Научная статья на тему 'Buxoro viloyatida ziyorat turizmini rivojlantirishni takomillashtirish yo’llari'

Buxoro viloyatida ziyorat turizmini rivojlantirishni takomillashtirish yo’llari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
338
108
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
ziyorat turizmi / sivilizatsiya / ma’rifat / madaniyat / ziyoratgoh / naqshbandiya tariqati / “Etti pir” / sayyohlik

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Gulrukh Djumanazarovna Khasanova, Umidjon Xudoyberdi O’g’li Pardaev

Maqolada ziyorat turizmi, uning iqtisodiyotni yuksaltirishdagi o‘rni to‘g‘risida fikr yuritilgan. Shuningdek, Buxoro viloyatida ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat to‘g‘risida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Buxoro viloyatida ziyorat turizmini rivojlantirishni takomillashtirish yo’llari»

Buxoro viloyatida ziyorat turizmini rivojlantirishni takomillashtirish yo'llari

Gulrukh Djumanazarovna Khasanova Umidjon Xudoyberdi o'g'li Pardaev Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Annotatsiya: Maqolada ziyorat turizmi, uning iqtisodiyotni yuksaltirishdagi o'rni to'g'risida fikr yuritilgan. Shuningdek, Buxoro viloyatida ziyorat turizmini rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan faoliyat to'g'risida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: ziyorat turizmi, sivilizatsiya, ma'rifat, madaniyat, ziyoratgoh, naqshbandiya tariqati, "Etti pir", sayyohlik

Ways to improve the development of pilgrimage tourism in

Bukhara region

Gulrukh Djumanazarovna Khasanova Umidjon Khudoyberdi oglu Pardaev Bukhara Institute of Engineering and Technology

Abstract: The article discusses pilgrimage tourism and its role in economic development. Also, the activities carried out on the development of pilgrimage tourism in the Bukhara region were described.

Keywords: pilgrimage tourism, civilization, enlightenment, culture, shrine, Naqshbandi sect, "Etti Pir", tourism

Dunyoda turizmning 200 dan ortiq turlari bo'lib, ular orasida ziyorat turizmi tez rivojlanayotgan, istiqbolli yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda ilgari tarixiy, madaniy turizm bilan cheklanib qolingan bo'lsa, oxirgi besh yilda safari (cho'l), etnografik, gastronomik yangi yo'nalishlar qatorida ziyorat turizmiga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Chunki O'zbekiston bu borada yuqori salohiyatga ega bo'lib, imkoniyatlaridan to'liq foydalana olmayotgani ayni haqiqat. Islom sivilizatsiyasi beshigi, ma'rifat va madaniyat markazi sifatida tanilgan yurtimizda dinimiz rivoji, jahon ilmu fani taraqqiyotiga hissa qo'shgan allomalar, mutafakkir olimlar, ulamolar va ulug' avliyolar etishib chiqqan. Dunyoda ularning ziyoratgoh va muborak qadamjolarini ziyorat qilishga ehtiyoj yuqori. Ayni shu maqsadda, ya'ni o'zga madaniyatlar bilan yaqindan tashishish, boshqa hudud tarixi, muqaddas

ziyoratgohlari haqida tarixiy bilimlarga ega bo'lish, muborak manzillarni ziyorat qilishga qaratilgan ziyorat turizmi shakllandi.

Ziyorat turizmi yo'nalishida to'g'ri targ'ibotni yo'lga qo'yish va ziyorat ob'ektlari haqida ilmiy asoslangan ma'lumotlarni taqdim etish maqsadida 2021 yil 24 fevralda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi 100-sonli Qarori qabul qilinib, ushbu qarorga muvofiq Ziyorat turizmini rivojlantirishni muvofiqlashtirish kengashi tashkil etildi. Muvofiqlashtirish kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

✓ O'zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini to'liq o'rganish, ma'lumotlarni tizimlashtirish, ziyoratgohlar, ulamolar va ularning ilmiy merosi haqida ilmiy asoslangan ma'lumotlarni shakllantirish;

✓ turizmi bozoridagi real ehtiyojni markazlashgan tarzda tahlil qilish;

✓ targ'ibot ishlarini sifatli va puxta tashkil qilish;

✓ media kontent, audiovizual mahsulotlar, maqola va broshyuralar uchun ilmiy asoslangan materiallarni ko'rib chiqish va ma'qullash;

✓ moddiy madaniy meros ob'ektlaridagi axborot tablolari, gidlar va ekskursiya etakchilarining ekskursiya materiallari uchun sifatli materiallar shakllantirilishini muvofiqlashtirish;

✓ turli konfessiyalarning moddiy madaniy meros ob'ektlari uchun ziyorat odobi bo'yicha tavsiyalar tayyorlanishini tashkil qilish.

