DOI: 10.24412/2181 -144X-2024-3-97-105
Shermuxamedov A.A., Jurayev M.N., Boynazarov O'.R.
AVTOMOBIL TRANSPORTI VOSITALARIDA BUG'DOY DONINI TASHISHNI SAMARALI TASHKIL ETISH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Shermuxamedov a.A.^0000-0002-2910-9806], Jurayev M.N. 2[°009-°009-6397-9352], Boynazarov O'. r.W09-0002-5678-701 x]
1Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institute, texnika fanlari doktori, professor, E-mail: [email protected], 2Toshkent davlat transport universiteti, PhD. dotsent, E-mail: [email protected], 3Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Annotatsiya. Макрлада iste'molchilarning tashishga bo'lgan ehtiyojiniqondirish talabinibajarishga qaratilgan, qatnov vaqti, qatnovlari soni va tashish hajmlari bilan funksional ravishda bog'langan ko'rsatkichlari asosida ehtimoliy modellashtirish masalasi ko'rib chiqilgan hamda bu bug'doy donini iste'molchilariga avtomobil transporti vositalari bilan belgilangan miqdorda, turli masofalardan tashib berish jarayoni uchun qo'llanilgan. Bunda, bug'doy donini tashishda foydalaniladigan avtomobil transporti vositalarining yuk ko'tarish qobiliyatining ish unumiga bog'liqliligi va turli tashish masofalar (8, 12, 16, 20, 25, 30, 35) km dan belgilangan hajmini aniq ehtimollikda ta'minlash uchun ajratiladigan avtomobil transporti vositalarining sonini aniqlangan. Kalit so'zlar: tashish, bug'doy, avtomobil transporti vositalari, qatnov, masofa, ehtimollik, yuk, model.
Аннотация: В статье рассмотрен вопрос вероятностного моделирования, направленного на удовлетворение спроса потребителей на перевозки на основе показателей, функционально связанных со временем в пути, количеством рейсов и объемами перевозок, а также процесса транспортировки зерна пшеницы потребителям в заданных количествах средствами транспорта. транспортных средств с разных расстояний, используемых для. При этом установлена зависимость грузоподъемности транспортных средств, используемых при перевозке зерна пшеницы, от производительности работ и различных расстояний перевозки (8, 12, 16, 20, 25, 30, 35) км с целью обеспечения указанный объем с определенной вероятностью определял количество выделяемых автотранспортных средств.
Ключевые слова: перевозка, пшеница, транспортные средства, путешествие, расстояние, вероятность, нагрузка, модель.
Abstract: The article considers the issue of probabilistic modeling aimed at satisfying consumer demand for transportation based on indicators functionally related to travel time, number of trips and transportation volumes, as well as the process of transporting wheat grain to consumers in specified quantities by means of transport. vehicles from different distances used for. At the same time, the dependence of the carrying capacity of vehicles used in the transportation of wheat grain on the productivity of work and various transportation distances (8, 12, 16, 20, 25, 30, 35) km was established in order to ensure the specified volume with a certain probability determined the number of allocated vehicles.
Keywords: transportation, wheat, vehicles, travel, distance, probability, load, model.
Kirish
Tashish hajmlarini oshirish, avtomobil transporti vositalarining ish ko'rsatkichlaridan samarali foydalanish, iste'molchilarning yuk oqimlarini tashib yetkazishga bo'lgan ehtiyojlarini o'z vaqtida kafolatli qondirish va iqtisodiy samaradorlikni ta'minlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Qishloq xo'jaligi faoliyatini tashkil etishda transport, agrosanoat ishlab chiqarishi texnologik zanjirida bog'lovchi zveno bo'lib hisoblanadi. Qishloq xo'jaligi yuklarini tashish va ortish-tushirish ishlariga ketadigan mehnat xarajatlari 40-45% ni, yoqilg'i xarajatlari esa -50% gachani tashkil qiladi [2]. Bugungi kunda qishloq xo'jaligiga samarali transport xizmatlari ko'rsatishning yo'llaridan biri tashishlarni bazaviy transport vositalaridan foydalanish bilan tashkil qilish va tashish texnologiyalarini takomillashtirish bo'lib
hisoblanadi.
