Научная статья на тему 'INGLIZ VA OZBEK TILLARIDA ANAFORANI IFODALOVCHI VOSITALARNING LINGVOPRAGMATIK VA LINGVOKULTURAL TADQIQI'

INGLIZ VA OZBEK TILLARIDA ANAFORANI IFODALOVCHI VOSITALARNING LINGVOPRAGMATIK VA LINGVOKULTURAL TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
80
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ANAFORA / ADABIYOT / BADIIY SAN’AT TURI / LINGVOKULTUROLOGIYA / LINGVOPRAGMATIKA

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mirzayeva D.I., Azimova X.Z.

Ushbu maqola anafora haqida keng fikr yuritib, batafsil ma’lumot beradi. Maqola anafora so’zini aniq va ixcham shalda tushuntirib, o’zbek she’riyatodand namunalar keltiradi. Shuningdek, ushbu namunalarni lingvokulturologiya va lingvopragmatikaga moslaydi. Nazariyalar misollar orqali yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUOPRAGMATIC AND LINGUOCULTURAL STUDY OF ANAPHORA IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES

This article gives detailed information about anaphora. The article clearly and concisely explains the word anaphora and gives examples from Uzbek poetry. It also adapts these samples to linguocultural studies and linguopragmatics. Theories are illustrated through examples.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA OZBEK TILLARIDA ANAFORANI IFODALOVCHI VOSITALARNING LINGVOPRAGMATIK VA LINGVOKULTURAL TADQIQI»

Mirzayeva D.I.

Farg'ona Davlat Universiteti Ingliz tili kafedrasi mudiri Phd Azimova X.Z.

Lingvistika, ingliz tili 2-kurs magistranti

INGLIZ VA OZBEK TILLARIDA ANAFORANI IFODALOVCHI VOSITALARNING LINGVOPRAGMATIK VA LINGVOKULTURAL

TADQIQI

Annotatsiya: Ushbu maqola anafora haqida keng fikr yuritib, batafsil ma'lumot beradi. Maqola anafora so'zini aniq va ixcham shalda tushuntirib, o'zbek she'riyatodand namunalar keltiradi. Shuningdek, ushbu namunalarni lingvokulturologiya va lingvopragmatikaga moslaydi. Nazariyalar misollar orqali yoritiladi.

Kalit so'zlar: anafora, adabiyot, badiiy san'at turi, lingvokulturologiya, lingvopragmatika.

Mirzayeva D.I., Ph.D Head of the Department of English Fergana State University Azimova Kh.Z.

Linguistics, English 2nd year graduate student

LINGUOPRAGMATIC AND LINGUOCULTURAL STUDY OF ANAPHORA IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES

Abstract: This article gives detailed information about anaphora. The article clearly and concisely explains the word anaphora and gives examples from Uzbek poetry. It also adapts these samples to linguocultural studies and linguopragmatics. Theories are illustrated through examples.

Key words: anaphora, literature, type of artistic art, linguoculturalism, linguopragm atics.

Kishilar o'zaro aloqa-munosabat jarayonida tilning fonetik, leksik, frazeologik va grammatik vositalaridan tanlab foydalanadilar.

«... Maftun etishning asosiy vositasi sifatida yozuvchi birinchi o'ringa uslubni qo'yadi» 1. Umumxalq tili vositalarining bunday tanlab ishlatilishi nutqning turlicha ko'rinishlarining paydo bo'lishiga olib keladiki, bu «nutq uslublari» deb yuritiladi.

1 Alimuhamedov A. Antik adabiyot tarixi. - Toshkent: O'qituvchi, 1969, 199-bet.

Nutq uslublari leksik-grammatik jihatdan farqlanib turadi. Masalan, so'zlashuv uslubida odatdagi tartib turlicha o'zgarib tursa, terminlar, murakkab tuzilgan qo'shma gaplar kam ishlatilsa, ilmiy uslubda buning aksi kuzatiladi.

Nutq uslublarining har biri tilning bir butun yaxlit tizimi doirasida ish ko'radi va ifoda maqsadiga ko'ra til vositalarining uyushishi, takrorlanishi bilan xarakterlanadi. Masalan, ot, kelishik, egalik, sifat, asliy, nisbiy, ega, kesim, ikkinchi darajali bo'lak va hokazo terminlarning tilshunoslikka oid ilmiy ishlarda qo'llanishi, uyushishi va takrorlanishi ilmiy uslubning o'ziga xos xususiyatlaridan biridir.

