Научная статья на тему 'MILLAT RUHINI UYG’OTGAN INSON MANGU YASHAGAY'

MILLAT RUHINI UYG’OTGAN INSON MANGU YASHAGAY Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
447
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Davlat arbobi Alisher Navoiy / Navoiy hayoti va ijodi / Navoiy nomini abadiylashtirish / statesman Alisher Navoi / life and work of Navoi / perpetuation of Navoi's name.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Salimov Muxtor Ali Maxmayoqub O’gli

Hozirgi kunda jamiyatimiz a’zolarida ulug’ shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqola shu masalani yoritishga bag’ishlanadi. Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda ,hozirda dunyo miqyosida 6000 dan ortiq turli xil tillar mavjud.Shu tillarning yuzaga kelishi , rivojlanishi, shakllanishi ma’lum bir shaxslarga bog’liqdir.Shu qatorda butun umrini turkiy tilni yuzaga keltirish, mavqeyini ko’tarish, turkiy til imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish, davlatchilik asoslarini mustahkamlash, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishda beqiyos darajada o’z o’rniga ega bo’lgan ulug’ mutafakkir , shoir, davlat arbobi, g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiydir. U ikki tilda ijod qilgan . Dunyoda birinchi bo’lib turkiy tilda samarali faoliyat yuritib turkiy tilning juda boy til ekanligini , uning imkoniyatlari cheksiz ekanligini isbotlagan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE MAN WHO AWAKENED THE SPIRIT OF THE NATION WILL LIVE FOREVER

One of the most important issues in our society today is to learn about the life and work of the great poet and thinker Alisher Navoi. This article addresses this issue. Scientists estimate that there are more than 6,000 different languages in the world today. The emergence, development and formation of these languages depend on certain individuals. In addition, the creation of the Turkish language throughout its life, raising its status, the Turkish language Alisher Navoi is a great thinker, poet, statesman, sultan of ghazal property, who has an incomparable place in the recognition of his potential in the world, strengthening the foundations of statehood, determining the criteria of truth and justice in society. He created in two languages. He was the first in the world to prove that the Turkic language is a very rich language and its possibilities are endless.

Текст научной работы на тему «MILLAT RUHINI UYG’OTGAN INSON MANGU YASHAGAY»

MILLAT RUHINI UYG'OTGAN INSON MANGU YASHAGAY

Nizomiy nomidagi TDPU Tabiiy fanlar fakulteti IBAO 'M yo'nalishi II bosqich talabasi SalimovMuxtor AliMaxmayoqub o'gli

Annotatsiya: Hozirgi kunda jamiyatimiz a'zolarida ulug' shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi to 'g 'risida ma 'lumotlarga ega bo 'lish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqola shu masalaniyoritishga bag'ishlanadi.

Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda ,hozirda dunyo miqyosida 6000 dan ortiq turli xil tillar mavjud.Shu tillarning yuzaga kelishi , rivojlanishi, shakllanishi ma'lum bir shaxslarga bog'liqdir.Shu qatorda butun umrini turkiy tilni yuzaga keltirish, mavqeyini ko'tarish, turkiy til imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish, davlatchilik asoslarini mustahkamlash, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishda beqiyos darajada o'z o 'rniga ega bo 'lgan ulug' mutafakkir, shoir, davlat arbobi, g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiydir. U ikki tilda ijod qilgan . Dunyoda birinchi bo'lib turkiy tilda samarali faoliyat yuritib turkiy tilning juda boy til ekanligini, uning imkoniyatlari cheksiz ekanligini isbotlagan.

Kalit so'zlar: Davlat arbobi Alisher Navoiy, Navoiy hayoti va ijodi, Navoiy nomini abadiylashtirish.

Abstract: One of the most important issues in our society today is to learn about the life and work of the great poet and thinker Alisher Navoi. This article addresses this issue.

Scientists estimate that there are more than 6,000 different languages in the world today. The emergence, development and formation of these languages depend on certain individuals. In addition, the creation of the Turkish language throughout its life, raising its status, the Turkish language Alisher Navoi is a great thinker, poet, statesman, sultan of ghazal property, who has an incomparable place in the recognition of his potential in the world, strengthening the foundations of statehood, determining the criteria of truth and justice in society. He created in two languages. He was the first in the world to prove that the Turkic language is a very rich language and its possibilities are endless.

Keywords: statesman Alisher Navoi, life and work of Navoi, perpetuation of Navoi's name.

