Toirova Shohista,
"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti doktoranti
O'ZBEKISTONDA EKOLOGIK TURIZMNING MODDIY VA HUQUQIY BAZASINI SHAKLLANTIRISH
UO'K: 502.11
DOI: 10.34920/EIF/VOL_2023_ISSUE_4_2
TOIROVA SH. OZBEKISTONDA EKOLOGIK TURIZMNING MODDIY VA HUQUQIY BAZASINI SHAKLLANTIRISH
Ushbu maqolada mamlakatimizda keyingi yillarda dunyo mamlakatlari uchun ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik jihatlaridan katta ahamiyatga ega bo'lgan ekologik turizmni tashkil etish borasidagi olib borilayotgan ishlarning samarasi yoritib berilgan. Asosiy e'tibor joylarda sohani rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar ko'lamini va ekoturizmni tashkillashtirishda moddiy va huquqiy baza ahamiyatiga qaratildi.
Kalit so'zlar: milliy bog'lar, madaniy meros obyektlari, infratuzilma, ilmiy adabiyot, davlat qo'riqxonalari, barqaror rivojlanish.
ТОИРОВА Ш. ФОРМИРОВАНИЕ МАТЕРИАЛЬНО-ПРАВОВОЙ БАЗЫ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ТУРИЗМА В УЗБЕКИСТАНЕ
В данной статье освещены результаты проводимой в нашей стране работы по организации экологического туризма имеющего большое социальное, экономическое и экологическое значение во всех странах мира. Основное внимание удалено объему работ по развитию отрасли и состоянию материально-правовой базы в организации экотуризма.
Ключевые слова: национальные парки, объекты культурного наследия, инфраструктура, научная литература, государственные заповедники, устойчивое развитие.
TOIROVA SH. FORMATION OF THE MATERIAL AND LEGAL BASE OF ECOLOGICAL TOURISM IN UZBEKISTAN
In the article are discussed the results of the work carried in the country on the organization of ecological tourism which has the great social, economic and ecological importance for the countries of the world. The main attention is paid to the scope of work for the field development and the state of the material and legal base in the organization of ecotourism.
Key words: national parks, cultural heritage objects, infrastructure, scientific literature, state reserves, sustainable development.
Kirish. Insonlar hozirda sog'lom turmush tarzi va atrof-muhit himoyasi uchun qat'iy kurash-ishmoqda. Turistlarning tabiat muhofazasiga bo'lgan qarashlarini so'nggi paytlarda keskin o'zgarishlarni ularning barqaror rivojlanishga qat'iy amal qilinayotgan hududlarga sayohat qilishni ma'qul ko'rishayotganligidan ham bilsa bo'ladi. Aynan "yashil"likka urg'u berish ommalashayot-ganligi ekologik turizmning turizmning boshqa yo'nalishlarga nisbatan ahamiyatini sezilarli tar-zda oshirdi1. Qolaversa, yaqin o'tmishda dunyo aholisining pandemiya davrida tabiatga insoni-yat qay darajada ziyon yetkazayotganligi ma'lum bo'ldi. Shu bilan bir qatorda dunyo aholisi sonin-ing oshib borayotganligi tabiiy resurslarga bo'lgan ehtiyojning ortishini anglatib, ekologik turizm bu kabi muammolarga qarshi qaratilgan ma'qul deya qaralayotganligi ham bejiz emas. Turizmning bu yo'nalishi mamlakatimizda rivojlanishi uchun katta salohiyatga ega bo'lib, keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, keng ko'lamli harakatlar ekoturizmning asta-sekinlik bilan mamlakatimizda rivojlanib borayotganligidan darak bermoqda.
Ilmiy muammoning qo'yilishi.