Nutq uslublarini belgilashda so'z, grammatik shakl va Grammatik qurilishning uslubiy bo'yog'i jiddiy hisobga olinadi. Masalan, kichraytirish-erkalash jilosini beruvchi grammatik kategoriyalar, shamol, kuldi, aytdi, gapirdi kabi so'zlar so'zlashuv uslubiga xos bo'lsa; tabassum qildi, so'zladi, sabo, boda kabilar badiiy nutqqa xos. Shuningdek, jilmaydi kabi so'zlar ijobiy; tirjaydi, ishshaydi kabilar salbiy munosabat bildiradiki, nutq jarayonida bu xususiyatlar hisobga olinadi.

Albatta, so'zning ijobiy yoki salbiy munosabat ifoda etishi hamisha nutq uslubini belgilashga asos bo'la olmaydi. Biroq sinonimik qatorni hosil qiluvchi bunday so'zlarning ko'pchiligi so'zlashuv va badiiy uslubda ishlatilishi, rasmiy ish va ilmiy uslubda esa sanoqli hollardagina saylab olinishi mumkinligi bilan xarakterlanadi.

Dialektizm, jargon, argo, varvar va vulgar so'zlar badiiy uslubda obraz yaratish maqsadida ishlatiladi. Ular boshqa nutq uslubi uchun xarakterli emas. Garchi sotsiolingvistika nuqtai nazaridan ayrim guruhlarga, shevaga xos so'z va formalar tilning arashash formalaridan biri bo'lsa-da, umumxalq tili doirasidan chetdadir.

Demak, nutq uslublari, umumxalq tili materiallari zaminida yaratiladi va shu nuqtai nazardan talqin qilinadi. Bu jihatdan terminlar o'ziga xoslikni tashkil etadi: ular, asosan, ilm ahli nutqida ishlatiladi. Biroq, ilm-fan muayyan millat, muayyan xalqning ma'naviy mulki, shu xalqning taraqqiyot darajasini ko'rsatuvchi muhim belgi ekanidan, terminlarga umumxalq tili vositasi sifatida qaraladi.

Nutq uslublari davr o'tishi bilan mukammallashadi, o'zining barqaror vositalariga ega bo'ladi, yangidan paydo bo'ladi. Masalan, uslublarning ko'rki hisoblangan va tilimizda, adabiyotda eng ko'p ishlatiladigan, badiiy uslub o'tgan asrning 50-yillaridan so'ng boyidi, rivojlandi.

Aslida, badiiy uslub nima? U nimalarni o'z ichiga qamrab oladi?

Badiiy uslub — tilning kommunikativ va estetik vazifalari birligi bilan boshqa uslublardan keskin ajralib turadi. Shuningdek, u badiiy uslubga xos unsurlardan keng foydalanishi, ekspressiv va tasviriy vositalarning ko'p ishlatilishi, so'zlarning obrazli, ko'chma metaforik qo'llanishi va boshqa belgilari bilan ajralib turadi. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo'lgan barcha lug'aviy birliklarning ishtirok etaverishi

va ularning muhim bir vazifaga — estetik vazifani bajarishga xizmat qilishini badiiy nutq uslub ining o'ziga xos xususiyati deb qarash kerak bo'ladi. Chunki ana shunday imkoniyat boshqa vazifaviy Uslubda chegaralangandir. Adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmlardan, dag'al so'zlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'lmagani holda ularni badiiy Uslubda o'rni bilan qo'llash mumkin. Vazifaviy uslubning hech birida til o'zining tuzilish jihatlari, lug'at tarkibi, ya'ni so'zning ma'no boyligi va rang-barangligini, to'g'ri va ko'chma ma'nolarni badiiy nutq uslub idagichalik namoyish qila olmaydi, grammatik qurilishi, ya'ni gaplarning barcha tiplari bilan ishtirok eta olmaydi. Badiiy adabiyotning barcha janrlarida so'z ishlatish va so'z tanlash imkoniyatlariga bir mezon bilan yondashib bo'lmaydi. Har qaysi adabiy janrning tasvir usuli, so'z tanlash yo'sini shu janrdagi asarning umumiy mavzusiga, janr turiga boglik bo'ladi. Masalan: bayon shaklida yozilgan roman, hikoyaning til vositalari bilan satirik yoki yumoristik asarning til vositalari bir xil emas. Bulardan tashqari, sinonim so'zlarning u yoki bunisidan foydalanish ham badiiy asar janriga bog'liq. Masalan, bashar, samo, oraz, mujda so'zlari, asosan, nazmda qo'llanadi. Nasrda yoki so'zlashuv nutqida esa bularning sinonimlari — odam, osmon, yuz, shamol, xushxabar so'zlari keng qo'llanadi. Badiiy nutq Uslub ida yozilgan asarlarni tasviriy vositalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ularni ko'pincha badiiy tasvir vositalari deb ataymiz.