KIRISH

Hazrat Mir Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirotda tavallud topgan . Uning she'riyatga bo'lgan qiziqishi va iste'dodi juda erta uyg'ongan, o'tkir zehnli bo'lganligi tufayli yoshligidayoq Farididdin Attorning " Mantiq ut-tayr " asarini ,

buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan , zamonasining ulug' kishilaridan bo'lmish Sharafiddin Ali Yazdiyning e'tiborini qozongan va nazariga tushgan, Movlono Lutfiy yosh shoirning iste'dodiga, qobiliyatiga yuqori baho bergan , Kamol Turbatiy e'tirofini qozongan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Millat ruhini uyg'otgan Mir Alisher Navoiy hayot faoliyati haqida tahlil olib borildi.O'zbek she'riyatining shakllanish davri tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Hayotining katta qismini Hirotda o'tkazgan Alisher Navoiy butun umri davomida boshqa ulug' kishilar qatorida haqiqiy inson qanday bo'lishi lozimligini ko'rsatdi. U o'z davrida nohaqlikka , adolatsizlikka, kamsitishga qarshi kurashadi, amaldorlarning o'z vazifalarini suiste'mol qilishlarini va ta'magirliklarini fosh etadi, ojiz va yordamga muhtoj kishilarni o'z himoyasiga oladi. Sulton Husayn Boyqaro podshohlik qilgan davrda Alisher Navoiy hukumatda bosh vazirlik darajasigacha ko'tarildi.Ayni paytlarda mamlakda tinchlik va osoyishtalik o'rnatiladi,hech bir mamlakatga bosqinchilik yurishi qilinmaydi, madaniyat va san'at yuqori darajada rivojlanadi, shaharlarda savdo-sotiqqa , hunarmandchilikka katta ahamiyat beriladi. Qishloqlarda yashaydigan kishilarda dehqonchilik madaniyati o'sib boradi. Hirot kundan-kunga obod bo'lib, gullab yashnaydi.Alisher Navoiy ko'proq xalqni o'ylaydi, xalqni g'amini yeydi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki , Tarixchi Xondamirning qayd qilishicha , 80-yillar davomida Alisher Navoiy o'z mablag'lari hisobidan Hirotda va mamlakatning boshqa shaharlarida bir necha madrasa , 40 ta robot , 17 masjid , 10 ta xonaqoh, 9 ta hammom , 9 ta ko'prik , 20 ga yaqin hovuz qurgan va ta'mirlattirgan . Ular orasida Hirotdagi " Ixlosiya ", " Nizomiya " madrasalari , " Xalosiya " xonaqohi , " Shifoiya " tibgohi, Qur'on tilovat qiluvchilarga mo'ljallangan " Dorul-huffoz " binosi , Marvdagi " Xusraviya " madrasasi , Mashhaddagi " Dorul-huffoz " xayriya binosi va boshqa noyob me'morchilik yodgorliklari ,obidalari mavjud.

Alisher Navoiy juda serqirra va samarali ijod qilgan ijodkor bo'lgan . Shu sababdan ham uning adabiy va ilmiy merosini 4 faslga bo'lish mumkin: 1. Devonlar. 2. Dostonlar. 3. Forsiy tildagi she'riy merosi. 4. Ilmiy-filologik, nasriy va tarixiy asarlar.

Alisher Navoiyning asosan " Xazoyin ul-maoniy " , " Ilk devon ", " Badoe' ul-bidoya ", " Navodir un-nihoya " kabi devonlari mavjud. Ushbu devonlarda shoir

R

hayotining ma'lum bir davrlarida yozgan g'azallari, qit'alari, tuyuq , fard, muxammas va boshqalar joy olgan bo'lib , hayotning turli xil mavzulari o'z aksini topgan. Ulardan eng yirigi " Xazoyin ul-maoniy " bo'lib , unda yuqoridagi uch devonga kirgan hamda " Navodir un-nihoya " devoni tuzilgandan keyin yozilgan she'rlar asosida yuzaga kelgan . " Xazoyin ul-maoniy " dagi 4 devonning har birida 650 tadan 2600 g'azal, umuman 4 devonda 210 qit'a , 133 ruboiy, 86 fard , 52 muammo, 13 tuyuq, 10 muxammas, 10 chiston, 5 musaddas, 4 tarje'band, 4 mustazod , musamman, tarkiband, qasida , masnaviy , soqiynoma mavjud bo'lib , Sharq she'riyatining 16 turini o'zida namoyon etgan.

