INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© U.A. Bovanova1H_
1Toshkent amaliy fanlar universiteti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolda boshlang'ich sinf o'quvchilarini atrof-muhitga ekologik munosabatni shakillantirish imkoniyatlari, ekologiyani zamonaviy ta'lim texnologiyalari asosida o'qitish bola psixikasini rivojlantirishga qaratilgan asosiy vazifalarni qanchalik muhumligi, shuningdek, boshlang'ich sinf o'quvchilarining atrof-muhitga ekologik munosabatni shakillantirishda yangi pedagogik texnologiyalar foydalanish ijobiy ko'rsatkichlarga yetkazish borasida tavsiyalar ko'rsatilgan.
MAQSAD: ushbu maqolaning maqsadi - boshlang'ich sinf o'quvchilarini atrof-muhitga ekologik munosabatni shakillantirish imkoniyatlarini o'rganish, ushbu jarayonda yuzaga keladigan muammolarni tahlil qilish va ularni samarali hal qilish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdir. Shuningdek, boshlang'ich sinf o'quvchilarini atrof-muhitga ekologik munosabatni shakillantirish ahamiyatini aniqlash, ulardan ta'lim jarayonida maksimal samaradorlik bilan foydalanish usullarini taklif qilish hisoblanadi.
MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini atrof-muhitga ekologik munosabatni shakillantirish imkoniyatlarini o'rganish uchun ilmiy-tadqiqot metodlari qo'llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: boshlang'ich sinf o'quvchilarini atrof-muhitga ekologik munosabatni shakillantirishni o'rganish natijalari shuni ko'rsatadiki, o'quv jarayoniga o'z-o'zini o'rganish, kognitiv faollik o'quvchilar tabiat hodisalarini tushunish va materialistik dunyoqarashni shakllantiradi imkonini beradi. Bu bolada atrofdagi dunyoga yaxlit nuqtayi nazarni shakllantirishga, undagi o'rni va rolini tushunishga yordam beradi. Shu bilan birga, ta'lim platformalaridan foydalanishda bir qancha muammolar ham mavjud.
XULOSA: boshlang'ich sinf o'quvchilarini atrof-muhitga ekologik munosabatni shakillantirishda ta'lim jarayonia ijodiy yondashish, yangi texnologiyalarni qo'llash o'quv jarayonini interaktiv, moslashuvchan va samarali tashkil qilishda katta imkoniyatlarga ega ekani aniqlandi.
Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf o'quvchisi, tabiiy muhit, faoliyat, ekologik ta'lim -tarbiya, ekologik madaniyat, ekologik muvozanat.
Iqtibos uchun: Bovanova U.A. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining atrof-muhitga ekologik munosabatni takomillashtirish imkoniyatlari. // Inter education & global study. 2025. №1 B. 446-453.
ISSN 2992-9024 (online) 2025, №1
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ВОЗМОЖНОСТИ УЛУЧШЕНИЯ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ОТНОШЕНИЯ УЧАЩИХСЯ
НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ_
© У.А. Бованова1И
1Ташкентского университета прикладных наук, Ташкент, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье рассматриваются возможности формирования экологического отношения к окружающей среде у учащихся младших классов, значение преподавания экологии на основе современных образовательных технологий для развития психики ребенка, а также экологического отношения начальной школы. учащихся к окружающей среде Даны рекомендации по использованию новых педагогических технологий в формировании установок для достижения положительных результатов.
ЦЕЛЬ: целью данной статьи является изучение возможностей формирования экологического отношения к окружающей среде у учащихся младших классов, анализ проблем, возникающих в этом процессе, и разработка научно обоснованных рекомендаций по их эффективному решению. Также важно определить важность формирования экологического отношения к окружающей среде у учащихся младших классов, предложить пути его использования с максимальной эффективностью в образовательном процессе.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в данной статье научно-исследовательские методы были использованы для изучения возможностей формирования экологического отношения к окружающей среде у учащихся младших классов.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты исследования формирования экологического отношения к окружающей среде у учащихся младших классов показывают, что учебный процесс включает в себя самостоятельную работу, познавательную деятельность, позволяет формировать у учащихся понимание явлений природы и материалистическое мировоззрение. Это помогает ребенку сформировать целостное представление об окружающем мире, понять свое место и роль в нем. В то же время существует ряд проблем в использовании образовательных платформ.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: установлено, что творческий подход к образовательному процессу, использование новых технологий в формировании экологического отношения к окружающей среде у учащихся начальной школы имеет большой потенциал для интерактивной, гибкой и эффективной организации образовательного процесса.