Jahon tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, ekoturizmning barqaror rivojlanish talablariga mos tarzda kechib boradi. Ekologik turizm va uning huquqiy jihati turizm sohasi rivoji uchun eng muhim huquqiy masalalar sirasiga kiradi. Ekologik turizmda ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolar borasida A. Dem-kina, A. Shelygov, S. Rebina, A. Maksimenkolar ilmiy izlanishlar olib borib, huquqiy va moddiy jihatning ahamiyatini ko'rsatib o'tishgan. Ekologik turizmda huquqiy yondashuv hamda hujjatlarni to'g'ri yur-gizish borasida Nimatullayev, Kozlov va Zvyaginst-sevalar maqolalarida o'z fikrlarini bildirib o'tishgan. Bacon, Do va boshqalar ekoturizmning ta'lim olish, ish o'rinlarining yaratilishi va rekreatsiya masalalar-ida ahamiyatining beqiyosligini ta'kidlasa, Nino, Saenz-de-Miera va Russelo kabi olimlar bu kabi foydali jihatlari tabiiy resurslar dan foydalanish oqi-batida atrof-muhit bilan bog'liq turli salbiy oqibatlar yuzaga kelishidan xavotir olib, tabiiy resurslardan
1 Sokolova A., Feoktistova V., Rybakova A., Gorokhova A., Kirichenko E. Social and legal mechanisms for stimulating the development of ecotourism: International practice and the possibilities of its application. 2021
foydalanishning huquqiy jihatiga katta e'tibor berish zarurligini ta'kidlashgan. Jahon turizm tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra ekoturizm ayniqsa barqaror turizmni ommaviylashtirish maqsadida so'nggi 15-20 yillikda turli huquqiy mexanizmlar ishlab chiqildi va bu hol ekologik turizmning rivojlanib borishiga zamin yaratmoqda. Honey o'z islanish-larida turizmning bu yo'nalishini sertifikatlashtirish va akkreditatsiyadan o'tkazish tomonlariga e'tibor qaratib, ushbu jarayon harakatlarning qanchalik huquqiy tomonlama amal qilinayotganligini kuza-tish imkonini berishini ta'kidlagan.
Keltirib o'tilgan tadqiqotlarga suyangan holda e'tirof etish mumkinki, ekologik turizm faoliyatin-ing to'g'ri tashkil etilishi har jihatdan uning huquqiy hamda moddiy bazasi bilan uzviy bog'liq. Va bu borada bizning yurtimizda maxsus ilmiy tadqiqot-larni amalga oshirish muhim ilmiy va metodologik ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolada mavzuni yoritib berishda statistik ma'lumotlardan foydalanildi, makon va zamon, induksiya va deduksiya metodologik usullar ham mavzu ma'lumotlarini shakllantirishda ishlatildi.
Tahlil va natijalar.
Mamlakatimizda ekoturizmning rivojlanishiga bo'lgan e'tibor nafaqat ma'naviyatimiz, madaniyat-imiz, tabiatimizni muhofaza qilish, ekoturistlar oqi-mini ko'paytirish, biologik xilma-xillikni avaylashda, balki tub aholi turmush tarzining yaxshilanishi, markazdan uzoqda joylashgan tabiiy hududlarda ish o'rinlarining yaratilishida o'zining ulkan hissa-sini qo'shadi. O'zbekiston hududida yo'qolish xavfi ostida turgan noyob o'simlik va hayvonlarni asrab qolishda ularning turlarini ko'paytirishni maqsad qiluvchi milliy bog'larni yaratish loyihalarini ishlab chiqish, bu orqali muhofaza qilinadigan hududlarda ekoturizmning moddiy va texnik bazasini yaratish uchun "Ekoturizmni rivojlantirish" davlat dasturini ishlab chiqish zarur bo'ladi2.
O'zbekiston turizm sohasi bo'yicha dunyoda ulkan salohiyatga ega bo'lgan davlatlar sirasiga kiradi. Yurtimizda 7300 dan ortiq madaniy meros ob'yektlari mavjud va ularning qariyb 200 tasi YUNESKOning ro'yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga
2 Raxmatullar Xaitboyev. Ekologik turizm. O'quv qo'llanma. Toshkent-2018
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)
mamlakatimizning betakror tabiati, go'zal dam olish maskanlari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi tur-istik yo'nalishlarni ochish imkoniyati mavjud. Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb qilgan holda, biz ziyorat turizmi, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastronomik turizm va bu sohaning boshqa tarmo-qlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishimiz zarur1.
Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yilga qadar bo'lgan davr mobaynida amalga oshiril-gan ishlar bo'yicha matbuot anjumanidagi hiso-botiga ko'ra, shu davrga qadar Respublika bo'ylab jami 3384 ta mehmonxona faoliyat olib borayotgan bo'lib, ularning 133 tasi yangi qurilgan, 1946tasi hostel, 210 tasi yangi ko'rinishga keltirilgan mehm-onxonalardan iborat. Bundan tashqari turizm indus-triyasi infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida 1747 ta turistik yo'l ko'rsatkichlari o'rnatilgan. Aholi gavjum joylarda turistlarga yengillik yaratish uchun yurtimiz bo'ylab jami 1502 ta sanitariya-gigiyena shoxobchalari qurib topshirilgan2.
Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining topshirig'iga asosan, 2022-2023-yillar davomida "Sanitariya inqilobi" loyihasining amalga oshirili-shi soha rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. So'nggi yillarda O'zbekistonda turizm sohasiga bo'lgan e'tibor yanada ortishi ushbu sohada qabul qilinayotgan qaror va farmonlarda ham o'z aksini topmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi "Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada tako-millashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6199 sonli Farmoni va 2021-yil 6-apreldagi "Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-5054-sonli qarori mazmunan yurtimizda turizm industriyasining yanada rivojlantirish uchun maqbul sharoitlar yaratish uchun zamin yaratdi. Unga ko'ra, sohada faoliyat yuritishni maqsad qilgan yosh tadbirkorlarga davlat hisobidan maqsadli grant-lar ajratish, O'zbekistonga charter reyslarni tashkil etishda kuzatilayotgan xarajatlarning ma'lum qis-mini davlat tomonidan qoplab berish, turistlar oqi-mini kengaytirish uchun mehmonxonalar tizimida
1 Oybek Ostanov. O'zbekistonda turizm qay ahvolda va uni rivojlantirish uchun nimalar kerak-mutaxassis takliflari. 2018. Kun.uz/uz/news
2 Turizm statistikasi: O'zbekistonda 2021-yilda qanday ishlar
amalga oshirildi? 2022. Bugun.uz
ham qator yengilliklar berish, turizm sohasida ish-layotgan xodimlar faoliyati samaradorligini oshirish uchun moddiy rag'batlantirish masalalari sohadagi muhim jihat sifatida qaralmoqda3.
Turizm infratuzilmasini shakllantirish va uni rivojlantirishga qaratilgan harakatlar bugungi kunda o'z samarasini ko'rsatmoqda. O'zbekistonning yirik turistik imkoniyatlaridan foydalanish borasida olib borilayotgan izlanishlar, rivojlangan mamlakat-lar tajribasidan foydalanishga qaratilgan harakatlar, yangidan-yangi turizm sohalarini yo'lga qo'yilayotganligi fikrimizning yaqqol isboti bo'la oladi. Dunyo hamjamiyatining ekologik turizmga bo'lgan alohida e'tibori bu sohaning O'zbekistonda ham rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishga bo'lgan intilishini kuchaytirishga sabab bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifi-katsiya qilishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-232 sonli Qaroriga binoan Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi hamda Tibbiy-ijti-moiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi O'zbekiston bo'ylab ekologik turizmni rivojlantirish bo'yicha turli turistik paketlarni shakllantirishda faol ishtirok etib kelmoqda.
Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkiliy-huquqiy masalalarga alohida e'tibor qaratilmo-qda. Buning natijasida ichki turizm sezilarli jonlandi. O'zbekiston Respublikasining betakror tabiati va o'ziga xos bo'lgan madaniyat shakllari sabab dun-yodagi ekoturizmi taraqqiy etgan davlatlar qatorida turish imkoniyatiga ega. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga 2022 yil 22-dekabrdagi Muro-jaatida turizmning turli tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish zarurligini hamda bu sohada sherikchilik munosabatlariga keng imkoniyatlar yaratish zarurligini ta'kidladi. Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlaridan biri bo'lgan turizm sohasining turli
3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 apreldagi "Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-6199-sonli Farmoni; 2021 yil 6 apreldagi "Turizm va sport vazirligini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-5054-sonli qarori; 2022 yil 30 apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida'gi PQ-232-sonli qarori.
