Научная статья на тему 'EKOLOGIYA VA TURIZMNING O‘ZARO ALOQADORLIGI HAMDA EKOLOGIK TURIZMNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

EKOLOGIYA VA TURIZMNING O‘ZARO ALOQADORLIGI HAMDA EKOLOGIK TURIZMNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
637
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yosh mutaxassislar
Область наук
Ключевые слова
turizm / ekoresurs / texnogenom / krizis / dinamik / investitsiya / elektromagnit / radiaktiv. / tourism / ecoresource / technogenome / crisis / dynamic / investment / electromagnetic / radioactive.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — No‘monov Shahzod Farhod O‘g‘li, Doliyev G‘olibjon Alisherovich

Ushbu maqolada so‘nggi yillarda yurtimizda rivojlangan sohalar qatoriga kirib borayotgan turizm va ekoturizm tushunchalarining mohiyati, hayotimizda tutgan muayyan roli hamda ahamiyati, bu borada yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, o‘zgarish va yangilanishlar haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE RELATIONSHIP OF ECOLOGY AND TOURISM AND THE SPECIFIC CHARACTERISTICS OF ECOLOGICAL TOURISM.

This article talks about the essence of the concepts of tourism and ecotourism, which have become among the developed sectors in our country in recent years, their specific role and importance in our life, the reforms, changes and updates that are being carried out in this regard in our country.

Текст научной работы на тему «EKOLOGIYA VA TURIZMNING O‘ZARO ALOQADORLIGI HAMDA EKOLOGIK TURIZMNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

EKOLOGIYA VA TURIZMNING O�ZARO ALOQADORLIGI HAMDA EKOLOGIK TURIZMNING O�ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

No�monov Shahzod Farhod o�g�li

Namangan davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 3-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Doliyev G�olibjon Alisherovich, texnika fanlari doktori, professor

Annotatsiya: Ushbu maqolada so�nggi yillarda yurtimizda rivojlangan sohalar qatoriga kirib borayotgan turizm va ekoturizm tushunchalarining mohiyati, hayotimizda tutgan muayyan roli hamda ahamiyati, bu borada yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, o�zgarish va yangilanishlar haqida so�z yuritiladi.

Kalit so�zlar: turizm, ekoresurs, texnogenom, krizis, dinamik, investitsiya, elektromagnit, radiaktiv.

Abstract: This article talks about the essence of the concepts of tourism and ecotourism, which have become among the developed sectors in our country in recent years, their specific role and importance in our life, the reforms, changes and updates that are being carried out in this regard in our country.

Key words: tourism, ecoresource, technogenome, crisis, dynamic, investment, electromagnetic, radioactive.

���������: � ������ ������ ��������� � �������� ������� ������ � ���������, ������� � ��������� ���� � ����� �������� �������� � ����� ������, �� ������ ���� � �������� � ����� �����, ���������� ��������, ���������� � �����������. � ����� � ���� � ����� ������.

�������� �����: ������, ���������, ����������, ������, ��������, ����������, ����������������, �������������.

ASOSIY QISM.

Ma�lumki, butun dunyoda 2002-yil �Ekoturizm yili� deb e�lon qilindi. Bu albatta, bejiz emas. Negaki, hozirgi kunda ekologik muammolar yetarli bo�lib, tabiatni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish dunyo hamjamiyati oldida turgan eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ekologiya ushbu tadqiqotimiz obyektida kishilik jamiyatining o�zaro munosabatlari, uning turizm va atrof muhitdagi faoliyati to�g�risidagi fan sifatida qaraladi. Jamiyat rivojlanishi hozirgi bosqichining harakterli hususiyatlaridan biri atrof-muhit ifloslanishining texnogenomlarining ortishi bo�lib, bu favqulodda holatlarda birinchi navbatda turistik resurslarning ekologik krizisiga olib keladi. Ekologik vaziyatning zo�rayishi butun dunyoda muammo darajasidagi holatdir. Bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri tabiiy muhitni saqlash masalalarini hal qilishga yangicha yo�nalishlarini ishlab chiqishdir. Bunday yondashuvni kompleks darajada murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik tizim sifatida qaralishi muhimdir. Ushbu muammolarni hal qilishda yetakchi o�rinni turizm egallaydi va buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

Turizm dunyo xo�jaligida dinamik rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. U jahon milliy yalpi mahsulotida samarali o�rin egallaydi, jahon investitsiyalarining 7 foizini o�ziga jalb qilgan holda katta miqdorda yangi ishchi o�rinlari yaratilishi ko�p mamlakatlarda soliq tushumlarining muhim moddasi hisoblanadi. Turizm chuqur ijtimoiy vazifalarni bajaradi. U o�zining hozirgi rivojlanish bosqichida birinchi navbatda, ma�lum bir ijtimoiy masalalarni hal qilishga yo�naltiriladi.

