Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
R
О
VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423
BANK KREDITLARI GAROV TA'MINOTINI BAHOLASH MEXANIZMIGA
YANGICHA YONDOSHUVLAR
Taylaqova Zarifa Abdumalik qizi Toshkent arxitektura qurilish insituti Ko 'chmas mulkni baholash va boshqarish yo 'nalishi 2 kurs magistranti zarifatayloqova@gmail.com Ilmiy rahbar: I.f.n dotsent Artiqov Nodir YAkubjonovich
Annotatsiya. Mazkur maqolada banklarning kredit ta'minotini baholash bo'yicha tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, bank kreditlari bo'yicha transport vositalar, mashina va uskunalar garov sifatida qabul qilinganda amortizatsiya muddatini nazarda tutish, garov riskini kamaytirish bilan bog'liq muammolar yoritilgan.
Kalit so'zlar: bank kreditlari, garov ta'minoti,garov riskini kamaytirish, sug'urtalash, ko'chmas mulk ta'minoti, kafillik.
Аннотация. В статье рассматриваются вопросы, связанные с совершенствованием организационно-правовой базы оценки залогового обеспечения банков, предоставлением срока погашения банковских кредитов на транспортные средства, машины и оборудование в качестве залога, снижением риска залога.
Ключевые слова. банковские кредиты, залог, снижение рисков залога, страхование, залог недвижимости, поручительство.
Abstract. This article discusses the problems related to improving the organizational and legal framework for assessing the creditworthiness of banks, the provision of depreciation when taking vehicles, machinery and equipment as collateral for bank loans, reducing the risk of collateral.
Keywords. bank loans, collateral, collateral risk reduction, insurance, real estate collateral, surety.
Mamlakat iqtisodiyoti transformatsiya jarayoniga yanada kirishib yuksalib boravergan sari banklarga iqtisodiyotni bog'liqlik darajasi yanada ortib boradi, bu esa o'z navbatida tadbirkorlik va jismoniy shaxslarni bank kreditlariga bo'lgan talabini yanada oshishiga olib keladi banklar esa kredit ajratishda fuqorolarga bir qancha qulayliklar taqdim qilish bilan bir qatorda kredit riski bilan bog'liq bir qancha muammoli vaziyatlarni vujudga keltiradi, bundan ko'rinib turibdiki banklar garov ta'minotini baholash mehanizmining yangicha yondashuvlariga olib keladi. Bunda
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
esa "2020-2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini islox qilish strategiyasi to'g'risida''gi Prezident farmoni ijrosini ta'minlash maqsadi bugungi kunning dolzarb masalasi bo'lib kelmokda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida O'zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishida bank kreditlari garov ta'minotini baholash mexanizmlari obyektiv ochib berildi. Bugungi kundagi bank islohatlarining raqobat tendinsiyalari mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining bank sohasidagi qonunlar va Markaziy bankning 2020 yil yig'ilishidagi quyilgan ustuvor masalalar nomli qarorlar metodologik jihatdan olindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Mamlakat iqtisodiyoti yildan yilga jonlanib boravergan sari iqtisodiyot bo'g'inida Banklarning o'rni yanada mustahkamlanib boraveradi bu esa o'z navbatida iqtisodiyot bo'g'indagi tovar ish hizmatlar bozorini pul mablag'lari aylanmasini to'yintirishda bank kreditlarini o'rnini yanada oshiradi. Ammo bozordagi iqtisodiy jarayonlar buzilmasligi va pul kredit siyosatini maromida ushlab turish maqsadida 2020 yil 22 oktyabrda "Pul-kredit siyosatining 2021 yil va 2022-2023 yillar davriga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari"1 tasdiqlandi Markaziy bank tomonidan kelgusi yillarda Pul -kredit siyosatining asosiy vazifalaridan biri sifatida eng avvalo milliy pul birligimiz So'mni qadrsizlanishi ya'ni inflautsiyani jilovlashga qaratilgan chora-tadbirlarda o'z aksini topadi.
