INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© K.Sh. Oltiboyeva1H_
1Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Termiz, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida 2-3-sinf boshlang'ich ta'lim o'quvchilarida ekologik xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish bo'yicha turli ilmiy-amaliy ishlarni ko'rib chiqish uchun yozilgan.
MAQSAD: hozirgi vaqtda ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirish va uni bevosita tabiat bilan tanishtirish jarayonini rivojlantirishda amaliy va nazariy ma'lumotlarga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirish metodlari, mazmuni, pedagogik shart-sharoitlari va vositalarini o'rganib chiqilgan.
MATERIALLAR VA METODLAR: ekologik xavfsizlik madaniyati-tarixiy-ijtimoiy, falsafiy-ijtimoiy, psixologik-pedagogik va axloqiy estetik kategoriyadir. Ekologik xavfsizlik madaniyatiga egalik esa, ma'naviy-axloqiy sifat bo'lib, u maqsadli tashkil etilgan ta'lim -tarbiya jarayonida shakllntiriladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga ekologik-huquqiy ta'lim-tarbiya berish maqsadida Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, hamda, tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi bilan hamkorlikda "Respublikada ekologik ta'limni rivojlantirish va ekolog kadrlarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish istiqbollari" Dasturi va Konseptsiyasi ishlab chiqilgan.
XULOSA: ekologik xavfsizlik madaniyati yangi, innovatsion tavsifga ega bo'lgan ijtimoiy-gumanitar tushunchalardan biri bo'lib, XXI asrda globallashuv, iqtisodiy va moliyaviy integratsiya, iqtisodiy keskin o'sish oqibatida vujudga keldi. Ekolgik xavfsizlik madaniyati an'anaviy ekologiya tushunchasining uzviy davomi sifatida vujudga kelib, uning zamonaviy mazmunini o'zida aks ettiradi.
Kalit so'zlar: ta'lim, maktab, boshlang'ich, o'quvchi, ekologik xavfsizlik, madaniyat.
ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ КУЛЬТУРЫ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ У УЧЕНИКОВ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ_
© К.Ш. Олтибоева1И
1Термезский университета экономики и сервиса, Термез, Узбекистан_
Iqtibos uchun: Oltiboyeva K.Sh. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik xavfsizlik madaniyatini rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlari. // Inter education & global study. 2024. №8. B.164-170.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: данная статья посвящена рассмотрению различных научно-практических работ по развитию культуры экологической безопасности у учащихся 2-3 классов начального образования в общеобразовательных школах.
ЦЕЛЬ: разработка методических рекомендаций по формированию культуры экологической безопасности и развитию процесса непосредственного знакомства с природой на основе теоретических и практических данных. Изучены методы, содержание, педагогические условия и средства формирования культуры экологической безопасности.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: культура экологической безопасности — это историко-социальная, философско-социальная, психологическая и педагогическая, а также морально-эстетическая категория. Обладание культурой экологической безопасности является духовно-нравственным качеством, которое формируется в целенаправленном образовательном процессе.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в настоящее время в нашей стране Министерство высшего и среднего специального образования, Министерство народного образования, а также Государственный комитет по охране природы разработали программу и концепцию «Перспективы развития экологического образования и подготовки кадров, повышения квалификации экологов в республике» с целью правового и экологического воспитания молодежи.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: культура экологической безопасности является одной из новых инновационных гуманитарных концепций, возникших в XXI веке в результате глобализации, экономической и финансовой интеграции, а также стремительного экономического роста. Она является логическим продолжением традиционного понимания экологии и отражает её современное содержание.
Ключевые слова: образование, школа, начальные классы, ученик, экологическая безопасность, культура.
Для цитирования: Олтибоева К.Ш. Особенности развития культуры экологической безопасности у учеников начальных классов. // Inter education & global study. 2024. №8. С. 164-170.
SPECIFIC FEATURES OF DEVELOPING ENVIRONMENTAL SAFETY CULTURE IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS_
© Kamola Sh. Oltiboyeva1®
1Termez University of Economics and Service, Termez, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: this article discusses various scientific and practical works aimed at developing ecological safety culture in 2nd and 3rd grade primary school students in general education schools.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
AIM: to develop methodological recommendations for forming ecological safety culture and enhancing the process of direct interaction with nature based on practical and theoretical knowledge. The methods, content, pedagogical conditions, and tools for developing ecological safety culture have been studied.
MATERIALS AND METHODS: ecological safety culture is a historical-social, philosophical-social, psychological-pedagogical, and moral-aesthetic category. Possessing ecological safety culture is a moral-spiritual quality formed in a purposefully organized educational process.