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)
1-jadval. Turizm sohasiga oid O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari1
I ♦
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 2-iyundagi «Buyuk Ipak yo'lini tiklash va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirishda O'zbekiston Respublikasining ishtirokini kengay-tirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-1162-son Farmoni.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 15 apreldagi «2005 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to'g'risida»gi PF-2286-son Farmoni.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 30-iyundagi «O'zbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash to'g'risida»gi PF-2332-son Farmoni.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 9-dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o'zgartishlar kiritish to'g'risida»gi PF-4677-son Farmoni.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-4861-son Farmoni.
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi PF-4965-son Farmoni.
7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi PF-5033-son Farmoni.
8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5- dekabrdagi «"Chorvoq" turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish to'g'risida»gi PF-5273-son Farmoni.
9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi «O'zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sha-roitlar boyicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbir-lar to'g'risida»gi PF-5326-son Farmoni.
10. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi «O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF-5611-son Farmoni.
11. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil 13-avgustdagi «O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5781-son Farmoni.
12. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 6-maydagi "Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6199-son Farmoni.
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 21 maydagi «O'zbekiston Respublikasida 2010 yilgacha bo'lgan davrda xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar togrisida»gi PQ-640-son qarori.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13 dekabrdagi «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'grisida»gi PQ-1879-son qarori
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17 apreldagi «2013-2016 yillarda qishloq joylarida xizmat ko'rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-1957-son qarori.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-iyuldagi «Davlat mulki ob'ektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga sotish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-2200-son qarori.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10 maydagi «2012-2016 yillarda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to'g'risida»gi PQ-1754-son qarori.
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dek-abrdagi «O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi PQ-2666-son qarori.
7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-may-dagi «2017-2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyat-ining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-2980-son qarori.
8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi «2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-3217-son qarori.
9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4- dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasining konsullik yig'imi tarifiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'grisida»gi PQ-3423-son qarori.
10. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
6-fevraldagi «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-3509-son qarori.
11. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fe-vraldagi «O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3510-son qarori.
12. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
7-fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3514-son qarori.
13. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yan-vardagi «Turizm tarmog'ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-4095-son qarori.
14. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi «Samarqand viloyatining turizm salo-hiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi 828-son qarori.
15. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-noyabrdagi «Har yilgi «Ipak yo'lida turizm» Toshkent halqaro turizm yarmarkasini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 904-son qarori._
1 Manba: https://lex.uz
yo'nalishlarini tashkil etish mamlakatimiz taraqqiy-otida muhim ahamiyatga ega.
Ekologik turizm sohasi hali yosh faoliyat tur-laridan bo'lganligi uchun ekoturizmni boshqarish mexanizmlari to'g'risidagi ilmiy adabiyotlar soni yet-arli darajada ko'p emas1. Fikrimizcha, rivojlanayot-gan mamlakatlarning ekoturizmni o'z hududlarida tashkil etishda ekologik turizmni to'g'ri boshqarish bo'yicha ilmiy adabiyotlarga bo'lgan ehtiyoji ancha katta. Aytish joizki, O'zbekistonda (xususan, Samarqand viloyati doirasida) ekoturizmni boshqarish borasidagi ilmiy adabiyotlar soni cheklangan va bu borada hali qilinadigan ishlar ko'p. Iqti-sodiyotdagi ulkan ahamiyati sabab so'ngi yillarda mamlakatimizdagi ekologik turizmni rivojlanti-rishga qaratilgan harakatlarni jadallashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tizimida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-131-son qaroriga asosan Uchquduq tumanida "Markaziy Qizilqum" milliy tabiat bog'i va Tomdi tumanida "Oqtog'-Tomdi" davlat qo'riqxonasining tashkil etilishi ekologik turizmning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi2.
