Научная статья на тему 'BADIIY NUTQ USLUBINING O‘ZIGA XOS LUG‘AVIY VA GRAMMATIK XUSUSIYATLARI'

BADIIY NUTQ USLUBINING O‘ZIGA XOS LUG‘AVIY VA GRAMMATIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
85
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nutq uslublari / til / nutq / so‘zlashuv uslubi / publitsistik uslub / badiiy uslub / ilmiy uslub / rasmiy uslubdir. / Speech styles / language / speech / colloquial style / journalistic style / art style / scientific style / official style

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Matyazova N. S.

Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo‘lgan barcha lug‘aviy birliklarning hamda boshqa vazifaviy uslub unsurlarining ishtirok etaverishi va ularning muhim bir vazifaga estetik vazifani bajarishga xizmat qilishini badiiy nutq uslubining o‘ziga xos xususiyatidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DICTIONARY AND GRAMMATICAL FEATURES OF THE ARTISTIC SPEECH STYLE

The wide coverage of the language material, the presence of all lexical units and other elements of the functional style that are present in the national language, and the fact that they perform an important aesthetic function is a characteristic feature of the artistic style of speech.

Текст научной работы на тему «BADIIY NUTQ USLUBINING O‘ZIGA XOS LUG‘AVIY VA GRAMMATIK XUSUSIYATLARI»

Matyazova N. S., PhD Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali "O\bek tili va ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti

BADIIY NUTQ USLUBINING O'ZIGA XOS LUG'AVIY VA GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Annotatsiya: Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo'lgan barcha lug'aviy birliklarning hamda boshqa vazifaviy uslub unsurlarining ishtirok etaverishi va ularning muhim bir vazifaga -estetik vazifani bajarishga xizmat qilishini badiiy nutq uslubining o 'ziga xos xususiyatidir.

Kalit so'zlar: Nutq uslublari, til, nutq,so'zlashuv uslubi, publitsistik uslub, badiiy uslub, ilmiy uslub, rasmiy uslubdir.

Matyazova N.S. PhD, Associate Professor of the Department of Uzbek language and social sciences " Urgench branch of TUIT

DICTIONARY AND GRAMMATICAL FEATURES OF THE ARTISTIC SPEECH STYLE

Annotatsiya: The wide coverage of the language material, the presence of all lexical units and other elements of the functional style that are present in the national language, and the fact that they perform an important aesthetic function is a characteristic feature of the artistic style of speech.

Keywords: Speech styles, language, speech, colloquial style, journalistic style, art style, scientific style, official style

O'zbekiston istiqlol tufayli milliy o'zlik, milliy iftixor, milliy ma'naviyat, milliy an'analarimiz o'zining asl ma'nosiga, mazmun mundarijasiga, mohiyat va qadriyatiga ega bo'ldi.Tilimizni har tomonlama taraqqiy ettirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi, uning davlat tili maqomi yanada mustahkamlandi[1]. O'zbekiston Rerspublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil 10-aprel kuni "O'zbek tili bayrami kunini belgilash to'g'risida" qonunni imzoladi. Qonunga muvofiq, 21-oktabr O'zbek tili bayrami kuni etib belgilandi. Ushbu qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi[2].

Mustaqillik sharofati O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida", "Davlat tili haqida"gi qonunlari hamda "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"da respublikadagi oliy ta'lim muassasalarida ona tili va o'zbek tilini ikkinchi til (davlat tili) sifatida o'qitish yuzasidan juda ko'p islohotlar amalga oshdi va bugungi kunda yanada takomillashtirish ko'zda tutilgan.

Til kishilik jamiyatida fikr almashish, aloqa aralashuvining eng asosiy vositasidir. U yozma va og'zaki nutq jarayonida o'z ijtimoiy vazifasini bajaradi. Nutqning adabiy va shevalarga xos ko'rinishlari bor. Adabiy nutq so'z san'atkorlari - yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat'iy me'yorlarga ega bo'lgan nutq ko'rinishidir. Adabiy nutqda har bir so'z va qo'shimchaning talaffuzi, imlosi, qo'llanilishi, ma'nolari aniq me'yorlar bilan chegaralangan. Bu me'yorlarni buzish qo'pol xato sanaladi. Odatda barcha o'qitish ishlari, matbuot xabarlari, rasmiy yozishmalar, hujjatlar adabiy tilda amalga oshiriladi. Maktab, kasb-hunar kollej, litseylarning rusiyzabon guruhlarida adabiy nutq me'yorlari o 'rgatiladi, bilim va ko'nikmalarni shakllantiradi.

Adabiy tilning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o'ziga xos xususiyatlari bilan farqlanib turadigan ko'rinishlari- nutq uslublari mavjud, ya'ni so'zlashuv uslubi, publitsistik uslub, badiiy uslub, ilmiy uslub, rasmiy uslubdir.

Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo'lgan barcha lug'aviy birliklarning hamda boshqa vazifaviy uslub unsurlarining ishtirok etaverishi va ularning muhim bir vazifaga - estetik vazifani bajarishga xizmat qilishini badiiy nutq uslubining o'ziga xos xususiyati deb qarash kerak bo'ladi. Badiiy uslubning muhim xususiyatlari bo'yicha S.Karimov tadqiqotlar olib borgan. Uning "O'zbek tilining badiiy uslubi" monografiyasi va "Badiiy uslub va tilning ifoda vositalari" qo'llanmalarida badiiy uslubning nazariy masalari to'la yoritib berilgan.

Badiiy nutq uslubining o'ziga xos lug'aviy va grammatik xususiyatlari mavjud. Lug'aviy birliklardan tashqari frazeologik birliklarning faol va keng ravishda ishlatilishi ham badiiy nutq uslubining asosiy belgilaridandir.

Badiiy uslub sintaktik xususiyatlari bilan ham boshqa uslublardan farqlanadi. Badiiy nutq uslubida darak, so'roq, buyruq gaplar matn sintaksisining ajralmas qismini tashkil qiladi. Undov gaplar ham badiiy nutq uslubi uchun xarakterlidir. Ular kitobxonga estetik ta'sir o'tkazishda yozuvchi qo'lida kuchli qurol hisoblanadi.

Badiiy uslub o'zbek tili vazifaviy uslublari orasida o'ziga xos mavqega ega bo'lib, ayni paytda o'zining alohida me'yorlariga ham ega. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo'lgan barcha lingvistik birliklarning, shu bilan birga, boshqa vazifaviy uslublarga xos bo'lgan elementlarning ham ishlatilaverishi va ularning muhim bir vazifaga - badiiy-estetik vazifani bajarishga xizmat qilishi badiiy uslubning asosiy xususiyati hisoblanadi. Badiiy uslubda adabiy tilning barcha imkoniyatlarini o'z ichiga olish bilan birga, o'zbek shevalariga, kasb-hunarga oid leksik birliklar, bugungi kundalik iste'moldan chiqib ketgan tarixiy so'zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatilaveradi. Badiiy uslubdan boshqa barcha uslublar ijtimoiy hayotning ma'lum sohasi doirasida chegaralangan. Badiiy uslub ulardan farqli ravishda, inson amaliy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi.

Shuning uchun unda ilmiy uslubning ham, publitsistik uslubning ham, so'zlashuv va rasmiy uslubning ham elementlari namoyon bo'laveradi.

Shuningdek, badiiy uslubda, xususan poetik nutqda hozirgi adabiy orfografik me'yor talablariga muvofiq kelmaydigan qaro, yamon, yaro, oshno, talosh singari so'zlar ham ishlatilaveradi.

Badiiy nutq uslubida til obraz, xarakter va manzaralar yaratish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Bu uslub o'zining obrazliligi bilan adabiy tilning boshqa uslublaridan ajralib turadi.

So'zlovchi yoki yozuvchi o'zi bayon qilayotgan fikrlarini tinglovchiga aniq, ta'sirchan, tushunarli yetkazishga harakat qiladi. Shunda aynan shu fikrni bayon qilib berishda uzundan uzoq gaplarni qatorlashtirib tashlashdan qochib, shu fikrlarni boshqa vositalardan (o'xshatish, sifatlash, allegoriya, metafora, sinekdoxa, metonimiya, ramz, antifraza) foydalangan holda tushuntiradilar. Bunday vositalar tilshunoslikda ifoda tasvir vositalar deyiladi. Ular ikkiga bo'linadi:

1. Troplar

2. Uslubiy shakllar.

Ifodaliylik, ekspressivlik va aniqlilikni ta'minlash maqsadida biror narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko'chirish, o'xshatish yoki so'zlarni shu maqsadda ko'chma ma'noda ishlatish troplar deyiladi. Qandaydir xususiyati bilan bir-biriga yaqin ikki tushunchani qiyos qilish tropga asos qilib olinadi. Troplarning o'xshatish, sifatlash, mubolag'a, jonlantirish, sinekdoxa, metafora, metanimiya kabi turlari bor.

O'xshatish - narsa va hodisalar o'rtasidagi o'xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to'laroq, aniqroq, bo'rttiribroq ko'rsatib berish.O'xshatish eng qadimiy va ko'p qo'llanadigan tasviriy hodisalardandir. U, asosan, nutqiy hodisa hisoblanadi. O'xshatishni vujudga keltiruvchi vositalar: -dek, -day, -simon, -ona, -omuz, -cha, -chasiga, -asiga, -larcha; o 'xshash, teng, kabi, singari, xuddi, naq, qadar, go 'yo, go 'yoki, o 'zi, misoli, yanglig', aynan, emas va sh.k. Xalq topishmoqlari, maqollari, askiya va boshqa janrlar ko'proq o'xshatishlarga asoslanadi. M.: O'z yurting -o'ian to'shaging. Inson qo 'li - gul. Ilm olish - igna bilan quduq qazish. Jahl - dushman, aql - do 'st. Ona yurting - oltin beshiging.

