Adabiy nutq uslublari va ularning ona tilidagi o'rni
Gulrabo Nurmat qizi Xusomiddinova Toshkent viloyati, Parkent tumani, 2-son kasb-hunar maktabi
Annotatsiya: Nutq madaniyati tushunchasining aniq mavjud hodisa ekanligi, ko'rib o'tilganidek, uning adabiy til va adabiy til madaniyati bilan bog'liqligida bo'lsa, ikkinchi tomondan, kishilarning kundalik nutqiy faoliyati bilan aloqadorligidadir. Adabiy tilking (muayyan normalarga solingan, silliqlangan madaniy tilning) mavjudligining o'zigina hali nutq madaniyatini tashkil etmaydi. Adabiy tildan, uning madaniylashgan vositalaridan bu tilda gagshruvchi kishilar jamoasi o'z nutqiy faoliyatlarida foydalangandagina adabiy til mavjud nutqiy hodisaga, nutq madaniyatining kuchli vositasiga aylanadi.
Kalit so'zlar: nutq, adabiy, nutq, uslubiyat, uslub, ona tili
Literary speech styles and their place in the mother tongue
Gulrabo Nurmat kizi Khusomiddinova Tashkent region, Parkent district, Vocational school №2
Abstract: The fact that the concept of speech culture is a clearly existing phenomenon, as seen, is due to its connection with the literary language and culture of the literary language, and on the other hand, it is related to the daily speech activity of people. The mere existence of a literary language (polished cultural language with certain norms) does not constitute speech culture. Literary language becomes an existing speech phenomenon, a powerful tool of speech culture only when a group of people who speak this language use literary language and its cultured tools in their speech activities.
Keywords: speech, literary, discourse, methodology, style, native language
Hozirgi zamon o'zbek adabiy tilida ta'lim-tarbiya ishlari olib boriladi, ilmiy va badiiy adabiyotlar nashr etiladi, ro'znoma va oynomalar chiqariladi. Radio va televidenie eshittirishlarida ushbu til normalariga amal qilinadi. Yozma nutqda, ya'ni yozganda biz o'zbek tilining imlo qoidalariga, gapirganda esa, adabiy talaffuz normalariga amal qilamiz va hokazo. Uzbek adabiy tili, uning madaniy vositalari umummajburiy norma sifatida o'qitiladi va o'rgatiladi. Adabiy til, uning yozma va og'zaki shakli normalar bu tilda so'zlovchilarning ko'psonli shaxsiy nutqlari va bu nutqlar yig'indisidan iborat bylgan umum norma sifatida namoyon bo'ladi. Masalan,
www.0penscience.uz / issn 2181-0842 1630
o'zbek adabiy tilida minglab, millionlab kishilar gaplashadi. Bu kishilarning har biri aloqida shaxs, alohida nutq egalaridir. Ammo ularning barchasi uchun umumiy bo'lgan nutqiy qurol - yagona o'zbek adabiy tilidir. Mana shu ko'psonli shaxslar, bir tomondan, yagona bitta adabiy til - o'zbek adabiy tilidan foydalanishiga ko'ra, ikkinchidan esa, bitta til atrofida birlashayotganliklariga ko'yra muayyan umumiylikka, uyushganlikka ega. Mana shu umumiylik tilshunoslikda til uyushmasi (jamoasi) deb yuritiladi. Muayyan til uyushmasini mushtarak qilib turadigan asosiy omil aloqa quroli bo'lgan tilning yagonaligi va bu til adabiy normalarining umummajburiyligidir. Adabiy til va uning normalari avvalo o'rta va oliy maktab ta'limi orqali, qolaversa oiladagi tarbiya orqali o'zlashtiriladi. Adabiy tilni egallashda mustaqil shug'ullanish, ayniqsa badiiy adabiyotlarni, ro'znoma va oynomalarni o'qish, radio va televidenieni tinglash muhim rol o'ynaydi. Demak, adabiy til, adabiy xil madaniyati o'qish o'rganish, tinimsiz shug'ullanish orqali egallanadigan nutqiy hodisadir.
