Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON IQTISODIYOTI RIVOJLANISHIDA TURIZMNING AHAMIYATI'

O’ZBEKISTON IQTISODIYOTI RIVOJLANISHIDA TURIZMNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1583
221
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turizm / turizm turlari / O’zbekistondagi turizm oqimi va undagi islohotlar / turizmdagi asosiy ko’rsatkichlar / Tourism / types of tourism / the flow of tourism in Uzbekistan and its reforms / the main indicators of tourism.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Salimov Muxtor Ali Maxmayoqub O’g’li, Ulug’murodova Feruza Mardon Qizi

Jamiyatdagi aholi ma’lum bir qatlamining turizm sohasi va uning turlari, respublikada turizmning faoliyati, undagi islohotlar to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lish, shu sohaning rivoji va kishilar ma’naviyatini yuksaltirishda bir vosita bo’lib xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF TOURISM IN THE ECONOMY DEVELOPMENT OF UZBEKISTAN

It is a tool for a certain segment of the population to have information about the tourism industry and its types, the activities of tourism in the country, its reforms, the development of this industry and raising the morale of the people. .

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON IQTISODIYOTI RIVOJLANISHIDA TURIZMNING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: innovative, VOLUME 11 ISSUE 2

educational, natural and social sciences Q ISSN 2181-1784

O'ZBEKISTON IQTISODIYOTI RIVOJLANISHIDA TURIZMNING

AHAMIYATI SalimovMuxtor AliMaxmayoqub o'g'li Ulug'murodova Feruza Mardon qizi

Toshkent davlat pedagogika universiteti "Iqtisodiy bilim asoslari o'qitish metodikasi" yo 'nalishi Il-bosqich talabalari.

Annotatsiya: Jamiyatdagi aholi ma'lum bir qatlamining turizm sohasi va uning turlari, respublikada turizmning faoliyati, undagi islohotlar to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'lish, shu sohaning rivoji va kishilar ma'naviyatini yuksaltirishda bir vosita bo 'lib xizmat qiladi.

Kirish so'zlar: Turizm, turizm turlari, O'zbekistondagi turizm oqimi va undagi islohotlar, turizmdagi asosiy ko 'rsatkichlar.

Аннотация: Это инструмент для определенной части населения, позволяющий получить информацию об индустрии туризма и ее типах, деятельности в сфере туризма в стране, ее реформах, развитии этой отрасли и повышении морального духа людей.

Ключевые слова: туризм, виды туризма, туристический поток и реформы в Узбекистане, ключевые показатели в туризме.

Abstract: It is a tool for a certain segment of the population to have information about the tourism industry and its types, the activities of tourism in the country, its reforms, the development of this industry and raising the morale of the people. .

Keywords: Tourism, types of tourism, the flow of tourism in Uzbekistan and its reforms, the main indicators of tourism.

KIRISH

Hozirgi zamonamizdagi iqtisodiyoti rivojlangan barcha davlatlarda har bir soha, tarmoq va yo'nalishlarga alohida e'tibor berilmoqda. Chunki, ular mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi, aholi turmush darajasini yaxshilanishi va boshqa bir qancha omillarga ma'lum bir ulushda hissa qo'shib, ta'sir ko'rsatmoqda.

Turizm sohasi xizmat ko'rsatish sohasini eng katta tarkibiy qismidir. Turizm -bu sayohat qilishning bir turi bo'lib, unda kishilar dam olish, biznes qilish, boshqa xalqlar madaniyatini o'rganish kabi boshqa maqsadlar uchun odatiy bo'lgan muhitdan tashqaridagi joylarga sayohat qilish tushuniladi. Hozirgi shiddatli zamonda turizmning bir qancha turlari mavjudJumladan, rekreatsion turizm, biznes turizm, ekskursiyaviy turizm, ekstremal turizm, madaniy va ma'rifiy turizm, VIP turizm, ya'ni qimmatli dam olish maskanlariga tashrif buyurish, ekoturizm , tog' turizmi, etnik turizm, dengiz turizmi va boshqalar. Turizmninmg har bir turidan o'ziga

118

yarasha shiddat zavqini, o'ziga ishonch hissini, jasorat va ma'naviyat kuchini, qiyinchiliklarni yengib o'tish va boshqa o'ta maroqli tarbiyaviy, ibratli his -tuyg'ularni olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, turizm mamlakatdagi bir qator mintaqalarning iqtisodiyoti va madaniyatiga faol ta'sir ko'rsatishdi. Masalan, turizmni faoliyat ko'rsatishi tizimining, sayyohlarga savdo, ijtimoiy-maishiy, madaniy, tibbiy xizmat ko'rsatishning rivojlanishi bilan yaqindan bog'liqdir.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida O'zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishida turizmning ahamiyati obyektiv ochib berildi. Bugungi kundagi turizmning rivojlantirish bosqichlari mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. Bugungi kunda Turizm sohasidagi qonunlar va Turistik xizmatlar uchun xarajatlar nomli qarorlar metodologik jihatdan olindi.

