AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
UDK: 656.073.24
AVTOMOBIL TRANSPORTIDA KONTEYNER TASHISHNI TASHKIL ETISH
NAZARIYASI
Yusufxonov Zokirxon Yusufxon o‘g‘li Toshkent davlat transport universiteti, [email protected]
Annotatsiya. Ushbu maqolada konteyner tashuvchi avtomobil transport vositasi turlari va konteyner tashish tizimi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Chunonchi, konteynerlardan foydalanish imkoniyatlari, tashish afzalliklari, yuk ortish va tushirish paytida harakatlanuvchi tarkibning turib qolishi kamayishi va tashish xavfsizliklari ko‘rib chiqilgan.
Abstract. This article provides information on the types of container vehicles and the container transportation system. For example, the possibilities of using containers, the advantages of transportation, the reduction of rolling stock during loading and unloading, and the security of transportation are considered.
Аннотация. В данной статье представлена информация о типах контейнерного транспорта и системе контейнерных перевозок. Например, рассмотрены возможности использования контейнеров, преимущества перевозки, сокращение подвижного состава при погрузке и разгрузке, безопасность перевозки.
Kalit so‘zlar: konteyner, avtomobil transporti, ortish-tushirish punkti, aylanish vaqti, ritm, treylerlar.
Key words: container, road transport, loading and unloading point, cycle time, rhythm,
trailers.
Ключевые слова: контейнер, автомобильный транспорт, пункт погрузки и разгрузки, время цикла, ритм, прицепы.
Kirish
Hozirda mamlakatimiz transport logistika tizimi orqali butun dunyo bo‘ylab uzoq masofalarga, yuklarni tashish uchun qulay bo‘lgan konteynerlar orqali intermodal tashuvlar amalga oshirilmoqda. Konteynerlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazishda asosan temir yo‘l va avtomobil transportlarining o‘zaro muvofiqlashuviga alohida e’tibor berilmoqda.
Konteynerlar turli xil transport vositalari orqali tovarlarning ko‘chirilishi uchun keng qo‘llaniladigan muhim buyum hisoblanadi. Bu esa transportni optimallashtirish, tezlikni yaxshilash, oqimni tezroq bajarish va umumiy ravishda logistika nazorati ostida iqtisodiyotni samarali tashkil etishga imkon beradi. Konteynerlarni yuk tashish uchun ishlatilishi ISO 668: 1995 (GOST R 53350-2009) xalqaro standartiga mos keladigan 20, 40 va 45 futli turlari yurtimizda keng foydalanilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.04.2018-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 277-son qarorida avtomobil transport vositalarida yuklarni tashish masalalariga e’tibor qaratilgan [2].
Materiallar va uslublar
Konteyner transporti tizimi (KTT) - tizimi-bu yuklarni samarali tashishni ta’minlaydigan texnik vositalar, texnologik jarayonlar va tashkiliy tadbirlar, iqtisodiy va huquqiy standartlar majmuasi. Konteyner tashishni rivojlantirishning hozirgi bosqichi integratsiyalashgan milliy va xalqaro konteyner tizimlarini yaratish bilan tavsiflanadi.
Ko‘chma konteyner kuzovi - qayta foydalanish mumkin bo‘lgan transport uskunasining yagona birligi; yuklarni tashish va vaqtincha saqlash uchun mo‘ljallangan va avtomobil harakatlanuvchi tarkibiga mexanizatsiyalashgan o‘rnatish (olib tashlash) uchun moslashtirilgan.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
1-rasm. Avtomobil transportida KTT ning ishlashi
Konteyner tashuvchi avtomobil (konteynerovoz), konteyner tashuvchi tirkama va konteyner tashuvchi yarim tirkamalar konteynerlar va mahkamlash moslamalari bilan jihozlangan yuk tashish vositalaridir, ular yuk konteynerlarini tashish uchun mo‘ljallangan.
Konteyner tashuvchi avtomobil o‘zi yuklagich, konteyner tashuvchi tirkama o‘zi yuklagich va konteyner tashuvchi yarim tirkama o‘zi yuklagichlar yuk konteynerlarini va/yoki almashtirish kuzovlarini yuklash/tushirish uchun ko‘tarish moslamasi bilan jihozlangan konteyner tashuvchi hisoblanadi.