Adabiyotdagi badiiy tasvir, ifodalilik va xushohanglik vositalari badiiy san'atlar deyiladi. Buni o'rganadigan fanni «Ilmi sanoye'» yoki «Ilmi bade'» deganlar. Sharqda she'riyat asosiy janr bo'lganidan ko'pincha she'r san'atlari tushunchasi ham badiiy san'atlar ma'nosida qo'llaniladi. Matnda ma'noni teranlashtiradigan, ko'p ma'nolilikni yuzaga chiqaradigan, ta'sirchanlik yaratadigan xilma-xil badiiy vositalar bo'ladiki, ularni ko'pincha matn ma'no-mazmuniga ko'ra idrok etamiz. Bular - ma'naviy san'atlardir. Matnda xushohanglik yaratadigan, ifodalilikni kuchaytiradigan, tovush mushtarakligi yoki uyqashligini yuzaga chiqaradigan, asosiy holatlarda so'z takroriga asoslangan badiiy san'atlar bo'ladiki, ularni ko'z bilan ko'rib kuzatish va eshitish imkoni bor. Bu - lafziy san'atlardir. Deyarli o'n asrlik o'zbek mumtoz adabiyoti namunalari arab yozuvida bitildi. Eski yozuv - arab alifbosi bilan bog'liq, harflar shakliga aloqador yoki harf daxli tufayli so'z o'zgartirish san'atlari ham birmuncha uchraydiki, biz ularni harfiy san'atlar deb atadik. Badiiy san'atlar -o'quvchi uchun adabiyot nafosati va sehrlarini idrok etish maktabi bo'lsa, havaskor shoir uchun mahorat saboqlaridir. Bularni bilgan kitobxon she'riyatimizdan chinakam boy badiiy-hissiy lazzat oladi; shoirlar yuqori mahoratli so'z san'atkorlari bo'lib yetishadilar. Uslubiy figuralar deb ataluvchi tasvir vositalariga asosan quyidagikar kiradi — inversiya, takror, o'xshatish, sifatlash, metafora, jonlantirish, antiteza, gradatsiya, ellipsis, ritorik so'roq va anafora. Ularning badiiy Uslubda faol qo'llanishi bu Uslubning o'ziga xos tarkibi mavjudligini ko'rsatadi. Til vositalarining vazifaviy chegaralanishi ularning nutq jarayonida ham farqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Keling hozir ulardan biri,

adabiyotda eng ko'p foydalaniladigan va shoir va yozuvchilarning eng ssvimli badiiy tasvir vositasi bo'lmish anafora tasviriy san'ati bilan tanishamiz.

Anafora asli grekcha anaphora - yuqoriga chiqarish yoki takrorlash sozidan olingan bo'lib, sitilistik figuralar, ya'ni badiiy san'atlar tarkibiga kiradi.

Badiiy tilning boshqa uslubiy badiiy vositalaridan farqli o'laroq, bu badiiy san'at o'zining qat'iy joylashuviga ega - ya'ni u hamisha gapning, she'rning yoki badiiy jumlaning boshlang'ich pozitsiyasida joylashadi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, misralarning boshida yoki prozaik badiiy asardagi gaplarning oldida bir xil jaranglagan tovush, ohangdosh soz yoki iboralarning takrorlanib kelishi ham anafora jarayoni hisoblanadi.

Anafora badiiy san'atining qo'llanilishining asosiy sababi agar nazmda bo'lsa, ya'niki she'rda qo'llaniladigan bo'lsa, u quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin.

- she'riy nutqning aniqligi va ritmini ko'taradi

- ohangdorligi va ifodaliligini oshiradi

- she'rni yanada ta'sirchan qiladi

- she'rni yod olishga oson qiladi.

