MUNIS XORAZMIY DUNYOQARASHIDA NAVOIY IJODINING O'RNI
Sapaev G'ulomjon Baxtiyarovich
O 'zR Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi o'qituvchisi, (UrDU
mustaqil izlanuvchisi) g.sapaev@dba. uz
Annotatsiya: Ushbu maqolada XVIII-XIX asrlarda Xorazmda yashab ijod etgan ma'rifatparvar olim, o'z davrining etuk shoiri va tarixchisi Munis Xorazmiyning dunyoqarashiga buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodining ta'siri atroflicha tahlil qilingan. Unda Munisning ijtimoiy-ma'rifiy qarashlarida Navoiyning gumanistik g'oyalari, Navoiy asarlarida ko'tarib chiqilgan ijtimoiy-siyosiy va axloqiy mavzularning roli katta bo'lganligi yoritilgan. Ayniqsa, Munis Navoiyning gumanistik va ijtimoiy masalalarga bag'ishlangan g'azallaridan ilhomlanib, salmoqli ijod qilganligi, go'zal she'rlar yozganligi ifodalangan.
SHuningdek, maqolada Munisning ijodining g'oyaviy ildizlari Navoiy asarlariga va unda ko'tarilgan mavzularga borib taqalishi, shu nuqati nazardan Munis Navoiyni o'ziga ustoz deb bilganligini, shoirning qo'lyozma asarlari orqali ilmiy jihatdan tushuntirilgan. Ayniqsa, ikkala shoirning ham ijtimoiy mazmundagi g'azallarida deyarli bir xil mavzular ko'tarilganligi, bu esa Navoiy aynan Munisning aytmoqchi bo'lgan dardli fikrlarini bayon etib ketganligiga hamda Munis o'z zamonasida ijtimoiy-maishiy masalalarni zo'r mahorat bilan yoritganligiga katta urg'u berilgan. Zero, bu ikkala mutafakkir zamonasining odamlar turmushi, o'zaro munosabati, ijtimoiy-siyosiy hayot va shafqatsiz tuzum deyarli o'xshash edi.
Maqolada Munis ijodiga Navoiyning ta'siri, Munisning ustoziga bag'ishlab yozgan muxammaslari va fikrlaridan iqtiboslar keltirilib, xulosalar berilgan.
Kalit so'zlar(8-12 so'z): g'oya, manba, dunyoqarash, ustoz, ijod, g'azal, muxammas, shoir, Navoiy, gumanizm, vatanparvarlik, adolat.
Abstract: This article provides a detailed analysis of the influence of the works of the great thinker Alisher Navoi on the worldview of Munis Khorezmi, an enlightened scientist, a mature poet and historian of his time, who lived and worked in Khorezm in the XVIII-XIX centuries. It highlights the role of Navoi's humanistic ideas and the socio-political and moral themes raised in his works in the socio-enlightenment views of Munis. In particular, it is said that Munis was inspired by Navoi's poems on humanistic and social issues and wrote beautiful poems.
Likewise, the article explains that the ideological roots of Munis's work based on Navoi's works and the issues covered in them, and then, it is scientifically explained that Munis considered Navoi to be his mentor through the poet's works. In
particular, the poems of both poets on social issues almost the same topics are covered, which emphasizes that Navoi expressed the painful thoughts of Munis wanted to express, and that Munis in his time skillfully covered social issues. Because the lives, interactions, socio-political life, and brutal regime of the time of these two thinkers of were almost identical.
In this article, the influence of Navoi's work on Munis's works are quoted and given conclusions from his muhammases and thoughts dedicated to Munis's teacher.
Key words: idea, source, world outlook, teacher, creative work, gazal, muhammas, poet, Navoi, humanism, patriotism, justice.
KIRISH
Ma'lumki, Markaziy Osiyo hududidan jahon ilm-fani rivojiga boy ilmiy merosi bilan katta hissa qo'shgan ko'plab allloma-yu mutafakkirlar etishib chiqqan. O'rta asr SHarq klassik she'riyatining buyuk namoyondalari bo'lgan Ahmad YAssaviy, Bahouddin Naqshband, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur, Bedil, Fuzuliy singari allomalarning ijodi nafaqat o'z davri uchun, balki keyingi davr jamiyat tafakkuri rivojida ham muhim rol o'ynagan.
