SHARQ MUMTOZ ADABIYOTIDA BALOG'AT ILMINING O'RNI
Salima, Rustamiy
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi salima62@mail.ru
ANNOTATSIYA
Maqolada balog'at ilmining saj', tajnis, tarse', tashbeh kabi asosiy badiiy san'atlari haqida so'z boradi, ular "Farhod va Shirin", "Fununu-l-balog'a" kabi asarlar asosida tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: filologiya, balog'at ilmi, badiiy san'atlar, lafziy san'atlar, saj', tajnis, tarse'.
ROLE OF SCIENCE OF BALAGHA IN ORIENTAL CLASSICAL
LITERATURE
Salima, Rustamiy
International Islamic Academy of Uzbekistan salima62 @mail .ru
ABSTRACT
The article deals literary arts as saj' (rhymed prose), tadjnis (paranomasia), tarse' (absolutely rhymed words of the hemistich in a distich) and tashbeh (simile) which are the main figures of balagha are analyzed on the basis of such works as "Farhod and Shirin", "Fununu-l-balaga"
Keywords: philology, science of balagha, literary arts, phrase, enunciative arts, rhymed phrase, tajnis, tarse', tavze'.
KIRISH
Sharqda, xususan arab tilida balog'at ilmi nahv (sintaksis), sarf(morfologiya) va lu g'atshunoslikdan so'ng muhim mavqega egabo'lgan ilmlardan hisoblangani bois qadim dan arab tilshunoslari,adabiyotshunoslarining diqqat markazida bo'lib kelgan. Hozirgik unda o'zbek sharqshunoslari mazkur ilmlar doirasida ilmiy tadqiqotishlarini amalga osh irib kelmoqdalar [1; 4; 6; 7; 9; 10; 11; 12; 13; 15].
O'rta asr olimlari bu ilmning rivojlanishi, o'zlashtirilishiga katta e'tiborberganlar v a unga bag'ishlab bir qancha asarlar yaratganlar. "Balog'atilmi"ning tarkibiga kiruvchi ayrim qismlar bo'yicha nazariy fikrlar,dastlab Abu Usmon Johizning "Al-bayon va-t-tabyin", "I'jazu-l-Qur'on", Abu Ubaydaning "Majozu-l-
www.scientificprogress.uz
Qur'on" asarlarida, Ja'far ibnYahyo, Sahl ibn Horun, Abulabbos Mubarrad, Qudama ib n Ja'far,Abdulloh ibn Mu'tazz, Bashshar ibn Burd, Muslim ibn Valid, Abu Tammam, Hilol Askariy, ibn Rashiq kabi olim va shoirlar asarlaridaqayd etilgan [2].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
"Balog'at" IX asrda arab filologiyasiga doir fanlar qatorida vujudga kelgan va XII asrda takomiliga yetgan.
Birinchi bo'lib balog'at ilmiga oid mavjud nazariyalarni sistemalashtirishgan olim Abdulqohir Jurjoniydir. Bu borada u "Asroru-l-balog'a" asarini yaratdi [5].
Abdulqohir Jurjoniydan so'ng Abu Yoqub Yusuf Sakkokiy o'zining "Miftohu-l-ulum" asarida o'zigacha bayon etilgan ma'lumotlarni qayta ko'rib chiqdi va boblarni tartibga keltirdi.
Sakkokiy o'z asarining "Balog'at ilmi"ga doir uchinchi bo'limida dastlab "fasohat" va "balog'at" tushunchalarini tartib bilan izohlab beradi. So'ngra ungacha bo'lgan asarlarda tarqoq holda bo'lgan va balog'at ilmining asosini tashkil qiluvchi bo'limlarni tartib bilan keltiradi va ularni "ilmu-l-ma'oniy", "ilmu-l-bayon" va "ilmu-l-badi'" deb nomlaydi.
Ma'lumki, balog'at ilmini tarkib va tartib jihatdan bir asarga jamlanib, ilmiy jihatdan yetuk darajaga kelishi, dastlab Jurjoniy, so'ngra Sakkokiyning benazir mehnatlari samarasidir. Sakkokiydan keyingi olimlarning barchasi uning qoidalarga asoslanganlar.
