Научная статья на тему 'HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY HAYOTI VA IJODINING MUSTAQILLIKKACHA O’RGANILISHI'

HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY HAYOTI VA IJODINING MUSTAQILLIKKACHA O’RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
7049
372
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hamzashunoslik / dahriy / dindor / ma’rifatparvarlik / Shohimardon voqeasi / shaxsiyat / ijod / talqinlar. / Hamzashunism / atheism / religion / enlightenment / the story of Shahimardon / personality / creativity / interpretations.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdukarimov Anvar Ravshanxon O’g’li

O’zbek adabiyotshunosligida Hamza ijodi nihoyatda ko‘p o‘rganilgan masalalardan sanaladi. Uning ijodini o‘rganish, talqin va targ‘ib etish masalasi, ayniqsa Sho‘ro davri adabiyotshunosligining yetakchi masalalaridan biri edi. Shu ma’noda bu davrda nihoyatda ko‘p ilmiy va badiiy asarlar yaratildi. Hatto adabiyotshunoslikda Hamzashunoslik degan alohida yo‘nalish paydo bo‘ldi. Hamza nomidagi mukofot ta’sis etilib, uning nomi bir qator geografik obyektlarga qo‘yildi. Hamzani e’tirof etib yozilgan asarlarda inqilobchi Hamza, ateist Hamza, Sho‘rolarga xizmat qiluvchi Hamza obrazlarini turli rakurslarda ko‘rish mumkin. Shuningdek, Hamzaning boy ijodiy merosi ichidan faqat siyosiy tuzumga xizmat qiladigan asarlarnigina saralab olib, targ‘ib qilish hodisasi ham ko‘p uchragan. Ushbu maqolada ma’rifatparvar adib Hamza Hakimzoda Niyoziyning hayot yo‘li, uning shaxsiyatiga xos bo‘lgan xususiyatlarning turli davrlarda turlicha talqin etilgani haqida so‘z boradi. Tarixiy haqiqatni qaror toptirish uchun Hamza shaxsiga va ijodiga xolisona yondashuv lozimligi, maktab darsliklarida ham ayni shu jihatga ahamiyat berilishi zarurligi masalalari muhokamaga tortilgan. Shuningdek, ushbu maqolada shoir shaxsidan inqilobchi, dahriy timsollari zo‘rma-zo‘rakilik bilan yasalgani, aslida adibning ma’rifatparvarlik ruhidagi asarlari noto‘g‘ri talqin qilingani haqida mulohazalar o‘rin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INDEPENDENT STUDY OF HAMZA HAKIMZADA'S LIFE AND WORK INDEPENDENCE

Hamza's creation is one of the much studied issues in Uzbek literature. Actually studying, promotion, discussion his works was one of the most important issue of the Soviet period. So, a lot of scientific and literal works were created during this period. Even in literature, there was appeared a special range called Hamzashunism . There was created an award named after Hamza and his name was given to a number of geographical objects. In the confessed works Hamza as the revolutionary Hamza, the atheist Hamza, the serving man to the Soviets different given characters for Hamza can be viewed in different foreshortening . Even there was an evendance of selecting among his rich heritage only his works which served for political system for confessing. The article is written about enlightening writer Hamza Hakimzoda Niyazi, the different interpretations of his personality in different periods. It was discussed that in order to determine the historical truth, it is necessary to take an objective approach to the personality and creation of Hamza, and to pay attention to this aspect in school textbooks. Also there is a word about forcibly creating revolutionary and atheistic character of poet’s personality, in fact, the author's works in the spirit of enlightenment were misinterpreted in this article

Текст научной работы на тему «HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY HAYOTI VA IJODINING MUSTAQILLIKKACHA O’RGANILISHI»

HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY HAYOTI VA IJODINING MUSTAQILLIKKACHA O'RGANILISHI

SamDU magistranti Abdukarimov Anvar Ravshanxon o'g'li

Annotatsiya. O'zbek adabiyotshunosligida Hamza ijodi nihoyatda ko'p o 'rganilgan masalalardan sanaladi. Uning ijodini o 'rganish, talqin va targ 'ib etish masalasi, ayniqsa Sho 'ro davri adabiyotshunosligining yetakchi masalalaridan biri edi. Shu ma 'noda bu davrda nihoyatda ko 'p ilmiy va badiiy asarlar yaratildi. Hatto adabiyotshunoslikda Hamzashunoslik degan alohida yo 'nalish paydo bo 'ldi. Hamza nomidagi mukofot ta'sis etilib, uning nomi bir qator geografik obyektlarga qo'yildi. Hamzani e'tirof etib yozilgan asarlarda inqilobchi Hamza, ateist Hamza, Sho'rolarga xizmat qiluvchi Hamza obrazlarini turli rakurslarda ko'rish mumkin. Shuningdek, Hamzaning boy ijodiy merosi ichidan faqat siyosiy tuzumga xizmat qiladigan asarlarnigina saralab olib, targ'ib qilish hodisasi ham ko'p uchragan.

Ushbu maqolada ma'rifatparvar adib Hamza Hakimzoda Niyoziyning hayot yo 'li, uning shaxsiyatiga xos bo 'lgan xususiyatlarning turli davrlarda turlicha talqin etilgani haqida so 'z boradi. Tarixiy haqiqatni qaror toptirish uchun Hamza shaxsiga va ijodiga xolisona yondashuv lozimligi, maktab darsliklarida ham ayni shu jihatga ahamiyat berilishi zarurligi masalalari muhokamaga tortilgan. Shuningdek, ushbu maqolada shoir shaxsidan inqilobchi, dahriy timsollari zo'rma-zo'rakilik bilan yasalgani, aslida adibning ma'rifatparvarlik ruhidagi asarlari noto'g'ri talqin qilingani haqida mulohazalar o 'rin olgan.

Kalitso'zlar: Hamzashunoslik, dahriy, dindor, ma'rifatparvarlik, Shohimardon voqeasi, shaxsiyat, ijod, talqinlar.

ABSTRACT. Hamza's creation is one of the much studied issues in Uzbek literature. Actually studying, promotion, discussion his works was one of the most important issue of the Soviet period. So, a lot of scientific and literal works were created during this period. Even in literature, there was appeared a special range called Hamzashunism . There was created an award named after Hamza and his name was given to a number of geographical objects. In the confessed works Hamza as the revolutionary Hamza, the atheist Hamza, the serving man to the Soviets different given characters for Hamza can be viewed in different foreshortening . Even there was an evendance of selecting among his rich heritage only his works which served for political system for confessing.

The article is written about enlightening writer Hamza Hakimzoda Niyazi, the different interpretations of his personality in different periods. It was discussed that in order to determine the historical truth, it is necessary to take an objective approach to the personality and creation of Hamza, and to pay attention to this aspect in school textbooks. Also there is a word about forcibly creating revolutionary and atheistic character of poet's personality, in fact, the author's works in the spirit of enlightenment were misinterpreted in this article

Keywords: Hamzashunism, atheism, religion, enlightenment, the story of Shahimardon, personality, creativity, interpretations.

KIRISH.

Sobiq sovet hukumati davrida davlat va siyosat ko'rsatmasiga ko'ra maqtab, ko'tar-ko'tar qilingan shoiru adiblardan xalq qancha uzoqlashsa, tanqid va ta'qibga uchraganlarga diqqat-e'tibori o'shancha ortardi. Hamzaning millat tarixidagi xizmati va ijodkorlik qismatiga zohirbinlik nuqtai nazarida baho berilgani uchunmi yoki o'zga bir sabab tufaylimi unga tarafdorlar sonining oshgani sezildi. Va shoirning: Yo 'q o'zingda zarrai fazli kamolot, ey Nihon, Elga sen ko 'p nosih o 'lma, sahv guftoring g 'alat, -degan tanbehi go'yo bir qadar isbotini ham topdi.

