Научная статья на тему 'BOBORAHIM MASHRAB VA TASAVVUF – TARIQATLARI'

BOBORAHIM MASHRAB VA TASAVVUF – TARIQATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

9378
612
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
asar / shoir / bastakor / sozanda / adabiyot / ijod / xalq / yo’nalish / tasavvuf / tariqat.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Feruza Qudrat Qizi Rahmatova

Boborahim Mulla Vali (Valibobo) o’g’li Mashrab o’z ijodi bilan o’zbek adabiyotida xalqchillik, ijtimoiylik va dunyaviylikning chuqurlashuvida, jaholat va bid`atga qarshi kurash g’oyalarining kuchayishida, she`riyat shakllarining takomillashuvi hamda badiiyatning kamolga erishuvida katta o’rin tutgan so’z ustalaridan biridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOBORAHIM MASHRAB VA TASAVVUF – TARIQATLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760

BOBORAHIM MASHRAB VA TASAVVUF - TARIQATLARI

Feruza Qudrat qizi Rahmatova

Namangan davlat universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Boborahim Mulla Vali (Valibobo) o'g'li Mashrab o'z ijodi bilan o'zbek adabiyotida xalqchillik, ijtimoiylik va dunyaviylikning chuqurlashuvida, jaholat va bid'atga qarshi kurash g'oyalarining kuchayishida, she'riyat shakllarining takomillashuvi hamda badiiyatning kamolga erishuvida katta o'rin tutgan so'z ustalaridan biridir.

Kalit so'zlar: asar, shoir, bastakor, sozanda, adabiyot, ijod, xalq, yo'nalish, tasavvuf, tariqat.

KIRISH

Boborahim Mashrab (1640 - 1711) - o'zbek mumtoz adabiyoti namoyandasi, shoir, bastakor, sozanda, hofiz, tasavvuf-tariqatlarining vakili. Xalq ichida "Devona Mashrab", "Eshon Mashrab", "Shoh Mashrab", "Telba Mashrab", "Mardi xudo", "Avliyoi Haq", "Sohibi karomat" kabi nomlar bilan mashhur bo'lgan. Ijodiy merosi "Devonai Mashrab" qissasi, turli tazkira, bayoz va majmualar orqali yetib kelgan.

Mashrab faqat otashzabon ijodkor sifatidagina emas, balki, ayni zamonda, adolatsizlik va zo'ravonlik, qaboxat va jaholat bilan aslo kelisha olmaydigan dovyurak shaxs sifatida ham dong taratgan. Xalq tasavvurida u johil amaldorlar ustidan kuluvchi, ahloqan tuban kishilarni, munofiq din arboblarini ayovsiz fosh qilib, mehnatkashlar manfaatini himoya etuvchi botir so'z, tadbirkor kurashchi tarzida shakllangan: oddiy xalq Mashrab timsolida o'z ishonchli vakilini, o'z orzu-intilishlarini baralla ayta oluvchi otashin siymoni ko'rgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Boborahim Mashrab hayoti va ijod yo'li haqida malumot beruvchi tarixiy manbalar ko'p emas. Uning nomi XVIII - XIX asrlarda tuzilgan ayrim tazkira va tasavvufiy yo'nalishdagi asarlarda (Muhammad Bade' Malehonning "Muzakkir ul-ashob", "Tazkirai Fahmiy", "Musavvai Abdushshukur Ziyo", "Tazkirai avliyoi Majzub Namangoniy") zikr etiladi.[1]

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760

Ammo ularda shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida keltirilgan malumotlar nihoyatda kam, qisqa va biri-biriga zid. Mashrabning qoldirgan adabiy merosi xususida ham aniq malumot beruvchi manba yo'q. Uning o'z asarlarini to'plab devon yoki biror majmua tuzganligi malum emas. Faqat "Devoni Mashrab", "Devonai Mashrab", "Eshoni Mashrab", "Xazrati shoh Mashrab" nomlari ostida xalq orasida qo'lyozma va toshbosma shaklida juda keng tarqalgan qissalardagina (ularning kim tomonidan va qachon tuzilganligi aniq belgilangan emas) shoir ning hayot yo'li va ijodiy faoliyati malum tartib va izchilikda bayon etiladi, asarlaridan namunalar keltiriladi. Mashrab faoliyatining qator nuqtalari aniq va tarixan to'g'ri qayd etilganidan qissaning birinchi nusxalari shoirni yaqindan bilgan va asarlaridan yaxshi xabardor shaxs tomondan, o'sha davrlardayoq yaratilgan, deb tahmin etish mumkin. Ayni zamonda, u uzoq yillar davomida o'zgartirish va tuzatishlarga duch kelgan, turli to'qimalar, yangi-yangi rivoyat, naqllar, sarguzasht va latifanamo lavhalar bilan to'ldirila borilgan. Natijada qissalarda tarixiy Mashrab faoliyati xalq tasavvuridagi to'qima Mashrab hamda u xaqidagi sarguzasht - rivoyatlar bilan qorishib-chatishib ketgan. Shunday bo'lsada, Mashrab xaqidagi qissalar shoir hayot yo'lini nisbatan to'la va bosqichma-bosqich o'zida jamlovchi adabiy-tarixiy manba sifatida ilmiy ahamiyat kasb etadi.