Adabiy nutq va u bilan bog'liq bo'lgan adabiy til madaniyati - bu avvalo nutqiy ko'nikma, nutqiy malakadir. Adabiy nutq malakasiga - adabiy til normalarini egallash orqali erishiladi. O'rta maktab ta'limida nutts, malakasi, nutqiy ko'nikma, yozma nutq ko'nikmasi, og'zaki nutq ko'nikmasi, nutq madaniyati malakasi singari tushunchalar mavjud. Aslida bu tushunchalarning barchasi adabiy til madaniyatini egallash bilan bog'liqdir. Ko'rinadiki, adabiy til normalarini qayta nshlash, ongli boshqarish qanchalik zarur bo'lsa, bu normalarni amalda sinab ko'rish va baholash ham shunchalik zarurdir. Mana shunday sababga ko'ra adabiy til normalarini belgilash, uni qayta ishlash, silliqlash birdan boshlanadigan, birdan hal bo'ladigan va tezda tugaydigan jarayon emas, balki doimo va muttasil davom etadigan ishdir. Demak, adabiy til doimiy g'amxo'rlikka muhtojdir. Shunday qilib, nutq madaniyatini egallash - nutq madaniyati ko'nikmasini hosil qilishdir. Bu ko'nikma o'zbek adabiy tili, uning og'zaki va yozma shakli normalarini o'rganish va egallash bilan bog'liqdir. Nutq madaniyati ko'nikmasi - adabiy til va uning normalarini passiv emas, balki faol egallashdir. Tilni faol egallash - tilni ongli ravishda o'zlashtirish va undan og'zaki hamda yozma nutq amaliyotida unumli va xatosiz foydalana olish demakdir. Ba'zi kishilarning o'zbek tilida nuqsonsiz va ravan yoza olmasligi yoki adabiy tilda erkin so'zlay olmasligi ularning o'zbek adabiy tilini faol egallamaganligidan darak beradi. Nutqning bu ikkala shakli ham yagona adabiy til normalariga tayanib ish ko'radi. Shu sababli ularda mushtarak lug'aviy normalar, umumiy morfologik, sintaktik vosita mavjud. Ammo yozma nutq amal qiladigan imloviy, punktuatsion normalar og'zaki nutqda, og'zaki nutq amal qiladigan talaffuz normalari, ohangiy (intonatsion) normalar yozma nutqda yo'q yoki etakchi rol o'ynamaydi. Mana shunday farqli tomonlar yozma va og'zaki nutqning sintaktik qurilishida, so'z shakllarining to'liq va noto'liq qo'llanishlarida, imo-ishora bilan bog'liq (paralingivistik) vositalarning ishlatilish xususiyatlarida ham ko'rinadi. Bular yozma va og'zaki nutq madannyatini
www.openscience.uz / issn 2181-0842 1631
egallashning o'ziga xos xususiyatlari mavjud ekaniga dalildir. Shu sababli ham nutq madaniyati sohasida yozma nutq madaniyati, og'zaki nutq madaniyati deyilgan tushunchalar mavjud. Bu tushunchalar o'zida yozma va og'zaki nutq shakllari oldiga qo'yiladigan nutq madaniyati talablarini ifodalaydi. Yozma nutq doirasiga ilmiy nutq, rasmiy nutq, publitsisgik nutq, qisman badiiy nutq, shuningdek radio va televidenie uchun tuzilgan yozma matnlar tili kiradi. Keltirilgan yozma nutq ko'rinishlarining o'zaro farq qiladigan normatik tomonlari bor. Shunga ko'ra, bu normalarga amal qilish bilan bog'liq bo'lgan nutq madaniyati talablari ham mavjudligi shubhasiz. Nutqning keltirilgan vazifaviy tiplari ba'zan ilmiy til, rasmiy til, badiiy til deb ham yuritiladi. Og'zaki nutq dastlab ikki tipga ajraladi: 1) oddiy so'zlashuv nutqi; 2) adabiy so'zlashuv nutqi.
Oddiy so'zlashuv nutqi o'zbek tilida tabiiy holda mavjud bo'lgan og'zaki nutq ko'rinishlaridan iborat. Masalan, turli o'zbek sheva va lahjalari tili, ya'ni dialektal nutq ko'rinishlari, shevachilik unsurlari ta'sirida bo'lgan kundalik so'zlashuvning boshqa xil ko'rinishlari va b. Oddiy so'zlashuv nutqining til bazasini adabiy til tashkil etmaydi. Shu tufayli oddiy so'zlashuvdan biz talqin qilayotgan ma'nodagi nutq madaniyati talab qilinmaydi. Oddiy so'zlashuv oldiga qo'yiluvchi nutqiy talablar aniq lahja va shevalarning tabiiy normalari bilan ko'proq lisoniy talablar bilan bog'liq bo'ladi.
