Научная статья на тему 'SO`ZLASHUV LEKSIKASIDA USLUBIY BO`YOQDOR SO`ZLARNI ISHLATILISHI'

SO`ZLASHUV LEKSIKASIDA USLUBIY BO`YOQDOR SO`ZLARNI ISHLATILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3579
83
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ADABIY SO'ZLASHUV STILI / GRAMMATIK VOSITALAR / OG'ZAKI NUTQ

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qayumova M.M.

Ushbu maqolada So`zlashuv leksikasida uslubiy bo`yoqdor so`zlarni ishlatilishi haqida bayon qilingan.Har qanday til ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi: o’gzaki va yozma. Tabiiyki, tilning o’gzaki shakli tilning yozma shaklidan farq qiladi. Bunda ko’pincha so’zlashuv stiliga xos so’z va iboralarga e’tibor beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE USE OF METHODOLOGICALLY COLORED WORDS IN COLLOQUIAL LEXICON

This article describes the use of methodologically colored words in colloquial vocabulary. Any language comes in two forms: oral and written. Of course, the oral form of a language is different from the written form of a language. It often focuses on words and phrases that are specific to the style of speech.

Текст научной работы на тему «SO`ZLASHUV LEKSIKASIDA USLUBIY BO`YOQDOR SO`ZLARNI ISHLATILISHI»

Qayumova M.M.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi

SO ZLASHUV LEKSIKASIDA USLUBIY BO YOQDOR SO ZLARNI

ISHLATILISHI

Annotatsiya:Ushbu maqolada So^zlashuv leksikasida uslubiy bo^yoqdor so^zlarni ishlatilishi haqida bayon qilingan.Har qanday til ikki ko'rinishda namoyon bo'ladi: o'gzaki va yozma. Tabiiyki, tilning o'gzaki shakli tilning yozma shaklidan farq qiladi. Bunda ko'pincha so 'zlashuv stiliga xos so'z va iboralarga e 'tibor beriladi.

Kalit so'zlar: Adabiy so'zlashuv stili, grammatik vositalar, og'zaki nutq

Kayumova M.M. department of foreign languages and literature Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

THE USE OF METHODOLOGICALLY COLORED WORDS IN

COLLOQUIAL LEXICON

Abstract: This article describes the use of methodologically colored words in colloquial vocabulary. Any language comes in two forms: oral and written. Of course, the oral form of a language is different from the written form of a language. It often focuses on words and phrases that are specific to the style of speech.

Keywords: Literary style, grammar, oral

Biz so'zlashuvda ko'pincha ba'zi so'zlarni qisqartirib berilganini ko'ramiz: ingliz tilida: It's no use; don't be silly; you'd better mind you business; I do wish, mum, I'd brought my camera: so what's wrong? Sorry the bridge is out of order, etc.

Og'zaki nutqda undovlar, ayniqsa, so'zlashuv uslubiga xos so'z birliklari ko'p ishlatiladi. Masalan, How about the bags! Why do you come here! You'll buy it for a song! I lost my head-I've got it very badly! Step aside, boy! No wonder! See? OK. Bob, keep to the point. I couldn't be worse-It might be worse! O'zbek tiliga bu quyidagicha tarjima qilinadi: Obbo, azamat-e! Iya! Balli! Yashang, o'rgilay! Aylanay! Mayli! kabilar.

So'zdagi unlilarning cho'zib talaffuz qilinishi ajablanish, ta'kid, kuchaytirish, hayajon,olqish, erkalash, yalinish kabi konnotativ ma'nolarni ifodalaydi.

Uyda, ko'chada, insonlarning o'zaro so'zlashuvida qo'llanadigan uslub so'zlashuv uslubi deb ataladi.

So'zlashuv uslubida llug'aviy va iboraviy usullar tasnifi masalasi uzuksiz muhokama qilinib kelinmoqda. Ko'pchilik tilshunoslar an'anaga binoan so'zlashuv uslubinig ko'plab turlarini farqlab kelmoqda.