Yurtimizda boy ma'naviy-madaniy merosi, turli-tuman tarixiy-arxeologik ob'yektlari qulay tabiiy-iqlim sharoiti, hududimizda har qanday landshaftlarini ko'rishimiz mumkin, islom dunyosida tan olingan allomalarning maqbaralari, tabbarruk qadamjolar ko'p. Ammo mamlakatimiz turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo'la turib, uzoq yillar bu imkoniyatdan to'liq va samarali foydalanilmadi. Prezidentimizning turizmga oid turli xil hujjatlar qabul qilingani davlatimizning turizm rivojiga yuksak e'tiboridan dalolat bo'ldi. Ushbu hujjatlar bilan sohada yig'ilib qolgan muommolarni hal etish, turizm salohiyatini oshirish bo'yicha ustuvor vazifalar belgilandi, ichki turizmni yanada rivojlantirishga ko'plab imtiyozlar, yengilliklar berildi. Shavkat Mirziyoyev turizmning iqtisodiyotdagi o'rnini alohida ta'kidlab, mamlakatimizda bu boradagi ahvol va sohani rivojlantirish bo'yicha ko'rilayotgan choralar samaradorligini birma-bir tahlil qildi. Turistlar yetarlicha sayohat qilish o'rniga ichki ishlar idoralarida sarson bo'layotgandi, ularga yetarlicha sharoit yaratilmayotgandi, "O'zbekiston havo yo'llari" sustkash edi,aeroportlarda eng kichik jihatlar turistlar kayfiyatiga salbiy ta'sir qilayotgan edi, mehmonxona soni kam edi va ko'rsatilayotgan xizmat a'lo darajada bo'lmayotganini, bir so'z bilan aytganda, turizm sohasida ulkan imkoniyatlar bo'lishiga qaramay, O'zbekistonning turizm infratuzilmasi, turizm xizmatlari sifati va uning darajasi globallashuvva keskin raqobat sharoitida zamonaviy talablarga mos kelmasligini Prezidentimiz tanqid qilib ularga tegishlicha vazifalar belgilagan edi. Bugungi kunda bularning samarasini ko'rayapmiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekistonda turizmga alohida e'tibor berilib, o'sib borish tendensiyalari amalga oshirilmoqda. Shu asosda, ziyorat turizmi, madaniy turizm, tibbiy turizm, gastronomik turizm, yoshlar turizmi, ekoturizm, etnik turizm, sport turizmi va boshqa turizm turlari o'z faoliyatini olib bormoqda. Madaniy va ziyorat turizmlarini rivojlanishida qadimiy tarixga ega bo'lgan Samarqand, Buxoro,Xiva, Shahrisabz kabi shaharlarimizdagi tarixiy obidalar, me'moriy, diniy va madaniy yodgorliklar hamda respublikamizdagi boshqa zamonaviy diqqatga sazovor joylar bilan tanishtirish orqali ularga madaniy-ma'rifiy ma'lumotlar berish asos bo'lib xizmat qilgan.

Respublikamizga kirib kelayotgan chet ellik turistlarning 76 foizi Buxoro , Samarqand, Xorazm va Toshkentga tashrif buyurishga qiziqsa , qolgan 24 foizi Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg'ona vodiysi viloyatlariga sayohat qilishadi.

O'zbekistonga so'nggi 2020-yilda pandemiya sharoitida xorijiy davlatlardan turistik maqsadda tashrif buyurgan chet el fuqorolari soni 1,5 million kishini tashkil etdi. Ushbu ko'rsatgich 2019-yilga nisbatan 77,7 foizga kamaygan. Respublikamizga tashrif buyurgan xorijlik fuqorolarning asosiy safar maqsadlari qarindoshlarini yo'qlash bo'lib, 87,8 foizni tashkil etgan.Shu bilan birga , dam olish, davolanish , xizmat yuzasidan, o'qish uchun tashrif buyurganlar ham salmoqli qismni tashkil etadi.Ular quyidagi davlatlardan tashrif buyurishadi: Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Pokiston, Ukraina, Germaniya, AQSH, Yaponiya , Fransiya, Buyuk Britaniya, Isroil, Eron kabilardir. O'zbekistonda xorijiy sayyohlarning asosiy qismi chegaradosh qo'shni mamlakatlar hissasiga tog'ri keladi.

O'zbekistonga boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan sayyohlarning o'rtacha xarajati 2018-yildagi holat bo'yicha quyidagilarni tashkil etgan: Qozog'iston - 158,3 dollor; Qirg'iziston - 99,3 dollor; Tojikiston - 60,4 dollor; Turkmaniston - 104,6 dollor; Boshqa MDH mamlakatlari - 635,6 dollor; Uzoq xorijiy mamlakatlar - 709,4 dollor.

