulkan imkoniyatlarga ega bo'lgan ayollar uchun zarur bo'lgan mahsus huquq berish amaliyotiga qarshi kurashishga qaratilgan qonunlar, qizlar uchun nikoh yoshini 18 yosh, o'g'il bolalar uchun 21 yoshga uzaytirgan "Erta nikohlarni cheklash to'g'risida"gi qonun (1978) larni qayd etamiz.
Ushbu huquqiy me'yorlarni hamma ham birdek bajara olmaydi, lekin ular jamiyat qanday yo'nalishda harakat qilish kerakligini ko'rsatuvchi ko'rsatkichlardir. Ayollar vaziyatining rivojlanishiga hissa qo'shgan qator yirik islohotlar amalga oshirildi. Ularning ta'lim va ma'rifat, sog'liqni saqlash, fan va madaniyat, davlat boshqaruvi, umuman, ijtimoiy va siyosiy hayotdagi o'rni beqiyos darajada oshdi, ularning savodxonligi, umr ko'rish davomiyligi o'zaydi, go'daklar o'limi, oilalardagi ko'p farzandlik o'rtacha hajmi kamaydi. Shu bilan birga, hind ayollarining holati ijtimoiy nuqtayi nazardan ko'rib chiqilishi kerak, chunki turli xil ijtimoiy guruhlardagi ayollarning holati va roli sezilarli darajada farq qiladi. Qishloq xotin-qizlarining turmush darajasi yaxshilanishi haqida gapirish biroz qiyin. So'nggi 30 yil ichida kam haq to'lanadigan ishlarda bandlikni biroz ko'payishi bilan bir qatorda an'anaviy mehnat sohalaridan ayollar mehnati chiqarib tashlandi. Qishloqda ishsizlikning o'sishi o'n millionlab odamlarning shaharlarga ish izlab ketishiga olib keldi. Ushbu davrda qishloq aholisining ulushi 82 foizdan 74,3 foizga tushdi. Migratsiya asosan, dehqon xo'jaligidagi erkaklarga ta'sir qilganligi sababli, bu ayollarning ahvoliga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin emasdi. Bugungi kunda qishloq uy xo'jaliklarining uchdan birining
2 The child marriage restraint Act, 1929
3 The dowry prohibition Act, 1961
4 The woman property right Act, 1955
5 The Hindu widow remarriage Act, 1836
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 ISSN: 2181-1601
boshlig'i ayollar6 hisoblanadi. Bunday ayollar ikki tomonlama: oiladagi an'anaviy majburiyatlar va bolalar hamda qariyalarning qo'llab-quvvatlash zarurat bosimi ostida edi. Agar ayol oila boshlig'i bo'lsa va ko'chmas mulk, shu jumladan yer uchastkasiga egalik qilsa, u na mulkni qonuniy meros qilib olishi, na sotishi mumkin edi.
Hindiston Konstitutsiyasi Hindistonning barcha fuqarolariga, shu jumladan 14 yoshga to'lmagan xotin-qizlar teng huquqlarini kafolatlaydi va erkak yoki ayolni bir-biridan ajratmaydi. Bundan tashqari, 15-modda hukumatga ayollar uchun maxsus qoidalar berish huquqini beradi. Ayollar barcha diniy, madaniy, iqtisodiy va siyosiy
n
tadbirlarda qatnashish huquqiga egadirlar .
Bundan tashqari, ayollar ovoz berish huquqiga ega va boshqa maxsus imtiyozlar bilan ta'minlanadilar. Konstitutsiya ayollarni ekspluatatsiyadan himoya qiladi va ularga har qanday sohada teng huquq va imkoniyatlar berilishini ta'minlaydi.
Mustaqillikka erishilgandan so'ng, Parlament jamiyatdagi gender tengsizlikni bartaraf etish maqsadida, xotin-qizlar huquqini erkaklarniki bilan tenglashtirdi. Hindiston Konstitutsiyasining 1423, 1524, 15(3)25, 4226, 51(A) (E)27 moddalari asosida gender tengligi himoya qilinadi.
Hindiston mustaqillikka erishgach, ayollar ta'lim olish huquqlari ta'minlanib, ularga ta'limning ahamiyati to'g'risida tushuncha berildi. Yolg'iz ayollar uchun alohida maktab va kollejlar tashkil etildi. Bugungi kunda nufuzli universitetlar qatoriga kiradigan va qizlarga munosib darajalarni olishga imkon beradigan alohida universitetlar tashkil etildi. Hindistonda, ayniqsa, qizlar uchun juda ko'p muhandislik va tibbiyot universitetlari mavjud bo'lib, bu oliygohlar qizlarga yuqori sifatli ta'lim berib, malaka oshirishlarida yordam beradi.
