Научная статья на тему 'EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISH UCHUN DARAXT TURLARINI TANLASH VA LOYIHALASHTIRISH PRINSIPLARI'

EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISH UCHUN DARAXT TURLARINI TANLASH VA LOYIHALASHTIRISH PRINSIPLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
103
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ekoturizm / marshrutli kuzatuv / daraxt / qrim qarag‘ayi / eman / chinor. / Ecotourism / route tracking / crimean pine / oak / platanus oreintalis.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Xamroev Xusen Fatullaevich, Uboydullaev Ramshid Uboydulla O‘g‘li

Maqolada hududlarda ekoturizmni tashkil etishning hozirgi holati va uni rivojlantirishga qaratilgan takliflar keltirib о‘tilgan. Tadqiqot obyektida ekoturizmni rivojlantirish uchun daraxt-buta turlarini tanlash prinsiplari asosida ularni joylashtirish orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin bо‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRINCIPLES OF SELECTION AND DESIGN OF TREE SPECIES FOR THE DEVELOPMENT OF ECOTOURISM

Presents the current state of the organization of ecotourism in the regions and proposals aimed at its development. Positive results can be achieved by placing them on the basis of the principles of selection of tree and shrub species for the development of ecotourism in the object of study.

Текст научной работы на тему «EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISH UCHUN DARAXT TURLARINI TANLASH VA LOYIHALASHTIRISH PRINSIPLARI»

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISH UCHUN DARAXT TURLARINI TANLASH VA

LOYIHALASHTIRISH PRINSIPLARI Xamroev Xusen Fatullaevich1, Uboydullaev Ramshid Uboydulla o'g'li2

1Toshkent davlat agrar universiteti, dotsenti.

2Toshkent davlat agrar universiteti, magistranti. husen.hamroyev@mail.ru romanicarcitector96@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.7212241

Annotatsiya. Maqolada hududlarda ekoturizmni tashkil etishning hozirgi holati va uni rivojlantirishga qaratilgan takliflar keltirib o'tilgan. Tadqiqot obyektida ekoturizmni rivojlantirish uchun daraxt-buta turlarini tanlash prinsiplari asosida ularni joylashtirish orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin bo'ladi.

Kalit so'zlar: Ekoturizm, marshrutli kuzatuv, daraxt, qrim qarag'ayi, eman, chinor.

ПРИНЦИПЫ ПОДБОРА И ПРОЕКТИРОВАНИЯ ПОРОД ДЕРЕВЬЕВ ДЛЯ

РАЗВИТИЯ ЭКОТУРИЗМА

Аннотация. Представлены современное состояние opsaHmatsiu экотуризма в регионах и предложения, направленные на его развитие. Положительных результатов можно будет добиться, разместив их на основе принципов селекции древесно-кустарниковых пород для развития экотуризма в объекте исследования.

Ключевые слова: Экотуризм, маршрутная отслеживание, сосна крымиская, дуб, платан.

PRINCIPLES OF SELECTION AND DESIGN OF TREE SPECIES FOR THE DEVELOPMENT OF ECOTOURISM

Abstract. Presents the current state of the organization of ecotourism in the regions and proposals aimed at its development. Positive results can be achieved by placing them on the basis of the principles of selection of tree and shrub species for the development of ecotourism in the object of study.

Keywords: Ecotourism, route tracking, crimean pine, oak, platanus oreintalis.

Ekoturizm - bu tabiatga yo'naltirilgan turizm bo'lib, shu jumladan ekologik ta'lim va ma'rifat dasturlari va ekologik barqarorlik tamoyilidir. Turizm, shu jumladan ma'lum bir hududning tabiiy va madaniy va etnografik xususiyatlari to'g'risida tasavvurga ega bo'lish uchun ekotizimlar yaxlitligini buzmaydigan va shunday iqtisodiy sharoitlarni yaratadigan tabiati nisbatan tegmagan joylarga sayohat qilish. tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish foydali bo'lishi mahalliy aholi uchun ham ma'lum.

Kirish. Ekoturizm jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo'lib, dunyoda ekoturizmning o'sishi, mutaxassislarning fikriga ko'ra, yiliga 20-30 % tashkil etadi. 2020-yilgi pandemiya oldidan sanoat kuniga 1 milliard dollargacha daromad keltirdi. Hozirgi kunda dunyodagi barcha sayyohlarning uchdan bir qismi ekoturistlardir.

Respulikamizda turizmni rivojlantirishga aloxida e'tibor qaratilmoqda. Ekologik turizm Vatanimizning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish sohasida, na'aqat xorijiy sayyohlarni vatanimizning tabiiy landshaftlari, hayvonot va nobotot dunyosiga boy hamda betakror tabiati bilan tanishtirish, balki xalqlar o'rtasida do'stlik rishtalarini bog'lash, mamlakatlar va turli

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

xalqlarning bir-birini kengroq bilishini ta'minlaydi, shu bilan biiga O'zbekiston hududida qirilib ketish arafasida turgan noyob hayvonlar va o'simliklanii saqlash, ko'paytirish maqsadlarida qo'riqxonalar tarkibida va atrofida jahon talablariga javob bera oladigan milliy tabiiy bog'larni yaratish loyihalarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish orqali muhofaza qilinadigan hududlarda ekoturizm ob'ektlarining moddiy- texnika bazasini yaratish uchun «ekoturizmni rivojlantirish» davlat dasturlarini ishlab chiqish zarur bo'ladi.

