INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© U.Sh. Shermatova1H_
1Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni rivojlantirish, tabiatda duch keladigan ekologik vaziyatlar va imkoniyatlari haqida suz yuritilgan. Maqolada aynan boshlang'ich sinf o'quvchilar ongida ekologik ong, ekologik madaniyat, ekologik ta'lim , ekologik tafakkur kabi tushunchalarini singdirish kabi muhim g'oyalarni shakllantirish va rivojlantirish masalalari bayon etilgan.
MAQSAD: boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni rivojlantirish orqali ularning atrof-muhitga bo'lgan hurmatini va javobgarlik hissini shakllantirish. O'quvchilarni ekologik muammolarni tushunishga, tabiatni asrab-avaylashga va resurslarni tejashga o'rgatish. Ekologik madaniyatni shakllantirish orqali bolalarda barqaror rivojlanish, yashil texnologiyalarni qo'llash va atrof-muhitni muhofaza qilishning ahamiyatini anglashni ta'minlash.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda sifat va miqdoriy tadqiqotlarni birlashtirgan aralash usullardan foydalaniladi. Materiallar rivojlanishni baholash vositalari, ta'lim bo'yicha ko'rsatmalar va boshlang'ich sinf o'quvchilarida kuzatuv ma'lumotlarini o'z ichiga oladi. Usullar ota-onalar va o'qituvchilarning so'rovlari, erta yoshdagi mutaxassislar bilan suhbatlar va ta'lim muassasalariga o'tayotgan boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni rivojlantirish jarayoni kuzatuvlarini o'z ichiga oladi. Ma'lumotlarni tahlil qilish ekologik madaniyatni rivojlantirish strategiyalari va boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni rivojlantirish xususiyatlari aniqlashga qaratilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: ekologik bilimlarning ilmiy asoslari nazariy, amaliy bilimlari va mustaqil ishlar jarayonida tushuntiriladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishda asosiy e'tibor atrof-muhit muhofazasi, tabiatdan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan texnologiyalarni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan global bilimlarga katta ahamiyat beriladi.
XULOSA: boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish faoliyatini tashkil qilishga yo'naltirilgan o'quv jarayonining asosiy xususiyati -o'quvchini ijtimoiy hayotga tayyorlashdan iboratdir. Shuningdek, o'quvchi kundalik ishlarining davomi sifatida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda bevosita turli mazmundagi suhbatlar, savol-javoblarda qatnashadi, kechalarni tashkil qilishda ishtirok etadi, rollarni bajaradi, tinglaydi, qolaversa, bular orqali bilimi va ekologik madaniyat tushunchasi boyib boradi.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №10
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Kalit so'zlar: boshlang'ich, ekologiya ,ekologik madaniyat, o'quvchilar, ekologik ta'lim, ong, rivojlantirish, shakllantirish, boshlang'ich ta'lim, tabiat, jamiyat atrof-muhit, inson va tabiat, samaradorlik.
Iqtibos uchun: Shermatova U.Sh. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni rivojlantirish xususiyatlari. // Inter education & global study. 2024. №10 B.373-379.
ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ У МЛАДШИХ
ШКОЛЬНИКОВ_
© У.Ш. Шерматоваа1И
1Термезский государственный педагогический институт, Термиз, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье говорится о развитии экологической культуры у учащихся младших классов, экологических ситуациях и возможностях, встречающихся в природе. В статье рассмотрены вопросы формирования и развития таких важных идей, как привитие в сознании учащихся начальной школы понятий экологического сознания, экологической культуры, экологического образования и экологического мышления.