Qishloq xo'jaligida bug'doy eng ko'p tarqalgan asosiy donli ekinlardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda bug'doy butun yer yuzasida o'zining ekin maydoni bo'yicha boshqa ekinlar orasida birinchi o'rinda turadi. Ular yer yuzida jami ekilayotgan maydoni 225 mln gektarni tashkil qiladi. Bug'doy eng ko'p ekadigan mamlakatlar Rossiya, Xitoy, AQSH, Hindiston, Kanada, Argentina, Fransiya va boshqa bir qator mamlakatlar kiradi.
Bug'doyni hosilini yig'ib terib olish don yetishtirish va uning yangi hosilini yetishtirishdagi eng so'nggi va eng mahsuliyatli davr hisoblanadi. Yig'im o'rin ishlarini qisqa muddatda tugallash, nobutgarchilikni oldini olish, bug'doydan mo'l hosil yetishtirishning asosiy garovidir [2,4,7].
Material va metodlar
Avtomobil transporti vositalarida don mahsulotlarini tashishning asosiy xususiyatlaridan biri bu mavsumiylikdir. Shuning uchun klaster va fermer xo'jaliklari mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish va avtomobil transporti vositalarini samarali ish ko'rsatkichlarini ta'minlagan holda tashish xizmatlarini amalga oshirish lozim bo'ladi.
40000
4-8-iyun
9-13-iyun 14-18-iyun 19-23-iyun
Oy, Kunlar
1-rasm. Mavsum davomida bug'doy donini dalalardan don tayyorlov markazlariga tashish hajmini o'zgarishi.
Bunda, viloyat bo'yicha 4 - 8 - iyun kunlarida 10647 tonna, 9 - 13 iyun kunlari davomida 23825 tonna, 11 - 18 - iyun kunlari 33849 tonna, 19-23 iyun kunlarida 31930 tonna o'zgaruvchan hajmda bug'doy donlari yetkazib berilgan hamda mazkur o'alla yio'im terimlariga 1750 ta transport vositalari jalb etilgan. Bu ko'rsatkichlar tumanlar kesimida 2-rasmda keltirilgan.Qatnovlar va ekspluatatsiyadagi avtomobil transporti vositalari sonlarining ehtimollik xarakteri, yuklarni kunlik yuk tashib bera olish imkoniyatiga ta'sir qiladi [1,3,6]. Ma'lum bir kunda ishga chiqadigan avtomobillar sonining kamayishi yoki turli masofalardan don tashish hajmlariga bo'lgan ehtiyojlarining oshishi (kamayishi) hisobiga kunlik tashish hajmini boshqarishda muommalarni yuzaga keltiradi. Tadqiqot doirasida o'rganilganda, Qashqadaryo viloyatida bug'doy donini ekin maydonlaridan don tayyorlov markazlariga yetkazib berish hajmining mavsum (04.06.2023 - 03.07.2023) davomida o'zgarishi o'rganildi "(1-rasm).
YAK AVTOMOBALPAR SON I
325
219
100
153 \
125
\ Z
120-
■112
138.
■120.
80 - 81
140
25
f / ^ / / ^ S ¿f / /
2-rasm. Qashqadaryo viloyatida 2023-yilda g'alla yig'im-terim ishlariga jalb etilgan transport vositalari soni.
Don yuklarni tashish jarayonida avtomobil transporti vositalarinining ortish-tushirish operatsiyalari ostida ko'p turib qolmasligi, don yuklarni yetkazib berish tizimda transport vositalaridan samarali foydalanish, shuningdek avtomobil transporti vositalarini donlarni tashish jarayonlariga uzluksiz ta'minlash kabi masalalar muhum o'rin egallaydi. Buning uchun esa, tashish jarayonlarida ishtirok etayotgan avtomobil transporti vositalarini texnik-ekspluatatsion ko'rsatkichlarini tashish unumiga ta'siri va tashish ishonchliligini baholash lozim bo'ladi.
10000 9000 8000 7000 6000 5000 4000 3000 2000 1000 0
4.a-rasm. Bug'doy donini tashishda foydalaniladigan avtomobil transporti vositalarining yuk ko'tarish qobiliyati ish unumiga bog'liqlilik grafigi.
