Научная статья на тему 'RAJABIYLAR SULOLASIGA BIR NAZAR'

RAJABIYLAR SULOLASIGA BIR NAZAR Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
560
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sulola / fol’klor / kompozitor / sozanda / xonanda / bastakor / orkestr

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Talabayev Azizjon Nabijonovich

Ushbu maqolada XX asr o‘zbek san’atiga ulkan hissa qo‘shgan san’atkorlar sulolasi hamda Yunus Rajabiyning musiqa ijrochiligi, kompozitorligi va fol’klorchilik faoliyatining shakllanishida u bilan zamondosh bo‘lgan mashhur xonanda, sozanda va bastakorlarning ijobiy ta’siri, ta’limi va tarbiyasi g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligi haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAJABIYLAR SULOLASIGA BIR NAZAR»

RAJABIYLAR SULOLASIGA BIR NAZAR

Talabayev Azizjon Nabijonovich O'zDSMI FMF

Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asr o'zbek san'atiga ulkan hissa qo'shgan san'atkorlar sulolasi hamda Yunus Rajabiyning musiqa ijrochiligi, kompozitorligi va fol'klorchilik faoliyatining shakllanishida u bilan zamondosh bo'lgan mashhur xonanda, sozanda va bastakorlarning ijobiy ta'siri, ta'limi va tarbiyasi g'oyat katta ahamiyatga ega ekanligi haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: Sulola, fol'klor, kompozitor, sozanda, xonanda, bastakor, orkestr.

A LOOK AT THE RAJABIYAN DYNASTY

Talabayev Azizjon Nabijonovich FRB UzSIAC

Abstract: In this article, the positive influence of the dynasty of artists who made a great contribution to the Uzbek art of the twentieth century and the famous singers, musicians and composers of his time in the formation of Yunus Rajabi's musical performance, composition and folklore, education and upbringing are of paramount importance.

Keywords: Dynasty, folklore, composer, musician, singer, composer, orchestra.

Rajabiylar sulolasi - XX asr o'zbek san'atiga ulkan hissa qo'shgan san'atkorlar sulolasi hisoblanadi. Sulola boshlig'i Yunus Rajabiydir. O'zbek xalqi ulkan san'atkor Yunus Rajabiyni istehdodli bastakor, mohir ijrochi, tashkilotchi, o'zbek musiqiy boyligining bilimdoni, murabbiy va musiqa jamoat arbobi sifatida taniydi.

1923-25-yillarda Samarqand teatrining musiqa rahbari, 1925-27-yillarda O'zbekiston radiokomiteti qoshidagi xalq cholg'u asboblari ansamblida, keyinchalik 1927-42-yillarda xalq cholg'ulari orkestri tashkilotchisi va badiiy rahbari, 1942-45-yillarda Yangiyo'l teatri musiqa rahbari, 1959-76-yillarda O'zbekiston teleradiosining "Maqomchilar" ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari sifatida faoliyat yuritgan. Bu ajoyib san'atkorning ko'p qirrali ijodiy faoliyati respublikamiz musiqa madaniyatining shakllanishi va taraqqiyoti tarixida salmoqli o'rin tutadi. Maqomdon xonandalar, respublikamizdagi xalq cholg'u va ashula ansambllari, mo'zikali drama teatrlari uning ajoyib dilrabo ashula va qo'shiqlarini ijro etmoqdalar; uning asarlari efirda, zangori ekranlarda yangramoqda.

Yunus Rajabiyning musiqa ijrochiligi, kompozitorligi va fol'klorchilik faoliyatining shakllanishida u bilan zamondosh bo'lgan mashhur xonanda, sozanda va bastakorlarning ijobiy ta'siri, ta'limi va tarbiyasi g'oyat katta ahamiyatga ega bo'ldi. Y.Rajabiy bir qancha qadimgi o'zbek xalq kuy va ashulalarini qayta ishlab tiklagan: "Subhidam", "Yolg'iz", "Sayqal", "Fig'on", "Oraz", "Begi Sulton" va boshqa ijrochilik faoliyatini bastakorlik bilan birgalikda olib borgan. U tug'ilgan davrda, tojik va o'zbek xalq musiqasining taniqli namoyondalari an'anaviy musiqa ijrochiligini intensiv davom ettirardilar. Buxoroda maqom ijrochiligi asosiy o'rinda bo'lib, uning mashhur ijrochilari Ota Jalol (Jaloliddin) Nosirov, Ota G'iyos Abdulg'ani, Qori Karomat, Tilloboy, Tojixon, Usta Shodi singari maqomdonlar, Xorazmda esa