Bundan tashqari, qalbi Vatan dardi, millat muhabbati bilan yongan shoirlarni o'limidan keyin ham vaqt sinovdan o'tkazib turadi. Ammo qanaqa g'araz, qanday bir usullarda qoralanib, uydirmalar to'qilmasin, Vaqt va kelajak ularning sha'ni-shavkatini kafolatlab, yuziga hatto gard qo'ndirmaydi. Qodiriyda, Fitrat yo Cho'lponda shunday bo'lmaganmidi?! Shunaqa shoir, yozuvchi, olimlar bo'ladiki, ismi-sharifi umumiy ro'yxatdan o'chirilib tashlanadimi, yozganlari chetga suriladimi - adabiyotda biror bir bo'shliq yoxud kemtiklik sezilmaydi. Nomiga bo'lsa-da, eslaydigan o'quvchi ham topilmaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

Ishda hamzashunoslikda amalga oshirilgan salkam bir asrlik tarix yoritilgan bo'lib, unda qiyosiy-chog'ishtirma, tarixiy-tipologik metodlardan foydalanilgan.

NATIJALAR.

Hamza milliy shoirlarimizning u peshvolaridan, milliy-ma'naviy tarkibi toza adabiyot bag'rida ildiz yozgan azamat bir chinordir. Davr va zamon shamollari na egib biladi uni, na qulatib... Hamza darveshvash ijodkor, his va ehtiroslari yolqinli shoir. Taassurot, kechinma va ohangdorlik uning g'azallarida boshqacha bir uyg'unlik kasb etgan. Mashrabga o'xshab Hamza ham isyonkor va talvinchi: holdan holga yuksalish, kayfiyat manzaralarini har gal yangi mazmunga xizmat ettirishni u

xush ko'radi. Bunday shoirlarda xato, nuqson, adashuv, ikkilanish, hatto nimalardandir kechish ham bo'ladi. Chunki ular belgili "ijodiy" niyat, so'nik qalb bilan qalam tebratolmaydi. Dolzarb mavzularda qatorlashtirib she'riy "haykalcha"lar yasash ham qo'lidan kelmaydi. Chin shoir g'oyaviy xato va chalg'ishlarining tamaliga yetib borib so'zlash esa tiriklik va adabiyot manfaatiga xizmat qiladi. Aytaylik, Hamzanikiday zidiyatli, qaltis yo'lni bosib o'tishga andak-mundak shoirning mardligi, jur'ati, shiddati urvoq ham bo'lolmaydi. Ana shu haqiqat mushohada etilganda ehtimolki, adabiy tanqid "chumchuq"ni "qarchig'ay", "qarg'a"ni "bulbul", "tulki"ni "arslon" deb ta'riflashlardan bir muncha tiyilardi.

O'zbek adabiyoti Hamza Hakimzoda kabi ijodiy taqdiri chigal boshqa bir ijodkorni topish qiyin masala hisoblanadi. Adibning makatab darsliklariga kiritilishi, undagi ma'lumotlar masalasi ham bir qadar bahsli muammolardan hisoblanadi. Dastlab Sarvar Azimov hamda Yusuf Sultonovlarning 1975 yilda chiqqan "O'zbek sovet adabiyoti" darsligi haqida. Bu kitobda Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va ijodi haqida alohida bob keltirilgan. Bu kitobning nechanchi sinfga mo'ljallangani haqida yozilmagan, faqat "O'rta maktab uchun darslik" degan izoh berilgan, xolos. Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodi quyidagi bo'limlarga bo'lingan holatda bayon etilgan: "Yoshlik yillari", "Ijodining boshlanishi", "Hamza Hakimzoda -ma'rifatparvar", "Hamza Hakimzoda - revolutsiya kuychisi", "Sotsializm qurish yillaridagi ijodi", "She'rlarining badiiy xususiyati", "Hamza Hakimzoda - birinchi o'zbek sovet dramaturgi", "Boy ila xizmatchi", "Jamila obrazi", "Solihboy obrazi", "Qodirqul obrazi", "Dramaning kompozitsiyasi", "Boy ila xizmatchi" dramasining ahamiyati", "Hamza Hakimzoda traditsiyalarining davom ettirilishi", "Hayotining so'nggi yillari". Yuqoridagi bo'limlardan Hamzaning hayot yo'liga doir ma'lumotlarni ko'rib chiqamiz.