Boborahim Mashrab tarjimai xoli chalkash va noaniq, turli afsonalar bilan sug'orilgan. Shoir xaqida XVII asr tarixiy manbalarida hech qanday malumot berilmagan. Boboraxim Mashrab xaqida mufassalroq malumot beruvchi, nomalum muallif tomonidan yozilgan hozirgacha mashrabshunos olimlar tomonidan yoritib kelinayotgan, shoir tarjimai holining yagona manbai "Devonai Mashrab" ("Qissai Mashrab") deb atab kelinayotgan munoqibdir. Bazi olimlar bu asar Pirmat Setoriy yoki Isxoq Bog'istoniy tomonidan yozilgan deb tahmin qilsalar ham bu asar muallifi ilmiy jihatdan hanuzgacha aniqlanmagan.

Shuningdek, Boborahim Mashrab haqida tazkiranavis Maliho Samarqandiyning 1688 - 1692-yillarda yozilgan "Muzakkir - ul -ahoob" tazkirasida, Abdumuttalib Xojai Fahmiyning 1763-yilda tuzilgan "Tazkirai Fahmiy" asarida, XIX asr Muhammad Hakimxonto'raning "Muntaxab - ut-tavorix", Mirza Olim Mushrifning "Ansob-us-salotin", Majzubi Namangoniyning "Musavvadai Abdushukur" nomli asarida hamda rus sharqshunosi N.S. Likoshin (1860 - 1922) 1902-yil "Turkestanskie vedomosti" gazetasining 9-11 sonlarida elon qilingan maqolasida hamda XX asr boshlarida Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniyning mahalliy matbuotlarda e'lon qilgan maqolalarida malumotlar berilgan.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760

Boborahim Mashrab 1640-yilda (hijriy hisob bilan 1050) Namanganda kambag'al kosib-bo'zchi Valibobo va Bibi Salima oilasida dunyoga kelgan.[2] Mashrabning she'rlarida ham Namanganda tug'ilganiga ishora mavjud:

Na malakman, na farishta, men ham odam naslidan, Men tavalludi o'shal farzand Namangoniman.

Qissa malumotlariga ko'ra, Boborahim otadan yosh yetim qoladi, oilaning moddiy qiyinchiliklari yanada ortadi. Onasi ip yigirib tirikchilik o'tkazgan. Mashrab yoshligida maktabda talim olgan. Yoshligidayoq Mashrabda tasavvufga qiziqish berish, yagona Allohga ishtiyoq hislari kuchli bo'ladi. Malumotlarga qaraganda, Mashrab bolaligida ko'chalarda yalang oyoq, yog'och ot minib yurar, xalq uni o'rab olar, shoir ularga o'zining otashin she'rlarini o'qib berardi.

Qissada bo'lajak shoirning go'dakligidayoq nihoyatda halol, ziyrak, to'g'riso'z bo'lganligi, hozirjavob va mushodadaligi bilan tengqurlaridan ajralib turishi alohida takidlanadi. Har xolda o'z davri bilimdonlaridan, xususan din asoslari va falsafadan durustgina boxabar bo'lgani uchun Namanganning so'fiy eshoni Mulla Bozor Oxund (vafoti 1668 yil) nomi bilan shuhrat qozongan Xo'ja Ubaydullo qo'liga tahsil takmiliga topshirilgan. Boborahim malum muddat Mulla Bozor Oxundda diniy talimot va sufiy tariqatlari bo'yicha bilimini oshiradi, forsiy tilni o'rganadi, ayni zamonda, Sharq she'riyatini, xususan, uning yirik vakillari merosini qiziqish bilan mutola qiladi. Mulla Bozor Oxund Mashrabni yagona Allohga e'tiqod, dunyo hayotidan voz kechish ruhida, tasavvufning qonun qoidalari asosida tarbiyalaydi. Shoir uning qo'lida arab tili, adabiyoti, Quron, hadislarni va tasavvuf adabiyotini chuqur o'rganadi. U o'zbek, arab va forsiy tillardagi adabiyotni mukammal egallaydi. Mashhur fors shoiri Xo'ja Xofiz (1325 - 1389) ijodiga qiziqib, she'rlaridan yod olgan va kuylab yurgan. Mashrabning yana bir sevgan shoiri Jaloluddin Rumiy (1207 -1273) bo'lib, uning "Masnaviy Rumiy" si shoir ijodida katta iz qoldirgan va keyinchalik "Mabdai nur" asarining yozilishiga sabab bo'lgan.

Mashrabdagi ilmga, ayniqsa tasavvufga bo'lgan chuqur muhabbat va ishtiyoqni sezgan Mulla Bozor Oxund uni o'z tasavvufiy ilmini to'la kamolotga yetkazishini istab, 15 yoshida, tahminan 1665-yillarda katta obro'ga ega bo'lgan yirik din arbobi qoshqarlik eshon Xidoyatullo Ofoq Xoja (vafoti 1693-yil) huzuriga Qashqarga yuboradi.

Ofoq Xojaga shoir maqul bo'lib, yoqib qoladi va unga Mashrab tahallusini bergan (Mashrab so'zi ichish joyi, ichimlik, mazxab, mijoz, tabiat, fel-atvor, yo'l, loqaydlik, maslak, g'oya kabi manolarini bildiradi).

