Научная статья на тему 'MUSIQA TA’LIMIDA CHOLG‘U IJROCHILIGINING UZVIYLIK MASALALARI'

MUSIQA TA’LIMIDA CHOLG‘U IJROCHILIGINING UZVIYLIK MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
875
144
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Cholg'u ijrochiligi / musiqiy ta'lim / bolalar musiqa va san'at maktablari / o'rta maxsus bilim yurtlari / oliy ta'lim muassasalari / dutor / sozanda / o'quvchi / kompozitor / ansambl / orkestr. / Instrumental performance / music education / children's music and art schools / secondary special schools / higher education institutions / dutar / musician / student / composer / ensemble / orchestra.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shukurjonova Xusnora Farhod Qizi, Ayxodjayeva Shahnoza

Ijrochilik san'ati doimiy rivojlanib boruvchi jarayondir. Boshqa sohalar singari cholg'u ijrochiligi ham yildan yilga rivojlanib bormoqda. Cholg'u ijrochiligini o'qitishda musiqiy ta'lim tizimining uzviy ravishda olib borilishi muhim ahamiyatga ega. Musiqa ta'limini tizimli tashkil etilishi ijrochining mohir sozanda sifatida rivojlanishi uchun asosiy omil hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Performing arts is an ever-evolving process. Like any other field, instrumental performance is developing from year to year. An integral part of the music education system is important in teaching instrumental performance. The systematic organization of music education is a key factor in the development of the performer as a skilled musician.

Текст научной работы на тему «MUSIQA TA’LIMIDA CHOLG‘U IJROCHILIGINING UZVIYLIK MASALALARI»

MUSIQA TA'LIMIDA CHOLG'U IJROCHILIGINING UZVIYLIK

MASALALARI

Shukurjonova Xusnora Farhod qizi

O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Xalq cholg'ularida ijrochilik" ta'lim yo'nalishi

1- bosqich magistranti

Ayxodjayeva Shahnoza

Ilmiy rahbar: O'zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti, san'atshunoslik fanlari

nomzodi

E-mail: xusnorashukurj onova8@gmail .com ANNOTATSIYA

Ijrochilik san'ati doimiy rivojlanib boruvchi jarayondir. Boshqa sohalar singari cholg'u ijrochiligi ham yildan - yilga rivojlanib bormoqda. Cholg'u ijrochiligini o'qitishda musiqiy ta'lim tizimining uzviy ravishda olib borilishi muhim ahamiyatga ega. Musiqa ta'limini tizimli tashkil etilishi ijrochining mohir sozanda sifatida rivojlanishi uchun asosiy omil hisoblanadi.

Kalit so'zlar: Cholg'u ijrochiligi, musiqiy ta'lim, bolalar musiqa va san'at maktablari, o'rta maxsus bilim yurtlari, oliy ta'lim muassasalari,dutor, sozanda, o'quvchi, kompozitor, ansambl, orkestr.

ABSTRACT

Performing arts is an ever-evolving process. Like any other field, instrumental performance is developing from year to year. An integral part of the music education system is important in teaching instrumental performance. The systematic organization of music education is a key factor in the development of the performer as a skilled musician.

Keywords: Instrumental performance, music education, children's music and art schools, secondary special schools, higher education institutions, dutar, musician, student, composer, ensemble, orchestra.

Musiqiy ta'lim tizimidagi uzviylik sozandaning mukkammal bilim olib, yetuk mutaxasis bo'lib shakllanishi uchun asosiy omil hisoblanadi. Bu jarayon bolalar musiqa va san'at maktablari, o'rta maxsus musiqa bilim yurtlari hamda oliy ta'lim muassasalarini o'z ichiga oladi.

