Научная статья на тему 'JAMIYAT IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDA AYOLLAR IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH OMILLARI'

JAMIYAT IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDA AYOLLAR IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
756
123
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gender siyosati / ijtimoiy faollik / tadbirkorlik / gender tenglik / strategiya. / Gender policy / social activity / entrepreneurship / gender equality / strategy.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Axmedova, Dilbar

Maqolada ayollarning jamiyat hayotidagi o‘rni tadqiq qilingan. Mustaqillik yillarida ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar mazmuni yoritib berilgan. “Ijtimoiy faollik” tushunchasining falsafiy mazmuni ochib berilgan. Tarixiy taraqqiyotda ayollarga munosabat masalasi tahlil qilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS OF INCREASING THE SOCIAL ACTIVITY OF WOMEN IN THE SOCIAL AND ECONOMIC LIFE OF SOCIETY

The article examines the role of women in society. The content of reforms aimed at increasing social and economic activity and supporting women's entrepreneurial activity during the years of independence is stated. The philosophical meaning of the concept of "social activity" is revealed. And also analyzed the problem of attitudes towards women in historical development.

Текст научной работы на тему «JAMIYAT IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDA AYOLLAR IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH OMILLARI»

JAMIYAT IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDA AYOLLAR IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH OMILLARI

Dilbar Axmedova

Buxoro davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada ayollarning jamiyat hayotidagi o 'rni tadqiq qilingan. Mustaqillik yillarida ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar mazmuni yoritib berilgan. "Ijtimoiy faollik" tushunchasining falsafiy mazmuni ochib berilgan. Tarixiy taraqqiyotda ayollarga munosabat masalasi tahlil qilgan.

Kalit so'zlar. Gender siyosati, ijtimoiy faollik, tadbirkorlik, gender tenglik, strategiya.

ФАКТОРЫ ПОВЫШЕНИЯ СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ ЖЕНЩИН В СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЖИЗНИ ОБЩЕСТВА

Дилбар Ахмедова

Независимый исследователь Бухарского государственного университета

АННОТАЦИЯ

В статье исследуется роль женщины в обществе. Изложено содержание реформ, направленных на повышение общественно-экономической активности и поддержку предпринимательской деятельности женщин за годы независимости. Раскрывается философский смысл понятия «социальный активность». А также анализировано проблема отношения к женщинам в историческом развитии.

Ключевые слова. Гендерное политика, социальное активность, предпринимательство, гендерное равенство, стратегия.

FACTORS OF INCREASING THE SOCIAL ACTIVITY OF WOMEN IN THE SOCIAL AND ECONOMIC LIFE OF SOCIETY

Dilbar Akhmedova

Independent researcher at Bukhara State University

ABSTRACT

The article examines the role of women in society. The content of reforms aimed at increasing social and economic activity and supporting women's entrepreneurial activity during the years of independence is stated. The philosophical meaning of the

Scientific Journal Impact Factor

concept of "social activity" is revealed. And also analyzed the problem of attitudes towards women in historical development.

Keywords. Gender policy, social activity, entrepreneurship, gender equality, strategy.

2003 yilda respublikamizda tashkil etilgan «Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston liberal-demokratik partiyasi» mulkdorlar sinfining manfaatlarini himoya qiluvchi, mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni qo'llab-quvvatlovchi harakatdir. Partiya safida mayda va o'rta biznes bilan shug'ullanuvchi ayollar ham bor. Buxoro viloyatida bozor infratuzilmasini rivojlantirishda ayollarning roli va o'rnining ortib borishiga ko'maklashayotgan «Tadbirkor ayol» uyushmasi faoliyati misolida nodavlat notijorat sektorining ijtimoiy muammolarni hal qilishdagi salmog'ini kuzatish mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.

Ayollar ijtimoiy faolligining demokratik jarayonlar va jamiyat ma'naviy-madaniy hayotini o'zgartirishga, yangilashga qaratilgan jihatlari A.E.Abdusamedov, F.Abdurahmonov, O'.M.Abilov, B.Aliev, S.Atamuratov, E.X.Bobomurodov, I.Karimov, T.Mahmudov, Q.Nazarov, I.Saifnazarov, A.Qodirov, A.Huseynovaning ilmiy tadqiqotlarida u yoki bu yo'nalishda tahlil qilingan [3-18].