Hududdagi 12 km, 20 km va 30 km masofalardan bug'doy donini tashishda foydalaniladigan Kamaz 65207, MAN TGS 40.400 va HOWO 6*4 yuk avtomobil transporti vositalarining yuk ko'tarish qobiliyati (3.a-rasm) va ortish-tushirishga ketgan vaqti (3.b-rasm)ning ish unumiga ta'sirlari hisoblangan va quyidagi grafiklarda tasvirlangan.
12 km lik masofa 20 km lik masofa 30 km lik masofa
25 t MAN TGS 40.400 6x4 15 t KAMAZ 65117 6x4 18 t HOWO 6*4
7000,0
6000,0
) 5000,0
(t 4000,0
E
u c 3000,0
u
h
si 2000,0
1000,0
0,0
0,0 0,2 0,4 0,6 0,8 1,0 1,2 Ortib-tushirish vaqti (soat)
1,4
-12 km masofadagi ish unumdorligini donni ortib tushirish vaqtiga bog'liqliligi
20 km masofadagi ish unumdorligini donni ortib tushirish vaqtiga bog'l
30 km masofadagi ish unumdorligini donni ortib tushirish vaqtiga bog'l
4.b-rasm. Bug'doy donini tashishda foydalaniladigan avtomobil transporti vositalarining ortish-tushirishga ketgan vaqtning ish unumiga bog'liqlilik grafigi.
Shuni ta'kidlash joizki, oxirgi paytlargacha avtomobil transporti vositalarida yuk tashishni tashkil etish yondoshuvlari, tashish jarayonlarini baholovchi ko'rsatkichlar asosida ifoda etilgan bo'lib, bunda, ko'rsatkichlarni shakllanishini o'zgarish tabiati va ularning qiymatlarini tebranishi hisobga olinmagan. Bunday yondashuv rejali iqtisodiyot tizimidagi tashish rejalarini tuzishda qo'llanishi mantiqiy asosga ega bo'lishi mumkin edi. Chunki, jarayonlar qaytarilishi natijasida ularni ifodalovchi ko'rsatkichlar o'rtacha qiymatlari ehtimollar nazariyasini katta sonlar qonuniga muvofiq o'zining tasodifiy xarakterini yo'qotib, doimiy kattaliklar ko'rinishida bo'lar edi. Bunday yondashuv bugungi sharoitida yuzaga kelgan talablarga, ya'ni iste'molchini kundalik ehtiyojini eng kam xarajatlar va o'zgaruvchan kunlik hajmni tezkorlik bilan ta'minlash tamoyillariga to'g'ri kelmaydi.
Yuklarini tashishda avtomobil transporti vositalarining ish ko'rsatkichlarini har bir tashish yo'nalishi bo'yicha o'timallashtirish masalasi, yo'nalishning uzunligi, yo'l sharoiti, harakatni tashkil etishga qo'yilgan talablar kabi faktorlarga bog'liqdir. Bunda, har xil marshrutlar tizimida tashish jarayonining tarkibiy elementlari va ularning ko'rsatkichlarini ta'sir doirasi bo'yicha aniqlashtirish, tahlil qilish va me'yorlashtirish kerak.
Yuk tashish jarayonlarida har xil marshrutlar (j), avtomobil transporti vositalari(/), yuklar (/) va manzillar (n) uchun turlicha bo'ladi. j marshrutda ishlayotgan / turdagi avtomobil transporti vositalari faoliyati o'zgarmas qn, yst, /yuk, /yuks va o'zgaruvchan fj-q, \Auk, Vyuks xarakterdagi ko'rsatkichlar ta'sirida shakllanadi [1,5].
Bunda, qn - avtomobilni nominal yuk ko'tarish qobiliyati; yst - yuk ko'taruvchanlikdan foydalanishni statik koeffisienti; /yuk, /yuks - yukli va yuksiz qatnov uzunliklari; fj-q - yuk jo'natish va qabul qilish manzillarida avtomobillarni turib qolish vaqti; \Auk, Vyuks - yukli va yuksiz qatnovlardagi o'rtacha texnik tezliklari.
Yuk tashish jarayonlarida avtomobil transporti vositalarining marshrutda ishlash vaqti (Tm) mobaynida bajarayotgan transport ishining hajmi quyidagicha aniqlanadi:
TM
Qïuk(TM) = qn ' Yst 'zq = qn ' Yst '—yk (tonna); (1 )
tq
Avtomobil transporti vositasining yuk tashishdagi ish unumdorligi qiymati ikki xil faktorlar ta'sirida shakllanadi, ya'ni o'zgarmas tabiatga va o'zgaruvchan tabiatga ega bo'lgan ko'rsatkichlar ta'sirida shakllanadi.
