Научная статья на тему 'BOSHLANGICH TA’LIM O’QUVCHILARINI ATROF-MUHITGA MAS’ULIYAT XISSINI SHAKILLANTIRISH ORQALI AXLOQIY TARBIYALASH'

BOSHLANGICH TA’LIM O’QUVCHILARINI ATROF-MUHITGA MAS’ULIYAT XISSINI SHAKILLANTIRISH ORQALI AXLOQIY TARBIYALASH Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
676
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
ekologik ta’lim / ekologik madaniyat / axborot-kommunikasiya texnologiyalari / ta’lim kompetensiyalari.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Dilnoza Mengnarovna Alikulova

Maqolada boshlangich ta’lim o’quvchilarini atrof-muhitga mas’uliyat xissini shakillantirish, ekologik ta’lim, boshlang’ich maktab, o’quv jarayoni, ekologik madaniyat, mablag’lardan foydalanish, o’quv jarayoni, o’quvchilar tomonidan yaratilgan ijod, fan o’quv-uslubiy majmuasi, ona zamin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGICH TA’LIM O’QUVCHILARINI ATROF-MUHITGA MAS’ULIYAT XISSINI SHAKILLANTIRISH ORQALI AXLOQIY TARBIYALASH»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

BOSHLANGICH TA'LIM O'QUVCHILARINI ATROF-MUHITGA MAS'ULIYAT XISSINI SHAKILLANTIRISH ORQALI AXLOQIY

TARBIYALASH

Dilnoza Mengnarovna Alikulova

Farg'ona davlat universiteti magistri

ANNOTASIYA

Maqolada boshlangich ta'lim o'quvchilarini atrof-muhitga mas'uliyat xissini shakillantirish, ekologik ta'lim, boshlang'ich maktab, o'quv jarayoni, ekologik madaniyat, mablag'lardan foydalanish, o'quv jarayoni, o'quvchilar tomonidan yaratilgan ijod, fan o'quv-uslubiy majmuasi, ona zamin.

Kalit so'zlar: ekologik ta'lim, ekologik madaniyat, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, ta'lim kompetensiyalari.

XXI asr demografiya, fan va texnika taraqqiyoti asri bo'ladi. Bu asrda inson texnika vositalari bilan tabiatga ta'sir etadi. Inson o'z manfaatlarini qondirish maqsadida tabiatdan ko'proq boylik (manfaat) olishni o'ylaydi. Bu jarayonda inson tabiiy zahiralarning miqdori, uni holatini o'ylamaydi. Oqibatda zahira miqdori kamayib sivilizasiyani davom etishi xavf ostida qoladi. Bu holni yuz bermasligi uchun tabiat bilan insoniyat orasidagi munosabatni ijobiy yo'nalishga qaratish zarur. Shu sababdan ham XXI asrda ta'lim-tarbiyaning asosiy maqsadi yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan bo'lishi kerak.

Yangi O'zbekistonni barpo etishda atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasida belgilangan "aholining ekologik madaniyatini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlari faoliyatining oshkoralik darajasini oshirish va fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirish"1 muhim ahamiyatga ega. Bu borada O'zbekistonning iqlimi o'zgarishi bo'yicha Parij bitimini amalga oshirish bo'yicha Harakatlar milliy rejasini ishlab chiqish va qabul qilish, 2019-2030 yillarda O'zbekistonning «yashil» iqtisodiyotga o'tish strategiyalari , 2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi ekologik halokatlarning oldini olish vazifalariga erishish kabi ulkan maqsadlar yo'lida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yangi davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish hamda ana shu maqsadga xizmat qiluvchi boshlang'ich sinf

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2030 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5863-son farmoni Toshkent, 2019 yil 30 oktyabrt.

2 O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 2 oktyabrdagi iqlim o'zgarishi bo'yicha "Parij bitimini (Parij, 2015 yil 12 dekabrt) ratifikatsiya qilish to'g'risida"gi O'RQ-491-son qonuni

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

o'quvchilarini ekologik tarbiyalash texnologiyalarini takomillashtirish zaruratini taqozo etadi.