Matyoqub Harratov, Matkarim Kurji ota, Samarqandda Hoji Abdulaziz

Abdurasulov, Toshkentda Mirzoqosim hofiz, Mo'lla To'pychi Toshmuhammedov, Shoraaim Shoumarov, Abduqahhor, Sultonxon, Inog'om va Ilhom hofizlar, Farg'ona vodiysida Madumar hofiz, Hamroqul Qori, Jalolxon va Usta Olim sigari o'nlab mahoratli ustozlar san'ati gullagan davr edi.

Yunus Rajabiy o'zbek xalq musiqa ijrochiligi yuksak bo'lgan muhitda tarbiyalandi, o'sdi, san'atkorning ijro uslubi shu davrda shakllandi. Uning musiqa mashg'ulotlari dastlab qozoqi dutor, haqiqiy dutorda mashq qilish bilan boshlanadi. U to'ylarda, mehmondorchiliklarda, xalq yig'inlari va sayillarida eshitgan kuylarini tamburchi akasi Rizqi Rajabiydan takror- takror eshitish va birgalashib chalish yo'li bilan puxtalardi. Andijonlik hofiz Mirzaqosim mehmonxonasiga qatnab u hofizning ham boy repertuarini o'rganadi. Hofizlar va cholg'uchilar bilan yaqindan aloqa bog'lagan va mashg'ulotlar natijasida Yunus Rajabiy dutorda o'sha yillarda keng tarqalgan

«Ey, nigorim», «Ko'chabog'i I- II», «Ilg'or», «Suvora», «Ey, dastayi gul, marx,abo!», «Omonyor», «Yallama yorim», «Chamanda gul», «Ajam», «Eshvoy», «Kurd» singari katta-kichik shakldagi turli xil cholg'u kuylarini, ashula va qo'shiqlarni mustaqil chaladigan va aytadigan bo'ladi. 1914- 15 yillar uning uchun xalq musiqasini o'rganish, uning xususiyatlarini anglash va ijrochilar uslubi bilan tanishish davri bo'ldi. Yunus Rajabiy 1916 yilda Chimkentda qushxonada xizmat qilib yurgan chog'larida Imomxon va Hamroqul qori singari taniqli hofizlar va boshqa xonanda va sozandalardan ko'p ashula, qo'shiq va cholg'u kuylarini og'zlashtirdi. Shular jumlasidan «Nasib etgil», «Rab-bano, dodimga yet», «Ko'p erdi», «Shafoat» kabi Farg'ona katta ashula yo'llarini o'rgandi. Maqom yo'llaridan «Guleri Shahnoz», «Chapandozi Gulyor», «Ushshoq», «Qashqarchayi Ushshoq», «Bayot», «Savti Bayot» va uning uchta shoxobchasi, «Chorgoh», «Savti Chorgoh» va unnng uchta shoxobchasi, «Girya I-II» va «Fig'on I-II» kabi kuy va ashu- lalarni eslatib o'tish mumkin. Shunday qilib Yunus Rajabiyning ijrochilik mahorati keksa san'atkorlar va

o'z tengqurlari bo'lgan xalq xonanda va sozandalari, hamda bastakorlari davrasida kamolga yeta bordi va rivojlandi.

Yigirmanchi yillar qo'shiq san'atining mana shu xilda rivojlanishi natijasida ruyobga kelgan xilma-xil kuylar (marsh, vals, raqs bilan aytiladigan yallalar, unison xorlar) Yunus Rajabiyning bastakorlik faoliyatiga barakali ta'sir ko'rsatgan edi. Natijada bastakor o'ttizdan ortio ommaviy qo'shiq, ashula va marshlar yaratadi.

Rajabiyning «Bahor marshi», «Fabrika yallasi», «Yurish marshi», «Komsomol marshi» singari marshlari shunday asarlar jumlasidandir. Yunus Rajabiyning bastakorlik faoliyati uning ijrochilik faoliyati bilan chambarchas bog'lik rivoj topadi. 1927 yilda Toshkent radio eshittirish studiyasi huzurida o'zbek ashula va cholg'u ansambli tuzishga qaror qilinib, unga Yunus Rajabiy rahbar qilib tayinlanganidan so'ng ansamblga Shorahim Shoumarov, Rizqi Rajabiy, Imomjon Ikromov singari san'atkorlar jalb qilindi. Ansambl o'n uch kishidan iborat edi.

