Научная статья на тему 'EKOLOGIK ONG TUSHUNCHASINING PSIXOLOGIK ASOSLARI'

EKOLOGIK ONG TUSHUNCHASINING PSIXOLOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
14
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Ong / ekologik ong / ta’lim / shakllanish / tuzilma / nazariya / idrok / xotira / tafakkur / сознание / экологическое сознание / образование / формирование / структура / теория / восприятие / память / мышление

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — To‘rayev Ahmed Xolmo‘minovich

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ekologik ongi shakllantirish usullari, ushbu jarayonga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Ekologik ong tuzilmasi, tushuncha mohiyati borasida nazariy yondashuvlar o’zaro taqqoslangan hamda tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ КОНЦЕПЦИИ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО СОЗНАНИЯ

В данной статье проанализированы методы формирования экологического сознания учащихся начальных классов, факторы, влияющие на этот процесс. Были сопоставлены и проанализированы теоретические подходы к структуре экологического сознания, сущности понятия.

Текст научной работы на тему «EKOLOGIK ONG TUSHUNCHASINING PSIXOLOGIK ASOSLARI»

EKOLOGIK ONG TUSHUNCHASINING PSIXOLOGIK ASOSLARI To'rayev Ahmed Xolmo'minovich

Termiz davlat pedagogika instituti "Pedagogika va Inklyuziv ta'lim" kafedrasi

o'qituvchisi.

E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14317317

Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilari ekologik ongi shakllantirish usullari, ushbu jarayonga ta'sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Ekologik ong tuzilmasi, tushuncha mohiyati borasida nazariy yondashuvlar o'zaro taqqoslangan hamda tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Ong, ekologik ong, ta'lim, shakllanish, tuzilma, nazariya, idrok, xotira, tafakkur

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ КОНЦЕПЦИИ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО

СОЗНАНИЯ

Аннотация В данной статье проанализированы методы формирования экологического сознания учащихся начальных классов, факторы, влияющие на этот процесс. Были сопоставлены и проанализированы теоретические подходы к структуре экологического сознания, сущности понятия.

Ключевые слова: сознание, экологическое сознание, образование, формирование, структура, теория, восприятие, память, мышление

PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF THE CONCEPT OF ECOLOGICAL

CONSCIOUSNESS

Abstract: This article analyzes the methods of forming the ecological consciousness of primary school students, the factors influencing this process. Theoretical approaches to the structure of ecological consciousness and the essence of the concept were compared and analyzed.

Keywords: consciousness, environmental consciousness, education, formation, structure, theory, perception, memory, thinking

KIRISH

Tabiat muxofazasida insonparvarlik - gumanizm maqsadlari, ya'ni kishilarga yaxshilik, g'amxo'rlik qilish muhim o'rin tutadi. Hamma mashhur pedagoglar o'quvchilarni yoshligidan boshlab insonparvarlik, tabiatparvarlik ruhida tarbiyalashni ta'kidlab kelganlar. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko'rsatilayotgan ta'sirni tartibga solish, ijtimoiy taraqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o'zaro ta'sirini uyg'unlashtirish, inson va tabiatning o'zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo'lib bormoqda. Ekologik ongni antik davriga xos chizgilari eramizdan oldingi V asrda paydo bo'lgan.

TAHLIL VA NATIJALAR

O'rta asr davridagi ekologik ong chizgilari eramizning ilk davrlarida shakllana boshlagan. Yangi zamon ekologik ongining alohida chizgilari XVII-XVIII asrlarda vujudga kelgan bo'lib, XIX-XX asrlarda industrial inqilobdan keyin ekologik ongning ustuvor shakliga aylangan. Yangicha ekologik ong XIX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgani bilan hozirgi kunga qadar ekologik ongning yetakchi shakliga aylanmagan. Ekologik madaniyat -insonlarning ekologik

bilimlari va ko'nikmalarini amalda qo'llay olish qobiliyatidir. Atrof-muhitga qaratilgan ong esa, insondagi ekologik tushunchalar, dunyoqarash, pozitsiya, tabiatga bo'lgan munosabat hamda amaliy xarakterga ega bo'lgan strategiyalardan tarkib topadi. Ekologik muammo

taraqqiyot, xavfsizlik, aholining turmushi va bevosita odamlar hayotining davomiyligiga ta'sir ko'rsatib, ayniqsa aholining eng yosh qismi bo'lgan bolalar hayotiga katta xavf soladi. Sir emaski, ifloslangan, zaharlangan atrof-muxit birinchi navbatda hali yosh, endi rivojlanib shakllanib borayotgan organizmga katta ta'sir ko'rsatadi, uning fiziologik va ruhiy rivojlanish holatiga ham ta'sir etmay qolmaydi.