Bundan tashqari, ish bilan band ayollar soni ham doimiy ravishda ko'paydi. Hindistonning barcha yirik shaharlarida o'qituvchi, shifokor, hamshira, advokat, politsiya va bank xodimlari singari barcha lavozimlarga ayollar yollangan. 1991 yildan beri ayollar harbiy, havo va dengiz kuchlari bo'lgan qurolli kuchlarning 3 qanotiga jalb qilindi. Mustaqil Hindistonda ayollar maksimal huquqlarga ega, ammo ularning ko'plari o'z huquqlarini bilishmaydi. Savodsiz ayollar o'z huquqlaridan xabardor emaslar.
Bugungi kunda ayollar harakati rivojlanishning yangi bosqichiga o'tdi. Uning xizmati shundaki, u millionlab ayollarga ularning qonuniy huquqlari to'g'risida ma'lumot yetkazishga muvaffaq bo'ldi. Xotin-qizlar tashkilotlari ayollarning ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarini amalga oshirish, ayollar va bolalarning zo'ravonligiga qarshi keng ko'lamli kampaniyalar o'tkazadilar. Ularning ta'siri ostida oilani rejalashtirishga davlat yondashuvi o'zgartirildi: ilgari tug'ilishni kamaytirish va kontratseptiv vositalarni ayol tomonidan ishlatilishi va 90-yillarning o'rtalaridan boshlab oilani rejalashtirishning asosiy sharti ayollarning qonunda belgilangan huquqlarini
6 Kurukshetra. India's Journal of Rural Development. 1997. Vol. XLV. № 11. P 79.
7 Bhart rajnitik ki sanvidhan. New Delhi.:2003
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 _ISSN: 2181-1601
ta'minlash, ularning bilim darajasini oshirish va sog'lig'ini yaxshilash hisoblanardi. Xotin-qizlar tashkilotlari tashabbusi bilan 1996 yilda ko'p oilalar foydalanadigan homila jinsini erta aniqlash uchun test qonun tomonidan taqiqlangan edi.
Xotin-qizlar tashkilotlari aniq amaliy ishlar bilan shug'ullanmoqda, ayniqsa, qishloq joylarda ayollarning savodxonligini oshirish, kambag'al ayollar ahvoli yaxshilanmoqda, ayollar va bolalar sog'lomlashtirish markazlarida ishlash, ayollarni ish bilan ta'minlash uchun turli xil hunar va ko'nikmalarga o'rgatish shular jumlasidandir. Adliya tizimi, ilmiy muassasalarda sog'liqni saqlash, qishloqdagi ayollar sharoitini rivojlantirish, ekologiya va aholi masalalari bo'yicha mutaxassislarni shakllantirish gender masalalari bo'yicha ekspert sifatida harakat imkoniyatlarini kengaytirishga yordam berdi.
Ayollarning siyosiy hayotdagi ishtiroki sezilarli darajada kengaydi. Buni rivojlanayotgan jamiyatlarni o'rganish markazi tomonidan 1971 va 1996 yildagi Parlament saylovlari natijalari bo'yicha o'tkazilgan milliy so'rov natijalari ham tasdiqlaydi. Chorak asr davomida siyosiy faol fuqarolar orasida ayollar ulushi uchdan biriga yetdi. Ayollarning siyosiy partiyalar faoliyatidagi ishtiroki ikki baravarga oshdi,
o
garchi ular umumiy sonining beshdan biridan kamrog'ini tashkil etadi .
Shunday bolsada, Hindistonda ayollar roli past hisoblanadi. Bunga misol qilib, 2016 yil Hindistonda ayollarga qarshi 3 30 998 jinoyat sodir etilgan bolib, ulardan 38 947 tasini jinsiy zo'rlash tashkil qilganida ko'rishimiz mumkin. Bundan tashqari, dunyoda soglom ayollar yashovchi 152 mamlakat orasida Hindiston 132 o'rinni egallaydi. Hindiston aholisining 48%ini ayollar tashkil qiladi. Ulardan atigi 12%i milliy qonun chiqaruvchi organlarda faoliyat olib boradilar9. Bu statistik malumotlar orqali bugungi hind jamiyatida istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy vaziyati yaqqol namoyon boladi.
REFERENCES
1. Kurukshetra. India's Journal of Rural Development. 1997. Vol. XLV. № 11. P 79.
2. Bhart rajnitik ki sanvidhan. New Delhi. :2003
3. www.bbc.com
4. www. vostokolyub.info
5. www.olga-mir.blogspot.com>blog-post
6. https://history.wikireading.ru
7. https://www.pinterest.ru>pin
8. https://www.parhlo.com
9. www.urbantribe.online
10. https://bhartdiscovery.org
11. https://www.india.gov.in
12. https:// aaj tak.intoday .in
13. https://www.encyclopedia.com>indianwomen
8 https://www.encyclopedia.com>indianwomen
9 https://www.IndianINCRDreports,2018