Научная статья на тему 'ADABIYOT FANIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH'

ADABIYOT FANIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2141
208
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shoir / innovatsion / pedagogik texnologiya

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mohigul Uralovna Mavlonova

Ushbu maqolada adabiyot fanidan mavzuni o„tishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishga doir tavsiyalar beriladi. Misol sifatida esa 8-sinf adabiyot darsligidagi berilgan Muhammad Yusuf hayoti va ijodi bilan tanishtirish asos qilib olinadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ADABIYOT FANIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-865-871

ADABIYOT FANIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARIDAN

FOYDALANISH

Mohigul Uralovna Mavlonova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti mohigul.mavlonova@cspi.uz

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada adabiyot fanidan mavzuni o'tishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishga doir tavsiyalar beriladi. Misol sifatida esa 8-sinf adabiyot darsligidagi berilgan Muhammad Yusuf hayoti va ijodi bilan tanishtirish asos qilib olinadi.

Kalit so'zlar: Shoir, innovatsion, pedagogik texnologiya.

KIRISH

Ta'lim jarayonlarini zamonaviylashtirish, jahon talablariga mos mutaxasislarni tayyorlash, ularga ta'lim berish va ta'lim oluvchini o'z ortidan ergashtira olish uchun o'qituvchi dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalansagina darsning saviyasi va samarasi yuqori bo'ladi. Har bir jamiyatning kelajagining ajralmas qismi bo'lgan ta'lim tizimining rivojlanganligi bilan

belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan Respublikamizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish hamda ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.

Bu maqolada ham ta'limning saviyasini yuqoriga ko'tarish va dars jarayonini isloh qilishda o'qituvchilarga yordam berish maqsadida darslikdagi Muhammad Yusufning hayoti va ijodi bilan tanishtirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo'yicha tavsiyalarni havola etamiz. Darsni ma'lum bir senariy asosiga qurib olamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Darsni boshlashdan oldin o'tilgan mavzuni mustahkamlab, yangi mavzuga kirish qilinadi. Demak, bugungi mavzumiz M.Yusuf hayoti va ijodi haqida. O'quvchilar, biz bilamizki M.Yusuf she'rlari kirib bormagan bironta o'zbek xonadoni yo'q. Bu yil shoirning 60 yillik to'yi Respublikamizda keng miqyosda tantanali tarzda nishonlandi. Shoir xotirasiga atab juda ko'plab adiblarimiz she'rlar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-865-871

yozishdi. Orangizda shunday she'rlardan yod olganlardan bormi?

(O'quvchilar yod olgan she'rlaridan namunalar aytishadi) :

Shoirni yod etib, uning nomini ulug'lab yozilgan she'rlar juda ko'p. Darsimizning shiori ham aynan shoiramiz Halima Xudoyberdiyeva qalamiga mansub bo'lgan:

Yuraklarda yurmagini Oh, oldindan bilgan qush Har o'zbekning yuragini O'ziniki qilgan qush

misralaridir.

Oldingi darsda o'quvchilarga Muhammad Yusuf hayoti va ijodi, she'rlari, dostonlari to'g'risida ma'lumot to'plab tayyorlanib kelish topshirilgan. Hozir navbatni shoirning hayoti va ijodini yoritib beruvchi taqdimotga beramiz.

(O'quvchilardan to'rt nafari chiqib slaydlar bilan M.Yusufning hayotini, ijodini gapirib beradilar)

1-o'quvchi: Tungi samo porlagan yulduzlari bilan charog'on bo'lsa, adabiyot olami ham yulduzlarday porlagan daholari bilan munavvardir. O'zbekning soddagina shoiri M.Yusuf ham tun qorong'usini yulduzday yoritgan bir ziyo edi. 1954 - yilning 26 -aprelida Andijonning Marhamat tumanida tug'ilgan Muhammad Yusuf adabiyot gulzoriga yashinday kirib keldi. Kirib keldi-yu o'tkir qalamidan to'kilgan xalqona, ravon va sodda misralari bilan el qalbigacha yetib borib yuraklarga joylashdi.