So'nggi yillarda turizm salohiyatini kompleks ravishda rivojlantirishda yo'naltirilgan ko'plab qarorlar, qonunlar , farmonlar , konsepsiyalar ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilmoqda.Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PQ-5611-son " O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida "gi qarori, " Turizm to'g'risida "gi qonun yangi tahriri, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-avgustdagi PF-5781-son " O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada

rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida "gi Farmoni va boshqa shu kabi huquqiy me'yoriy hujjatlar qabul qilingan.Shu bilan birga O'zbekitonda Yoshlar turizmini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo'lib, shu asosda ishlangan loyihalarni amalga oshirish natijasida 2020-2025-yillarda mamlakatda yoshlar turizmini rivojlantirishga oid maqsadli ko'rsatgichlar belgilab olingan.Jumladan, xorijlik yosh sayyohlar soni 1,3 milliondan 2020-yilda 2,2 millionga, 2023-yilda 3,3 milionga, ichki turizm bo'rizm bo'yicha yosh sayyohlar sonini 8,1 milliondan 2020-yilda 10 millionga, 2023-yilda 13,6 millionga yetkazish, shular qatorida 2020-yilda 20 ta, 2023-yilda 60 ta xalqaro darajadagi tadbirlar o'tkazish rejalashtirilgan. O'zbekiston Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni ijrosi yuzasidan ziyorat turizmini rivojlantirish va yurtimizga xorijlik ziyoratchilarni jalb qilish bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur farmon bilan O'zbekistonning ziyorat turizm salohiyatini keng targ'ib qilish "B2B" uchrashuvlarini tashkil qilish va ziyorat turizmi yo'nalishidagi imkoniyatlarini xorijiy mamlakatimizdagi hamkorlarga yetkazishni maqsad qilgan. Quvonarlisi, o'z-o'zini band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro'yxatiga gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo'riqchi-yo'l boshlovchilar xizmatlari ham kiritildi; O'zbekiston fuqarolari uchun ichki sayohatlar 40 foizgacha arzonlashtirildi

Respublikamizda 2018-yilgi ma'lumotlarga ko'ra, turistik toifadagi avtotransport vositalari 133 taga, turopetatorlar esa 234 taga, sertifikatga ega bo'lgan gidlar soni 660 nafarga , oilaviy uy mehmonxonalar soni 81 tani , mehmonxonalar soni 914 tani tashkil etgan. Misol qilib aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari , Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov tomonidan Xiva shaxrida bo'lib, "Hotel Zarafshon boutique" mehmonxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi va 3 yulduzli "Sayid Isl om Kho'ja" mehmonxonasiga ajrtatilgan subsidiya sertifikati topshirildi; turklar bilan hamkorlikda Farg'ona oliy turizm maktabi tashkil etilishi ko'zda tutilmoqda; 2021 -2022 o'quv yilidan boshlab xorijiy tillar bo'yicha mutaxassis yetishtiruvchi oliy ta'lim muassasalarining 3-4 kurs talabalari uchun ziyorat turizmi fani bo'yicha o'quv dasturi ishlab chiqilib, joriy etiladi.Juda ko'p joylarda oilaviy mehmon uyi va hostel ochila boshladi, tematik restoranlar soni ortmoqda.

O'zbekistonda 2019-yil yakuni bo'yicha turizmning barcha sohasi doirasida xizmat ko'rsatishdan 1,3 milliard dollor mablag' tushgan.Ushbu ko'rsatkich 2018 -yilga nisbatan 30 foizga ko'p.Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, O'zbekiston turizmida 260 ming kishi faoliyat yuritmoqda. Aholining farovon yashashi, ehtiyojlarini

qondirilishi, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hayot kechirish darajasiga mamlakat hududiga kirib kelayotgan pul mablag'lari ham ahamiyatlidir.

Bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi, aholini turmush kechirish sharoitlarini yaxshilanishida, xalqaro maydonga chiqishi va unda munosib o'rin egallashida barcha sohalar bilan bir qatorda turizm sohasini ham o'rni salmoqlidir.

Hozirda kishilar orasida turizmni keng targ'ib qilish maqsadida yurtimiz teleekranlarida O'zbekiston turizm salohiyatini, turli xil qadamjolarini, turistik maskanlarni, markazlarni, yurtimizning g'aroyib, afsonaviy joylarini kecha-yu kunduz targ'ib qiluvchi, sayohatga doir turli xil ko'rsatuvlar namoyish etilmoqda, turizmni rivojlantirish bo'yicha subsidiyalar va boshqa rag'batlantirish vositalari ham qo'llanilmoqda. Xorij davlatlardagi elchilar mamlakatimiz, milliy qadriyatlarimiz targ'ibotchilari bo'lishi, bunga chet eldagi vadandoshlarimiz ham hissa qo'shish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Turizm sohasidagi qonunlar. www.Uzbekiston.travel

2. O'zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarga kelgan va ketgan shaxslar.25.01.2021. www.stat.uz

3. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

4. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

5. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

6. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

7. Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

8. Turistik xizmatlar uchun xarajatlar. www. Kun.uz

XULOSA VA TAKLIFLAR

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.