"Uzbekistan-China: development of R VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 1
cultural, historical, scientific and Q ISSN 2181"1784
economic relations" SJIF 2021: 5.423
G'IYOSIDDIN NAQQOSHNING "XITOY SAFARNOMASI" MANBASIDAGI TEMURIYLAR HAMDA XITOY TARIXINI YORITUVCHI MA'LUMOTLAR TAHLILI
d 10.24412/2181 -1784-2021 -1 -556-566
PhD Madraimov A.A
TDSHU katta o'qituvchisi Turdixo'jayeva M.M
TDSHU o'qituvchi-stajyori
Annotatsiya. Ushbu maqolada Temuriylar davrining musavviri, tarixchisi Hirotda Shohrux saroyida yashagan G 'iyosiddin Naqqoshning mashhur asari "Xitoy safarnomasi" kundaligi va undagi temuriylar hamda Xitoy tarixini yorituvchi ma'lumotlar tahlili keltirilgan. Shuningdek, maqolada ushbu kundalikning o 'rganilishi va tarixshunosligidagi muammolar tahlil etiladi.
Kalit soizlar: G'iyosiddin Naqqosh, "Xitoy safarnomasi" , Shohrux Mirzo, Abdurazzoq Samarqandiy, "Zubdat ut-tavorix", elchilik a 'loqalari, Xitoy elchilari, O 'rinboyev, "Zubdat at-tavorixi Boysung'uriy ".
Abstract. This article provides an analysis of the diary of the famous work of Giyosiddin Naqqash, an artist and historian of the Timurid period, who lived in the Shahrukh Palace in Herat. The article also analyzes the problems of the study and historiography of this diary.
Keywords: Giyosiddin Naqqosh, "Chinese travelogue", Shohrukh Mirzo, Abdurazzaq Samarkandi, "Zubdat ut-tavorix", embassy contacts, Chinese ambassadors, Urinbaev, "Zubdat at-tavorihi Boysunguri".
Kirish. XV asrda O'rta Osiyo bilan Xitoy o'rtasida jonli elchilik munosabatlari o'tganligi haqida bizga ma'lumot beruvchi G'iyosiddin Naqqosh "Safarnoma"si temuriylar diplomatiyasi bo'yicha asosiy manbalardan hisoblanadi. "Safarnoma" ning yozilishi bevosita XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyo bilan Xitoy o'rtasida elchilik munosabatlarining rivoji asosida amalga oshgan. Bu shaxsning ismi o'z davri manbalarida xoja G'iyosiddin Naqqosh deb yozilgan, hayoti va ijodi haqida ma'lumot juda kam saqlangan. Shamsiddin Somining "Qomus al-a'lom" asarida uning kelib chiqishi Yazd shahridan ekanligi, naqqoshlik bilan shug'ullanishi va o'z davrining ziyoli tabaqasiga mansubligi qayd etilgan(2:30-31). Xoja G'iyosiddin Naqqosh keyinchalik, Hirot shahrida Mirzo Boysung'ur ilm-fan vakillariga homiylik
556
qilib, ularning ijod qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish haqida eshitadi va bu shaharga kelib yashay boshlaydi.Mirzo Boysung'urning e'tiborini qozonadi. U tez orada shahzodaning vakili sifatida Xitoyga borayotgan elchilar tarkibiga kiritiladi. G'iyosiddin Naqqosh Xitoyga safari chog'ida shahzoda Boysung'ur Mirzo topshirig'i bilan barcha ko'rgan-kechirganlarini kundalik shaklida yozib borgan va safardan qaytgach, uni shahzodaga taqdim etganligi Abdurazzoq Samarqandiy asarida keltiriladi(1:422). "Kundalik" ning aniq tafsilotlarga boyligi ham G'iyosiddin Naqqoshning har tomonlama bilim doirasi yuqori ekanligini bildiradi.
"Kundalik" safar davomida kechgan tarixiy kechinmalar, Mo'g'uliston hududida karvonlar xavfsizligiga tahdid qiluvchi jarayonlar, Xitoy hududidagi tartiblar, elchilar tashrifi sharafiga tashkil etilgan bazmlar, imperator saroyining tasviri va undagi tantanali qabul marosimi, Xitoy xalqining urf-odatlari xaqida muhim ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Mazkur manbaning tarixiy-geografik ma'lumotlari ham qimmatga ega. Unda Buyuk Ipak yo'li bo'ylab karvonlar qatnovi, uning tarmoqlari, karvon yo'llari o'tgan joylarning yer yuzasi, iqlimi, o'simlik va hayvonot dunyosi, aholisi haqida ma'lumotlar bayon etilgan. Ushbu maqolada biz ushbu kundalikning bugungi kundagi tadqiqotlarda foydalanishning naqadar muhim ekanligi bir necha fikrlar bilan izohlangan. Bundan tashqari maqolada biz Naqqoshning safarnomasini kengroq o'rganish undagi nafaqat Markaziy Osiyo tarixiga tegishli ma'lumotlarni balki Xitoy tarixiga taalluqli joylarini ham qiyosiy o'rganish muhimligi yoritishga harakat qilganmiz.
