Научная статья на тему 'EKOLOGIK TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI'

EKOLOGIK TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
205
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologiya / ekoturizm / ekologik ta’lim / turistik resurslar / turoperator / rekreatsiya / texnogen omillar. / экология / экотуризм / экологическое образование / туристские ресурсы / туроператор / рекреация / техногенные факторы.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Artikova Shoxida Ilyasovna, Qurbonov Tolmasjon, Shodiyev Fazliddin

Ushbu maqola tabiatga ziyon yetkazmay turib turizmni tashkil etish va mamlakat imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda, ekoturizmdan daromad olish masalalariga bag’ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Данная статья посвящена вопросам организации туризма без ущерба природе и получения доходов от экотуризма, эффективно используя возможности страны.

Текст научной работы на тему «EKOLOGIK TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI»

EKOLOGIK TURIZMNIRIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Artikova Shoxida Ilyasovna

SamlSI "Raqamli iqtisodiyot" kafedarasi dotsenti v.b., PhD Qurbonov Tolmasjon SamlSI IK yo'nalishi talabasi Shodiyev Fazliddin SamlSI IK yo'nalishi talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqola tabiatga ziyon yetkazmay turib turizmni tashkil etish va mamlakat imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda, ekoturizmdan daromad olish masalalariga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: ekologiya, ekoturizm, ekologik ta'lim, turistik resurslar, turoperator, rekreatsiya, texnogen omillar.

Аннотация: Данная статья посвящена вопросам организации туризма без ущерба природе и получения доходов от экотуризма, эффективно используя возможности страны.

Ключевые слова: экология, экотуризм, экологическое образование, туристские ресурсы, туроператор, рекреация, техногенные факторы.

Abstract: This article is devoted to the issues of organizing tourism without harming the nature and profiting from ecotourism, using the country's opportunities effectively.

Keywords: ecology, ecotourism, environmental education, tourist resources, tour operator, recreation, man-made factors.

Kirish. XXI asrning boshi insoniyat tarixida global muammolar va ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuv davriga aylandi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bu borada, zamonaviy ekologik inqiroz alohida o'ringa ega bo'lib, jamiyat nafaqat tabiiy resurslardan oqilona foydalanish orqali atrof-muhitga salbiy ta'sirni minimallashtirish, balki qadriyatlar tizimini o'zgartirish, jamiyat va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning yangi shakllarini rivojlantirish zarur. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda, har qanday davlatning ichki va tashqi siyosatining asosiy tamoyillaridan biri insonning buguni va kelajagi uchun atrof-muhitni va uning tarkibiy qismlarini asrab-avaylash hisoblanadi.

Jahonda global muammolar: suv tanqisligi, iqlimni o'zgarishi, havoning ifloslanishi,ozon qatlamini yemirilishi, o'rmonlarni qisqarishi, aholini va avtomabillarni ko'payishi kabilar yuzaga kelmoqda. Ushbu zamonaviy inqirozli hodisalarni hisobga olgan holda, "inson-tabiat" tizimidagi munosabatlarni uyg'unlashtirishga imkon beradigan rivojlanishning ustuvor yo'nalishlaridan biri bu ekoturizm bo'lib, u so'nggi yillarda tez sur'atlarda rivojanmoqda.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo hududidagi davlatlar orasida ekologik turizmni rivojlantirish bo'yicha katta imkoniyatlariga ega bo'lgan va

bu borada raqobatbardoshligi yuqori mamlakatlardan hisoblanadi. Yuksak tog' cho'qqilarimiz, uch ming yillik insoniyat tamadduniga guvoh shaharlarimiz, cho'l va yashil vodiylarimiz, ming bir dardga shifo zilol suvlarimizning borligi ushbu sohani rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratib beradi. Mavjud imkoniyatlarda to'g'ri foydalanish uchun esa mamlakatimiz tabiatining xilma-xil va boy turistik-rekreatsiya resurslari salohiyatidan samarali foydalanish, tabiat va madaniyat meroslarini asrash va muhofaza qilish, mahalliy aholini ish bilan ta'minlash bo'yicha tegishli dasturlar ishlab chiqish zarur.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2016-yil 2-dekabrdagi PF-486-sonli Farmoni mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda tub burilishni, yangi bosqichning zaminini, turizmda istiqbolli islohotlarning sharoitlarini yaratdi. Prezident farmonida:

"Mamlakatda turizmi jadal rivojlantirish, mavjud ulkan turizm salohiyatdan yanada to'liq va samarali foydalanish, an'anaviy madaniy-tarixiy turizm bilan birgalikda turizmning boshqa salohiyatli turlarini ekalogik turizmni ichki, kirish va drigish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish" belgilangan.