Tadqiqotda ilmiy bilishning dialektik, tarixiylik, mantiqiylik, analiz va sintez, kompleks yondashuv, kontent-analiz kabi usullariga tayanildi.

NATIJALAR

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish davlat va jamiyat tomonidan maxsus chora-tadbirlar ko'rishni,uzoqqa mo'ljallangan rejalar, dasturlarni ishlab chiqishni taqozo etadi. Shuni esda tutish zarurki, raqobatga, manfaatlar to'qnashuviga asoslangan bozor munosabatlari sharoitida barcha ayollar ham o'z qobiliyati va salohiyatini to'liq namoyon etish imkoniga ega bo'lavermaydi. Keskin raqobat, mulklarning xilma-xilligi tufayli murakkablashadigan «Kim o'zdi» hammaning ham o'z ichki ijodiy kuchlarini ro'yobga chiqarishiga imkon beravermaydi. Bu o'rinda tashabbuskor ayollarni qo'llab-quvvatlash, ularga «o'z ishi»ni rivojlantirishda yordam berish zarur bo'ladi. Xususiy mulk egasi bo'lgan ayolgina iqtisodiy munosabatlarda faollik ko'rsatadi.

Xususiy mulk kishida ijobiy ijtimoiy fazilatlarni shakllantiradi. Tejamkor bo'lish, isrofgarchilikka yo'l qo'ymaslik, tashabbuskorlik bilan ishlash, loqaydlik va

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

tanballik kabi illatlarga barham berish, kishilarni ishbilarmonligiga qarab taqdirlash, vaqtning qadriga yetish ana shunday fazilatlar sirasiga kiradi.

O'zbekistonda aholini doimiy ish bilan ta'minlash hamma vaqt dolzarb muammolardan bo'lib kelgan. Aholi sonining yildan-yilga o'sishi yangidan-yangi ish joylarini talab etardi. To'g'ri, 1960-1986 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda yangi korxona va fabrikalar bunyod etildi, mamlakatdagi yirik qurilishlarga o'zbek yoshlari jalb qilindi. Masalan, 1970-1986 yillar mobaynida O'zbekiston xalq xo'jaligi sohasidagi ishchi va xizmatchilar orasida xotin-qizlar 1024 ming kishiga ko'payib, 41 %dan 43 %ga yetgan [19]. Ayniqsa noishlab chiqarish sohasida ayollar ko'paygani kuzatiladi. Masalan, 1986 yil hisobotiga muvofiq, ayollar salmog'i respublika sog'liqni saqlash muassasalarida 72,7 %ni, xalq ta'limi va maorif tizimida 60,5 %, madaniyat va ijtimoiy-madaniy xizmat ko'rsatish sohasida 57,1 %, savdo-sotiq va umumiy ovqatlanish sohasida 55,8 % tashkil etgan. 1970-1980 yillarda xalq xo'jaligi mutaxassislari orasida o'zbek ayollari, rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 2,3 baravar ko'paygan [20]. «Ayni paytda ayollarning oliy ta'lim darajasi kasbiy mashg'ulligiga mos kelmaydi, - deb yozadi D. Bobojonova, - Shu narsa kishini ranjitadiki, ayollarning kam malakali yoki malakasiz mehnat bilan mashg'ulligi erkaklarga nisbatan ortiq. Respublika sanoati, qurilishi, qishloq xo'jaligida qo'l mehnati bilan band bo'lgan ayollar ulushi sobiq Ittifoqdagi o'rtacha darajadan yuqori bo'lgan. Respublika sanoatida qo'l mehnatining salmog'i 35,3 % bo'lgani holda, ayollar orasida 42,5 %ni tashkil qilgan [21]. Akademik M.Sharifxo'jaev yozganidek, «totalitar dunyo «bozori»dan bizga boqimandalik va taqsimotga asoslangan iqtisodiy «qadriyat» meros qoldi. Odamlar ongi, dunyoqarashi, ko'nikmalari mutlaqo buzib yuborildi, shaxssizlik holati butun jamiyatning illatiga aylandi. Kommunistik mafkura bu borada o'z manqurt siyosatining samarasiga to'la erishgan edi» [22].