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760

Mashrab g'azallarining birida uchrovchi mana bu baytda ham xuddi shu mazmun ifodalangan:

Kuddisa sirrihu Xojam otimni "Mashrab!" dedilar, Qoshgaru Yorkand ichida sohibi guftor o'zim.[3]

Boborahim Mashrab ko'p bilimlar sohibi, fozil Ofoq Xojaga sidqidildan murid tushadi, uni o'ziga murshidi komil deb qabul kilishadi va yetti yil uning dargohida xizmatini o'taydi, yumushlarini bajarib, saboq oladi, muridlari qatorida kun kechiradi. Ofoq Xoja dargohida Mashrab murid sifatida eshon tomonidan buyurilgan turi og'ir ishlarni bajaradi: uch yil o'tin tashidi, uch yil sanochda suv tashidi va bir yil eshon ostonasida qorovullik qildi. Shu davrlar ichida shoir kiyimi bitta po'stindan iborat bo'lib, yozda junini tepasiga, qishda esa ichiga qilib kiyib yurardi. Yetti yillik og'ir tayyorgarlik, o'zining jismoniy va ruhiy qobiliyatini chiniqtirish tufayli Mashrabga tasavvufiy jozibalik singib boradi. U tasavvuf ilmini to'la egalladi.

Mashrab Ofoq Xoja xizmatida ilohiyot bilan ham shug'ullanib, tariqat sulukini o'tadi. Ibrohim Adham va Mansur Hallojni g'oyibdan piri komil deb bildi. Ijodda Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Imomiddin Nasimiy yo'lidan bordi. Lutfiy, Navoiy g'azallariga naziralar yozdi, muxammaslar bog'ladi.

Shoir adabiy merosidagi diniy mazmun va tasavvufiy yo'nalish ruhidagi she'rlarning ko'pchilik qismi Ofoq Xoja dargohida va uning targ'ibot-saboqlari tasirida yaratilgan desak, xato bo'lmas. Ofoq Xojaning shahsiy xislat-fazilatlarini madh etuvchi, uni "piru rahbar" deb tan oluvchi bayt-misralarni tarkibida jam' etgan g'azal va muxammaslar ham ("Koshki", "O'zim" radifli g'azallar, "Qolmadi" radifli muxammas) shu muridlik yillari mahsulidir.

Bu davrdagi Mashrab she'riyatiga xos asosiy xususiyatlardan biri Allohga bo'lgan ishqdir. "Nafs ajdahosi" komidan xalos bo'lganlar uchun faqat Alloh -haqdir, haqiqatdir. Shu bois inson faqat Allohni sevishi, unga oshiq bo'lishi, komil inson bo'lishga astoydil intilishi, bu mashaqqatli yo'lda barcha uqubatlarga chidashi lozim. Barcha yaxshilik, ezgulik - Allohdandir, binobarin Uni sevgan kishi o'z yaqinlarini, ota-onasini, el-yurtini, jamiki yaxshi odamlarni ham sevadi. Mashrab tahminan 1672 - 1673-yillarda Ofoq Xoja dargohini tark etishga majbur bo'ldi. Shoir hayot yo'lini bayon etuvchi qissalarda qayd etilishicha, bunga Mashrabning piri dargohidaga kanizlarining biriga ko'ngil qoygani, sevib-sevilgani rasmiy sabab bo'lgan. Malumki, Ofoq Xoja dargohida uning ko'plab muridlari, haramida esa tortiq qilingan va sotib olingan cho'rilar xizmat qilar edi. Shu cho'rilardan biriga Mashrabning ko'zi tushadi va uni yaxshi ko'rib qoladi. Bundan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760

xabardor bo'lgan eshon shoimi gardaniga qizdirilgan muhr bosib, bepusht qilib, o'z dargohidan quvadi. Abdurauf Fitratning yozishicha: "Mashrab mana shu cho'rilarning bitta chiroylisi bilan yashirin munosabat bog'lagan. Ancha vaqtdan keyin bu ishi Ofoq Xojaga malum bo'ladi. Mashrabni ura-ura eshikdan xaydaydi" Ammo Mashrabning og'ir jismoniy jazolanib quvilishi zaminida pir bilan murid o'rtasidagi jiddiy g'oyaviy ziddiyatlar bo'lgan deyilsa haqiqatga muvofiq bo'ladi. Shoir Ofoq Xoja tomonidan quvilganidan so'ng, Yorkned, Xo'tan va G'ulja shaharlarida bo'ladi. Xalq orasida obro'si ko'tarilib boradi. So'ngra, malumotlarga qaraganda, Ofoq Xoja uni gunohidan kechganidan so'ng, yana Qashqarga qaytadi. Shu vaqtda Toshkentda Ofoq Xojaning yaqin do'sti mashhur shayx Nuriddin kasalga chalinib qoladi. Mashrab Ofoq Xoja topshirig'i bilan Toshkentga jo'naydi va keyin Qashqarga qaytib, eshondan Namanganga qaytishga ruhsat oladi.

