Научная статья на тему 'Buxoro viloyatida ichki turizmni rivojlantirishning huquqiy asoslari'

Buxoro viloyatida ichki turizmni rivojlantirishning huquqiy asoslari Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
149
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / turist / mahalliy turist / gid (gid-tarjimon) / xalqaro turizm / ichki turizm / kirish turizmi / chiqish turizmi / turistik industriya / turizm salohiyati / mehmonxona / hostel / oilaviy mehmon uylari / “Street Food” gastronomik ko‘chasi

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Gulrukh Djumanazarovna Khasanova, Sayyora Murodilloyevna Zoirova

Maqolada turizm to‘g‘risida, ayniqsa, ichki turizm to‘g‘risida keng fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada Buxoro viloyatida ichki turizmni rivojlantirishning huquqiy asoslari hamda turizmni rivojlantirishning istiqbollari to‘g‘risida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Buxoro viloyatida ichki turizmni rivojlantirishning huquqiy asoslari»

Buxoro viloyatida ichki turizmni rivojlantirishning huquqiy

asoslari

Gulrukh Djumanazarovna Khasanova Sayyora Murodilloyevna Zoirova Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Annotatsiya: Maqolada turizm to'g'risida, ayniqsa, ichki turizm to'g'risida keng fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada Buxoro viloyatida ichki turizmni rivojlantirishning huquqiy asoslari hamda turizmni rivojlantirishning istiqbollari to'g'risida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: turizm, turist, mahalliy turist, gid (gid-tarjimon), xalqaro turizm, ichki turizm, kirish turizmi, chiqish turizmi, turistik industriya, turizm salohiyati, mehmonxona, hostel, oilaviy mehmon uylari, "Street Food" gastronomik ko'chasi

Domestic tourism in Bukhara region legal basis of

development

Gulrukh Djumanazarovna Khasanova Sayyora Murodilloyevna Zoirova Bukhara Institute of Engineering and Technology

Abstract: The article discusses tourism, especially domestic tourism. Also, the article describes the legal basis of the development of domestic tourism in the Bukhara region, as well as the prospects of tourism development.

Keywords: tourism, tourist, local tourist, tour guide (guide-interpreter), international tourism, domestic tourism, inbound tourism, outbound tourism, tourism industry, tourism potential, hotel, hostel, family guest houses, "Street Food" gastronomy street

Turizm - iqtisodiy rivojlanishning drayveri - harakatlantiruvchi kuchidir. U yangi ish o'rinlari yaratishi barobarida (ICAO ma'lumotiga ko'ra, 2017 yilda har 10 ish o'rnining bittasi shu sohaga tegishli bo'lgan) ijtimoiy rivojlanishga ega bo'ladi. U ko'plab kishilar va sohalarni o'z ichiga oluvchi ijobiy sikldir.

Turizm xizmat ko'rsatishga asoslangan iqtisodiyotni yaratish va rivojlantirishni rag'batlantiradi hamda Toshkentdagi yirik mehmonxonalardan tortib, Samarqanddagi

kichik hostellar1, xalqaro aeroportlardagi butiklar, Buxoro va Xivaning xushmanzara ko'chalaridagi kichik hunarmandchilik do'konlarigacha qamrab oladi. U ko'nikmalami oshiradi, ham mehmonlar, ham mezbonlarning bilim ufqlarini kengaytiradi. Bugungi kunda aksariyat mamlakatlarda, jumladan, eng rivojlangan 10 ta mamlakatda butun sa'y-harakatlar chet ellik sayyohlarni jalb etishga qaratilmoqda. Turizm rivojlanayotgan mamlakatlar uchun, ayniqsa, pul oqimini oshirishda foydali bo'lishi hammaga ma'lumdir.

Mamlakatimizda 2019 yil 16 aprelda O'zbekiston Respublikasining "Turizm to'g'risida"gi Qonuni qabul qilinib, ushbu qonun 2019 yil 21 iyunda Senat tomonidan ma'qullangan. Ushbu Qonunning maqsadi turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat (1-modda). O'zbekiston Respublikasining turizm to'g'risidagi qonunchiligi ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir (2-modda).