So'zlashuv stilining ikki xil ko'rinishi bor;

1. Adabiy so'zlashuv stili. Bu uslubning til me'yorlariga rioya qiladigan ko'rinishi.

2. Оddiy so'zlashuv stili. Bunda nutq me'yorlariga rioya qilinmaydi.

Adabiy so'zlashuv stilida o'qituvchilar, suxandonlar, jurnalistlar, ilmiy

xodimlar, yozuvchi va shoirlar, rahbar xodimlar, artistlar gaplashadilar. Bu stil dars jarayonida, sahna nuqtida, kino san'atida, telefilmlar, axborotlar, teleocherklar, radiointsenirovkalarda ishlatiladi. Adabiy so'zlashuv stilida jargon va sheva so'zlari bo'lmaydi. Oddiy so'zlashuv stilida betakalluflik bilan erkin muomala qilinadi. Bunda shunday so'zlar ishlatiladiki, ular adabiy tilda bo'lmasligi mumkin. Lekin bunday so'zlar badiiy nutqda ayrim personajlar nutqining o'ziga xosligini ta'minlash uchun qo'llanishi mumkin. Oddiy so'zlashuv nutqi dialektal nutqni ham aks ettiradi. So'zlashuv uslubidagi nutq ko'pincha diologik shaklda bo'ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasidan tuzilgan nutq diologik nutq deyiladi. So'zlovchi qaysi dialekt vakili bo'lsa, shu dialektda gapirishi mumkin.So'zlashuv uslubida ko'pincha turli uslubiy bo'yoqli so'zlar, grammatik vositalar, tovushlar tushib qolishi, orttirilishi mumkin.So'zlashuv uslubida gapdagi so'zlar tartibi ancha erkin bo'ladi, piching qochiriqlar, kinoyalar ko'plab ishlatiladi. Ko'proq soda gaplar, to'liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. So'zlashuv uslubi kishilarning kundalik rasmiy-norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining o'ziga xos tarzda amal qilishidir. Uni ma'lum ma'noda tildagi boshqa uslublarga qarama-qarshi qo'yish mumkin. Bu uslubning o'ziga xos xususiyati nutq jarayonida til va tildan tashqari omillarning uyg'un bo'lishida ko'rinadi. Ayni paytda, bu holat so'zlashuv uslubidagi me'yoriy holatlarni belgilashni qiyinlashtiradi. Chunki tildan foydalanuvchining shaxsi, buning ustiga, nutqiy vaziyat yagona bir me'yorni tayin etishga imkon bermaydi.Shunday bo'lsa-da, so'zlashuv uslubining o'ziga xos me'yorlari haqida mulohaza yuritish uchun ham tilimizda dalillar yetarli. Ammo nima bo'lganda ham bu me'yorlarni so'zlashuv uslubi uchun muhim bo'lgan til va tildan tashqari omillarning uyg'unligidan axtarish bizni asl maqsadga yaqinlashtiradi.

Xo'sh, so'zlashuv uslubi qanday o'ziga xosliklarga ega? Birinchidan, nutq elliptik xarakterda bo'ladi. Lekin bunday holatda ham tinglovchiga fikr tushunarli bo'ladi. Chunki u oldin aytilgan fikrning mantiqiy davomi bo'ladi. Masalan, qorami? ko'kmi? shaklida beriladigan savolni ikki xil vazifada olib ko'raylik. Agar biz uni uy bekasi tilidan eshitsak, qora choy damlaymi yoki ko'k choy damlaymi? degan ma'noda tushunishimiz mumkin. Xuddi shu savolni do'kon sotuvchisi tilidan eshitsak, qora choy olsizmi yoki ko'k choy sotib olmoqchimisiz? ma'nosida tushunishimiz ham mumkin.