Ключевые слова: младший школьник, природная среда, деятельность, экологическое образование, экологическая культура, экологический баланс.
Для цитирования: Бованова У.А. Возможности улучшения экологического отношения учащихся начальных классов. // Inter education & global study. 2025. №1. С. 446-453.
© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 1
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2025, №1
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
OPPORTUNITIES FOR IMPROVING PRIMARY SCHOOL STUDENTS'
ECOLOGICAL ATTITUDE TOWARDS THE ENVIRONMENT_
© Umida A. Bovanova1®
Tashkent University of Applied Sciences, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article examines the possibilities of forming an ecological attitude to the environment among elementary school students, the importance of teaching ecology based on modern educational technologies for the development of the child's psyche, as well as the ecological attitude of primary schools. students' attitude to the environment is given recommendations on the use of new pedagogical technologies in the formation of attitudes to achieve positive results.
AIM: the purpose of this article is to explore the possibilities of forming an ecological attitude towards the environment among elementary school students, analyze the problems that arise in this process, and develop scientifically sound recommendations for their effective solution. It is also important to identify the importance of forming an ecological attitude towards the environment among elementary school students, and to suggest ways to use it with maximum effectiveness in the educational process.
MATERIALS AND METHODS: In this article, scientific research methods were used to explore the possibilities of forming an ecological attitude towards the environment among elementary school students.
DISCUSSION AND RESULTS: the results of a study on the formation of an ecological attitude to the environment among elementary school students show that the educational process includes independent work, cognitive activity, and allows students to form an understanding of natural phenomena and a materialistic worldview. This helps the child to form a holistic view of the world around them, to understand their place and role in it. At the same time, there are a number of problems in using educational platforms.
CONCLUSION: it has been established that a creative approach to the educational process, the use of new technologies in the formation of an ecological attitude to the environment among primary school students has great potential for an interactive, flexible and effective organization of the educational process.
Keywords: primary school student, natural environment, activity, ecological education, ecological culture, ecological balance.
For citation: Umida A. Bovanova (2025) 'Opportunities for improving primary school students' ecological attitude towards the environment', Inter education & global study, (1), pp. 446-453. (In Uzbek).
Dunyo va undagi insonning o'rni haqidagi yangi qarashlarsiz kelajak avlod taqdiri haqida o'ylash ancha murakkab manzarani yuzaga keltiradi. Shuning uchun global hamda
© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 1
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
mintaqaviy xarakterdagi ekologik muammolarni hal qilish faqat yoshlarga zamonaviy va sifatli ekologik bilimlarni berish orqali hal qilinadi. Buning uchun, avvalo, yoshlar ekologik ongini shakllantirish, ularni shaxsiy xulq-atvorini tegishli stereotiplarini yangilash, shaxsning turli xil muammolarni hal qilishdagi faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish talab etiladi.
Zamonaviy ta'limning muhim muammosi tabiat hodisalarini o'rganishda bilimlarning izchilligi, uzluksizligi va integratsiyalashuv tamoyillarini anglashdan iboratdir. Yoshlarni kelajakdagi tarbiyaviy poydevorini yaratadigan ta'lim tizimidagi birinchi va muhim daraja maktabgacha va boshlang'ich ta'lim tizimida shakllantiriladi.
2024yil 20-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida uzoq muddatli istiqbolga mo'ljallangan ustuvor vazifalarni e'lon qilgandan so'ng, 2025-yilni "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot" yili deb nomlashni tavsiya qildi[1].
