Научная статья на тему 'YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA XALQ MUSIQA AN’ANALARINING O‘RNI'

YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA XALQ MUSIQA AN’ANALARINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
346
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
An’ana / urf-odat / milliy musiqiy pedagogika / xalq qo‘shiqchilik an’analari / musiqaning ta’sir kuchi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Toshpo’lat Akbarov

Maqola yoshlarga xalq musiqa an’analari va ular haqidagi to‘laqonli tasavvur, bilim, malakalar berish asosida kelajak avlod ma’naviyatini shakllantirish masalalariga qaratilgan bo‘lib, unda xalq musiqa an’analari va o‘zbek xalq musiqiy pedagogikasining o‘zaro uzviy mohiyatiga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA XALQ MUSIQA AN’ANALARINING O‘RNI»

YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA XALQ MUSIQA AN'ANALARINING

O'RNI

Toshpo'lat Akbarov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Maqola yoshlarga xalq musiqa an'analari va ular haqidagi to'laqonli tasavvur, bilim, malakalar berish asosida kelajak avlod ma'naviyatini shakllantirish masalalariga qaratilgan bo'lib, unda xalq musiqa an'analari va o'zbek xalq musiqiy pedagogikasining o'zaro uzviy mohiyatiga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: An'ana, urf-odat, milliy musiqiy pedagogika, xalq qo'shiqchilik an'analari, musiqaning ta'sir kuchi.

THE ROLE OF FOLK MUSIC TRADITIONS IN EDUCATING THE YOUNG

GENERATION

Toshpolat Akbarov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article focuses on the formation of the spirituality of the next generation on the basis of folk music traditions and giving them a full picture, knowledge, skills, in which the interaction of folk music traditions and Uzbek folk music pedagogy attention is paid to the organic essence.

Keywords: Traditions, customs, national music pedagogy, folk singing traditions, the power of music.

Ma'naviyat masalasi ijtimoiy hayotimizning eng asosiy masalalaridan biriga aylanib borayotgan hozirgi davrda xalq an'analari, urf-odatlarining nafaqat tiklanishi, balki yosh avlodni milliy an'analarimiz ruhida tarbiyalash vositasiga aylanishi o'z yechimini topayotgan vazifalardandir.

O'sib kelayotgan yosh avlodni milliy an'analar va urf-odatlar vositasida tarbiyalash masalasi o'zbek milliy pedagogikasida o'z ifodasini topgan.

Urf-odat esa an'anadan farqli o'laroq insonlarning ma'lum holatda xalq tomonidan qabul qilingan qonun-qoidalarga qay darajada amal qilishi bilan belgilanadi. Keksa kishilarga izzat-hurmat ko'rsatish, kattalarning so'zini bo'lmaslik, mehmonni el-yurt orasida qabul qilingan tartibda kutish, to'y-marosimlarni shu hududda qabul qilingan taomillar asosida o'tkazish kabi qator go'zal urf-odatlarimiz xalqimizni dunyoga tanitgan.

Qadimda Navro'z bayramida musiqa asosiy ikki funksiyani bajargan: bayramning umumiy fonida ijro etiladigan musiqa va Navro'zning maxsus urflari va harakatlarini o'tkazish uchun ijro etiladigan musiqa. Bunga ataylab kasbiy musiqachilar kuylar bastalaganlar. Sosoniylardan bo'lgan Xusrov 11 Parvizning saroy musiqachisi - mashhur Barbod Navro'z mavzuiga atab bir qancha alohida kuylar yaratgan degan taxminlar bor: "Badi Navro'z", "Sozi Navro'z", "Nozi Navro'z" va boshqalar VI-VII asrlar musiqa madaniyatida keng tarqalgan.