Bu ma'lumotlar o'zbek sovet peziyasi Hamzaning "Yasha, Sho'ro!", "Uyg'on!", "Biz ishchimiz", "Berma erkingni qo'ldan!" kabi she'rlari bilan boshlanishi, o'zbek sovet dramaturgiyasining dastlabki namunlari ham uning dramalaridan ekanligi uqtirilgan. Hamzaning fikri-tafakkurining o'zgarishida 1905 yilgi va undan keyingi inqilobiy voqealarning o'rni kattaligi haqida ma'lumotlar beriladi. Bolaligi, otasining kasbi tabibligi, otasi ham ilm- ma'rifatga yaqin odam bo'lganligi borasida ham fikrlar bayon etilgan. "Hamza Hakimzoda - ma'rifatparvar" deb nomlangan bobda uning ma'rifatchilik borasida amalga oshirgan ishlari sanab o'tilgan. Bu ishlarni, bilamizki, Hamza o'sha davrda xalqning ma'rifatli bo'lishini o'ylab amalga oshirgan. Ammo mazkur kitobda bu inqilobchi Hamzaning inqilobiy ruhdagi ishlari sifatida baholanganini ko'rishimzi mumkin. Shu bilan birga,

Hamzaning darslik tuzish borasidagi ishlari haqida ham ma'lumotlar keltirilgan: "O'quvchi bolalar uchun o'z ona tilida darslik va qo'llanmalar yo'q edi. Shuning uchun Hamza Hakimzoda ana shunday darslik va qo'llanmalar tuzishga kirishadi. 1914-1915 yillarda yozgan "Yengil adabiyot", "Boshlang'ich maktablar uchun o'qish kitobi" kabi asarlari uning bu sohadagi birinchi tajribalari edi. Bu kitoblariga kiritgan she'r, hikoya va masallarida ("Ilm ista", "To'g'ri so'z bola", "Toshbaqa bilan chayon") yozuvchi yosh avlodni ilm-ma'rifatga havaslantiradi, rostgo'y, g'ayratli va hushyor bo'lishga chaqiradi.

Bu asarlaridan yana shu narsa ko'zga tashlanib turadiki, Hamza Hakimzoda bolalarga yaxshi tarbiya berish uchun xalq og'zaki adabiyotidan ijodiy foydalangan. U o'zbek xalq ertaklari va masallarini yangi mazmun bilan boyitib, yana xalqqa taqdim etgan. Bu ishda u rus va o'zberk klassik yozuvchilaridan o'rnak olgan" 1 Ushbu parchadan bilishimiz mumkinki, Hamzaning ma'rifat borasida amalga oshirgan ishlari tahsinga sazovor. U maktablar ochibgina qolmay, bu maktablarda o'qiydigan o'quvchilar uchun dars;liklar ham yaratdi. Bu ishlarning ma'rifiy ko'lami nihoyatda keng hisoblanadi. O'sha davr kitoblarida bo'lgani kabi bu kitobda ham Chor Rossiyasining siyosati qattiq qoralangan. Hamzaning faoliyatiga eng katta to'siq sifatida yuqorida nomi zikr etilgan hukumat ko'rsatilgan. Ushbu kitobni o'qish davomida qiziq bir paradoksli holatga duch keldik. Biz bilamizki, Hamza Hakimzoda Niyoziy Avloniy, Behbudiy, Fitrat kabi jadidchilik faoliyatini yuritgan vakillardan hisoblangan. Ammo Sho'ro davri darsliklarida Hamza jadid sifatida ta'kidlanmagan, aksincha, u jadidchilar bilan murosaga kela olmaydigan, ularga teskari munosabatdagi inson sifatida tasvirlangan. Quyidagi parchaga e'tiboringizni qarating:

"Burjua millatchi yozuvchilari, jadid yozuvchilari o'zbek adabiy tili taraqqiyotini bo'g'ishga uringanlar. Ular o'zbek xalqi singdira olmaydigan arxaik so'zlardan ko'plab ishlatib, o'zbek tilini qiyinlashtirishga harakat qilganlar"2

Bu ma'lumotlar haqiqatdan uzoq. Chunki jadidlar adabiyotni xalqdan uzoqlashtirish emas, balki xalqqa yaqinlashtirishga harakat qilishgan. Ular adabiyotni xalqqa yaqinlashtirish maqsadida turli shakllar, janrlarni sinab ko'rganlar.