Turizm - jismoniy shaxsning vaqtincha bo'lish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat bilan shug'ullanmagan holda doimiy yashash joyidan jo'nab ketishi (sayohat qilishi) dir.

Turist - vaqtincha bo'lish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat bilan shug'ullanmagan holda vaqtincha bo'lish mamlakatiga (joyiga) 24 soatdan ketma-ket 12 oygacha bo'lgan davrga boruvchi yoki vaqtincha bo'lish mamlakatida (joyida) kamida bir kecha tunab qoluvchi jismoniy shaxsdir.

Mahalliy turist - O'zbekiston Respublikasi fuqarosi va O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxsdir.

Gid (gid-tarjimon) - axborotga oid va tashkiliy xizmatlar ko'rsatish, turistlar va ekskursantlarni vaqtincha bo'lish mamlakatidagi (joyidagi) turistik resurslar bilan tanishtirish uchun kasbiy jihatdan tayyorgarlik ko'rgan, O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lgan jismoniy shaxsdir.

O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi - turizm sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Turizmning quyidagi shakllari mavjud2 (1-chizma):

Turizmniiig shakllari

V

1

Xaiqaro turizm Ichki turizm

ir IF

Kirish tiirizmi Chiqish turizmi

1-chizma. Turizmning shakllari

1 Hostel (HHra.) - khhhk Ba ap30H MexMOHxoHa.

2 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacHHHHr "TyproM TyrpHCHga"rH KpHyHH. 5-Mogga.

Kirish turizmi - O'zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarning O'zbekiston Respublikasi hududidagi sayohati.

Chiqish turizmi - O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarning boshqa mamlakatga sayohati.

Ichki turizm O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarning O'zbekiston Respublikasi hududidagi sayohatini o'z ichiga oladi.

Turizm tashkil etilayotgan turning o'ziga xosligi, mavzusi, davomiyligi, harakatlanish usullari va turning boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda madaniy-tarixiy, ziyorat, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik, ijtimoiy, sport, tibbiy, yoshlar turizmi, agroturizm hamda turizmning boshqa turlariga bo'linishi mumkin.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida turizmni strategik darajaga ko'tarish, ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va hajmini keskin ko'paytirish, fuqarolarni mamlakatimizning turizm salohiyati bilan tanishtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, taqdim etilayotgan turizm xizmatlari sifatini yaxshilash va jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlari uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratish, zamonaviy xizmatlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish, shuningdek, aholini ish bilan ta'minlash va ularning daromad manbaini kengaytirish maqsadida 2022 yilning 30 aprelida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-232-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq 2022 yil 1 iyundan boshlab "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" Dasturi doirasida: a) jamoa shartnomalariga ish beruvchilar tomonidan xodimlar uchun yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish imkonini yaratish qoidalari kiritiladi; b) sayohat xarajatlarining bir qismi ish beruvchilarning byudjetdan tashqari jamg'armalari mablag'lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplab beriladi.

Turistik industriyadagi xizmatlarning turlari:

4- turlarni taqdim etish bo'yicha xizmatlar;

4- yashash joylarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar;

4- ovqatlantirish bo'yicha xizmatlar;

4- axborotga oid, reklama xizmatlari;

4- transport xizmatlari;

4- barcha turdagi transport uchun chiptalar hamda tadbirlarga va ko'ngilochar ob'ektlarga borish uchun chiptalar taqdim etish (band qilib qo'yish, sotish va etkazib berish) bo'yicha xizmatlar.

Turistik xizmatlar ko'rsatish shartnomasida boshqa turistik xizmatlar ham nazarda tutilishi mumkin.

2022 yilning 28 sentyabrida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2022 - 2026 yillarida Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 543-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, Buxoro viloyatidagi 800 dan ziyod madaniy ob'ektlarni birma-bir restavratsiya qilish bilan bog'liq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Buxoro shahrida "Street Food" gastronomik ko'chasi tashkil etiladi va gastronomik ko'chani tashkil qilish uchun mo'ljallangan ko'cha va er maydonlarini tadbirkorlarga muayyan muddatga o'rnatilgan tartibda vaqtinchalik ijaraga berish choralari ko'riladi.