Bugungi kunda ilmiy va ommabop adabiyotlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida ekoturizmning o'rni va ahamiyatini ochib berishga qaratilgan ko'plab qarashlar olg'a surilmoqda. Xalqaro maqomdagi tashkilot va muassasalarning ma'lumotiga ko'ra, ko'pgina turizm turlari yiliga o'rtacha 5 foizga ortib borayotgan bo'lsa, ekoturizm yiliga o'rtacha 20-30 foizga o'sib bormoqda. Aksariyat mutaxassis va tadqiqotchilarning ilmiy tajriba va xulosalari shuni ko'rsatmoqdaki, ekoturizm turizmning yangi va yosh yo'nalishi bo'lishiga qaramasdan, ommalashuvi boshqa turistik yo'nalishlarga nisbatan 2-3 barobar jadal kechmoqda[1].

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. R.Xaitov "Ekologik turizm" nomli o'quv qo'llanmada ekologiya va turizm bo'yicha bir qator muammolar va ularning yechimlari keltirilgan.

M.R.Boltaboyev, I.S.Tuxliyev, B.SH.Safarov, S.A.Abduxamidov "Turizm: nazariya va amaliyot" darsligi ilg'or xorijiy tajribalardan foydalangan holda turizm sohasini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Xorijiy turizm bozorini rivojlantirish tendensiyalari, mamlakatimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va davlat siyosatining maqsadli vazifalari aniq misollar yordamida belgilab berilgan.

G.A.Alimova, A.A.Yodgarov, L.Sh.Egamberdiyeva, A.A.Kazakov "Ekologiya" darsligi fan va texnologiyalarni rivojlantirish qo'mitasining F-1-176 "Barqaror iqtisodiy rivojlanishni "yashil iqtisodiyot" asosida ta'minlashning konseptual asoslarini takomillashtirish" fundamental ilmiy granti doirasida bajarilgan bo'lib, darslikda ekologiya fanining mohiyati va vazifalari, biosfera, ekologik tizimlar, mineral xomashyo resurslaridan foydalanish, biologik resurslar va alohida muhofaza qilinadigan hududlar, inson ekologiyasi, atmosfera, gidrosfera, litosfera resurslari, ularni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish, qayta tiklanuvchan

energiya manbalari, oziq- ovqat muammosi va ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning davlat tomonidan boshqarilishini ta'minlash to'g'risida ma'lumot berilgan.

Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu maqolaning tadqiqot jarayonida ekologik muammolarni bartaraf etish va turizmni rivojlantirish hamda uni tashkil etish bo'yicha izlanishlar bir qator usullar, jumladan, xorijiy tajribalarni monografik tahlillar natijalarini monografik tadqiqot, analiz va sintez, tizimli tahlil kabi iqtisodiy usullar asosida o'rganilgan.

Tahlil va natijalar. Ekoturizm ( yashil turizm ) - antropogen ta'sirga nisbatan ta'sirlanmagan tabiiy hududlarga tashrif buyurishga qaratilgan barqaror turizmning bir shaklidir[2].

G'arbdagi "ekoturizm" atamasi XX asrning 80-yillari birinchi yarmida meksikalik ekolog Ektor Ceballos-Laskurain (ispancha Hector Ceballos-Laskurain) tomonidan konferentsiyalardan birida rasmiy ravishda ishlatilgan. Bunda u dam olish va ekologiya o'rtasidagi uyg'unlik g'oyasini aks ettirish orqali shuhrat qozongan. Ekoturizm tabiiy imtiyozlardan oqilona foydalanishga asoslangan rekreatsiyaning faol shaklidir. Bu qulaylik, ommaviy kommunikatsiyalar, tobora ko'payib borayotgan sayyohlik tovarlarining mavjudligi va iste'mol qilinishidan voz kechishni o'z ichiga oladi (masalan, tur realizmidan farqli o'laroq, bu yuqori darajadagi qulaylikni saqlab, tabiat va madaniyatga sho'ng'ishni o'z ichiga oladi). Buning evaziga u tabiatni tafakkur qilish, u bilan muloqot qilishdan ma'naviy boyish, tabiiy merosni muhofaza qilish va mahalliy jamoalarning an'anaviy madaniyatini qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq bo'lgan boshqa qadriyatlar tizimini singdiradi.