Tabiat taraqqiyoti va insoniyat sivilizasiyasining, shuningdek O'zbekiston tabiati va jamiyatining buguni va kelajagi ko'p jihatdan ekologik muammolarning hal etilishiga, barqaror rivojlanish dasturlari amalga oshirilishiga bog'liq bo'lib qolmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida (2020 y.) Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo'yicha boshlangan misli ko'rilmagan ishlarni davom ettirish, dengizning qurigan tubida o'rmonzorlarni kengaytirish, Nukus, Urganch va Xiva shaharlari atrofida "yashil belbog'"lar barpo etish, sanoat rivojining ekologiyaga ta'sirining oldini olish bo'yicha 2025 yilgacha mo'ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, nufuzli xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, Ekologiya kodeksi loyihasini ishlab chiqish lozimligini alohida ta'kidlagan edi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar", deb ko'rsatilganki, bu har bir fuqaroning tabiat oldidagi burchini hayot tarziga aylantirishi lozimligi anglatadi. Shu sababli mamlakatimizda oxirga yillarda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta'minlash sohasida izchil amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ta'kidlash joizki, Prezidentimiz tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasini e'lon qildi, Joriy yil bahor mavsumida «Yashil makon» loyihasi doirasida 125 mln dona daraxt ko'chatlarini ekish rejalashtirilmoqda. Aholiga kamida 10 mln dona mevali va manzarali daraxt ko'chatlari bepul tarqatiladi. «Agar O'zbekistonda ekologiyani yaxshilayman desa, har yili har bir xonadon ikkitadan daraxt eksin. Har bir tashkilot beshtadan daraxt eksin, qaysi tashkilot bo'lishidan qat'i nazar», atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini joriy etish, respublika aholi punktlarining sanitariya va ekologik holati uchun davlat organlari, xo'jalik yurituvchi subyekt rahbarlari va fuqarolarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, shuningdek O'zbekiston Respublikasining iqlim o'zgarishi bo'yicha "Parij bitimini (Parij, 2015 yil 12 dekabr) ratifikasiya qilish, 2019 - 2028 yillarda qattiq maishiy chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish va 2019-2030 yillarda O'zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o'tish strategiyalari, 2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarga erishish kabi ulkan maqsadlar yo'lida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yangi davlat boshqaruvi tizimi shakllantirildi, bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Yuqorida belgilab chiqilgan atrof-muhitga mas'uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qiluvchi boshlang'ich ekologik ta'lim va tarbiya mazmunini joriy etish uchun tegishli bilim va malakalar hosil qilishni ta'minlaydigan maktabgacha ta'lim yoshidagi o'quvchilar saviyasiga mos va xos ish shakllari, vositalari va metodlarini ishlab chiqish tadqiqotimizning eng muhim vazifalaridan biri sanaldi. Chunki, metodik adabiyotlar tahlilidan eslatganimizdek, tarbiyachilarning qo'llarida bunday metodik tavsiyalar yo'qligi ularning bu boradagi ishini muayyan darajada qiyinlashtiradi. Ta'kidlash joizki, maktabgacha yoshdagi o'quvchilarning ta'lim olish imkoniyatlari o'ziga xos. Shunga ko'ra ham ularning yosh xususiyatlariga mos va xos ish usullaridan foydalanish taqozo etiladi.

O'quvchilarda atrof-muhitga mas'uliyatli munosabatni shakllantirish metodlari bilan bog'liq masalalarni ijobiy yechish uchun ijtimoiy ekologik boy tajribalardan kelib chiqish kerakligi tabiiy. Buning uchun tarbiyachi ta'lim va tarbiya maqsadini ko'zda tutgan holda birinchi navbatda bugungi ekologik vaziyatning asl mohiyati, uning tabiat va jamiyat oldiga qo'ygan muammolaridan to'la xabardor bo'lmog'i, ta'lim va tarbiya mazmunini o'quvchilar ongi va axloqiga singdirish zaruriyati va ehtiyojlarini hisobga olmog'i lozim.

Tabiatni muhofaza qilishning muhim vositalari: xalq pedagogikasi, o'zbekona urf odatlar, o'quvchilar badiiy adabiyoti, radio, televideniye va boshqa ommaviy vositalar orqali olib boriladigan ko'rsatuv va eshittirishlar, tashviqotlar, shuningdek, mashg'ulotga olib kiriladigan san'at asarlari ekologik ta'lim-tarbiyada hal qiluvchi ahamiyatga molikdir. Shunga ko'ra, aholiga ekologik bilimlarni xalqimiz to'plagan meros asosida berish, dastlab oilaning o'zida tarbiyaviy jihatdan to'g'ri munosabatni tarkib toptirish ekologik ta'lim va tarbiya borasidagi ijtimoiy vazifalardan biridir. Ana shu munosabatga doir tushunchalar dastlab oilada, maktabgacha ta'lim muassasasida, so'ngra maktabda uzviy rivojlantirilishi lozim.

boshlang'ich sinflarda ekologik tarbiyaning eng samarali yo'llaridan biri uni mehnat tarbiyasi bilan qo'shib olib borish, ya'ni o'quvchining bo'sh vaqtlarini foydali ishlarga jalb qilishdir. Chunki tabiatga ozor berish bilan bog'liq bo'lgan sho'xliklar ma'lum darajada o'quvchining bo'sh qolishi natijasida kelib chiqadi. U qiladigan ishi yo'qligidan mushukning dumiga ip bog'laydi, qushlarning iniga chiqib, polaponlarini oladi va hokazolar. Aslida o'quvchi jonvorlarga ozor bermasdan, ular bilan do'st tutunib ham olam-olam zavq olishi mumkin. Biz unga qanoatli do'stlari uchun inlar yasab, ho'raklar tayyorlashni o'rgatishimiz maqsadga muvofiqdir.

Aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, boshlang'ich ta'lim o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish, buning uchun bilib olish kerak bo'lgan obyektlarni ko'rsatmalilik asosida va kuzatishga qulay tarzda taqdim etish, ayniqsa, tabiatning

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

go'zalliklaridan zavq olish vaziyatini tez-tez yuzaga keltirib turish, bilimlami shu yo'llar bilan singdirish orqali ularning aqliy rivojlanishiga erishildi.

O'quvchilar tabiat bilan bir butun organizm darajasida tanishdilar. Eng avval ayrim o'simliklar, hayvonlar, ularning yashash usullari o'quvchining idrok va faoliyat obyektiga aylandi. Jonli tabiat obyektlarining tashqi muhit bilan aloqasi o'quv-biluv mavzui bo'lib qoldi: o'simliklar oziqlanish uchun o'z ildizi bilan tuproq ichkarisiga kirib boradi, hayvonlar makonda joy almashtirib yuradi, ovqat topib yeydi va shu kabilar.

Ayniqsa, harakatlanadigan yorqin, rangin obyektlar maktabgacha yoshdagi o'quvchilarda alohida, o'ta kuchli qiziqish uyg'otdi, xotirasida timsollar qoldirdi. Ana shu obyektlar yordamida o'quvchilarning hayvonlar o'zlari yashab turgan muhitga moslashganliklari kuzatildi. Masalan, qo'y va sigir kabi uy hayvonlarining o't-o'lanlar bilan ovqatlanishi ana shunday moslashuv oqibati ekanligiga yaqqol misol bo'la oladi.

O'simlik va hayvonlarning ayrim ko'zdan yana ham uzoqroq bo'lgan bog'liq jihatlari, bundagi o'zgarishlarni kuzatish maktabgacha ta'lim yoshidagi o'quvchilar fikrlashini ekologik yo'naltirish, ularni tahlil qilish va solishtirish yo'li bilan anglashga o'rgatish imkonini berdi.

Idrok etilayotgan tabiat obyekti yoki hodisalari aniq va ravshan ko'rinib turishi, tushunarli va o'quvchiga yaqin bo'lishi ta'minlandi. Obyektni avval bir butun, keyin qismlari bo'yicha kuzatish va yaxlit taassurot uyg'otish, yo'naltiruvchi savollar berib borish, ekologik omillarga bog'liq jihatlarini toptirish amalga oshirildi.

Tabiiy obyektlar va hodisalar (ayniqsa, ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishni taqozo etadigan jonli tabiat) xossalarini bilish qiyin kechdi, chunki bu obyektlar o'quvchilarning ular bilan bajaradigan amaliy faoliyatini doimo cheklab turdi: ushbu obyektlarga qo'l tekkizib bo'lmaydi va hokazo.

Ko'rsatmalilikning rang-barang bo'lishi ham kuzatish obyektlarini o'quvchilar ko'z oldida gavdalantirishga yordam berdi. Ayniqsa, nojo'ya hatti- harakatlarni man etuvchi rasmlardan foydalanish ruhsat etilmagan hatti- harakatlarni o'quvchi ongiga to umrining oxirigacha saqlanib qoladigan qilib muhrlab qo'yadi.

Ekologik o'yinlar tashkil etish. O'quvchilarning tabiatni muhofaza qilish amaliyotida uch xil faoliyatdan (ta'lim, mehnat, o'yin) keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, o'quvchilarning ekologik mazmundagi o'yin faoliyati ta'lim unsurlariga ega bo'lib, tegishli ko'nikmalarni hosil qilishda ularning ahamiyati katta bo'ldi.

Didaktik o'yinlar. O'qituvchi darspaytida bevosita ta'lim berish ishini amalga oshirsa, didaktik o'yinda esa o'quv-biluv vazifalari (masalan, narsaning xossalari va sifatini aniqlash, turli buyumlarni tasnif qilish va guruhlash) o'yin bilan (topish, rol ijro

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

etish, musobaqalashish) qo'shib olib boriladiki, bunda didaktik o'yin ta'limning alohida shakli - yengil, tez va o'quvchilar tomonidan oldindan mo'ljallanmagan bilimlarni o'zlashtirish shakliga aylanadi.