Shunday asarlar qatoriga "Miftohu-l-ulum"ning balog'at ilmiga doir qismiga damashqlik xatib Jaloluddin Muhammad ibn Muhammad Abdurrahmon Qazviniy tomonidan (v.e. 739/1339) yozilgan "Talxisu-l-Miftoh" asarini, Mas'ud ibn Umar Taftazoniy (v. e. 792/1390)ning "Sharxu Talxisi-l-Miftah" deb nomlanuvchi sharhini kiritish joizdir.
Maqolada ilmiy tavsiflash, qiyosiy-tarixiy, komponent tahlil kabi usullardan foydalanildi.
NATIJALAR
Balog'at ilmiga doir asarlarning arab, fors va turkiy xalqlar ziyolilari orasida keng tarqalishi ularning o'z tillarida balog'atga bag'ishlangan asarlar yaratilishlariga asos bo'ldi. Bular qatoriga Atoulloh Husayniyning "Badoyi'u-s-sanoyi'", Umar Rodiyoniyning "Tarjimonu-l-balog'a", Shayx Ahmad Taroziyning "Fununu-l-balog'a" asarlarini kiritish mumkin. Shuni ta'kidlash joizki, bu asarlarning har biri tarkib va tartib jihatdan o'ziga xos bo'lib, mualliflar, albatta, Sakkokiy asariga qayta-qayta murojaat qiladilar, undagi ma'lumotlarga nisbatan ijodiy munosabatda bo'ladilar.
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1
MUHOKAMA
Atoulloh Husayniyning "Badoyi'u-s-sanoyi"' asari xususiyatlari
XV-XVI asrlarda yashab o'tgan Atoulloh Husayniyning asari bo'lmish "Badoyi'u-s-sanoyi'"da balog'at san'atlari ilgari uchramagan o'ziga xos uslubda tasniflangan.
Asarda bir qancha badiiy vositalar xususida bahs yuritilgan. Bu bahsni ikki turga bo'lish mumkin. Birinchisi, ixtilofsiz, ya'ni biror badiiy vositaga berilayotgan ta'rif yoki tasnif o'zidan oldingilariga mos keladi. Masalan, badiiy vositalardan biri saj' haqida Atoulloh Husayniy: "Arabiyat ahlining bir toifasi nazdida nasrg'a xosdur va bu toifa saj'ni nasr fosilalarining oxirg'i harfta muvofiqlig'idin iborat deb bilipturlar" deydi va Sakkokiyning "Miftohu-l-ulum" asaridan iqtibos keltirgan holda fikrini davom ettiradi: "Miftoh" sohibi, saj', ya'ni nasr bo'laklari oxiridag'i so'zlar she'rdag'i qofiya kibidur deptur. Ravshan va mashhuri ham aning ushbu qavlidur" [3, 62]. Ikkinchisi, arab va ajam olimlari o'rtasida ixtilofli bo'lganlari. Masalan, Atoulloh Husayniy ma'naviy go'zalliklarni ikki turga bo'ladi va birinchi turni arab va ajam fusahosi sanoyi'ga kiritishini, ikkinchi turni ajam olimlari sanoyi' turkumiga, ar ab olimlarining barchasi nutqning zotiy go'zalliklaridan deb hisoblab, uning bahsini ma'oniy va bayon ilmining vazifasiga kiritishlarini ta'kidlaydi. Olim bunday ixtilofga, uning bayoni badi' ilmining vazifasi, chunki u oriziy go'zalliklardandir, deb o'z munosabatini bildiradi [3, 122].
Shubhasiz, Husayniy ko'p hollarda, masalan, badi' ilmi haqidagi bahsda faqat Sakkokiy emas, balki boshqa olimlarning ham asarlariga murojaat qiladi. Masalan, ishtiqoq haqida, uni Ibn Asir, "Tibyon" sohibi va Rashid-i Vatvot kabi ba'zilar tajnis turlari qatoriga kiritmaydilar, ammo "Miftoh" va "Izoh" sohibi kabilar tajnisga tobe tarmoq deb hisoblaydilar [3, 50], degan fikrni bildiradi:.