Endi 1979-yilda chop etilgan "O'zbek sovet adabiyoti" maktab darsligi haqida mulohaza yuritamiz. Sarvar Azimovning ushbu kitobida Hamza haqidagi ma'lumotlar inqilobga hamd-u sano o'qish bilan boshlanadi. Birgina abzasda 3 marta revolutsiya degan so'zga duch kelish ham uchraydi, bu ham o'sha davr uchun xos xususiyatlardan biridir. Mazkur kitobda Hamza tug'ilganidayoq inqilobchi, ateist

1 Азимов С. Султонов Ю. Узбек совет адабиёти. Урта мактаб учун дарслик. - Тошкент: Укитувчи, 1975. 96 б.

2 Азимов С. Султонов Ю. Узбек совет адабиёти. Урта мактаб учун дарслик. - Тошкент: Укитувчи, 1975. 99 б.

169

bo'lib tug'ilganday taassurot qoldiradigan ma'lumotlar keltirilgan. Hamzaning tarjimayi holidan parcha keltiriladi: "Otam o'qimishli bo'lgani uchun, - deb yozadi u avtobiografiyasida, - 1898 yilda o'zbekcha, forschaga tom savodli bo'lib, 1899 yildan 1906 yilgacha madrasada eski usul bilan dars o'tishda davom etdim" Madrasada, asosan, diniy darslar o'qitilar edi. Bu Narsa Hamzaga yoqmaydi. U madrasadan chiqib, o'zicha bilim olishga kirishadi. Rus tilini sevib o'rganadi, badiiy adabiyotga qiziqadi. O'zbek va fors-tojik adabiyotlari hamda ulug' rus adabiyoti klassiklari asarlarini qunt bilan o'qiy boshlaydi, xalq ertaklari, dostonlari va ashulalarini zehn qo'yib tinglaydi" 3

Ushbu parchadan Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida qauyidagi ma'lumotlarni bilib olishimiz mumkin:

-Hamzaning otasi o'qimishli bo'lgani; -yetti yil davomida madrasa ko'rgani; -o'zbekcha va forschaga tom savodli bo'lgani;

-madrasa ta'limidan so'ng rus tilini mustaqil o'rgangani va bu til orqali rus adabiyotiga muhabbat qo'ygani.

Ammo yuqorida ta'kidlaganimizdek, tug'ilganidayoq dinga narat va inqilobga muhabbat bilan dunyoga kelganday taassurot qoldiradigan fikrlar berilishi kishida haqli e'tiroz uyg'otadi. Ammo o'sha davrda zamon shunday fikrlarni talab qilgan. Shu bois darslik mualliflari ham hukmron mafkura talablaridan kelib chiqqan holda ma'lumotlarni taqdim etgan. Keyingi tahlillarda ham ushbu pozitsiyadan yondashamiz. Ushbu darslikda Hamzaning mumtoz an'analar ruhida ulg'aygani haqida ham ma'lumotlar beriladi. Jumladan, uning Lutfiy, Alisher Navoiy, Fuzuliy ijodini sevib o;'qigani, Muqimiy va Furqat kabi shoirlariga ergashgani haqidagi ma'lumotlar ham keltiriladi. Uning "Nihoniy" taxallusini qo'llagani haiqda aytilsa-da, bu taxallus bilan g'azallar bitganiga negadir to'xtalinmagan.

Bu darslikda Hamza Hakimzoda Niyoziyning ma'rifatchilik faoliyati haqida ham ma'lumotlar berilgan. Chunonchi, "1914-1915 yillar mobaynida Qo'qon va Marg'ilon shaharlarida maktab ochib, o'qituvchilik qiladi. U keng xalq ommasiga ma'rifat tarqatishni nazarda tutadi va maktabiga bolalarni jalb qilishga intiladi. Shuning uchun ham, uning o'zi aytganidek, "oylik vazifa to'lab, o'quvdan ojiz qolgan faqir va bechora bolalar"ning o'qiy olishlari uchun "Yordam jamiyati" tashlik etadi.

3 Азимов С. Ахмедов К. Султонов Ю. Узбек совет адабиёти. 9- синф учун дарслик. Бешинчи нашри. -Тошкент:"Ук,итувчи", 1979. 70 б.