Radio ansambli 1929 yildan boshlab o'z safini atoqli san'atkorlar: Mulla Tuychi Hofiz, Domla Halim Ibodov, Hoji Abdurahmon Umarov, Safo Mug'anniy, Matyusuf Xarrat va boshqa san'atkorlar bilan to'ldira boshlaydi. Ansamblning mana shu davrdagi ish faoliyati to'g'risida musiqashunos K.Olimboeva quyidagilarni yozadi: «Keyinchalik bu ansamblda Maryam Alishoeva, Nazira Axmedova va boshqalar ishlay boshladilar. Yunus Rajabiyning bu ansambl faoliyatidagi katta ishlaridan yana biri shu bo'ldiki, u ansambl tarkibiga o'zbek xotin-qizlarini jalb qila oldi. Ansambl tarkibi kengaygan sari, uning ish faoliyati doirasi ham kengaya boradi; yoz paytida har haftada bir marta Janggoh bog'ida, qish paytlarida esa Hamza teatr sahnasida kontsertlar uyushtiriladigan bo'ldi. Radio ansambli Yunus Rajabiyning bastakorlik faoliyatida muhim rol o'ynashi bilan bir qatorda u san'atkor uchun ijodiy laboratoriya xizmatini utadi. Bastakor o'zining dastlabki ashula, qo'shiq, cholg'u kuylaridan hisoblangan «Ra'nolanmasun» (G'oziy she'ri), «Birlashing!», «Fabrika yallasi», «Chamanzor marshi», «Galaba» (Mirtemir shehri), «Hammamiz» va boshqalarni yaratib, mahoratli bastakorlar qatorida» o'rin ola boshladi. 1935 yilda Yunus Rajabiy Toshkent Davlat konservatoriyasining tayyorlov kursida Yu.Semyonov, B.Nadejdin singari mutaxassislardan ta'lim olishda davom etadi.

Yunus Rajabiy ham hofizlik, ham cholg'uchilikda yuksak mahoratga yetishgan musiqa arboblari qatoridan o'rin egalladi. Bunga u o'zbek milliy cholg'u asboblari dutor va nayda juda yoshligidan chalish sanhatini mukammallashtirishi natijasida erishgan edi. Yunus Rajabiy cholg'u asboblari bilan bir qatorda ashulaxonlik sanhatini ham o'zlashtirgan edi.

Yunus Rajabiy 1918 yilda Toshkentdagi «Namuna» maktabida tashkil etilgan musiqa to'garagiga raxbarlik qildi. Atrofiga o'nilab yosh musiqa havaskorlarini to'pladi, ularga ustozlaridan o'rgangan, xalq sayillari, tuytomoshalarda eshitgan yengil xalq cholg'u kuylari, ashula, ruboiylarni o'rgatib o'zi ham yana bir kasb orttirish

maqsadida hunar maktabida duradgorlikni o'rgandi, so'ngra uch oy davomida shu maktabdagi muallimlar tayyorlash kursida o'qidi. Y.Rajabiy o'zbek musiqali dramsining shakllanishiga ham katta hissa qo'shgan bo'lib, dastlab Sh.Shoumarov bilan birgalikda "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Rustam", "Avaz", "Xolisxon" kabi spektakllarni xalq ashulalari asosida kuylar bastalagan. Keyin chalik B.Nadejden bilan hamkorlikda "Qasos", N.Mironov bilan "Qo'chqor Turdiyev", G.Mushel bilan "Muqanna", O.Halimov bilan "Nodira", B.Zeydman bilan "O'g'il uylantirish", Sayf Jalil bilan "Navoiy Astrobodda" singari musiqali dramalarni yartgan. 1958-yilda Y.Rajabiy B.Zeydman, D.Zokirov va T.Sodiqovlar bilan birga "Zaynab va Omon" operasining yozilishida ishtirok etgan.