Turizmning ijtimoiy masalalari sifatida quyidagilarni sanab o�tish o�rinlidir:

1. Aholining va qariyb 60 foiz qismini tashkil qiluvchi katta kuch - yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, madaniyat tushunchasini keng targ�ib qilish, ular o�rtasida sog�lom turmush tarzi madaniyatini keng ko�lamda targ�ibot qilish, ijtimoiy darajasini oshirish. [1]

2. Millatlararo totuvlik, bag�rikenglik munosabatlarini mustahkamlash, insonlar o�rtasida shaxsiy munosabatlarni samimiylikning yuqori cho�qqilariga olib chiqish.

3. Aholining maroqli va mazmunli dam olishlarini tashkil etish, ularning hayotiy kuchlarini va salomatliklarini tiklab, ertangi kun uchun yashashga, mehnat qilishga va ijtimoiy hayotda yutuqlarga erishish uchun o�zida yangi rag�bat topishlarini ta�minlash.

4. Aholining talab, istak va manfaatlaridan kelib chiqib, inobatga olgan holda yoqimli ekologik, ijtimoiy-madaniy muhit yaratish.

Ijtimoiy hayotning ekologik jarayonida turizmning roli masalasi ko�rilganda turizm ekologiyasi va ekologik turizm tushunchalarini ajratib olish lozim. Turizmning ekologik yoki noekologik xarakteri uning atrof-muhit, ya�ni atmosfera, suv resurslari, tuproq, hayvonot va o�simlik dunyosiga ta�siri darajasi bilan o�lchanadi. Ta�sir sof narsa ko�rinishida yoki shovqin, elektromagnit, radiaktiv ko�rinishida bo�lishi mumkin. �Turizm ekologiyasi tushunchasi o�z ichiga atrof-muhitni himoya qilish va tiklashning aniq chora-tadbirlarini oladi. Shuning uchun turistik rekreatsion turizmning muvaffaqiyatli rivojlanishida asosiy omillardan hisoblanadi va uning salbiy ta�siri boshqa tarmoq korxonalariga nisbatan kamroqdir. Yuqoridagilardan ko�rinadiki, turizm ekologiyasi deganda ushbu tarmoqning atrof-muhitga keng miqyosdagi ta�siri tushuniladi. Ekologik turizm tabiiy turizmning insonlarni birlashtiruvchi ilmiy-tadqiqot maqsadlaridagi turlaridan biridir�.[2] Unda turistlarning qiziqishlari atrof-muhit tabiati va ularni saqlash bilan olib borilmog�i kerak. Turizmning ushbu turida qo�riqlanayotgan tabiat hududlari alohida o�rin tutadi. Shunday qilib, ekologik turizm qat�iy maxsus turdagi, ilmiy-tadqiqot maqsadlaridagi xizmat turidir. Ekoturizmni o�tkazishdagi imkoniyatlar ekoturizmni o�tkazish imkoniyati bu ma�lum bir turistik obyektni mahalliy resurslariga ortiqcha zarar keltirmagan va aholiga ijtimoiy-iqtisodiy muammolar keltirib chiqarmagan holatda amalga oshirish demakdir.

Ba�zi mamlakatlar va joylar turistlarni qabul qilish va xizmat ko�rsatishga ixtisoslashgan. Masalan: �Kanar orollari Atlantika okeanidagi orollar guruhi, (Ispaniya tarkibidagi muxtor viloyat) unda doimiy yashaydigan aholi soniga nisbatan 10 barobar ko�p turistlarni qabul qiladi. Andorra Fransiya bilan Ispaniya oralig�idagi, Yevropaning janubi-g�arbidagi davlat, Pirineylar yarim orolida joylashgan davlatini misol qilib oladigan bo�lsak, har yili u yerda 12 mln dan ortiq turistlar, o�rtacha 2-4 kun muddat dam olib, �hordiq chiqarishadi� [3]. Aholining asosiy hayot tarzi mehmonlarga joy berish, taom tayyorlash, ertadan kechgacha turistlarga ko�ngilochar tomoshalar uyushtirish bilan o�tadi. Bundan yigirma yil oldin ushbu tog�li Pirineylar vodiysi qashshoqlar bilan band bo�lgan bo�lsa bugungi kunda esa turizmning rivojlanib, keng ko�lamda tarqalishi hisobiga Yevropaning boy mamlakatlaridan biri hisoblanadi.

Bu ma�lumotlardan kelib chiqib, ekoturizmni o�tkazish imkoniyatini 3 ta asosiy turga bo�lib chiqamiz:

1. Ekologik o�tkazish imkoniyati - bu biror-bir obyekt yoki joyning qabul qilish darajasi bo�lib, undan ortib ketishi ekologik jihatdan salbiy oqibatlarga olib keladi.

2. Turistik ijtimoiy o�tkazish imkoniyati - bu turistik obyekt joyining qabul qilish darajasi bo�lib, undan ortib ketishi turistlarning safardan oladigan taassurotlarining yomonlashuviga olib keladi.