2-o'quvchi: O'rta maktab ta'limini olgach, Muhammad Yusuf Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o'qishga kiradi va uni 1978 - yilda bitiradi. Uning dastlabki she'rlaridan namunalar 1976 - yilda "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" haftaligi sahifalarida chop etiladi. Yosh ijodkor 1978- 1980 - yillarda Respublika "Kitobsevarlar" jamiyatida, 1980-1986- yillar oralig'ida "Toshkent oqshomi " gazetasida, 1986-1992- yillarda G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida, 1992-1995-yillarda "O'zbekiston ovozi" gazetasida, O'zbekiston Milliy axborot agentligida xizmat qiladi. 1995-1996- yillarda esa "Davlat va jamiyat qurilish" akademiyasida o'qiydi. 1997 - yilda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o'rinbosari etib tayinlanadi.

3-o'quvchi: Garchi uning she'rlari vaqtli matbuotda tez-tez chop etilib tursa -da, birinchi she'riy to'plami nisbatan kech 1985-yilda "Tanish teraklar" nomi bilan e'lon qilinadi. Shundan keyin shoirning "Bulbulga bir gapim bor", "Iltijo", "Uyqudagi qiz", "Ishq kemasi", "Erka kiyik" kabi o'nlab she'riy majmualari

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723

Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-865-871

o'quvchilar qo'liga yetib bordi.

4-o'quvchi: Yurtimizning mustaqillikka erishgani Muhammad Yusuf ijodida yangi ufqlarni ochdi. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go'zal she'rlari o'zining samimiyligi, soddaligi badiiy mukammalligi bilan millionlar qalbida aks-sado berdi. Shoirning "Vatanim", "Xalq bo'l elim", "Dunyo", "Iqror", "Tilak" singari o'nlab she'rlari chinakam she'riyat yurtni qanday kuylamog'i lozimligini isbotlagan asarlar bo'ldi.

Tug'ildingmi, demak, ayon,

Shoh qo'lida zanglagan Qilich bo'lma hech qachon, Undan ko'ra, bitta mard Qul qo'lida xanjar bo'l.. O'g'il bo'lsang, o'jar bo'l, Qolgan bari safsata, Erking uchun, el uchun Nomusingga navkar bo'l.

("O'g'il bo'lsang...")

(Ekranda M.Yusuf rasmlari ketma-ket ko'rsatiladi)

O'qituvchi: Ha, tom ma'noda el-yurtga haqiqiy oshiq bo'lgan M.Yusuf vatanni qanday sevishni, e'zoz qilishni, uni ta'ma bilan, pisanda bilan sevib bo'lmasligini she'rlari orqali ko'rsata oldi. Shoir ana shunday beqiyos tuyg'ularni nafaqat she'rlariga, balki dostonlariga ham singdira olgan adibdir.

M.Yusuf lirikadan boshqa yirik poetik janrga ham murojaat etib, "Ko'hna quduq", "Osmonning oxiri", "Qora quyosh", "Temirlar nidosi" kabi dostonlar yaratdi.

Mavzumizning asosiy qismini tashkil etadigan shoir dostonlariga, ya'ni "Ko'hna quduq" va "Qora quyosh" dostonlariga o'quvchilarimiz uyga berilgan topshiriq asosida tayyorlanib kelishgan. Shunga ko'ra o'quvchilarimiz 4 ta guruhga bo'lingan. "Buxoro" va "Orol" jamoalari "Ko'hna quduq" dostonini, "Usmon Nosir", "Abdulla Qodiriy" jamoalari "Qora quyosh" dostonini yoritib berishadi

1. "Buxoro"

2. "Orol"

3. "Usmon Nosir"

4. "Abdulla Qodiriy"

Hozir "Ko'hna quduq" dostonining taqdimoti bilan 1-guruhimiz tanishtiradi

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-865-871

"SK'o Unci quduq dostoni

"Ko'hna quduq" - lirik falsafiy doston. Dostonning har bir bob, har bir misrasida lirik qahramon ko'hna va vayrona Buxoroga bo' lgan mehrini achinish orqali ifodalaydi. Ayniqsa, tariximizning eng ayanchli, og'riqli nuqtalaridan bo'lgan qatag'on to'foni qurbonlaridan biri - Fayzullo Xo'jayevning unutilmas obrazini

chizadi.

O'quvchi shu tartibda doston haqida va undagi voqealar rivoji haqida so'zlab boradi. O'xshash taqdirlar haqida fikr yuritadi. Slayddan namular ko'rsatiladi:

l/ci i Ii ii in Oniliu uii.

Hu.\ on, hum - Orol.

O'quvchilarga Orol dengizining rasmlari ko'rsatiladi.