U 1935-yilda xalq kuy va ashulalarini notaga ola boshlaydi, natijada

Y.Romanovskaya va Il.Akbarov tuzgan "O'zbek xalq qo'shiqlari" to'plamidan Y.Rajabiy notaga olgan 29 ta xalq musiqa namunasi o'rin olgan. U 1955-59 yillarda 5 jildli "O'zbek xalq musiqasi" to'plamini nashr ettirdi. Unda mingga yaqin turli janrdagi o'zbek, tojik, uyg'ur kuy va ashulalari, Buxoro Shashmaqomi, Farg'ona - Toshkent maqom yo'llari, katta ashulalar, XX asr bastakorlari: K.Jabborov, N.Hasanov, S.Kalonov, F.Sodiqov, T.Jalilov, M.Mirzayev va boshqalarning asarlari kiritilgan. Y.Rajabiy "Maqom" ansmbli bilan ishlashi jarayonida Shashmaqomning 6 jildli yangi nashrini hamda 1970-yilda Toshkent grammyozuvlar studiasida grammplastinka yozuvlarini mukammal to'plamini tayyorladi.

T.Sodiqov, D.Zokirov, D.Soatqulov, K.Mo'minov, O.Imomxo'jayev, B.Davidova, K.Ismoilova, O.Alimahsumov, T.Alimatov va boshqa ko'plab san'atkorlar Y.Rajabiyning shogirdlaridir. 1971-yilda O'zbekiston Davlat mukofoti laureati, 2000-yilda "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan. O'zbekiston teliradiokompaniyasi qoshidagi "Maqom" ansambli, Jizzax musiqali drama va komediya teatri, Toshkent musiqa pedagogika bilim yurti, Toshkentdagi ko'chalardan biri va metro bekati Yunus Rajabiy nomi bilan yuritiladi. Yunus Rajabiy 1957 - 76 yillar yashab ijod etgan uyda 1997-yilda Rajabiy uy muzeyi ochildi. 2001-til Yunus Rajabiy madniyat markazi tashkil etildi.

Yunus Rajabiy 1897-yil 5-yanvarda Toshkent shaxrining Chaqar maxallasi, bog'bon oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Rajab ota har qanday og'ir mehnatdan ham cho'chimaydigan, g'ayratli, juda xushchaqchaq, serzavq, xazilkash, san'atsevar, ulfatgo'y kishi bo'lgan. Rajab otaning Novza daxasida (hozirgi Chilonzor metrosining oldida) katta bog'lari bo'lib, baxor kelishi bilan u yerdagi ishlar qizib ketar, Rajab ota o'z oilasi bilan shahardan dalaga ko'chib, to kech kuzga qadar, o'sha joyda yashar ekanlar, Rajab ota serfarzand bo'lib, o'z farzandlarini og'ir mexnatdan tolmaydigan ishchan va harakatchan bo'lishlaridagi ilk bor saboqni xuddi mana shu dala bog'ida bergan ekanlar. Onasi - Oysha Bibidan avvalgi tug'ilgan 10 ta farzand yosh paytligida turli kasalliklarga chalinib, nobud bo'lgan edilar. So'nggi o'sib ulg'aygan 6 ta farzand

ichida Yunus Rajabiy eng kenjasi edi. Qilingan og'ir mexnatdan so'ng Rajab ota turli yiginlarga: choyxonalarga, to'y-u-tomoshalarga dam-badam borib turishni odat qilgandi. Ko'pincha u eng kichik suyukli va ziyrak o'g'li Yunusvoyni o'zi bilan birga olib ketardi. Bunday xollarni Rajab ota chetdan ko'zatib turar edi. Rajab ota o'g'lini elga tanilgan musiqachi yoki xofiz bo'lishini orzu qila boshlagandi. Musiqaga o'ta shinavanda otasi qo'shnilari Mirza Qosim xofiz va Mulla To'ychi xofizlarga xavasi kelar edi. O'g'li Yunusvoyga musiqaga bo'lgan qandaydir aloxida bir diqqat-e'tiborni, zavqu-shavqi, xatti-harakatidan ham sezilib turar edi. Eshitgan qaysidir bir kuyni darxol ilgab olib kuylab yurishi, esda yodlab qolish qobiliyati yaxshi ekanidan xursand edi.