3. Mahalliy ijtimoiy o�tkazish imkoniyati -bu turistlarni qabul qilish darajasining shunday chegarasiki, undan ortig�i mahalliy madaniyat, mahalliy aholi va turistlar o�rtasidagi munosabatlarni yomonlashuviga olib keladi. Shunday qilib o�tkazish imkoniyati hududdagi resurslarni saqlash va turistik obyekt yoki joyning qayta tiklaishini ta�minlaydigan chegaradir.

Hududning resurs imkoniyati bu jamiyat hayot faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oluvchi tushunchadir. Olamshumul insonparvarlik nuqtayi nazaridan qaraganda, uni alohida iqtisodning ekologik va ijtimoiy jihatlarini hisobga olish zarur. Uning bir qismi to�g�ridan-to�g�ri hududning turistik resurslariga, ikkinchi qismi mintaqadagi turizmni rivojlantirish omillariga tegishlidir. Turizm uchun turistik rekreatsion resurslar birinchi darajali ahamiyatga ega. Bular turistik biznesni rivojlantirish jarayonining poydevori hisoblanadi. Turistik rekreatsion resurslar turistik mahsulot yaratish uchun inson tomonidan yaratilgan tabiiy va sun�iy obyektlar yig�indisidir. Turistik resurslar mintaqada turizmni rivojlanish xususiyatlarini belgilangan hududda investitsiya siyosati yo�nalishlarini belgilashda turistik mahsulot ishlab chiqarish uchun boshlang�ich manba hisoblanadi. Tabiiy turizm va ekoturizm tabiatga nisbatan xo�jalik faoliyati yetib bormagan obyektlar bilan belgilanadi. Bunday turizmning maqsadi va uslubi-o�simlik va hayvonot dunyosini hamda ushbu hududda joylashgan har qanday madaniy yodgorliklarni, xoh eski, xoh yangi bo�lsin, ularni kuzatish, tahlil qilish va o�rganishdan iborat. �Tabiiy turizm turizmning boshqa turlaridan tabiiy muhitga kamroq ta�siri bilan ajralib turadi va keng tarmoqli xizmat ko�rsatishga muhtoj emas. Ekoturizm uslubining qamrovi odatdagidan ko�ra keng qamrov va tushunchaga ega bo�lib, o�simlik va hayvonot dunyosini o�rganishga ilmiy yondashuv, tabiat qo�yniga sayohat, masalan, dam olish kunlari hordiq chiqarish bilan o�rganishni birgalikda amalga oshiriladi�.[4]

Hozirgi ekologik muammolar mavjud bo�lgan paytda aholining ushbu turizm turidan foydalanishlari va uni tashkil etish jarayoni ham oson ish emas. Kuchli strategiya, aniq maqsad va ruhan, aqlan katta kuch talab qiladi. Garchi oddiydek ko�rinsa-da hamma narsa ko�ringanicha emas, mohiyatni anglash uchun esa o�sha mavzuga chuqurroq kirib borish kerak. Ekologik turizm, avvalo, ekoresurslar mavjud hududlarda tashkil etiladi. Bunday xushmanzara va bahavo joylar yurtimizda ham ko�plab topiladi. Birgina Namangan viloyat misolida aytishim mumkinki, �Chodaksoy�, �Baliqliko�l� �Nanay�, �G�ova� kabi turistlar va mahalliy dam oluvchilar uchun mo�ljallangan ushbu maskanlarning bag�ri ziyoratchilar va dam oluvchilar uchun doimo ochiq. �Ekologik turizm uchun tabiiy iqlim resurslari - okean, dengiz, daryo va ko�llar, sun�iy suv havzalari, cho�l va qumliklar, tog�lar va ulardagi sharshara-yu g�orlar, qir-adirlar, qo�riqxona va bog�lar bo�lishi lozim. Eng asosiy va muhim jihati shuki, Olloh ato etgan ushbu tabiat resurslarini avaylab-asrash, ulardan turizm va insonning boshqa ehtiyojlari uchun oqilona foydalanish kerak�.[5] Bu ishda turistik tashkilotlar zimmasiga alohida mas�uliyat yuklanadi.

XULOSA.

Ekologiya va turizm ajralmas tushunchalardir. Negaki, insoniyat dam olish niyatida avvalo shunday tabiat bilan bog�liq joylarga boradi va o�zining hordig�ini chiqaradi. Mamlakatimizda ekologik toza hududlar ko�p. Ulardan unumli foydalanish kerak va shu orqali tadbirkorlik faoliyatini ham yo�lga qo�yish mumkin. Ekologiyaga ziyon yetkazmagan holatda turizmni tashkil etish bu dolzarb va ayni damda asosiy masaladir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET MA�LUMOTLARI:

1. Kamilova F.K. Xalqaro turizm marketing. T.:TDIU. 2007

2. Topildiyev O. Ekskursiya va sayohat.- Namangan, 2017.

3. Durovich A.P. Marketing va turizm: Ucheb.posob.- Minsk: Novoe znanie, 2004

4. www.ziyonet.net

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.