Научная статья на тему 'CHOLG’UCHI-SOZANDA TALABALARNI O‘ZBEK XALQ KUYLARI VA BASTAKOR-KOMPOZITORLAR IJODIDAN NAMUNALAR IJRO QILISHLARIDA IJODIY YONDOSHUVCHANLIKKA O‘RGATISH'

CHOLG’UCHI-SOZANDA TALABALARNI O‘ZBEK XALQ KUYLARI VA BASTAKOR-KOMPOZITORLAR IJODIDAN NAMUNALAR IJRO QILISHLARIDA IJODIY YONDOSHUVCHANLIKKA O‘RGATISH Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
378
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy musiqiy bezaklar / akademik uslubdagi musigiy bezaklar / an’anaviy ijrochilik / “Ustoz-shogirdlik” maktabi / ansambldagi ijrochilik / nimpardalar / “bidratmalar” / “sadolanish”

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — A.Yuldashyev, V.Boboyev

Ushbu maqola o‘zbek xalq cholg‘ulari sinfida “Maxsus cholg’u” fani bo‘yicha talabalar bilan ishlash, ularni ijrochiligi borasida xalq kuylaridan hamda o‘zbek bastakorlari va kompozitorlari asarlaridan namunalarni to‘g’ri talqin qilishlari, cholg’uchilar ansamblida bir-birini his qilishi, milliy musiqiy bezaklarni to‘g’ri ijro qilishlariga, erishish uslublari va milliy musuqiy bezaklarni o‘ziga xosligi, ulardan o‘rinli foydalanishlari haqidadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHOLG’UCHI-SOZANDA TALABALARNI O‘ZBEK XALQ KUYLARI VA BASTAKOR-KOMPOZITORLAR IJODIDAN NAMUNALAR IJRO QILISHLARIDA IJODIY YONDOSHUVCHANLIKKA O‘RGATISH»

CHOLG'UCHI-SOZANDA TALABALARNI O'ZBEK XALQ KUYLARI VA

BASTAKOR-KOMPOZITORLAR IJODIDAN NAMUNALAR IJRO

QILISHLARIDA IJODIY YONDOSHUVCHANLIKKA O'RGATISH

A.Yuldashyev V.Boboyev

O'zDSMI Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqola o'zbek xalq cholg'ulari sinfida "Maxsus cholg'u" fani bo'yicha talabalar bilan ishlash, ularni ijrochiligi borasida xalq kuylaridan hamda o'zbek bastakorlari va kompozitorlari asarlaridan namunalarni to'g'ri talqin qilishlari, cholg'uchilar ansamblida bir-birini his qilishi, milliy musiqiy bezaklarni to'g'ri ijro qilishlariga, erishish uslublari va milliy musuqiy bezaklarni o'ziga xosligi, ulardan o'rinli foydalanishlari haqidadir.

Kalit so'zlar: Milliy musiqiy bezaklar, akademik uslubdagi musigiy bezaklar, an'anaviy ijrochilik, "Ustoz-shogirdlik" maktabi, ansambldagi ijrochilik, nimpardalar, "bidratmalar", "sadolanish"

TEACHING STUDENTS TO PLAY MUSICAL STUDENTS IN CREATIVE APPROACH TO UZBEK FOLK SONGS AND COMPOSER-COMPOSER

PERFORMANCES

A.Yuldashyev V.Boboyev

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article is about working with students on the subject of "Special Instruments" in the class of Uzbek folk instruments, the correct interpretation of samples of folk melodies and works of Uzbek composers and composers on their performance. The feeling of each other in the ensemble, the correct performance of national musical ornaments, the methods of achievement and the originality of national musical ornaments, their appropriate use.

Keywords: National musical ornaments, academic musical ornaments, traditional performance, "Teacher-Apprentice" school, ensemble performance, semi-curtains, "bidrats", "sadolanish".