O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik madaniyatining o'sishi, jahon klassik kompozitorlari asarlarining o'zlashtirilishi, O'zbekiston kompozitorlarining xalq cholg'ulari uchun maxsus asarlar yaratishi o'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik san'atini yanada yuksalishi uchun muhim zamin bo'ldi. Shu bilan birga yuqori malakali ilmiy - pedagogik va ijrochi kadrlarni tayyorlash masalasi ham kun tartibiga qo'yildi. O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilikning keyingi davrlardagi yuksalishi Toshkent (hozirgi O'zbekiston ) davlat konservatoriyasi faoliyati bilan chambarchas bog'liq bo'lgan. 1948-yildan boshlab mamlakatimizdagi musiqa oliy o'quv yurtlarida, shu jumladan M. Ashrafiy nomidagi Toshkent (hozirgi O'zbekiston) davlat konservatoriyasida ham xalq cholg'ulari ijrochiligi bo'yicha ta'lim berish boshlandi. O'zbek xalq cholg'ulari bo'limiga rahbarlik qilish, o'quvchilarni saralab yig'ish, o'quv rejalarini tuzish A.Petrosyans tomonidan amalga oshirilgan. Bilim yurtida o'zbek xalq cholg'ulari ijrochiligi bo'yicha professional ta'limni yo'lga qo'yishda V.Uspenskiy, M.Ashrafiy, A.Petrosyans, I.Blagoveshenskiy, B.Gienko, G.Sobitovlarning xizmatlari beqiyosdir.1

Ijrochilik san'ati doimiy rivojlanib boruvchi jarayondir. Musiqiy ta'lim tizimining barcha bosqichlarida sozandaning ijrochilik mahorati rivojlanishi uchun nazariy hamda amaliy bilimlarni talab darajasida o'zlashtirishi, olgan bilim va ko'nikmlarini to'g'ri shakllantira olishi muhim ahamiyatga ega. Ushbu ma'ruza orqali musiqiy ta'lim tizimining turli bosqichlarida dutor ijrochiligini o'qitish masalalarini ko'rib chiqamiz.

Ma'lumki, professional musiqiy cholg'uda ijro etishni o'rganish maktab yoshidan boshlanadi. Yosh avlodning kelajakda yetuk sozanda sifatida kamol topishi uchun uning musiqa maktabida oladigan bilim va ko'nikmalari muhim ahamiyatga ega. Darhaqiqat, bino mustahkam bo'lishi va uzoq yil xizmat qilishi uchun uning poydevori mustahkam bo'lishi lozim. Musiqa maktabi ham sozanda uchun poydevor vazifasini bajaradi. Musiqa maktabining asosiy vazifasi yosh avlodni musiqa va san'atning boshqa turlariga yo'naltirish va qobilyatlarini to'g'ri shakllantirishdan iborat. Bu yerda bolalarning milliy qadriyatlarimiz va an'analarimizga nisbatan hurmati, e'tibori yanada rivojlanadi. Ma'naviy saviyasi, estetik didi shakllanishni boshlaydi. Bir qarashda u san'at bilan birgalikda atrofdagilar bilan muloqot, jamoa bilan munosabat, sahna madaniyatini o'rgana boshlaydi. O'z cholg'usiga nisbatan muhabbati paydo bo'ladi. Tabiiyki, ijrochilik san'atining rivojlanishi bolalar musiqa va san'at maktablarida o'qitish uslubiga, ijrochilik amaliyotiga ham ta'sir o'z ta'sirini ko'rsatadi. Bugungi kunda bolalar musiqa va san'at maktablarida o'qitish uchun yangi-yangi asarlarga ya'ni repertuarga bo'lgan ehtiyoj ortmoqda. Bugungi kun

1 A.Tashmatova "Ijrochilik san'ati tarixi". "Musiqa nashriyoti" T., 110-b. Tashkent, Uzbekistan

ta'lim tizimi talab darajasiga javob beradigan o'quv qo'llanmalari, darsliklar yaratish ushbu ehtiyojlarning oldini olish uchun xizmat qiladi.

Bolalar musiqa va san'at maktablarida o'qitish uslubiyoti o'quvchiga cholg'u haqida ilk ma'lumotlarni berish, cholg'uda ijro holati (postanovka)ni to'g'ri qo'yish hamda nazariy bilimlarni asta-sekinlik bilan o'rganishdan boshlanadi.