"Qadimgi Poykent" arxeologiya merosi ob'ektini muhofaza qilish, tadqiq etish, muzeylashtirish choralari ko'rilib, arxeologiya parki yaratiladi. Buxoro davlat muzey qo'riqxonasi hamda Buxoro viloyat axborot kutubxona markazi fondidagi noyob va alohida qiymatga ega bo'lgan nashrlarni alohida kolleksiya holida Buxoroda saqlanadi va muhofaza qilinadi.

Buxoro davlat muzey qo'riqxonasi hamda Buxoro viloyat axborot kutubxona markazi fondidagi qo'lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega bo'lgan nashrlarni tahlil qilgan holda, YUNESKOning "Jahon xotirasi" ro'yxatiga kiritilishi bo'yicha zarur choralarning ko'riladi.

Buxoro viloyati hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda "Turizm mahallasi", "Turizm ovuli", "Turizm qishloqlari"ning ichki yo'llari, ichimlik suvi va boshqa infratuzilma ob'ektlarini ta'mirlash ishlarini keyingi yillardagi "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlariga kiritiladi hamda uning doirasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, ushbu qarorga asosan, 2026 yilga qadar Buxoro viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli ko'rsatkichlari quyidagicha:

> Ichki turistlar tashrifi sonini 4,1 mln ga etkazish;

> Xorijiy sayyohlar sonini 1 ming 800 tagacha oshirish;

> Xizmatlar eksport miqdorini 300 mln AQSH dollarga etkazish;

> Mehmonxonalar nomer fondining bandlik darajasini 93 foizga etkazish;

> Mehmonxonalar sonini 258 taga etkazish;

> Oilaviy mehmon uylari sonini 345 taga etkazish;

> Hostellar sonini 76 taga etkazish.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 3 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni, 7 fevraldagi "Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosi shahar va qishloqlarimiz infratuzilmasi yaxshilanib, aholi turmush darajasi oshishiga xizmat qiladi. "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" ichki turizmni

rivojlantirish dasturi doirasidagi faollashuv hamda chet ellardan sayyohlar oqimining jadal oshib borayotgani yurtimizning jozibador go'shalariga dunyo ahli orasida qiziqish kuchliligini anglatadi.

"Sharq Venetsiyasi" degan nom bilan turistlar orasida mashhur Buxoro shahrida sayyohlar oqimining ko'payib borayotgani ham ana shundan dalolat beradi. Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra, SHarqning mashhur qadimiy kenti Buxoroga miloddan avvalgi birinchi ming yillik o'rtalarida asos solingan. Dunyoning turli xalqlarida, xususan, qadimgi yunon, xitoy, arab manbalarida Buxoro nomi yuksak ehtirom bilan tilga olinadi. Yunon olimi Klavdiy Ptolemey "Geografiya" asarida, xitoylik sayyoh Syuanszan "Xotiralar" kitobida eslab o'tgan Buxoro O'rta asrlar arab manbalarida Numijkat, Navmichkat, Bumichkat ("Yangi qo'rg'on"), "Al-Madina as-sufriyya" ("Mis shahar"), "Madinat at-tujjor" ("Savdogarlar shahri"), Foxira - "Faxrli shahar", deya ta'riflangan. Islom dini, musulmon axloqi, madaniyati hamda huquqshunosligining SHarqdagi kuchli markazlaridan biriga aylangan Buxoro "Qubbat ul-islom" - "Islom dinining gumbazi" degan sharafga ham noil bo'lgan.