O'quvchilar doskaga chiqadi. Doston haqidagi dastlabgi ma'lumot o'zbek va ingliz tilida beriladi, so'ngra dostonning F.Xo'jayevgacha bo'lgan qismini slaydlar bilan gapirib berishadi. Doston haqidagi keying ma'lumotlarni "Orol" jamoasi davom ettiradi.

M.Yusufning "Qoraquyosh" dostoni haqidagi dastlabgi ma'lumotlar ingliz va o'zbek tilida "Usmon Nosir " jamoasi tomonidan beriladi. Dostonning ayrim boblari slaydlar bilan taqdim qilinadi. So'ngra "Qora quyosh" dostonining davomi "Abdulla Qodiriy" jamoasi tomonidan taqdim etiladi hamda shu jamoa tomonidan doston asosida tayyorlangan sahna ko'rinishi namoyish etiladi.

"Qora quyosh "

M.Yusufning "Qora quyosh" dostoni 1988 - yilda yozilgan. Bizga tarixdan ma'lumki, o'zbek xalqi dunyodagi eng qadimgi xalqlardan biri sanaladi. Va bu xalq tarixda misli ko'rilmagam hodisalarni boshdan kechirgan. Ikki daryo oralig'ida joylashgan, zamini hosildor, xalqi, mehnatkash, o'troq madaniyatning noyob

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-865-871

namunalarini yaratgan bu diyorga kimlaming ko'zi kuymagan deysiz. Bosqinchi ketidan, bosqinchilar kelib , bu go'zal yurtni g'orat qilishga - boyliklarini talash, xalqini qullikka mubtalo qilishga urinardi.

Xalqimiz bamisli samandar (olovda tug'ilib olovdan omon chiqadigan afsonaviy qush)dek barcha sinovlardan omon chiqdi. Biroq bu kurashlar, ozodlikka bo'lgan intilishlar, albattaki, qurbonlarsiz, yo'qotishlarsiz kechmadi. Mallatning nene bahodirlari yurt ozodligini har narsadan ustun bilgan xalqning asl farzandlari shu kurash maydonlarida jon berdilar .

"Qora quyosh" dostoni aynan shu kurash maydonida yuz bergan voqealardan so'zlaydi. M.Yusufning bu dostoni doston janridagi boshqa asalar singari to' liq bitta mavzuni qamrab olmagan. Asar qahramonlari ham bir yo'sinda harakat qilmaydi. Asarda arxiv materiallaridan ham foydalaniladi. Masalan, dastlab ma'lum bir tari xiy shaxsning xati beriladi, so'ng esa unga bag'ishlangan she'r.

"Odamlar taqdiri oddiy tushlik yoki kechki ovqat paytidayoq hal bo'lardi. Suhbat orasida kimlarningdir nomlari tilga olinardi. Birdan Stalin: "Lavrentiy, chora ko'r", deb qolardi, Beriya esa shu zahoti boshqa xonaga o'tib, qaylargadir qo'ng' iroq qilardi. U nomlarini aytgan odamlar shu kechasiyoq qamoqqa tushardi....."

Marshal Jukov xotirasidan

Ey, g'amdan bukchaygan uylari yog'och, Yarmi qamoqxona, Yarmi yalang'och, Mamlakat, qizlaring yashir oltinsoch -Lavrentiy Pavlovich sayr qilmoqda!... Bayramga qo'yilgan baliqdek tuzlab, Qotib tur joyingda, vujuding muzlab.

Qurbonlar ustiga qurbonlar izlab, Lavrentiy Pavlovich sayr qilmoqda!... Bir-birlarin suyab, Tik turib uxlab, Vagon to'la bolang ketmoqda yig'lab,

Paravozlar qayga eltmoqda yig'lab Lavrentiy Pavlovich sayr qilmoqda!...

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-865-871

Ularni kutadi maydon to'la dor Bu dorlar ostida barcha millat bor, Jallod - ko'zoynakli ilondek makkor Lavrentiy ! Lavrentiy sayr qilmoqda!... Kutmoqda ishqorlar quyilgan jomlar Bu do'zax jomida har qora shomlar Erib ketdi ne-ne Akmal Ikromlar.... Lavrentiy Pavlovich sayr qilmoqda!... Yuzin bir ko'rmoqqa topolmay iloj, Kim otaga muhtoj, Kim yorga muhtoj. Kim yolg'iz o'g'li-la diydorga muhtoj Lavrentiy Pavlovich sayr qilmoqda!...