Agar anafora badiiy asarda qo'llanilsa, u asarga quyidagicha mazmun bag'ishlaydi:

- asarning leytmotivi bo'lib xizmat qiladi;

- muallifning o'ziga xos ehtirosli ovozini yaratadi;

- yozuvchi uchun eng mazmunli ko'rinadigan fikrlar ta'kidlanadi.

Demak, anafora nafaqat she'riy nutqda, balki jumlalarning qismlari

paragraflar boshida takrorlanganda, uslubiy vositani nasrda ham topish mumkin ekan.

Quyidagi she'riy parchani bir tahlil qilib ko'raylik:

Seni ko'rsa ochilsin gullar,

Seniko'rsayonsin bulbullar,

Seni ko'rgan bari topsin jon,

Sen yurgan yo'l ko'rmasin xazon.

Hamid Olimjon yuqorida keltirib o'tgan bandda leksik takrorning anafora usulidan mohirona foydalangan. Shoir so'zlarni takrori yoradamida lirik qahramon timsolida bahor faslini madh etgan. Chunki bahor fasli kelishi bilan gullar ochiladi, qushlar uchub keladi. Yer yuzi jonlanadi. "Seni ko'rsa" takrori orqali shoir bahor faslini nazarda tutgan. Bahor kirib kelgan har bir qarich yerda xazonlarning o'rnini gullar egallaydi. Takrorlarning bu turi, she'riy misralarning boshida oxangdosh so'zning takrorlanib kelishidir.

Ushbu jumlaning lingvokulturologiya bilan bog'liqligi esa quyidagicha talqin etiladi: ma'lumki, hech qaysi millat bahorni o'zbeklar kabi intiq kutmaydi, o'zbek shoiri kabi yonib madh etolmaydi. Chunonchi, bahorga oshnolik, har bir o'zbek shoir va yozuvchisining qalamida mavjud.

Qani o'sha kuychi, xayolchan yigit?

Nechun ko'zingda yosh, turib qolding lol.

Nechun qora libos, sochlaringda oq, Nechun bu ko'klamda sen parishonhol?»2

O'zbekning mashhur shoirasi Zulfiya tomonidan bitilgan ushbu she'riy parchada ham bahor timsoli aks etgan. Ushbu she'r aslida Hamid Olimjonning

Har bahorda shu bo'lar takror, Har bahor ham shunday o'tadi. Qancha tirishsam ham u beor Yellar meni aldab ketadi.3 Yoki:

Yuzlarimni silab-siypalab, Baxting bor, deb esadi yellar. Etgan kabi go 'yo bir talab, Baxting bor, deb qushlar chiyillar.4

O'zbek she'riyatida bahor "Baxt" ramzi. Ushbu she'rni pragmatik jihatdan tahlil qilsak, shoir qushlar, yellar so'zlarini bekorga qo'llamagan. Ushbu so'zlar ham xushyor o'quvchiga ko'klamdan darak beradi va anafora badiiy san'ati bilan uyg'unlashib ketadi.

Hozirgi kunda lingvokulturologiyani chetlab otgan holda tilshunoslikda biror ishni amalga oshirish qiyin. Uni rad qilish ilmiy jamiyat etosiga mos kelmaydi.

Lingvokulturologik tadqiqotning obyekti va predmetini tushuntirishga harakat qilamiz. Barcha ijtimoiy fanlarning umumiy obyekti inson hisoblanadi. Biroq har bir fanning alohida predmeti bor - inson va uning faoliyatiga tegishli biror jihatdir.

Lingvokulturologik tadqiqotning obyekti madaniy axborotning tarjimoni bolgan tilning ozaro aloqalarini organishdir. Bu obyekt bir qancha fundamental fan - tilshunoslik va Madaniyatshunoslik, etnografiya va pragmalingvistikaning tutashgan nuqtasida paydo bo' lgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Hamid Olimjon. Tanlangan asarlari. - Toshkent, 1954. - B. 390.

2. Karimov S. Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari. - Samarqand: 1994

3. Sultonsaidova S., Sharipova O'. O'zbek tili stilistikasi. - T.: Yurist-media markazi nashriyoti, 2009

4. Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig.74-b

2 https://tafakkur.net/bahor-keldi-seni-soroqlab/zulfiya.uz

3 https://tafakkur.net/orik-gullaganda/hamid-olimjon.uz

4 https://tafakkur.net/orik-gullaganda/hamid-olimjon.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.