Konteyner tashuvchi platformali yarim tirkama - tortiladigan konteynerni mahkamlash moslamalari bilan jihozlangan, taxtali konteynerli yarim tirkama; yuk konteynerlarini tashish uchun mo‘ljallangan.
Konteyner treylerlari xalqaro savdoda muhim rol o‘ynaydi, chunki ular turli mamlakatlar va qit’alar bo‘ylab yuklarni samarali va xavfsiz tashish imkonini beradi. Ular yuk tashishning tejamkor va ekologik toza usuli hisoblanadi.
2-rasm. Konteyner tashuvchi avtomobil transporti (konteyneravoz)
3-rasm. 2 o‘qli 40 futli skelet konteyner shassisi
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
Hajmi:
Uzunligi: taxminan 12,400 mm
Kengligi: taxminan 2,480 mm (loy himoyachisi bilan birga)
Balandligi: tushirish paytida taxminan 1,560 mm
Og‘irligi:
Maks. Yuk ko‘tarish: taxminan 35000 kg
Tara vazni: 5300 kg
Avtomobilning umumiy og‘irligi: 40,300 kg
Sprender - konteynerlar uchun burchak fitinglari bo‘lgan avtomatik yoki yarim avtomatik qisqich; konteyner avtoqisqich - burchakli fitingsiz, konteynerlar uchun avtomatik yoki yarim avtomatik qisqixh, rim (ko‘zli bolt) va boshqa qurilmalar bilan jihozlangan
Konteyner ko‘targich (domkrad) kriko burchakli armatura yordamida katta hajmli konteynerlarni ko‘tarish yoki tushirish uchun mo‘ljallangan. Yuklarni konteynerlarda tashishda asosiy operatsiyalar yuk konteynerlarini yuklash, tushirish, tashish, yig‘ish, yetkazib berish, yuk konteynerlarini olib tashlash va ularni konteyner punktlari o‘rtasida tashishdir.
Yuklash - bu konteynerni yuk bilan to‘ldirish, ichidan yuk tushirish - yukni bo‘shatish, ortish - transport vositasiga konteynerni joylash, tushirish - uni transport vositasidan olib tashlash. Qayta yuklash konteynerning bir transport vositasidan ikkinchisiga o‘tkazilishini anglatadi, shtabellash esa bir konteynerni boshqasiga joylashtirishni anglatadi.
Konteynerni olib kirish - yuklash yoki tushirish joyidan konteyner punktiga yetkazib berish, olib chiqish - konteyner punktidan yuklash yoki tushirish joyiga yetkazib berish. Konteyner punkti deganda texnik vositalar majmui bilan jihozlangan va konteynerlar bilan yuklash-tushirish, ombor va tijorat operatsiyalarini, shuningdek, ularga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan punkt tushuniladi [3].
Konteynerlarni jo‘natish va belgilangan manzil o‘rtasida tashish to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bir transport turi) va aralash (bir nechta transport turlari) bo‘lishi mumkin.
Konteynerlardan foydalanish quyidagilarga imkon beradi:
harakatlanuvchi tarkibning tunb qolish vaqtini qisqartinsh;
tashish jarayonmmg ushbu bosqichida ortish-tushinsh ishlanni kompleks mexanizatsiyalashni
amalga oshmsh;
yengil qadoqlash yoki qadoqlamasdan tashish orqali tovarlami qadoqlash qiymatini keskin kamaytirish;____________________________________________________________________
]
yukning saqlanganligi;
mexanizmlardan samarah foydalanish va yuklarni katta partiyalarda jo‘natish hisobiga yuk
tashish xaraiatlarim kamaytirish;
tovarlami qisqa muddatli saqlash uchun arzon, ochiq harakatlanuvchi tarkib va konteynerlardan foydalanish;______________________________________________________________________________
aralash tashishlami amalga oshirish;
4-rasm. Konteynerlardan foydalanish imkoniyatlari
Shu bilan birga, konteynerlardan foydalanilganda ularni sotib olish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan bir martalik xarajatlar sezilarli darajada oshadi, konteynerning massasi va hajmi tufayli harakatlanuvchi tarkibning yuk ko‘tarish qobiliyati va quvvatidan foydalanish kamayadi, agar yuk qayta yuklangan holda tashilsa avtomobil transportida yetkazib berish vaqti oshadi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
/---------------------------------------\
yuk jo’natishda - bo’sh yoki yukli (jo’natuvchi qabul qiluvchi hisoblanadi) konteynemi yuklash ucliun jo’natuvchiga olib borisly yuklangan konteynemi jo’natuvcliidan avtomobil va temir yo'l stansiya, terminal va logistika markazlari konteyner punktiga yetkazib berish;
V________________________________________)
'--------------------------------------------ч
yuk qabul qilishda - yuklangan konteynemi stantsiyadan, terminaldan, pristandan tushirish ucliun olib chiqish. Bo'sli konteyner tushirUgandan so’ng sliu joyda yuklanadi (yuk qabul qiluvchi jo’natuvclii hisoblanadi) yoki yuklash ucliun eng yaqin yuk jo’natuvchiga yetkazib beriladi yoki konteyner punktiga yetkazib beriladi. ,
5-rasm. Avtomobil transportida konteyner yetkazib berish
Yetkazib berish va olib chiqish shunday tarzda amalga oshiriladiki bunda, yuk ortish va tushirish paytida harakatlanuvchi tarkibning turib qolishi minimal bo‘ladi.