O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2017yil 20 apreldagi Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 2909-sonli qarori asosidagi

2017-2021yillarda oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalari, O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2017yil 17 noyabrdagi

PQ-3391 sonli "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish" chora tadbirlari to'g'risidagi qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, 08.10.2019. dagi PF-5847- sonly, Vazirlar maxkamasining 31.12 2020 yildagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 824-son qarorlariga binoan o'quv jarayonini DTSga asoslangan ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish juda dalzarb bo'lgan zamon talabidir.

Musiqa san'ati insonlarga ko'tarinki ruh berishi, ularni ijodkorlikka, bunyodkorlikka yo'naltirishi bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa ushbu asarlar mohirona, qalb q'rini qo'shgan holda ijro qilingan bo'lsa uni ta'sirchanlik qamrovi keng bo'ladi.

Professional ta'lim(colg'u ijrochiligi) ixtisosligi bo'yicha taxsil olayotgan bo'lajak cholg'uchi-sozandalarga akademik uslubdagi ijrocilik makabi bilan bir qatorda milliy an'anaviy uslubdagi, yoki shu ruhda yozilgan kompozitorlarimiz va bastakorlarimiz ijod na'munalari ijrochiligidan ham bahramand qilish va shbu milliy ruhdagi asarlarni to'g'ri ijro qilishlariga erishish ustozlar oldiga katta vazifalarni qo'yadi.

Musuqiy cholg'u asboblarida ijro etish ko'nikma va malakalari aslida birdaniga shakllanmaydi, aksincha ushbu me'zonlarni mohirona egallash uchun ko'p yillik tinimsiz izlanishlar, ustoz cholg'uchilar ijro usullarini ko'p eshitish, o'zlaringni ijrochilik qobiliyatlaring, iste'dodlaringizni oshirish, har bir vaqtdan unumli foydalanish va ijrochilik mahoratlaringni rivojlantirish orqali erishiladi.

O'zbek kompozitorlari ijodidan namunalar kiritilgan bo'lishi lozim.

Bunday qilinishiga asosiy sabab, o'qib, kasb mahorati sirlarini pog'onama-pog'ona egallab borayotgan, ijrochilik mahoratini endigina shakllanayotgan har bir talaba-bo'lajak sozandalar jaxon xalqlari musiqa madaniyati durdonalari bilan bir qatorda, balki birinchi o'rinda o'zbek xalq musiqiy merosidan, shu jumladan o'zbek kompozitorlari ijodidan ham keng baxramand bo'lishlari, ushbu asarlarni mohirona ijro qilishlarini, an'anaviy ravishda "Ustoz-shogird" udumlari asosida asrlar osha etib kelgan ijrochilik sirlaridan bahramand bo'lishlari va kelajakda talabalarni o'zlari ham "Ustoz" darajasiga chiqib munosib sholg'uchilar darajasida shogirdlar tayyorlashlari uchun katta dasturulamal bo'lib xizmat qiluvchi bitmas-tuganmas, xuddi ummondek tuganmas manba bo'lib xizmat qiluvchi manbadir.

Ko'plab o'zbekiston kompozitorlari ijodida ham milliylik, milliy urf-odadlar yaqqol ufurib turgan asarlarni uchratamiz. Milliy ruhdagi O'zbekiston kompozitorlari ijodidagi asarlarni o'rganayotgan talabalar odatda jiddiy ruhdagi, klassik qolipdagi musiqiy asarlardan ko'ra tezroq o'zlashtirishadi.

Lekin milliy kuylarni ijro qilish talabadan oldindan birmuncha ijrochilik malakalarini, mahoratlarini egallagan bo'lishlikni ta'lab etadi. Muallif qo'ygan talablar bilan birga talabalar ham musiqiy bezaklardan keng va albatta o'z o'rnida mohirlik bilan qo'sha olish maqsadga muvofiqdir. Agar talaba yuqorida aytib o'tilganidek ijrochilik malakalariga ega bo'lishmasa unday hollarda milliy ruhdagi asarlar ijrochiligida jiddiy, lekin asta-sekinlik bilan ijobiy tarzda xal qilinsa bo'ladigan muammolarga duch kelishlari mumkin.