Bugungi kunga kelib, murakkab global ekologik muammolarni hal etishda estetik ta'lim-tarbiyaning roli tobora oshib bormoqda. Zero, ekologik ehtiyoj va uni badiiy-estetik ifodalash zaruriyati ham, tajribasi tarixi ham, tabiatga atropotexnogen ta'sirning oldini olish va salbiy oqibatlarini bartaraf etishda, ta'lim-tarbiyaga muqobil yo'l yo'qligini ko'rsatmoqda. Boshqacha qilib aytganda, ekologik ehtiyojni badiiy-estetik ifodalash va uni keng jamoatchilikka transformatsiya qilishning maqsadi, yaxlit xarakterga ega bo'lib, ta'lim-tarbiya tizimini: 1) insonning tabiatga ekologik-madaniy munosabati, amaliy faoliyati yo'nalishlarini nafosat qonunlari asosida oqilona tashkillashtirish; 2) «tabiat-jamiyat-inson» majmuasi barqaror taraqqiyotning umuminsoniy estetik maqsadga va manfaatga muvofiqligini ta'minlash; 3) tabiat boyliklari muhofazasiga yo'naltirilgan badiiy-estetik qadriyatlarga ongli, ijodiy munosabatni shakllantirish; 4) ekologik inqirozning ijtimoiy-ma'naviy, emotsional-ruhiy va boshqa salbiy ta'sirini, oqibatlarini bartaraf qilish; 5) insoniyatning barqaror ekologik taraqqiyoti, sivilizatsiyasi kelajagining badiiy-estetik ideallarini yaratishdan iborat vazifalar yaxlitligini belgilab bermoqda.

Ekologik ongni boshlang'ich sinf o'quvchilarida shakllantirish mexanizmlarining psixologik chora-tadbirlari sifatida, televideniya, siyosiy ong, iqtisodiy bilim, ta'lim-tarbiya tavsiya etiladi. Bu jarayonni maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlab amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, hozirgi kunda har bir umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'quvchilarida tabiiy fanlar, yuqori sinf o'quvchilarida esa ekologiya fanlari chuqurlashtirilgan dasturlar asosida o'tilmoqda. Ushbu dasturlar an'anaviy ta'lim dasturlariga muvofiq tuzilgan va har yili yangilanib boriladi. Ayniqsa, hozirgi paytda oilada ekologik omil va talablarga asoslanib sog'lom turmush tarzini shakllantirish masalalari muhim kasb etmoqda. Bizning nazarimizda, oila a'zolari o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, unga rioya qilish va targ'ib qilish, zararli odatlarni oldini olish, toza musaffo tabiiy muhitni qaror toptirishning kichik yorqin modeli xisoblanadi.

I.A.Sosunovaning so'zlariga ko'ra, ekologik ongni o'rganish zarurati quyidagilar bilan bog'liq sanaladi:

- Ekologik ong - XIX asr oxiridan boshlab jamoatchilik xarakati sifatida o'rganila boshlangan;

- Ekologik ong - insonning tabiat haqidagi savolga javob qidirishi bilan bog'liq;

- Ekologik ong bu - inson ongining evolyusiyasi natijasi. Unda shaxs,oila, etnos, davlat, siyosat, sayyora, makon kabi tushunchalarda aks etgan V.V.Kalitanning ta'kidicha, inson tabiatning ajralmas qismidir, tabiatga qarshi bo'lmaslik kerak, unga zarar yetkazmaslik kerak, uni doim asrab-avaylash lozim. Tabiat vakillari bo'lgan o'simliklar, hayvonlar, hashoratlar ham yashashda shaxs kabi to'la huquqli sub'ektlardir. V.R.Arseniev insonning tabiatdan uzoqlashish sabablarini quyidagicha tasvirlaydi:

- Insonning va tabiat o'rtasidagi hamkorlikning buzilishi;

- Tabiatni keragidan ortiq o'zlashtirish;

-Tabiatni ilohiylashtirish;