Mashrab Qoshqardan 1673-yilda Namanganga - onasi yoniga qaytadi. Shoirning vatan va onai zori ishtiyoqida bolalarga xos sodda tug'yon bilan she'r yozgan:

Jamoling ko'rgali keldim, ayo ey mehribon onam, Mening uchun ado bo'lgan yurogi, bag'ri qon onam... Seni ko'p intizor ettim, firoq o'tiga, ey Ka'bam, Tavofi Kabai maqsuda keldim dulkusho onam.

Kutilmaganda onasi vafot etadi. Kasalmand onasining vafotidan keyin hech kimi qolmagan shoirning qo'nimsiz hayoti boshlanadi. Uning keyingi deyarli qirq yillik umri doimiy safarda, darbadarlikda, turli o'lkalarda musofirlikda o'tdi. Turli adabiy-tarixiy manbalar, shuningdek, qissa nusxalari Mashrab borgan shahar-yurtlari, safar tartibi haqida xilma-xil, ko'pincha biri-biridan farqli malumotlar beradi. Ularda shoirning Samarqand, Xo'jand, Toshkent, Turkiston, Buxoro, Andijon, Badaxshon, shuningdek, bir qator Sharq o'lkalariga borganligi xaqida so'zlanadi. Mashrabning adabiy merosida hayot yo'lining qator nuqtalari jumlasida yuqorida sanalgan shahar -o'lkalarning ko'plari zikr etiladi. Xususan, Mashrab, hamma borgan joylarini birma bir santib o'tib, Makka va Madinaga borgani, tavof qilgani va Zamzam suvidan ichganini ochiqdan ochiq ko'rsatib ketgan:

Madina, Makkani tavf aylabon ham chohi Zamazamni, Chahoryorni tavof ayladim, yig'lab ravon ketdim.

So'ngra, Mashrab Buxoroga keladi. Bu yerda Mashhur eshon va mulla Oxund Mavlono Sharif hamda Buxoro xoni Ubaydulloxon bilan uchrashadi. Uni Buxoroda aytgan gaplari uchun o'tda kuydirmoqchi bo'ladilar. Buxorodan Balx tomon yo'lga

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760

chiqadi va yo'l-yo'lakay Qabadiyonda o'sha davrning yana bir mashhur so'fiy shoiri So'fiy Alloyor bilan uchrashadi. [4]

Mashrab o'z vatanida haqgo'y, isyonkor shoir, qalandar sifatida mashhur bo'lgan. Mashrabning biror shahar-qishloqqa kelishi izsiz o'tmas edi, malum shov-shuvlarga sabab bo'lardi. Mashrab turli marakalarda, xalq orasida mutaassib ruhoniylarni, zulmkor hokim-amaldorlarni achchiq kinoya va nafrat bilan tanqid qilgan. Oddiy xalq samimiyat va xursandchilik bilan, hokim, amaldorlar, riyokor ruhoniylar esa hadiksirab, dushman ko'zi bilan sovuq qarshi olardilar. Mashrab qo'nimsiz hayotining so'nggi nuqtasi Balxda ham xuddi shunday bo'ldi: hokim tabaqa, riyokor ruhoniylar, mutaassib mullolar unga o'zlarining ashaddiy dushmani deb qaradilar va jisman yo'qotish niyatida bo'ldilar. "Qissa"da aytilishicha, avliyo Ofoq Xoja Mashrabni Balxda Mahmudbiy tomonidan dorga osilishini oldindan bashorat qilgan. Mahmudbiy Otaliq Mashrabni dahriylikda aylab, dorga osishga farmon beradi. Bu hijriy 1123-yil (milodiy 1711) sodir bo'ladi. "Tazkirai Fahmiy"da qayd etilganidek, "dar soli 1123 hijriy dar Qunduz bafatvoi ulamo va hukmi Mahmudbiy Qatag'on shahid karda shuda", yani "1123 hijriy (1711 milodiy) yilida Qunduzda (Balx viloyatida) ulamolarning fatvosi va Mahmudbiy Qatag'on (Balx, Qunduz hokimi)ning hukmi bilan shahid bo'ldi". Otashin shoir, dovyurak shaxs, jasur qalb sohibi Boboradim Mashrab osib o'ldirildi. U xuddi Mansur Xalloj va Imomiddin Nasimiy kabi xurfikr g'oyalari yo'lida, o'sha zamonadagi hukmron tabaqalar va johil ulamolar rasmiy siyosatiga nomuvofiq dunyoqarashi yo'lida qurbon bo'ldi.

Shoir o'z vasiyatiga ko'ra do'stlari tomonidan Balx yaqinidagi Ishkanmish degan joyga dafn etilgan. Ishkamish - hozirgi Afgonistonning Taxor viloyatida joylashgan Xonobod shahridan 30 km masofada bo'lib, qadimdan Vazvolin nomi bilan mashhur bo'lgan. Ishkamish shahridan bir yarim kilometr sharqda Mashrabning xom g'ishtdan qurilgan gumbazli maqbarasi joylashgan. Turbat ham loydan yasalgan. Qabrning tepasiga arab tilida yozilgan tosh lavxa qo'yilgan. Unda Quron suralari va shoirning vafoti sanasi bitilgan. Maqbara devorlariga Mashrabning g'azallari bitilgan matolar ilingan.