ЦЕЛЬ: формирование у младших школьников уважения к окружающей среде и чувства ответственности через развитие экологической культуры. Учить студентов понимать экологические проблемы, сохранять природу и экономить ресурсы. Обеспечение устойчивого развития детей, внедрение зеленых технологий и осознание важности охраны окружающей среды через формирование экологической культуры.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании используются смешанные методы, сочетающие качественные и количественные исследования. Инструменты оценки развития материалов, включает учебные пособия и данные наблюдения за учениками начальной школы. Методы включают опросы родителей и педагогов, беседы со специалистами раннего возраста и наблюдения за процессом развития экологической культуры у младших школьников, поступающих в образовательные учреждения. Анализ данных направлен на выявление стратегий развития экологической культуры и особенностей развития экологической культуры у младших школьников.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: научная основа экологического знания объясняется в процессе теоретического, практического познания и самостоятельной работы. При формировании экологической культуры у младших школьников большое значение придается глобальным знаниям, основной упор делается на охрану окружающей среды, рациональное и бережливое использование природы, применение технологий, направленных на оздоровление окружающей среды.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №10
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: главной особенностью образовательного процесса, направленного на организацию деятельности по формированию экологической культуры у младших школьников, является подготовка воспитанника к общественной жизни. Также во внеурочной образовательной работе ученик как продолжение своей повседневной деятельности непосредственно участвует в беседах различного содержания, вопросах и ответах, участвует в организации вечеров, выполняет роли, слушает, кроме того, благодаря этому его знания и понимание экологической культуры обогащаются.
Ключевые слова: начальное, экология, экологическая культура, учащиеся, экологическое образование, сознание, развитие, формирование, начальное образование, природа, общество, окружающая среда, человек и природа, эффективность.
Для цитирования: Шерматова У.Ш. Особенности развития экологической культуры у младших школьников. // Inter education & global study. 2024. №10. С. 373-379.
FEATURES OF THE DEVELOPMENT OF ECOLOGICAL CULTURE AMONG
YOUNGER SCHOOLCHILDREN_
© Щато1 Sh. Shermаtоvа1И
1Termiz State Pedagogical Institute, Termiz, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article discusses the development of ecological culture in primary school students, the ecological situations and opportunities they encounter in nature. The article describes the issues of forming and developing important ideas such as instilling in the minds of primary school students such concepts as ecological awareness, ecological culture, ecological education, and ecological thinking.
AIM: to develop respect for the environment and a sense of responsibility among younger schoolchildren through the development of an ecological culture. Teach students to understand environmental issues, conserve nature, and conserve resources. Ensuring the sustainable development of children, the introduction of green technologies and awareness of the importance of environmental protection through the formation of an ecological culture.
MATERIALS AND METHODS: the research uses mixed methods combining qualitative and quantitative research. Tools for evaluating the development of materials,
It includes textbooks and observation data on elementary school students. The methods include interviews with parents and teachers, conversations with early-age specialists, and observations of the development of environmental culture among younger students entering educational institutions. The data analysis is aimed at identifying strategies for the development of environmental culture and the features of the development of environmental culture among younger schoolchildren.
DISCUSSION AND RESULTS: the scientific basis of environmental knowledge is explained in the process of theoretical, practical knowledge and independent work. When
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 Mo 1П
Scientific theoretical and methodical journal 2024, № 10
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
forming an ecological culture among younger schoolchildren, great importance is attached to global knowledge, the main emphasis is on environmental protection, rational and economical use of nature, and the use of technologies aimed at improving the environment.
CONCLUSION: the main feature of the educational process aimed at organizing activities for the formation of environmental culture among younger schoolchildren is the preparation of the pupil for public life. Also, in extracurricular educational work, the student, as a continuation of his daily activities, directly participates in conversations of various contents, questions and answers, participates in the organization of evenings, performs roles, listens, in addition, thanks to this, his knowledge and understanding of environmental culture are enriched.
Key words: primary, ecology, ecological culture, students, environmental education, consciousness, development, formation, primary education, nature, society, environment, man and nature, efficiency.
For citation: Uljamol Sh. Shermatova. (2024) 'Features of the development of ecological culture among younger schoolchildren', Inter education & global study, (10), pp. 373-379. (In Uzbek).
Inson jamiyat tabiatning bir bo'lagi sifatida har doim ongli faoliyatni tashkil etib kelgan hoda, unga bo'lgan munosabatini ratsional yondashuv asosida amalga oshirgan. Shu nuqtai nazardan "ekologik madaniyat" tushunchasi muomalaga kiritilib, inson va tabiat munosabatlari inson omillari asosida qaror topgan. Bu esa o'quvchi ruhiyati, tabiat go'zalligi bilan hamohang barqarorlik kasb etishini allaqachon anglab etganligidan dalolat beradi. Ekologik madaniyatning asosiy xususiyatlaridan biri, tabiiy munosabatlarga inson aralashuvi salbiy oqibatlarga olib kelishini oldindan bashorat qilish imkoniyatini yuzaga keltirgan.