DISCUSSION AND RESULTS: currently, the Ministry of Higher and Secondary Specialized Education, the Ministry of Public Education, and the State Committee for Environmental Protection in our country, have developed the "Program and Concept of Prospects for Developing Ecological Education and Improving the Training and Qualification of Environmental Specialists" for the purpose of providing legal and ecological education to youth.
CONCLUSION: ecological safety culture is one of the new innovative humanitarian concepts that emerged in the 21st century as a result of globalization, economic and financial integration, and rapid economic growth. It is the logical continuation of the traditional concept of ecology and reflects its modern content.
Key words: education, school, primary, student, ecological safety, culture.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiyot komissiyasining "Barqaror rivojlanish uchun ta'lim bo'yicha Strategiya" hamda milliy dastur asosida O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi aholi keng qatlamining ekologik ta'limi, madaniyatini rivojlantirish bo'yicha hamkorlik qilmoqda, o'z tarkibiy bo'linmalari xodimlarining malakasini oshirishni tashkillashtirmoqda, hamda, boshqa idora va tashkilotlarga ekologik ta'lim masalasi bo'yicha metodik va moddiy yordam ko'rsatmoqda.
Ta'lim muassasalarida o'qitish jarayonida o'quvchilar ongini hozirgi ekologik muammolar mohiyatini ochib beruvchi bilimlar bilan boyitish va shu bilimlarni ularning amaliy faoliyati, ijtimoiy mehnati bilan mustahkamlab borish maqsadga muvofiq. Bunday mas'uliyatli vazifani hal qilish uchun biz bo'lajak pedagoglardan shu soha bo'yicha yuksak darajadagi bilimga, pedagogik mahoratga, yuqori ekologik ong va madaniyatga ega bo'lish, shuningdek, tinimsiz izlanish, o'rganish talab qilinadi.
Binobarin, boshlang'ich sinflarda ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirishni quyidagi yo'nalishlarda tashkil etish maqsadga muvofiqdir:
1. O'quvchilarni tabiat go'zalliklarini sevish, ulardan estetik zavq olish ruhida tarbiyalash.
For citation: Kamola Sh. Oltiboyeva (2024) 'Specific features of developing environmental safety culture in primary school students', Inter education & global study, (8), pp. 164-170. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
2. Jonli va jonsiz tabiatni rivojlanish qonuniyatlari, tabiat va jamiyat o'rtasidagi murakkab o'zaro munosabatlar insonning tabiatga ta'sir oqibatlari haqidagi tushunchalarni shakllantirish.
3. O'quvchilarda ekologik madaniyatni tarbiyalash.
4. Tabiatni sevishga, undan to'g'ri va ongli ravishda foydalana bilishga undash.
5. O'quvchilarda tabiat oldida mas'uliyatni his etish va anglash malakasini shakllantirishdan iborat.
Ta'lim mazmunini takomillashtirish, ilmiy, hayotiy, qiziqarli materiallar va innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida amalga oshirilishi zarur. Ana shunday materiallardan biri suv haqidagi bilimlar tizimi hisoblanadi [35;21-b].
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik xavfsizlik madaniyaitini shakllantirish va rivojlantirish vositalaridan biri - ular faoliyat ko'rsatayotgan va yashayotgan muhit bo'lib, bu o'quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish jarayoni sub'ektlarining o'zaro ta'sirini amalga oshiruvchi tashqi omillardan biri hisoblanadi [58;25-b]. Bunday ta'lim-tarbiyaviy muhitda o'zaro ta'sir ko'rsatuvchi ishtirokchilarning suhbati va o'quvchining o'zini - o'zi rivojlantirishi asosida tafakurning rivojlanish jarayonlari vujudga keladi, mazkur omil ota-onalar va jamiyatning zamonaviy talablari ta'siri ostida bo'ladi.
O'quvchilarda ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirish jarayonida hamkorlikdagi ijodiy faoliyat qulay innovatsion muhitni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda vujudga keluvchi savollarga hamkorlikda javob izlash asosida o'zaro ta'sir jarayonini rivojlantirish va takomillashtirish mumkin bo'ladi.