"Majmuai Abdulmutallif Fahmiy"da ko'rsatilishicha, Mashrab Qunduz shahrida dorga osilgan. Uch kundan keyin Mahmudbiy ham tom ostida qolib xalok bo'lgan. Qizig'i shundaki, mashhur so'fiy Mansur Xallojni "Anal Haq" degani uchun 922-yilda Bog'dodda avval qo'l-oqlarini kesib, keyin qatl etishgan. Mashrab ham Mansur Xalloj kabi dorga osilishini Ofoq Xoja bashorati bilan bilgan. Uni bizgacha yetib kelgan quyidagi she'ridan ham bilib olish mumkin:

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760

Mansur Xallojdek ichib sharobi an-tahur, Charx urib yig'lab tururman ushbu dam dor oldida.

Mustaqillik davrida Mashrab tavalludining 1992-yil 350 yilligi, 2006-yil 365 yilligi katta tantanalar bilan nishonlandi. Namangan shahrida Mashrab bog'i va haykali barpo etildi. Mashrabning tasavvufiy ruhdagi o'nlab she'rlari, "Kimyo" va "Mabdai nur" asari mo'4abar manbalar asosida birinchi bor nashr etildi. U adabiyot, falsafa, tasayovvuf-tariqatlari soxasida boy ilmiy meros qoldirdi. Mashrabning nafs xaqidagi fiklari ayniqsa e'tiborlidir:

Shuhrat aylab kim alardek xudnamolarni ko'rung, Zohiru suvratparast nooshnolarni ko'rung. Zohirida sufiyman deb, tarki dunyo aylagan, Botini dunyoga moyil baxti qarolarni ko'rung. Xalqning ko'ziga har dam suvratin digar qilib, Nafs uchun shayton bilan borgan gadolarni ko'rung. Shuhratim ofat bo'lur deb Mashrabing qo'l olmadi, Ko'zda yoshim qatrasi durri baqolarni ko'rung.

Nafsni yengish quroli esa pok ishqdir. Ishq insonga mislsiz kuch-qudrat, g'ayrat-shijoat beradi. Ishq, deganda mehr-muhabbat, muruvvat, saxovat, ezgulik, iroda, sabot, ilm, ibodat, oqillik, xokisorlik, adolat, sabr, qanoat, g'ayrat, kamtarlik, halimlik, mardlik, hayo, pokizalik, shirinso'zlik, shafqat, umuman, inson qalbini poklashga xizmat qiladigan, uni o'z Yaratuvchisiga yaqinlashtiradigan barcha ezgu fazilatlar tushuniladi. Zero, pokiza so'z va manolar dard va muhabbatdan tug'iladi. Ishqning manzili inson ko'nglidir. Ko'ngil ishq tufayli poklanadi. Poklangan ko'ngildagi ishq ilohiy mohiyat kasb etadi, yani ishq insonni yuksaltiradi. Lomakonni shahrida oshiqni shaydo qildi ishq, Anbiyou avliyolarni hovaydo qildi ishq. Jilvasin ko'rsatib zohirda elga rang-barang, Oru nomusdin kechib olamga g'avg'o qildi ishq. Bildiyu eshitti, Mashrabning qarori yo'q ekan, Zohrin go'yo qilib, botinin bino qildi ishq.

Mashrab she'rlarida odam zotining asosiy nuqsoni nafsu hirs balosiga mubtalo bo'lganligini, bu nuqson uni ilohiy fazilatlardan mahrum etishi, ahloqan tubanlashtirishi, o'tkinchi mayl-istaklarni uyg'otishi, insoniy xislatlardan, xaqiqat, manaviyat va marifatdan yiroqlashtirishini aytib, nafs ajdahosi komidan xolos bo'lganlar uchun faqat Alloh - Xaq, xaqiqatdir degan qarashni ilgari suradi. Shu bois

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760

inson faqag Allohni sevishi, unga oshiq bo'lishi, komil inson bo'lishga astoydil intilishi, bu mashaqqatli yo'lda barcha uqubatlarga chidashi lozim. Barcha yaxshilik, ezgulik - Allohdandir, binobarin, uni sevgan kishi o'z yaqinlarini, ota-onasini, el-yurtini, odamlarni ham sevadi.[5]

MULOHAZA VA TAKLIFLAR

Tasavvuf olamida she'riyatning nufuzi o'ziga xos bo'lib, iloxiy ishq mayidan sarxush bo'lgan shoirlar zavqu shavqini majoziy timsollar orqali tasvirlashga xarakat qilganlar. Bunday kishilar mutasavvif deb ataladi. Mashrab she'riyatining g'oyaviy, ahloqiy, falsafiy, irfoniy zamini tasavvufdir. Mashrab tasavvuf adabiyotining vakili sifatida nafsini yengish orqali ko'nglini yuksaltirish, ruhni poklab, o'tkinchi dunyo hoyu xavaslaridan ustun bo'lishga intilgan. Mashrab insonning mavqei-darajasiga uning to'kin hayoti, moddiylikdan emas, aksincha, insonning ahloqiy go'zalligi, yuksak manaviy fazilatlaridan kelib chiqib yondashadi.