XV asrda yashagan Shayx Ahmad Taroziy badiiy san'atlarga bag'ishlangan "Fununu-l-balog'a" [16] asarida o'zidan avvalgi olimlar bilan bahs yuritmasa-da, badiiy vositalar ta'rifi va ularning bir qanchasiga keltirilgan arabcha misollar uning arab tilida yozilgan balog'atga oid asarlarga ham tayanganini ko'rsatadi. Asarda keltirilgan arabcha misollar Qur'oni Karim va hadislardan bo'lib, aynan shularning balog'atga oid boshqa asarlarda, ayrimlarining "Miftohu-l-ulum"da ham uchrashi bu fikrni tasdiqlaydi. Bu asarda ham "Badoyi'u-s-sanoyi'"dagi kabi san'atlar ta'rifi va tasnifida "Miftohu-l-ulum"dan qisman bo'lsa-da, farq qiluvchi jihatlarning borligi balog'at ilmiga uni o'zlashtirgan xalqlar tomonidan ijodiy yondashuv bo'lganini ko'rsatadi.
Turkiy adabiyotda badiiy san'atlar
Balog'at ilmining rivoji sharq xalqlari, jumladan fors va turkiy xalqlar ijod iga ham ijobiy ta'sir ko'rsatdi va o'rta asrlarda bu ilm qoidalariga asoslanib, uning san'atlarini mohirona qo'llagan holda yaratilgan ko'plab adabiy asarlar yozildi.
Bu asarlarda zukko adiblar so'zdan foydalanishda uni suiste'mol qilmaslik uchun o'ta ehtiyotkor munosabatda bo'lganlar va so'zni go'zal tarzda iste'foda etish orqali uni san'at darajasiga ko'targanlar. Bu san'at orali insonlarga ilmu ma'rifatni go'zal tarzda taqdim eta olganlar. O'zlari yaratgan asarlarning ham shaklan, ham mazmunan go'zal bo'lishini ta'minlash maqsadini amalga oshirish adiblardan balog'at ilmini chuqur o'zlashtirishni talab qilgan.
Arab va fors tillaridagi kabi turkiyda ijod qilgan mumtoz adabiyot namoyondalarining badiiy asarlari orqali ularning ham balog'at ilmini juda yaxshi o'zlashtirganliklarini ko'ramiz. Bu asarlarda balog'at ilmining tarkibini tashkil qiluvchi til qoidalariga qat'iy rioya qilish bilan birga badiiy san'atlardan ham ustalik bilan foydalanilgan. Chunki balog'at ilmi asarda badiiy vositalarning bir-biriga salbiy ta'sir ko'rsatmasligini, so'zlarni takrorlash, ortiqcha so'z va gap bo'laklarini tushirib qoldirish hisobiga mo''jazlikka erishishni, oz so'z bilan ko'p ma'no ifodalashni, salbiy munosabatlarni qo'pol so'zlar bilan ifodalamaslikni talab qiladi. Badiiy asarda haqiqat ham, uning ifoda vositalari ham badiiy tus oladi [14, 4-5]. Bu borada Alisher Navoiyning ham nasrda, ham nazmda yozilgan deyarli barcha asarlarini sanab o'tish mumkin. Jumladan, uning "Xamsa" asaridan saj' san'atiga misolni keltirish mumkin:
"Saltanat sipehrining mehri rahshandasi va xilofat tojining la'li duraxshandasi jahonbonlig' jismining ruhi nozanini va kishvaristonlig' aynining mardumaki jahonbini olam xalqining rafi'i va zamon ahlining badi'i, ya'ni sulton Badiuzzamon Bahodir madhida: xallallohu mulkahu va abbada davlatahu" [8, 169]. Ushbu sarlavhada "saltanat" - "xilofat", "nozanin" - "jahonbin", "rafi'" - "badi'" so'zlari mutavoziy saj'ni; "mehri" - "la'li", "jism" - "ayn", "olam" - "zamon", "xalq" - "ahl" so'zlari mutavozin saj'ni; "raxshanda" - "duraxshanda", "jahonbon"- "kishvariston" so'zlari mutarraf saj'ni hosil qilgan.
Yana bir misol: "So'z ta'rifida bir necha so'z surmak va so'z ahlig'a andin necha so'z tegurmak va koinotqa taqaddumining sifoti, mumkinotqa taaxxurining isboti va oning pardasidin boshqa ma'niy bikri jilvadin oriy va ko'ngul kunjida mutavoriy erkonining izhori" [467]. Bu misolda "koinot" - "mumkinot", "sifot" - "isbot" so'zlari mutavoziy saj'ni; "sur"- "tugur", "oriy" - "mutavoriy" so'zlari mutarraf saj'ni; "taqaddum" - "taaxxur" so'zlari mutavozin saj'ni hosil qiladi.