Ayniqsa, Alisher Navoiy ijodining o'rni nihoyatda katta bo'lib, shoirning asarlari ko'pgina Markaziy Osiyoning ma'rifatparvar olimlari dunyoqarashiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, jumladan, XVIII-XIX asr xorazmlik ma'rifatparvar shoir Munis Xorazmiy (1778-1829) ijodida ushbu ta'sirni kuzatamiz. Munis XIX asr Xorazm adabiyotida ma'rifatparvarlik yo'nilishining asoschisi bo'lib, o'zidan boy ilmiy meros qoldirgan.
Darhaqiqat, ushbu ma'rifatparvarlik yo'nalishining shakllanishida Navoiydek allomalarning ijodi va g'oyalari muhim rol o'ynagan. Tadqiqotchi olim T.Ahmedov aytganidek, Munis o'zining she'riyatida keng shuhrat topishga sharq klassik adabiyotining eng porloq yulduzlari: ulug' azarbayjon shoiri Nizomiy, Jomiy, Husrav Dehlaviy, Ansoriy, Hofiz SHeroziy, Attor, Firdavsiy, Hoqoniy, Anvariy, Sa'diy, Iroqiy, Bedil ijodlarini chuqur o'rganib, ulardan cheksiz bahrimand bo'lishi tufayli ekanligini o'z g'azallaridan birida g'urur bilan bayon etadi. [1]
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Adabiyotlar tahlili: Biz tadqiqot olib borgan ushbu mavzu Munis qalamiga mansub "Munis ul-ushshoq" (O'zR. FA SHI qo'lyozmalar fondi. Inv. № 940.) qo'lyozma asari va tadqiqotchi olim YU.YUsupov tomonidan to'planib, nashrga tayyorlangan Munisning "Saylanma" she'riy to'plami (Toshkent. "Adabiyot va san'at" nashr., 1980y.)dan keng foydalanildi.
SHuningdek, Munis dunyoqarashiga Navoiy ijodining ta'siri, ayrim olimlarning asarlari qiyosiy tahlil qilgan holda o'rganildi. Xususan, tadqitqotchi NJumaevning "Munis g'azaliyoti" (Toshkent. "Adabiyot va san'at" nashr., 1991 y.), T.Ahmedovning "Munis" (Toshkent. "FAN" nashriyoti, 1980 y.), Alisher Navoiyning 15 tomlik asarlari (IV tom. Toshkent. Badiiy adabiyot nashr, 1965 y.) o'rganildi, olimlar fikrlari tahlil qilindi, g'azallardan iqtiboslar keltirilib mazmun va uslubiy jihatdan qiyosiy tahlil qilindi.
Ushbu manbalarda ikkala shoirning ham g'azallarida bir xil ijtimoiy-ma'rifiy, siyosiy va axloqiy mavzularning ko'tarib chiqilganligini ko'rish mumkin. Bu esa Munis o'z asarlarini yaratishda Navoiy g'azallaridan ilhom olib, she'riyatida ijtimoiy va gumanistik fikrlarini kengroq ifoda etgan bo'lsa ajabmas.
Metod va yondashuvlar: Mazkur mavzu yoritashda Munisning tarixiy qo'lyozma manbalari va g'azallaridan foydalangan holda tarixiylik, mantiqiylik, qiyosiy tahlil, umumlashtirish, ob'ektiv yondashuv va umuminsoniylik metodlaridan foydalanildi.
Maqolani yoritishda asosan, mutafakkirning ijtimoiy-siyosiy, ma'rifiy va gumanistik fikrlari aks etgan qo'lyozma va she'riy asarlari falsafiy jihatdan o'rganildi, shoirning ijtimoiy-siyosiy va ma'rifiy qarashlari bo'yicha tadqiqot olib borgan N.Jumaev, T.Axmedov va YU.YUsupovlar ilmiy izlanishlari qiyosiy tahlil qilinib, Munisning Navoiy ijodiga yaqin she'rlari kompleks yoritilgan.
Bundan tashqari Munis dunyoqarashiga Navoiy ijodiga ta'siri ikkala shior asarlari dalil sifatida keltirilib, she'rlarida ko'tarib chiqilgan mavzular va ularning ifodalanishi qiyosiy tahlil qilinadi, xulosa yasaladi.
NATIJALAR
Munis ijodiga o'rta asr SHarq allomalari, xususan Navoiy g'oyalarining ta'sirini uning "Manga" nomli g'azalida yaqqol quramiz.