Mashrab iloxiy ishq kuychisidir. Mashrab ana shu ilohiy ishq devonasi bo'lib, qalbida kechayotgan tug'yonlarni qanday bo'lsa, shundayligicha qaynoq she'rlari orqali izxor etadi. Uning so'zlari misoli lag'cha cho'g', yondirguvchi olov, oxu nolasining chegarasi yo'q, shoirning ishq dardidan olam larzaga keladi. Mashrab she'rlarini o'qish jarayonida uning ko'nglida kechayotgan shavq, zavq, majnunlik, betoqatlik va o'z aslini topishga intilayotgan qalb nolalarini yurakdan xis etish hamda bandaning Xudoga bo'lgan xaqiqiy ishqi qanday bo'lishi anglanadi.

Mashrab o'z she'rlarini dardnoma, ko'nglini esa xasratxona, jarohatxona deb ataydi. Mashrabning dardi bir burda non topish umidida yurgan, mansab-amal uchun jonini jabborga beradigan kishi dardi emas, shavq va iztirobda tunlarni bedor o'tkazib, ko'zlaridan qonli yoshlar to'kkan, Allohga intizor yurakning nolayu fig'on i, ilohiy muhabbat dardidir:

Men nola qilay shomu sahap dod eshigingda, Jonimni beray, sho'xi parizod eshigingda. Ul lolavu rayxonu suman, toza qizil gul Xam sarv bukuldi, qaddi shamshod eshigingda. Zulfing seni bu jonima yuz domi balodur, Jonim qushi sayd o'ldi chu sayyod eshigingda. Savdoyi muhabbatga tushubman seni izlab, O'lturdi g'aming, ko'zlari jallod, eshigingda. Ashkim to'kubon xajru g'amingda kecha-kunduz,

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760

Vayrona vatan - manzili obod eshigingda. U1 husnu jamoling o'ti Mashrabga tushubdur, Parvonasifat kuydi, parizod, eshigingda

Bu dardning davosi Alloh vasli, tavhid va fano bo'lib, insonni bu martabaga ishq olib boradi. Mashrab talqinida ishq barcha mushkul ishlarning kaliti, insonning haqiqiy haloskori, vujudni poklovchi olov, iksiri azamdir. Mashrab uchun maqsad Haqqa yetishmoq, mohiyatga yetish yo'li esa ishqdir. Mashrabning she'riyati ishqning tafsiri, o'z aslidan ajralgan ruhning nola va iztiroblar olamida o'zligini topishidir. Shunga ko'ra, Mashrabning ishqi dinlar, mazhablar, turli talimot va qarashlar, tushunchalardan ustun turgan. Mashrab mazhablararo tortishuvlarni manisiz va behuda narsa, deb hisoblagan. Kishilarni ana shu haqiqatni anglashga chaqirgan. Mashrab insonda ilohiy fazilatni ko'rish va sevishni, ruh va jism talablari orasida azobda qolgan insonni qutqarishni, fisqu fujur gunohlarini muhabbat o'tida kuydirishni niyat qilgan.

Mashrab talqiniga ko'ra, barcha yaxshilik va ezgulik Xudodan, shuning uchun Xudoni sevgan inson yer yuzidagi barcha narsalarni, yoru birodari, ota-onasi, el-yurtini sevadi, karamli va sahovatli bo'ladi. Mashrab nopoklik olamidan poklik olamiga, hayvoniy hirs va nafs qutqulari olamidan ilohiy olamga ko'tarilish uchun malomatiylik tariqatining qalandarlik harakatiga qo'shiladi. Bundan asl murod ilohiy ishq hosil qilish edi. Mashrab qalandarlikning birinchi sharti va vahdat mayidan qonish deb bilgan.

Aksari tadqiqotchilar Mashrabdan inqilobchi, isyonkor yasamoqchi bo'lib, Mashrabning she'rlarini ijtimoiy hayot xodisotlari bilan bog'lashga xarakat qilganlar. Mashrabni "isyonkor shoir sifatida zulm va razolat ildizlarini qirqish uchun yovuzlik va yomonlikka qarshi qalqon bo'lib, amaldorlarning kirdikorlariga qarshi o'z nafratini bildirgan, shuning uchun qalandarona hayot kechirgan", deb tariflaganlar. Aslida qalandar tasavvuf yo'liga kirib, xayr-exson bilan kun kechiruvchi kishi bo'lib, zikr va samo' orqali Allohga ruhan yaqinlashib, faqru fano darajasiga erishish va xaqiqatga yetish uchun o'z jismi va qalbini poklashga intilgan. Qalandar o'z murshidi (piri)ning ko'rsatmalarini so'zsiz bajarishi shart bo'lgan. Shoir bu xaqida shunday yozadi:

Murodingga yetay desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l, Sitam ahlin yutay desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l. Og'izdan dur sochay desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l, Yomonlardan qochay desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760

Riyozatsiz bo'lay desang, tanim ozod yuray desang, Jahonni sayr etay desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l. Razolat kuyduray desang, zalolat o'lduray desang, Hamasin supuray desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l. Guharrezlik qilay desang, hamani kulduray desang, Chu Mashrabdek bo'lay desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l Mashrab xalq, ichida yurib Haq, bilan birga bo'lgan. Mashrab qalandarlik bilan shuxrat qozongan. Ko'ngilni qalandar tutish, dunyo va nafs havaslaridan xoli ekanlik, xamisha buyuk Alloh zikri bilan mashg'ullik va Xudo buyurgan ezgu amallarni o'z hayotining mazmuniga aylantirish - qalandarlarning asosiy maslagi bo'lgan. Mashrabning Boborahim deyilishi sababi bir jihatdan qalandarlikka borib taqaladi. Qalandarlar o'z pir, shayx va raxnamolarini bobo deb ataganlar.