Mumtoz asarlarda tajnis, majoz, tashbeh, istiora kabi san'atlar ham juda mohirona qo'llanilgan. Shayx Ahmad Taroziy "Fununu-l-balog'a" asarida turkiyda Mavlono Lutfiy, Mavlono Sakkokiy, Atoiy, Xo'jandiy, Amir Sayyid Nasimiy, forsiyda Xoja Xofiz Sheroziy, Xoja Salmon, Xoja Kamol, Muizziy, Nosir, Sharaf Yazdiy, Firdavsiydan qator misollar keltiradi [16].
Shulardan tajnis sanati quyidagi baytlarda qo'llangan: Soldi kuygan ko'nglima ul englari gulnori nor.
Bo'lmadi hargiz manga ul dilbari ayyor yor.
Bu misolda "gulnori" bilan "nor" hamda "ayyor" bilan "yor" so'zlari mukarrar tajnisni hosil qilgan.
Bizga bor javrung jafodin yaxshiroq.
Qilmag'il, ey turk, bu odatni tark.
Bu baytdagi "turk" bilan "tark" so'zlari orqali noqis tajnis vujudga kelgan.
Tarse' san'atiga misol:
Ey munavvar, ba tu nujumi jalol,
Ey muqarrar, ba tu rusumi kamol.
Tashbehga misollar:
Quyidagi baytda o'xshatish shart qo'yish orqali bo'lgani uchun mu'allaq tashbehga misol bo'ladi:
Yuzungga o'xshag'ay bo'ston, gulima ul mahi tobon.
Agar xud bo'lsa gulda jon, oyda bo'lmasa nuqson.
Quyidagi misolda avvalgi o'xshatishdan qaytilgan va bu bilan tafze' tashbeh san'ati qo'llangan:
Jamolingdur sening badri duraxshon.
G'alat qildim, erur xurshidi tobon.
Maqlubotga misollar:
Chaman ichinda qilur raqs sarv, har dam urar -
Chinor qarsu o'qur andalib savtu g'azal.
Bu misolda "raqs" bilan "qars" so'zlari ba'z maqlub (qisman o'rin almashish) san'atini hosil qilgan.
Ey yuzung ganji malohattur desam,
Ne uchun, ey mah, qilursan mayli jang.
Ushbu baytdagi "ganj" bilan "jang" so'zlari arab yozuvida "gnj" va "jng" harflariga mos ketma-ketlikda yozilgani sababli unda kull maqlub (to'liq almashish) san'ati qo'llangan.
XULOSA
Demak, balog'at ilmi fan sifatida o'rta asrlarda araf filologiyasi tarkibida shakllangan va rivojlangan. Arab, fors va turkiy tillarda balog'at ilmi nazariyasiga doir asrlar yozilgan.
Mumtoz badiiy adabiyot namunalaridan go'zal san'atlar va ularga xos satrlarni behisob keltirish mumkin. Bunday satrlarni jamlagan asarlar asrlar osha o'zining ma'nan teran va shaklan maftunkor jihati bilan ilm va san'at ahli e'tiborida bo'lib kelmoqda.
ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Arifdjanov, Z. (2020). Functional equivalents of the simple verb û^lj^ [xastan] and their formal invariants. The Light of Islam, 2020(1), 163-170.
2. Hamid, Avniy. (1953). Al-minhaj al-vadi ' li-l-balag'a. Dar al-kuttab al-'arabiy.
3. Хусайний, Атоуллох (1981). Бадойиъу-с-санойиъ. Форсчадан А. Рустамов таржимаси. Адабиёт ва санъат.
4. Islamov, Z. (2020). Codicological Analysis of Manuscripts of "Mukaddamatu-l-Adab" of Mahmud Zamakhshari in the Funds of the World. The Light of Islam, 2020(2), 30-36.
5. Jurjaniy, Abd al-Qohir. (2002). Asraru-l-balag'a. Bayrut-Lubnan.
6. Lutfullayeva, D. E. (2016). The Role Of Associative Experimental Method In The Study Of Human Linguistic Memory. Современные проблемы тюркологии: язык-литература-культура, 452-457.
7. Lutfullayeva, D., Nasirova, N., Sayidirahimova, N., Nizomova, F., & Shoaliyeva, N. (2020). Pragmatic features of official texts and documents of the uzbek language. Anglisticum. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 9(7), 27-34.