2021-yilning 2-3 dekabr kunlari Belarusiyan-ing Minsk shahrida o'tkazilgan "Barqaror rivojlan-ish maqsadlariga erishishga ko'maklashish uchun maxsus himoya qilinadigan hududlarda ekoturizmni rivojlantirish uchun yangicha yondashishlar va samarali faoliyat turlari" nomli xalqaro konfer-ensiyada jami 11 mamlakatlardan tashrif buyurgan vakillar orasida O'zbekistonliklarning ham borligi mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlantirish borasida jiddiy harakatlar olib borilayotganligini ko'rsatadi3.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamas-ining 2022-yil 4-martdagi "O'rmon fondi yerlar-ida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bog'liq qo'shimcha chora-tadbirlar
1 Walter et. al. ecotourism governance in sub-Saharan Africa: a systematic review. Environmental research communications.2022
2 Saodat Usmanova. Muhofaza qilinadigan yangi tabiiy hududlar tashkil etildi. 2022. Axborot huquqiy portali
3 UNDP project to contribute to ecotourism development in Belarus. 2021
to'g'risida"gi 93-sonli qarorida mamlakatimizning to'rtta hududida (Samarqand, Surhondaryo, Namangan va Qoraqalpog'iston) milliy bog'lar tashkil etilishi tasdiqlandi. Ushbu viloyatlar o'rmon fondi yer-larida "Yuqori To'palang", "Orolqum", "Pop", "Bobo-tog'" va "Omonqo'ton" milliy bog'larining tashkil etilishi hududlarda ekoturizmni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo'lishi shubhasiz.
2020-yil statistikasiga ko'ra, O'zbekistonda jami 7ta davlat qo'riqxonasi, 2 ta biosfera rezervati, 4 ta milliy bog', 1 ta landshaft buyurtmaxonasi, 1 ta "Do'rmon" milliy bog'i, 11 ta tabiat yodgorligi, 12ta buyurtma qo'riqxona, "Jayron" Buxoro pito-mnigi mavjud. Mamlakatimizdagi muhofaza etiladigan hududlar maydoni 13.5 mln gektar bo'lib, ushbu hududlarda biologik xilma-xillikni asrash maqsadida qonunchilik bazasi shakllantirilgan. "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida"gi, "Tabiatni muhofaza qil-ish to'g'risida"gi va "Muhofaza etiladigan hudud-lar to'g'risida"gi qonunlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari mamlakatimiz biologik xilma-xillikni asrab qolishni maqsad qilgan Ramsar konvensiyasi (suv-botqoq maydonlari haqida) va Bonn konvensiyasiga (ko'chib yuruvchi hayvon tur-larini asrash haqida) a'zo bo'lgan4.
Toshkent viloyatining turistik salohiyatini oshirish maqsadida Chimyon-Chorvoq kurort rekreat-siya zonasiga yaqin joyda turistik ahamiyatga ega bo'lgan inshootlar, suv bilan bog'liq bo'lgan obyektlar va madaniy-sog'lomlashtirish binolarini tashkil etish borasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolanishi va rekreatsiya dam olish zonalarini yaratish tashabbusi bilan chiqilgan loyihalar qo'llab-quvvatlanmoqda5. Urgut tumanida joylashgan Qoratepa mahallasida zamonaviy ko'rinishga ega plyaj tashkil etildi. Suv ombori qirg'og'ida joylashgan ushbu rekreatsion zona yovvoyi tabiatning jozibasini mahalliy aholi va bu yerga tashrif buyurayotgan mehmonlarni mamnun etmoqda6. Samarqand viloyati Urgut tumani turizm sohasini rivojlantirish maqsadida "Tersak" turizm
4 Sardor Abdullayev. Tabiiy hududlarni muhofaza qilish yo'lida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? 2020. Davlat ekologiya qo'mitasi Matbuot xizmati
5 "Chorvoq" erkin turistik zonasi tashkil etiladi. President farmoniga sharh. 2017
6 Samarqand viloyat turizm va madaniy mers bosh boshqarmasi.2022
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)
qishlog'ini tashkil etish bo'yicha keng ko'lamli ish-lar olib borilib, uy-mehmonxonalarning shakllan-tirilishi va milliy hunarmandchilik ustaxonalarining ko'paytirilishi uchun turli imtiyozlar berildi. Aholin-ing faoliyatga keng jalb etilishi, yo'l infratuzilmas-ining yaxshilanishi, elektr energiya, mobil aloqala-rining yaxshilanishi borasidagi harakatlar ekologik turizmni mintaqada rivojlantirishda o'z hissasini qo'shmoqda.