O'quvchilarda ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirish jarayonida ularda o'zaro ta'sirni amalga oshiruvchi omillardan biri o'quvchilarni ta'lim jarayonida ijodiy ta'sir ko'rsatishga motivlashtirish hisoblanadi. Ayrim tadqiqotchilarning ta'kidlashiga ko'ra, insonning o'zi tomonidan mustaqil ravishda egallangan tushunchalari muhim ahamiyat kasb etadi va bu mustaqil ta'lim jarayonida, ya'ni o'quvchiga o'qituvchi tomonidan an'anaviy ravishda o'rgatilmaganda, mustaqil fikrlash jarayonida vujudga keladi, mazkur jarayonda muhokama qilinayotgan muammoning mazmun va mohiyati tushuniladi va tahlil qilinadi, refleksiv faoliyat amalga oshadi.
Bizning fikrimizcha, o'quvchilarda ekologik xavfsizlik madaniyaitini shakllantirish jarayonida ijodiy ta'sir ko'rsatishga motivlashtirish ularning faolligini ta'minlashga xizmat qiladi, o'z navbatida ijodiy faollik ham o'zaro ta'sirini amalga oshiruvchi omillardan biri hisoblanad. Yoshlarda ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirish masalasining naqadar muhimligini e'tirof qilgan holda ta'kidlash mumkinki, bunday davra suhbatlari, munozaralar oliygohlar qoshida tashkil qilingan radio yoki televideniya orqali namoyish qilinishi va talabalarning keng muhokamasiga qo'yilishi yaxshi natijalarni beradi.
Shu bilan birga, o'quvchilar tomonidan dunyo miqyosidagi ekologik muammolarning o'rganilishi, ekologik tarbiya borasida olib borilayotgan ishlar qanday yo'lga qo'yilganligi bilan tanishish maqsadida, Internet orqali ko'plab ma'lumotlarni biladilar va tajribalarini qiyosiy tahlil qiladilar. Ekologik fojialarning oldini olishning birdan-bir yo'li tabiatni muhofaza
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
qilish, barcha tabiiy boyliklarimizdan oqilona foydalanishdir. Ammo, har bir inson qalbida ekologik madaniyatni shakllantirmay turib, bu borada kutilgan natijalarga erishish qiyin.
Yoshlar ongiga tabiatning o'z qonun - qoidalari mavjudligini, tabiatdagi barcha hodisalar, o'zgarishlar bir-biri bilan bog'liqligini, umuman, insonning tabiatga to'g'ri munosabatda bo'lishi lozimligi haqidagi tasavvurlarni singdirish, shubhasiz muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonda, Vatanimiz tarixi va madaniyati, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o'rganishga e'tibor kuchaydi. Ta'lim-tarbiya jarayonlarida buyuk ajdodlarimizning, ma'naviy, madaniy, ekologik, ijtimoiy tarbiyaga oid meroslaridan kengroq foydalanishga imkoniyat yaratildi.
Ta'limiy islohotlar ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, tadqiqotchilar va olimlarimiz uchun ulkan imkoniyatlar vujudga keltirdi. Bu o'z navbatida, o'quvchilarga ekologik rivojlanish, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati, shuningdek, mazkur fanni rivojlantirishning zaruriyatini amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan yangiliklar, Fan-texnika yutuqlarini, ekologik rivojlanishlar asosida tushuntirish muhimligini ko'rsatadi, chunki o'quvchilar bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan e'tiborning qadriga yetishi va uni ob'ektiv baholashi, mustaqillik sharoitida ekologik tarbiya bilan bog'liq muammolarni o'rganish va uni yechimini topish masalalarining zaruriyatini to'g'ri va haqqoniy anglab yetishi hamda kelajakka ishonch hosil qilishi uchun ularda ekologik madaniyat shakllantirish va boyitish muhim ahamiyatga ega.
So'ngi yillarda ilmiy jamoatchilik tomonidan mantiqan bir-biriga yaqin, biroq mohiyatan turli qarashlarni anglatgan har-xil tushunchalar qo'llanila boshladi. Ekologik xavfsizlik madaniyatiga doir termin differensiyasi ichida "xavfsizlik", "xavfsiz fe'l-atvor va amallar", "xavfsiz fe'l-atvorga ega bo'lgan shaxs", "xavfsiz fe'l-atvorni qo'llay oladigan shaxs", "ekologik madaniyat", "xavfsiz hayot kechirish madaniyati", "xavfsiz axloq normalari", "xavfsizlik pedagogikasi", "xavfsizlik falsafasi", "xavfsizlik sosiologiyasi", "xavfsizlik psixologiyasi" kabi tushunchalar amal qilmoqda.