O'sha vaqtlarda o'lkada muntazam maktablar juda oz bo'lib, ularning eshigi faqat bir guruh boy bolalarigagina ochiq edi. Mehnatkashlar bolalarining o'qishi uchun imkoniyat yo'q edi. Savodlilarning umumiy soni 1,6 foizdan oshmas edi. Bunday og'ir sharoitda, zulmat hukmronligida, Hamza Hakimzodaning xalqni ma'rifatli qilish yo'lidagi olijanob tashabbusi uchqunday chaqnab ko'rindi".4

Yuqoridagi ma'lumotlardan bilishimiz mumkinki, Hamza Hakimzoda Niyoziyning tashabbuslari, ilg'or tajribalari sovet hukumati tomonidan ham ham tan olingan. Uning maktab ochish, umuman, maorif sohasidagi fidoyiligi masalasi doimo e'tirof etilgan. Ayniqsa, yo'qsillarning farzandlarini tekinga o'qitish g'oyasi mafkuraviy qoliplarga juda ham mos tushganligi sababli darsliklarda ayni shu jihatlarga asosiy e'tibor qaratilgan. Uning darsliklar yaratgani haqida ham fikrlar bildirilgan. E'tiborli jihati shundaki, sovet davrida yaratilgan darsliklarning deyarl i barchasida Hamza ijodini o'rganishda "Ulug' Oktyabrning otashin kuychisi" mazmunidagi boblar mavjud bo'lgan. Bu bobda shoirning tug'ma revolutsioner bo'lgani, inqilob uchun qanday fidoyiliklar ko'rsatgani kuchli pafosda tahlil qilingan. Va bu bobda, albatta, Leninning fikrlaridan iqtiboslar keltirilgan.

"Hayotining so'nggi yillari" deb nomlangan bobda Hamzaning umri oxiri hikoya qilinadi. Uning Shohimardonga borishi, u yerda faoliyat yuritishi, xalq hayotini yengillashtirishga harakat qilishi, xurofotga berilgan aholini uyg'otishga uringani haqida ma'lumotlar uchraydi: "Hamza qishloq aholisi o'rtasida eski urf-odatlar, diniy xurofotlarga qarshi otashin agitatsiya olib bordi. Shu bilan birga, yangilikning, sovet tuzumining fazilatlarini ko'rsatib berishga zo'r e'tibor berdi.

Hamza Hakimzoda Respublika miqyosida ham aktiv jamoat arbobi sifatida ko'zga ko'rinadi. U 1929 yil fevralda chaqirilgan Farg'ona okrug sovetlar syezdiga vakil qilib saylanadi.

Hamza Hakimzoda sotsialistik qurilishimizning barcha sohalarida aktiv qatnashadi. U eski turmush qoldiqlariga, diniy xurofotlarga, sinfiy dushmanlarga qarshi keskin va mardona kurash olib boradi. O'zbek sovet adabiyoti va san'atining yuksak g'oyaviyligi uchun, burjua millatchiligiga qarshi va har qanday yot ta'sirl arga qarshi murosasiz kurashadi. Unga xalq muhabbati va ishonchi yanada ortadi. Bir to'da qora kuchlar esa Hamzaga suiqasd uyushtiradilar va 1929 yil 18 mart kuni uni fojiona o'ldiradilar" 5

4 Азимов С. Ахмедов К,. Султонов Ю. Узбек совет адабиёти. 9- синф учун дарслик. Бешинчи нашри. -Тошкент:"Укитувчи", 1979. 72 б.

5 Азимов С. Ахмедов К. Султонов Ю. Узбек совет адабиёти. 9- синф учун дарслик. Бешинчи нашри. -Тошкент:"Укитувчи", 1979. 99 б.