O'zbek xalq milliy kuylarini ijro qilish jaroyonida talabadan akademik musiqiy ijrochilikda uchramaydigan, xaqiqiy o'zbekona musiqiy bezaklar-qochirimlar, nimpardalar, "tebratmalar" kabi aynan mentalitetimizga xos bezaklarni yaxshi egallashlarini maqsadli deb bilamiz.

Mukammal ijrochilikka erishish uchun ritmni yaxshi his etishni, dinamika, frazirovka kabi muhim ijrochilikdagi me'zonlarga bo'ysinish, applikatura va to'g'ri postanovka orqali turli shtrixlar, tovushlarni bir-biriga to'g'ri bog'lash yo'llarini mustahkam egallashni talab etadi.

O'zbek xalq milliy kuylarini odatda doira, yoki milliy cholg'uchilar ansambllari bilan hamoxanglikda ijro etish keng targalgan. Ansambllar bilan ijro qilish ham sozandadan mohirona kasbiy bilimlarni, ijrochilik mahoratini, ijrochilik madaniyatini, eshita bilish va jo'r bo'la bilish kabi malakalarini puxta egallaganlikni talab etadi.

Talabalarga O'zbekiston kompozitorlari ijodidan namunalarni berayotganda albatta dastlab oddiy musiqiy jumlalardan iborat bo'lgan kichik hajmdagi asarlardan boshlash maqsadga muofiqdir. Bir necha shu ko'rinishdagi asarlar ijrosidan so'ng o'rtacha qiyinchilikdagi asarlar ijrosiga o'tish mumkin, zero talabalarda endi milliy musiqalarni o'z ijrosi bilan ijodiy yondoshib ijro qilish tamoyillari shakllangan bo'ladi.

Talabaga dars berayotgan ustozlar albatta o'qitayotgan shogirdlarini ijrochilik mahoratlarini, ularni qobiliyatlarini nechog'lik rivojlanganliklarini, egallayotgan sozandalik sirlarini nechog'lik o'zlashtirayotganliklarini va uni ijrochilik mahoratini o'shirish uchun qanday ishlar qilishi lozimligini o'zlariga istiqbolli rejalar qilib olishlari o'rinlidir.

O'quv jarayoni rejasiga o'zbek kompozitor va bastakorlari Mutavakkil Burxonov, Toliblon Sodiqov, Faxriddin Sodiqov, Sulton Xayitboyev, Sayfi Jalil, Qaxramon Komilov, Ahmadlon Jabborov, Komiljon Jabborov, To'xtasin Jalilov, Imomjon Ikromov, Mustafo Bafoyev, Abdulxoshim Ismoilov va boshqalar ijodi maxsullaridan keng va unumli foydalanish talabalarni ijrochilik dasturlarini rang-barang bo'lishiga yordam beradi.

Zarbli cholg'ular ijrochiligida doira sozi uchun dastur tuzganda To'ychi Inog'omovning "Doira darsligi"1-2 gismlardan, shu muallifning "Shodlik",

"Guisara", "Dovul", "Tojikcha-Buxorocha", "Qoqoncha", "Katta o'yin", "Sarboz", Usta Olim Komilovning "Safti ufor", "Sadr", "Qo'shqars" kabi Dutor va Qashqar rubobida o'qiyotgan talabalar uchun o'zbek xalq kuylaridan "Samoi dugoh", "Xojiniyoz" 1-2, "Nasri segoh", "Rajabiy", "Oromijon", "Dilnoz", "Tebranur", "Gulbahor va tanovor", "Sharob" 1-2, va boshqa shularga o'xshash asarlar, G'ijjak cholg'usi uchun o'zbek xalq kuularidan "Dilxiroj", "Tanovor" 1-2, "Xojiniyoz" 1-2qismlar, "Munojot", "Dilxiroj" va shu kabi xalq kuylari va maqomlarni mushkulat qismlaridan, mohir ijrochi va lirik bastakorlar Muhammadjon Mirzayev, G'ulomjon Xojiqulov, Muxtorjon Murtozayev, Faxriddin Sodiqov, To'xtasin Jalilov, Doni Zokirov, Adulxoshim Ismoilov, O'lmas Rasulovlar va boshqa ijodkolar asarlaridan na'munalar ijro qilishlarini tavsiya qilamiz.