O'quvchini musiqa maktabiga qabul qilish imtihonlarida uning iste'dodi, eshitish qobilyati, eslab qolish qobilyati, ritm xissi sinovdan o'tkaziladi. Tabiiyki, ba'zi bir o'quvchilarda ritm his qilish qobilyati pastroq bo'lishi mumkin, ba'zilarida esa eshitish qobilyatida kamchiliklar bo'ladi. Ana shu kamchiliklarni to'g'irlash, musiqiy qobiliyatni rivojlantira olish kerak. Ya'ni ritm his qilish qobilyati pastroq o'quvchi bilan o'qitish jarayonida ko'proq ritm ustida ishlash maqsadga muvofiqdir. Dars mashg'ulotlarida o'qituvchi qarsak chalish orqali turli xil ritmlarni chalib berishi va o'quvchidan ushbu ritmni takrorlashni talab qilishi uning ritm his qilish qobilyatini asta - sekinlik bilan rivojlanishiga turtki bo'ladi. Albatta ushbu jarayonda oddiy, sodda ritmdan asta-sekin murakkabga o'tish kerak.

Dastlabki dars mashg'ulotlarida o'quvchiga o'z cholg'usining kelib chiqish tarixi, cholg'uning tuzilishi, ushbu cholg'uda ijro etgan mashhur ustoz - sozandalar, cholg'uning o'quv jarayonidagi ahamiyati, uning orkestrda tutgan o'rni haqida umumiy tushunchalar berish maqsadga muvofiqdir. Cholg'uda ijro holati (pastanovka)ni to'g'ri shakllantirish muhimdir. Ilk mashg'ulotlardan o'quvchining to'g'ri o'tirishiga alohida e'tibor berish kerak. O'tirish holatida yuzaga keladigan kichik bir xato ham o'quvchining ijro mahoratining past bo'lishiga hamda gavdaning rivojlanishiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bunda ahamiyat beradigan asosiy vazifa o'quvchiga to'g'ri o'tirishni o'rgatayotganda uning bo'yi, qo'l - oyoqlarining uzunligini hisobga olgan holda postanovka qo'yishdir. Ya'ni har bir o'quvchining induvidual holatidan kelib chiqqan holda uni sozanda sifatida to'g'ri rivojlantirish bu ustozning muhim vazifasi hisoblanadi. Musiqa maktablarida cholg'uni ijro etish bilan birgalikda musiqa nazariyasi hamda solfedjio fanlari o'qitiladi. Ushbu fanlarni mukammal egallash ijrochi uchun muhim. Musiqadagi nazariy fanlarni puxta egallamaslik ijrochining kelajakdagi bilim olishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Ijrochiga cholg'uda ijro etish ko'nikmalari bosqichma - bosqich o'rgatib boriladi. Bolalar musiqa va san'at maktablarida har bir cholg'uda o'qitish uchun o'quv dasturi mavjud. Masalan dutor cholg'usi uchun ishlab chiqilgan dasturni ko'rib chiqaylik. Ushbu dastur U.K.Rahmatullayeva (Toshkent shahar Uspenskiy nomidagi RIMAL dutor sinfi o'qituvchisi), N.Atayeva (23-son BMSM dutor sinfi o'qituvchisi), F.Rasulova (22-son BMSM dutor sinfi o'qituvchisi)lar tomonidan tuzilgan bo'lib, mazkur dastur 2015-2016-yillarda bolalar musiqa va san'at maktablarining xalq cholg'ulari bo'limi o'quvchilari tomonidan sinovdan (aprobatsiyadan) o'tgan.

Dasturning aprobatsiyasi yakunlari Respublika ta'lim markazi qoshidagi "Musiqa

madaniyati va san'at" Ilmiy-metodik kengashida muhokama etilib, amaliyotda

foydalanish uchun tavsiya etilgan.

Ushbu o'quv dasturi dutor cholg'usida o'qitishning maqsad vazifalari, mazmun mohiyatini belgilaydi. Dasturning maqsadi o'quvchilarning iste'dodini, madaniy saviyasini, dunyoqarashini kengaytirish, milliy va jahon musiqa namunalari bilan tanishtirishdan iborat.

Mazkur o'quv dasturi bolalar musiqa va san'at maktablarining besh yillik ta'lim yo'nalishiga mo'ljallangan bo'lib, bu davr ichida o'quvchi imkoni boricha musiqa ijrochiligining professional mahoratini egallashi va notaga qarab ijro etish malakasini hosil etishi ko'zda tutilgan. Dasturda uslubiy ko'rsatmalar hamda sinflar kesimida o'quvchilar ijro etishi uchun tavsiya etilgan namunaviy asarlar ro'yxati keltirilgan.

