Научная статья на тему 'MAKTABLARDA O‘QITILAJAK MUSIQA TA’LIMIGA BIR NAZAR: MUSIQA TA’LIMINING SHAKLI VA USULLARI'

MAKTABLARDA O‘QITILAJAK MUSIQA TA’LIMIGA BIR NAZAR: MUSIQA TA’LIMINING SHAKLI VA USULLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
164
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Musiqa / cholg’u / qo ‘shiq / ritm / savod / tembr / estetika / ta’lim / tarbiya.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — X.Shermatova

Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa ta’limining o’qitilishi, musiqa idroki, raqs va ritmik harakatlar, cholg‘uchilik va ijodkorlik faoiltyalarini o‘qitilishi haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABLARDA O‘QITILAJAK MUSIQA TA’LIMIGA BIR NAZAR: MUSIQA TA’LIMINING SHAKLI VA USULLARI»

MAKTABLARDA O'QITILAJAK MUSIQA TA'LIMIGA BIR NAZAR: MUSIQA TA'LIMINING SHAKLI VA USULLARI

X.Shermatova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida musiqa ta'limining o'qitilishi, musiqa idroki, raqs va ritmik harakatlar, cholg'uchilik va ijodkorlik faoiltyalarini o'qitilishi haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: Musiqa, cholg'u, qo 'shiq, ritm, savod, tembr, estetika, ta'lim, tarbiya.

A LOOK AT MUSIC EDUCATION IN SCHOOLS: FORMS AND METHODS

OF MUSIC EDUCATION

X.Shermatova

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the teaching of music education in general secondary schools, music perception, dance and rhythmic movements, instrumental and creative activities.

Keywords: Music, instrument, song, rhythm, literacy, timbre, aesthetics, education, upbringing.

Musiqa tarbiyasi estetik tarbiyaning eng asosiy va ancha murakkab majmualaridan biri bo'lib, bolalalrning musiqa san'ati asarlarining tushinishida ijro etishga o'rgatish ishalrini kichik yoshdan boshlashni taqozo etadi. Shunga ko'ra,estetik tarbiyalash mavsadida barcha maktabalrda va maktabdan tashqari muassasalarda bolalarning badiiy tarbiyasida musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik bilan shug'ullanishiga sharoit yaratish alohida nazarda tutilgan. Musiqa bolalar va yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning g'oyat ta'sirchan va samarali vositasi sifatida ham ahamiyatga egadir.

Avvalo darsda musiqaning mauyan mohiyatini tushuntirishda yordam beruvchi darslarinng muayan mavzulari har bir chorak uchun belgilangan bosh chorak uchun beliglangan bosh mavzulardan kelib chiqadi. Yil, chorak, mavzulari, milliy musiqamizni dasturga kiritishi darsni yanada qiziqarli va mazmunli o'tish uchun yordam beradi. Ikkinchidan musiqa savodi mashg'ulotlarining mustaqil qismi bo'lib emas balki dars mavzuini ochib beruvchi musiqa faoliyati sifatida qabul etiladi. Uchinchidan dars mavzusining qiziqarli bo'lish va ta'lim samaradorligini oshirishi

maqsadida raqs bolalar cholg'u asboblari shiqildoq doiracha, qoshiq va boshqalarda musiqaga jo'r bo'lish hamda musiqa ijodkorligi kabi yangi musiqa faoliyatlari qo'llaniladi. Ushbu faoliyatlar zamirada o'yin xususiyatlari mavjudligi tufayli ular o'quvichlarda katta qiziqish o'yg'otadi.