Mavzuga doir adabiyotlar tahlili: G'iyosiddin Naqqoshning Xitoy safarnomasi Temuriylar davlati elchilik va savdo aloqalaridan so'zlovchi qimmatli yozma manba va musulmon Sharq mamlakatlarida Xitoy haqida anchagina to'la ma'lumotlar qayd etilgan yagona yozma yodgorlik sifatida tarixdan o'rin oldi; tarixiy asarlarga kiritildi, nashrlari, boshqa tillarga tarjimalari mavjud(1:44 -49.). Ilmiy tadqiqotlarda keng yoritilgan va turli yillarda tarixshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilingan G'iyosiddin Naqqoshning "Kundalik" xotirasi bebaho manba sifatida bir qancha tarixchilar tomonidan boshqa tillarga ham tarjima qilingan. Shu jumladan, o'zbek tiliga ham. Akademik V. V. Bartold "Kundalik" musulmon olamida yozilgan asarlar ichida eng to'la va e'tiborlisidir", deb yozganligi ham bejiz emas. Afsuski, safarnomaning muallif tomonidan yozilgan qo'lyozmasi saqlanmagan. Bugungi kunda bizgacha yetib kelgani Hofizi Abruning "Zubdat at-tavorixi Boysung'uriy" nomli asariga ma'lum tahrirdan o'tkazib kiritgan shakligina xolos. Safarnoma Hofizi Abruning mazkur asarida 825 (1422) yil voqyealari bayonida "Xitoyga ketgan
elchilarning qaytib kelganligi va xitoyliklar urf-odatlari haqida so'z" sarlavha bilan berilgan. G'iyosiddin Naqqoshning Xitoy safarnomasi o'z davridayoq tarixchilar e'tiborini tortgan edi. "Kundalik"ni dastlab Hofizi Abru asaridan, uning zamondoshi tarixchi Musaviy o'zining "Tarixi xayrot" ("Ezgu ishlar solnomasi") asariga qisqartirilgan holda kiritgan. Temuriylar davrining mashxur tarixchisi Abdurazzoq Samarqandiy ushbu safarnoma matnini Hofizi Abruning "Zubdat at-tavorixi Boysung'uriy" asarida yozilgan 1427-yilgacha kechgan tarixiy voqyealar bilan birga "Matlai sa'dayn va majmai baxrayn" asariga kiritgan. Aytish joizki, G'iyosiddin Naqqosh Xitoy safarnomasining Abdurazzoq Samarqandiyning "Matlan sa'dayn" asarida berilgan matni keng tarqalgan, uni dastlab Mirxond o'zining "Ravzat us-safo" asarida keltirib o'tgan. G'iyosiddin Naqqosh "Kundaligi" Abdurazzoq Samarqandiyning "Matlai sa'dayn" asaridagi matni orqali tarqalgan. "Kundalik" shu asosda XV asrdan boshlab turk tiliga tarjima qilingan. Uning turk tiliga dastlabki tarjimasi 900 (1494-1495)-yili Hoji ibn Muxammad Ardistoniy tomonidan amalga oshirilganligi va u o'z tarjimasini "Tarixi Xitoy" yoki "Ro'znomai mavlono G'iyosiddin naqqosh elchiyi Xitoy" deb nomlaganligini ustoz-olim Omonulla Bo'riyev ta'kidlab o'tganlar. Keyingi turk tiliga tarjima Kotib Chalabiy qalamiga mansub va uning "Jahonnomo" nomli kitobida "Qonunomai Chinu Xitoy" nomi bilan berilgan (2: 30-31). Ismoil Osim Chalabiyzoda ham "Kundalik"ni turk tiliga tarjima qilgan va uni Ali Amiriy 1893-yili Istanbulda "Ajoyib al latoif" nomi bilan nashr etgan. Maqolada, Safarnomadagi ma'lumotlarni qiyosiy tahlil qilishda A.O'rinboyevning fors tilidan tarjimasidan foydalandik. Qolaversa Omonulla Bo'riyevning "G'iyosiddin Naqqosh "Safarnomasi" manbalar va tadqiqotlarda" deb nomlangan ilmiy maqolasidan ma'lumotlar oldik. Xitoy haqida yozma ma'lumotlarning kamligi hamda G'iyosiddin safarnomasida yozilganlar bevosita mushohada natijasi ekanligi tufayli kundalik o'z davrida ham, keyinchalik ham doimiy e'tiborda bo'ldi. G'iyosiddin kundaligi Yevropa tillariga (fransuz, Ingliz, golland) uning turkcha tarjimalari va "Matlai sa'dayn"dagi forscha matni orqali faqat XVIII asrdan boshlab tarqaldi va XX asrgacha, undan keyin