Научная статья на тему 'ERKIN VOHIDOV DOSTONLARINING FONETIK-FONOLOGIK XUSUSIYATLARI'

ERKIN VOHIDOV DOSTONLARINING FONETIK-FONOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2114
166
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Alliteratsiya / assonans / geminatsiya / tovushlar uyg„unligi / millat ruhi / so„z jozibasi / falsafiy qarashlar / emotsional ifoda / ekspressiv xususiyatlar / intim kechinmalar / xalq tili / ijodiy kashfiyotlar. / Alliteration / assonance / gemination / harmony of sounds / the spirit of the nation / the charm of words / philosophical views / emotional expression / expressive features / intimate experiences / folk language / creative discoveries

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nilufar Istamovna Adizova

Inson so„z ma‟nolarini tovushlar va ularning talaffuzi orqali anglaydi. Shu sabab nutq tovushlari boshqa barcha til birliklari singari ular uchun nafaqat fikrlarini bayon etish, balki his-tuyg„u va ruhiy holatlarini ham ifoda etishning beqiyos vositasi sifatida namoyon bo„ladi. Ayniqsa, badiiy uslubda fonetik hodisalar nutqning ta‟sirchan, aniq, to„g„ri ifodalanishini, emotsional hamda jozibali bo„lishini ta‟minlaydi. Ushbu maqolada badiiy asar mazmuni va badiiyligini oshirishga hissa qo„shgan fonetik-fonologik xususiyatlar O„zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov dostonlari misolida tahlil qilinadi hamda fonetik stilistikaning emotsionalekspressiv jihatlari to„g„risida fikr-mulohazalar bayon etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Humans understand the meaning of words through sounds and their pronunciation. For this reason, speech sounds, like all other language units, are a unique means for them not only to express their thoughts, but also to express their emotions and moods. Especially in the artistic style, phonetic phenomena ensure that speech is expressive, clear, accurate, emotional, and engaging. This article analyzes the phonetic and phonological features that contribute to the content and artistic development of the work of art on the example of the epics of the Hero of Uzbekistan, People's Poet Erkin Vahidov, and comments on the emotional and expressive aspects of phonetic stylistics

Текст научной работы на тему «ERKIN VOHIDOV DOSTONLARINING FONETIK-FONOLOGIK XUSUSIYATLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-859-867

ERKIN VOHIDOV DOSTONLARINING FONETIK-FONOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Nilufar Istamovna Adizova

Buxoro davlat universiteti, O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi

nilufar.adizova71 @gmail .com

ANNOTATSIYA

Inson so'z ma'nolarini tovushlar va ularning talaffuzi orqali anglaydi. Shu sabab nutq tovushlari boshqa barcha til birliklari singari ular uchun nafaqat fikrlarini bayon etish, balki his-tuyg'u va ruhiy holatlarini ham ifoda etishning beqiyos vositasi sifatida namoyon bo'ladi. Ayniqsa, badiiy uslubda fonetik hodisalar nutqning ta'sirchan, aniq, to'g'ri ifodalanishini, emotsional hamda jozibali bo'lishini ta'minlaydi.

Ushbu maqolada badiiy asar mazmuni va badiiyligini oshirishga hissa qo'shgan fonetik-fonologik xususiyatlar O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov dostonlari misolida tahlil qilinadi hamda fonetik stilistikaning emotsional-ekspressiv jihatlari to'g'risida fikr-mulohazalar bayon etiladi.

Kalit so'zlar: Alliteratsiya, assonans, geminatsiya, tovushlar uyg'unligi, millat ruhi, so'z jozibasi, falsafiy qarashlar, emotsional ifoda, ekspressiv xususiyatlar, intim kechinmalar, xalq tili, ijodiy kashfiyotlar.

ABSTRACT

Humans understand the meaning of words through sounds and their pronunciation. For this reason, speech sounds, like all other language units, are a unique means for them not only to express their thoughts, but also to express their emotions and moods. Especially in the artistic style, phonetic phenomena ensure that speech is expressive, clear, accurate, emotional, and engaging.