- Atrof-muhitni tabiiy yaratilgan va shundayligicha qolishi kerak qabilida munosabatda bo'lish va hokazo. Tabiatdagi sodir bo'layotgan hodisa va o'zgarishlarning bevosita har bir kishining salomatligiga, ruhiyatiga, kayfiyatiga ta'sirini ota-onalar o'z bolalariga astoydil tushuntirishlari, bu o'gitlar bola ko'nglida muhrlanib, narsa, hodisalarni bilishga hamda oqilona xatti-xarakatlarga rioya qilishlariga ularning intilishlari oshadi. Evropa, Markaziy Osiyo davlatlari, Janubiy Afrika, AkSh, Turkiya, Braziliya, Koreya, Yaponiya, Vetnam, Tayland, Tayvan, Avstraliya kabi mamlakatlar o'z qizil kitoblariga ega. O'zbekistonning dastlabki qizil kitobi 1983 yilda joriy etilgan bo'lib, unga noyob va yo'qolib borayotgan hayvonlarning 184 ta turi kiritilgan. Yo'qolib borayotgan noyob o'simliklarni muhofaza qilish maqsadida 1984 yil O'zbekiston qizil kitobi nashr qilindi. Unga 301 ta o'simlik turi kiritilgan edi. Tabiatni asrash, mavjud ekologik muammolarning oldini olish va ekologik xavfsizlikni ta'minlashda Qizil kitoblar haqida ma'lumotga ega bo'lish bilan bir qatorda ta'lim maskanlarida o'tkaziladigan tabiy fan va ekologiya darslarida o'quvchilarga ekologik va estetik tarbiya berib borish, ularda ekologik madaniyatni shakllantirish hamda mukammal ekologik bilim berib borishga asosiy e'tibor qaratilsa ma'qul bo'ladi. Inson samarali mehnati, tabiat noz-ne'metlaridan oqilona foydalanishi va uning go'zalliklaridan bahramand bo'lishi tufayli farovon hayot kechiradi. O'quvchilarda bu tushunchani shakllantirishda ekologik tarbiya muhim o'rin tutadi.

XULOSA

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik ong tushunchasining psixologik asoslari mavzusidagi mavjud izlanishlar tahlili quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik ong shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi psixologik omillarga axloqiy xulq-atvor motivlari, va inqirozli vaziyatlarga munosabat, tabiatga estetik munosabat, tabiat bilan o'zaro bog'liqlik, atrof muxitga nisbatan ekotsentrik va antropotsentrik va ekologik paradigmalar kabi psixologik mexanizmlar o'zining ta'sirini ko'rsatishi yaqqol namoyon bo'lgan. Turli yoshdagi shaxslarda ekologik ong rivojlanishining psixologik mexanizmlari tahlil qilinib, bunda ayniqsa, o'quvchi va talabalarga qaraganda o'qituvchilarda ekologik ong va dunyoqarash shakllanganligi yaqqol farqlarni namoyon qildi. Ekologik ongning boshlang'ich sinf o'quvchilarida rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan omillari bu ta'lim jarayonidagi egallagan bilim-ko'nikmalari xamda axloqiy xulq-atvorning pastligi sabab bo'lishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 .-6 (766)-son

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan millatlar tashkiloti bosh assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi. Xalq so'zi. 2017 yil 20 sentabr, № 189(6883)

3. O'zbekistondagi BMT vakolatxonasining Axborot markazi tomonidan O'zbekiston hukumati hamda BMT Taraqqiyot dasturining "Raqamli rivojlanish tashabbusi" dasturi T:. 2003 - 262 b.

4. Abramov Yu.F., Aleshkevich M.P., Burovskiy A.M., Kostin A.K. Litsey ekologo-informatsion texnologiya. Irko'tsk, 2008. 189 s.

5. Ashirboy o'g'li X. A. Mehnatda yoshlarning ekologik madaniyati bilan axloqiy-estetik ong imkoniyatlari dialektikasi //Ustozlar uchun. - 2024. - Т. 57. - №. 2. - С. 80-93.

6. Anvarjonovna A. O. Ekologik ong va madaniyatni estetikalashtirishdagi pedagogik faoliyat //Uzbek Scholar Journal. - 2023. - Т. 22. - С. 72-74.

7. Bakhtyorovna, K. M. (2024). Ways of forming pedagogical skills in the process of educational work. Gospodarka i Innowacje., 48, 18-20.

8. M., K. . (2023). Theoretical and methodological foundations of the technology of forming reflective skills in future teachers. Journal of science, research and teaching, 2(8), 107-110. Retrieved from http://jsrt.innovascience.uz/index.php/jsrt/article/view/280

9. Azamat, M. S., & Rajabali, P. S. International Evaluation Programs. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 1-5.

10. Mamatkobilova, S., & Julayeva, M. (2020). Factors affecting family strength

11. Dual education in the integrative macroenvironment of professional education (journal of educational discoveries and lifelong learning( EJEDL)

12. a4rhob, Н. А., & Джураев, Ф. Р. РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРЕДМЕТА "ВОСПИТАНИЕ" В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ.

13. a4rhob, Н. А., & Джураев, Ф. Р. (2022). РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРЕДМЕТА "ВОСПИТАНИЕ" В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ. Главный редактор ЕС Овечкина, 697.

14. US Yakubova O 'QITUVCHILARNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI Inter education & global study, 2024

15. Sharifovna, Y. U. (2022). Professional Qualities of a Social Educator. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 1(5), 171-175.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.