Konteynerlarni transport vositasidan uzmasdan va uzgan holda tushirish (yuklash) mumkin. Birinchi holda, yuk ortish va tushirish vaqtida harakatlanuvchi tarkibning ishlamay turib qolish vaqti kamaymaydi, lekin konteynerlarning mijozda qolish vaqti kamayadi. Asosiy sabab - mijozda mexanizatsiya vositalarining yo‘qligi. Ikkinchi holda, mijoz aylanma konteyner parki bilan aylanma konteyner punktini tashkil qiladi. Bunda yuklarni ortish zavod ichidagi transport va mexanizmlardan foydalangan holda almashish shoxobchasidan konteynerlarni yetkazib berish bevosita sexlarda amalga oshirilishi mumkin [4].
Ularning almashish fondi konteynerlarni qabul qilish ritmi va ularni qayta ishlash (tushirish, yuklash, plombalash, hujjatlarni rasmiylashtirish) uchun zarur bo‘lgan vaqtga qarab tuziladi.
Natijalar va muhokamalar
Konteynerlar stansiya, terminal va logistika markazlariga yetkazilgandan so‘ng ular saralanadi, belgilangan manzillarga ko‘ra yig‘iladi va keyin jo‘natiladi. Ushbu ish tegishli yuklash va tushirish mexanizmlari (portal kranlar, avtopogruzchik va boshqalar) bilan jihozlangan konteyner punktlarida amalga oshiriladi. Konteynerlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri avtomobillarda tashishda mijozning konteyner almashish punktida poezd jo‘natmalarini shakllantirish mumkin.
Yuk oqimi uchun zarur bo‘ladigan konteynerlar soni quyidagi formula bilan aniqlanadi
(Qk * tayl)
nk =-----------— ,
(4n * Yst)
(1)
bu yerda Qk - vaqt birligida bir yo‘nalishdagi yuk oqimi, t; tayl - vaqt birligidagi konteyner aylanish vaqti; qn - konteynerning yuk ko‘tarish qobiliyati, t;
yst - konteynerning yuk ko‘tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsiyenti.
Konteynerlardan texnik foydalanish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, kti ularning ro‘yxatdagi soni
Konteynerlarning aylanish vaqti
n
kc
nk
ku
M l
fayl ( + ti ) + T’
i=1 V ei
(2)
(3)
bu yerda li - bir sikl uchun har bir transport turi bo‘yicha konteyner tashish masofasi,
km;
Vei - transport turining ekspluatatsion tezligi, km/soat;
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
tj - ortish-tushirish va qayta yuklash punktlarida konteynerni saqlash vaqti, soat;
I - yukni konteynerga ortish va undan tushirish vaqti, soat.