Tadqiqot uslublari. Tadqiqot ishlari marshrutli kuzatuv va dala tajribalari asosida amalga oshirilib, tadqiqot obyektidagi marshrutli kuzatuvlarda mahalliy daraxt turlarining mavsumiy o'zgaruvchaligi va manzaraliylik hususiyatlarini o'rganish ishlari amalga oshirildi. Daraxt turlarining manzaraviylik xususiyatlarini o'rganish va baholash ishlari H.H.fflTOHga uslubiga asosan amalga oshirildi.

Dunyoda turizm sohasining ekologik turizm yo'nalishi insoniyat oldidagi ekologik inqirozning oldini olish, insoniyatning barqaror rivojlanishi va yashab qolishi uchun, sayyoramiz tabiati va uning resurslarini saqlab qolishdagi najot yo'llarini axtarish zaminida shakllandi va rivojlanib bormoqda. Insoniyat oldida turgan sayyoraviy ekologik muammolarni insoniyatning o'zi bartaraf etishi kerak va bartaraf etishga majbur. Shu nuqtayi nazardan ham, mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirish masalalarmi o'z vaqtida hal qilishimiz, tabiatimizdagi bioxilma-xillikni saqlab qolish, tabiiy resurslarimizni muhofaza qilish hamda xalqaro ekologik inqirozlarning oldini olishga qo'shgan hissamiz bo'ladi.

Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Bizning tadqiqot ob'ektimiz Chotqol tog' tizmasida joylashgan bo'lib, u Chirchiq daryosining yuqori vohasida geografik jihatdan 41°43'36.78"S shimoliy kenglik va 70° 2'18.98"V sharqiy uzunlikda joylashgan. Ob'ekt joyi 13611470 m dengiz satxidan balandlikda joylashgan sharshara va uning atroflari 1700 m balandlikda joylashgan.

1 - rasm.

Tadqiqot ob'ektining joylashgan o'rni

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

Burchmulla o'rmon xo'jaligi Sijjak bo'limi Sijjaksoy aylanmasi. Umumiy maydoni 2428 ga ni tashkil qiladi. 1 obe'kt sifatida tanlangan joyda Sharshara mavjud bo'lib bu sharshara 2 qismga bo'lingan. Dastlabki ekologik turizm uchun maqbul bo'lgan joyda tashrif buyuruvchi turistlarni piyoda yoki avtomobil xarakatlani uchun maqbul joylar mavjud.

jadval

Tadqiqot ob'ektidagi mavjud daraxt turlari

№ Daraxt va buta turlari Diametri cm Balandligi, m Holati

1 Platanus orientalis 130,4±0,25 22±0,11 Keng shox shabbali

2 Pinus Pallasiana Lamb. 120,6±0,16 18±0,09 o'rta

3 Cerasus mahaleb 65,2±0,14 5,8±0,07 Yaxshi rivojlanagan,

4 Crataegus turkestanica 30,4±0,04 2,1±0,02 O'rta

5 Crataegus pontica 16,4±0,05 2,5±0,03 Yaxshi rivojlanagan

6 Cotoneaster integerrima 20,3±0,02 6,2±0,05 Yaxshi rivojlangan

7 Juniperus turkestanica 15,4±0,07 8,3±0,06 Yaxshi rivojlangan

Ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan hududi 5 ga ni tashkil etib, u yerda yaqin bo'lgan joyda 2 ta tabiiy sharshara, tabiiy jarliklar, past tekisliklar mavjud. 1-sharsharaning kattaligi eniga 8, 10 m ni uzunligi 18-20 m ni tashkil qiladi. Suvning oqish tezligi normal. Sharshara atrofi tik qiyaliklardan tashkil topganligi uchun yaqin 20 m masofa radiusida erkin tarqagan daraxt turlari mavjud emas. Kuzatuv ishlari natijasida sharsharaning janubiy qismida shimoliy qismga qaraganda daraxt turlari ko'proq ekanligi aniqlandi.

Sharsharaning 2- qismi 1- qismga nisbatan bir biridan 800-1000 metr uzoqlikda joylashgan. 2- qismdagi kuzatuv ishlari natijasida atrof tikka qiyaliklar dan iborat, tog' qiyaliklari katta katta xarsang toshlar bilan o'ralgan shu tufayli daraxt va buta turlari umuman majut emas. Qiyaliklarda Afg'on ferulasi (Ferula) turiga mansub shifobaxt o't o'simligi keng tarqalgan.