Qilsa hosid dahli bejo, so Z aro yo 'qtur g 'amim,
Kim bu ma 'nida Navoiy ruhi homiydur manga. [2]
Munis bu g'azalida jahonga mashhur ko'plab shoirlarning nomlarini keltirgan bo'lib, ular ichida buyuk Navoiy ijodidan juda ko'p narsalar o'rganganini, yangi g'oyalar yaratishga yordam berganligini ta'kidlaydi, hatto ustoz va o'ziga homiy deb biladi:
So Z ichra Navoiy jahongirdurur,
Munisga maoni yo 'lida pirdurur. [3]
Darhaqiqat, Munis boshqalardan ko'ra Navoiyni o'ziga yaqin ustoz deb biladi va ijodining muhim g'oyaviy ildizlari Navoiy ijodiga borib taqaladi.
Navoiy va Munis ijodi bir-biriga shunchalik yaqinki, hatto ba'zi asarlari bir-biriga o'xshab ham ketadi. Bizningcha, ulug' shoir, she'riyat mulkining sultoni Navoiyning hayotga va jamiyatga bo'lgan munosabati, insoniyatga muhabbati, ijodidagi gumanistik qarashlar Munisda katta taassurot qoldirganligi, Munis Navoiyga ergashganligi, uning g'oyalarini rivojlantiruvchi shoir ekanligining dalilidir.
Munis ijodiga Navoiyning nafaqat gumanistik qarashlari, balki ijtimoiy-siyosiy g'oyalari ham katta ta'sir ko'rsatgan. Masalan, Munisning siyosiy qarashlarini asosan adolat va odil hukmdor g'oyasi tashkil qilib, Navoiyning ham siyosiy qarashlarida adolatparvarlik g'oyalari, odil shoh va amaldorlar asosiy qahramonlar hisoblanadi. Boshqacha aytganda, ikkala shoir siyosiy qarashlarida adolatli jamiyat va ma'rifatparvar shoh uchun kurash g'oyasini ko'rish mumkin. Qayu mulkkim shohi odildurur, Anga barcha el ko'ngli moyildurur. [4]
Munisning Navoiyga ixlosi, ijodiga mehri va o'ziga yaqin ustoz deb hisoblaganini, uning 19 ta muxammasidan 10 tasi Navoiy g'azallariga bag'ishlanganligidan ham ko'rishimiz mumkin:
Borib xiromi g'ami birla donishu farhang, Bukuldi qad chekibon za'f ul sifatkim chang, Vasiyat elga qilur bo 'yla Munisi diltang, Navoiydek qadidin qilsam o'lgali ohang, Biyik maqom topib yasangiz mazor manga. [5]
Demak, ushbu satrlar Munisning Navoiyga mehri va ijodiga ixlosi baland bo'lganini anglatadi. Buning sabablaridan yana biri Navoiy gumanizmi, ma'naviy merosidagi inson baxti-kamoloti uchun kurash, ilgari surilgan adolat va ma'rifatparvarlik g'oyalarining Munis gumanistik pozitsiyasiga to'la mos kelishidir. Bo 'lub Munis muyassar yor ila bir erda o'lturmoq, Navozishlar ko 'rub, komish topib har lahza afchunroq, Ichib sog 'ar ayoqig 'a tushub ul nav'kim tufroq, Onikim eltgay vasl uyqusi ishrat tuni mundoq, Navoiydek netar to subhi mahshar tarki xob aylab. [6]
Munis ustozi Navoiy izidan borib, Navoiy singari ijtimoiy-siyosiy mazmundagi asarlarida davrning dolzarb masalalarini yoritishga harakat qiladi. Munis asarlari ichida ayrim hukmron sinf vakillarining xalq manfaatlariga zid ishlari, adolatsiz munosabatlarini fosh etuvchi, xon va shaxzodalar o'rtasidagi ziddiyatlar, qonli to'qnashuvlarni qoralovchi, mamlakatda yuz berayotgan o'zaro urushlar va
ocharchilikning ayanchli manzaralarini ifodalovchi she'rlari anchagina. Masalan , "Xos o'lub jon ahlig'a" radifli g'azalida buni yaqqol ko'rishimiz mumkin: Xos o 'lib joh ahlig'a in 'oim sohib tojlar, Zulmi omidin berib jon non uchun muhtojlar... Ahli donishlar to 'sharga buryoe topmayin, Xayli nodonlar solib masnad uza debojlar. [7]
Darhaqiqat, Munis xonlik tuzumidagi tengsizlik, nohaqlik, begunoh insonlar qoni to'kilayotganligining guvohi bo'lib, zamonasidan shikoyat qiladi. Bunday mavzularni Navoiy fikrlarining davomi sifatida "Ey falak" she'rida shunday ifodalaydi:
Ey falak, muncha nedur aylamak izhori sitam, Urubon har nafas el bag 'riga yuz nishtari g 'am. YOg'durub ahli vafo boshig'a ofat toshin, Ko 'p jafo birla vafo rasmini urding barham. [8] Munis Navoiy g'azallariga muxammaslar bitish orqali chiqqan masala va maqsadlarni o'zi yashagan davr kishilariga, zamonasining odamlarini oliyjanob insoniy fazilatlar asosida qilib oladi.