Aytish joizki, tarixi teran Buxoro shahri bugun ham dunyo e'tiboridagi shaharlar reytingida yuqori pog'onalarda turadi. Etti pir - Hazrat Abduxoliq G'ijduvoniy, Xoja Muhammad Orif ar-Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fag'naviy, Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol, Hazrat Bahouddin Naqshband maqbara hamda majmualari ziyorati uchun shakllanayotgan infratuzilma, yo'llarning sozlanishi ichki va tashqi turizm rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Sayyohlik industriyasi yo'nalishida ham Buxoro viloyatida juda katta imkoniyat va salohiyat mavjud. Birgina "Buxoroi sharif" nomining o'zi qolaversa, ajdodlarimizdan qolgan mingdan ortiq tarixiy obidalar butun dunyo ziyoratchilari, sayohatchilari e'tirofini qozongan, desak mubolag'a bo'lmaydi. Viloyatda joriy yilning o'tgan olti oyi davomida 43 ta 1 ming 183 o'rinli yangi katta-kichik mehmonxonalar ishga tushdi. Mehmonxonalar umumiy soni 445 taga (4974 ta xona, 11412 ta o'rin) etdi. Bunda, yangi tashkil qilingan mehmonxonalar - 9 ta, oilaviy mehmon uylari - 19 ta, hostellar - 15 tani tashkil etadi. Olib borilgan targ'ibot ishlari natijasida hisobot davrida viloyatga tashrif buyurgan sayyohlar soni 1 million 824 ming nafardan oshdi. Sayyohlardan viloyat iqtisodiyotiga 2021 yilda 478,9 milliard so'm tushum tushgan bo'lsa, 2022 yilning olti oyida bu ko'rsatkich 763 milliard so'mdan oshdi.

Hududiy investitsiya dasturlari doirasida 2022-2023 yillarda turizm sohasida mehmonxona, motel, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, ekoturizm, turistik transport vositalaridan iborat umumiy loyiha qiymati 483,9 milliard so'mni tashkil etuvchi 52 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mazkur loyihalardan 9 tasi ishga tushirildi.

Viloyatda xorijiy investitsiya asosida 28 million AQSH dollarini tashkil etuvchi 3 ta yirik mehmonxona loyihalarining qurilish ishlari davom etmoqda. Joriy yil yakuniga qadar Hindistonning "Metric Ventures" MCHJ hamda Buyuk Britaniyaning "Wide Tent Sistem" kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan 5 yulduzli "Hyatt Regency" hamda 4 yulduzli "Wyndham" brendlari nomi ostida mehmonxonalar o'z faoliyatini boshlaydi. 2022 yil II yarim yilligida turizm sohasini rivojlantirish maqsadida mehmonxona va joylashtirish vositalari sonini 450 taga, ulardagi o'rinlar sonini 12 mingtaga etkazish hamda sayyohlar tashrif buyuradigan 10 ga yaqin yangi yo'nalishlarni tashkil etish ko'zda tutilgan. Turizm yo'nalishidagi restoranlar sonini 100 taga, ichki turizm yo'nalishida viloyatga tashrif buyuruvchi mahalliy sayyohlar sonini 2,4 million nafarga, turizm va unga yo'ldosh xizmat ko'rsatish sohasi, madaniyat va kinematografiya sohalarida 18 mingtaga yaqin yangi ish o'rni yaratiladi.

Buxoroda turizmni jadal rivojlantirish bo'yicha alohida dasturni amalga oshirish orqali mahalliy sayyohlar oqimini 2,4 million nafarga, xorijiy sayyohlar oqimini 450 ming nafarga etkazish choralari ko'riladi. Buxoro aeroporti orqali xalqaro aviaqatnovlar soni 2022 yilda 1 baravarga (871 ta reys) oshiriladi. Turizm infratuzilmasini kengaytirish maqsadida 8 ta yangi turizm marshrutlari ishlab chiqiladi. Viloyatning tuman (shahar)lar kesimida katta-kichik hajmdagi 40 ta mehmonxona, 55 ta oilaviy mehmon uylari va 17 ta hostel tashkil etiladi (1-jadval).

1-jadval

2022-2026 yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli

ko'rsatkichlari3

№ Ko'rsatkichlar nomi 2022 y. 2023 y. 2024 y. 2025 y. 2026 y.