Mamlakatimizdagi mavjud ziyorat turizmi salohiyatidan yanada unumli foydalanish, O'zbekiston zaminini dunyo sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida namoyon qilish, jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlarning yuqori e'tiroflariga sazovor bo'lish, shuningdek, ziyorat turizmi xizmatlarini diversifikatsiya qilish va turizm eksportini oshirish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining

"O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021 yil 9 fevraldagi PF-6165-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida 2022 yil 20 mayda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi"ni tashkil etish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 282-sonli Qarori qabul qilindi.

O'zbekiston bugun dunyoga yangi imkoniyatlarni ochayotgan, barqaror rivojlanayotgan, ziyorat va sayohat uchun xavfsiz mamlakat sifatida yanada kengroq tanilmoqda. Prezidentimiz tomonidan "Tabarruk ziyorat" turizm konsepsiyasining tasdiqlanishi, yaqinda bo'lib o'tgan SHanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitida O'zbekiston a'zo davlatlarda 2023 yilni turizmni rivojlantirish yili deb e'lon qilishi uning xalqaro ahamiyatini yaqqolroq namoyon etdi. Albatta amalga oshirilayotan islohotlar xorijliklarning yurtimizga tashrifi uchun muhim omil hisoblanadi.

Hozirgi kunda ziyorat turizmi salohiyati yuqori bo'lgan Indoneziya, Malayziya, Hindiston, Pokiston, Bangladesh va arab davlatlaridan ziyoratchilarni mamlakatimiz tarixiy shaharlari, xususan Buxoroga tashrifi sonini oshirish belgilangan. Bilamizki, Buxoro islom dinining markazi, sharif shahar, faxrli shahar, shaharlar imomi kabi nomlar bilan e'zozlanadi. Shahar, ayniqsa, naqshbandiya tariqatiga asos solgan zamin bo'lganligi bois ham ma'lum va mashhur. Bugun dunyoda 40 mlndan ortiq naqshbandiylar mavjud. Ularning aksariyati Turkiya, Malayziya va Indoneziyada istiqomat qiladi. Mazkur tariqatning etti piri ziyoratgohlarining ham bir joy da, ya'ni Buxoroda ekanligi musulmon ziyoratchilari, ayniqsa, naqshbandiylarni o'ziga doim chorlab turadi. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v)dan boshlangan "silsilai zahhob" (oltin zanjir) halqalarining o'ninchidan o'n oltinchigacha bo'lgan piru komillari -Abduxoliq G'ijuvoniy, Orif Revgariy, Anjir Fag'naviy, Ali Romitaniy, Boboyi Samosiy, Amir Kulol va Bahouddin Naqshbandlar bir zaminda ekanligi kamdan kam musulmon mamlakatlarida uchraydigan ziyorat yo'nalishidir.

Bugungi kunda Buxoroda 29 ob'ekt ziyorat turizmi yo'nalishiga kiritilgan. Lekin vohada yana boshqa ko'plab ziyoratgohlar mavjud bo'lib, ularda infratuzilma yaxshi bo'lmagani bois mahalliy darajada qolib ketgan. Birgina Buxoroning 500 gektarlik eski shahar qismida 83 ta, voha tumanlarida 200 dan ortiq shunday ziyoratgoh va muqaddas qadamjolar mavjud. Prezidentimiz topshirig'iga ko'ra Buxoroda ziyorat turizmi ob'ektlari infratuzilmasini yaxshilash uchun mahalliy byudjetdan 40 milliard so'm ajratilgani ziyoratgohlarni xalqaro yo'nalishga kiritishda muhim qadam bo'ladi.

1-jadval

Buxoro viloyatining turizm salohiyati

Turistik firmalar Hamroh tarjimonlar

121 211

Hozirgi kunda Buxoro viloyatida bir kunda 6 mingga yaqin mehmonlarga xizmat ko'rsatish imkoniyati mavjud. 829 ga yaqin tarixiy-me'moriy obidalar mavjud bo'lib, davlat muhofazasiga olingan. 118 ta tarixiy obidalar YUNESKOning Butunjaxon madaniy meros ob'ektlari ro'yxatiga kiritilgan. 367 ta mehmonxonalar; 76 dan ortiq milliy va xorijiy restoranlar;

2021 yilda Buxoroga kelgan sayyohlar soni 2,2 mln nafarga yetib, bunda, xorijiy turistlar soni 48,9 ming nafardan oshgani kuzatildi. Bu ko'rsatkich 2020 yilga nisbatan ichki turizmda qariyb 8 baravarga, xorijiy sayohlar soniga nisbatan 3,5 baravarga ortdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"ni "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta'minlash, shuningdek Buxoro viloyatida turizmni jadal rivojlantirish bo'yicha alohida dasturni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 sentyabrdagi "2022-2026 yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 543-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq 2022-2026-yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli ko'rsatkichlari prognozlashtirildi (2-jadval).