Adabiy so'zlashuv nutqi adabiy tilning og'zaki nutq doirasidagi vazifalaridan yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda adabiy so'zlashuv nutqi - adabiy til madaniyatiga, ya'ni adabiy til normalariga amal qilgan holda gapirishdir. Ammo adabiy tilda so'zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha qiyinchilik bilan erishiladigan jarayondir. Buning bir qator sabablari bor: 1) og'zaki nutqda shevachilikning ta'siri kuchli bo'ladi; 2) og'zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o'ylab ish tutish imkoni kam bo'ladi. Chunki og'zaki nutq yozma nutqdan tezkor (avtomatik) jarayon ekani bilan farqlanadi; 3) og'zaki nutqning o'ziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud.
Chunonchi gap bo'laklarining tushib qolishn, qisqarib ketishi, o'rin almashishi, aksincha keraksiz unsurlarning, takrorlarning bo'lishi va b; 4) og'zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari muhim rol o'ynaydi; 5) og'zaki nutqning yuzaga chiqishi so'zlovchining kayfiyatiga, nutq so'zlanayotgan vaziyatga, so'zlovchi nutqiy a'zolarining normal va sog'lomligiga bog'liq; 6) og'zaki nutq normalarining barcha xususiyatlarini payqash, yozib olish, o'rgatish va o'rganish ancha qiyinchilik bilan kechadi; 7) og'zaki nutq bir butun hodisa (matn) sifatida cheksiz va son-sanoqsiz shaxsiy (individual) faoliyatdir. Uning ko'pgina qirralari turli sharoitlarda o'zicha kechadi va payqalmagan holda beiz yo'qolib ketadi; 8) og'zaki nutqning lisoniy xususiyatlari fanda yozma nutqqa nisbatan kam o'rganilgan; 9) og'zaki nutqni normalash ishlariga shu kunga qadar fanda nihoyatda kam e'tibor berildi; 10) kishi
www.openscience.uz / issn 2181-0842
1632
so'zlaganda o'z nutqiga xuddi yozayotgandagi kabi etarli e'tibor beravermaydi va boshqalar.
Nutqiy turlarni ba'zan ijtimoiy tabaqalar va guruhlar tili nuqtai nazaridan nomlash ham uchraydi. Chunonchi: o'qituvchilar nutqi, o'quvchilar nutqi, yosh-talabalar nutqi, bola nutqi (bog'cha bolalari nutqi) kabi.
Nutqning yuqorida keltirilgan xillari ham nutq madaniyatining asosiy talablariga bo'ysunadi. Chunki ularning til asoslari ham adabiy til normalaridir. Shu tufayli ham bu nutqiy ko'rinishlardan talab qilinuvchi nutq madaniyati haqida ham alohida gapirish mumkin. Mana shu asosga ko'ra o'quvchilarning nutq madaniyati, o'qituvchilarning nutq madaniyati, sahna nutqi madaniyati, lektor nutqi madaniyati, radio nutqi madaniyati, televidenie nutqi madaniyati, umuman keng ma'noda og'zaki nutq madaniyati haqida ham gap yuritish asoslidir. Ammo keltirilgan nutq xillarining asosiy lisoniy xususiyatlari, ular amal qiluvchi adabiy normalar bu nutqlarda yo'l qo'yilayotgan ba'zi nuqsonlarning ob'ektiv va sub'ektiv sabablari o'zbek tilshunosligida deyarli o'rganilgan emas. Tanqidiy ruhda yozilgan ba'zi maqolalarda adabiy talaffuzni buzish bilan aloqador ba'zi kamchiliklar tanqid qilinadi, ammo bu nuqsonlarni tuzatishning samarali ilmiy va amaliy yo'llari etarli ravishda ko'rsatib berilmaydi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
1. Karimov I. A. BarKamol avlod orzusi. ToshKent: «Sharq nashriyoti Kontserni», 1999 .
2. Ahmadjon B., Islom odobi va madaniyati. ToshKent: «Cho'lpon», 1995 .
3. Zunnunov A., Hotamov N. Esonov J. MaKtabda adabiyot o'qitish metodiKasi. ToshKent: «O'qituvchi», 1993 .
4. Yo'ldoshev K. Adabiyot o'qitishning ilmiy-nazariy asoslari. ToshKent: «O'qituvchi», 1996
www.openscience.uz / issn 2181-0842
1633