Shu sababli didaktik o'yindan foydalanganda tarbiyachilar quyidagi pedagogik prinsiplarga amal qilishdi:

1) o'quvchilarda oldindan mavjud bo'lgan bilimlarga tayanildi;

2) didaktik o'yin yetarli darajada murakkab va ayni paytda o'quvchilar saviyasiga mos bo'lishi nazoratga olindi;

3) o'yinli harakatlarga bo'lgan qiziqish va uning rang-barangligi qo'llab-quvvatlab turildi;

4) didaktik vazifalar va o'yinli harakatlar asta-sekin murakkablashib borildi;

5) qoidalar aniq tushuntirib borildi.

Masalan, «Bu hayvonning nomi «Qizil kitob»ga kiritilganmi? Shu hayvonni top» o'yini. Tarbiyachi o'quvchilarni doira shaklida turg'izib, hayvon nomini aytadi va koptokni biror o'quvchiga otadi. Bola koptokni ilib olib, «Qizil kitob»ga kirgan yoki kirmaganligini aytadi.

Tabiatni muhofazasiga doir shaxsning axloqiy pozisiyasi, odamlarning o'zaro munosabatlari, ularning tabiiy muhitga insonparvarlik, g'amxo'rlik bilan munosabatlari markaziy o'rinda turmog'i lozim.

Rolli o'yinlar har bir ishtirokchiga mustaqillik va uyushqoqlik namoyon etish imkonini berdi. Ijodiy rolli o'yinlar tushunchalarni, tasavvurlarni, faktlarni tiklash, qayta guruhlash tariqasida kechdi. Masalan, rolli o'yin sifatida o'quvchilardan biri maqbul va nojo'ya harakatlar qilib ko'rsatadi. Nojo'ya xatti-harakatga kelganda, o'quvchilar: «To'xta!» - deb buyruq berishlari kutiladi. Kuzatishlarning ko'rsatishicha, bunday paytlarda ko'p vaqt sukutda bo'ladigan o'quvchilarda ham qat'iyat, jur'at paydo bo'ldi. Bu esa o'yinning muhim jihati hisoblanadi.

Tabiat bilan insonning o'zaro aloqador ekanligini o'rgatish, umuman, o'quvchilarda atrof-muhitga mas'uliyatli munosabatni shakllantirish - uzoq vaqtni o'z ichiga oladigan jarayon. Buning uchun o'quvchilarning atrof-muhit, tabiat bilan har tomonlama doimiy aloqalarini ta'minlash zarur. Darsdan tashqari sayr chog'ida bog'da, tabiat quchog'ida bo'lish, bu muddatda turli xil ekologik o'yinlar uyushtirish ana shu imkoniyatni yuzaga keltiradi.

Xullas, o'quvchilarning tabiat bilan o'zaro aloqada amalga oshadigan har qanday ko'rinishdagi faoliyatida, xususan, Darsdan tashqari vaqtlarda idrok va hissiyot, xotira va tafakkur, diqqat, xayolot, iroda qatnashadi, atrof- muhitga bo'lgan qiziqishi ortadi, bilishga ehtiyoji rivojlanadi, nutqi o'sadi, ularda atrof-muhitga nisbatan mas'uliyatli munosabat shakllanadi. Bularning tashqi va ichki tomonlari o'zaro qo'shilishi natijasida

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

amaliy ekologik harakat (faoliyat) va ekologik ongning chambarchas aloqasi yuzaga keladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2009. - 36 b.

2. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni, "Xalq so'zi", 2020 yil 24 sentyabr, 202 (7704)-son.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2030 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5863-son farmoni Toshkent, 2019 yil 30 oktyabr.

4. O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 2 oktyabrdagi iqlim o'zgarishi bo'yicha "Parij bitimini (Parij, 2015 yil 12 dekabr) ratifikasiya qilish to'g'risida"gi O'RQ-491-son qonuni

5. Xolmo'minova O.J. O'quvchilarga ekologik-huquqiy tarbiya berish texnologiyasi.Uslubiy qo'llanma.-Toshkent:«Lesson press»nashr.,2020.B.134.

6. Kuchkinov A.Yu. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini tabiatni e'zozlash ruhida tarbiyalash. Oqituvchilar uchun metodik qollanma - T.:, «Fan va texnologiya», 2012, 88 bet.

7. Kuchkinov A.Yu. Sinfdan va maktabdan tashqari mashg'ulotlarda o'quvchilarni tabiatni e'zozlash ruhida tarbiyalash texnologiyasi. Boshlang'ich ta'lim jarayoniga innovatsion yondashuv respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 2019-yil 15-noyabr. B. 189-192.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.