2-jadval

2022-2026-yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli

KO'RSATKICHLARI

T/r Ko'rsatkichlar nomi 2022-y. 2023-y. 2024-y. 2025-y. 2026-y.

1. Ichki turistlar tashrifi soni (mln kishi) 2,4 2,9 3,4 3,8 4,1

2. Xorijiy sayyohlar soni (ming kishi) 450,0 900,0 1,200 1,500 1 800

3. Xizmatlar eksporti (mln AQSh doll) 121 200 230 270 300

4. Joylashtirish vositalaridagi xonalar soni (ming) 5,399 6,131 6,721 7,336 7,976

5. Mehmonxonalar nomyer fondining bandlik darajasi 45,0 51,0 61,0 71,0 93,0

6. Joylashtirish vositalaridagi o'rinlar soni (ming) 12,147 13,672 14,902 16,182 17,512

7. Mehmonxonalar soni (dona) 178 198 218 238 258

8. Oilaviy mehmon uylari soni (dona) 264 314 325 335 345

9. Xostellar soni (dona) 55 61 66 71 76

10. Internet (4G va 5G texnologiyalarini hisobga olgan holda) qamrovi darajasini oshirib borish 7 8 9 10 11

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq, Buxoro viloyatida 2022-2026-yillarda xorijiy va mahalliy turistlar sonini 5 mln nafarga, eksport hajmini 600 mln AQSh dollariga yetkazish asosiy maqsad qilib belgilandi.

Umuman olganda, ziyorat turizmi islom dini va madaniyati tarixini chuqurroq o'rganish, mamlakatimizning sayyohlik nufuzini oshirish, uni ziyorat turizmi markazi sifatida tanitishda o'rni beqiyos. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda xorij tajribasi bilan, sohada tajribali mutaxassislar, tadqiqot olib borayotgan olimlarni jalb etish maqsadga muvofiq. Ilmiy yondashuvlarga asoslangan holda sohani yo'lga qo'yish

mustahkam poydevor quyish bilan barobar. Zero, ilmga tayanilgan har qanday ish o'z samarasini kutilganidan ko'p berishi allaqachon o'z isbotini topgan. Sohaga qaratilayotgan e'tibor, davlat islohotlari, uzoqni ko'zlangan dasturlar yurtimizni sayohatlar chorrahasi, turizm markaziga aylantirishi shubhasiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan YAngi O'zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 fevraldagi "Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi 100-sonli Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 maydagi "Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi"ni tashkil etish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 282-sonli Qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 sentyabrdagi "2022-2026 yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 543-sonli Qarori.

5. Xasanova G.D. O'zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar (Buxoro viloyati misolida) . O'zbekistonda turizm infratuzilmasini takomillashtirishda xorijiy tajribani qo'llash". Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani ilmiy maqolalar va ma'ruzalar to'plami. Toshkent. 2015. II qism. 138-143 b.

6. Xasanova G.D. O'zbekistonda turizmning rivojlantirilishi (Buxoro viloyati misolida). "Xalqaro va ichki turizmni rivojlantirish muammolari" Respublika ilmiy -amaliy anjuman. Samarqand. 2016. 204-208 b.

7. Xasanova G.D. O'zbekistonda turizmni rivojlantirishda davlatning roli. "Barqaror raqobatbardosh turistik hududlarni shakllantirishning ustivor yo'nalishlari: innovatsion boshqaruv, xorij tajribasi va rivojlantirish strategiyalari" Respublika ilmiy-amaliy anjumani tezislar to'plami. Buxoro. 2018. 283-287 b.

8. Xasanova G.D. O'zbekistonda turizmni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari. "Barqaror raqobatbardosh turistik hududlarni shakllantirishning ustuvor yo'nalishlari: innovatsion boshqaruv, xorij tajribasi va rivojlantirish ctrategiyalari". Respublika ilmiy-amaliy anjumani tezislar to'plami. Buxoro. 2018. 292-297 b.

9. Xasanova G.D. Buxoro viloyatida vujudga kelayotgan yangi turistik hududlar. "Barqaror raqobatbardosh turistik hududlarni shakllantirishning ustuvor yo'nalishlari: innovatsion boshqaruv, xorij tajribasi va rivojlantirish ctrategiyalari". Respublika ilmiy-amaliy anjumani tezislar to'plami. Buxoro. 2018. 305-308 b.

10. Xasanova G.D., Tairova M.M., Giyazova N.B., Murotova N.O'. Ensuring sustainable development of tourism through the formation of tourism clusters.

International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol.24, Issue 06, 2020. ISSN:1475-7192. Pages:3893-3899.

11. Xasanova G.D. Buxoro zaminida ziyorat turizmining rivojlanishi. "Buxoroda Islom madaniyatini modernizatsiyalash va turizmni barqaror rivojlantirish istiqbollari". Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. Buxoro, 24 fevral 2020. 117-123-betlar.

12. Buxoro viloyatining statistik axborotnomasi. Buxoro, 2022 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.