This article analyzes the phonetic and phonological features that contribute to the content and artistic development of the work of art on the example of the epics of the Hero of Uzbekistan, People's Poet Erkin Vahidov, and comments on the emotional and expressive aspects of phonetic stylistics.

Keywords: Alliteration, assonance, gemination, harmony of sounds, the spirit of the nation, the charm of words, philosophical views, emotional expression, expressive features, intimate experiences, folk language, creative discoveries.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-859-867

KIRISH

Tildagi barcha yaruslarning tub mohiyati ulaming o'zaro integratsiyasi jarayonida ko'rinadi. Fonetika bilan stilistikaning ham uzviy bog'liqligi orqali fonetik birliklarning cheksiz imkoniyatlari aks etadi. E.Qilichevning fikricha: "So'z, ibora va so'z formalari singari so'zdagi tovushlarda ham ma'lum stilistik bo'yoq ifodalanadi. Nutq tovushlaridagi emotsionallik, ta'sirchanlik, talaffuzdagi jarangdorlik, eshitishdagi yoqimlilik, ularning badiiy qo'llanish qoidalari, estetik roli fonetik stilistikaning o'rganish ob'yektini belgilaydi.

Tinglovchi ham ma'noni tovushlar yordamida qabul qiladi. Shuning uchun so'z tarkibidagi biror tovushning talaffuzda o'zgarishi (cho'ziq aytilishi, almashtirib qo'llanishi, tushirib qoldirilishi, qavatlanishi) ma'noga ham ta'sir qiladi. Bunday hollarda so'zning denotativ ma'nosi o'zgarmay, faqat konnotativ ma'nosi o'zgaradi."[1,88]. Ushbu fikrlar tasdig'ini yunon faylasufi Arastu asarlarida ham kuzatish mumkin: "Ifodaning aniq, ravshan va ajoyib bo'lishini ta'minlashda uzaygan, qisqargan va o'zgargan so'zlar ham samarali ta'sir qiladi." [2,57]. Ushbu fikrlar asosida shuni aytish mumkinki, tovushlarning chinakam ta'sirchan, mo'jizaviy xususiyatlarini, ayniqsa, poetik nutqda ko'proq kuzatish mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tilshunos olim A.Abdullayev tasnifiga ko'ra, fonetik usul bilan ma'no kuchaytirishning quyidagi ko'rinishlari mavjudligini ko'rish mumkin:

1)unlini kuchli talaffuz qilish(zarb urg'u);

2)unlini cho'zish(kvantitativ urg'u);

3)undoshni qavatlash(geminatsiya) [3,9].

Har bir so'zda tovush va ma'no uyg'un bo'lsa, ijodkor o'ylagan maqsadiga erisha oladi. Zotan, tovushlar vositasida ham har qanday his-kechinmalarni ifoda etish mumkin. E. Bagritskiy: "She'rning har bir harfi organizmdagi hujayraga o'xshaydi va u doimo harakatda. She'rda o'lik hujayralar bo'lmaydi",-desa, S. Marshak: "She'rda nafaqat har bir so'zga, balki har bir tovush, har bir unli, har bir undoshga ma'no yuklatiladi",-deydi.[4,81].Tovushlarning qo'shimcha ma'no ifodalashi esa ularning konnotativ vazifasi asosida yuzaga chiqadi.

Bir so'z bilan aytganda, nazmda ham, nasrda ham unlilarni cho'zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, so'zlarni noto'g'ri talaffuz qilish, tovush orttirish yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta'minlanadi. Tovushlarni uslubiy qo'llash bilan bog'liq qonuniyatlarni yozuvda

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-859-867

aynan ifodalash imkoniyati cheklangan. Biroq talaffuz va bayon muvofiqligiga fonografik vositalar yordamida erishish mumkin.