Talabalar bilan musiqiy asar ijrosiga kirishilganda o'rganilishi rejalashtirilayotgan badiiy asarlarni butun o'quv yili davomida ijro qilishlari uchun oddiylikdan murakkablik sari tamoyiliga asoslanib rejalashtirib olish o'rinlidir.

Musiqiy cholg'ularda sof musiqiy tovushlar hosil qilish va ohangdoshlik ustida ishlash borasida izchillik bilan ancha ishlar qilinishi lozimdir. Shtrixlar, tovushlarni bir-biriga bog'lash yo'llarini to'g'ri o'zlashtirish orqali turli ko'rinishdagi mashqlar ijrosini mustahkamlash bilan musiqiy asarlar matnini to'g'ri talqin etish, muallif qo'ygan talablar bilan birga ijrochi talabalarning o'zlari ham musiqiy bezaklardan keng va albatta o'z o'rnida mohirlik bilan foydalana olishi, ijodiy yondosha olishni bilish maqsadga mosligini, musiqiy asarlarni ijrosi orqali his qila olish malakalarini nechog'lik egallanganligi kelajakdagi mohirona ijrochilik uchun katta zamin bo'lishini doimo nazarda tutishlari kerak.

Badiiy asarlarni to'g'ri talqin qilish orqali talabalarda musiqiy asarlarni his qilish, asar mazmuniga mos nola va qochirimlardan o'rinli foydalanish kabi ijrochilikdagi muhim sifatlar shakllanib boradi.

O'zbek xalq cholg'ularida mohirona ijrochilikni o'rganishni maqsad qilgan yosh sozandalarga ustozlar ijrosidagi asarlarni videodagi, audiodagi yozuv nusxalarini ko'p bora eshitishlarini, milliy cholg'ular ijrochilarining ijodiy kontsert dasturlarini jonli tomoshabin sifatida kuzatishlarini tavsiya qilgan holda o'zlarining cholg'uchilik mahoratlari ustida tinimsiz izlanishda bo'lishga chaqiramiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2016. - 56 b.

2. Sh.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O'zbekiston nashriyoti. 2017.

3. Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, kat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. - Toshkent: O'zbekiston, 2017. - 104 b.

4. A.H. Jabborov " O'zbekiston bastakorlari va musiqashunoslari" Toshkent, "Yangi asr avlodi" 2004 y.

5. Ahmadjon Yuldashev, Ortiqov Normatjon, Mirzayev Husniddin "METHODS OF TEACHING STUDENTS TO WORK INDEPENDENTLY IN PERFORMING MUSICAL INSTRUMENTS . ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research Journal Vol 11, Issue 1, January 2021

6. Ahmadjon Yuldashev "ORKESTR SINFI" FANIDA O'ZBEK XALQ CHOLG'ULARI O'QUV ORKESTR GURUXLARI BILAN IShLAShNING IJROCHILIK MAHORATINI OShIRIShDAGI O'RNI". ORIENTAL ART AND CULTURE, 4 DECEMBER 2021

7. Yuldashev A,AzizovS,, Boboyev V. Jurayev B. " Development of a material and spiritual culture of Central Asian people". Philosophical readings XIII.4 (2021), pp.2585-2591. 2585

8. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

9. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

10. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. (2021). A look at samples of uzbek folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 9-14.

11. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

12. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

13. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

14. Talaboyev, A. (2021). Skill Improving Ways in Traditional Song Performing. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 12-17.

15. Талабоев, А. Н. (2019). Узбек миллий анъанавий ижрочилик санъатида махдллий услублар. Перекрёсток культуры, 1(4).