Avtomobil transporti vositasining yuk tashishdagi ish unumdorligi QyUk (Tm)
aniqlanganda, qn , Yst va Tm - faktorlar qiymatlari mazkur muddatda o'zgarmas bo'lib, bu faktorlarning ish unumdorligiga ta'sirini funksional (f ) bog'lanishlar asosida ifodalash mumkin, ya'ni,
QZk (Tm) =f(Tm, qn, Yst). (2)
Ayni paytda QyUk ga ta'siri jihatdan qiymatlarini o'zgaruvchanligi jihatdan qatnov
vaqtini tyuk tasodifiy tabiatli parametr sifatida qabul qilish lozim. Shunday qilib, qatnov muddati bilan tasodifiy bog'lanishda bo'ladi, ya'ni,
QTy* (Tm ) = f ( trk ). (3)
Yuk tashishga bo'lgan ehtiyojlarini ta'minlash ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi. Iste'molchilarni shakllangan ehtiyojini ta'minlashga qaratilgan transport ish hajmlarini bajarish uchun, har bir avtomobil transporti vositalarining marshrut yo'nalishi va tashish jarayonlari ko'rsatkichlarini aniqlash lozim bo'ladi. Tashish jarayonini tashkil etishda asosiy talab, iste'molchilar ehtiyojini belgilangan muddatlarda va samarali variantda ta'minlashdan iborat bo'ladi. Mazkur talabni bajarish esa iste'molchi manzillarga tashish xizmati ko'rsatishning elementar jarayonlarini qanday shakllanishining ob'ektiv qonuniyatlarini chuqur bilishimiz va echimlar ishlab chiqishda hisobga olishimizga bog'liqdir.
Avtomobil transporti vositalarini marshrutda bo'lgan (T) vaqt mobaynida bajargan qatnovlar soni (Zq) va bunda tashilgan yuk hajmi (QT) quyidagicha aniqlanadi[1,7,8] :
T ^ lo
^ =-V-; QT = qn 'Yst • Zq . (4)
Z =2_JL =_ t
q tq ly* ly*
V V 1-q
T. yuk T. yuks
bu yerda, I/o va to -avtomobil transporti vositasini (T) vaqtda o'tgan nolinchi yo'llari yig'indisi va bu yo'lni bosib o'tishga ketgan vaqt;
Yuqoridagi ifodalardan faqat I/o, T, /yuk , /yuks ko'rsatkichlar berilgan o'zgarmas kattaliklar hisoblanadi, boshqalari esa o'zgaruvchan ko'rsatkichlar sifatida qaraladi. Qatnov vaqti masofaga va tezlik qiymatlarining o'zgaruvchan ro'yobga chiqishiga bog'liq bo'lgan murakkab funksiya sifatida shakllanadi, ya'ni,
tq = f( lyuk ' lyuks VT.yuk ,VT.yuks tj-q )■ (5)
Harakatlanish tezligi har bir i - turdagi avtomobil va j - tashish marshrutlari uchun har xil omillar ta'sirida ro'yobga chiqadi: masalan, yo'lning texnik ko'rsatkichlari, avtomobil transporti vositalarini texnik holati, tashilayotgan yuk ta'siri, harakatlanayotgan transport vositalari oqimi, haydovchini harakatlanishda ruhiy-fiziologik holati kabi omillar avtomobil transporti vositasini harakatlanish tezligini shakllantiradi. Ammo, bu omillarning tezlikka ta'siri vaqt davomida va yo'nalish bo'ylab o'zgarib turadi. Shu sababli avtomobil transport vositasini texnik tezligi, yuk jo'natuvchi va qabul qilish nuqtalarida turib qolish vaqti, uni yukli va yuksiz qatnovlarda harakatlanish vaqtlari kabi ko'rsatkichlar o'zgaruvchan kattaliklarni matematik kutilishi sifatida qaralishi lozim.