1. Ichki turistlar tashrifi soni (mln kishi) 2,4 2,9 3,4 3,8 4,1

2. Xorijiy sayyohlar soni (ming kishi) 450,0 900,0 1,200 1,500 1800

3. Xizmatlar eksporti (mln AQSH doll) 121 200 230 270 300

4. Joylashtirish vositalaridagi xonalar soni (ming) 5,399 6,131 6,721 7,336 7,976

5. Mehmonxonalar nomer fondining bandlik darajasi 45,0 51,0 61,0 71,0 93,0

6. Joylashtirish vositalaridagi o'rinlar soni (ming) 12,147 13,672 14,902 16,182 17,512

7. Mehmonxonalar soni (dona) 178 198 218 238 258

8. Oilaviy mehmon uylari soni (dona) 264 314 325 335 345

9. Hostellar soni (dona) 55 61 66 71 76

10. Internet (4G va 5G texnologiyalarini hisobga olgan holda) qamrovi darajasini oshirib borish 7 8 9 10 11

Izoh. Prognoz qilinayotgan maqsadli ko'rsatkichlarga turizmni rivojlantirish bo'yicha davlat va hududiy dasturlarni amalga oshirish natijalaridan kelib chiqqan holda o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.

3 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH Ba3np^ap Ma^KaMacuHHHr 2022 HH^HHHr 28 ceHxa6pHgarH "2022 — 2026 HH^apnga Eyxopo BH^oaTHga Typn3M co^acHHH maga puBO^arnupum Hopa-Tag6Hp^apH TyrpHCHga"rH 543-coh^h Kapopnra 1-H^OBa.

1-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, kelgusida Buxoro viloyatida ichki turizmni yanada rivojlantirish bo'yicha to'g'ri va aniq maqsadlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu esa, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning eng asosiy omillaridan biri bo'lib hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining "Turizm to'g'risida"gi Qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yilning 30 aprelidagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-232-sonli Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yilning 28 sentyabridagi "2022 — 2026 yillarida Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 543-sonli Qarori.

4. Khasanova G.D., Sayfullaev F. O'zbekistonda turizmni rivojlantirishda davlatning roli. "Barqaror raqobatbardosh turistik hududlarni shakllantirishning ustuvor yo'nalishlari: innovatsion boshqaruv, xorij tajribasi va rivojlantirish strategiyalari" Respublika ilmiy-amaliy anjumani tezislar to'plami. Buxoro. 2018. 283-287 b.

5. Khasanova G.D. O'zbekistonda turizmni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari. "Barqaror raqobatbardosh turistik hududlarni shakllantirishning ustuvor yo'nalishlari: innovatsion boshqaruv, xorij tajribasi va rivojlantirish strategiyalari". Respublika ilmiy-amaliy anjumani tezislar to'plami. Buxoro. 2018. 292-297 b.

6. Khasanova G.D. Buxoro viloyatida vujudga kelayotgan yangi turistik hududlar. "Barqaror raqobatbardosh turistik hududlarni shakllantirishning ustuvor yo'nalishlari: innovatsion boshqaruv, xorij tajribasi va rivojlantirish strategiyalari". Respublika ilmiy-amaliy anjumani tezislar to'plami. Buxoro. 2018. 305-308 b.

7. Khasanova G.D. Xoja Niyoz Xorazmiy - Abduxoliq G'ijduvoniy asos solgan xojagonlik tariqati zanjirining boshlanishida turuvchi ulug' avliyo. "Markaziy Osiyoda Islom madaniyati va san'ati: o'tmish va hozirgi zamon". "Buxoro - islom madaniyati poytaxti" nomli forumi doirasida o'tkazilgan Xalqaro onlayn konferensiya materiallari. 28-29 may 2020 yil. "O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi" nashriyot-matbaa birlashmasi. Toshkent, 2020. 133-143- betlar.

8. Khasanova G.D. Buxoro zaminida ziyorat turizmining rivojlanishi. "Buxoroda Islom madaniyatini modernizatsiyalash va turizmni barqaror rivojlantirish istiqbollari" Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. Buxoro, 24 fevral 2020. 117-123-betlar.

9. Khasanova G.D., Pardaev U.X. Buxoro viloyatida ziyorat turizmini rivojlantirishni takomillashtirish yo'llari. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF) February 2023 / Volume 4 Issue 2 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1547. P. 1554-1559

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.