I ПяЗ^^^^В] 223 http://oac.dsmi-qf.uz

16. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

17. Талабоев, А. (2019). Маком санъатида сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 25-28.

18. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. (2020). SONG PERFORMING IN TRADITIONAL PERFORMING ARTS: PAST AND PRESENT TIM. European Journal of Arts, (1), 85-88.

19. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

20. Ахмедов, Р. (2020). Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар. Oriental Art and Culture, (I (2)), 5-9.

21. Shermatova, X. (2021). A LOOK AT THE MUSIC EDUCATION IN SCHOOLS: FORMS AND METHODS OF MUSIC EDUCATION. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 253-258.

22. Shermatova, X. (2020). MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, (V).

23. Шерматова, Х. К. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ МОЛОДЁЖИ. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 117-119.

24. ШЕРМАТОВА, Х. К. (2015). Народная музыка как средство музыкально-эстетического воспитания школьников. In Юность и Знания-Гарантия Успеха-2015 (pp. 318-316).

25. Мад, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН ХАЛК АРТИСТИ ТАМАРА ХОНИМНИНГ СОБИК ИТТИФОК ДАВРИДА САНЪАТДАГИ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИ. Oriental Art and Culture, (7), 160-170.

26. Мадолимов, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН САНЪАТКОРЛАРИНИНГ УЛУЕ ВАТАН УРУШИДА ФРОНТ ВА ФРОНТ ОРТИДА ЕАЛАБАГА КУШГАН ХИССАСИ (19411945 ЙИЛЛАР). Oriental Art and Culture, (7), 144151.

27. Kurbonova, M. (2021). The importance of folklore in the upbringing of a harmoniously developed generation. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1750-1758.

28. Курбонова, М. (2021). Аёллар санъати: кеча ва бугун. Oriental art and culture, 2(3), 62-75.

29. Qurbonova, M. (2020). СНЕТ EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, (V).

30. Tursunov, B. (2021). Doira as a National Musical Instrument. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 50-54.

31. Турсунов, Б. (2020). ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, (V).

32. Исмаилова, М. М. (2020). ОДИН ИЗ ВАЖНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В УЗБЕКСКОМ МУЗЫКЕ: ДУТОР. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 113-115.

33. Ismoilova, M. (2020). CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH. Oriental Art and Culture, (V).

34. Mamatov, J. (2020). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI. Oriental Art and Culture, (V).

35. Mamatov, J. (2021). Directing in the Training of Art Professionals. International Journal of Culture and Modernity, 11, 90-96.

36. Madaminov, S., Mamatov, J., & Siddikov, S. (2020). A look at the history of uzbek maqom art. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1144-1151.

37. Jurayev, I. (2021). A LOOK AT THE LIFE PATH OF FATTOKHON MAMADALIEV. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 54-59.

38. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. An International Multidisciplinary Research Journal. An International Multidisciplinary Research Journal.

39. Yunusov, G. X., Juraev, I., & Ahmedov, R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

40. Ahmedov, R. (2021). SAN'ATGA BAXSHIDA UMR. Oriental Art and Culture, 2(4), 50-56.

41. Ahmedov, R. (2021). Murodjon Ahmedov-Fergana Valleys Singer. International Journal of Culture and Modernity, 11, 412-418.

42. Talaboyev, A. N. (2021). MAQOM SAN'ATI. MAQOM SAN'ATINI O'RGANISHDA VA UNI YOSH IJROCHILARGA O'RGATISHDA ETIBOR QARATILISHI LOZIM BO'LGAN JIHATLAR. Oriental Art and Culture, 2(4), 149155.

43. Talaboyev, A. N. (2021). Methods of Effective use of Teacher-Discipleship Traditions in Learning the Art of Makom. International Journal of Culture and Modernity, 11, 389-393.

44. Ismailova, M. (2021). SHOGIRDLARI QALBIDAN CHUQUR JOY OLGAN USTOZ YULDASHEV AHMADJON MIRZAEVICH. Oriental Art and Culture, 2(4), 27-33.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.