Boshlang'ich ta'lim tizimida tarbiyasi ustozlar duch keladigan muhim muammolardan biri - bu maktabgacha va boshlang'ich maktab yoshidagi bolalarni tabiatshunoslik bilimlarini singdirishdagi uzluksizliksizlik ta'minlash hisoblanadi. Uni hal etish uchun o'qu v jarayonlariga zamonaviy ilmiy bilimlarni kiritish orqali tabiatshunoslik ta'limi mazmunini jiddiy yangilash zarur. Bunga boshlang'ich sinf o'quv dasturiga "Inson va tabiat" ta'lim yo'nalishini kiritishni talab qiladigan zamonaviy ta'limning o'zgaruvchan tabiatidan samarali foydalanish katta yordam beradi[2]. Buning uchun yoshlarda ekologik madaniyatni rivojlantirish texnologiyasini samarali amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.
E'tiborga loyiqki, hozirgi kunda mamlakatimiz umumta'lim maktablarida 1 -6-sinflar uchun mo'ljallangan va kimyo, geografiya, biologiya va fizika kabi fanlarning asosiy tushunchalarini qamrab olgan fan darslari joylashtirilgan. Chunki milliy ta'lim tizimimiz da shu vaqtga qadar Science fani faqatgina xususiy maktablar hamda Prezident maktablarida o'qitib kelinayotgandi. Hozirgi kunda barcha o'rta maktablarda "Tabiiy" (Science) darsligi o'qitilib, u atrof-muhit, tabiatshunoslik, geografiya, biologiya va fizikaning asosiy tushunchalarini birlashtiradi.
Shunisi diqqatga sazovorki, umumiy o'rta ta'limning 1-6-sinflari uchun mo'ljallangan "Tabiiy" (Science) fan kursi bir qancha tabiiy va ijtimoiy fanlarni birlashtiradi va STEAM tizimiga asoslangan ko'plab ijtimoiy va iqtisodiy fanlar bilan o'zaro aloqani ta'minlaydi. Ushbu fan darslari quyidagi ustuvor yo'nalishlarga ega:
mazkur yangi fan sohasida boshlang'ich sinf o'quvchilariga oddiydan murakkabgacha tizimda dastlabki bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish orqali dunyoning ajralmas, bo'linmas, butunligini bilishga yordam beradigan pedagogik texnologiyalardan foydalanishda fanlararo yondashuv uslubiga ustuvor ahamiyat beriladi;
boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun atrof-olam haqida bilim olishga yo'naltirilgan mazkur darslikning har bir bobining mavzusidan kelib chiqib, sodda kundalik turmushda uchraydigan qiziqarli mavzular, tajribalar kiritib boriligi ham e'tiborga molikdir. En dilikda bolalar atrof-muhitga oqilona munosabat nuqtayi nazardan "O'quv loyihasi" deb nomlangan amaliy mashg'ulotlarda o'zlari kichik tajribalar o'tkazib ko'rish imkoniga ega
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
bo'lishadi. Masalan, ilk tajriba sinov tariqasida 1-sinflarga 1 o'quv yili uchun 1 ta amaliy topshiriq, gul ekish va uni parvarishlash vazifasi beriladi. O'quvchilar o'zlari ekkan guldagi o'zgarishlarni yil davomida kuzatib, natijani o'z daftarlariga qayd etib boradilar, ustozlari va sinfdoshlari bilan o'rtoqlashadilar;
boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun tayyorlangan an'anaviy darsliklarda avval matn, keyin savollar berilgan bo'lsa, "Science" darsligida o'quvchining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida avval savollar berilib, keyin matn shakllantirilgan bo'ladi. Ma'lumotlarning aksariyat qismi esa matn emas, rasm yoki illyustrasiyalar ko'rinishida bo'lishi bolalarda har xil manbalarni bevosita tushunish, mavzuga kreativ yondashish malakasini rivojlantirishga yordam beradi;
1-4-sinf o'quvchilari uchun tayyorlangan «Science" darsligi audio va video variantlarga ham joylashtirilgan. Agar smartfon darslik muqovasidagi QR kodga tutilsa, bolalar o'zlari o'rganayotgan ob'yektning harakatlanib turganini ko'rishlari, tovushini eshitishlari yoki o'sha ob'yektning boshqa xususiyatlari bilan bevosita yaqindan tanishishlari mumkin. Science fani mantiqiy fikrlash metodlarini o'rgatadi, voqealar mazmunini puxta o'rganish qobiliyatini rivojlantiradi.