Zarafshon tog'larining etaklarida joylashgan Urgut tumani ajoyib geografik joylashuvi sabab go'zal va betakror tabiatga ega. Turfa yovvoyi tabiat ko'rinishlari nafaqat ichki, balki tashqi turizmni rivojlantirishda katta potensialga ega. Ekologik turizmni rivojlantirishda mintaqaning mo'tadil tabiati sohani rivojlantirishda katta imkoniyat yaratadi. Qoratepa suv ombori hududida ekologik turizmni rivojlantirish uchun turli dam olish maskan-lari, bolalar sog'lomlashtirish oromgohi, xususiy klinikalar va nuroniy maskanlarning bunyod etilishi kabi bu borada anchagina ijobiy o'zgarishlar bo'layotganligini ko'rsatsa-da, xizmat ko'rsatish sohasida kuzatilayotgan kamchiliklar soha rivojiga to'siq bo'lmoqda. Xushmanzara tabiiy resurslar, Tersak turizm qishlog'ining tashkil etilishi, 25ta uy-mehmonxonalarining qurilishi soha faoliyat-ida siljish bo'lishi mo'ljallangan bo'lsa-da, statistik ma'lumotlarga ko'ra uy-mehmonxonalarning atigi 5 tasigina faoliyat yuritayotganligi sohani tashkil etish tizimining tashkil etilmaganligidan dalolat beradi. Fikrimizcha, ekoturizmni tashkil etishda jahon tajribasidan samarali foydalanish orqali turizmn-ing ushbu yo'nalishini hududda manfaatli sohaga aylantirish mumkin. Go'zal tabiatidan tashqari Urgut tumani mehmonlarni o'ziga jalb qiluvchi bir qator manbalarga ega. Misol tariqasida Tes-hiktosh obyekti ko'plab kinomuxlislarni ham bu yerga tashrifini ta'minlashi mumkin. "Apachi" filmi olingan hudud sifatida mehmonlarning qiziqishini orttirishi mumkin.
Kelayotgan mehmonlarning katta qismi Samar-qand shahrining "Konigil" turistik qishlog'i va "Silk Road Samarkand" majmuasida bo'ladilar. Ayniqsa bahor faslida "Navro'z " ayyomining yashilga bur-kangan tabiat qo'ynida tashkil etilishi fikrimizcha, mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlantirish, mehmonlarning bizning mamlakatga bo'lgan qiziqishini orttirishda eng samarali strategiyalardan biri
sifatida qarash mumkin. Bu milliy taomlar, milliy mahsulotlarimizni targ'ib qilishda ham ahamiyatlidir. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininig 2019-yil 30 sentyabrdagi "Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 828-son qaroriga ko'ra, bobokaloni-miz Amir Temurning o'z davrida yaratgan va dunyoga dong'i ketgan 12ta so'lim bog'lari xaritasini shakllantirish, ularning har birining xususiyatla-rini aniqlash sohani yanada yuksaltirish ishlarida nafaqat tarixchilar, balki ekologlarning qiziqishini birdek oshirmoqda. Viloyatdagi "Alpomish" zavodi o'rnida zamonaviy ko'rinishga ega dam olish va ko'ngilochar turistik markazning bunyod etilishi borasidagi harakatlar jadal davom etib, bu hudud turistlarning sevimli maskanlaridan biri bo'lishi kutilmoqda. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, bugungi kunda Samarqandda turistik infratuzilma obyektlarini ko'paytirish, soha faoliyatini malakali kadrlar bilan ta'minlash, xizmat turlarini kengaytirish turizm sohasidagi eng dolzarb masalalar sirasiga kiritilgan.