Ekologik madaniyatni o'zlashtirgan o'quvchi o'z faoliyatini atrof-muhitni oqilona boshqarish talablariga bo'ysundiradi, atrof-muhitni yaxshilash to'g'risida g'amxo'rlik qiladi, uning yo'q qilinishiga va ifloslanishiga yo'l qo'ymaydi hamda atrof-muhitga inson tomonidan yetkaziladigan zararlarni kamaytirish borasida zaruriy ishlarni amalga oshiradi. Albatta bu jarayon inson salomatligi va psixikasiga ijobiy ta'sir ko'rsatib qolmasdan, boshqalarni ham bu borada sog'lom fikr yuritishga undaydi. Vazifalar: boshlang'ich sinf o'quvchilariga ekologiya, tabiiy resurslar, iqlim o'zgarishi va tabiatni asrab-avaylash kabi mavzularda bilim berish; tabiatga nisbatan mas'uliyatli munosabatni shakllantirish: O'quvchilarda ekologik mas'uliyat hissini rivojlantirish, ularni tabiatga va uning resurslariga ehtiyotkorlik bilan yondashishga o'rgatish; yashil madaniyatni rivojlantirish: O'quvchilarda qayta ishlash, chiqindilarni ajratish, suv va energiya resurslarini tejash kabi yashil texnologiyalarni joriy etish va ularga doir odatlarni shakllantirish; atrof-muhitni asrab-avaylash faoliyatlarini rag'batlantirish: O'quvchilarni ekologik loyihalar va t ashabbuslarda ishtirok etishga, shuningdek, tabiatni asrab-avaylash uchun amaliy tadbirlarni o'tkazishga undash. Tadqiqot va kuzatish faoliyatlarini o'tkazish: O'quvchilarni tabiatda o'rganish va
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ekologik muammolarni tahlil qilishga jalb qilish, shuningdek, o'zlari kuzatgan ekologik holatlar haqida mulohaza yuritishga rag'batlantirish. Ekologik madaniyatni o'qituvchilar va ota-onalar bilan hamkorlikda rivojlantirish: O'quvchilarni ekologik madaniyatni nafaqat maktabda, balki oilada va jamiyatda ham qo'llab-quvvatlash va o'rgatish. Bu maqsadlar va vazifalar boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni rivojlantirishga, ularni barqaror rivojlanishga o'rgatishga yordam beradi.
Shuni alohida takidlashimiz joizki, bugungi kunga qadar atrof-muhitning insonga psixologik ta'siri juda kam miqdorda qaratilgan. Eng avvalo tabiiy muhitning o'zgarishi bevosita inson, uning psixologiyasi, xulq-atvori, xarakter xususiyati, tafakkur tarzi, yon atrofni idrok qilish, qolaversa fiziologiyasida ham o'zining ta'sirini ko'rsatishi bilan ahamiyatlidir.
O'quvchilarning ekologik ongini shakllantirish-tabiatni, uni himoya qiladigan va yaratadigan insonlarga nisbatan ongli ravishda to'g'ri munosabatni shakllantirish asosida amalga oshirilish maqsadga muvofiqdir. Tabiatning bir qismi sifatida o'ziga nisbatan munosabat, hayot va sog'liqning qadri hamda ularning atrof-muhit holatiga bog'liqligini anglash, tabiat bilan konstruktiv munosabatda bo'lish ko'nikmasini shakllantiradi.
Bu jarayonni yanada mustahkamlash uchun yoshlarda mehnatga munosabatni ijobiy psixologik omillaridan maqsadli foydalanish zarur. Buning uchun eng avvalo, mehnat faoliyatini to'g'ri tizimlashtirish masalasiga e'tibor qaratgan holda yoshlarda mustaqil ravishda, ichki istak va xohish bilan hayvonlarni boqish, o'simliklarni parvarish qilish hamda ulardan estetik zavq olish kabi sifatlarni shakllantirish asosida hissiy va irodaviy fazilatlar yuksaltirish lozim. Bu o'z navbatida jamiyat yoshlaridagi ekologik mada niyatni yanada mustahkamlaydi, hamda ishonchni shakllantirishga olib keladi.