ham bir necha marta nashr etildi. Sababi, o'sha kezlarda Yevropa Xitoy bilan bevosita savdo-sotiq aloqalari o'rnatgan edi va tabiiyki, yevropaliklarda bu mamlakatga nisbatan qiziqish ham katta bo'lgan. Kundalikning Hofizi Abru "Zubdat at-tavorix" idagi matniga kelsak, undan hozirgi zamon tadqiqotchilaridan sharqshunoslar Muxammad Shafi' (1933), K. M. Maytra (1934), A.O'rinboyev foydalanganlar. Umuman olganda, sayohatnoma ma'lumotlaridan juda ko'p hozirgi tadqiqotchilar (V. V. Bartold, R. Xenning, I. Yu. Krachkovskiy, X.Hasanov, Donish Pajuh va boshqalar) o'z ishlariga
ishonchli dalil sifatida kiritganlar. (5:54.) Aytmoqchi, "Zubdat at-tavorix"ning safarnoma matni bor nusxalaridan hozircha ikki nusxagina bizgacha yetib kelgan. Ulardan biri Istanbuldagi Fotix kutubxonasida, ikkinchisi esa Oksford universiteti (Bodleyan) kutubxonasida saqlanmoqda. Shuningdek, 1785-yili bu manbani V.Chambers forscha matni va ingliz tiliga tarjimasini amalga oshirdi. Ushbu inglizcha tarjimasini "Kundalik" Langle tomonidan fransuz tiliga tarjima qilingan. 1843-yili M.Katrmer "Matla as-sa'dayn" 2-jildidan tarjimaga qo'shimcha qilib, Xitoy safarnomasining forscha matni va fransuz tiliga tarjimasini berdi. Mazkur nashr fanda ancha shuhrat qozondi. Shunga qaramasdan, keyinroq (1910 y.), Bloshe "Kundalik" ning forscha matni va fransuz tiliga tarjimasini chop qilgani ham ma'lum. G'iyosiddin Naqqosh "Kundaligi"ning matni va ingliz tiliga tarjimasi 1785-yili Hindistonda e'lon qilingan (1:19). G'iyosiddin Naqqosh "Kundaligi" Eronda turli yillarda nashr etilgan Temuriylar saltanati tarixiga oid asarlar tarkibida bor. Bunga Hofizi Abru "Zubdat at-tavorix", 2-jild (Tehron, 1985), Abdurazzoq Samarkandiy "Matlai sa'dayn" (Tehron,1974), Mirxond "Ravzat as-safo" (Tehron, 1891; 1959). Xondamir "Habib as-siyar"(Texron,1983) asarlarini ko'rsatish mumkin. G'iyosiddin Naqqosh "Kundaligi" Markaziy Osiyoda bajarilgan tarjimalar va tadqiqotlardan ham o'rin olgan.1960-yili A.O'rinboyev tomonidan Abdurazzoq Samarqandiy "Matlai sa'dayn" asarining 2-qism 1-kitobi Hofizi Abru "Zubdat at tavorix" asari bilan qiyoslangan holda o'zbek tiliga o'girilib chop etildi va unda G'iyosiddin Naqqosh safarnomasi xam berilgan. Shuningdek, mazkur "Kundalik" Abdurazzoq Samarqandiy "Matlai sa'dayn" va Hofizi Abru "Zubdat at-tavorix" matnlari qiyoslangan holda forschadan o'zbek tiliga tarjima qilinib 1991-yili alohida risola shaklida ham chop qilindi. G'iyosiddin Naqqoshning Xitoy safarnomasi O.Bo'riyev (3:13) tomonidan Hofizi Abru "Zubdat at-tavorix" asari asosida, Abdurazzoq Samarqandiy "Matlai sa'dayn" asaridagi matn bilan qiyoslangan holda, rus tiliga tarjima qilinib, ilmiy izohlar bilan chop etilgan. G'iyosiddin Naqqoshning Xitoy safarnomasi haqida ma'lumotlar tadqiqotlarda ham aks etgan. H.Hasanov (11:18182) O'rta Osiyolik geograf olimlar va sayyohlarga bag'ishlangan kitobida Giyosiddin Naqqoshning Xitoyga safari to'g'risida ham yozgan..Ayrim tadqiqotlarda chalkashliklar ham ko'zga tashlanadi. Masalan, Ali Qushchi tarjimai holiga bag'ishlangan bir risolada 1419-1422-yillarda G'iyosiddin Naqqosh boshchiligida Xitoyga elchilar borgan, ularning tarkibida Ali Qushchi bo'lgan va u Xitoy safarnomasini yozgan, deyiladi. Bu xato. Aslida mazkur elchilarga Mirzo Shohruxning elchisi Shodixo'ja boshchilik qilgani va G'iyosiddin Naqqosh safar xotiralarini yozib borgani "Kundalik"ning o'zida qayd etilgan.