Agar biron bir natijaviy ko'rsatkichni tashkil etuvchi ko'rsatkichlar turli qonunlarga bo'ysunsa, unda mazkur umumlashtiruvchi faktorni taqsimlanish qonuni chiqarish ancha murakkab masaladir. Bunday masalani ehtimoliy modellashtirish yo'li bilan echish mumkin. Masalan, qatnov vaqti, qatnovlari soni yoki tashish hajmilarni tashkil etuvchi va ular bilan funksional ravishda bog'langan elementar ko'rsatkichlarni taqsimlanish qonunlari va ko'rsatkichlari asosida quyidagi tartibda ehtimoliy modellashtirilishi mumkin:
Ehtimoliy nuqtai nazardan o'zgaruvchan kattaliklarni X = (tj-q ;VT. yuk ;VT. yuks )
taqsimlanish ko'rsatkichlari bilan ifoda etiladi. Taqsimlanish ko'rsatkichlarini mumkin bo'lgan qiymatlarini, ularni amalga oshish ehtimollari bilan bog'laydi. Uzluksiz va diskret kattaliklar uchun taqsimlanish qonunining universal ko'rinishi bo'lib, taqsimlanish funksiyasi F(x) hisoblanadi. Bu funksiyaning nuqtadagi qiymati, sinovlar o'tkazilganda o'zgaruvchan kattalik (x) dan kichik bo'lishi ehtimoliga teng bo'ladi, ya'ni
F(x) = P(X < x). (6)
Agar o'zgaruvchan kattalikni taqsimlanish funksiyasi uzluksiz bo'lsa, unda ular ehtimollar zichligi f (x) funksiyasidan olinadigan integral shaklida ifodalanishi mumkin, ya'ni
x
F (x) = J f (x) dx (7)
—ca
O'zgaruvchan kattalik (x) ni a dan ß gacha bo'lgan oraliqqa tushish ehtimoli f (x) dan - a- ß oralig'idagi integral bilan aniqlanadi:
ß
P(a< x <ß) = J f (x)dx . (8)
a
Tadqiqot natijalari
Tashish ko'rsatkichlarni eksperement asosida aniqlangan qiymatlari asosida tashishni tezkor rejalashtirish va boshqarish natijalarini ishonchliligini, bug'doyni qayta ishlash korxonalari ehtiyojiga muvofiq bug'doy donini etkazib berish jarayonida ko'rib chiqilgan.
Tadqiqotlar davomida Qashqadaryo viloyatidagi bug'doyni qayta ishlash korxonalari va don qabul qilish maskanlari orasidagi masofalar o'rganilganda, eng ko'p uchragan, 8km, 12 km, 16 km, 20 km, 25 km, 30 km va 35 km tashish masofalari olinib, tashishda ishtirok etayotgan avtomobil transporti vositalarining ish ko'rsatkichlari tahlillari asosida, bir aylanishga ketgan vaqti, kunlik qatnovlar sonini aniqlash bo'yicha tadqiqotlar olib borildi.
Bug'doyni qayta ishlash korxonalariga don qabul qilish maskanlaridan bug'doy donini yetkazib berish jarayonini aniq marshrut uchun ko'rib chiqilgan. Olingan marshrutda lyukL = lyuks. = 12 km . Mazkur marshrutda bajarilishi mumkin bo'lgan kunlik qatnovlar soni (bitta avtomobil transporti vositasi uchun) ni taqsimlanishi normal taqsimlanish qonuni bilan ifodalanadi va bunda quyidagi taqsimlanish ko'rsatkichlari M(Zk) = 6 - qatnov sonini matematik kutilishi va a(Zk) = 0,75 - o'rtacha kvadrat chetlashishi kuzatilmoqda. Avtomobil transporti vositasining ish unumdorligini matematik kutilishi quyidagicha aniqlanadi:
M(QT) = qn ■ Yst ■ M(Zq) = 12 -1-6,0 = 72t.
Bug'doyni qayta ishlash korxonasini uzluksiz ish faoliyatini bug'doy bilan tahminlash uchun har kuni 250 tonnadan kam bo'lmagan hajmda bug'doy tashish lozim bo'ladi. Buning uchun kerakli bo'lgan avtomobil transporti vositalari soni (Ae):
Qp 250 _ ,
Ae = — « 3 ta.