Ekoturizmning tamoyillarini "Xalqaro ekoturizm" tashkiloti ishlab chiqqan. Bu tamoyillar jahondagi barcha davlatlarning rahbarlariga tarqatilgan bo'lib, har bir davlatlar ekoturizmni tashkil qilganda ushbu tamoyillarga amal qilish talab qilinadi:

1. Ekoturizm tabiatga qaratilgan va tabiiy resurslardan foydalanishga asoslangan bo'lishi.

2. Ekoturizm ekologik barqaror rivojlanishga va yashash muhitimizga keltirilayotgan ziyonlarni minimallashtirishga asoslangan bo'lishi.

3. Ekoturizm ekologik ta'lim va ma'rifatga yo'naltirilgan bo'lib, tabiat bilan teng hamkorlikka asoslangan bo'lishi.

4. Ekoturizm mahalliy ijtimoiy madaniyatni saqlashga va yordam berishga asoslangan bo'lishi.

5. Ekoturizm faoliyat ko'rsatgan hududlarning barqaror rivojlanishini va iqtisodiy samaradorligini ta'minlashiga asoslangan bo'lishi kerak.

Bugungi kunda ekoturizm jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo'lib, ekspertlarning fikricha, 2020-yilgi pandemiyadan oldin turizmning ushbu turi bir kunda 1 milliard dollargacha daromad keltirdi. Hozirda dunyodagi barcha sayyohlarning taxminan uchdan bir qismi ekoturistlardir.

Ekoturizmning maqsadi - hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligini va barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun tabiatdan turistik yo'nalishda oqilona foydalanishdir. Ekoturizmning maqsadini amalga oshirish uchun «O'zbekistonda

ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi»dagi dastumi keltirish kifoya qiladi. Bu konsepsiyada respublikamizda ekologik turizmni rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish muhimligi alohida qayd qilingan:

❖ ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qonunlarni ishlab chiqish va ularning huquqiy mexanizmini yaratish;

❖ ekoturistik fan, ta'lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chiqish;

❖ aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali o'stirish;

❖ ekoturizm yo'nalishidagi ta'lim va taTbiyani yo'lga qo'yish;

❖ ekoturizm bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ekoturistik obyektlarni har tomonlama baholash va ularning kadastrini olib boorish;

❖ ekoturizm monitoringi va istiqbolini olib borishni yo'lga qo'yish;

❖ milliy davlat hududlarini ekoturizm bo'yicha rayonlashtirish;

❖ davlatlarning va xalqaro jamiyatning ekoturizmga oid taktik reja va strategik dasturlar va tadbirlarini ishlab chiqish;

❖ biologik xilma-xillikni saqlash.

Jahonda «2002-yil - ekoturizm yili», deb e'lon qilinishi bu sohaga yanada ko'proq e'tibor berish va mavjud muammolami bartaraf etishga qaгatilgan yo'lning boshi bo'lgan. Negaki, hozirgi kunda ekologik muammolar yetarli bo'lib, tabiatni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish dunyo hamjamiyati oldida turgan eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Jamiyat rivojlanishi hozirgi bosqichining xarakterli xususiyatlaridan biri atrof-muhit ifloslanishining texnogen omillarining ortishi bo'lib, bu favqulodda holatlarda birinchi navbatda turistik resurslarning ekologik krizisiga olib keladi. Ekologik vaziyatning zo'rayishi butun dunyoda muammo darajasidagi holatdir.

Shuning uchun bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri tabiiy muhitni saqlash masalalarini hal qilishga yangicha yo'nalishlarni ishlab chiqishdir. Bunday yondashuvni kompleks darajada murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik tizim sifatida qaralishi muhimdir. Ushbu muammolarni hal qilishda yetakchi o'rinni turizm egallaydi va buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

1. Turizm dunyo xo'jaligida dinamik rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. U jahon milliy yalpi mahsulotida samarali o'rin egallaydi, jahon investitsiyalarining 7% ni o'ziga jalb qilgan holda katta miqdorda yangi ishchi o'rinlari yaratishi ko'p mamlakatlarda soliq tushumlarining muhim manbasi hisoblanadi.

2. Turizm zamonaviy davlat iqtisodiyotining barcha muhim bo'g'inlariga, rivojlangan jamiyat hayotining barcha tomonlariga ta'sir ko'rsatadi. Turizm iqtisodiyotni tarkiban qayta qurishni ta'minlaydi va ijtimoiy taraqqiyot ustuvor almashuvining samarali vositalaridan biri hisoblanadi.