Xalq donishmandligining va odobnomasining bu nodir sohasi ijtimoiy va maishiy axloqiy hayotning barcha tomonlarini - xalq og'zaki ijodi, udumlari va marosimlari, diniy-axloqiy ta'limotini o'zida jo qilgan. Dostonlar, ertaklar, mehnat-mavsum marosim qo'shiqlari, asotirlar, naqllar, rivoyatlar, afsonalar, maqollar, hikmatlar, qayrovi so'zlar, topishmoqlar, erkalamalar, ovutmachoqlar, yalinchoqlar, guldur-guplar, sanamalar, o'yin-kulgilar bilan bog'liq lapar, aytishuv, o'lan, termalar, bolalar qo'shiqlari, ramazon, boychechak, yomg'ir, quyosh, yulduz suv aytimlari, tegishmachoqlar, "Navro'z", "Mehrjon", bahor, kuz, qish, yoz aytim-qo'shiq ashulalari, dehqonchilik, chorvadorlik, kasb-hunarmandchilik bilan bog'liq nasriy va nazmiy asarlar xalq musiqa pedagogikasining asosini tashkil etadi. Xalq pedagogikasining tarkibiy qismi bo'lib asrlar davomida yashab kelgan musiqiy pedagogika ajdod-avlodlarning axloqiy, ma'rifiy shakllanishi va kamolotida, jismoniy barkamolligida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Uning ta'sir kuchi, ahamiyati boisi nimada?

- uning hayotiyligi, serqirra, serma'noligi;

- bevosita xalq tomonidan mavjud hayot jarayonida, jonli an'analarda yaratilishi, yashashi, inson muammolarini qamrab olishi, tarbiyaning eng dolzarb masalalari yechimini hal etishga qaratilganligi;

- umuminsoniy yo'nalishga, umumbashariy g'oya-maqsadlarga qaratilgan bo'lganligidir.

Shu bois boshqa xalq musiqa pedagogikasi avlodlar tarbiyasining ajralmas qismi sifatida hech qachon o'z ahamiyatini yo'qotmagan.

Xalq qo'shiqlarini to'plash va uning xilma-xil variantlarini yozib olish bo'yicha yirik hajmdagi bir qator ishlar qilingan. Xususan, folklorshunos olimlar V.A.Uspenskiy, N.Mironov, E.Romanovskaya, I.Akbarov, Y.Rajabiy, M.Yusupov, F.Karomatov va boshqalar xalqimizning musiqiy me'rosini to'plashga salmoqli hissalarini qo'shganlar.

O'zbek xalq an'analari va undan yoshdar tarbiyasida foydalanish masalalariga pedagog olimlardan S.Temurova, O.To'raeva, Z.Mirtursunov, M.Ochilov, O.Musurmonova va boshqalar ilmiy oydinlik kiritganlar.

218

http://oac.dsmi-qf.uz/

Xalq qo'shiqlaridan tarbiya manbai sifatida foydalanish muammolari bilan A.Hasanov, H.Nurmatov, S.Habibullayeva, F.To'rayev, R.Tursunov va boshqalar shug'ullanganlar.

Qo'shiqlar musiqa merosimizda muhim o'rin tutib kelgan. Faqat to'yda va azadagina emas, balki hayotning har sohasida qo'shiq insonga ruhiy madad, hamdard va hamroh bo'lib kelgan. Qo'shiqlar xalq an'analari, urf-odatlari bilan chambarchas bog'lanib ketadi va ularga fayz kiritadi ("Yop-yor", "O'lan", "Lapar", "Lirik terma", "Alla", "Kelin salom", "Bayt-g'azal", "Xush kelibsiz", "Yig'i"). Qadimiy adabiy manbalardan bo'lib hisoblanadigan Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'atit turk" asarida adabiy termin sifatida "Qoshug'" shaklida izoh beriladi va u mazmunan she'r, qasida deb ta'riflanadi. Qo'shiq ijro etuvchilarni ham janr turiga qarab har xil nom bilan atalishi ma'lum: qo'shiqchi, go'yandi, ashulakash, laparchi, yallachi, o'lanchi va h.k.

