CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
GENDER TENGLIK SIYOSATI USTUVOR MASALA Madinaxon Bahromova
talaba, Farg'ona davlat universiteti ANNOTATSIYA
Maqolada O'zbekistonda gender tenglikni ta'minlash kafolatlari yaratilgani, bu masala davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligi va mamlakatimizning inson huquqlari sohasida ilg'or qadam tashlashi, yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish, intilish va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularga munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratishga alohida e'tibor qaratilganligi to'g'risida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: Gender tenglik, gender statistikasi, inson huquqlari, resurslar gender taqsimot, ijtimoiy siyosat samaradorligi, BMT, temir daftar, ayollar daftari.
Dunyo rivojining hozirgi davrida inson taraqqiyoti, uning huquq va erkinliklari, ijtimoiy adolat va inson xavfsizligini ta'minlash borasidagi olib borilayotgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ayollar va erkaklarning jamiyat hayotining barcha jabhalaridagi tengligini amalda ta'minlash masalalari ustuvor vazifalarning biriga aylanmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahnamoligida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish, intilish va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularga munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda
Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomalarida 6 milliondan ortiq xotin-qizlarning muammolari puxta o'rganilganligi hamda xotin-qizlarni qiynayotgan ko'plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga amaliy yechim topish maqsadida "Ayollar daftari" va "Temir daftar" shakllantirilganligi ushbu muammolarni hal etishda mahallalarda yangi tashkil etilgan "Ayollar maslahat kengashlari" ham yaqindan ko'mak berib kelayotganligi ta'kidlab o'tildi. Bu borada xotin-qizlarning jamiyatdagi va davlat boshqaruvidagi mavqeini yanada oshirishga qaratilgan yaxlit tizim yaratish bo 'yicha taklif ishlab chiqish vazifasi belgilab berildi.Fikrimizcha, jamiyatda ayollar va erkaklar tengligi tamoyilini ilgari surish demokratik boshqaruvning asosiy va ajralmas qismi bo'lib, dunyodagi yuz berayotgan iqtisodiy rivojlanish siyosati gender jihatdan neytral bo'lish mumkin emasligini tasdiqlamoqda, gender tenglik va iqtisodiy samaradorlik o'rtasida bevosita aloqa mavjud.
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
Shunday ekan, O'zbekiston Respublikasida gender tengligiga erishish strategiyasini 2021 — 2023 yillarda amalga oshirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini hamda maqsadli ko'rsatkichlarni ishlab chiqish hamda davlat xizmati, ta'lim, ilm-fan hamda sog'liqni saqlash, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, tazyiq va zo'ravonlikning oldini olishda, oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash borasida barcha tashkilotlar yuqori darajada ishlar amalga oshirmoqdalar.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga a'zo davlatlar o'rtasida ayollar va erkaklar tengligini ta'minlashga doir milliy majburiyatlarni to'liq bajarish har bir davlatning oldiga qo'ygan o'z ezgu maqsadlariga erishish va BMT tamoyillarini qo'llab-quvvatlashga munosib hissa qo'shish demakdir. Barchaga ma'lum, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015 yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish bo'yicha o'tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyutsiyasiga muvofiq hamda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020 yil 23 sentyabrt Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 75-yubiley sessiyasidagi o'z nutqida "biz uchun gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o'rni tobora kuchaymoqda. Yangi Parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobarga ko'paydi", deb mamlakatimizda xotin-qizlar siyosati bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni nazarda tutdi. Haqiqatan ham mamlakatimizda xotin-qizlarning o'z imkoniyatlarini to'laqonli ro'yobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlarni ta'minlash davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.
Mamlakatimizda gender tengligini ta'minlash borasida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi va amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bu borada, 2030 yilgacha bo'lgan davrda BMT global kun tartibining barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" qaror qabul qildi.
Shu bilan birga, O'zbekiston barqaror rivojlanishning beshinchi maqsadini amalga oshirish doirasida "Gender tenglikni ta'minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish"ga oid to'qqizta vazifani ishlab chiqdi. Jumladan:
- hamma joyda barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish;
- xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikning barcha shakllarini, shu jumladan, odam savdosi, jinsiy ekspluatatsiya hamda ekspluatatsiyaning boshqa shakllarini tugatish;
- erta nikohlar va zo'rlab nikohlashni tugatish;
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
- kommunal xizmatlar, infratuzilma va ijtimoiy himoya tizimlarini taqdim etish orqali parvarishlash va uy xo'jaligini yuritish bo'yicha haq to'lanmaydigan mehnatni tan olish va qadrlash, milliy sharoitlarni hisobga olgan holda oilada xo'jalik yuritish uchun umumiy mas'uliyat tamoyilini rag'batlantirish;
- xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha bosqichlarida har tomonlama ishtirok etishlarini hamda qaror qabul qilishda yetakchilik qilishlari uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash;
- reproduktiv salomatlikni asrash sohasida umumqamrovli tibbiy-sanitariya yordami ko'rsatish uchun sog'liqni saqlash xizmatlaridan umumiy foydalanishni ta'minlash;
- xotin-qizlarni ularning huquq va manfaatlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirishlarida qo'llab-quvvatlaydigan dasturlarni kengaytirish;
- xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga ko'maklashish maqsadida yuqori samarali texnologiyalar, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faolroq foydalanish;
- "Gender tenglik" tamoyillarini boshqaruvning turli bosqichlarida davlat dasturlarini qabul qilish jarayoniga to'la singdirish. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlardan ko'zlangan asosiy maqsad, xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularning bandligini ta'minlash, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirishga qaratilgandir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomalarida eng asosiy vazifa etib, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 17 milliondan ziyod opa-singillarimiz, qizlarimiz, onaxon va momolarimizga munosib sharoit yaratib berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz lozimligi hamda hayotni va ayollar muammolarini yaxshi biladigan, faol va tashabbuskor opa-singillarimizdan iborat Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik kengashini tashkil etishni taklif etdilar. Shuningdek, joylarda aniqlangan xotin-qizlar muammolarini hal etish uchun byudjetdan qo'shimcha ravishda 1 trillion so'mdan ziyod mablag' yo'naltirilganligi ta'kidlab o'tildi.
Xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishi va boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, ularning siyosiy huquqlarini oshirishga alohida e'tibor qaratilayotgani tufayli ularning jamiyatdagi tutgan o'rni yuksaldi. O'zbek ayoli ismi-sharifi yoniga "O'zbekiston Qahramoni", "Deputat", "Senator", "Vazir", "Vazir o'rinbosari", "Akademik", "Olima", "Mo''tabar ayol", "Tadbirkor", "Direktor" atamalari qo'shib aytilishi buning yaqqol misolidir. Zero, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining qariyb 50 foizini xotin-qizlar tashkil etadi Ular ijtimoiy-ma'naviy, siyosiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida samarali va faol mehnat qilib kelishmoqda. Yuksak ma'naviyatli va ma'rifatli, namunali odobi va tarbiyasi bilan e'tirof etilgan onalarimizning izdoshlari
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. bugun davlat va jamiyat qurilishida, ishlab chiqarishda, ilm-fan, madaniyat, tibbiyot, ta'lim va hatto harbiy sohada xizmatlari beqiyos.
Shunday ekan, Respublikamiz BMTning — Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllarini yo'q qilish haqidagi konventsiyasi, Xalqaro mehnat tashkilotining — Onalikni muhofaza qilish to'g'risidagi, Mehnat va mashg'ulotlar sohasidagi kamsitishlar to'g'risidagi konventsiyalariga MDH davlatlari orasidan birinchilar qatorida qo'shildi. Shuningdek, "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi hamda "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi Qonunlarning qabul qilinishi xotin -qizlar manfaatlarini muhofaza qilish, ularning oila va umuman jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar kompleksining tarkibiy qismidir. Ushbu Qonunlarga ko'ra gender tushunchasi - xotin-qizlar va erkaklar o'rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta'lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo'ladigan ijtimoiy jihati ekanligi ochib berildi.
Yangi qonun bilan gender tenglikni ta'minlash kafolatlari yaratilgani O'zbekistonda bu masala davlat siyosati darajasiga ko'tarilganini ko'rsatdi va bu mamlakatimizning inson huquqlari sohasidagi ilg'or qadamidan nishonadir.
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Хамракулов, И. Б. (2021). ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ СОЗДАНИЯ И РАЗВИТИЯ МАЛЫХ ПРОМЫШЛЕННЫХ ЗОН. Наука сегодня: проблемы и перспективы развития [Текст]: ма, 2, 49.
2. Хамракулов, И. Б. (2021). КИЧИК САНОАТ ЗОНАЛАРИНИ БАРПО ЭТИШ ВА РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ. Scientific progress, 2(7), 586-592.
3. Ихтиёр Бахтиёрович Хамракулов (2022). КИЧИК САНОАТ ЗОНАЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ МОХДЯТИ ВА УЗИГА ХОС Х,УСУСИЯТЛАРИ. Scientific progress, 3 (1), 328-334.
4. Хонкелдиева, К., & Хужамбердиев, Ж. (2020). Проблемы развития организации: управленческий и логистический аспекты. In Наука сегодня: история и современность (pp. 17-19).
5. Asqarova, A. M., Xonkeldiyeva, K. R., Nomonjonova, F. U., Qodirova, S. Q., & Arabxonova, X. A. (2021). Classification Of Competition In The Market Of Light Industrial Goods And The Factors That Shape It. The American Journal of Management and Economics Innovations, 3 (01), 43, 46.
6. Хайдаров, Х., Нурматова, И., & Хонкелдиева, К. (2021). Факторы формирования сильного конкурентного рынка в текстильной промышленности. In НАУКА СЕГОДНЯ: ВЫЗОВЫ И РЕШЕНИЯ (pp. 59-61).
7. Asqarova, A., Xonkeldiyeva, K., Abdumutalibova, X., & Murotova, D. (2021). Issues of increasing the competitiveness of light industry enterprises. Наука сегодня: проблемы и пути решения [Текст]: материа, 48.