Tadqiqotning nazariy-uslubiy asoslari bo'lib, tarix fanida shu paytgacha ma'lum bo'lgan tarixiylik, ilmiy xolislik, tizimlilik (sistemalilik), determinizm tamoyillari,xronologik uslub, tarixiy taqqoslash uslubi, tarixiy-tizimlilik uslubi, induksiya-deduksiy usullari qo'llanildi.
Tahlil va natijalar: "Xitoy mamlakatiga ketgan elchilarning qaytib kelganligi zikri va u diyorning ajoyib garoyiblari sharxi" nomli sarlavha bilan boshlanuvchi ushbu manbada aytilishicha :" Sakkiz yuz yigirma ikkinchi 1410-yil orasida Xazrat xoqon sayd Shohrux Shodixoja bosh voqyealari Nigidagi elchilar Xitoy mamlakatiga borishga tayin qilgan edi. Mirzo Boysung'ur o'z nomidan Sulton Ahmad bilan G'iyosiddin Naqqosh elchilarga qo'shib yuborar ekan, Xoja G'iyosiddinga dorussaltanat Xirotdan chiqish kunidan to qaytib kelish kunigacha xar bir shahar va viloyatda yo'llarning qandayligi, viloyat va moratlarning sifati, shaharlarning qonun -qoidalari, podshohlarning kuch-qudrati va ularning davlatni boshqarish hamda siyosat uslubi, u shahar va diyorlarning ajoyibotlari va nomdor mamlakatlarining fe'l-atvoriga oid nimanki ko'rib bilsa, hammasini kundalik tarzida kunma-kun yozib borishi lozimligini g'oyat ta'kidlagan edi. Bu yili, ya'ni sakkiz yuz yigirma besh yil o'n birinchi ramazonda 1422-yil 29-avgust a'lo hazrat Shohrux farmoni bilan Shodixo'ja va Ko'kcha boshchiligida" shahzoda Boysung'ur nomidan Sulton Ahmad va xoja G'iyosiddin Naqqosh boshchiligida Xitoyga borgan elchilar poytaxt Hirotga qaytib keldilar(1:141, 11:123.). Ularning Xirotdan safarga chiqqan vaqti -oltinchi zulqa'da sakkiz yuz yigirma ikkinchi yil , 1419-yil 24-noyabr qaytib kelgan vaqti o'n beshinchi ramazondir va xammasi bo'lib ikki yilu o'n oy va besh kunni tashkil etadi(1:242.). Elchilar Xitoy podshohining sovg'a-tortiqlarini arzga yetkazdilar: u mamlakatlar avzoyi, rasm-rusumlari haqida ajoyib hikoyalar va g'aroyib so'zlarni bayon qildilar. Xoja G'iyosiddin u hikoyatlar mazmunini beg'arazu betaassub yozganligi tufayli u so'zlarning saralangan va tanlanganlari bu yerda keltirildi, javobgarligi esa rivoyat qilguvchi Giyosiddinning bo'yniga"-( 11:14) deyiladi manbada.
Sakkiz yuz yigirma ikkinchi yil oltinchi zu-l-qa'dada 1419-yil 24-noyabr elchilar dorussaltana Xirotdan ravona bo'ldilar va to'qqizinchi zul-Xijjada 27-dekabr, 1419-yil Balxga yetdilar. U yerda yog'ingarchilik va sovuq tufayli to sakkiz yuz yigirma uchinchi yil muharram oyining boshigacha 1420-yil yanvar Balxda turib qoldilar. So'ng bu yerdan jo'nab Kelif kechuvidan o'tdilar va yigirma ikkinchi muharram 1420-yil fevralda Samarqandga yetdilar. Ulug' amirzoda Mirzo Ulug'bek ko'ragon ilgariroq o'z elchilari Sultonshoh va Muhammad Baxshiylarni tortlariga
qaytib ketayotga bir guruh Xitoyliklar bilan jo'natib yuborgan edi. Mirzo Suyurg'atmishning, - uning xoqiga Olloxning nuri bo'lsin", -elchisi Urduvon, amir Shoxmalikning elchisi O'rduvon va Badaxshon Shohining elchisi xoja Tojiddinlar kelib yig'ilgunlarigacha Xuroson elchilari Samarqandda kutib turdilar. So'ng o'ninchi safarda 1420-yil 25-fevralda Xitoy elchilari bilan birga Samarqanddan jo'nab ketdilar(4:14). Elchilar 1420-yil 19-mart Toshkandga, 1420-yil 27- mart Sayromga, Oshparaga ketdilar, 1420-yil 25-aprelda Mo'g'ul eliga qadam qo'ydilar(4:14.) Temuriylar davri ilk yillarining tarixchilari Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy(1: 468-473) va bularning ma'lumotlaridan foydalangan XV asr ikkinchi yarimi tarixchilari Mirxond va Xondamirlarning(Fиёсиддин ибн Хумомиддин Хондамир. Хдбиб ус-сийар фи ахбори афроди башар (Башар а^ли сийратидан хабар берувчи дуст). (9:277) asarlarida Shohrux hukmronligi yillarida (1409-1447) temuriylarga qo'shni mamlakatlar: Xitoy, Hindiston, Misrlar bilan do'stona siyosiy va iqtisodiy (savdo) aloqalar mavjud ekanligi haqida anchagina faktlar keltirilgan.