Yosh avlodga milliy ruh bag'ishlaydigan bunday ulkan ma'naviy me'rosimizning salmoqli bir bo'lagini tashkil etuvchi xalq qo'shiqchiligining ham o'ziga xos an'analari bor. Ular, birinchi navbatda, kuylash uslublari va xalq qo'shiqchiligining janr xilma-xilligi bilan belgilanadi. Mavjud qo'shiqlarni odatda folklorshunos olimlar to'rtta yirik guruhga ajratishadi (mehnat qo'shiqlari, mavsum-marosim va urf-odat qo'shiqlari, lirik qo'shiqlar va termalar). Bu janrlarga mansub qo'shiqlar xalq milliy ohanglari asosida milliy bezaklar (nola, qochirim, xonish, nolish, salmoq, titratma, forshlag) bilan kuylanishi milliy bo'yoq, milliy kolorit beradi va qo'shiqchilik an'analariga xos milliylik birinchi navbatda shu mezonga asoslanadi. Milliy an'analar ruhida musiqiy tarbiyalash masalasi ham ushbu manbalar zamiridan kelib chiqadi.

Milliy an'analar ruhida tarbiyalash - har qanday narsani idrok qilish qonun-qoidalaridan kelib chiqqan holda quyidagi to'rt jihatini o'zida mujassamlantiradi:

- xalq qo'shiqchiligiga xos bo'lgan xususiyatlar haqida tushunchaga va bilimga ega bo'lish;

- bu xususiyatlarni o'z hissiyotidan o'tkazib ko'rish, ularni o'z ruhiyatiga singdirib borish;

- bu xususiyatlarni egallab, o'zlashtirishga harakat qilish, undan hayot amaliyotida foydalanish;

- milliy xususiyatlarni qadrlash, saqlab, avaylash, asrab qolish, uni boyitishga harakat qilish.

Odat va an'analar bir-birisiz mavjud bo'lishi mumkin emas. Ayni paytda ulardan har birining o'z xususiyati va qonuniyatlari bor.

Musiqa olamida odatlarning turlari ko'p bo'lib, ular-oddiy stereotip tarzida qaytariluvchi harakatlarni o'z ichiga oladi va xatto, avtomat tarzda shakllanib, takrorlanadi. Odatga ko'ra, qo'shiq kuylashdan oldin ovoz apparatlarini ishchi

holatga keltirish uchun ovoz sozlash mashqlari olib boriladi. Bu mashqlar ko'p marotaba qaytarilib, kuylovchiga shu darajada yod bo'lib ketadiki, ular o'z-o'zidan o'ylanmasdan qaytariladi.

Qo'shiqchilik malakalari ana shunday ko'plab elementlarni odat tusiga kiritish orqali yuzaga keladi. Shunday xususiyatlardan biri unli tovushlarni shakllantirishdan iboratdir. Xalq qo'shiqlarini kuylash uslubida unlilar o'ziga xos bir oz ochiqroq tarzda kuylanadi. Yoshlarni tayyorlashda xalq qo'shiqlarini pardali qilib, madaniylashtirib kuylashga o'rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, "a", "e", "i", "o", "u", "o'" harflarining talaffuzi ustida tinmay ish olib borish natijasida ularga unli harflarni to'g'ri, madaniyatli qilib kuylash malakalarini singdirish mumkin bo'ladi

An'analar, shu jumladan, xalq qo'shiqchiligiga xos bo'lgan ayrim urf-odat va an'analariga to'xtalar ekanmiz, biz ularning kelajak avlod ma'naviyatini shakllanishidagi ahamiyati nuqtayi nazaridan quyidagi xulosalar qilish imkoniga ega bo'ldik:

- milliy an'analar ruhi inson kamolotida muhim o'rin egallaydi va u bolalikdan boshlab singdirilishi muhimdir;

- o'zbek xalq an'analari va musiqa san'ati, xususan, qo'shiqchilik bilan bevosita bog'liq bo'lgan an'analari yoshlarni milliy ruhda tarbiyalashning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi;

- milliy qo'shiqchilik an'analari ota-bobolarimizdan meros bo'lib qolgan o'zbekona yuksak insonparvarlik, do'stlarga sadoqat, Vatanga muhabbat, mehnatga to'g'ri munosabat hamda o'z oriyati, nomusi va vijdonini pokiza saqlash kabi axloqiy xususiyatlarini shakllantirishning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil yakunlari va 2017-yil istiqbollariga bag'ishlangan majlisidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. Xalq so'zi gazetasi. 2017- yil 16-yanvar, №11.