Hamza Hakimzodaning o'limi bilan bog'liq ma'lumotlarda bir qator mavhumliklar uchraydi. Jumladan, uning suiqasd asosida o'ldirilishi va tasodifiy qurbonga aylanishi o'rtasida nomutanosiblik bor. Biz oldingi boblarda Nabijon Boqiy hamda Q.Rajabovlarning fikrlariga tayanib, Hamzaning o'limi chuqur o'ylangan hodisa bo'lsa-da, tasodifan amalga oshib qolgani haqida mulohaza yuritgandik. Shu naqtayi nazardan, Hamzaning toshbo'ron qilib o'ldirilishi masalasi yuzasidan hali ham olimlar turli-tuman fikrlarga borishmoqda. Bir til, bir yurt, bir din va millatga mansub kimsalarning shoirni o'ldirishi izohlab bo'lmas bir vahshiylik va qabohatdir. Lekin o'lmas shoirning qotillari kimlar ekanligi to hanuz to'liq ma'lum emas. Bu qonli tarixning yashirin "qatlam" va sirlarini ochish o'z-o'zidan qator jumboqlarga aniqlik kiritadi.

Bizningcha, din arboblari - mulla-yu eshonlarni Hamzaga qarshi qayragan g'ayridin kommunistlar bo'lib (chunki Hamzaning vujudidan qaynab-toshib chiqqan milliy ruh va shuur ularga umuman yoqmagan), uning ijodiyotini soxtalashtirib, g'ayriilmiy tamoyilda talqin va targ'ib qilishda ham ularning ishonchli olimu shoirlari bosh-qosh bo'lishgan.

Hamza martaba, mavqe, unvon, mukofot, boylik, shon-shuhrat, nomini abadiylashtirish qayg'usida qalam tebratmagan. Qalamni u qilichdan-da o'tkirroq ekaniga ishongani bois, xavf-xatarlarni nazarga ilmay, o'lim tahlikasini ham go'yo qo'shiqqa aylantirgan:

Haq yo'lida jon bersak, bo'lsak millat qurboni,

Din xizmatina kirsak, bo'lsak millat qurboni.

Mana shunday she'rlarni yozish uchun insonda qanchalar jasorat va yurak bo'lishi kerak?! Balki, shuning uchun ham adabiyotshunos va adib Ulug'bek Hamdam o'zining "Hamza - o'zbek adabiyoti asoschilaridan birimi?" deb nomlangan maqolasida ko'plab jadid shoirlari kabi Hamzani ham baxtli ijodkorlar safida qo'yadi: "Akademik Naim Karimov yozadi: "XX asr boshlarida tug'ilgan va shakllangan jadid adabiyoti o'z oldiga yangi adabiy badiiy vazifa qo'ydi va vazifani o'tash jarayonida shu vaqtga qadar adabiyotimiz xazinasida bo'lmagan yangi adabiy tur va janrlar, tasvir vositalari va usullarining yuzaga kelishini taqozo etdi" Binobarin, bugungi, zamonaviy o'zbek adabiyoti aynan keyingi yangilanish yo'lidan, jadidlar boshlab bergan qutlug' yo'ldan rivojlanib borayotganligining o'ziyoq adabiyotimizda yuz bergan so'nggi tub burilishning naqadar ahamiyatli ekanini ko'rsatadi. XX va XXI asr mobaynida adabiyotimizning deyarli barcha sohalarida yuz bergan asosiy o'zgarishlar, yangilanishlar ana shu ikkinchi tub burilish maydonida sodir bo'ldi va bo'lmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz. Chunki tub burilish bo'lishi uchun

istakning va hatto iste'dodning o'zi yetmaydi. Buning uchun davrning qo'ynida yangilanish ehtiyoji paydo bo'lishi kerak. Behbudiy, Hamza, Fitrat, Qodiriy va Cho'lponlar ana shunday ehtiyoj tug'ilgan paytda dunyoga keldilar. Garchand ularning shaxsiy qismatlari fojiali yakun topgan esa-da, (birontasi o'z ajali bilan o'lmagan, aksincha, yangi o'zbek adabiyoti yo'lboshlovchilarining hammasi ayni ijodlari gullagan vaqtda qatag'on qilingan!) nomlari zikr etilgan ulug'lar ijodkor sifatida chindan-da baxtlidirlar".6

9-sinf uchun chiqarilgan 1986-yildagi darslik7 ham yuqoridagi ma'lumotlar bilan deyarli bir xil. Maktabning har bir darsligiga Hamza hayoti va ijodining kiritilishiga e'tibor qaratishgan.

XULOSA.