Navoiy ijodida "Xamsa " asari tarkibidagi dostonlar va " Lison ut-tayr " kabi dostonlar joy olgan. " Xamsa " asari 5 ta dostondan iborat. Bular " Hayrat ul-abror ", " Farhod va Shirin " , " Layli va Majnun " , " Sab'ayi sayyor ", " Saddi Iskandariy " dostonlaridir. Ushbu asar 52 ming misradan iborat. Ushbu asarning xamsa darajasiga ko'tarilishi uchun dostonlar ma'lum bir mavzular doirasida bo'ladi. Shuning uchun ham, Navoiyning " Xamsa " asaridagi dostonlar: " Hayrat ul-abror " falsafiy-ta'limiy mavzuda, " Farhod va Shirin " hamda " Layli va Majnun " ishq qissalari mavzusida, " Sab'ayi sayyor " ishqiy -sarguzasht mavzusida, " Saddi Iskandariy " esa qahramonlik mavzusidagi dostonlardir.Shoir o'zining o'zbek adabiyotida " Navoiy " , fors adabiyotida esa " Foniy " taxallusi bilan ijod qilgan. U fors adabiyotidagi xamsachilikka javob sifatida o'zbek tilida birinchi marotaba " Xamsa " asarini yaratdi va bu tilning cheksiz imkoniyatlarini amalda isbot etdi.

Shoir qalamiga mansub bo'lgan ilmiy-filologik, nasriy va tarixiy mavzulardagi ijod namunalari alohida o'rin egallaydi. Bular sirasidan tarixiy mavzuda " Tarixi mulki Ajam " , " Tarixi anbiyo va hukamo " kabilar, aruz vaznida " Mezon ul-avzon " , ijodkorlar haqida ixcham ma'lumot va ayrim asarlardan namuna keltiriladigan to'plam " Majolis ul-nafois " , lug'atshunoslikka oid " Sab'at-u abhur " kabi asarlar mavjud. Shoirning yuqorida nomi keltirilgan asarlardan tashqari juda ko'p asarlari dunyo yuzini ko'rib maydonga kelgan. Navoiy ijodining eng sermahsul yillari so'nggi 50 yil bo'ldi. U umrining oxirida " Mahbub ul-qulub " asarini yuzaga keltiradi.

Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etdi.

Navoiy xalqimiz tarixida o'chmas iz qoldirgan buyuk so'z san'atkoridir. Uning har bir asarida yuzaga chiqarmoqchi bo'lgan muammolar, masalalar, g'oyalar, ayni davrdagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy holat haqidagi fikrlari kishilar xotirasida muhrlanib, o'chmas iz qoldirgan.U asarlari yordamida millatni, xalqni ruhini uyg'otmoqchi bo'lgan, shundagina Navoiy ko'zlagan maqsadiga erishardi.

XULOSA VA TAKLIFALAR

Xulosa qilib aytish mumkinki, bugungi kunda buyuk adabiyotshunos va ilmiy me'rosimizning asoschilarini asarlarini o'rganib tahlil qilishga katta e'tibor qaratilmoqda. 2021-yilda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng ommani jalb qilgan holda tantanali nishonlandi. Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etildi. Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy bog'i barpo etildi va bu bog' o'rtasida shoirning salobatli haykali qad ko'tardi.Shoirning 20 jildli mukammal asarlar to'plami nashr etildi. Toshkentdagi Davlat kutubxonasi, O'zbekiston fanlar akademiyasi , Til va adabiyot instituti, Toshkentdagi Katta opera va balet teatri, Toshkentdagi metro bekati , o'nlab ko'chalar va boshqa majmualar uning nomi bilan atalgan.Mamlakatimizda Alisher Navoiy xotirasi yuksak darajada e'zozlanadi.Shu o'rinda ta'kidlash joizki , Alisher Navoiy nomini yanada abadiylashtirish maqsadida prezidentimiz tomonidan barcha turkiy xalqlar uchun birdek amal qiladigan Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro mukofotni joriy etish taklifi ilgari surilmoqda.Shunday ekan , Alisher Navoiy - mangu barhayot.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Alisher Navoiy haqida.Tafakkur.net

2. Adabiyot 7-sinf darslik. Sharq nashriyoti .2017-yil. 168-172 betlar.

3. Pulatov Sh.N.Sankhya-ancient Indian philosophical school. //PUSTAK BHARATI RESEARCH JOURNAL// JAN-June. ISSUE Toronto, Canada. No: 12, 2020.

4. PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468-474 P.

5. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

6. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

7. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

8. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.