Binobarin, mashg'ulotlarda qo'llanadigan barcha musiqa faoliyatlari dars mavzusining ajralmas qismi va mantiqan o'zviy bo'lagi sifatida xizmat qiladi. Bu jihatdan musiqa darsi kompleks (integrak aralash) dars tipiga kiradi va unda darsning umumiy mavzusiga bo'ysundirishi, o'zaro mantiqan bog'lanishi, qo'yidagi musiqa faoliyatlariga amal qiladi. Bu jihatdan sifatida xizmat qiladi. Bu jihatdan musiqa darsi kompleks (integrak aralash) dars tipiga kiradi va unda darsning umumiy mavzusiga buysunishi o'zaro mantiqan bog'lanishi qo'yidagi musiqa faoliyatlariga amal qiladi. Musiqa idroki (tinglash) kuylash, musiqa savodi, raqs va ritm harakatlari, chapakda va cholg'ularda chalish, musiqa ijodkorligi va boshqalar.

Musiqa idroki dars mashg'ulotlarida yetakchi faoliyat sifatidamuhim o'rin tutadi. U ikki holatda amalga oshadi. Birinchi holatda ma'lum asar tinglanib ijro etiladi va uning badiiy jihatlari dars mavzusiga doir oddiy musiqiy pedagogik yo'sinda tavsif etiladi. Tingalsh orqali asarni tushunish va ongli idrok etish, asarning musiqaviy xususiyatlari janri, tuzilishi, ifoda vositalari, ijrochiligi hamda badiiy mazmuni haqidagi ma'lum bilimlarga ega bo'lishadi. Ikkinchi holatda musiqa asarlari avval tinglanib so'ng u yoki bu holati ko'ylash orqali o'rganiladi, uning badiiy mazmun xususiyatlari amaliy faoliyatda ifodalaniladi. Masalan o'zganiladigan qo'shiq avval o'qituvchi ijrosida yoki magnit orqali bir ikki marta tinglaniladi, asar xususiyati haqidagi suhbat qilinadi so'ng o'rganishga kirishiladi.

O'qituvchilarga o'zbek musiqasi tinglashning o'ziga xos xususiyatlariga doir tushuncha va tushuncha va tasavvur hosil qilish ancha murakkab uzoq vaqt davom etadigan. Jarayondir. O'quvchilar o'qituvchi yordamida musiqa asarini eshitib tahlili qilish qobilyatlarini asta-sekin o'stirib boradilar.

Raqs musiqasi avval tinglaniladi kuy tavsiflari anglab olingandan so'ng, raqs xarakatlari ifodasi o'rganiladi. Ko'pincha asar bir necha faoliyat o'yg'unligida: tinglash kuylash, raqs xarakatlari va boshqalar o'rganiladi. Bunday mashg'ulot usuli asarni puxta o'rganish va ayni holda kompleks malakalarining rivojlanish uchun imkon yaratadi. Musiqa darsida barcha faoliyatlar muayyan mavzu zamirida mantiqan o'zaro bog'lanadi, natijada darsning mantiqan bir butunligi vujudga keladi.

Musiqa savodi. Barcha faoliyatlari nazariy jihatdan birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsda qaysi faoliyat mashg'uloti (tinglash, ko'ylash, raqs va boshqalar) qo'llanmasi uning amaliyotida foydalanilayotgan asar o'rganiladi va uning xususiyatlari (janr tuzilishi, ijrochiligi va boshqalar) haqidagi yangi tushunchalar hosil bo'ladi. Shu bois musiqa savodi faoliyatida o'quvchilarning umumiy musiqaviy bilim tushunchalari majmuini (musiqa shaklalri, janrlari, cholg'u ijrochiligi, halq va

bastakorlik musiqasi ulaming fîklari, milliy musiqaning maqomiy uslublari klassik musiqa nota savodi va boshqalar) shakllantirishga asosiy e'tibor qaratiladi.