M(QT) 72
Endi 3 ta avtomobil transporti vositasi bilan QP =250 tonnadan kam bo'lmagan hajmda yuk tashish ehtimolini ko'ramiz. Marshrutdagi tashish hajmi QM o'zgaruvchan kattalik bo'lib, uni ro'yobga chiqishi QT ko'rsatkichi bilan belgilanadi. Marshrutda QM =Ae qn yst Zq tashish hajmi QP dan kam bo'lmagan tashish hajmini bajarish ehtimoli quyidagicha aniqlanadi:
P(Qp <QM<œ)= P(Qp <Ae-qn-YsfZq)<™= P
-Q-< Z <M
a ~ q ~
V Ae ■ qn 'Yst
P\M(Zq)<Zq<œ\;
QP
Ae ■ qn ■ Yst
- QP hajmni bajarish uchun lozim bo'lgan o'rtacha qatnov
bu yerda, M (Zq ) = soni.
Ko'rinib turibdiki, berilgan hajmdan kam bo'lmagan miqdorda tashishni bajarish ehtimoli qatnov soni (Zq) qiymatini uning matematik kutilishi M(Zq) qiymatidan kam
bo'lmagan holda tahminlash ehtimoliga tengdir. (Zq) ko'rsatkichining taqsimlanishi normal taqsimlanish qonuni bilan ifodalanayotganligi tufayli mazkur ehtimol quyidagicha topiladi:
PM (Zq ) < Zq <mJ =F
M- M (Zq )
Zq )
-F
M (Zq ) - M (Zq ) *(Zq )
=1-0,5=0,5.
bu yerda, F
M- M (Zq )
°(Zq )
=1, F
M (Zq ) - M (Zq ) °(ZQ )
= 0,5 - normal taqsimlanish funktsiyasi
bo'lib, uning qiymatlari maxsus adabiyotlarda berilgan.
Tadqiqot natijalari tahlili
SHunday qilib mahlum bo'ldiki, (Zq) ko'rsatkichini o'rtachalashtirilgan qiymatidan kelib chiqqan holda rejalashtirish belgilangan miqdordan kam bo'lmagan tashish hajmini bajarish ehtimolini uncha yuqori bo'lmagan qiymatini ta'minlar ekan.
Tadqiqot maqsadiga ko'ra yuqoridagi masalani teskari ko'rinishda yechishimiz lozim bo'ldi: Bug'doyni qayta ishlash korxonasiga bir kunda 250 tonnadan kam bo'lmagan hajmda bug'doy donini yetkazib berish uchun nechta avtomobil transporti vositasi ajratish lozimligini ko'rib chiqamiz.
Bug'doyni qayta ishlash korxonasiga 250 tonnadan kam bo'lmagan don tashish hajmini bajarish ehtimoli 0,9 ga teng bo'lish talabi qo'yilgan. Bu holda yuqorida keltirilgan 5-ifoda quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
F
M- M (Zq ) ^(Zq )
-F
M(Zq ) - M (Zq ) )
= 0,9.
Bu ifodani birinchi qismi Ae - ko'rsatkichiga bog'liq bo'lmaganligi uchun u 1 ga teng bo'ladi va bundan quyidagi ifoda kelib chiqadi:
F
M (Zq ) - M (Zq ) )
=1 - 0,9 = 0,1.
Normal funktsiya F ni qiymati bo'yicha uni argument qiymatini aniqlashimiz kerak. Tegishli matematik jadvaldan F(x) = 0,1 bo'yicha argument x= - 1,28 ekanligini aniqladik va quyidagi ko'rinishga ega bo'ldi:
ÛZ) - M Z ) 128 °(Z9 ) ' "
Yuqoridagi ifodalar va matematik almashtirishlardan so'ng tenglamadan Ae ni
aniqlaymiz:
p QP
Q =-1,28 a(Zq) + M(Zq ).
