ABDURAZZOQ SAMARQANDIYNING "MATLAI SA'DAYN VA MAJMAI BAHRAYN" ASARINING O'RGANILISH TARIXI
Dilshod Ravshan o'g'li Sharopov
Buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Yaqin va o'tmish tarix bugungi kun va kelajak uchun ibrat darsligidir. Tarixni bilish kelajak avlodni tarbiyalashda muhum ahamiyatga ega ekan, avvalo tariximiz haqida ma'lumot beruvchi yozma manba'larni o'rganish muhim ahamiyatga egadir. Shunday yozma manba'lardan biri Abdurazzoq Samarqandiyning "Matlai sa'dayn va majmai bahrayn" asaridir. Abdurazzoq Samarqandiyning "Matlai sa'dayn va majmai bahrayn" qo'lyozma asari katta tarixiy-madaniy ahamiyat kasb etadi va o'zbek xalqining qimmatli yozma yodgorliklaridan hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu maqolada tadqiqotchilar tomonidan asarning o'rganilish tarixshunosligi aks ettirilgan.
Kalit so'zlar: Abdurazzoq Samarqandiy, elchilik, tarixiy manba, sharqshunos, ijtimoiy-siyosiy tarix.
HISTORY OF STUDY OF ABDURAZZOK SAMARKANDI'S WORK "MATLAI SADAYN AND MAJMAI BAHRAIN"
Dilshod Ravshan ugli Sharopov Teacher of Bukhara History Department, Bukhara State University
ABSTRACT
Recent and recent history is a textbook for the present and the future. While knowledge of history is important in educating the next generation, it is important to first study the written sources that provide information about our history. One such written source is Abdurazzaq Samarkandi's Matlai Sadayn and Majmai Bahrain. Abdurazzaq Samarkandi's manuscript "Matlai sadayn va majmai bahrain" is of great historical and cultural significance and is one of the valuable written monuments of the Uzbek people. That is why this article reflects the historiography of the study of the work by researchers.
Keywords: Abdurazzaq Samarkandi, embassy, historical source, orientalist, socio-political history.
KIRISH
Kamoluddin Abdurazzoq ibn Jaloluddin Is'hoq Samarqandiy (1413—1482 yy.) Hirotning badavlat va nufuzli xonadonlariniig biriga mansub bo'lib, otasi Shohruh
huzurida qozi askar va imomlik lavozimida ishlagan. Abdurazzoq yaxshi o'qidi va fiqh, tafsir, hadis, arab tili, g'azal va tarix ilmlarini puxta egalladi. U o'z zamonining yetuk olimlaridan bo'lib yetishdi. Abdurazzoq Samarqandiy 1438 - yili o'zining qozi Azudiddinning arab tili grammatikasining ba'zi masalalarini (yuklama va olmosh) tadqiq etuvchi «Risolayi Azudiya» kitobiga bag'ishlangan sharhini yozib tamomladi va Shohruhga taqdim qildi. Hukmdor asar bilan tanishib va yosh olimdagi ulkan salohiyatni ko'rib, uni saroy xizmatiga (fikrimizcha devoni inshoga) tayin qildi. Shu vaqtdan boshlab to 1463 yilga qadar Abdurazzoq Samarqandiy dastlab Shohruh, so'ngra Abulqosim Bobur (1451—1457 yy.) va boshqa Temuriy shahzodalarning saroyida xizmat qildi . Abdurazzoq Samarqandiy ko'proq xorijiy davlatlar bilan olib boriladigan diplomatik yozishmalarni hozirlash, shuningdek elchilik ishlari bilan mashg'ul bo'lgan. Masalan, u Shohruh davrida 1441 yili Janubiy Hindistonga elchi qilib yuboriladi. Kalikut shahrida hamda Vijayanagar rojaligida bo'lib, oradan ikki yil o'tgach, 1444 yilning 27 dekabrida Hirotga qaytib keladi . Mazkur elchilik Temuriylar davlatining Hindiston bilan munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirishda katta roF o'ynaydi. Abdurazzoq Samarqandiy Hindiston