8. Хонкелдиева, К., Рахимова, Х., & Хасанхужаева, У. (2021). ПРЕДУПРЕЖДЕНИЕ ПРЕСТУПНОСТИ СРЕДИ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ. Наука сегодня: факты, тенденции, прогнозы [Текст]: мате, 34.
9. Хонкелдиева, К., & Муйдинжонова, М. (2020). Актуальные проблемы решения безработицы в Республике Узбекистан. In Наука сегодня: фундаментальные и прикладные исследования (pp. 18-19).
10. Xonkeldiyeva, K. R. (2021). Features of management of textile industry enterprises based on the cluster approach. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 780-783.
11. Asqarova, A. M., Xonkeldiyeva, K. R., Abdukarimova, R. A., Xudoyberdiyeva, X. B., & Egamberdiyeva, N. B. (2021). Theories Of Marketing Strategies To Increase The Competitiveness Of Light Industry Enterprises. The American Journal of Management and Economics Innovations, 3(01), 40-42.
12. Xonkeldiyeva, K., & Xo'jamberdiyev, J. (2020). Экономика и социум.
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
13. Ismoilovich, I. M. (2021). THE SOCIETY IS AT A NEW STAGE OF DEVELOPMENT PRIORITY IN EDUCATION SYSTEM REFORM FUNCTIONS.
14. Ismoilovich, I. M. (2021, July). ISSUES OF TRANSFORMATION OF EDUCATIONAL EXPERIENCE OF DEVELOPED COUNTRIES. In Euro-Asia Conferences (pp. 227-239).
15. Холматова, З. Т. (2020). ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА ГЕНДЕРЛИ ЁНДАШУВ МОДЕЛИНИНГ ХАРАКТЕРИСТИКАСИ. Педагогика ва психологияда инновациялар, 7(3).
16. Kholmatova, Z. T. (2019). GENDER EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(9), 199-207.
17. Isroilov, M. (2022). The system of education and its interaction with the concept of spirituality. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(1), 88-93.
18. Холматова, З. (2021). Гендерное образование в Узбекистане-критерии силы семьи. Общество и инновации, 2(9/S), 253-265.
19. Kipchakova, Y. (2021). METHODOLOGICAL AND DIDACTIC ASPECTS OF INFORMATION AND INTELLECTUAL CULTURE IN THE EDUCATION OF A DEVELOPED GENERATION. Экономика и социум, (6-1), 156-159.
20. Nurbek, A. (2021, December). THE COMBINATION OF SOCIAL RELATIONSHIPS AND PSYCHOLOGICAL HEALTH. In Conference Zone (pp. 268-270).
21. Sodirzoda, M. M. (2021). Ways to cultivate the creative thinking of beginners in the classroom through information and communication technologies. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 955-958.
22. Usmanov, N., Ganiev, B. S., & Karimova, G. Y. (2021). THE PHILOSOPHICAL BASIS FOR THE FORMATION OF SPIRITUAL MATURITY AMONG YOUNG PEOPLE. Oriental Journal of Social Sciences, 33-37.
23. Ganiyev, B. S. (2019). INNOVATIVE (ENTREPRENEURIAL) ACTIVITY OF WOMEN AT A NEW STAGE OF DEVELOPMENT OF OUR SOCIETY. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(11), 122-129.
24. Каримов, У., & Каримова, Г. (2018). ГЕОПОЛИТИЧЕСКАЯ КОНКУРЕНЦИЯ В ИНФОРМАЦИОННОМ ПРОСТРАНСТВЕ. In Перспективные информационные технологии (ПИТ 2018) (pp. 1368-1372).
25. Karimov, U. U., & Karimova, G. Y. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN ACHIEVING EDUCATIONAL EFFECTIVENESS. Журнал естественных наук, 1(1).
26. Karimov, U. U. (2021). Scientific and Theoretical Foundations of the Formation of the Social Environment in the Family. Oriental Journal of Social Sciences, 37-40.
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
27. Рафикова, Д. К., & Каримова, Г. Й. (2020). ЁШЛАРНИ ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШДА ^АДРИЯТЛАРНИНГ АХДМИЯТИ. ПЕРЕКРЁСТОК КУЛЬТУРЫ,, 2(1).
28. Каримов, У., Каримова, Г., & Каримов, У. (2021). ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ СО^АСИДАГИ АХБОРОТЛАШУВ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 1(1), 103-110.
29. Абдумаликов, А. А. (2019). HUMAN AND NATURAL HARMONY IN THE HISTORICAL PROCESS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(5), 205-209.
30. Sayitkhonov A. THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE ACTIVITIES OF YOUTH TO ENTREPRENEURSHIP //Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 1. - С. 38-41.
31. Холматова, З. (2021). Узбекистонда гендер тарбия-оила мустахкамлиги меъзони. Общество и инновации, 2(9/S), 253-265.
32. Холматова, З. Т. (2013). Гендерный подход к проблемам обучения и воспитания. In Аспекты в реализации научных исследований (pp. 31-36).
33. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.
34. Салойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.
35. Салойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.
36. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.
37. Сaлoйдинoв, С. К. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения биoгaзa. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285.