Xulosa va takliflar.
Turizmning istiqbolli yo'nalishi hisoblangan ekologik turizmni yo'lga qo'yish borasida harakatlar ancha jadallashgani sezilib turibdi. Respublika-mizga tashrif buyurayotgan mehmonlarning ma'lum qismi mamlakatimizda tashkil etilgan ekoturistik marshrutlar bilan qiziqishadi. Turistlar ehtiyojining qondirilishi esa turizm sohasida katta ahamiyatga ega omillardan bo'lib, bu sohaning rivojlanishida va uzoq muddatli bo'lishiga sababchilardan hiso-blanadi. So'nggi yillarda turistlarning tabiatga va jamiyatga birdek manfaatli deya tan olingan ekoturizmni ma'qul ko'rishayotganligini hisobga olsak va bu borada rivojlangan mamlakatlarda ekoturizmni boshqarish tajribasini kuzatadigan bo'lsak, bizning yurtimizda olib borilayotgan ishlar hali bu sohani rivojlantirishda boshlang'ich holatda turga-nimizni anglaymiz. Shunday ekan, hali qilinadigan ishlar talaygina bo'lib, ilmiy tadqiqotlarning keng tarzda ommalashtirishimiz, ekoturistik marshrutlar sonini kengaytirishimiz va ekomahsulotlardan foy-dalanishning samarali usullarini topishimiz orqali albatta, yuqorida ko'rsatib o'tilgan harakatlarning manfaatli va uzoq muddatli bo'lishiga zamin yaratgan bo'lamiz.
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Oybek Ostanov. O'zbekistonda turizm qay ahvolda va uni rivojlantirish uchun nimalar kerak-mutaxassis takliflari. 2018. Kun.uz/uz/news
2. Raxmatullar Xaitboyev. Ekologik turizm. O'quv qo'llanma. Toshkent-2018
3. Saodat Usmanova. Muhofaza qilinadigan yangi tabiiy hududlar tashkil etildi. 2022. Axborot huquqiy portali
4. Sardor Abdullayev. Tabiiy hududlarni muhofaza qilish yo'lida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? 2020. Davlat ekologiya qo'mitasi Matbuot xizmati
5. Samarqand viloyat turizm va madaniy mers bosh boshqarmasi.2022
6. Sokolova A., Feoktistova V., Rybakova A., Gorokhova A., Kirichenko E. Social and legal mechanisms for stimulating the development of ecotourism: International practice and the possibilities of its application. 2021
7. Turizm statistikasi: O'zbekistonda 2021-yilda qanday ishlar amalga oshirildi? 2022. Bugun.uz
8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi "Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6199-sonli Farmoni.
9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi "Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-5054-sonli qarori.
10. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida'gi PQ-232-sonli qarori.
11. UNDP project to contribute to ecotourism development in Belarus. 2021
12. "Chorvoq" erkin turistik zonasi tashkil etiladi. President farmoniga sharh. 2017
13. Walter et. al. ecotourism governance in sub-Saharan Africa: a systematic review. Environmental research communications.2022
14. Nozim MUMINOV, Farhod KHALMATJONOV, Azamat KADIROV. OPPORTUNITIES TO REDUCE THE NEGATIVE IMPACT OF THE SEASONALITY FACTOR IN THE DEVELOPMENT OF TOURISM. Silk Road and Beyond Congress Series in Tashkent-Uzbekistan between 4-7 October 2022 with the theme «Belt and Road: Opportunities and Challenges»? P.92-99
15. Азизова С.Х., Муминов Н.Г. СОВРЕМЕННЫЕ АСПЕКТЫ СОЦИАЛЬНЫХ ФАКТОРОВ, ВЛИЯЮЩИХ НА РАЗВИТИЕ ТУРИЗМА. В сборнике: Перспективы современной науки и образования. Материалы всероссийско научно-практической конференции с международным участием. Отв. редактор А.А. Зарайский. Саратов, 2022. С. 10-18.