Tovushlarni his etish, ularning rang-barangligini ko'ra olish ijodkorning ruhiy olami, tashqi olamga munosabatidan yuzaga keladi. Inson va tovush tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, bu juda qadimga borib bog'lanishi aniq. Hatto yunon faylasuflari Aflotun va Arastu yashagan zamonlardayoq so'zning talaffuzi va uning yozuvdagi aksi mutafakkirlar e'tiborini jalb qilgan. Ular so'z tarkibiga singib o'ziga xos ma'no va ohang kasb etib ulgurmagan harflarga ham o'zgacha mazmun berishga intilishgan:

[r] harfi-tezlikning, shiddatning ramzi,

[l] harfi- viqorning, silliqlikning,

[i]-xursandchilikning,

[u], [d], [r] tovushlari dahshatning,

[m], [n] tovushlari nazokatning ramzi sifatida aks ettirilgan. [10,15]. MUHOKAMA

Nasriy asarlarda unlilarni cho'zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, so'zlarni noto'g'ri talaffuz qilish, tovush orttirish, tovush tushirish kabi fonetik usullardan yozuvchi muayyan ma'no va munosabatlarni, qahramonlarning ruhiy holati-emotsiyalarini ifodalash uchun foydalanadi. Biroq she'riy matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari yanada yaqqolroq ko'zga tashlanadi va shoir: alliteratsiya(undoshlar takrori), assonans(unlilar takrori),

geminatsiya(undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullarni asar mazmunini boyitish, qahramonlar kechinmalarini aks ettirish, nutqning musiqiyligi hamda ta'sirchanligini oshirish uchun qo'llaydi. Erkin Vohidov ham o'z ijodida ushbu fonostilistik vositalardan mahorat bilan foydalanadi.

Alliteratsiya (lot. "litera" so'zidan olingan.)she'riy nutqdagi har bir misrada bir xil undosh tovushlarning takror ishlatilishi, ya'ni nutqda tovushlarning mos kelishi.[11,12]. U takrorning bir ko'rinishi bo'lib, misralar, so'zlar yoki bo'g'inlar boshida, oxirida bir xil undosh tovushlarning uyg'un holda qo'llanishi asosida asarga beqiyos ohangdorlik, musiqiylik baxsh etadi. Sharq she'riyatida betakror musiqiylik baxsh etuvchi vosita sifatida keng qo'llangan ushbu hodisa mumtoz adabiyotda "tavze'"(ar. taqsim qilmoq, joylashtirmoq san'ati deb yuritilgan. [12,50].

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-859-867

NATIJALAR

Alliteratsiyaning sof(to'liq) shaklini Erkin Vohidov she'rlarida kuzatish mumkin. Ular shoir ijodiga musiqaning betakror kuyidek joziba, o'zgacha ruh, ohanrabolik, ta'sirchanlik baxsh etadi:

Qaro qoshing, qalam qoshing, Qiyiq qayrilma qoshing, qiz. Qilur qatlimga qasd qayrab- Qilich qotil qaroshing, qiz. Qafasda qalb qushin qiynab, Qanot qoqmoqqa qo'ymaysan. Qarab qo'ygil qiyo, Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz. [13,20].

Shoir dostonlarida alliteratsiyaning sof (to'liq) shakli kam uchrasa-da, to'liqsiz shaklini qo'llash orqali muallif poetik ohanrabolik hamda voqealarning ta'sir kuchini oshirishga, dilga yaqinligi, emotsionalligi, musiqiyligini ta'minlashga erishadi. Masalan, muallif Ona vatanining go'zal, takrorlanmas manzarasini tasvirlar ekan, ushbu vositalar yordamida so'z va undagi tovushlarni marjondek bir tizimga solidi:

"R" va "q" tovushlari takrori. Ishonchim bor, Hatto so'nggi manzilga Seni aso qilib yetib borurman. Rost qadding qaddimni qilgusi raso, Chunki to 'g'riliging-kuching, qalamim. ("Quyosh maskani " dan, B.13)

Yuragiga shohning qanot- Berar edi g'azallar. Qanot nadir- Qayta hayot Berar edi g'azallar. Lekin shohning Qay gunohi, Qay zulmiga intiqom- Bir tong ko 'kka chiqdi ohi, Qo 'ldan tushib sindi jom.("Ruhlar isyoni ", B.90)