Ey, g'amdan bukchaygan uylari yog'och, Yarmi qamoqxona, Yarmi yalang' och, Mamlakat, qizlaring yashir oltinsoch -Lavrentiy Pavlovich sayr qilmoqda!...

Shu tartibda dostondan parchalar berib boriladi. Dars davomida yuqorida qalamga olingan holatlar bizning haqiqiy o'tmishimiz ekanligi, bundan to'g'ri xulosa chiqarib, kelajakka dadil boqa olish haqida o'quvchilarga tushunchalar beriladi. So'ngra shoir dostonlarining maqsadini, g'oyasini qay darajada o'quvchilar o'zlashtirganini sinab ko'rish uchun mustahkamlash mashqlari bajariladi.

"Ko'hna quduq" dostonini taqdim qilgan "Buxoro" va "Orol" jamoalari uchun "Qora quyosh" dostonining g'oyasi va maqsadini yoritishda "Baliq skeleti" sxemasi qo'llaniladi

"Qora quyosh" dostonini taqdim etgan "Usmon Nosir" va "Abdulla Qodiriy" jamoalari uchun "Ko'hna quduq"dostonidagi Shukur Burhonov, Orol va Buxoro qiyofalaridagi umumiylikni aniqlash uchun "Venn" diagrammasidan foydalaniladi.

Baholar e'lon qilinib, uyga vazifa beriladi. Uyga vazifa : "Sen elimning yuragida yashaysan!" mavzusidagi inshoga tayyorlanib kelish, axborotnomadagi "Hozirgi adabiy jarayon" bo'limi test savollarini yechib kelish.

Darsga yakun yasaladi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, dars jarayonida o'quvchilarni o'zlari bilan mustaqil va ko'proq ishlash, albatta, ularning blimlarini oshirishda

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-865-871

yordam beradi. Ularning bilim doiralarini kengaytirib, o„z ustilarida mustaqil ishlashlari va yangi pedagogik texnologiyalardan kengroq foydalana olishlariga imkon yaratadi.

REFERENCES

1. Adabiyot. 8-sinf uchun darslik. -T.: G'afur G'ulom, 2019. -128 b.

2. www.gazeta.uz

3. Mavlonova Mohigul. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oqituvchilari uchun uslubiy qo'llanma. - Chirchiq-2018.

4. Movlonova, M. (2021). ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDOGOGIK USLUBLARDAN FOYDALANISH ("UFQ" TRILOGIYASI MISOLIDA). Scientific progress, 2(5), 113-119.

5. Шайхисламов, Н. (2021). ДУНЁ ТИЛЛАРИНИНГ МОРФОЛОГИК (ТИПОЛОГИК) ТАСНИФИ. Scientific progress, 2(4), 961-965.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI FANINI O „QITISHDA INNOVATSION VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O „RNI VA VAZIFALARI. Scientific progress, 2(3), 933-937.

7. Shaykhislamov, N. (2021). IMPROVING B1 LEVEL LEARNER'S VOCABULARY COMPETENCE. Ilm-fan va ta'limni rivojlantirish: imkoniyat va tendensiyalar,(1), 37-39.

8. Шайхисламов, Н. (2021). ИЗУЧЕНИЕ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ С ИМЕНАМИ ЧИСЛИТЕЛЬНЫМИ. The 21st Century Skills for Professional Activity,(8), 69-73.

9. Шайхисламов, Н., & Норбоева, Д. (2021). ПЕДАГОГИК ТАЪЛИМ КЛАСТЕРИ-ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ АСОСИ. Pedagogik ta'lim klasteri: muammo vayechimlar,(1), 350-354.

10. Шайхисламов, Н. (2021). ИШ ЮРИТИШ ХУЖЖАТЛАРИДАГИ КОЛИПЛАШГАН СУЗ БИРИКМАЛАРИНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ. The 21st Century Skills for Professional Activity, (7), 60-63.

11. Shaykhislamov, N. (2021). THE DIRECTION OF MODERN LINGUISTICS THE CONCEPT OF COGNITIVE LINGUISTICS. Scientific progress, 2(2), 16411646.

12. Шайхисламов, Н. (2020). Укувчиларнинг нущий компетенцияларни ривожлантиришда нут^нинг илмий-назарий изохд. Science and Education, 1(5).

13. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI FANINI O'QITISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISHNING SAMARASI. The 21st Century Skills for Professional Activity, (9), 23-25.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.