Raqs va ritmik harakatlar. Bu faaoliyatda o'quvchilaring musiqiy qobiliyatlari xusuan, ritmik usul to'yg'usi va asar badiyatini ifodalash malakalarini rivojlantiirish bilan birga ularning jismoniy rivojlantiri uchun ham muhimdir. Bu ayniqsa boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun nihoyatda zarur. Shuni alohidav ta'kidlash joizki, o'zbek halqi milliy raqs san'ati bilan olamga dong taratgan. Ammo maktab ta'lim-tarbiyasi tarkibida raqs sabog'i deyarli yo'q darajada ekanligini nazarda tutsak unda musiqa darslari mazmunida milliy raqs unsurlarini nafadar zarurligi ma'lum bo'ladi. Shu bois musiqa o'qituvchisi milliy raqs san'atimizning oddiy harakatlarini bilish buugngi davr talabidir.

Chapak va bolalr cholg 'u asboblarida chalish faoliyatlari, ham o'qituvchilarinng musiqaviy o'quv qobilyatlariga hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun muhimdir. Bu faoilyat boshlang'ich sinflarda milliy cholg'u asboblari bilan chalishni va ularning tovush tembrlarining anglab olish bilan o'zviy bog'lanib amalga oshirilishi zarur. Bunda doirachalar,qayroq, qoshiq, kichik safoyillar kabi o'rma cholg'u asboblaridan foydalanib o'qituvchi ijrosi va magnit tasmalar orqali tarqaladigan kuylar ritmik jo'r bo'lish malakalari rivojlantiriladi.

Kuylash faoliyati o'quvchilarinng musiqa o'quv qoliyatlarini hamda ijrochilik malakalarini rivojlantiirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo'lib kuylash jarayonida o'quchi o'z ovoz ijrosini boshqaradi, o'rtoqlarining ijrolarini eshitib ko'zatadi va ular bilan birga jo'rnavozlik qilishag intiladi. Zotan, tinglash va kuylash o'quv materialalri ta'lim mazmuning tashkil etadi. Ularning kuylash va tingalsh faoliyatlari vositasida o'rganishi bilan birga cholg'uchilik, musiqali harakatlar hamda ijodkorlik faoliyatlari bilan ham har tomonlama o'zlashtirish va musiqiy tavsiflarni ushbu faolityalar vositasida imkoniyatlari yaratiladi. Yangi o'quv dasturida musiqa ijodkorligi faoilyati ilk bor kiritilgan. Bu faoliyat bolalada musiqiy tafakkur, izlanish va ijodkorlik malakalarini o'stiradi borish uchun katta ahamiyatga egadir. Bu faoilyat o'quvchi ijrosida doira chertib jo'rnavozlik qilish kuy ohangilgi mos harakatlarni xususan raqs haraktlarini topish, she'r parchasiga kuy bastalash kabi ijodkorlik amalyotlari bilan bajariladi.

Musiqali harakatlar cholg'uchilik va ijodkorlik faoiltyalarini amalga oshirishga o'yin uslublaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu faoliyatlar zamiri ko'proq o'yin xususiyatlari bilan bog'liqdir. Yangi o'quv dasturida tinglash va kuylash uchun asarlar talab darajasida berilgan.bu o'quvchilarda asarlarini sinf imkoniyatlari va o'quv yilining muhim sanalarida muvofiq tarzda tanlab o'qitish imkoniyatlarini beradi. Ayni bir paytda o'quvchi dasturga kiritiladigan ammo badiiy yuksak, tarbiyaviy jihatdan muhim,o'quvchilarinng yoshlik xususiyatlariga, idrok amalyotiga mos bo'lgan yangi asarlaridan keng foydalanish xuquqiga ham egadir. Nota savodi, cholg'uchilik, raqs va

harakatlar, shuningdek musiqa ijodkorligi faoiliyati tavsif etilagn asarlar ham shartli ravishda berilgan. Dars sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin. Bu esa darslarni rejalashtirishda va darslarga tayyorgarlik ko'rishda ijodiy yondoshishni toqozo etadi. Bunda shu narsaga e'tiborni qaratmoq lozimki, garchi dasturda asarlar va mashg'ulotlar mazmuni har bir faoliyat turiga doir alohida ko'rsatilagan bo'lsada,ammo darslarni rejalashtiirishda va ularni o'tishida musiqa faoliyatlari dars mazmunidan kelib chiqish va uning mohiyatini ochib berish lozim bo'ladi. Shunday qilib, darsda musiqa faoilyatlari mantiqan birlashib mazmunan topshiradi.

