Научная статья на тему '«DOIRA» CHOLG’USINING PAYDO BO’LISHI'

«DOIRA» CHOLG’USINING PAYDO BO’LISHI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
6259
276
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Doira / dapp / dapchi / childirma / doira tarixi

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — B.Tursunov

Xalq cholg’u asboblarinnng paydo b’lish tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Musiqachilik sa’natida dastlab urma zarbli cholg’ular paydo bo’lgan. Bular Nog’ora, childirma, dovulcha va doiralardir. Qadim zamonlardan to hozirgi davrimizgacha bizga yetib kelgan doira cholg’u asbobi o’zgarmagan holda saqlanib kelmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему ««DOIRA» CHOLG’USINING PAYDO BO’LISHI»

«DOIRA» CHOLG'USINING PAYDO BO'LISHI

B.Tursunov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Xalq cholg'u asboblarinnng paydo b'lish tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Musiqachilik sa'natida dastlab urma zarbli cholg'ular paydo bo'lgan. Bular Nog'ora, childirma, dovulcha va doiralardir. Qadim zamonlardan to hozirgi davrimizgacha bizga yetib kelgan doira cholg'u asbobi o'zgarmagan holda saqlanib kelmoqda.

Kalit so'zlar: Doira, dapp, dapchi, childirma, doira tarixi.

THE ESTABLISHMENT OF THE "DOIRA" INSTRUMENT

B.Tursunov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The history of folk instruments goes back a long way. Percussion instruments first appeared in music art. These are the drum, the chindovul, the drums, the hurricane, and the doira. The doira, which has come down to us from ancient times to the present day, has remained unchanged.

Keywords: circle, dapp, dapchi, flute, circle history.

Musiqa sohasida, O'rta Osiyo va Sharq xalqlari qatori, o'zbek usullari, ya'ni ritmik yo'llari va ularning rivojlanish usullari alohida o'rin egallaydi. Chalish usullar qoida bo'yicha urib chalinadigan musiqa asboblari ijrosida qo'llaniladi. Eng ko'p tarqalgan urma zarbli musiqa asboblaridan, O'zbekistonda, Tojikistonda va Uyg'ur xalqlarida va shu bilan bir qatorda, Sharqda o'zining shirali ovoziga ega bo'lgan, musiqa cholg'u asbobi doira hisoblanadi.Doira iborasi ba'zan «Dapp», «Childirma», «Chirmanda» deb ham yuritiladi. Xorazmda dapp, childirma ijrochini esa "Dappchi"-childirmachi deb aytadilar, Buxoroda doiradast, Farg'onada chirmandachi, Samarqanda esa doirachi deb yuritiladi.O'zbek xalqi qadimdan doira asbobini juda ardoqlab kelgan. O'tmishda bu asboblarning sadolari ostida xalqni maydonlarga, to'y-tomoshalarga, musobaqa kurashlarga va har-xil sayillarga chaqirganlar. Jumladan: "Hosil bayrami", "Uzum sayli", "Qovun sayli" va shunga o'xshash kabi mavsumiy bayramlar keng tarqalgan.Bayramlarda, madaniy marosimlarda ayniqsa karnay, surnay va nog'ora, doira kabi urma zarbli musiqa cholg'ulari keng qo'llanilgan.Buyuk Shark mutafakkirlarining merosi, xalq cholg'ularini o'rganish sohasida ham tarixiy qimmatga ega. Abu Nasr Muhammad Farobiyning mashhur

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz/

asari "Musiqa haqida katta kitob" ("Kitob al-musiqa, al-kabir") ulkan ahamiyatga ega hisoblanadi. O'rta asr olimi bu kitobdan ikki xil musiqa ijrochiligi: ohangni inson ovozi (qo'shiq san'ati) va cholg'ular vositalarida qayta tiklashga ajratadi. Darvish Ali o'z davri (XVII acr) da mavjud bo'lgan cholg'u ansambllari va ularning ijrochilari haqida ma'lumot bergan. Saroyda 60 cholg'uchidan iborat ansambl bo'lgan. «Nog'ora xona» deb atalgan 60 kishilik cholg'uchilar ansamblni nog'orachi boshqargan. Darvish Ali misol tariqasida shunday dalilni keltiradi:

«Sulton Husayin saroyida ansamblning rahbar-mehtar vazifasini nog'orachi Sayid Ahmadbin mehtariy Miroqiy bajargan. «Nog'ora xona» nog'ora va damli musiqa cholg'ularida kuy chalayotgan paytda ijrochilar joylashgan xona ko'zda tutiladi.Bizning jumhuriyatimizda doyra ritmik usullarini dunyoga mashhur qilishda o'z hissasini qo'shgan Usta Olim Komilovning boy merosi avlodlar uchun katta maktab vazifasini o'tamoqda. Mashhur doyrachilar G'ofur Azimov, G'ofur Inog'omov, Rahim Isaxo'jayev, Evner Barayev, Qahramon Dadayev, Ravshan Akbarbekov, Odil Kamolxo'jayev, Dadaxo'ja Sottixo'jayev, To'ychi Inog'omovlar ustaning ananalarini davom ettirdilar.Shuningdek, Toshkent Davlat konservatoriyasi dosenti A.XLiviyev ham "Doira uchun etyudlar" to'plamini yaratgan edi. SamDU musiqa fakulteti dosenti Y.Haqqulov "Doira uchun pyesalar" to'plami yaratganlar. A.Rasulov nomidagi SamDSBY katta o'qituvchisi Asliddin Sirojev "Doyra uchun pyesalar» yaratdilar, A.Ashrafxo'jayev "Doira sinfi bo'yicha xrestomatiya"yozganlar. Doira ko'rinishidan oddiy aylanma shaklida bo'lib, diametri taxminan 400 mm bo'lgan, gardishi ilgari uzum zangidan qilingan, so'ngi vaqtlarda yog'ochni egib yoki kichik bo'laklarga bo'lib, ularni bir-biriga ulab yasaladi. Doyraning gardishiga buzoq yoki baliq, ba'zan toyning terisidan qoplangan. Gardish o'rtasiga qirqdan ortiq halqachalar taqiladi. Bu halqachalar doyrani chalganda ijroga qo'shimcha sado beradi. Bu halqachalarning nomi shing'iroq, shilshila deyiladi, shing'iroqlar mayda doiracha shaklida bo'lib, misdan va temir metallardan ishlab yasaladi. Doyrada 2 ta asosiy tovush bor. Biri past "bum" (Xorazmda "gup") ikkinchisi baland "bak" (xorazmda "toq") deb yuritiladi. Ketma-ket kelgan ikkita qisqa tovush "bakko" yoki «bakka» (tak-tak) yoki (bak-bak) "taka" deb yuritiladi. Ilgarilari Bum (gup) 1ta chorak notaga teng bo'lgan. Bak (tak) ham 1ta chorak nota hisoblangan. Bak-bak (tak-tak) 2 ta-choraktalik notaga teng. Bakka (taka) esa 2 ta 8 talik notaga teng. Agar taktlar o'rtasida pauza kelsa "Ist" so'zi qo'llanilgan. Masalan: bakka bum bak ist baka bak.

30 yillardan so'ng doyra usullari, ya'ni "Bum" chiziq ostiga "Bak" esa chiziq ustiga yozilib, ijro etiladigan bo'ldi. Bu doira usullarini A.Eyxgorn, V.Leysok, N.Mironov, V.Uspenskiylar bir nota chiziq oralig'ida nota yo'lida yozganlar.

Doirani tovush balandligi noaniq, ya'ni uning terisi qanday tortilganiga qarab sado beradi, aniq bir nota, ya'ni tovush, ovoz bir xil chiqmaydi. Bum bilan bak

I jbÄÜ^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz/

oralig'i kvarta intervaliga yaqinroq. Ijro har xil usul bilan kelishi, barmoqlar harakatida tovushlarning o'zgarishiga olib keladi.

Doira ijrosi, o'ng qo'l bilan chap qo'l harakatiga bog'liq, doirani qaysi yeriga, gardish o'rtasiga yo chetiga yoki bo'lmasa gardishdan ozgina o'rtasiga yaqinroq urib cholish, o'ziga xos tovush chiqaradi. Ba'zan barmoqlarga metaldan yasalgan noxun taqilib chalinadi. Mana shunaqa ijro etilgan bum bilan bumni, bak bilan bakni farqi juda katta bo'ladi. XX asrning 50-60-yillariga kelib, doirani chalish usullari A.I.Petrosyans tomonidan o'zgartirildi, Toshkent eksperemental labaratoriyasida tasdiqlanib, ko'pchilik musiqashunos olimlar tomonidan 4 qatorlik doira chalish usuli joriy etildi va hozirgacha qo'llanilib kelinmoqda. Har bir qo'lning, ya'ni o'ng va chap qo'llarning ovozlari tovushlari alohida yoziladi.