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davrida O'zbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-madaniy hayotdagi ishtirokini kengaytirish bo'yicha tarixiy ahamiyatga molik o'zgarishlar amalga oshirildi.

Birinchidan, ayollar ijtimoiy-iqtisodiy faolligini ta'minlashning huquqiy-normativ bazasi shakllantirildi;

Ikkinchidan, ayollarning iqtisodiy va ma'naviy-madaniy hayotdagi ishtirokini ta'minlaydigan ijtimoiy tizim tashkil qilindi;

Uchinchidan, jamiyatda ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol ishtirok qilishi uchun demokratik qadriyatlarni qo'llab-quvvatlovchi ijtimoiy va ma'naviy muhit shakllantirildi. Ushbu o'zgarishlarning ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib

Scientific Journal Impact Factor

berish, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini yanada oshirish yo'llarini aniqlash muhim masaladir.

Ta'kidlash joizki, mamlakatda ayollar tadbirkorligini, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini yuksaltirishga oid bir qator tadbirlarni amalga oshirayotgan siyosiy partiyalar bo'lsada, ularning ko'lami, salmog'i va ayollarning siyosiy madaniyatini yuksaltirishga ta'siri hali davr talablari darajasida emas. Hozirgi davrda siyosiy partiyalar faoliyatida qatnashayotgan ayollar 40-44 % ini tashkil etadi.

Hozirgi zamon ilm-fanida «faoliyat», «faollik», «ijtimoiy faollik» tushunchalari keng qo'llaniladi. Aslida, ushbu tushunchalar negizida insonning yon-atrofga, ijtimoiy munosabatlarga, olamni anglashga oid tajribasi, ya'ni faoliyati yotadi. Demak, «ijtimoiy faollik» tushunchasi «faoliyat» va «amaliyot» tushunchalari bilan bevosita bog'liq, hatto genezisi va etimologiyasi nuqtai nazaridan ulardan kelib chiqadi [23-29].

Bugungi kunda respublikamizda tadbirkorlik faoliyatiga oid yetarli huquqiy baza yaratildi. Lekin shunga qaramasdan, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar hamda yangi ijtimoiy munosabatlarning qaror topishi ularga yangicha yondashuv va huquqiy jihatdan tartibga solish mexanizmlarini kuchaytirishni talab etmoqda. Bu borada, albatta, Prezidentimiz tomonidan keltirib o'tilgan takliflarni chuqur o'rganish muhim ahamiyatga ega.

Hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish, mustahkamlashga, shuningdek ularni huquqiy jihatdan har tomonlama qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda dunyoning 16 mamlakatida O'zbekistonning biznes elchilari tayinlangan.

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatiga doir milliy qonunchilik o'tgan asrning 90-yillaridan boshlab rivojlantirilib kelinmoqda. Mustaqillik yillarida aynan kichik va o'rta biznesni rivojlantirish, dehqon va fermer xo'jaliklari faoliyatini rivojlantirishga ko'maklashish, tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash kabi maqsadlar asosiy ustuvor vazifalar sifatida belgilab kelindi.

Tarixiy taraqqiyotga nazar solsak, yurtimiz tarixida tadbirkorlik qadim zamonlardan buyon alohida o'rin egallab kegan. Jumladan, O'rta Osiyo ayollarining qadimgi tarixiy davrlardagi ijtimoiy mavqei va ularning hayot tarzi haqidagi ba'zi bir ma'lumotlar qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning "Tarix", Strabonning "Geografiya", Abu Rayhon Beruniyning "O'tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar", Mahmud Qoshg'ariyning "Devoni lug'otut turk" asarlarida uchratish mumkin.

Scientific Journal Impact Factor

Ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash borasida mamlakatimizda tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida Prezident qarori 13.08.2019 yilda [1] qabul qilindi.