Musiqa o'qituvchisi o'qitishning turli usulalriga munojat qilmog'i lozim. U davlat tomonidan chiqarilgan dastur asosida tuo'ilagan rejasiga suchnib qolmasdan, o'zi darsga ijobiy yondoshib mstalgan faoilyat turidan darsni boshlashi musiqa o'qitishning optimal metodalaridan umumiy foydalanib o'zi ijod qila bilishi lozim. Darsning noan'anaviy usularidan foydalanishi va darsning ijodiy tashkil qilish o'quvchilarni bilimga qiziqishida katta rol o'ynaydi. Bunda noan'anaviy usulalrdan dars-konsert, dars munozara kabi integralalshgan dars shakllarini o'quv jaralnia qo'llash o'quchilarni musiqiy qoliyatini rivojlantiiradi, ularni mustaqil fikrlash diorasini dunyoqarashini kengaytiradi. Bunday darslarda bola o'zini erkin his qiladi. Bu darsda o'qituvchi o'tilgan mavzuni to'g'ridan-to'g'ri bayon qilish bilan cheklanib qolmasdan balki o'quichlarning turli-tuman faoliyatlarini tashkil qiladi. Dars mazmuni bilan bog'liq bo'lgan ko'rsatma materillar va suratlardan (musiqa savodiga oid jadvalalr o'rganiladigan qo'shiqning ko'yi va so'zi yozilagan plakat, ashula yoki biror musiqa obrazalarini ifodolovchi badiiy suratlar va qo'shiq to'plamlari, o'quv filmlari va hokozolar) mumkin qaadr ko'proq foydalanishi lozim.

Dars samaradorligini oshirishda o'quvchilar bolimi va malakalarini baholash muhim pedagogik ahamiyatga ega. Bu borada o'z xususiyatlari bilan farq qiladi. Bu masala ham kompleks yondoshishi lozim. Boholanishi lozim bo'lgan o'quvchilarning olidan belgilashning va ularga rars davomidv o'tilgan va ularga dars davomida o'tilgan va o'tilayotgan mavzular yuxasidan savollar berib borilishi, ularni ko'proq fikr bildirishga toritsh va amaliy faoliyatga ko'proq jalb etish yo'li bilan hamda malakalarini aniqlash va odilona baholash lozim bo'ladi. Sinf sahnasiga yakka chiqarib so'rash boshqalarni zeriktiradi va vaqtdan unumli foydalanishga halaqit beradi. Bundan tashqari bu uslub darsning mantiqiy davomligini va sinf faolligini so'saytirishga sabab bo'ladi. Tayyorgarlik yaxshi bo'lgan o'quvchiga musiqa sohasida muvafaqqit qozingan iqtidorli sinflarda dastur talabini bir oz oishirish huquqi beiladi. Ayni vaqtda o'quvchilaragyakka tartibda musiqa o'rgatish uyushtirishga e'tibor berishi, bu ishga ota-onalar jamoatchiligini jalb etish lozim. O'qitish davrida musiqa sohasida muntazam ravishda olib borilish natijasida o'quvchilar musiqa savodiga ega bo'lib, musiqani sevadigan, yirik musiqa asarlarini, shuningdek, konsertlarni, radio va televideniye orqali beriladigan musiqali eshittirishlarni mehr qo'yib tinglaydigan,