Hozir ekologik xavfsizlikdagi bosh qadriyat, uning markazi, ekologik xavfdan muhofaza qilish ob'ekti, ekologik xavfsizligi shubhasiz ta'minlashi darkor bo'lgan sub'ekt-insondir. Binobarin, ekologik xavfsizlik deganda, birinchi navbatda atrof-muhit xavfsizligini emas, balki aynan inson xavfsizligi anglashiladi. Demak, tomonlar munosabatidagi eng og'ir vaziyatlar, favqulodda holatlar va ekologik xavf-xatarlarni bartaraf etish mumkin. Ekologik xavfsizlikni ta'minlashning samarali yechimlaridan biri bu-ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirishdir.
Shunday qilib, mavzu dolzarbligini quyidagi bosh omillari mavjud: dunyo miqyosida ekologik ta'limning zamonaviy talablari va rivojlanish tendensiyalar; ekologik xavfsizlik madaniyati asosida o'z faoliyatini tashkil qila oluvchi texnik kadrlarga bo'lgan talabning ortib borayotganligi; pedagog kadrlarning ekologik xavfsizlik madaniyatiga doir mutaxassislik kompetensiyasiga bo'lgan talabning o'zgarganligi va uning takomillashuvi taqozo etilayotganligi.
Xo'sh, ekologik xavfsizlik madaniyati va uni shakllantirish nima degani, u tarixiy-ijtimoiy jihatdan nimani anglatadi, uning pedagogik mohiyati nimadan iborat? Ekologiya
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
inson voqeligi bilan bog'liqlikda atrof-muhit tarqqiyoti, shar-sharoitlari, qonuniyatlari borasidagi fan hisoblanadi.
Ekologik xavfsizlik madaniyati ekologik bilimlarning zamonaviy tarkibiy qismi. XXI asrda ekologik bilimlar taraqqiyotining zamonaviy bosqichi sifatida ekologik xavfsizlik madaniyati vujudga kelgan.Ekologik xavfsizlik madaniyati, inson hayoti va atrof-muhit shar-sharoitlariga tahdid uyg'otmaydigan ekologik balansini ta'minlab beruvchi ijtimoiy faoliyatlar majmui bo'lib, uning mazmuni inson, jamiyat va atrof-muhitning barqaror rivojlanishi uchun zarur bo'lgan faoliyat, ya'ni aktlar ijrosiga teng.
Ekologik xavfsizlikka yo'naltirilgan davlat siyosati, fuqarolik jamiyati, yuridik va jismoniy shaxslarning birgalikda va hamkorlikda ekologik xavfsizlikni ta'minlash uchun olib borgan faoliyatidir. Ekologik xavfsizlik tizimi-biosfera va antropogen ta'sirlar o'rtasidagi muvozanatni saqlashga yo'naltirilgan qonuniy, tibbiy va biologik tadbirlar majmuasidir. Ekologik xavfsilik madaniyatini shakllantirish insonda qat'iy ekologik xavfsizlik fe'l-atvori, xulqi va turmush tarzini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik tadbirlar majmuasidir.
Bugungi kunda ekologiya bilan bog'liq madaniyatni tor, ya'ni faqat ma'naviyat, axloq tushunchasi ichida talqin qilishdan vos kechilmoqda. Ekologik madaniyat faqat ma'naviy yoki ijtimoiy fenomen, yoki siyosiy fenomen, yoki ped agogik fenomen emas. Ekologik madaniyat jamiyatdagi ekologik muhit bilan bog'liq inson faoliyati fenomeni ekanligi isbotlanmoqda.
Binobarin, ekologik xavfsizlik madaniyatiga ega mutaxassis o'z mutaxassislik sohasi va yo'nalishi doirasida bilim, ko'nikma va malakalarni to'la egallagan va mutaxassislik yo'nalishida vujudga kelishi mumkin bo'lgan xavf-xatarli vaziyatlarni oldindan ko'rishi, ularning oldini ola bilish, tabiatga zarar yetkazmaslik ko'nikmalariga ega bo'lishi, zararli oqibatlarini qoplash va ulardan qutulish yo'li, vosita, shakl, usullarini bilishi talab etiladi.
Xavfsizlik-inson va butun mavjud olamining tinch hayoti, uning tartibi va amal qilish intizomini turli salbiy va o'ta salbiy omillar ta'siridan himoya qilish usul, vosita va amallaridan iborat bo'lgan tizim va uning amaliyoti. Xavfsizlik tushunchasi inson hayoti va uning yashash muhiti bilan bevosita a'loqador.