Dutor sinfida mashg'ulotlar har bir o'quvchi uchun tuzilgan shaxsiy ish reja asosida olib boriladi. O'qituvchi o'quvchining badiiy va texnikaviy malakalari o'sishini muntazam kuzatib borishi lozim.

O'quvchining musiqiy bilimini oshirish maqsadida musiqa asarlarini varaqdan o'qish mashg'ulotlarini olib borish maqsadga muvofiqdir. Notani varaqdan o'qish mashg'ulotlari o'quvchining nota o'qish tezligi oshishiga yordam beradi. Notani varaqdan o'qish orkestr, ansambl sinflarida ham kerak. Ushbu mashg'ulotni puxta egallash o'quvchining kelajakdagi bilim olishiga albatta ijobiy yordam beradi.

Shunday qilib o'quvchi bolalar musiqa va san'at maktabida cholg'u ijrochiligi bo'yicha egallagan bilim va ko'nikmalari ta'lim tizimiga muvofiq quyidagi talablarga javob berishi kerak:

• o'z cholg'usi va ularning oilalari haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish;

• o'z cholg'usi oilalarining tovush tembrini farqlay olish;

• turli janrdagi texnik va kompozitorlar asarlaridan namunalarni idrok etgan holda ijro eta olish;

• yakka va ansamblda jo'rnavoz bo'la olish;

• musiqiy asarlarni notadan o'qiy olish;

• xalq musiqa merosi haqida tushunchaga ega bo'lish;

• musiqaga oid atamalarni bilish;

• musiqa ifoda vositalarini bilish;

• jahon xalqlari musiqa namunalari va kompozitorlari asarlaridan namunalar ijro eta olish;

Yuqoridagi talablarni puxta egallash o'quvchining keyingi ta'lim bosqichlarida bilim olishi uchun poydevor hisoblanadi.

Bolalar musiqa va san'at maktabini bitirgan o'quvchi keyingi ta'lim bosqichiga yo'l oladi. Bu bosqich o'rta maxsus bilim yurtlaridir. O'rta maxsus bilim yurtlarida ta'lim berish jarayonlarida o'quvchini kasbga yo'naltirishning ilk bosqichlari boshlanadi. O'rta maxsus bilim yurtlarida o'quvchini ham mohir sozanda sifatida, ham pedagog sifatida rivojlantirish masalasi yotadi. Bolalar musiqa va san'at maktabidan farqli ravishda o'quvchi o'rta maxsus bilim yurtida professional ijro etish ko'nikmalarini hamda o'z ustida mustaqil ishlashni o'rganadi. Yuqorida aytib o'tilganidek har bir o'quvchining o'zlashtirish imkoniyatlari birdek emas. Ta'lim jarayonida ana shu jihatlarni hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Demak o'qituvchi ijrochining bolalar musiqa va san'at maktabidagi bilim va ko'nikmalarni qay darajada o'zlashtira olganligini hisobga olgan holda ish olib borishi maqsadga muvofiq. Albatta ijrochining bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishi hamda mohir sozanda bo'lib yetishishida ustozning ahamiyati katta. Shunday holatlar ham kuzatiladiki, musiqa maktabida bilimlarni o'rtacha o'zlashtirgan, ijro imkoniyatlari ham talab darajasida bo'lmagan o'quvchilar o'rta maxsus ta'limda bilimlarni a'lo darajada o'zlashtirib, ijrochi sifatida ham ijro imkoniyatlari rivojlanib, yuqori natijalarga erishishi mumkin. Bu albatta o'rta maxsus bilim yurtidagi ta'lim berish sifatiga hamda mutaxasislik o'qituvchisining pedagogik mahoratiga borib taqaladi.