badiiy havaskorlik to'garaklarida yetarli tayyorgarlik bilan faol qatnashadigan kishilar bo'lib yetishishlari kerak. Bu tadbirlarni amalga oshirishda sinf rahbarlari va ota-onalar musiqa o'qituvchisiga yaqindan yordam berishlari zarurdir. Bu sohada ayrim maktablarda qo'lga kiritilagn muvofaqqiyatlar boshqa maktablar uchun namuna bo'la oladi, shuning uchun ularning ishi tajribalarini alamashtirish muhimdir. Hozirgi zamonaviy ta'lim tizimida ko'rsatuv isbotlariinng hamma turlaridan televizor, magintafon, mingafon, texnik vositalaridan foydalanish musiqiy yangiliklardan hamda ijtimoiy fanlar pedagogika, xususiy mutaxasislik bilimi va malakalari darslarni olib borish ko'zda tutilgan.

Musiqa fanning zamonaviy tuzilishi, mantiqiy butunligi turli musiqaviy faoliyatdan iborat bo'lib bunda; -musiqa tinglash, musiqa savodi, xorda kuylash musiqa xarakteriga xos haraktalar bajarishi (masalan chapak chalish) va cholg'ular musiqaga ritmik jo'r bo'lish musiqa ijodkorligi kabilar asosiy o'rin tutdi. Shunisi quvonarliki, ayniqsa mustaqillikka erishganimizdan so'ng maktablarimizda milliy merosimizni, musiqamizni singdirish hamda turli xildagi texnologiyalardan foydalanish keng yo'lga qo'yildi. Pedagogik texnik va texnologiyasini o'rganish pedagogik mahoratni muvofaqityalt egallashga yordam berdi. Yangi texnologiyada jamoa bilan kirishib ketish, o'z ishidan kuchli va zaif tomonlarini bilish;-o'z bilimlarini doimo to'ldirib borish tarbiyasining mahorati yo'lidan muvafaqqityali olg'a siljishni ta'minlaydi. Musiqa pedagokasi fanning zamonaviy tizimini tuzilishi pedagogikaning o'tilishida uning metodikasidan keng tarbiya nazariyasi va amaliyotini o'tish maqsadga muvofiq ekanligini isbot qilmoqda. Avvalo musiqa darsi tarbiya darsi hisoblanib, tarbiyasining bir necha metodalari mavjud.

1. Odob va ma'naviy ongni shakllantirishi metodalari: suhbar, taqriz namuna.

2. Faoilyatlarni tahlil qilish muomala, munosabat, ijtimoiy xulq munosabatlari;-amaliy o'yin, amaliy-hayotiy ma'naviy mashqlar, topshiriqlar.

3. Ma'naviy ijodiy metodlar.

4. Rag'batlantirish va fe'l atvorini nazorat qilish metodlari.

Musiqa darsi an'anaviy va noan'anaviy dars shakllaridan iborat bo'ladi.

1. An'anaviy ta'limining bosh maqsadalari; aniq, so'zsiz qo'loq solib, bajaruvchi, o'quvchilarni tayyorlaydi, ya'ni dars faoliyatlari izchilligiga bo'ysunadi. Ta'limni maqsadi: - bilim ko'nikma, malakalarini shakllantirishimiz.

2. Noan'anaviy ta'limning bosh maqsadi: jahon standartlariga javob bera oladigan o'quvchilarni tarbiyalaydi. Mustaqil faoliyat yurita oladigan, o'z-o'zini tarbiyalay oladigan o'z ustida izlanadigan, mustaqil fikr yurita oladigan o'quvichlarni tarbiyalaydi. Bunda og'zaki, amaliy ko'rgazmali taqqoslash, o'yin, musiqiy uquvi bo'sh bo'lgan o'quvchilar bilan ishlash to'g'ri keladi. O'quvchilarni asosan milliy ruhda tarbiyalash maqsadga muvofiqdir.

Hozirgi kunda maktablarda musiqa darslari ancha murakkablashgan bo'lib, musiqiy bilimlarni oshirish maqsadida turli hil uslublardan foydalanilgan holda o'tish bosh vazifamizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Ta'lim taraqqiyoti" O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligining axborotnomasi 6-maxsus soni. Umumiy o'rta ta'limning DTS va o'quv dasturi. "Sharq" nashriyoti 1999 yil.