Hududdagi ekoturizm imkoniyatlarini oshirish uchun manzarali daraxt-butalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Tadqiqot obyektining manzaraviylik darajasini oshirish uchun quyidagi turlardan foydalanish tavsiya etiladi:

Yozgi yoki oddiy eman (Quercus robur L.- Q.pedunculataEhrh.) bo'yi 35-40 m, diametri 1-1,5 m ga yetadigan daraxt. Tanasi to'g'ri o'sadi, shox-shabbasi qalin. Eman daraxti qurg'oqchilikka chidamli va suv shamol erozayasiga qarshi yaxshi tur xisoblanadi.

2 - rasm.

Rekratsion ekoturizm uchun daraxt turlarini joylashtirish loyihasi

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

Robiniya yoki oq (soxta) akatsiya (Robinia pseudoacacia L) - Bu daraxt turi qurg'oqchilikka chidamli tur bo'lib issiq sevar hisoblanadi. Tuproqni turli ug'itlar bilan boyitishda juda kerakli tur xisoblanadi. Bu esa be'vosita xavodagi erkin azodni tuproqqa yetkazib berish imkonini beradi. Qimmatbaxo asal berish qobiliyatiga ega tur xisoblanadi. Oq akatsiya daraxti qimmatli o'rmon meliorativ daraxt sifatida seleksiya obekti bo'lib xizmat qilgan, uning shimoliy hududlarda o'sishga moslashgan sovuqqa bardoshli shakllari yaratilgan.

sic

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

Qayrag'och (Ulmus). Bu turkumning vakillari asosan daraxtlar bo'lib, ularning barchasi qurg'oqchilikka chidamli hisoblanadilar. MDH ning Evropa qismidagi dasht-cho'llarda ham ko'p ekilgan. Ularning ayrimlari bu kabi qurg'oqchil sharoitlarda ham tez o'sadilar.

Qrim yoki Pallas qarag'ayi (Pinus Pallasiana Lamb.) bo'yi 35 m, diametri 50 smgacha yetadigan yirik daraxt. Tanasining po'stlog'i to'q kul rangda, shoxlariniki esa qizg'ish rangda. Qrim qarag'ayi yaxshi o'sishi, rivojlanishi va chidamliligiga ega bo'lgan holda mahalliy noqulay iqlim sharoitlariga (qurg'oqchilik, qishki haroratning o'zgarishi va boshqalar), zararkunandalar va kasalliklarga, shuningdek, mexanik shikastlanishlarga chidamli.

Sirka daraxt (Rhus typhina L.) Sumax - bu juda oddiy daraxt bo'lib, unchalik qulay bo'lmagan sharoitlarga ham osongina moslashadi. Ayniqsa: u atrof-muhitning haddan tashqari ifloslanishiga osongina qarshilik ko'rsatadi, shuning uchun u hatto ifloslangan shaharlar hududida ham ekilgan va o'sadi.

XULOSA

Respublikamizning tabiiy sharoitlarini tahlil qilib, biz ushbu mintaqada ekologik turizmni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan ko'plab omillarga ega degan xulosaga kelishimiz mumkin. Biroq, shunga qaramay, turizmning ushbu turi rivojlanishining dastlabki bosqichida. Respublikada sharsharalar, o'rmonlar, ekologik toza va tegilmagan tabiat ko'p. Shunday bo'lsa-da, mintaqamizda ekoturizmning rivojlanishiga to'sqinlik qilayotgan bir qator omillar mavjud. Ulardan asosiylari turizmning ushbu turini moliyalashtirishning etarli emasligi va infratuzilmaning yomon tashkil etilganligidir.

Yangi mijozlarni jalb qila oladigan yangi innovatsiyalarni joriy etish ekoturizmni rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin. Ayni paytda sayyohlik firmalari va dam olish markazlari sayyohlarimizga shahar shovqinidan, avtomobil shovqinidan dam olishni xohlovchilar uchun qishloq turizmi kabi ekologik turizm turlarini taklif etadi; tadqiqot ob'ektimiz bo'ylab otda sayr qilish, piyoda sayr qilish, bolalar uchun tabiatga muhabbatni uyg'otishga yordam beradigan ekologik chodir lagerlari mavjud.

REFERENCES

1. Tuxliev I.S., Hayitboev R., Safarov B.Sh., Tursunova G. Turizm asoslari. Darslik. — Toshkent. 2014. 330-b.

2. Храбовченко В.В. Экологический туризм. - М.: Финансы и статистика, 2003.

3. Экологическое образование в охраняемых природных территориях. Реферативный обзор зарубежных материалов. Составител В.П.Чижова. Экосентр «Заповедники». М., 1998.

4. Драчева Е.Л. Специалные виды туризма. Личебный туризм: учебное пособ. - М.: КНОРУС, 2008. - 152 с.

5. http://yeco.uz/uz/kutubkhona/fojdali-adabijotlar/346-yekoturizm-va-zbekistonda-uning-kel azhak-isti -bollari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.