Qalandar har qanday bog'lanishlardan, rasmiyatchilikdan xoli, ozod bo'lgan, har turli diniy amal va odatlarni xalqdan yashirincha amalga oshiradigan, xalqning malomat qilishi uchun ayrim noshariy amallarni qilishdan toymaydigan, izzat-nafsini xor qiladigan barcha amallarga tayyor, shu bilan Alloh rizoligiga erishishni orzu qiladigan so'fiydir. Qalandarlar bir-birlari bilan abdal tilida so'zlashganlar, maxsus soch qo'yib yurganlar. Ularning mahsus kiyimlari kuloh (bosh kiyim, qalpoq), dalq (darveshlarning jundan to'qilgan kiyimi), kamar (belbog'), aso (xassa), kachkul (kashkul, qalandarlar beliga osib yuradigan qovoqdan yasalgan va suv yoki yeguliklar solinadigan beli siqiq qopqoqli, o'yma naqshli chelaksimon idish), kadu-matbax (suvqovoq, ovqat solinadigan idish)dan iborat bo'lgan. Ularning maskanlari shahar yoki qishloq tashqarisida bunyod etilgan qalandarxonalar bo'lgan.

Qalandarlar shariat amallarini to'g'ri bajargan xolda, shariat ahlining mutaassibligi, turli bid'atlarga o'ralib, shaklparast bo'lib qolgan mulla, eshon, imom-xatiblalarning ustidan kulganlar, ularni zohirbinlar deb ataganlar. Mutasavvif olim N. Komilov so'zlari bilan aytganda, Boborahim Mashrab, kaltafahm, kekkaygan xonu beklarni, man-man kimsalarni, zohirbin betafiq ruhoniylarni hajv etib, Alloh oldida shohu gado barobar, degan aqidani ilgari surgan. Mashrab o'ta rostgo'y, soxtalikni yoqtirmaydigan, cho'rtkesar, haq gapni aytishda hech narsadan odam bo'lgan, yuragi bir olovday yonib turgan. Mashrab deydi:

Agar mardu durustsan, hujrai dil posboni bo'l, Yomonni yaxshisi bo'lguncha, yaxshini yomoni bo'l. Mashrab qalandar bo'lsa ham, naqshbandiylik va yassaviylik tariqatining turl o'lkalarga yoyilishiga katta xissa qo'shgan. U manaviy pirlari bo'lgan Ibrohim

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760

Adham, Mansur Xalloj, Boyazid Bistomiy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Imoduddin Nasimiy maslaklarining davomchisidir.

Mashrab ijodidagi ijtimoiy mazmundorlik va kuchli tanqidiy yo'nalish shoirning ilg'or dunyo qaarashi, xalqchil falsafasi, zamonasidagi salbiy voqea-hodisalarga aniq, tanqidiy munosabatidan shakllangan. Qatiy aytish mumkinki, chuqur ijtimoiylik va kuchli tanqidiy munosabat Mashrabning umumijodiy faoliyatida ustivorlik qilgan hamda yaratgan ko'pdan-ko'p asarlarining asl fazilati darajasiga ko'tarilgan.

Shahar va qishloqlar ezilgan ommasining g'amu hasratlarga to'la kulfatli hayotini badiiy tasvirlash xalqil shoir ijodida yetakchi mavzulardan biri bo'lgan. Doimo xalq ichida yurib, uning yashash sharoiti va orzu-intilishlaridan yaqindan xabardor bo'lgan Mashrab mashaqqatli hayotni haqqoniy badiiy lavhalarda mahorat bilan tasvirladi, nihoyatda sodda, ravon, ammo mazmunan zalvorli misralarda samimiy hamdardlik va yurakdan achinish tuyg'ularini tasirchan ifodaladi. She'rlaridan birida "Azaldin men dili g'amgin xaloyiq xaylini sevdim!" deb yozgan shoir boshqa bir o'rinda "O'zimdek xonavayronlarni ko'rsam zor yig'larman!" deya ezilgan ommaga to'la xayrixoh ekanligini alodida takidlaydi. Mashrab she'riyatida "ko'zi yoshli", "baxti qaro", "dard ahli"ga, "g'am xayli"ga hamdardlik, ular bilan hamdamlik g'oyalari qayta- qayta takrorlanishi bejiz emas. Mashrabning "Tanho" radifli muhammasida bevosita xalq va uning turmush sharoitini haqqoniy ko'rsatuvchi lavhalar chizilgan. Har bir o'quvchi yuragini o'rtovchi mana bu misralar shoir ijodining to'la xalqchil mohiyatiga ishonchli dalildir:

Dilini tig'i sitamdin pora bo'lgan xalqni ko'rdim, Tanu dardu alamdin yora bo'lgan xalqni ko'rdim, Ko'zi vaqti sahar sayyora bo'lgan xalqni ko'rdim...