Ikkinchidan, so'zlashuv nutqida til birliklari o'zining ekspressivlik imkoniyatlarini keng namoyish qiladi. Masalan, ulguramizmi ? degan savolga yo'q, ulgurmaymiz deyishdan ko'ra vaziyatdan kelib chiqib, ulgurib bo'pmiz, ulgurish qayoqda, ulgurib ham bo'ldik singari javoblar birmuncha tabiiy va ekspressivroq bo'lib chiqadi.Uchinchidan, bu uslubda ohang - intonsiyaning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ohang og'zaki nutqning reallashuvida til birliklaridan keyingi muhim, hal

qiluvchi vosita bo'lib, uning nutq tempi, pauza, ton, melodiya, tovush tembri, so'z va gap urg'usi kabi ko'rinishlari ma'noni farqlashda, ottenkalarni ajratib ko'rsatishda, hayajonni kuchaytirishda xizmat qiladi. So'zlashuv uslubi ham boshqa vazifaviy uslublar kabi fonetik, leksik, grammatik o'ziga xosliklarga ega.

Nutqda tovushlarning uyg'unlashuvi, bir tovush o'rnida ikkinchisining talaffuz qilinishi (traktir, zaril, bironta), tovushlarning o'rin almashishi, tovushlarning orttirilishi, tushirib qoldirilishi kabi fonetik hodisalar avvalo so'zlashuv uslubida namoyon bo'ladi.So'zlashuv uslubi leksikasida ikki qatlam alohida ajralib turadi. Birinchi qatlam - bu kundalik turmush muomalasida faol qo'llaniladigan ijtimoiy hayot va uy-ro'zg'or yumushlari bilan bog'liq so'zlar. Bundan tashqari bu uslubda «...siyosat, san'at, madaniyat, sport va so'zlovchining kasb-hunarga mansub xilma-xil narsa va hodisalarni ifodalovchi umumadabiy leksika ko'plab ishlatiladi» Ikkinchi qatlam - og'zaki nutqdagi ekspressiv bo'yoqqa ega bo'lgan so'zlar. Ular neytral qiymatdagi so'zlar bilan sinonimik munosabatga kirisha oladi: So'zlashuv uslubida nutqiy vaziyatning ahamiyati juda katta. Salom, assalomu alaykum, vaalaykum assalom, xayr, ha, yo'q, albatta, aha, xo'p singari so'zlar nutqda ko'p ishlatiladi.Kitobiy nutq uchun bog'lovchisiz qo'shma gaplar odatda xos emas, og'zaki so'zlashuv nutqi uchun esa, aksincha, xarakterlidir. So'zlashuv nutqidagi sodda gaplar ko'pincha fe'l bilan ifodalangan kesimning yo'qligi bilan xarakterlanadi. Hatto ba'zan shunday holatlar ham bo'ladiki, bunday gaplarga fe'l-kesimni qo'yib ham bo'lmaydi.

Bu stilda ishlatiladigan faol so'zlar lug'at tarkibining asosiy qismini tashkil etadi. Bunday so'zlar uyda, ko'chada, ishxonada, bozorda, to'y-tomoshada ishlatiladi. So'zlashuv stilida qo'llanadigan asosiy so'zlar; bring about, get off, go back to cram, kid, grub, flashpots, beans, bucks, shekels, jail, cage, can. Ona, bola, ota, ingliz tilida: to begin to dismiss, to eat, child, food money, prison kabilar uslubiy bo'yoqsiz bo'lgani uchun neytral so'z hisoblanadi. Lekin bu stilda yana shunday so'zlar ishlatiladiki, ular yo ijobiy yoki salbiy bo'yoqqa ega bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdullayeva Q. va boshq. O„qish kitobi, 2-sinf uchun darslik. - Toshkent: O„qituvchi, 2007.

2. Ashrapova T. Uchinchi sinfda o„qish darslari. - Toshkent: O„qituvchi, 1986.

3. Ashrapova T., Odilov M. Ona tili metodikasi. - Toshkent: O„qituvchi, 1984.

4. Boshlang„ich sinf davlat ta"lim standartlari. Boshlang„ich ta"lim// 2005. - №5.

5. Boshlang„ich ta"lim o„quv dasturi. - Toshkent, 2008.

6. Homidiy H. va b. Adabiyotshunoslik terminlari lug„ati. - Toshkent: O„qituvchi,1967. - 300 b.

7. Karimov I. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi// Xalq so„zi. 2011- yil 22- yanvar, №16 (5183)

8. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. - Toshkent: O„zbekiston, 1999.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.