Mantiqiy fikrlashning rivojlanishi bir necha bosqichlardan iborat. fakt va hodisalarni kuzatish. javob izlash uchun savol (shart) bering. kuzatilayotgan narsa haqida mumkin bo'lgan bashoratlar qilish. gipotezani o'rgana olish va to'g'ri javobni amalda tekshira olish, uni mantiqiy tahlil qilish va xulosa chiqarish.
Muhit obyektiv bo'lgani uchun undagi narsa va hodisalar birinchi navbatda ongda aks etadi. Ko'rish, his qilish va tushunish orqali hislar organlarga moddiy ta'sir ko'rsatadi va biz ularni idrok qilamiz. Idrok jarayonida tashqi va ichki sezgilar birgalikda bilishni aniqlaydi. Sezgilar orqali idrok qilinadigan olam ilmiy bilish bilan bog'langandagina bilim shakllanadi.
Bolaning o'quv jarayoniga, o'z-o'zini o'rganishga, kognitiv faolligiga qiziqishini oshirish uchun o'quv ishining shakllarini tashkil etishga o'rgatish. Tabiatshunoslik umumiy metodologiyasining eng muhim vazifalaridan biri tabiatning fan sifatidagi tabiatshunoslik bilan predmet sifatidagi munosabatini aniqlashdir. Shu boisdan ham D.Pulatova "Tabiatshunoslik darslarida "Bumerang", "Zinama-zina", "6x6x6", "Charxpalak", "Mozaika", "Issiq kartoshka", "So'z top", "3/4", "Dumaloq stol", "3/3", "Raqamli joylashuv", "Akvarium", "Rasmlarni to'g'ri joylashtir", "Videotopishmoq", "Kim ko'p biladi", "Davra suhbati", "O'r mon yondi", "Barg" kabi bir necha texnologiyalardan foydalanish mumkin" deb ta'kidlaydi[3].
Yuqori sinflarda fizika, kimyo, biologiya, geografiya, astronomiya kabi fanlarni tevarak-atrofni yaxshiroq o'rganish imkonidir. Bu fanlar bo'yicha boshlang'ich sinflarda o'zlashtirilgan bilimlar yuqori sinflarda shakllantiriladi. Tabiat predmet sifatida o' ziga xos didaktik xususiyatlarga ega bo'lib, uni maktab kursining boshqa predmetlaridan ajratib turadi. Bu fanning nazariy asosini tabiiy fanlar asoslari siklidagi botanika, zoologiya, geologiya va o'lkashunoslik fanlari tashkil etadi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Hamma tabiiy fanlar bizni o'rab turgan olam taraqqiyotini tushuntirish, tabiat qonuniyatlarini ochish sirlaridan ogoh etadi. Tabiat hodisalarining oddiy aloqalari va o'zaro bog'liqliklarini aniqlaydi. Tirik va o'Iik tabiat o'rtasidagi farq va aloqalarni tu shuntiradi.
Tabiat hodisalari sirlarini tushuntirib, materialistik qarashni, ya'ni to'g'ri dunyoqarashni shakllantiradi. O'qituvchi yordamida tevarak-atrofdagi tabiatni o'rganish (kuzatish) orqali ularda tabiatga muhabbat va uni muhofaza qilishga intilish hissi paydo bo'ladi, o'zlari yashayotgan joy tabiatidagi farqlarni, ularning sabablarini aniqlaydi[4]. Bu bolada atrofdagi dunyoga yaxlit nuqtayi nazarni shakllantirishga, undagi o'rni va rolini tushunishga yordam beradi. Idrok orqali tushuncha narsa va hodisalarning asosiy belgilari, o'xshash va farqli tomonlarini obrazli idrok yetish natijasida vujudga keladi. Demak, bilim real olamga, muhitdagi narsalarga asoslansagina, aniq mazmunga ega bo'ladi va uni o'z mohiyatiga ko'ra anglash uchun fan kerak bo'ladi.