2. O. Fayziyeva. O'quvchilarda musiqiy nafosat tarbiyasini shakllantirishi yo'llari. Toshkent 1992 yil.

3. Maktabda musiqa metodikasidan ma'ruzalar matni. 1990 yil.

4. H.Nurmatov. N. Norxo'jayev, A. Mirrahimov "Musiqa" 3-sinf uchun darslik G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. Toshkent 2001 yil.

5. Н.Г. Дмитреева., О. Черсиваненко. Методика музыкалного воспитания в школе., Москва 1990 года.

6. M. Ochilov "Muallim qalb me'mori" Saylanma Toshkent. O'qituvchi 2000 yil.

7. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

8. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

9. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. (2021). A look at samples of uzbek folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 9-14.

10. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

11. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

12. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

13. Talaboyev, A. (2021). Skill Improving Ways in Traditional Song Performing. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 12-17.

14. Талабоев, А. Н. (2019). Узбек миллий анъанавий ижрочилик санъатида махдллий услублар. Перекрёсток культуры, 1(4).

15. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

16. Талабоев, А. (2019). Маком санъатида сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 25-28.

17. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. (2020). SONG PERFORMING IN TRADITIONAL PERFORMING ARTS: PAST AND PRESENT TIM. European Journal of Arts, (1), 85-88.

18. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

19. Ахмедов, Р. (2020). Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар. Oriental Art and Culture, (I (2)), 5-9.

20. Shermatova, X. (2021). A LOOK AT THE MUSIC EDUCATION IN SCHOOLS: FORMS AND METHODS OF MUSIC EDUCATION. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 253-258.

21. Shermatova, X. (2020). MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, (V).

22. Шерматова, Х. К. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ МОЛОДЁЖИ. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 117-119.

23. ШЕРМАТОВА, Х. К. (2015). Народная музыка как средство музыкально-эстетического воспитания школьников. In Юность и Знания-Гарантия Успеха-2015 (pp. 318-316).

24. Мад, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН ХАЛК АРТИСТИ ТАМАРА ХОНИМНИНГ СОБИК ИТТИФОК ДАВРИДА САНЪАТДАГИ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИ. Oriental Art and Culture, (7), 160-170.

25. Мадолимов, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН САНЪАТКОРЛАРИНИНГ УЛУЕ ВАТАН УРУШИДА ФРОНТ ВА ФРОНТ ОРТИДА ЕАЛАБАГА КУШГАН ХИССАСИ (19411945 ЙИЛЛАР). Oriental Art and Culture, (7), 144-151.

26. Kurbonova, M. (2021). The importance of folklore in the upbringing of a harmoniously developed generation. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1750-1758.

27. Курбонова, М. (2021). Аёллар санъати: кеча ва бугун. Oriental art and culture, 2(3), 62-75.

28. Qurbonova, M. (2020). СНЕТ EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, (V).

29. Tursunov, B. (2021). Doira as a National Musical Instrument. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 50-54.

30. Турсунов, Б. (2020). ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, (V).

31. Исмаилова, М. М. (2020). ОДИН ИЗ ВАЖНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В УЗБЕКСКОМ МУЗЫКЕ: ДУТОР. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 113-115.

32. Ismoilova, M. (2020). CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH. Oriental Art and Culture, (V).

33. Mamatov, J. (2020). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI. Oriental Art and Culture, (V).

34. Mamatov, J. (2021). Directing in the Training of Art Professionals. International Journal of Culture and Modernity, 11, 90-96.

35. Madaminov, S., Mamatov, J., & Siddikov, S. (2020). A look at the history of uzbek maqom art. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1144-1151.

36. Jurayev, I. (2021). A LOOK AT THE LIFE PATH OF FATTOKHON MAMADALIEV. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 54-59.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.