Xitoy bilan savdo-elchilik aloqalarini rivojlantirish an'anasi Amir Temur o'limidan so'ng Shohrux (1405 -1447) va Ulug'bek saltanati davrida ham davom etdi(8:123. ). Jumladan, Hofizi Abruning tarixiy- geografik ("Geografiya") asarida Xitoydan 1409, 1412 va 1417-yillarda Xirotga elchilar kelganligi xaqida xabar beriladi. Bu asar 1417-yil voqealari bayoni bilan tugaganligi sababli, Hirotga 1419-yili kelgan Xitoy elchilari haqidagi xabar ushbu tarixchining keyinroq yozgan "Zubdat at-tavorixi Boysung'uriy" (8:123) ("Boysung'urga bag'ishlangan sara tarix") asaridan o'rin olgan. XIV asr ikkinchi "armining dastlabki ikki o'n yilligi davomida musulmon manbalarida xam, Xitoy manbalarida xam savdo-elchilik a'loqalari bo'lganligi kayd etilmagan. Amir Temur 1389-yili Mog'ulistonni uzil-kesil o'z tasarrufiga kiritgach(7:44-45), Xitoy bilan savdo-elchilik a'loqalari tiklandi. O'sha davr Xitoy manbalaridan biri "Min shi lu"da 1389-1398-yillar oraligida Xitoyga Amir Temur nomidan to'qqiz marta elchi kelganligi qayd etilgan.Xitoydan, o'z navbatida, 1395-yili Fu An boshchiligida Samarqandga - Amir Temur xuzuriga elchilar yuborilgan: u Xitoydan qaytgan Amir Temur elchilari bilan yo'lga chikkan edi.Xitoy solnomalarida 1403-1449-yillar davomida Xitoyga Samarqanddan o'ttiz uch marta va Xirotdan o'n to'rt marta, shuningdek, Temuriylar davlatining boshqa viloyatlaridan xam bir qancha elchilar kelganligi kayd etilgan. "Shohrux Mirzo saltanatdagi ichki nizolarni nisbatan bartaraf etgach, chet davlatlar bilan olib borilgan xalqaro munosabatlar ham qayta tiklana boshladi. Saltanatning yangi poytaxti bo'lgan Xirotga jahonning turli mamlakatlaridan elchilar kela boshlagan bo'lsa, o'z navbatida, Shohrux tomonidan ham dunyoning turli
mamlakatlariga elchilar jo'natildi"- deydi(6:95.), o'z tadqiqotida Xurshid Fayziyev. Albatta Shohrux mirzoning faol diplomatik faoliyatini ko'plab manbalarning guvohligida ko'rishimiz mumkin.
Shohruxning xalqaro maydondagi faoliyatini tahlil etishda avvalambor uning Xitoy, Hindiston, Misr, Kichik Osiyo davlatlari bilan olib borgan siyosatini alohida ta'kidlab o'tish joiz. Xitoy imperatori Chyaku-di (1404-1424) Hirotga o'z elchilarini yuborib, Amir Temur vafoti munosabati bilan Shohrux Mirzoga ta'ziya izhor etgan. Shohrux Mirzo Xitoy elchilariga yuqori izzat ikrom ko'rsatib, o'z yurtiga qaytishlariga ijozat bergan. Afsuski, Abdurazzoq Samarqandiy mazkur elchilik faoliyati haqida to'liq ma'lumot bermaydi, faqat "Hazrat xoqoni Said ular borasida marhamat va inoyatlar ko'rsatib, qaytib ketishiga ijozat buyurdi",deb yozadi(1:124.). 1412-1413 yillarda Xitoydan Hirotga navbatdagi elchilik tashrif buyuradi. Bu galdagi elchilik Shohrux Mirzo tomonidan Bog'i Zakonda qabul qilindi. Elchilarni qabul qilish marosimi o'tgach, elchi Xitoy imperatorining har ikkala mamlakat o'rtasida davom etib kelayotgan do'stlik a'loqalarini kuchaytirish haqidagi maktubini topshirdi. Abdurazzoq Samarqandiy o'zining "Matlai sa'dayn va majmai baxrayin" asarida (1:124.). Xitoy podshohidan Shohrux Mirzoga yuborilgan maktubning mazmunini keltiradi. Jumladan, ushbu maktubda Xitoy elchilarini samimiy va iliq kutib olganligi uchun Shohrux Mirzoga minnatdorchilik bildirilib, bu kabi samimiy do'stlik aloqalari Shohrux Mirzoning otasi Amir Temur va o'sha davrdagi Xitoy imperatori o'rtasida ham bo'lganligi alohida ta'kidlangan. Elchilik orqali ikki davlat o'rtasida savdo-tijorat ishlari rivojlanishi uchun bundan buyon ikki tomonlama a'loqalarni rivojlantirib borish taklifi beriladi.