2. Nomoddiy madaniy meros bo'yicha me'yoriy hujjatlar, - T., 2012-y, 2-modda, 1-banddan.

3. Mahmud Qoshg'ariy. Devonu lug'atit turk. - T.: 1-tom.1999.357.

4. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

5. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND

I fccllS^^^HI 220 http://oac.dsmi-qf.uz/

IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

6. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. (2021). A look at samples of uzbek folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 9-14.

7. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

8. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

9. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

10. Talaboyev, A. (2021). Skill Improving Ways in Traditional Song Performing. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 12-17.

11. Талабоев, А. Н. (2019). Узбек миллий анъанавий ижрочилик санъатида махаллий услублар. Перекрёсток культуры, 1(4).

12. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

13. Талабоев, А. (2019). Маком санъатида сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 25-28.

14. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. (2020). SONG PERFORMING IN TRADITIONAL PERFORMING ARTS: PAST AND PRESENT TIM. European Journal of Arts, (1), 85-88.

15. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

16. Ахмедов, Р. (2020). Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар. Oriental Art and Culture, (I (2)), 5-9.

17. Shermatova, X. (2021). A LOOK AT THE MUSIC EDUCATION IN SCHOOLS: FORMS AND METHODS OF MUSIC EDUCATION. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 253-258.

18. Shermatova, X. (2020). MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, (V).

19. Шерматова, Х. К. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ МОЛОДЁЖИ. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 117-119.

I ГсОТ^^^^Н 221 http://oac.dsmi-qf.uz/

20. ШЕРМАТОВА, Х. К. (2015). Народная музыка как средство музыкально-эстетического воспитания школьников. In Юность и Знания-Гарантия Успеха-2015 (pp. 318-316).

21. Мад, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН ХАЛК АРТИСТИ ТАМАРА ХОНИМНИНГ СОБИК ИТТИФОК ДАВРИДА САНЪАТДАГИ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИ. Oriental Art and Culture, (7), 160-170.

22. Мадолимов, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН САНЪАТКОРЛАРИНИНГ УЛУЕ ВАТАН УРУШИДА ФРОНТ ВА ФРОНТ ОРТИДА ЕАЛАБАГА КУШГАН ^ИССАСИ (19411945 ЙИЛЛАР). Oriental Art and Culture, (7), 144151.

23. Kurbonova, M. (2021). The importance of folklore in the upbringing of a harmoniously developed generation. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1750-1758.

24. Курбонова, М. (2021). Аёллар санъати: кеча ва бугун. Oriental art and culture, 2(3), 62-75.

25. Qurbonova, M. (2020). СНЕТ EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, (V).

26. Tursunov, B. (2021). Doira as a National Musical Instrument. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 50-54.

27. Турсунов, Б. (2020). ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, (V).

28. Исмаилова, М. М. (2020). ОДИН ИЗ ВАЖНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В УЗБЕКСКОМ МУЗЫКЕ: ДУТОР. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 113-115.

29. Ismoilova, M. (2020). CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH. Oriental Art and Culture, (V).

30. Mamatov, J. (2020). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI. Oriental Art and Culture, (V).

31. Mamatov, J. (2021). Directing in the Training of Art Professionals. International Journal of Culture and Modernity, 11, 90-96.

32. Madaminov, S., Mamatov, J., & Siddikov, S. (2020). A look at the history of uzbek maqom art. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1144-1151.

33. Jurayev, I. (2021). A LOOK AT THE LIFE PATH OF FATTOKHON MAMADALIEV. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 54-59.

222

http://oac.dsmi-qf.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.