Inson o'z hayoti davomida o'zi, atrofidagilar, oilasi, farzandlari, yaqinlari, butun jamiyat xavfsizligini ta'minlovchi sub'ekt sifatida ijtimoiy makonga chiqadi. Shaxs xavfsizligida insoniyat tajribasi va konkret shaxs tajribasi uyg'unlashadi. Xavfsizlikda insonning atrof-muhit bilan o'zaro munosabatlarini o'rnatish jarayonida hayotga qarshi yo'naltirilgan tahdidlar mavjud bo'lganligi va insonning mana shu tahdidlarni qanday yengib o'tganligi ahamiyat kasb etadi.
Bizning fikrimizcha, madaniyat umumbashariy, milliy sivilizatsion ma'naviy qadriyatlar majmuining inson axloqi, xulq-atvori, fe'lida namoyon bo'lishi. Madaniyat nafaqat ma'lum ma'naviy-gumanitar bilim, ko'nikma, malaka, tafakkur va ong majmui, aslida mana shu bilim, ko'nikma, malaka, tafakkur va ong majmuining inson hayotida real amal qilishi, uning kundalik faoliyatida namoyon bo'lishi, fe'l-atvorida harakatlar, qadamlar, qarorlar va amallar sifatida aks etishidir.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Ekologik xаvfsizlik mаdаniyаti bu- аtrof-tаbiiy muhitgа, ishlаb xo'jаlik,
аyniqsа, sаnoаt ishlаb korxonаlаri fаoliyаtining аntropogen tа'siri Ь'д'^с1ад^
yа'ni tаbiаt muhofаzаsi sohаsidаgi ekologik bilimtar ong vа ulаrni qаrorlаr qаbul qilishdа аmаliy fаoliyаtgа tаCbiq etish ko'nikаsi, kopmpetensiyа, mаhorаt m^mm, ekologik аnglаngаn fаoliyаt bo'lib, tаbiiy vа ijtimoiy-mаdаniy muhitgа zаrаr keltirmаydigаn xulq-аtvordir.
Ekologik xаvfsizlik mаdаniyаti inson vа аtrof-muhitning murаkkаb munosаbаtlаridа xаvfsizlik tushunсhаsi bosh omilgа аylаngаnligi, xаvfsizlik tushunсhаsi аtrofidа insonning ekologik fаoliyаti vа uning ekologik mаdаniyаtgа tаyаngаn hаtti-xаrаkаtlаri muhim аhаmiyаt kаsb etishi, xаvfsizlikkа yo'nаltirilgаn ob'ekt vа uni аmаlgа oshiruvсhi sub'ekt аynаn insonning o'zi ekаnligini nаmoyon etаdi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Nigmаtov A.N. O'zbekiston Respublikаsining ekologiyа huquqi. Dаrslik-Toshkent:-2004.
2. Rаhmаtovа X. 0^сМ1агт sinfCаn tаshqаri ishlаr jаrаyoniCа ekologik-gigienik tаrbiyаlаshning peCаgogik shаr-shаroitlаri (VII-IX sinflаr misoliCа): Avtoref. diss. kаnC. ped. nаuk. -Toshkent, 2005. - 22 b
3. Рябов A.M. Педагогические условия формирования экологической компетентности старшеклассников. Автореферат дисс. кандидата педагогических наук: 13. 00. 01. Москва, 2012. 24с.
4. Bаbаnаzаrov Q.R. Tаbiаt obуektlаri vа inson sаlomаtligini rаCiаtsiyа tа'siriCаn huquqiy muhofаzа qilish, 12. 00. 06. -Tаbiiy resustar huquqi: адгаг huquq; ekolgik huquq. Yuridik fаn. nom. Dаrаjа olish uсhun diss. аvtoref. -T. 201—27-b.
5. Jumаnovа F.U. Kаsb-hunаr kollejlаri o'quvсhilаriCа ekologik таСатуа^ shаkllаntirish (geogrаfiyа tа'limi misoliСа). -13. 00. 01. Ped. nаzаriyаsi vа tаrixi. -Ped. fаn. nom. Cisser. аvtoreferаti. -T.: -22-b.
6. Inomovа M.O. OilCа bolаlаrni mа'nаviy-аxloqiy tаrbiyаlаshCа milliy qаCriyаtlаrCаn foyCаlаnishning peCаgogik аsoslаri. Ped. Fаn. nom. disser. M, -T.: 1998-42b.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Oltiboyeva Kamola Sharofjon qizi, o'qituvchi. [Олтибоева Камола Шарофжон кизи, педагог], [Kamola Sh. Oltiboyeva, teacher]; manzil: O'zbekiston, Termiz sh., A.Navoiy ko'chasi, 4B-uy [адрес: Узбекистан, ул. А.Навои,4Б, г. Термез], [address: Uzbekistan, 4B, A.Navoiy st., Termez city]