Ta'kidlash joizki, ma'lum bir davlatda ayollar tadbirkorligi muhitini aniqlovchi bir qator xalqaro standartlar mavjud bo'lib, uning rivojlanish darajasi "Ayollar tadbirkorligi Global indeksi" deb nomlanadigan davlatlar reytingini belgilab beruvchi xalqaro hujjat bilan aniqlanadi. "Ayollar tadbirkorligi Global indeksi" butun dunyoda ayollar tadbirkorligi rivoji istiqbollarini o'lchab beradi. Ayollar tadbirkorligi rivoji sifatini esa, 3 ta asosiy omil:

- tadbirkorlik muhiti;

- tadbirkorlik ekotizimi;

- ayollarning tadbirkorlik bilan shug'ullanish istaklari belgilab beradi.

Ushbu hujjatni tayyorlashda bir qator omillar hisobga olinadi. Ayollarning biznes sohasida yaratilgan ta'lim tizimi va resurslaridan, davlat organlari va tijorat banklari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar infratizimidan foydalanish imkoniyatlari, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo'yicha statistik ma'lumotlarni yig'ish va taqdim etish masalalari kabi omillar shular jumlasidandir. Tadbirkorlikni, hususan, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, bevosita shu sohadagi qonunchilik asoslarini ham takomillashtirib borishni talab etadi. O'zbekistoning "Ayollar tadbirkorligi global Indeksi"ga a'zo davlatlar qatoriga kirishi mamlakatda ayollar tadbirkorligi rivoji va istiqbollarini dunyo rivojlangan mamlakatlari standartlarida o'lchash imkoniyatini beradi.

Ta'kidlash joizki, so'nggi yillarda Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, sohaga oid 25 ta qonun hujjati qabul qilindi. Hozirgi kunda xotin-qizlarimizning jamiyatdagi rolini oshirishga, ularni qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham juda katta o'zgarishlar ro'y bermoqda. Jumladan, 02.09.2019 yilda "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni [2] qabul qilindi. Qonun bilan ilk bor milliy qonunchiligimizda "gender" tushunchasiga ta'rif berilib, davlat xizmati, saylov jarayonlari, ijtimoiy-iqtisodiy, ta'lim, ilm-fan, madaniyat hamda sog'liqni saqlash sohalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun davlat tomonidan teng huquq va imkoniyatlar yaratilishi kafolatlandi. Gender tenglikni ta'minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, parlament yuqori palatasida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasining Gender tenglikni

Scientific Journal Impact Factor

ta'minlash masalalari bo'yicha komissiyasi, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash masalalari bo'yicha Maslahat-kengashlari tashkil etildi.

Siyosiy partiyalardagi xotin-qizlar ulushi 44 foizga, oliy ta'lim sohasida 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi. Joriy yilning may oyida Oliy Majlis Senati tomonidan 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasini qabul qildi. Mazkur strategiyada boshqa ustuvor yo'nalishlar singari ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash masalasi ham o'rin egalladi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ta'kidlaganlaridek, "Hayotimizning fayzu farishtasi bo'lgan munis onalarimiz, mehribon opa-singillarimizga munosib mehnat va turmush sharoitini yaratib berish, ularni rozi qilish - barcha darajadagi rahbarlarning nafaqat xizmat vazifasi, balki, eng avvalo, insoniy burchidir"

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida Prezident qarori (13.08.2019)

2. "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni (02.09.2019)

3. Abdusamedov A. Milliy kadrlar tayyorlash va islom. - T.: Fan, 1998

4. Abdurahmonov F. Milliy manfaatlar va milliy birlik tuyg'usi. - T.: IIV Akademiyasi, 1995

5. Abilov O'.M. Mustaqillik va optimizm. - T.: Fan, 1997

6. Aliev B. Bozor munosabatlarining qaror topish sharoitida mehnat jamoasining ijtimoiy funksiyalarining o'zgarishi. - T.: Fan, 1992