O'quvchi yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish masalasining naqadar muhimligini e'tirof qilgan holda ta'kidlash mumkinki, bunday davra suhbatlari, munozaralar oliygohlar qoshida tashkil qilingan radio yoki televidenie orqali namoyish qilinishi va o'quvchilarning keng muhokamasiga qo'yilishi yaxshi natijalarni beradi. O'quvchilar mustaqil faoliyati davomida ko'pgina statistik ma'lumotlarni to'playdilar ya'ni ilmiy-ommabop adabiyotlar va ekologiyaga manbalarni umumlashtiradilar.
Shu bilan birga, o'quvchilar dunyo miqyosida ekologik muammolarning o'rganilishi, ekologik tarbiya borasida olib borilayotgan ishlar qanday yo'lga qo'yilganligi bilan tanishish maqsadida ko'plab ma'lumotlarni biladilar va ish tajribalarini qiyosiy tahlil qiladilar. Ekologik fojialarning oldini olishning birdan-bir yo'li tabiatni muhofaza qilish, barcha tabiiy boyliklarimizdan oqilona foydalanishdir. Ammo, har bir inson qalbida ekologik madaniyatni shakllantirmay turib, bu borada kutilgan natijalarga erishish qiyin.
Yoshlar ongiga tabiatning o'z qonun - qoidalari mavjudligini, tabiatdagi barcha hodisalar, o'zgarishlar bir-biri bilan bog'liqligini, umuman, insonning tabiatga to'g'ri munosabatda bo'lishi lozimligi haqidagi tasavvurlarni singdirish, shubhasiz muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda, Vatanimiz tarixi va madaniyati, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o'rganishga e'tibor kuchaydi. Ta'lim-tarbiya jarayonlarida
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
buyuk ajdodlarimizning, ma'naviy, madaniy, ekologik, ijtimoiy tarbiyaga oid meroslaridan kengroq foydalanishga imkoniyat yaratiladi.
Ta'limiy islohotlar ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, tadqiqotchilar va olimlarimiz uchun ulkan imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Bu o'z navbatida, o'quvchilarga ekologik rivojlanish, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati, shuningdek, mazkur fanni rivojlantirishning zaruriyatini, amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan yangiliklar, fan-texnika yutuqlarini, ekologik rivojlanishlar asosida tushuntirish muhimligini ko'rsatadi, chunki o'quvchilar bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan e'tiborning qadriga yetishi va uni obyektiv baholashi, mustaqillik sharoitida ekologik tarbiya bilan bog'liq muammolarni o'rganish va uni yechimini topish masalalarining zaruriyatini to'g'ri va haqqoniy anglab yetishi hamda kelajakka ishonch hosil qilishi uchun ularda ekologik madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.
Shu nuqtayi nazardan oladigan bulsak ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish orqali o'quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi asosiy tushunchalarning mazmun-mohiyatini va ahamiyatini asosli va aniq tarzda o'quvchilarga yoritib berilishi ularda mamlakatmizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning bugungi kundagi ijobiy natijalari va ularning ahamiyati, ijtimoiy-ekologik rivojlanishlar bo'yicha ijobiy tasavvurlar shakllantirish bilan bir qatorda, o'quvchilarda e'tiqod va sadoqat, umummilliy qadriyatlar va milliy urf-odatlarga hurmat, vatanparvarlik va insonparvarlik va kelajakka ishonch tuyg'ularini shakllantiradi.
Boshlang'ich sinflarda ekologik ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga, xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo'shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab asrab kelganligi, O'zbekistonni yangilanishning oliy maqsadi ana shu an'analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag'ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishining kamol topishiga erishish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdir.
Shuni alohida takidlashimiz joizki, "tabiat-inson" va "insoniyat-ekologiya" muammosini o'rganadigan fanlar tizimida psixologiya va pedagogika alohida o'rin tutadi. Bu borada shaxsning ekologik ongi va ekologik ta'lim-tarbiya tizimini shakllantirishning zamonaviy konsepsiyasini ishlab chiqish muhim masalalardandir. Ushbu konsepsiya asosida shaxsda hissiy bilish, amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirish, faollikni maqsadga yo'naltirilganligi, insoniy tamoyillarga sodiqlik, ijtimoiylashuvning yuzaga kelishi ya'ni faoliyat turi bilan almashtirilishi kabi ustuvor parametrlarni qaror toptirish lozim.