Ekologiyani zamonaviy ta'lim texnologiyalari asosida o'qitish bola psixikasini rivojlantirishga qaratilgan asosiy vazifalarni hal qiladi. Uning kuzatish qobiliyati aniq ob'yektlar va hodisalarni o'rganish jarayonida rivojlanadi[5]. Kuzatish - narsa va hodisalarni ongli ravishda idrok yetish, ularning o'ziga xos va umumiy xususiyatlarini topish, muayyan qonuniyatlarni kuzatish, ularni tahlil qilish va xulosalar chiqarish qobiliyati. Muntazam mashqlar paytida kuzatish asta-sekin rivojlanadi. Bularning barchasi bolaning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, atrof-olamni bilish uchun muhimdir. Tabiiy fanlar mantiqiy induksiya va deduksiya usullarini o'rgatadi, hodisalarning mohiyatini chuqur o'rganish qobiliyatini rivojlantiradi.
Berilayotgan bilimlarning asosini «tabiat-inson-jamiyat-texnologiya (ishlab chiqarish)» tashkil qilishini inobatga olib o'qitiladigan boshqa turdosh fanlar bilan uzviyligi va integratsiyalashuviga alohida e'tibor berib, darsliklarni yaratishda kompentensiy aviy yondashish maqsadga muvofiq hisoblanadi[6].
Deterministik eksperiment davomida o'qituvchilarning o'zbek og'zaki ijodi orqali boshlang'ich sinf o'quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirishga tayyorligini aniqlash maqsadida o'tkazilgan so'rovnomalar, suhbatlar va test natijalari tahlili shuni ko'rsatdiki, ular tizimli ravishda amalga oshirilmagan.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarini sinfdan tashqari mashg'ulotlarda ekologik tarbiyalash sharoitlari va imkoniyatlarini aniqlash maqsadida oldimizga bir qancha vazifalarni qo'ydik: maktab o'qituvchilarining kichik maktab yoshidagi bolalarda ekologik tarbiya berish masalalarini to'g'ri hal etish bo'yicha bilim va ko'nikmalarini aniqlash; bolalarning ekologik bilimini oshirish bo'yicha sinfdan tashqari mashg'ulotlarga tayyorgarlik darajasini aniqlash; sinfdan tashqari mashg'ulotlar olib boruvchi o'qituvchilarni so'rov o'tkazish yo'li bilan o'quvchilarning ekologik ta'limini takomillashtirish muammolarini hal etishdagi qiyinchilik va kamchiliklarni aniqlash; o'qituvchilar malakasining pastligi sabablarini aniqlash va ularning ekologik ta'limini yaxshilash yo'llarini tushunish.
Tadqiqotitimizda ma'lum bo'ldiki, o'qituvchilarning boshlang'ich sinf o'quvchilariga sinfdan tashqari ishlar orqali ekologik bilim berishga tayyorgarligi asosiy qismini past malakali tashkil etadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ekologik madaniyatini
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
shakllantirish bo'yicha o'qituvchilar o'zbek og'zaki ijodiyoti orqali o'z bilimlarini to'ldirmasligi va ekologik bilimlarning sayozligi tufayli ekologik ta'limda ijodiy foydalana olmasligi aniqlandi.