Shuningdek, maktub bilan birga, Xitoy tomonidan yuborilgan tuxfalarning ro'yxati va "yo'l xati" ham alohida-alohida maktub shaklida yuborilgan bo'lib, ular elchilar uchun maxsus bitilgan edi. Uchala maktub xam fors tilida bo'lib, aynan shu maktublarning o'zida maktub mazmuni mo'g'ul xati bilan turkiyda va xitoy tilida bitilgan. Shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, Xitoy podshosi tomonidan yuborilgan maktub mazmunida siyosiy masalalar ham qisman o'rin olgan. Chunonchi, maktubda Amir Temur ham o'sha davrdagi Xitoy podshosi bilan do'stona munosabatda almashinib turganligi, shu sababli Xitoydagi g'arbliklarga yaxshi munosabatda bo'linganligi aloxida ta'kidlab o'tilgan. Maktub davomida mag'lub bo'lgan Xalil Sultonga shafqat va marhamat ko'rsatish taklifi ilgari suriladi. Abdurazzoq Samarqandiyning ma'lumotiga ko'ra, Shohrux Mirzo maktubni o'qitib eshitgandan so'ng, uning "Nozik" mazmunini o'tkir fikr bilan mulohaza qilgan. Shohrux Mirzo ham Xitoy imperatorining murojaatiga javoban Xitoyga navbatdagi elchilikni Shayx
562
Muhammad Baxshiy boshchiligida yuborgan. Elchilar orkali Xitoy podshosiga Shohrux Mirzoning arab va fors tillarida bitilgan ikkita maktubi taqdim etildi. Abdurazzoq Samarqandiy asarida mazmuni o'rin olgan mazkur maktublarda Ollohning buyukligi, u tomondan insonning yaratilishi, payg'ambar Muhammad Mustafo salollohu alayhi vassallamning insonlarga haq dinni o'rgatishi uchun yuborilganligi kabi so'zlar bilan birga, ikki orada do'stlik va hamjihatlik o'rnatilishi, sayyoh va savdogarlar uchun yo'llar ochik turishi lozimligi haqidagi jumlalar o'rin olgandi.Mazkur elchilikdan kuzatilgan maqsad Amir Temur davrida bo'lgani kabi o'zaro savdo-iqtisodiy masalalarni rivojlantirish va Xitoyda yashayotgan musulmonlarni qo'llab-quvvatlash edi. 1417- yili Hirotga Xitoydan navbatdagi elchilik tashrif buyuradi.
Abdurazzoq Samarqandiyning ma'lumotiga ko'ra, mazkur elchilikka Bi-Bochin va Tu Bochinlar boshchilik qilgan. Ular Xitoy podshosi tomonidan Shohrux Mirzo nomiga bitilgan maktubni keltirib, unda xar ikki davlat o'rtasida savdo-elchilik munosabatlarini rivojlantirish, yo'llar bexatarligini ta'minlashda hamkorlikka chaqirilgan edi. Xitoy tomonidan bildirilgan do'stlik va hamjihatlik taklifiga javoban Shohrux Mirzo elchilarga qo'shib, o'z elchisi Ardasher tavochini Xitoyga yuboradi. Yuklatilgan vazifani ado etgan Ardasher tavochi 1419-yili Xirotga qaytib keladi. Mazkur elchi Xitoy mamlakatlarining ahvoli, ko'rgan - kechirganlari haqida Shohrux Mirzoga axborot berib, o'zi bilan birga Xitoy elchilari ham kelganligi haqida habar beradi. Afsuski, Ardasher Tavochining Xitoy podshosi bilan muloqoti haqida ma'lumotlar saqlanib qolmagan. Temuriylar hukmronligi davrida Xitoy bilan diplomatik aloqalar yanada mustahkamlangan. 1419- yilning 4 dekabrida Hirotdan Shohrux Mirzoning amir Shodixo'ja va Ko'kcha boshchiligidagi elchilari yo'lga tushadilar. Ularga Mirzo Boysung'urning Sulton Ahmad va G'iyosiddin Naqqosh boshchiligidagi elchilari ham qo'shiladi. Boysung'ur Mirzo Xoja G'iyosiddinga barcha ko'rgan-kechirganlarini qayd etib yozib berishni buyuradi. 1422 -yilning bahorida uch yildan uzoqroq davom etgan safardan qaytgan G'iyosiddin Naqqosh o'z ko'rgan-kechirganlarini qog'ozga tushirib, hukmdorga taqdim etadi. Fors tilida bitilgan bu asar "Ajoyibul-latoyif' yoxud Xitoy sayohatnomasi deb nomlangan. O'z davrida Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond , Hofizi Abro' singari tarixchilar ushbu sayohatnomadan o'z asarlarida iqtiboslar keltirib o'tadilar. Xurosonlik elchilar Balx orqali Samarqandga etib keladilar. Bu erda ularga boshqa viloyatlardan yuborilgan elchilar ham kelib qo'shiladi. 1420-yilning 25-fevralida barcha elchilar birlashib, yana Xitoy tomon yo'l oladilar va 24-avgust kuni Xitoy hududiga kiradilar. Naqqoshning yozishicha,