8. Навоий, Алишер (1960). Хамса. Нашрга тайёрловчи: П. Шамсиев. Фан.
9. Nasirova, M. A. (2019). The contribution of the outstanding Mavarannahrian scholar Mahmud Az-Zamakhshari into the world linguistics. Theoretical & Applied Science, (10), 755-759.
10. Nig'monov Mr, A. (2020). Rhythmic-syntactic parallelisms in old turkic poetry (by example of extract from "Devon lugati-t-turk"). The Light of Islam, 2020(1), 185191.
11. Nizamova, F. (2020). Stady of Amir Husrow Dehlavi s rubais. The Light of Islam, 2020(3), 150-159.
12. Rustamiy, S. (2016). "Esasu-l-belaga" ve "Divan-u lugat-it-turk" eserlerinin dil bilimi ve belagat bilimiyle ilgili yonleri. Electronic Turkish Studies, 11(20), 503-522.
13. Rustamiy, S., Nasirova, M., & Sagdullaeva D. (2020) Scientific and theoretical content of the science of balagat. Journal of Critical Reviews, 7 (6), 132-137.
14. Рустамов, А. (1979). Навоийнинг бадиий мауорати. Адабиёт ва санъат.
15. Shoaliyeva, N. (2018) "Human and mystical(irfan) perfection in Sohrab Sepehri's poetry". The Light of Islam, 2018(4), 29-38.
16. Тарозий, Ахмад. (1996). Фунуну-л-балоза. А.Хайитметов нашрга тайёрлаган. Хазина.
REFERENCES
1. Arifdjanov, Z. (2020). Functional equivalents of the simple verb u^lj^ [xastan] and their formal invariants. The Light of Islam, 2020(1), 163-170.
2. Hamid, Avniy. (1953). Al-minhaj al-vadi' li-l-balag'a. Dar al-kuttab al-arabiy.
3. Husayniy, Atoulloh (1981). Badoyi' al-sanoyi'. Translator fron Persian: A. Rustamov. Adabiyot va san'at.
4. Islamov, Z. (2020). Codicological Analysis of Manuscripts of "Mukaddamatu-l-Adab" of Mahmud Zamakhshari in the Funds of the World. The Light of Islam, 2020(2), 30-36.
5. Jurjaniy, Abd al-Qohir. (2002). Secrets of balagha. Bayrut-Lubnan.
6. Lutfullayeva, D. E. (2016). The Role Of Associative Experimental Method In The Study Of Human Linguistic Memory. Sovremennie problemi tyurkologii: yazik-literatura-kultura, 452-457.
7. Lutfullayeva, D., Nasirova, N., Sayidirahimova, N., Nizomova, F., & Shoaliyeva, N. (2020). Pragmatic features of official texts and documents of the uzbek language. Anglisticum. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 9(7), 27-34.
8. Navoiy, Alisher (1960). Five. Prepared for publication: P. Shamsiev. Fan.
9. Nasirova, M. A. (2019). The contribution of the outstanding Mavarannahrian scholar Mahmud Az-Zamakhshari into the world linguistics. Theoretical & Applied Science, (10), 755-759.
10. Nig'monov Mr, A. (2020). Rhythmic-syntactic parallelisms in old turkic poetry (by example of extract from "Devon lugati-t-turk"). The Light of Islam, 2020(1), 185191.
11. Nizamova, F. (2020). Stady of Amir Husrow Dehlavi s rubais. The Light of Islam, 2020(3), 150-159.
12. Rustamiy, S. (2016). "Esasu-l-belaga" ve "Divan-u lugat-it-turk" eserlerinin dil bilimi ve belagat bilimiyle ilgili yonleri. Electronic Turkish Studies, 11(20), 503-522.
13. Rustamiy, S., Nasirova, M., & Sagdullaeva D. (2020) Scientific and theoretical content of the science of balagat. Journal of Critical Reviews, 7 (6), 132-137.
14. Rustamov, A. (1979). Artistic skills of Navoi. Adabiyot va san'at.
15. Shoaliyeva, N. (2018) "Human and mystical(irfan) perfection in Sohrab Sepehris poetry". The Light of Islam, 2018(4), 29-38.
16. Taroziy, Ahmad. (1996). Funun al-balog'a. Prepared for publication: A.Hayitmetov. Xazina.