Yuqoridagi fikr-mulohazalarimiz asosida quyidagi xulosalarga keldik:

1.Sovet davri darsliklarida Hamza Hakimzoda Niyoziyning hayoti va faoliyati hukmron mafkura nuqtayi nazaridangina yoritilgan. Bu ma'lumotlarda o'lg'usi shoirni bolalikdan boshlab inqilobchi bo'lgan, degan iddaolar bo'rtib bo'y ko'rsatib turadi.

2.Hamza faoliyatining muhim jihatlari ham sovet darvri darsliklarida atroflicha yoritilgan, jumladan, uning dastlab madrasa ta'limini olganligi, fors-tojik tillarini puxta o'rganganligi, undan so'ng rus tilini o'rganib, bu til orqali rus adabiyoti bilan tanishganligi haqidagi malumotlar o'z tarjimayi holiga asoslangan holda keltiriladi. Bunda ham asosiy urg'u Hamzaning rus tili bilimdoni ekanligini maqtashga berilganini kuzatamiz.

3.Hamza hayotining maorif bilan bog'liq jihatlari ham keng yoritilgan. Ayniqsa, uning maktablar ochgani, yangi darsliklar yaratgani yuksak baholangan. Biroq bu ishlarning barchasini Hamza go'yo azbaroyi inqilobchi bo'lgani uchungina qilgan degan iddaoni ilgari surish noto'g'ri. Chunki boshqa millat fidoyilari kabi o'sha paytda Hamza ham millatning ma'rifatli bo'lishi uchun jon kuydirgan bo'lishi haqiqatga yaqin bir holatdir.

4.Hamzaning o'ldirilishi, fojiaviy tarzda toshbo'ron qilinishi haqida mavhum ma'lumotlar keltirilgan. Go'yoki, Hamza xalqqa faqat yaxshilik qilgan-u, mutaassib xalq uni toshbo'ron qilganday taassurot qoldiradi. Ammo keyingi yillardagi tadqiqotlar bunday emasligini, Hamzaning diniy ulamolar qo'li bilan qatl ettirishda Sho'ro hokimiyati uchun yaxshigina manfaat bo'lganini ko'rsatmoqda.

6 https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/ulugbek-hamdam-hamza-vangi-ozbek-adabivoti-asoschilaridan-birimi.html

7 Азимов С., Ах,медов К., Султонов Ю. Узбек совет адабиёти. 9-синф учун дарслик. Ун биринчи нашри. -Тошкент: 1986. Б. 256.

5.Sovet davrida chiqqan barcha darsliklarda Hamzaning hayot yo'li shonli tarzda hikoya qilingan, ularning barchasida deyarli bir xil ma'lumotlar uchraydi. Shu fikrning o'ziyoq, qanchalar cheklangan vaziyatda Hamza hayotini o'rganishganini ko'rsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Азимов С. Султонов Ю. Узбек совет адабиёти. Урта мактаб учун дарслик. - Тошкент: Укитувчи Азимов С., *Ах,медов К., Султонов Ю. Узбек совет адабиёти. 9-синф учун дарслик. Ун биринчи нашри. - Тошкент: 1986. Б. 256.

2. Yo'ldoshev Q. va boshqalar. Adabiyot. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua. - Toshkent: Sharq. 2013. - 368 b.

3. Амонов Ш. Хамза шеъриятининг манбалари, матний таджики. Филология фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун такдим этилган диссертация. - Тошкент: 2010.

4. Ахмедов Ш. Хамза лирикасининг хусусиятлари (девон мисолида). Филол. фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. -Тошкент: 1992.

5. Куронов М. Тарихий хакикатни карор топтириш. "Халк сузи" газетаси, 2014 й. 23 август, № 163 сон.

6. Набижон Б. Хдмза монологи. http://www.dunyouzbeklari.com/?p=157326

7. Хамза. Тула асарлар туплами, 4-жилд, Т.: "Фан" 1989 йил.

8. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

9. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

10.https://aniq.uz/uz/yangiliklar/hamza-hakimzoda-niyoziy-kim-edi-dahriymi-yo-dindor

11. https: //kh-davron. uz/kutubxona/uzbek/ulugbek-hamdam-hamza-yangi-ozbek-adabiyoti-asoschilaridan-birimi.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.