563
Xitoyga qarashli birinchi katta shahar So'kjuda imperatorning xos nadimlari elchilarni katta tantana va ehtirom bilan kutib olganlar va katta dasturxon yozib ziyofat beradilar. Ma'lumotlarga ko'ra, mazkur karvon tarkibida 500 dan ortiq odam bo'lgan. Elchilarning poytaxtga bexatar kirishlari uchun har bir bekatda maxsus xizmatchilar kutib olishib, ularni joy, oziq-ovqat bilan ta'minlashgan, keyingi bekatgacha kuzatib borishgan. Naqqosh Pekin shahridagi imperator saroyi va undagi qabul marosimlarini to'liq tafsilotlar bilan bayon etadi. Saroyda yuz mingdan ortiq odam imperatorga salom berish uchun peshonasini erga qo'yib, kutib turishi yoziladi. Ma'lumki, 1420-yilda Min sulolasi vakili imperator Chju Di o'zi uchun qurilgan yangi saroyga ko'chib o'tadi. Ayni paytda ham mazkur inshootlar Yer yuzidagi hukmdorlar saroylari orasida eng kattasi sanaladi. Temuriylar saltanatining elchilari ana shu tarixiy voqeaning guvohi bo'lishadi va shu munosabat bilan o'tkazilgan bayram tantanalarida ham ishtirok etishadi. Pekinda elchilar sharafiga shohona dasturxonlar tuzatiladi. Ular 16-fevraldagi Xitoy yangi yilining kirishi, bayram kunlarida poytaxt ko'chalaridagi mushakbozliklar, kechalari fonarlar bilan yoritilgan ko'chalar, turli xil janglyorlik tomoshalari, alohida did-e'tibor bilan bezatilgan dasturxonlar, xitoy taomlari elchilarda zo'r taassurot qoldirgan. Imperator tomonidan elchilarga ov qushlari, tilla va kumush buyumlar, ipak matolar va boshqa sovg'a-salomlar hadya etiladi. Ushbu manba haqida xulosa qilinganda avvalombor uning temuriylar davri dilomatiyasini o'rganishda naqadar muhim ekanlgini uning ushbu "Kundaligi" ni o'z ko'rgan kechirganlarini yozganligidadir. Tarixchi Xofizi Abru Shohrux Mirzo saltanatida Hirotga birinchi bor Xitoy elchilari 811/1409-yili Temur vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirish uchun kelganlarini ta'kidlaydi. Shundan so'ng , elchilik munosabatlari muntazam davom etganligi qayd etiladi. 822/1419-yili Xitoy xoqonining taklifiga binoan O'rta Osiyo va Xurosondan katta elchilar guruhi Xitoyga borib kelganlar(3:46.). Bu haqida ushbu safar qatnashchisi G'iyosiddin Naqqosh kundaligining o'zida batafsil yozilgan. 1419-1422 yillarda Xitoy imperatorining taklifiga ko'ra, Temuriylar davlatidan katta elchilik guruhi Xitoyga borib kelgani ma'lum. Ushbu safarda xoja G'iyosiddin Naqqosh ham qatnashgan.
Xulosa va takliflar: Xulosa o'rnida shuni aytish o'rinliki, G'iyosiddin Naqqoshning "Xitoy safari kundaligi" manbasining ko'plab tadqiqotlarga jalb etilishining afzalliklari quyidagilarda ko'rish mumkin:
Birinchidan, Muallif sayohatnomasida o'z ko'rgan kechirganlarini va o'zi guvohi bo'lgan voqea-hodisalarni yozganligi manbaning obektivligini oshiradi.
Ikkinchidan: kundalikda tarixiy-geografik ma'lumotlaming ko'plab uchrashi tarix fanining yordamchi sohasi tarixiy-geografiyaning rivojiga ulkan hissa qo'shadi.
Uchunchidan: O'rta Osiyodan Xitoyga juda ko'plab borib kelgan tarixiy shaxslarni bilamiz. Masalan ular savdo qilish uchun, ba'zilari islom dinini targ'ib qilish maqsadida va boshqalar. Aynan Naqqosh kundaligi esa uning Xitoyga elchi sifatida borib tafsilotlarni yozganligi bilan ham muhim va ajralib turadi.