Boborahim Mashrab qoldirgan ijodiy merosda diniy va tasavvufiy g'oyalar ham, o'sha zamonda keng tarqalgan qalandarlik tariqatining ayrim ohanglari ham sezilarli o'rin egallaydi. Shoir islomning asosiy nazariy qoidalarini shubhasiz qabul etadi. Ammo, ayni zamonda, islom talimotining bir qator zohiriy belgilarini, birlamchi deb hisoblangan qonun-qoidalarini, shariatning ayrim ko'rsatma-talablarini, farz-sunnatlarini tan olmaslik va past nazar bilan qarash ham ko'zga tashlanadi, ayrim diniy rukn-tushuncha va muqaddas deb bilingan marosim va odatlarga, talqin va aqidalarga shubha bilan qarash, hatto, ochiqdan-ochiq mensimaslik va masharaomuz munosabat ancha-muncha uchraydi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760

Turli-tuman shakl va talqinlarda jilovlanuvchi bu dunyoqarashning butun mohiyat-mag'zi shoirning quyidagi qafiy e'tirofida nihoyatda yaqqol va lo'nda ifodalangan:

Bir Xudodin o'zgasi barcha g'alatdur, Mashrabo, Gul agar bo'lmasa ilkimda tikonni na qilay?!

Birgina qudratli Yaratuvchidan boshqa hamma-hammasi "g'alat", yani xatodir, deydi shoir. Baytda Mashrab birinchi misra mazmunini ikkinchi misrada hayotiy va tasavvufiy ramz-timsollar vositasida namoyon etadi.

Mashrab she'riyatida uchrovchi shakkoklik zaminida, jumladan, namoz, ro'za, jannat (behisht), Makka, Kaba (baytul-haram), xur g'ilmon, do'zax tushunchalariga xurmatsiz munosabat, bazan esa ochiqdan-ochiq mensimaslik, "bir pulga sotish"ga tayyorlik ostida, shuningdek, riyokor, munofiq din arboblarining, zohidu mullolarning ayovsiz fosh etish asosida ana shu e'tiqodga buyuk ishonch, qat'iy sadoqat mavjud. Umuman tasavvuf talimotida bo'lganidek, Mashrab ijodida ham, faqat Allohnigina tan olish, yakka ungagina chin muhabbat qo'yish va uning vasliga talpinish jarayonida barcha "g'alat''larni rad etish so'fiy adabiyotda asrlar davomida qaror topgan ramz-timsollar, tushuncha-iboralar ("Ishq,", "Muhabbat", "Yor", "Jonona"", "Gul", "May", "Boda", "Visol" va boshqalar) vositasida amalga oshirilgan. Shoir she'rlarida bu mazmun qatt'iy keskin ruhda, bazan, hatto qo'pol, dag'al ohangda, ammo doimo ravshan ifodasini topgan:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

...Yorsiz ham bodasiz Makkaaga bormoq, ne kerak?! ...Urayinmu boshima sakkiz bexishtu do'zaxin?! ...Ko'rmasam bir dam Seni bayt ul-haramni naylayin?! ...Ikki dunyodin ko'zum yumdum Sening zavqing bilan! ...Meni devona Mashrabg'a Muhabbatdin bayon aylang, ...Nomozu ro'zadan forig' bo'lib sayyora Mashrabman! ...Xonaqoyu Kabadin, Mashrab, muroda yetmadim!

Yuqorida aytilganlar to'la nazarda tutilsagina Mashrab ijodiy merosida ko'plab uchrovchi bu kabi xitob-ta kidlarning asl mazmuni, tasavvufiy mohiyati yuzaga chiqdi, faqat shundagina shoir falsafasi, kuzatayotgan bosh maqsadi to'g'ri baholanadi.

XULOSA

Mashrab she'riyatining har bir namunasidan tasavvufiy mazmun va so'fiy

ramz-timsollarni qidirish, har bir holatda mashuqa madhi va uning vasliga intilish

zaminida Yaratuvchi madhi va unga sig'inish, talpinishni tushunish xatodir.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 759 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760

Mashrab qoldirgan ijodiy merosda hayotiylik, tirik inson va uning insoniy kechinmalarini ifodalash, xislat-fazilatlarini tariflash, orzu-umidlari, shodlik-quvonchlari va g'am-tashvishlarini haqqoniy tasvirlash ham salmoqli o'rin egallaydi.

REFERENCES

1. Боборахим Машраб. Кимё. / Нашрга тайёрловчи Х,ожи Исматуллох Абдуллох. - Наманган: Наманган, 1999.- Б. 3.

2. Боборахдм Машраб. Алифни дилга жо килмокни бисмиллохдан ургандим./ Нашрга тайёрловчи Х,ожи Исматуллох Абдуллох. - Наманган: Наманган, 1999. - Б. 4.

3. Исхокова З. Машраб. - Т.: Абу матбуот-концалт, 2011. - Б. 11.

4. Хошимхонов М. Машрабнинг ижтимоий-фалсафий карашлари: Фалсафа фан. номз... дисс.. - Тошкент: УзФА Фалсафа ва хукук институти, 1995. - Б.57-58.

Исмоилов С. Комил инсон: тарихийлик ва замонавийлик. // Жамият, цивилизация, давлат: ижтимоий тарихий тараккиёт омиллари: Республика илмий-назарий анжуман туплами. -Тошкент: 2007. - Б. 92-94.

5. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

6. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.