Bugungi ta'lim tizimida ko'plab mashhur o'quv qurollari mavjud. O'qituvchilar bilan suhbatlar ularning shaxsiy izlanishlari va intilishlari yo'qligini ko'rsatdi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlarda sinf rahbarlari o'quvchilarning ekologik tarbiyasi bilan bog'liq maqsadli, istiqbolli amaliy ishlarni amalga oshirishda malakasi kamligini ko'rsatdi. Sinf rahbarlarining 40,8 foizi ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish va o'tkazish bo'yicha malaka va bilimlari past, 45,4 foizi tabiatni himoya qilish bilan bog'liq loyihalar, olimpiadalar, mitinglar o'tkazishda qiynaladi, 32,3 foizi atrof-muhit masalalarini o'rganish uchun uzoq, ko'p kunlik sayohatlar tashkil qiladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarini tabiatni o'rganishga jalb etishda ba'zida loqaydlik hukm suradi. Shu bois aksariyat sayohatlar o'ziga xos ekologik muammolarga qaraganda ko'ngilochar va maktab ta'tillari uchun ko'proq ahamiyat kasb etdi. O'quvchilarni ekol ogik tarbiyalashning turli uslub va shakllaridan keng foydalanish cheklanmagan. Biroq, biz aniqladikki, o'qituvchilarning atigi 13,5 foizi amaliy mashg'ulotlardan, 12,9 foizi o'quv maydonchasida amaliy ishlardan foydalanadi, to'garak rahbarlarining atigi 24 foizi o'quvchilarni tabiatni himoya qilishga jalb qiladi. Ularning 43,6 foizi o'quvchilarni mahalliy va hududiy atrof -muhit muhofazasiga jalb qilishni, 60 foizi atrof-muhit monitoringini o'tkazishni bilmaydi. To'garak rahbarlari bu holatni uslubiy mater iallarning yetishmasligi, shuningdek, tabiat, yovvoyi tabiat g'orlari, o'quv va tajriba maydonlarida amaliy mashg'ulotlar o'tkazilmagani bilan izohlamoqda.
Sinfdan tashqari ishlar tahlili shuni ko'rsatdiki, boshlang'ich sinf o'quvchilariga ekologik ta'lim berish masalalari pedagogik kengashning kun tartibiga kirmagani, uslubiy birlashmalarning tarbiyaviy ahamiyatiga befarqligi, qo'shimcha ta'lim o'qituvchilar ining ish rejalarida ekologik ta'limga qaratilayotgani yo'q.
Demak bugungi kunda ta'limni mintaqaviylashtirish va ekologik ta'lim madaniyati va etikasiga yangicha ta'lim shakl va tizim joriylantirish ahamiyatlidir. Pedagogikaning yangicha turi ya'niy ekologik pedagogika va ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, o'qituvchilarning davlat talablari darajasida mustaqilligi, ta'lim jarayoniga ijodiy yondashish, yangi texnologiyalarni, elektron platformalarni qo'llash ta'limni jahon andozalari darajasida olib chiqish zarur.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Yashil o'sish va global maqsadlar uchun hamkorlik-2030" (P4G) ikkinchi xalqaro sammitidagi nutqi.// https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-respublikasiprezidenti-shavkat-mirziyoyevning-yashil-osish-va-global-maqsadlar-uchun-hamkorlik-2030-p4g-ikkinchi-xalqarosa mmitidagi-nutqi 271627.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
2. Hasanboyev J., Turopova M., Hasanboyeva O. Ma'naviy-axloqiy tarbiya asoslari. -Toshkent: Adabiyot va san'at, 2000. 100 b.
3. Buriyev X. Ekologik ta'lim-tarbiyani shakllanishida milliy qadriyatlarni ahamiyati. // Uslubiy qo'llanma.-Samarqand.-2007.-s.48
4. Shirinov M.K. O'quvchilarga ekologik tarbiya berishda bahs-munorazali darsdan foydalanish texnologiyasi. //Zamonaviy ta'lim / 2016, 9. -B.48.
5. Shmeleva, I.A. Psixologiya ekologicheskogo soznaniya / I. A. Shmeleva. - SPb. : Izd--voS.Peterb. unta, 2006. - 204 s.
6. Nazarov Q. Bilish falsafasi (Gnoseologiya). -Toshkent: Faylasuflar milliy jamiyati. 2004. - 182 b.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Bovanova Umida Abduvahobovna, mustaqil izlanuvchisi, [Бованова Умида Абдувахобовна, исследователь], [Umida A. Bovanova, researcher, manzil: 100007, O'zbekiston, Toshkent, Mirzo Ulug'bek shoh ko'chasi, 30; 401-403 [адрес: 100007, Узбекистан, Ташкент, проспект Мирзо Улугбека, 30; офис 401-403 ], [address: 100007, Uzbekistan, Tashkent, Mirzo Ulugbek avenue, 30; office 401-403].