FARG'ONALIK XOFIZ MURODJON AHMEDOV IJODIGA CHIZGILAR
(1918-1988)
Karim Yuldashev Mamlakatxon Jo'rayeva
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotasiya: Ushbu maqolada Murodjon Ahmedov hayoti va ijodi yoritiladi. Uning o'ynagan rollari, ijro etgan ariya va qo'shiqlari haqida ma'lumotlar yozilgan.
Kalit so'zlar: drama, obraz, asar, pyesa, lavha, qahramon, san'at, dutor, doira, xofiz, musiqali drama, ariya, qo'shiqlar.
DRAWINGS ON THE WORK OF FERGANA KHOFIZ MURODJON
AHMEDOV (1918-1988)
Karim Yuldashev Mamlakatkhon Jorayeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article covers the life and work of Murodjon Ahmedov. Information about his roles, arias and songs.
Keywords: drama, image, work, play, sheet, hero, art, dutar, circle, hafiz, musical drama, aria, songs.
Murodjon Ahmedov Qo'qon tuman Farg'ona viloyat O'zbekiston tumani Abg'or qishlog'ida dehqon oilasida tug'ilgan. Otasi Ahmadali Qosimov san'atga ishqiboz bo'lib dutor chertar, qo'shiq aytardi. M. Ahmedov ilk bor otasining ta'sirida san'atga ixlos qo'yadi. Keyinroq Qo'qon shahar internatida o'qish chog'ida to'garak rahbari tog'asi Baratali Boymatovdan dutor, doira chalishni o'rgangan.
1933 yili Qo'qon yosh tomoshabinlar teatriga doirachi sifatida ishga keladi, ilk rollarini shu erda o'ynagan. O'zbekiston tuman kolxoz-sovxoz teatri (1935-36 y) xarbiy xizmatdan so'ngn Qo'qon Hamza nomli Qo'qon (1940-1955 y) va 1955 yildan umrining oxirigacha Farg'ona viloyat teatrida faoliyat ko'rsatgan.
Murodjon Ahmedov deganda ko'z o'ngimizda xalqimizga keng taniqli ajoyib xofiz siymosi qad ko'taradi. Bu to'g'ri. Lekin, u ijodiy imkoniyati benixoya keng aktyor ham edi. "Tohir va Zuhra", "Alpomish", "Ravshan va Zulhumor", "Gul va Navro'z" kabi musiqalidramalarda bosh qahramonlar rollarini ijro etdi. Lekin ayni chog'da turli fe'liyatili kishilar timsollarini yarata oluvchi dramatik aktyor sifatida ham ko'rinadi. Qorabotir, Mamat, Sheruya, Mullado'st, Melixobbon, Osip, Rustam
I ¡bOH^^Sl 335 http://oac.dsmi-qf.uz
("Xolisxon") xarakteri bir-biriga o'xshamas bu rollarni ko'p qirrali iste'dod egasigina ijro etishi mumkin.
M.Ahmedov musiqali dramada ariya va qo'shiqlar ma'nosini chuqur anglab, ularni so'z bilan uyg'unlashtirib umumlashgan yirik obraz yaratishga intilar edi. tog'dan ariq suv keltirgan paxlavon Farhod, sahnada ot sakratib paydo bo'luvchi Alpomish shunday ideal qahramonlar tarzida ko'rsatildi.
"El-yurtga nisbatan fidoiylik, sodiqlik tuyg'usigina oshiq qahramonni yaratadi" degan edi M.Ahmedov. Uning Tohir o'zini xalq orqali anglaydi va otasining xuni uchun emas, balki xalqning erkinlik uchun kurashda halok bo'ladi. Mazkur rolga Tohirning Xisravga aytadigan "Vatandin qayda ogoh" degan so'zlaridan kelib chiqib yondashdi.
Ravshan M. Ahmedovning eng sevimli romantik qahramonlaridan biri edi. qo'shiq va ariyalarni xalq dostonchilik an'anasi asosida yaratilganligi, "YOr aylanay qalpoq tikkan qo'lingdanu", "Bizni yorni ko'rgan bormi?", "G'aribingman", "Qalpoq bozori qayda" kabi qo'shiq va ariyalar qahramonga alohida xalqchillik fazilatlarini baxsh etgan edi.