Demak o'rta maxsus bilim yurtidagi ta'lim tizimini ham dutor cholg'usi misolida ko'rib chiqamiz. Aksariyat hollarda musiqa maktabini tamomlab, o'rta maxsus bilim yurtlariga ta'lim olishni davom ettirishga kelgan o'quvchilar ijrosida ba'zi bir kamchiliklar kuzatilmoqda. Masalan ijro holati (postanovka)da kuzatiladigan kamchiliklar, nota o'qish tezligining rivojlanmaganligi, jo'rnavoz bilan ishlash ko'nikmalarining shakllanmaganligi hamda musiqiy-nazariy fanlarni yetarli o'zlashtirilmaganligi. Dastlabki darslarda o'quvchining musiqa maktabida olgan bilimlari, ijro imkoniyatlari, ijro qilgan asarlari repertuari, o'z cholg'usi haqidagi bilimlarini tekshirib olish maqsadga muvofiq. O'quvchining ijro imkoniyatlari, o'rganib chiqqandan so'ng dars mashg'ulotlari ana shu imkoniyatlarni hisobga olgan holda tashkil etiladi. Avvaliga o'quvchidan murakkab bo'lmagan kichikroq asarlarni ijro qilishi tavsiya qilinadi. Asta - sekinlik bilan asarlar murakkablashib boradi. Musiqiy asarni yod olishda o'quvchiga frazaga bo'lib ishlashni o'rgatish kerak. Bu asarni oson yod olishga katta yordam beradi.

Dutor cholg'usi shtrixlarga juda boy cholg'udir. Masalan, bilak zarb, chertma zarb, terma zarb, teskari zarb, tremolo, rez, pitsikato, flajeletto kabilar. Bitta asar ijrosida xilma - xil shtrixlarni qo'llashimiz mumkin. Bu asarni mazmun jihatidan boyishiga yordam beradi. Shuning uchun o'quvchiga dutor alt cholg'usida turli xil shrtixlarni o'rgatib, ana shu shrtixlar asosida gamma chalish vazifasi qo'yilsa, bu o'quvchining o'ng qo'l imkoniyatlarining rivojlanishiga turtki bo'ladi. Ijrochilik

imkoniyatlarini rivojlantirishda o'ng qo'l va chap qo'l ijrosini birdek rivojlantirish

kerak. Chap qo'l imkoniyatini o'stirish uchun ko'p xromatik mashqlar ijro etish

kerak. Ushbu mashg'ulotlar albatta ijobiy natija beradi.

Yana bir ahamiyat beradigan jihat o'quvchiga o'z cholg'usini sozlashni o'rgatish. Bunda eshitish qobilyati muhim ro'l o'ynaydi. Eshitib sozlash orkestr , ansambl darslarida juda ham muhim. Konsert dasturlari bo'ladimi, yoki turli xil ko'rik tanlovlar sahnada asar ijro etishdan oldin birinchi navbatda cholg'uning sozi tekshiriladi. Agar o'quvchining eshitish qobilyati yaxshi bo'lsa cholg'usini mustaqil sozlay oladi. Kuy mohirona ijro etilmasin, agar cholg'u sozlanmagan bo'lsa asar mazmun mohiyatini yo'qotadi.

Mohir sozanda bo'lishni istgan ijrochi ko'p o'z ustida mustaqil ishlashi kerak. Har kuni cholg'usida ijro etishi, nafaqat musiqiy asar ustida ishlashi, avvalo mashqlar, gammalar ko'p chalish kerak.

Hozirgi kundagi talablar shuni ko'rsatadiki yurtimizda oliy ma'lumotli mutaxasislarga bo'lgan talab yildan - yilga oshib bormoqda. Ana shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, ayni paytda yoshlar oliy ta'lim muassasalarida bilim olishga intilmoqda.

Resbuplikamizda madaniyat va san'at sohasida ta'lim beradigan qator oliy ta'lim muassasalari mavjud. Xususan O'zbekiston davlat konservatoriyasi, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, Yunus Rajabiy nomidagi o'zbek milliy musiqa san'ati instituti, O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi milliy Estrada san'ati instituti va boshqalar.

Oliy ta'limda ijrochi boshlang'ich va o'rta maxsus ta'limda egallagan bilim va ko'nikmalarini, ijro mahoratini mustahkam bir yo'lga soladi. Oliy ta'limda cholg'u ijrochiligida ko'proq ahamiyat beriladigan jihatlar asarni ijro etishda ko'proq badiiylikka, mazmun mohiyatiga e'tibor qaratiladi. Dutor cholg'usi ijrochiligida oliy ta'lim bosqichida ba'zi muammolar mavjud. Xususan repertuar masalasida yetishmovchiliklar kuzatilmoqda. Ayniqsa dutor alt cholg'usida ijro qilish uchun asarlar yetishmaydi. Ushbu kamchilikni hisobga olgan holda, o'zbek kompozitorlarimiz asarlar yaratishmoqda. Mohir ustoz sozandalar do'mbrada ijro etiladigan qozoq xalq kuylarini dutor alt cholg'usi uchun moslashtirishmoqda. Dutor va do'mbra cholg'ulari tuzilishi va ijro uslubi jihatidan juda yaqin. Biroq repertuar hali ham yetarli deb bo'lmaydi. Kompozitorlardan dutor cholg'usi uchun yangi asarlar yozish taklifi berilmoqda.