Sifatlash - epitet ham deyiladi. Epitet so'zi grekcha bo'lib, izohlovchi degan ma'noni anglatadi. Ammo u boshqa doimiy aniqlovchilardan o'zining ekspressivligi, ko'chma ma'noda ishlatilishi bilan farq qiladi. Epitet - poetik aniqlovchi. Hamid Olimjon:

Men bir qora tunda tug 'ildim,

Tug'ildim-u shu on bo 'g'ildim,

der ekan, qora sifatlashini o'zi tug'ilgan davrdagi turmushning og'irligiga ishora qiladi.

Mubolag'a tasvirlanayotgan kishi, narsa, voqea-hodisani o'ta mahobat bilan, orttirib, bo'rttirib ko'rsatishdir. Ayrim adabiyotlarda giperbola deb ham yuritadilar.

Xalq og'zaki ijodidagi lof janri shunga asoslanadi. Har birimiz ham o'z nutqimizda bilib-bilmay ko'plab mubolag'a qo'llaymiz. Chunonchi: men senga yuz marta aytdim, devday yigit, har kiftiga yetti odam o 'tirsa bo 'ladigan, har yelkasi qirday; iboralarning bir qismi mubolag'a yo'li bilan hosil bo'lgan: og'zi qulog'iga

yetdi, boshi osmonga yetdi, qo'yi mingga yetdi, oyog'i olti, qo'li yetti bo'ldi, o 'pkasi qozonday va h.

Jonlantirish jonli, jonsiz narsalarni inson kabi harakat qiladigan, fikrlaydigan, o'ylaydigan, kuylaydigan, kuladigan, so'zlaydigan qilib tasvirlash. Mumtoz adabiyotda uning tashxis va intoq turlari farqlangan. M: Novdalarni bezab g'unchalar, Tongda aytdi hayot otini. Va shabboda qurg'ur ilk sahar, Olib ketdi gulning totini. (H.Olimjon)

2. Sintaktik figuralar. Tinglovchi yoki o'quvchiga umumiy hissiy ta'sir ko'rsatuvchi sintaktik qurilmalar sintaktik figuralar deyiladi. Badiiy adabiyot tilida uslubiy figuralar deb ataluvchi tasviriy vositalarning paydo bo'lishi badiiy ijod namunalarini bir qadar go'zal, jarangdor, ta'sirli qilib bayon etish zaruratidan kelib chiqqandir. Sitseronning quyidagi gaplarini eslash maqsadga muvofiq: So'zlarni ko'chma ma'nolarda qo'llash eng avvalo lug'atlardagi so'zlarning ma'no jihatdan kambag'alligidan kelib chiqqan bo'lsa, asta-sekin go'zallik va jozibadorlikka bo'lgan ehtiyoj ularning ma'nolarini kengaytira bordi. Bu esa xuddi kiyim dastavval sovuqdan himoyalanish vositasi sifatida vujudga kelgan bo'lsa, keyinchalik esa kishi tanasini bezaydigan libosga aylanganiga o'xshaydi.

Ilmiy adabiyotlardagi dalillarni ko'zdan kechirish bu figuralarning antiteza, apokopa, asindeton (bog'lovchisizlik), assonans, gradatsiya, parallelizm, polisenditon (ko'pbog'lovchilik), pitorik murojaat, ustunlar tengligi, tenglik, kichraytirish, jim qolish, ellipsis, inversiya kabi turlari keltiriladi.

Antiteza. Qarama-qarshi tushunchalarni fikr, obraz, narsalarni, shaxslarni xarakterlarini qiyoslash yoki bir xil narsa-hodisalarning daraja jihatidan qarama-qarshi holatini tasvirlash. Ko'zlarda yosh, lablarda kulgu, yangicha aza, yangicha bazm kabi.

Gradatsiya (lot. Zinapoya) - narsa, belgi, xususiyat yoki harakatning biridan ikkinchisiga kuchliroq yoki kuchsizroq ma'no ottenkali sinonimik yoki bir xildagi so'zlar vositasida kuchaytirib yoki kamaytirib borish orqali tasvirlashdir.

Yuvib tarab, sepib, o 'pib, quchib, opichlab. ey baxtlarni balog 'atga etkazgan ona.

Ko'p bog'lovchilik va bog'lovchisizlik - nutqqa keskinlik, shoshilinch tus, tezlik xarakterini kiritish uchun notiq yoki yozuvchi gapda lozim bo'lgan bog'lovchilarni ataylab tushirib qoldiradi yoki sokinlik, ta'kidlash ma'nosini kiritish uchun bog'lovchilarni muayyan tartibda qo'llaydi: Mening xalqimni ro 'yobga chiqargan, shod va baxtiyor qilgan, non va osh, kiyim va usti-bosh, e 'tibor va obro' bergan narsa bu do 'stlikdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi "Davlat tili haqidagi" qonun. O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining axborotnomasi,-1995,№12.

2. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak.-Toshkent, 2016.

3. Sh.Mirziyoev. Milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli. (O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining o'ttiz yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutq) // "Xalq so'zi" gazetasi. - Toshkent, 2019-yil 22-oktyabr. - № 218.

4. O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi qonuni (yangi tahrirda) / O'zR Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1989. - 26-28-son, 453-modda; 1991. - 11-son, 273-modda.

5. Karimov S.A. Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari.. -Samarqand: SamDU, 1994.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.