Quyida doirachilikda dong taratgan mashhur va mohir doyrachilar xotirasini yodga olamiz: Usta Olim Komilov, To'ychi Inog'omov, G'ofur Azimov, Bolta Sharipov, Dadaxo'ja Sottixo'jayev, Rashid Nurmehammedov, Rahmon Otaboyev, Samarqandlik Baxtiyor Jobirov va boshqalar.

Endilikda sitqi dildan xizmat qilib kelayotgan doirachilar: Rahim Isaxo'jayev, Qahramon Dadayev, Tal'at Sayfiddinov, Dilmurod, Elmurod, Xolmurod Islomovlar, Rahmatullo Samadov, Abbos Qosimov va boshqalar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Akbarov Il. Musiqa lug'ati T., San'at 1990 yil.

2. Vizgo T. O'rta Osiyo musiqa asboblari. Moskva., 1980 yil.

3. Karomatov F. O'zbek chlg'uchilik musiqasi. Moskva., Muzika 1980yil.

4. Odilov A. O'zbek xalq cholg'u asboblarida ijrochilik tarixi. Toshkent., O'qituvchi 1995 yil.

5. Fitrat A. O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi. Toshkent., Fan., 1993 yil.

6. Petrosyants A.I. Cholg'ushunoslik T., San'at 1990 yil.

7. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

8. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

9. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. (2021). A look at samples of uzbek folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 9-14.

10. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz/

11. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

12. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

13. Talaboyev, A. (2021). Skill Improving Ways in Traditional Song Performing. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 12-17.

14. Талабоев, А. Н. (2019). Узбек миллий анъанавий ижрочилик санъатида махаллий услублар. Перекрёсток культуры, 1(4).

15. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

16. Талабоев, А. (2019). Маком санъатида сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 25-28.

17. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. (2020). SONG PERFORMING IN TRADITIONAL PERFORMING ARTS: PAST AND PRESENT TIM. European Journal of Arts, (1), 85-88.

18. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

19. Ахмедов, Р. (2020). Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар. Oriental Art and Culture, (I (2)), 5-9.

20. Shermatova, X. (2021). A LOOK AT THE MUSIC EDUCATION IN SCHOOLS: FORMS AND METHODS OF MUSIC EDUCATION. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 253-258.

21. Shermatova, X. (2020). MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, (V).

22. Шерматова, Х. К. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ МОЛОДЁЖИ. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 117-119.

23. ШЕРМАТОВА, Х. К. (2015). Народная музыка как средство музыкально-эстетического воспитания школьников. In Юность и Знания-Гарантия Успеха-2015 (pp. 318-316).

24. Мад, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН ХАЛК АРТИСТИ ТАМАРА ХОНИМНИНГ СОБЩ ИТТИФОК ДАВРИДА САНЪАТДАГИ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИ. Oriental Art and Culture, (7), 160-170.

25. Мадолимов, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН САНЪАТКОРЛАРИНИНГ УЛУЕ ВАТАН УРУШИДА ФРОНТ ВА ФРОНТ ОРТИДА ЕАЛАБАГА

ГГлЦ^^Ш! 86 http://oac.dsmi-qf.uz/

КУШГАН ХИССАСИ (19411945 ЙИЛЛАР). Oriental Art and Culture, (7), 144151.

26. Kurbonova, M. (2021). The importance of folklore in the upbringing of a harmoniously developed generation. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1750-1758.

27. Курбонова, М. (2021). Аёллар санъати: кеча ва бугун. Oriental art and culture, 2(3), 62-75.

28. Qurbonova, M. (2020). CHET EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, (V).

29. Tursunov, B. (2021). Doira as a National Musical Instrument. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 50-54.

30. Турсунов, Б. (2020). ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, (V).

31. Исмаилова, М. М. (2020). ОДИН ИЗ ВАЖНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В УЗБЕКСКОМ МУЗЫКЕ: ДУТОР. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 113-115.

32. Ismoilova, M. (2020). CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH. Oriental Art and Culture, (V).

33. Mamatov, J. (2020). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI. Oriental Art and Culture, (V).

34. Mamatov, J. (2021). Directing in the Training of Art Professionals. International Journal of Culture and Modernity, 11, 90-96.

35. Madaminov, S., Mamatov, J., & Siddikov, S. (2020). A look at the history of uzbek maqom art. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1144-1151.

36. Jurayev, I. (2021). A LOOK AT THE LIFE PATH OF FATTOKHON MAMADALIEV. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 54-59.

87

http://oac.dsmi-qf.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.