Qo'limda bir qadah tim qora qahvo, Yelkamda muazzam gumbazi davvor. Qarshimda poyonsiz bu qutlug' ma'vo Ko'kish tuman ichra yotar ulug'vor. ("Quyosh maskani" dan, B.7)

"J" tovushi takrori. Alqissakim, Juda qadim Jaholatlik zamonda, Bir donishmand ulug' hakim O'tkan ekan jahonda.("Ruhlar isyoni ", B.69)

"M" va "y" tovushlari takrori. Kim edim, kim bo'ldim deyman, o'ylayman. Shahrim, Bir o 'g 'lingdek men ham yurakdan Umrim sarhisobin senga so 'ylayman. ("Quyosh maskani"dan, B.10)

Mayliga, Men tutqun bo 'lsam. Sen ozod bo 'l, Onajon! Ming qiynoqda o 'lsam, Yurtim, bor bo'l, Bo'l omon. Umrim yetsa, Mehring tayanch, Seni yayrab kuylarman. Bu kun esa, Mushkul ayanch Qismatingni o'ylarman. ("RI", B.81)

"Sh" tovushi takrori. U mening yoshimda umrini yashab, Sharaf kitobiga bitib nomini, O'zi shundoq sevgan hayotni tashlab... Yo'q, u boqiy qildi hayot shonini. ("Quyosh maskani"dan, B. 11)

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-859-867

"B" tovushi takrori. Balki polkdosh bo'lgan otalarimiz, Balki bir okopda birga yotishgan. Billur qadahlarda sharob ichsak biz, Ular flyagadan spirt otishgan. ("Quyosh maskani ")

"Z","k" tovushlari va "ni" bo'g'ini takrori. Belbog'iga osganicha Quruq ko'za-suvdonni, Kezdi necha Kunduz-kecha Bu dasht-u biyobonni. Keza-keza oxir toldi, Umid uzdi jonidan. Bir payt nogoh chiqib qoldi Bir chashmaning yonidan. ("Ruhlar isyoni" dan, B.38)

"Ga" bo'g'ini takrori orqali shoir kuchli ta'kidni, da'vatni ifoda etar ekan, XX asr yoshlarini tinchlikning himoyachisi, kelajakning bunyodkori bo'lishga chorlaydi:

Bo „lurmiz gal kelsa, har birimizga Tinchlik janggohining fidosi. Bu senga, bu menga, bu bizga Yigirmanchi asr nidosi. ("Nido"dan, B.44).

Qo'shimchalar, bo'g'inlar takroridan yuzaga kelgan ritorik so'roq gaplarning betakror ohangi orqali shoir voqeaning real manzarasini chizadi, "-mi" yuklamasini takror-takror qo'llash bilan ta'sirchanlikni yanada oshiradi. Lirik qahramon ichki kechinmalarini namoyon etadi:

"Ayting, aya, mening dadam qahramonmi? Tog'larni ham qulatuvchi pahlavonmi? To'pponchasi bormi uning cho'ntagida? Ordenlari juda ko'pmi ko'kragida? Mening dadam samolyotda uchadimi? Osmonlardan parashyutda tushadimi?.. " ("Nido"dan, B.34).

Duoxonlar, parixonlar, O'quvchilar chilyosin...Xullas, Yurtda bor nodonlar Boshladilar ig „vosin.

Assonans misralardagi bir-biriga yaqin unli tovushlarning ohangdoshligi bo'lib, "Tilshunoslik terminlari izohli lug'ati"da (frans.assonance-ohangdoshlik) "aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdoshlik", deb beriladi.[11,19]. Unlilar takrori poetik nutqda, asosan, a-o, u-o' yoki i-e tovushlarining uyg'unligi asosida yuzaga kelishi ko'proq kuzatiladi. Muallif unlilar takrorini shunchaki oddiy so'zlardagina qo'llamaydi, balki barchani hayajonga soladigan mashhur shaxslar, joylar nomlarida ham keltiradiki, tinglovchi beixtiyor asar voqealari, qahramon qismatida yashay boshlaydi:

"A-o" tovushlari uyg'unligi. Bundan keng olamga taraldi ilk bor Ozod odamzotning baxtiyor sasi. Shu yer deb aytsa, ne mubolag'a bor Kurrai zaminning tayanch nuqtasi.