safari vaqtida ko'rgan-bilganlarini to'plab, bir xotira sifatida yozib qoldirgan va bu ma'lumot Temuriylar davlati bilan Hindistonning o'sha vaqtlardagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, ayniqsa Hindistonning ijtimoiy va madanyi hayotini o'rganishda katta o'rin tutadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Abdurazzoq Samarqandiy 1447 yili Shohruhning topshirig'i bilan G'ilonga bordi va uning hokimi amir Muhammad bilan muzokaralar olib bordi. O'sha yili u Misrga elchi qilib tayinlandi, lekin Shohruhning vafoti (1447 yil 12 mart) tufayli bu tashrif amalga oshmay qoldi. Abdurazzoq Samarqandiy Abulqosim Bobur xizmatida bo'lgan kezlarida uning harbiy yurishlarida, masalan, 1458 yili Mozandaron va 1454 yili Samarqand ustiga qilgan yurishlarida qatnashdi. 1463 yili Sulton Abu Said (u Hirotni 1458 yili egallagan) uni Hirotdagi Shohruh xonaqosiga shayx qilib tayinladi va Abdurazzoq umrining oxirigacha o'sha manzilda istiqomat qilib, asosan ilmiy ish bilan mashg'ul bo'ldi . Abdurazzoq Samarqandiy yirik tilshunos olim sifatida ham nom qoldirdi. U Eron, O'rta Osiyo va O'zbekistonning XIV - XV asrlardagi ijtimoiy -iqtisodiy va madaniy hayotidan, shuningdek, Temuriylar davlatining qo'shni mamlakatlar (Hindiston, Xitoy va boshqa) bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari tarixidan bahs yurituvchi «Matla' us-sa'dayn va majma' ul- bahrayn» («Ikki saodatli yudduzning chiqish joyi va ikki azim daryoning qo'shilish yeri») deb ataluvchi asari bilan mashhur bo'ldi. Asar 1467-1470 yillar orasida yozilgan. «Matla' us- sa'dayn» ikki qism (daftar)dan iborat .
Elxon Abu Sa'id (1316-1335 yy.) davridan to Amir Temurning vafoti va Xalil Sultonning Samarqand taxtiga o'tirishigacha bo'lgan davr (1405 yil) tarixi va
Shohruhning Temuriylar imperiyasining oliy hukmdori deb e'lon qilinishi (1405 yil)dan to Temuriy Abu Sa'idning o'ldirilishi (1469 - yil)gacha bo'lgan tarixi. Asarning 1427 yilgacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan qismi kompilyatsiya bo'lib, Hofizi Abruning «Majmu' at-tavorix» kitobi asosida yozilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
«Matla' us-sa'dayn»ning ikkichni qismi, xususan uning 1427—1469 yillar voqealarini o'z ichiga olgan qismi asl nusxa bo'lib, Eron, O'rta Osiyo va O'zbekistonning shu davr ichidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi va madaniy hayotini o'rganishda asosiy manba vazifasini o'taydi. Asarda voqealar xronologik tartibda keltirilgan. Bu hol asardan foydalanishda katta qulayliklar tug'diradi, albatta. Abdurazzoq Samarqandiy va uning mazkur asari rus va xorijiy mamlakatlar olimlari (B.A.Dorn, V.V.BartoFd, V.F.Minorskiy, A.YU.Yakubovskiy, I.P.Petrushevskiy, B.G.G'afurov, A.O'.O'rinboev, B.A.Ahmedov, M.YE.Katrmer, M.Sharmua, A.Gallan, Muhammad Shafe' va boshqalar) tomonidan birinchi darajali tarixiy manba sifatida yuksak baholangan . «Matla' us-sa'dayn»ning qo'lyozma nusxalari Sankt-Peterburg, Toshkent, Dushanbe shaharlari va xorijiy mamlakatlar (Angliya, Fransiya, Hindiston, Eron va b.)ning kutubxonalarida saqlanmoqda. Asarning matni (ikkinchi daftari) pokistonlik sharqshunos olim Muhammad Shafe' tarafidan 1941- yil va 1949 - yillarda Lohurda chop etilgan. Ayrim parchalar rus, ingliz, fransuz va turk tillarida e'lon qilingan.