Oysha Bibi - uning onasi, uy bekasi bo'lishi bilan birga katta faxm egasi, qur'on-u dostonlarni va ko'pgina mumtoz shoirlarimiz g'azallarini yod bilgan, o'zi ham she'hr to'qiydigan, mexribon va duoguy, bilimdon, otinlikka o'qigan, savodli ayol bo'lgan ekanlar. Bir uy xotinlar yig'ilishib, mashrabxonliklar, bedilxonliklar, arab yozuvidagi turli hikoyalar, dostonlarni xirgoyilab o'qib hammani diqqatiga sazovor bo'lgan ekanlar. Dastlab, Yunus Rajabiy o'z akasi Risqi Rajabiyga uning tanbur chertishiga ergashib, o'z dutorida birga qo'shilib, sekin-asta mashq qila boshlaydi shu bilan birga yengil xalq qo'shiqlarini ham aytadi. Keyinchalik bog' qo'shnilari bo'lgan Mirza Qosim, Mulla To'ychi xofizlarlan Toshkentda va Fargona vodiysida aytilib kelinadigan xalq kuylari -hamda maqom parchalarini eshitib o'zlashtirdi. Ko'p o'tmay o'zi ham dutorda musiqa chalib, ashula ayta boshladi. Davralarga kirdi. O' sha davrning yetuk xonanda-yu-sozandalarning ijrolarini, mushoiralarni murg'ak va sezgir qalbi bilan xis qilib, qalbiga jo qila boshlaydi. Otasidan unga o'tgan san'atga, musiqaga ixlosmandlik, onasidan o'tgan yodda saqlash qobiliyati, iste'dodi Yunus Rajabiyning o'z yo'lini tanlab olishda katta rol o'ynadi.

1904-1913 yillar ilk bor musiqa olamiga qadam qo'yish, ustozlarga ergashish, ularga jur bulish davri. Eski maktab, so'ngra madrasada tahsil oldi. Endi uning uchun o'qish, o'rganish, izlanish, davri kelagnda 1913 - yilda otasidan ayrildi.

1913-1914 yillar uy-ro'zg'or ishlariga yordam berish uchun har qanday mexnatdan qo'rqmaslik, xayot maktabini o'tash, katta ustoz musiqachilar davrasiga kirib, mumtoz musiqiy asarlarni diqqat bilan ustoz ijrochilardan tinglab saboq olish, har xil sinovlardan o'tish, o'zbek xalq kuy va qo'shiqlarini dutor bilan chertib, elga xofiz sifatida ham tanilishi, musiqa to'garaklari, maktablarda dars bera boshlagan, musiqa ilmini o'z kasbi qilib tanlagan davriga kiradi.

1918-1923 yillar musiqa ilmini mukammal o'rganish niyatida o'sha davrda Toshkentning eski shaharida, Shayx Xovad Toxur madrasasi ichida ochilgan xalq Konservatoriyasida, nay mutaxassisligi bo'yicha o'qib tugatdi. O'zi kuylar bastalab, o'z sozi va ovozi bilan asta-sekin el og'ziga tushgan, pedagog, mexribon murabbiy sifatida tanilgan davri.

1923-1927 yillar maorif komissariyati topshirig'i bilan Samarqand shahrida ochilgan Pedagogika institutiga musiqa muallimi etib tayinlandi. 1925 yil Samarqand shahrida Respublika bo'yicha birinchi bo'lib ochilgan musiqali drama teatriga musiqachi bo'lib ishga tayinlandi. "Farxod va Shirin", "Arshin mol olon", "Unisi bo'lmasa bunisi", "Layli va Majnun", "Yorqinoy" musiqali drama asarlarga musiqalar tanlab, o'zi ham kuy bastalab sahnalashtirdi, spektakllar qo'ydi, shogirdlar yetishtirdi. 10341939 yillarda Yunus Rajabiy O'zbekistan Davlat Konservatoriyasida, musiqa nazariyasi bo'limida tahsil oldi.

1940- 1941 yillarda Moskva shahrida tashkil etilgan kompozitorlar kursida ta'lim olgan.

Birinchi o'zbek xalq milliy cholg'u asboblari va ashulachilar ansambli tashkilotchisi.

1942-1946 yillarda Yangi-Yo'l musiqali drama teatrida hamda o'zbek xalq cholg'u orkestrida musiqa rahbari.

1949-1976 yillarda Maqomchilar ansamblini tashkil etgan va Badiiy rahbari sifatida o'zi boshqargan.

Bundan tashqari turli sozlarda chalib ko'rsata bila olishi, ularda o'z joyida aynan ustalik bilan foydalana bilishi ustozning odati edi.