Moskva! Nomingdan toshib ilhomi Ne hassos shoirlar yo „nmagan qalam. Sen yarim olamning Dorussalomi, Rumosi, Makkasi, Madinasi ham.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-859-867

Necha bor buzdilar, Yoqdilar seni, Va lekin olovlar seni tobladi. Olam yengolmagan Napaleonni Sening mujiklaring rosa bopladi. ["Nido"dan,B.9]

Roviy aytar: Allazamon- Allaqaysi ma 'voda Falokatga uchrab karvon Poyoni yo „q sahroda, Bu nogohon Tasodifdan Barcha o „tib dunyodan-Shu tasodif amri bilan Omon qoldi bir odam. ("Ruhlar isyoni", B. 38)

"U-o"' tovushlari uyg'unligi. O„lkamning tasviri o„xshaydi ko„zga,Ne tong, keng olamga boqqan ko„zim ul. Yanayurtim uchun ne deyman o„zga, Mening hayotim ul, rizq-u ro„zim ul. ["Nido",B.16]

O„z umrini qilgandi u She'ri bilan jovidon. O„qir edi Uni hindu, Yodlar edi Musulmon. Shoir bandi, She'ri biroq Uchar edi beto„siq Himolaydan oshib Uzoq- Ketgan edi bu qo'shiq. ("Ruhlar isyoni"dan, B.83)

Sen uchun, men uchun, O 'z uchun emas, Faqat o 'zbek va yo Rus uchun emas, Butun Yer-undagi Bor avlod uchun, Dunyoda eng qutlug' E'tiqod uchun Uzoq o'lkalarda Qon kechib hozir Otang hayot uchun Jang qilayotir. ("Nido ",B.31)

"I-e" tovushlari uyg'unligi. Agar necha zamon o'tib Kelmasa bu davronlar, Bedilona g „azal bitib Tuzar edi devonlar. O „zga edi ammo fursat, O „zga edi el dardi. Zamon uning yonib turgan yuragini so „rardi.

Ajab, meni padar deysan, Lek mehr yo „q ko „zingda. Ne qilay deb so „rma mendan, ixtiyoring o'zingda. ("Ruhlar isyoni", B.96)

Giminatsiya-ikkita bir xil undoshning so'z tarkibida qavatlanishi. [11,143]. Unlini kuchli talaffuz qilish bilan ma'noni kuchaytirib ifoda etish poetik nutqda eng keng qo'llanuvchi fonetik usullardan biridir. Bir bo'g'inli so'zlarda unlini kuchli talaffuz qilish(zarb urg'usi) bilan ma'noni kuchaytirishga erishish mumkin. Biroq ko'p bo'g'inli so'zlarda bunday imkon biroz chegaralangan bo'ladi. Unlining kuchli talaffuz qilinishiga undoshni qavatlash orqali erishish mumkin. Qo'sh undosh oldida qo'llangan unlining cho'ziq talaffuz qilinishi ma'noni ham kuchaytirib beradi. Professor A. G'ulomov qo'sh undoshlarning ma'noni kuchaytirish(geminatsiya) talabi bilan yuzaga kelganini va bora-bora qo'sh undoshlilikning ekspressiv ma'nosi yo'qolib, oddiy holga kelib qolganini aytadi. [3,11]. Biroq ijodkorlar ushbu fonetik usuldan hozir ham ta'sirchanlikni oshirish, turli ma'nolar qo'shish yoki ma'noni kuchaytirish maqsadida stilistik vosita sifatida foydalanadilar. Shoir Erkin Vohidov ushbu misralarda tovushlar qo'shoqlanishi usulini lirik qahramonning dushmanga nafrati, g'azabini ifoda etish, ma'noni kuchaytirish uchun qo'llaydi:

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 j ISSUE 1 j 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-859-867

Bu yurtga tig„ olib kirgan har battol Tig„ning zarbasidan qaddi bukilgan. Sening ostonangda Gitlerning qattol Vahshiy galalari tutday to „kilgan. ["Nido"dan,B.10]

Qat'iylikni uyg'otish, ishonchni oshirish uchun qo'llangan: So„yla, inson, So„yla, qadding ko„tarib baland, Yuksaklikda sening qadring Himolay monand. Qullik senga ko „p maloldir, Ammo ne uchun Boshing egik, Tiling loldir, Qomating zabun? ["Ruhlar isyoni" dan, B.51]

Ma'no qo'shish yoki kuchaytirish ifodasi. Muallif, ba'zan, asar qahramonining o'z fikriarini yoqlashi yoki asoslashi uchun ham qo'sh undoshlaráan ta'kid ma'nosini ifoda etish vositasi sifatida foydalanadi:

Hamisha bir ishga lolman, adoman-Hayot boshqa, kitob boshqa tamoman. Bilsayding, qanchalar qiynalar jonim, Mening "ikki "larim-mening isyonim.

Dod^ qahramon nutqiga piching ma'noni qo'shishi yoki ma'noni kuchaytirishi o^ali ham undoshlaming qo'shoqlanish hodisasini kuzatish mumkin:

Durust. Tafakkuring chakana emas. Domla bo „lsang tuzuk, talaba emas. O„qima boshingga g„alvani ortib, Butun fakultetni orqaga tortib- Ikkichi nom olib nima qilasan? ("Taxt va baxt"dan, B. 132)

Tubutu qabilasining kasbi-g„avvoslik-dengiz tubidan marvarid terish. Sovg „asi ham marvarid bo „lsa kerak, vallohi a 4am.("T va B ",B.148) Qahramon his-hayajoni, ta'sirchanlik yoki da'vat ifodasi. -Ana, ko„ryapsanmi? Mening dadamlar! Dada!!! Ovozim hech chiqmaydi biroq, Yuguraman-ortga ketar qadamlar. Yig„layman-ko„zimga kelmaydi namlar. Murg„ak vujudimda faqat zo„r titroq! Bo„g„zimda alamlar, Achchiq alamlar, Yo „lning o „rtasida turibman. ("Nido ". B.29)

Yerni tepma, Asta bos qadam, Yetar uning chekkan ozori. Biz turgan Yer, Biz kezgan olam Ulkan kommunistlar mozori. Tengdoshim, Asrdosh birodar! Kel, bir on jim o „yga cho „maylik. Buyerdayotibdi fidolar. Kel, uni gullarga ko „maylik. ("Nido". B.43)

Harakatning shiddati, oniyligi ifodasi. Bir kun jangga keta turib Bosh ko „tardi bir o„g„lon. Ot boshini shartta burib Yeldi tikka Shoh tomon. ("RI", B.56)

Shiddat bilan qamchilab otni Yelar edim shaharga tomon. Bir qo „limda ushlab miltiqni, Aravada yotib borardim. Ro „paramdan chiqqan otliqni Mo „ljallamay otib borardim.Soy bo „yidan ketardim, nogoh O „tdan hurkib to „xtab qoldi ot. Yonayotgan uy ichra, evoh, Qilar edi bir qizchafaryod.("Baxmal", B.61)

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 j ISSUE 1 j 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-859-867

Tovush o'zgarishi. Nutqda so'zning tovush o'zgarishi asosida qo'llanishi orqali ham muallif badiiylikni ta'minlashga erishadi. Bular, asosan, poetik nutq talabiga moslashish asosida yuzaga keladi.