XULOSA
Abdurazzoq Samarqandiyning Hindistonga qilgan safari bayon etilgan qismi hamda ikkinchi daftarning 1405— 1427 yillar voqealarini o'z ichiga olgan birinchi qismi (juz') A.O'rinboev tarafidan o'zbek tiliga tarjima qilinib, 1960 va 1969 yillari chop etilgan. «Matlai sa'dayn» o'zida jamlangan tarixiy ma'lumotlarning nodirligi va ishonchliligi bilan XV—XVI asrlardanoq boshqa tarixiy asarlarga bosh manba bo'lib xizmat qilgan, tarixiy adabiyotni sevuvchi o'quvchilarning yuksak bahosini qozonib kelgan. So'ngroq esa undagi ayrim tarixiy masalalarga oid ma'lumotlar Yevropa tarixiy adabiyotidan ham o'rin egallagan, ba'zi kichik parchalari boshqa tillarga tarjima ham qilingan. Tarjimalar orasida eng diqqatga sazovori fransuz sharqshunosi Katrmerning 1843 - yili Parijda nashr etilgan ishidir. Unda Amir Temurning kenja o'g'li Shohrux hukmronlik davridan (1405—1447) boshlang'ich o'n uch yili (1405—1417) ga oid tarixiy ma'lumotlar forschadan fransuz tiliga tarjima qilingan hamda bu tarjima ketida Katrmer Abdurazzoq Samarqandiyning 1442—1444 yillardagi Hindiston safari to'g'risidagi ma'lumotlarni ham fransuzcha tarjimasi va forscha matni bilan keltirgan. Biroq bu tarjimalar asarning biror jildini ham to'la qamramaydi va hozirgi kunda juda
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021
ISSN: 2181-1601
noyobdir. Shuning uchun ko'pchilik mutaxassislar va tadqiqotchilar u tarjimalardan foydalanishga muyassar emaslar.
REFERENCES
1. Саидкулов Т.С. Урта Осиё халклари тарихининг тарихшунослигидан лавхалар. Т: Укитувчи, 1993. - Б. 36.
2. Ахмедов Б. Тарихдан сабоклар. Т: Укитувчи, 1994. - Б. 79.
3. Абдураззок Самаркандий. Матлаи саъдайн ва мажмаи бахрайн. А.Уринбоев таржимаси, Т., 1965. - Б. 7
4. Ахмедов Б.А. Узбекистон тарихи манбалари. - Т.: Укитувчи, 2001.
5. Ахмедов Б.А. Узбекистоннинг атокли тарихшунос олимлари. - Т., 2003.
6. Дaдaбoeв X,. Амир Темурнинг хдрбий мaхoрaти. - Т.,1996.
7. Ochilov Alisher. "The Role of Zamanbaba Culture in The Social and Economic History of Bukhara Oasis During Bronze Age." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY 2.4 (2021): 42-47.
8. OCHILOV, Alisher. "JEWELRYC TRADITION IS A SOURCE OF STUDY OF BUKHARA HISTORY." Bayterek Uluslararasi Akademik Ara§tirmalar Dergisi 1.1: 105-116.
9. Ochilov, A. T. "DATING OF THE ZAMANBABA CULTURE: ASED ON ARCHAEOLOGICAL SOURCES." Theoretical & Applied Science 12 (2019): 589591.
10. Очилов, Алишер Тулис Угли. "БУХОРО ВОХДСИ ШАКЛЛАНИШИДА ЗАРАФШОН ДАРЁСИНИНГ УРНИ ВА ВОХД ТАРИХИЙ ГЕОГРАФИЯСИГА ДОИР АЙРИМ МУЛОХАЗАЛАР." Scientific progress 1.6 (2021): 933-938.
11. Boltayev, Bobir Baxtiyorovich. "BUXOROLIK MINIATURACHI-RASSOM SADRIDDIN POCHCHAYEV IJODIGA BIR NAZAR." Scientific progress 1.6 (2021): 998-1004.
12. Rajabov, Oybek Iskandarovich. "BUXORODAGI AYRIM MUQADDAS QADAMJO-QAL 'ALAR XUSUSIDA." Scientific progress 1.6 (2021): 1162-1168.
13. Умаров, Б. Б. "НА КИСЛЯКОВ ТАДКДКОТЛАРИДА ЖАНУБИЙ ТОЖИКИСТОН ЭТНИК ТАРИХИ." Scientific progress 1.6 (2021): 1005-1009.
14. Тураева, Г. Б., Утаева, Ф. Х., & Жумаева, Н. А. (2021). ОА СУХАРЕВА ТАДКИКОТЛАРИДА БУХОРО ТАРИХИ ВА ЭТНОГРАФИЯСИНИНГ УРГАНИЛИШИ. Scientific progress, 7(6), 1010-1018.