Ta'lim-tarbiya jarayonida atrof-muhit va o'quvchi shaxsini qaror toptirishning madaniy va sinergetik yondashuvlari, tabiatga muvofiqlik tamoyillaridan tashkil topgan ekologik madaniyatning falsafiy-madaniy, psixologik-pedagogik asoslarini aniqlash va bu borada nostandart takliflarni berish o'quvchilarga tabiiy hududlarni muhofaza qilish hamda ekologik tarbiyaning zamonaviy kompleks metodologiyasi sifatida e'tirof etilishi mumkin.
Tabiatning va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini anglab etgan holda o'z mustaqil kasbiy faoliyatini tashkil etish, inson faoliyati ta'sirining yaqin va uzoq kelajakdagi oqibatlarini inobatga olish, texnik vositalardan oqilona va ratsional foydalanish, ekologik
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
siyosat, tabiiy olam komponentlari, tabiiy va antropogen obyektlar, tabiiy kompleks, tabiiy ekologik tizim va ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhit va insonga ko'rsatilgan ekologik zararni belgilash va hisoblash, ekologik madaniyatni ta'minlovchi innovatsion holatlar bo'yicha bilim, ko'nikma, malaka, axloq va tafakkurga ega bo'lishlari taqozo etiladi.
Buning uchun esa ekologik ta'limning mukammal tizimini ishlab chiqish va ta'lim tizimiga joriy etish darkor. Ekologik ta'lim - tarbiya qanchalik erta berila boshlasa shunchalik ijobiy samarali bo'ladi. Oila, ta'lim muassasalari va boshqa sohalarda ekologik tafakkur, ekologik ong va ekologik madaniyat uzluksiz tarzda shakllantirilib borilishi zarur. Buning uchun har bir o'qituvchi eng avvalo, ekologik ong, ekologik tarbiya va ekologik madaniyat tushunchalarini o'quvchi yoshlarga singdira olishi lozim.
Bu munosabatlar mohiyatini kichik yoshdagi o'quvchilar ongiga etkaza olish, ularning tabiyatga bo'lgan munosabatini to'gri ravishda amalga oshira bilishga o'rgatish ekologik ta'limning asosiy negizini tashkil qiladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Norbo'tayev X.B. Boshlang'ich ta'limda ekologik xafvsizlik madaniyatini takomillashtirish.//Муаллим х,ем узлуксиз билимлендириу. Илмий-методикалык журнал №2 ISSN 2181-7138 Некис-2022. -Б. 93-97.
2. Норбутаев Х.Б. Бошлан^ч синфларда фанлараро экологик тарбия //Замонавий таълим. - 2018. 11-сон. - Б. 53-58.
3. Shermatova, U. (2024). Ecological education in primary classes formation of pedagogical conditions of development. World Bulletin of Social Sciences, 33, 49-53.
4. SHERMATOVA, U. (2024). Ecological Education Teaching in Primary Class Methodology. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments, 2(4), 97-105.
5. Uljamol Shermatova. (2023). DEVELOPMENT OF ECOLOGICAL EDUCATION IN PRIMARY CLASS. Open Access Repository, 9(10), 152-157.
6. Shermatova, U. (2020). THE LIGHT OF THE NIGHTS WITHOUT A DAY. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(4).
7. Norbo'tayev X.B. Boshlang'ich ta'limda ekologik xafvsizlik madaniyatini takomillashtirish. //Муаллим х,ем узлуксиз билимлендириу. Илмий-методикалык журнал №2 ISSN 2181-7138 Некис-2022. -Б. 93-97.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Shermatova Uljamol Shopulat qizi, "Boshlang'ich ta'lim " kafedrasi o'qituvchisi, [Шерматова Улжамол Шопулат кизи, преподаватель кафедры "Начальное образование"], [Uljamol Sh. Shermatova, Lecturer of the Department of Primary Education]; manzil: O'zbekiston,Termiz shahar, Islom Karimov ko'chasi, 288b-uy [адреа Узбекистан, ул. улица Ислама Каримова, 288б, город Термез],[address: Uzbekistan, Islam Karimov street, 288b, Termiz city]; [email protected].