Erkin Vohidov ijodiy kamoloti mahsuli bo'lgan "Ruhlar isyoni" dostonidan keltirilgan misollarni kuzatadigan bo'lsak, shoir "momoqaldiroq" so'zini "ne kerak" so'ziga ohangdosh bo'lishi uchun o'zgargan shaklda qo'llaydi:

Bu so 'z Misli ochiq kunda Bo 'ldi momoguldirak. Keltirdilar Bolta... Kunda... Bas, Tafsilot ne kerak... Bechoraning ochiq qolgan Ko'zlarini yumdilar. Mozoriga O'zi bilan Qilichini ko 'mdilar. ("RI", B.57)

Muallif "qahvo" so'zining o'zgargan shaklini "mojaro" so'ziga, "mamnu" so'zini "kulgu" so'ziga uyg'un holda o'zgartirib qo'llaydi va ajoyib musiqiylik yaratadi:

Aybdor emas bunga hindu, Gunohkormas musulmon. Aslida-ku... Beiztirob Ho 'plab qora qahvoni, Derazadan oq tan janob Kuzatar mojaroni.("RI",B.61)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Oshno qildi o 'yin, kulgu Ovga, cholg 'u, san 'atga. Xayolotni qildi mamnu, O'rgatdi shavq, g'ayratga. ("RI",B.92)

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mahoratli ijodkor har qanday til birligini ulkan ma'no ifoda etish vositasi sifatida uzukka qo'yilgan olmosdek tovlantira oladi. Erkin Vohidov ham alliteratsiyadan poetik asar jozibasini oshirish, matnni o'quvchining yodida saqlanishini osonlashtirish, obrazlilikni ta'minlash uchun qo'llagan bo'lsa, bir xil yoki bir-biriga yaqin unlilarning misralar, bo'g'inlar yoki so'zlar boshida ohangdosh bo'lib, takror qo'llanishi asosida undoshlar takrori singari asarning badiiyligini oshirish, nutqning nafis, yoqimli, jarangdor bo'lishiga erishadi. Muallif "ne", "nadur","nega","nechun", "lek","ul", "bul" kabi ayrim tovush o'zgarishi va qisqargan shaklda qo'llangan poetik arxaik so'zlarni qo'llash orqali dostonlariga ajoyib ohangdorlik, badiiylik, musiqiylik va ta'sirchanlik baxsh etadi.

REFERENCES

1. Qilichev E. O'zbek tilining praktik stilistikasi. Toshkent.- O'qituvchi.-1985.

2. Arastu.Poetika. Axloqi kabir. Ritorika. Toshkent. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. 2018.

3. Abdullayev A. O'zbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi. Toshkent: Fan.1983.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-859-867

4. Alponova Sh. Inson ruhiyatini aks ettirishda fonetik vositalarning o'rni. O'zbek tili va adabiyoti.Toshkent: Fan.2009,№ 4.

5. Istamovna A. N. Eternal Life of Heroes of Uzbek and English Epics //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10. - №. 1.

6. Istamovna A. N. Shoir erkin vohidovning metaforalardan foydalanish mahorati //Суз санъати халкаро журнали. - 2020. - Т. 2. - №. 3.

7. Adizova N. I. Poetic works and rhetorical questions (On the example of Erkin Vahidov's epic" Nido") //Scientific reports of Bukhara State University. - 2020. - Т. 4. - №. 5. - С. 168-175.

8.Istamovna A. N. Leksik birliklarning milliy o'zlik ruhini ifodalashdagi roli (Erkin Vohidov dostonlari asosida) //Conferences. - 2021.

9. Adizova N. Erkin vohidov dostonlarida frazeologik birliklarning qo'llanishi //Журнал Горизонты Филологии. - 2021. - Т. 6. - №. 6.

10. Yusupova D.,Yuldasheva D. Halima Xudoyberdiyeva she'riyati lingvopoetikasi. Globe Edit. 2020.

11. Hojiyev A.Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati.Toshkent:O'qituvchi. 1985.

12. Jahonov K. Mumtoz she'riyat latofati. Buxoro: Durdona.2014.

13. Vohidov E. Saylanma. Ishq savdosi. Toshkent: Sharq. 2000.

14.Adizova, N. Ona tili umummillat mulkidir. Центр научных публикаций (buxdu.uz), 1(1),(2021).

от http: //j ournal. buxdu.uz/index. php/j ournal s_buxdu/article/view/2741

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.