Oliy ta'limda talaba professional ijrochi bo'lib yetishishi ta'limning maqsadidir. Asarni mohirona ijro qilish uchun bir qancha talablar mavjud. Murakkab asarlarni mohirona ijro etish bu faqat asarni tez tempda ijro etish degani emas. Asarni ijro etishda uning badiiy jihatlari ham katta ahamiyatga ega. Oliy ta'limga kelgan

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

talabalarda asarni ijro etishda badiiylik tamoyillarining yetishmasligi ko'p

kuzatilmoqda. Musiqiy asarni ijro qilishni o'rganishni boshlashdan avval asarning

mazmunini tushunib yetish kerak. Buning uchun asarning kompozitori, yozilgan

davri, janri, shakli bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish joizki musiqiy ta'lim yo'nalishidagi uzviylikda kuzatilayotgan umumiy kamchiliklar quyidagi jihatlarda kuzatilmoqda: asarni talab darajasida ijro qila olmaslik, ijro holatidagi kamchiliklar, asarda badiiylik yetishmasligi, musiqiy nazariy fanlarning puxta egallanmaganligi, nota o'qishdagi kamchiliklar. Bu nimaga borib taqaladi? Albatta o'quv jarayonida tizimli standart dastur mavjud emasligiga taqalmoqda. Ta'lim muassasalarida o'quv qo'llanma va adabiyotlarning viloyatlar kesimida teng taqsimlanmaganligi, chekka joylarda o'quv qo'llanmalarning yetishmasligi ta'lim tizimining hozirgi zamon talablariga mos ravishda rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Musiqa ta'lim tizimida o'qitish jarayonida o'quvchini bir bosqichdan keyingi ta'lim bosqichiga o'tib, ta'limni uzviy davom ettirishida uni to'g'ri yo'naltirish, qobilyatlarini inobatga olgan holda dars jarayonlarini tashkil etish, sozanda sifatida rivojlantirish unga ta'lim berayotgan o'qituvchilarning pedagogik mahoratiga, va albatta ta'lim muassasasining ta'lim berish sifatiga borib taqaladi. O'quv jarayonini tizimli tashkil etishda ta'lim muassasalarining o'zaro muloqotda bo'lib turishi ta'lim sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Misol uchun o'rta maxsus bilim yurtlari o'quvchilari tomonidan bolalar musiqa va san'at maktablarida turli xil ijodiy konsertlar, mahorat darslarining tashkil etilishi o'sha yerda ta'lim olayotgan o'quvchilarga juda katta ijobiy ta'sirini ko'rsatadi. Bola ijrochilarning ijro mahoratini kuzatar ekan o'zi ham kelajakda ana shunday ijro mahoratiga ega bo'lishi kerakligini tushunadi. Ijrochilarning ijro mahoratiga havas qilgan holda o'zi ham ana shunday ijrochi bo'lishga intiladi.

Shunday qilib ijrochi musiqiy ta'limning har bir bosqichida o'rgatiladigan bilimlarni talab darajasida o'zlashtirishi, o'z ustida muntazam ishlashi, ijrosi sifatida to'g'ri yo'naltirilishi uning kalajakda mohir sozanda bo'lib yetishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. A.Tashmatova - "Ijrochilik san'ati tarixi"

2. U.Yunusov - "Xalq cholg'ularida ijrochilik" (Dutor)

3. O.Nazarov - "Qashqar rubobi" (bolalar musiqa va san'at maktablari uchun o'quv qo'llanma)

4. U.Rahmatullayeva, N.Atayeva, F.Rasulova - Dutor (bolalar musiqa va san'at maktablari uchun o'quv dasturi)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.