7. Atamuratov S. Milliy o'zlikni anglash va milliy madaniyat. - T.: Fan, 1991

8. Bobomuradov E.X. Stanovlenie i razvitie obщestvennoy psixologii lyudey. - T.: Fan, 1994

9. Karimov Ibrohim. Ma'naviyat, falsafa, inson. - T.: Fan, 1999

10. Mahmudov T. Kamolot asrorlari. - T.: Ma'naviyat, 2006

11. Nazarov Q. Umuminsoniy qadriyatlar va ma'naviy kamolot. - T.: Fan, 1992

12. Саифназаров И. Сиёсий фаоллик ва маънавият. - Т.: Маънавият, 2004.

13. Хусейнова, А. А. (2010). Торговля людьми: попытка противодействия. Социологические исследования, (11), 150-151.

XULOSA

14. Холова, Э. Х., & Хусейнова, А. А. (2012). ЗАКОН РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН" О ПРОТИВОДЕЙСТВИИ ТОРГОВЛЕ ЛЮДЬМИ". Современные научные исследования, (12), 1-1.

15. Холова, Э. Х., & Хусейнова, А. А. (2010). Закон Республики Узбекистан «о противодействии торговле людьми». Journal of Siberian Medical Sciences, (4).

16. Хусейнова, А. А. (2017). ФИЛОСОФСКОЕ МИРОПОНИМАНИЯ АБДУРАХМАНА ДЖАМИ. Ученый XXI века, 88.

17. Хусейнова, А. А. (2017). О СУЩНОСТИ ФИЛОСОФСКОГО МИРОПОНИМАНИЯ АБДУРАХМАНА ДЖАМИ. In Инновации в технологиях и образовании (pp. 74-78).

18. Хусейнова, А. А. (2016). СРЕДНЕАЗИАТСКИЙ РЕНЕССАНС И АБДУРАХМАН ДЖАМИ. ББК 65.34. 13 (2Рос-4Кем), 355.

19. Народное хозяйство Узбекской ССР в 1987 году. - Тошкент: Фан, 1989. - С. 209.

20. Аминова Р. Кайта куриш шароитида Узбекистонда социал ривожланишнинг долзарб муаммолари. - Тошкент: Фан, 1991. - Б. 106.

21. Бобожонова Д. Узбекистонда ижтимоий-икктисодий муносабатлар (70-80-йиллар мисолида). - Тошкент: Шарк, 1999. - Б. 109-110.

22. Шарифхужаев М. Узбекистон: янги гоялар, янги ютуклар. - Т., Шарк. -2002. - Б. 177.

23. Khajieva, I., Khujaniyazova, G., Kenjaeva, K., & Jumaniyozov, F. (2020). Foreign language competenceformation of the future teacher of vocational education in the information and educational environment. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(2), 360-365.

24. Zhabborova, O. I., & Kenjaeva, H. P. (2018). Bases of gender equality of rights in Uzbekistan. Международный журнал гуманитарных и естественных наук, (5-2).

25. Кенжаева, Х. П., Тожиев, Ф. И., & Жураев, Б. Н. (2014). РОЛЬ ЖЕНЩИН В СОЗДАНИИ И РАЗВИТИИ ДЕМОКРАТИЧЕСКОГО ОБЩЕСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ. In Инновации в технологиях и образовании (pp. 119-123).

26. Кенжаева, Х. П. (2021). ФУКДРОЛИК МАДАНИЯТИ МЕЗОНЛАРИ ШАРК ФАЛСАФАСИ ТАЛКИНИДА. Academic research in educational sciences, 2(3).

27. Кенжаева, Х. П. (2021). Аёллар ижтимоий фаоллигини оширишда фукаролик институтларининг урни. Scientific progress, 1(6), 957-961.

28. Кенжаева, Х. (2021). Миллий маънавий меросимизда таълим-тарбия масалалари. Общество и инновации, 2(6/S), 18-24.

29. Khajieva, I., Khujaniyazova, G., Kenjaeva, K., & Jumaniyozov, F. (2020). Foreign language competenceformation of the future teacher of vocational education in the information and educational environment. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(2), 360-365.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.