M Z ) =
QF
Ae * qn Yst' Ae * qn *Yst
QP 250 250 . ,
A* =-r—^-—r = —-- =-« 4 ta.
qnYst[M(Zq)-1,28a(Zq)] 12(6,0-1,28 0,75) 60.48
Xulosa
Shunday qilib, bug'oyni qayta ishlash korxonasiga 250 tonnadan kam bo'lmagan tashish hajmini 0,9 ga teng ehtimollikda tahminlash uchun yo'nalishga 4 ta avtomobil transporti vositasi ajratish lozim bo'ladi. 1- jadvalda, yuqorida keltirilgan uslub orqali, 8 km, 12 km, 16 km, 20 km, 25 km, 30 km va 35 km tashish masofalari uchun 250 tonnadan kam bo'lmagan tashish hajmini 0,9 ga teng ehtimollikda ta'minlash uchun ajratiladigan avtomobil transporti vositalari soni aniqlangan hamda bu hisoblarni bajarishda turli masofali yo'nalishlarda harakatlanayotgan avtomobil transport vositalarining bir aylanishga ketgan vaqti (fayl) va rejalashtirilgan yukni tashish uchun bajaradigan qatnovlar soni (Zq) hisoblangan.
1- jadval
Turli tashish masofalari uchun belgilangan hajmini aniq ehtimollikda ta'minlash uchun ajratiladigan avtomobil transporti vositalarining sonini aniqlangan qiymatlari
Don qabul qilish maskanlaridan Tashish jarayonlaridagi asosiy ko'rsatkichlar (Q>250 t; qn = 12t; P=0.9)
№ qayta ishlash Yuk tashish hajmini
korxonalarigacha bo'lgan masofa, km tayl, soat Zq, qatnovlar soni, qatnov bajarish uchun zarur bo'lgan avtomobillar soni, Ae , dona
1. 8 1.12 7 3
2. 12 1.34 6 4
3. 16 1.52 5 5
4. 20 1.73 5 5
5. 25 1.95 4 7
6. 30 2.24 4 7
7. 35 2.45 3 10
Yuqorida keltirilgan model asosida boshqacharoq ko'rinishdagi masalalarni, ya'ni, tashishda ishtirok etayotgan avtomobil transporti vositalari bilan belgilangan miqdordagi yukni tashib berish ehtimolligi va belgilangan tashish hajmini ta'minlash uchun avtomobilni kunlik ish vaqtini qay darajada belgilanish masalalarini yechish mumkin bo'ladi. Bunda, iste'molchilarning tashishga bo'lgan ehtiyojini qondirish talabini bajarishga qaratilgan, qatnov vaqti, qatnovlari soni va tashish hajmlari bilan funksional ravishda bog'langan ko'rsatkichlari asosida ehtimoliy modellashtirish masalasi ko'rib chiqilgan hamda bu bug'doy donini iste'molchilariga avtomobil transporti vositalari bilan belgilangan miqdorda, turli masofalardan tashib berish jarayoni uchun qo'llanilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
[1]. Butaev Sh.A. va boshqalar. Tashish jarayonlarini modellashtirish va optimallashtirish. Toshkent. O'zR FA "Fan" nashriyoti, 2009. - 268 b.
[2]. A.K. Igamberdiev/ Qishloq va suv xo'jaligida transport /O'quv qo'llanma.-T.: TIQXMMI, 2020-200 bet.
[3]. Буслаев А.П., Новиков А.В., Приходько В.М. и др. Вероятности и имитационные подходы к оптимизации автодорожного движения/ Под. редакцией Коран В.М. М.: Транспорт, 2005.-344 с.
нм-уч-ил :ы4кг*0№ля
[4]. Вельможин А.В., Гудков В.А., Миротин Л.Б. (2001) Теория организация и управление автомобильными перевозками: логистический аспект фомаршрутирования перевозочных процессов. -Волгоград: РПК «Политехник», - 179 с.
[5]. Васильев Ф.П. (2011) Методы оптимизации. В 2-х кн. -М.: МЦИМО, Кн.2. -433
с.
[6]. Мочалин М.С., Кухарев Е.А. Совершенствование оперативного планирования перевозок грузов в автотранспортных системах: новый подход // Международный журнал перспективных исследований, -Т. 9, №1, 2019. -7-25 с.
[7]. Zhuraev M, Togaev and Yusufkhonov Z. Management of consumers needs for volume of transportation, taking into account the probable nature// E3S Web of Conferences 401, 01066 (2023) //CONMECHYDRO - 2023. https://doi.org/10.1051/e3sconf/20234010106.
[8]. Congli Hao, Yixiang Yue. Optimization on Combination of Transport Routes and Modes on Dynamic Programming for a Container Multimodal Transport// System Procedia Engineering - 2016. Рр. 382 - 390.