To'rtinchidan: Mirzo Boysung'ur tarixini yorituvchi yozma manbalarning kamligi va Naqqosh safarnomasida Boysung'ur Mirzoning G'iyosiddinga elchilik safariga otlanishida yuklagan vazifalari uning qanchalik dono hukumdor bo'lganligi, diplomatik etiketlarga rioya qilishi, siyosiy faoliyati yuqori ekanligini ko'rsatishi ham manbaning qiymatini oshiradi.
Beshinchidan: Ushbu manba nafaqat O'rta Osiyoning temuriylar davri tarixini balki Xitoyning Min sulolasi davridagi tarixi haqida ham ma'lumotlar beradi. Xitoyning ushbu davrdagi tarixini ifodalovchi yozma ma'lumotlarning kamligi safarnomadan ko'plab ma'lumotlarni olish mumkinligini bildiradi.
Kundalikdan Xitoy tarixini o'rganishni oldiga maqsad qilib qo'ygan tadqiqotchilar foydalanishlarida quyidagi ma'lumotlarga alohida e'tibor berishlari mumkin:
-Xitoy shaharlarining tarixi, iqlimi, urf-odatlari, harbiy holati va boshqalar.
-1420-yil 20-iyunda Turfon tog'ida yomg'ir va do'l yog'ib turganligini yozilishi Xitoy iqlimi haqida ma'lumot beradi.
-Turfon xalqi butparast ekani, butxonalari katta va chiroyliligi haqida ma'lumotlar Turfondagi diniy udumlar haqidagi yangi ma'lumotlarni beradi.
-Bundan tashqari Xitoyning Suhxo'ja nomli shahri haqidagi va uning tabiati va u yerdagi o'tkaziladigan ziyofatlar Xitoyning boshqa hech qaysi shahrida uchramasligi, mast qiluvchi ichimliklari ham o'zgacha ekanligi haqida ma'lumotlar uchraydi.
-Xitoy yasoq qonunlarining haqiqatdan ham og'ir ekanligini sayohatnomada Naqqosh tilidan aytilgan ma'lumotlardan boshqa biron bir manbada keltirilmagan. Masalan, elchilarning har biri nechtadan dajlilarga ya'ni navkarlarga ega ekanligi tog'risida tilxat yozib olingan bu yolg'onnni oldini olgan.
-Yana Xitoy qo'shin usuli tartibi haqida ma'lumotlar ham qiziqligi bilan ajralib
turadi. Lashkarlar to'rtburchak shaklda huddi chizg'ich bilan kvadrat chizganday
turishi yoziladi.
-Xitoy raqslari va musiqa asboblarining naqadar go'zal ekanligini kundalikni
o'qib yana bir bora amin bo'lishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Абдураззок Самаркандий. Матлан садайн ва мажмаи бахрайн / Форс-тожик тилидан таржима, кириш суз ва изохли лугатлар А.Уринбоевники. - Тошкент, 1969.
2. Буриев А. Дневник путешествия Гиас ад-Дина наккаша как исторический источник ж. Общественные науки в Узбекистане. 11.- Ташкент, 1986.
3. Буриев. О., Рахматуллаева. О. "Узбекистонда мустакиллик йилларида Темурийлар салтанати тарихига оид ёзма манбаларнинг урганилиши хусусида"//Темурийлар тарихига оид манбалар мавзуида утказилган Республика микёсидаги илмий-амалий конференсия материаллариТемурийлар тарихи давлат музейи,18-октябр 2007-йил., Т-2010.
4. Уринбоев А. Буриев О. Гиёсиддин Наккошнинг Хитой сафарномаси. -Т., 1991.
5. Каримова Н. Темурийлар билан Хитой алокалари.(хитой манбалари асосида). // Шаркшунослик .-Тошкент,1996.№7.
6. Файзиев Хуршид. Шохрух мирзо ва унинг ташки сиёсати. Тoshkent.,2016.
7. Буриев О. Амир Темур даврида Мовароуннахр ва Мугулистон муносабатлари. // Шаркшунослик .-Тошкент,1996.№7.
8. Амир Темур жахон тарихида. Х,.Кароматов тахрири остида. Кайта тулдирилган иккинчи нашр. -Т.: Шарк, - 1996.
9. Гиёсиддин ибн Хумомиддин Хондамир. Хдбиб ус-сийар фи ахбори афроди башар (Башар ахли сийратидан хабар берувчи дуст). Форс тилидан таржима, мукаддима муаллифлари Ж. Х,азраткулов, И. Бекжонов, изохлар муаллифи А. Ахмедов, И. Бекжонов, масъул мухаррир А. Ахмедов. - Тошкент: «Узбекистон», 2013. - Б.277
10. Ismail aka mirza çahruh ve zamani (1405-1447) turk tarih kurumu basime vi -Ankara .1994.173b
11. Хдсанов Х. Сайох олимлар. Тошкент: «Узбекистон», 1981. -. Б. 182