Jumladan o'tgan 2020 yildagi nafaqat mamlakatimizda balki jahon iqtisodiyotida juda murakkab yil bo'ldi. Global pandemiya tasiri boshlangan inqiroz ichki ham tashqi iqtisodiy sharoitlarni yomonlashuviga olib keldi. Bunda mamlakatdagi birlamchi va ikkilamchi is'temol bozoridagi yo'qotishlarni oldini olish maqsadida eng to'g'ri yo'l sifatida qisqa muddatli past foizli bank kreditlariga bo'lgan talab ortishi vujudga keldi.
Banklar ushbu inqiroz sharoitida mijozlarga ajratilayotgan kreditlarning riskini oldini olish maqsadida riskni sug'urtalash kredit ko'chmas mulk ta'minoti va uchunchi shaxslar kafilliklari orqali riskni kamaytirishga urinmoqdalar. Bundan tashqari mamlakatimizda texnologik uskunalar sotib olish uchun xorijiy valyutada ajratilayotgan kreditlar bo'yicha garov ta'minoti sifatida eksport operatsiyalari va shartnomalarini hisobga olish tartibi ishlab chiqilgan. SHuningdek, bank kreditlari bo'yicha transport vositalari, mashina va uskunalar garov sifatida qabul qilinganda
1 1 MapKa3MM 6aHK 2020 \Âwn îÂwmnwwwgarw rçyfiM^raH ycTyBop Maca^a^ap
369
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
R
VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423
amortizatsiya muddatini nazarda tutish orqali ham garov riskini kamaytirish maqsadga muvofiq.
Bank kreditlari bo'yicha garov riskini pasaytirish maqsadida yuqori likvidli aktivlarni diversifikatsiyalash jarayonida bank kreditlari garovi bo'yicha baholashda yo'l qo'yiladigan miqdorlarni aniqlashda asosiy masala sifatida e'tibor qaratiladi. Xorij tajribasi shuni ko'rsatadiki, bank kreditlari bo'yicha qo'yilgan ko'chmas va ko'char mulklarni baholash tartibi boshqa xo'jalik sub'ektlarining buyurtmalari uchun amalga oshiriladigan baholash jarayonidan deyarli farq qilmaydi. Bank kreditlari garov ta'minotini baholash jarayonini tashkil etish va amalga oshirish bosqichlari tavsiya qilindi. Bunda bankning vakolatli xodimi ishtiroki juda muhim hisoblanadi. CHunki, kreditning to'lovi bilan bog'liq muammo vujudga kelganda garov hisobidan ushbu riskni bartaraf etish juda zarur.
Xulosa qilib aytganda, bank asosiy daromadini kredit tashkil qilishi sir emas, buning oqibatida banklar jalb qilingan mablag'larni mijozlarga o'z marjasini qo'ygan holda taqdim etadi bunda esa bank qancha yuqori riskli pul mablag'ini tiksa shuncha maksimal foyda olishni ko'zlaydi.
Banklardagi bu jarayonni tartibga solish maqsadida alohida shtatlar ajratilishi maqsadga muvofiq deb uylaymiz chunki bunda ushbu shtat birligidagi xodimlar amalyotda yuqori xatarli aktivlarni monitoringini olib borishadi bu esa banklarni tavakkachilik riskini doim baholab nazorat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari Kredit tashkilotlari faolyatini qonuniy yo'lga qo'yish maqsadga muvofiq bo'lar edi, bozor sharoitida talabga nisbatan takliflar sonining ko'pligi pul moliya bozorini ya'nada tartibga kelishi yuqori xatarli aktivlarni bir muncha kamaytirishga olib kelar edi.
1. Murojaatnoma (2018) O'zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.
2. «Baholash faoliyati haqida» gi Qonun 19.08.1999 y.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2008 yildagi №PQ-843 sonli qarori. Markaziy bankning 2020 yil yig'ilishidagi quyilgan ustuvor masalalar
XULOSA VA TAKLIFLAR.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)