Chilida 30 % aholi sayyoxtoga xizmat ko^satish bilan band bo'ladi. Butun jahon turistik tashkiloti hisob-kitoblariga ko'ra 2025 yilga borib yer sharida turizm yanada rivojlanadi yoki sayyoxatchilar soni 1,6 mkd kishidan oshishi ko'zda tutilmoqda. Olingan ma'lumotla^a ko'ra, 2018 yilda sayyohlar soni 5.3 mln. kishini tashkil etgan bo'lsa 2017 yilda sayyohatchilaming soni o'гtacha 2,69 mln qayd etgan,yani sayyohlaг soni Ыг yilda 97 foizlik o'sishni ko'reatib ikki baгavaгga

oshgan. 2G16 yilda esa ularning soni 2,G7 mln nafarni qayd etgan. Dunyoning qator mamlakatlari Turkiya, Yegipet, Tailand, Malaziya, Kipr, Hindiston, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda sayohatni rivojlantirish uchun qator tadbirlar bajarilmoqda. Bu mamlakatlarda turizmni rivojlantirishdan maqsad, mamlakat budjetiga chet el valyutasi tushumini ta'minlash. Bugungi kunda, o'lkamizda ham ekologik sayyohlikni rivojlantirishga keng shaqroitlar yaratilmoqda. Zero, respublikamiz viloyatlari boy sayyohlik imkoniyatlarga ega.

Jumladan, Jizzax viloyatida 427 ta madaniy meros obyektlari davlat muhofazasiga olingan. Ularning 1GG tasi tarixiy obida ziyoratgoh, 26В tasi ekologik manzil, 59 tasi monumental yodgorliklar sifatida asrab - avaylanadi. Bularning barchasini ekoturistik manzil sifatida qayta ko'rib chiqish va ta'miriash ishlaгini olib borish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Viloyat hududida shuningdek, Zomin davlat qo'riqxonasi, Nurota davlat qo'riqxonasi, Zomin milliy bog'i joylashganligi ekoturizm istiqbolida ahamiyatlidir.

Xulosa va takliflar. So'nggi bir necha o'n yilliklarda dunyoning turli mamlakatlarida ekologiya, tabiiy muhit va turizm o'rtasidagi munosabatlarni uyg'unlashtirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqilgan. Amalda bu dasturlar va turizmni rivojlantirishning muqobil variantlari yangi turistik obyektlarni qurishni cheklash va mahalliy joylashtirish vositalaridan keng foydalanish, ekologik toza fransport turiarini ta^'ib qilish, shuningdek, tuгistlaг va mahalliy aholining ekologik ongini oshirishga qaratilgan. Ko'kalamzorlashtirishning mohiyati ko'p miqdorda an'anaviy energiya resurslarini iste'mol qilish hisobiga turizm faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta'sirini minimallashtirishdan iborat.

Vatanimiz ekoturizmining taraqqiyot salohiyati nihoyatda katta va uni jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Faqat bu salohiyat va imkoniyatlardan jahonda ekoturizmi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda oqilona foydalanish lozim.

Shuning sababli, O'zbekistonda alohida hududlarda ekoturizmning rivojlanishini uchun bir qator chora - tadbirlar ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq bo'^ edi:

- ekoturizm sohasida xizmat qiluvchi yuqori malakali mutaxassislarni ta'minlab bernvchi tizim ishlab chiqish

- mavjud tarixiy yodgorliklar, betakror tabiat haqida ma'lumot berish o^ali jahon ekoturizm bozorida o'rin egallash

- jahon bozori talablariga mos keladigan loyihalar ishlab chiqib, amalga oshirish

- mamlakatimiz ekoturizmini jahon andozalariga mos keladigan moddiy-texnika bazasi bilan ta'minlash

- ekoturizm sohasida faoliyat ko^satuvchi tashkilotlarga imtiyozli kreditlar berish, ularning faoliyatiga nisbatan berilgan yengilliklarni huquqiy asosini yaratish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYHATI

1. O'zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi, Ekologik xabamomasi, j. N 6, 2007, Toshkent 8-14-bb

2. R.Xaitov "Ekologik turizm" o'quv qo'llanma. - Toshkent: 2018. -248 b

3. А. Б. Лукичев "Сущность устойчивого и экологического туризма" // Российский Журнал Экотуризма. — 2011. — № 1. — с. 3-6 [2]

4. Ilyasovna A. S. METHODS OF EVALUATING THE QUALITY OF HOUSEHOLD SERVICES AND WAYS TO IMPROVE IT //World Economics and Finance Bulletin. - 2022. - Т. 17. - С. 106-108.

5. Artikova S. I., Abduraxmonov S. A. O. G. L., Abduraxmonov S. A. O. G. L. Maishiy xizmat ko'rsatish sohasini rivojlanishining iqtisodiy ahamiyati //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 11. - С. 1182-1189.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.