Shuning uchun bastakorning rahbarligidagi ansambl ijrosi eng yukori ko'tarinki ro'xda yangragan. Xalqining dardu-alami, xursandchiligi-yu- shodiyonasiga hamoxang bo'la olgan edi. U bir necha sozlar yasovchi ustalar bilan ham muloqatda bo'lgan. O'zbek xalq cholg'u sozlarining turli shakllarini yaratishda bamaslaxat ish olib borib, turli shakllardagi sozlarni ulardan yasab berishlariga buyurtma bergan. O'zbek xalqida qadim zamonlardan beri cholg'u asboblarining turli xillaridan keng qo'llanilgani haqida tarixiy manbaalardan, musiqiy risolalardan va hatto mumtoz shoirlarimizning she'riy asarlaridan ham bilib olishimiz mumkin. Shoirlarimizning tahrifiga sazovor bo'lgan qadimiy cholg'u soz-larining qirqdan ortig'ini uchratishimnz mumkin: arganun, barbat, qonun, rud, ruxafzo, ud, chang, dutor, setor, tanbur, sato, rubob, tor, qobuz, biva, g'ajjak, chagona, shammoma, musnkor, samtur, shaypur, ishtarangez, do'mbira, kungura, sibizg'a, chang-qobuz, taburak, zir, burg'u, sur, kux, nafir-nay, anbon-nay, sarboznay, karnay, surnay, qo'shnay, bo'lamon, nog'ora, daf, qayroq, tabla, safoyil kabi cholg'u asboblarining ko'pi bizning davrimizga yetib kelgan va shularning ba'zilaridan hozirda ham foydalaniladi.

Alisher Navoiy yozadi:

Mayxonada kimki maydan ibo qilg'ay,

Nay uni bir dilkash Navo bila ani rasvo qilg'ay.

G'ijjak Maddi nolasi bila anga yolborur.

Agar kishi may xavosun boshidan chiqarur,

Va chang zorlig' bila bug'zin tortar

Va ud visoning nag'masining targ'ibi changdin ham ortar

Andakim rubob boshin yerga qo'yib niyoz ko'rguzgay

Va qobuz quloq to'tib ayshga targ'ib oxangin tuzgay.

Chun qonun va chag'ona nolasi quloqqa tushgay.

Shu misolning o'zidan ham Navoiy davrida ishlatilgan turli o'zbek milliy cholg'u sozlari nomini bilib olishimiz mumkin.

Asrlar davomida o'zbek xalq cholg'u kuylari, maqom asarlari bir sozandadan ikkinchi sozandaga o'tib kelgani singari, o'zbek xalq cholg'u asboblari va uning yasalishi, taraqqiyot etilish san'ati ham, otadan-o'g'ilga, ustozdan-shogirdga o'tib, to o'zining hozirgi asl nusxasini topib olgunga qadar uzoq tarixiy muddatni o'tagan hozirgi kunimzda ham qo'llanib kelinayotgan: tambur, dutor, singari o'zbek cholg'u asboblarini har birini yakkaxonlik ijroda ham, ansambl, orkestr ijrosida ham har birining aloxida o'rni bor. Yunus Rajabiy tuzgan ansambllarda, orkestrlarda shunday sozlarning yana bir necha xil alt, bas, kontrabas xillari ham ishtirok etgan edi. Hozirda bastakor Uy-muzeyida ham shunday go'zal cholg'u sozlaridan: qonun, ud, g'ijjaki-boburiy, soz, qo'shnay, surnay, nay, rubob, afgon rubobi, sato, tanbur, dutor, setor, doyra, chanqobus, chang, tor, manzur, safoyil, qayroq, karnay, surnay, mandalino, balalayka singari cholg'u sozlari ko'rgazmada bor.

Yunus Rajabiy umr bo'yi o'zbek xalq cholg'u asboblari, ansambllari, orkestrni tuzish va ularga rahbarlik qilishi bilan o'tkazgan ekan, uning o'zi albatta har qaysi cholg'u sozning ijro uslubi, ularning jarangi, nimaga qodirligi, qaysi cholg'udan qay o'rinda-yu qay tarzda foydalana bilishi kerakligini juda yaxshi bilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. R.Yunusov. "Faxriddin Sodiqov". Toshkent-2005 y.

2. O.Matyoqubov. "Maqomot" Toshkent-2004 y.

3. K.Avaz. "Olis oxanglar". Toshkent - 1997 y.

4. Y.Norbutaev maqolasi "Milliy sozning yangi sadosi" Toshkent - 2006 y.

5. B.Mirpayazov maqolasi "San'at yo'li" jurnali. Toshkent -2007 y.

6. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

7. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

8. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. (2021). A look at samples of uzbek folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 9-14.

9. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

10. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

11. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

12. Talaboyev, A. (2021). Skill Improving Ways in Traditional Song Performing. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 12-17.

13. Талабоев, А. Н. (2019). Узбек миллий анъанавий ижрочилик санъатида махаллий услублар. Перекрёсток культуры, 1(4).

14. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

15. Талабоев, А. (2019). Маком санъатида сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 25-28.

16. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. (2020). SONG PERFORMING IN TRADITIONAL PERFORMING ARTS: PAST AND PRESENT TIM. European Journal of Arts, (1), 85-88.

17. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

18. Ахмедов, Р. (2020). Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар. Oriental Art and Culture, (I (2)), 5-9.

19. Shermatova, X. (2021). A LOOK AT THE MUSIC EDUCATION IN SCHOOLS: FORMS AND METHODS OF MUSIC EDUCATION. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 253-258.

20. Shermatova, X. (2020). MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, (V).

21. Шерматова, Х. К. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ МОЛОДЁЖИ. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 117-119.

22. ШЕРМАТОВА, Х. К. (2015). Народная музыка как средство музыкально-эстетического воспитания школьников. In Юность и Знания-Гарантия Успеха-2015 (pp. 318-316).

23. Мад, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН ХАЛК АРТИСТИ ТАМАРА ХОНИМНИНГ СОБИК ИТТИФОК ДАВРИДА САНЪАТДАГИ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИ. Oriental Art and Culture, (7), 160-170.

24. Мадолимов, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН САНЪАТКОРЛАРИНИНГ УЛУЕ ВАТАН УРУШИДА ФРОНТ ВА ФРОНТ ОРТИДА ЕАЛАБАГА КУШГАН ХИССАСИ (19411945 ЙИЛЛАР). Oriental Art and Culture, (7), 144-151.

25. Kurbonova, M. (2021). The importance of folklore in the upbringing of a harmoniously developed generation. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1750-1758.

26. Курбонова, М. (2021). Аёллар санъати: кеча ва бугун. Oriental art and culture, 2(3), 62-75.

27. Qurbonova, M. (2020). OTET EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, (V).

28. Tursunov, B. (2021). Doira as a National Musical Instrument. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 50-54.

29. Турсунов, Б. (2020). ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, (V).

30. Исмаилова, М. М. (2020). ОДИН ИЗ ВАЖНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В УЗБЕКСКОМ МУЗЫКЕ: ДУТОР. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 113-115.

31. Ismoilova, M. (2020). CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH. Oriental Art and Culture, (V).

32. Mamatov, J. (2020). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI. Oriental Art and Culture, (V).

33. Mamatov, J. (2021). Directing in the Training of Art Professionals. International Journal of Culture and Modernity, 11, 90-96.

34. Madaminov, S., Mamatov, J., & Siddikov, S. (2020). A look at the history of uzbek maqom art. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1144-1151.

35. Jurayev, I. (2021). A LOOK AT THE LIFE PATH OF FATTOKHON MAMADALIEV. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 54-59.

36. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. An International Multidisciplinary Research Journal. An International Multidisciplinary Research Journal.

37. Yunusov, G. X., Juraev, I., & Ahmedov, R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

38. Ahmedov, R. (2021). SAN'ATGA BAXSHIDA UMR. Oriental Art and Culture, 2(4), 50-56.

39. Ahmedov, R. (2021). Murodjon Ahmedov-Fergana Valleys Singer. International Journal of Culture and Modernity, 11, 412-418.

40. Talaboyev, A. N. (2021). MAQOM SAN'ATI. MAQOM SAN'ATINI O'RGANISHDA VA UNI YOSH IJROCHILARGA O'RGATISHDA ETIBOR QARATILISHI LOZIM BO'LGAN JIHATLAR. Oriental Art and Culture, 2(4), 149155.

41. Talaboyev, A. N. (2021). Methods of Effective use of Teacher-Discipleship Traditions in Learning the Art of Makom. International Journal of Culture and Modernity, 11, 389-393.

42. Ismailova, M. (2021). SHOGIRDLARI QALBIDAN CHUQUR JOY OLGAN USTOZ YULDASHEV AHMADJON MIRZAEVICH. Oriental Art and Culture, 2(4), 27-33.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.