Kofir ko'zungning xizmatin ixlos ila qilmish ajal, Xanjar mijangdin aylabon el bag 'rini tilmish ajal, Qotillig'ingni, ey pari paykar, magar bilmish ajal, G 'amzangdin o'lturmak ishin ta 'lim ola kelmish ajal, Bu nav' ustod o 'lsa, ul oz chog 'da mohir bo 'lg 'usi. [9] Ustozining an'analarini yangicha shaklda davom ettirgan va undan ma'naviy oziq olgan Munis adob-axloqga oid mavzularda salmoqli asarlar yozadi. G'azallarida insonlar o'rtasidagi munosabatlarni, ayrim kishilarning yaramas odatlari va illatlarini Navoiy singari fosh etadi. Masalan, Navoiy bir g'azalida shunday yozadi: YAxshilig' gar qilmasa, dog 'i yomonlig' qilmasa, Kim yomonlig' qilmasa, qilg'oncha bordiryaxshilig'. [10] Munisning ham shunga o'xshash she'rini eslaymiz:
Zamon ahlig'a qilsangyaxshilig', ko 'z tutyamonlig'lar, SHajar shoxiga tosh otmoqqadur bermak samar bois. [11] YOki:
YAxshilarg 'a etib anvoi hazan qahringdin,
Kim yomon ersa alar zaxmig 'a qilding marham. [12]
ulug' shoir ko'tarib jamiyatga etkazishni, tarbiyalashni maqsad
Munis mohir hattot bo'lib, Navoiyning «Mezon ul-avzon» (1794), «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» (1797) asarlarini kitobat qilganligi ham shoir dunyoqarashiga ta'sir qilmasdan qolmagan. SHu o'rinda ta'kidlash joizki, ushbu asarlarni oldingi ayrim hattotlar yo'l qo'ygan xatolarni tuzatib, savodli ko'chirgan, bu uning Navoiy tilini va fikrlarini yaxshi o'zlashtirganidan dalolat beradi.
Navoiy dunyoqarashida ko'tarilgan mavzular va g'oyalar Munis ma'naviy merosining ham diqqat markazida turadi. Masalan, Munis dunyoqarashidagi vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik, ma'rifatparvarlik, saxiylik, haqiqat va adolat, mardlik va oliyjanoblik, to'g'rilik va halollik kabi gumanistik g'oyalar Navoiy ijodining ham asosini tashkil qiladi.
Munis muxammaslarining ko'pchiligi ustozi Navoyiga bag'ishlangan bo'lib, Navoiy Munis uchun har jihatdan mezon vazifasini o'tagan. SHuning uchun bo'lsa kerak, tadqiqotchi olim T.Ahmedov aytganidek, "Munisning Navoiyga bog'ishlagan muxammaslari anchagina muvaffaqiyatli chiqqan." [13]
YAna bir jihatni aytish kerakki, Munis va Navoiyning hayot va ijodiy yo'llari kisman o'xshashdir. YA'ni, Munis ham Navoiy singari saroyda ijod qilgan va u erning hayoti bilan yaqindan tanish bo'lgan, xalqning og'ir ijtimoiy ahvolidan xabardor va buni amaldorlar hayoti bilan solishtirishga imkoni bo'lgan. U Navoiydek katta lavozimda uzoq vaqt bo'lmagan bo'lsada, xon saroyida bir muncha muddat amaldor bo'lib faoliyat yuritgan. Ijtimoiy kelib chiqishi jihatidan ham ikkala shoir amaldorlar xonadonidan edi. SHuning uchun, bu ikkala ma'rifatparvar mutafakkir ijodida ijtimoiy adolat, odil shoh, xalqparvarlik kabi g'oyalar asosiy mavzulardan biri bo'lgan bo'lsa, ajabmas.
YUqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, Navoiy ijodi va ma'naviy merosi Munis Xorazmiy dunyoqarishining shakllanishi va g'oyalarining rivojlanishida katta o'rin tutgan. Ikkinchidan, Munis o'z ijodida ko'tarilgan mavzularni Navoiy ma'naviy merosidan olgan holda ko'tarib chiqdi va uni o'z davriga moslab yanada rivojlantirdi. Qolaversa, yangi g'oya va fikrlarning shakllanishi, rivojlanishida Navoiy ijodidan ilhomlangan. SHu o'rinda biz M.Rahimning "Alisher Navoiydan keyingi Xorazm shoirlari uning ijod sarchashmasidan fayziyob bo'lganlaridek, ulug' shoir ham o'zidan oldingi Xorazm adabiy muhitidan, uning ilg'or shoirlari ijodidan ma'naviy oziq olgandir. Navoiy
MUHOKAMA
XULOSA
shunday ulkan ma'naviy meros ustida qad ko'targan cho'qqidir", [14] degan fikriga qo'shilamiz.
Umuman, Navoiy o'zbek adabiyoti tarixida o'zidan keyingi shoirlar ijodiga katta ta'sir ko'rsatib, Munis kabi ma'rifatparvar shoirlarning dunyoqarashi uchun g'oyaviy zamin bo'lib xizmat qildi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. T.Ahmedov. Munis. - T.: "FAN" nashriyoti, 1980 y. - bet 13. (T.Akhmedov. Munis. - Tashkent: "FAN" publishing 1980. Selection page 13)
2. Munis. Munis ul-ushshoq (mukammal devon). O'zFA. SHI Qo'lyozmalar fondi. Inv. № 940., - varaq 6 a-b. (Munis. Munis ul-ushshaq (perfect divan). - Manuscript Fund of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan. Inv. № 940, page 6
a.)
3. Munis Xorazmiy. Saylanma // Nashrga tayyorlovchi va so'zboshi muallifi YU.YUsupov. - T.: G'.G'ulom nomida adabiyot va san'at nashriyoti, 1980. - bet 6. (Munis Kharezmi. Selection. - Tashkent: Gafur Gulom Publishing House of Literature and Art, 1980. page 6.)
4. Munis Xorazmiy. Saylanma. - bet 16. (Munis Kharezmi. Selection. page 16.)
5. Munis Xorazmiy. Saylanma. - bet 295. (Munis Kharezmi. Selection. page 295.)
6. Munis SHermuhammad. Tanlangan asarlar // Nashrga tayyorlovchi va so'zboshi muallifi YU.YUsupov.-T.:Davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 1957. - bet 315. (Munis Shermukhammad. Selected Works // State fiction publishing house.1957. Selected page 315)
7. Munis Xorazmiy. Saylanma. - bet 17. (Munis Kharezmi. Selection. page 17.)
8. Munis Xorazmiy. Saylanma. - bet 24. (Munis Kharezmi. Selection. page 24.)
9. Munis Xorazmiy. Saylanma. - bet 296. (Munis Kharezmi. Selection. page 296.)
10. Alisher Navoiy. Asarlar, 15 tomlik, IV tom. T.: Badiiy adabiyot nashriyoti, 1965. - bet 442. (Alisher Navoiy. Works of 15 volumes, IV volume. Tashkent: State fiction publishing house. 1965 - selection page 442.)
11. Munis. Munis ul-ushshoq. Inv. № 940., 67b-varaq. (Munis. Munis ul-ushshaq. Inv. № 940., page 67 b.)
12. Munis Xorazmiy. Saylanma. 24-bet. (Munis Kharezmi. Selection. page 24.)
13. T.Ahmedov. Munis. - bet 14. (T.Akhmedov. Munis. page 14)
14. Rahim, Muhammad. Mutolaa lazzati va mushohada mashaqqati. - Toshkent: "Turon-iqbol", 2017. - bet 66. (Rakhim, Mukhammad. The pleasure of reading and difficulty of observation. Tashkent: "Turon-ikbol" 2017 selected page 66.)