"Gul va Navro'z"dagi oshiq Navro'z Ravshan obrazidan farqli o'laroq voqeada faol ishtirok etmaydi. Aktyor asosan kishanlangan holda ko'rinuvchi qo'l Navro'zning Gulga bo'lgan muhabbatini ayrim so'z, ariyalar orqali esda qolarli qahramon darajasiga ko'taradi.
"Kumush to'y"dagi Xotam Soliyev-Ahmedov hammayog'i bintlangan holda, jarrohlik xonasida o'zi bilan o'zi so'zlashib nainki bir inson taqdiri shu qatori butun bir ruhiy hodisa mohiyatini ochar edi. Og'ir o'y ostida "Birini osgan, birini so'ygan, birini it egan, e-xe" der ekan, dushmanga asir tushib ming xil balolardan omon qolib qaysidir sinov paligonida gaz portlashidan olov ichida qolgani sezilib turardi. "Quyosh balqib chiqar, Badbashara qildi meni yor, muhabbatim" qo'shig'ini Ahmedov monolog-qo'shiq tarzida har bir so'zni urg'u berib aytib ham ahvolining ilojsizligini, ham jarroh qiz o'z qizi, onasi yori ekaniga sha'ma qilar, kelajakka umidbaxshlik bilan nigoh tashlagandek bo'lar edi. Shu sirli va sexrli inson timsoli butun spektakl cho'g'ini belgilab bergan edi.
Xalq ichida yurib, gap-gashtaklarda bo'lib tesha tegmagan antiqa so'z topib suhbatdoshida mayin jilmayish yoki qah-qaha orttirish Ahmedovning qon-qoniga singib ketgan fazilatlar edi. shular uning rollarida ularga alohida xusn bag'ishlab jilovlanib turar edi.
Aktyorning badixago'yligi adabiy darajasi uncha baland bo'lmagan asarda ham tomoshabinni ortidan ergashtira oladigan chiqishiga sabab bo'lardi. Ya. Mamatxonovning "Meli Xobbonu Nabi tovon" asarida, masalan, Nabining jo'rasi Meli (J. Oxunov)dan farqli o'laroq balandparvoz gaplarga o'ch, shaharlik bo'lsa-da, qishloq ishlarini do'ndiradigan, mehnatkash kishi tarzida talqin etish qiziq lavhalarni
I [ccñ^^BI 836 http://oac.dsmi-qf.uz
kelib chiqishiga sabab bo'lgan edi. Tut kesishga borib bargi o'rniga uni tag-tubi bilan ko'parib zo'r ish qilganidan g'ururlanib maxtanar ekan, bu beg'ubor insonning noshudligidan tomoshabin zavqlanmay iloji yo'q edi.
Murodjon Ahmedov doira qatori tanbur, dutor sozlarini o'zi chertar Farg'ona vodiysi qo'shiqchilik an'anasining mohir davomchisi, xalq qo'shiqlari va shoirlar she'rlariga bastalangan qo'shiqlari bilan o'zbek xalqining dil-dilidan o'rin olgan xofiz ham edi. 1967 yili unga O'zbekiston xalq artisti unvoni berildi. 2001 yili esa Prezidentimizning Farmoni bilan "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
1. T. Tursunov O'zbek teatri tarixi -T., 2010
2. Rahmonov M., To'laxo'jayeva M. T., Muxtorov I. A. O'zbek milliy akademik drama teatri tarixi. - T., 2003.
3. Rizayev SH. Jadid dramasi. - T.: Sharq, 1997.
4. Istiqlol va milliy teatr (to'plam). - T.: Yangi asr avlodi, 2002.
5. Tursunboyev S. Teatr tarixi. - T.: Bilim, 2005.
6. Tursunov T. Sahna va zamon. - T.: Yangi asr avlodi, 2007.
7. Islomov T. Tarix va sahna. - T.: G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1998.
837
http://oac.dsmi-qf.uz