Avtomobilda to‘g‘ridan to‘g‘ri tashish uchun konteynerlarning kerakli soni harakatlanuvchi tarkibning uzluksiz ishlashi bilan belgilanadi, ya'ni ularni tashish uchun Rk yetkazib berish ritmi uning harakati intervaliga Ja teng bo‘lishi kerak:
Rk = Ja
J =
M
t
q
(4)
(5)
Rk
t
Ж
ayl 1 a
ft
nk
bu erda AM - marshrutda ishlovchi avtomobillar soni; na - bitta harakat tarkibiga bir vaqtda o‘rnatiladigan konteynerlar soni Bunda:
(6)
t
Ж
ayl
t
q
nk
A
ж
M 1 ayl
t„
Ж
n
a
t
q
(7)
Konteynerning aylanish vaqtini tayl transport vositasining aylanish vaqti va tq marshrut bo‘ylab ortish-tushirish punktlarida konteynerlarni qayta ishlash vaqti orqali ifodalasak, ularning kerakli soni (har bir punktda kamida na bo‘lishi kerak). jarayonning tasodifiyligini hisobga olmagan holda quyidagicha bo‘ladi:
n
nk = AMna +Z nj ;
j=1
Г wAMna * to-tj, . j
nk = max(int(- ) + sign <
t„
J Am
o-tj
Ж
; na ,
t
q
(8)
bu yerda щ - j-ortish-tushirish punktidagi konteynerlar soni, kont;
n - marshrutdagi ortish-tushirish punktlarining umumiy soni;
tnej - marshrutning j-punktida yuklash, tushirish yoki ortish-tushirish paytida konteynerning bo‘sh turish vaqti, soat;
Konteynerlar ixtisoslashtirilgan (konteyner tashuvchi) va universal harakatlanuvchi tarkibda tashiladi [5].
Konteyner tashuvchi avtomobillar katta tonnajli konteynerlarni (burchak fitinglariga mahkamlash zarurligi tufayli majbur), shuningdek, shahar va shahar atrofidagi transportda o‘rta va kichik tonnajli konteynerlarni tashish uchun ishlatiladi. Shaharlararo tashuvlarda o‘rta va kichik tonnajli konteynerlarni tashishda avtopoezd-konteyner tashuvchilardan foydalaniladi, agar ularning yuklanishi marshrutning butun uzunligi bo‘ylab ta'minlansa. Katta hajmli konteynerlarni nomuntazam tashuvlarda platformali yarim tirkama konteynertashuvchilardan foydalanish tavsiya etiladi. Konteynerlarni tashishda mehnat xavfsizligi bo‘yicha bir qator aniq talablarga rioya qilish kerak:
konteynerlarni ko‘tarish, tushirish va ko‘chirishda konteynerning ustida, uning ichida yoki yondosh konteynerlarda turish; konteynerlar o‘rnatilgan mashinaning kuzovda va konteynerning o‘zida odamlarni tashish; yukli konteynernini ikkita tasma bog‘lami bilan
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
ko‘tarish taqiqlanadi;
- yuklangan kichik va o‘rta tonnajli konteynerlarni bog‘lash to‘rtta tasma bog‘lami yordamida amalga oshirilishi kerak, bo‘shlari esa diagonal bo‘lishi kerak.
Konteynerlarni tashishning progressiv shakllari va usullari quyidagilardan iborat:
mijozlar uchun konteyner almashinuv punktlarini tashkil etish; yuqori xavfsizlikni ta'minlaydigan maxsus harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish va ortish-tushirish ishlarining qulayligini ta’minlash maqsadida yuk ko‘tarish qobiliyatidan foydalanishni pastroq og‘irlik nisbatida olish;
katta hajmli konteynerlarni tashishda maxsus mexanizmlarga ega bo‘lmagan mijozlar uchun konteyner almashinuv punktlarini tashkil etishda yuk ortish-tushirish mexanizmlari va qurilmalari bilan jihozlangan harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish;
almashinish punktlarida konteynerlarning mumkin bo‘lgan eng katta partiyalarini shakllantirish, bu ko‘proq yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan harakatlanuvchi tarkibdan foydalanishga imkon beradi, to‘g‘ridan to‘g‘ri avtomobil tashuvlarda saralashlar sonini qisqartiradi va shu bilan konteynerlarni qayta ishlash muddatini va yetkazib berish vaqtini qisqartiradi;
Xulosa
Xulosa qilib aytaganda, mijozlarga konteynerlarni olib kirish va olib chiqishni operativ rejalashtirish, avtomobil transportlarini bo‘sh yurishlarni kamaytirish va katta yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega transport vositalaridan foydalanish imkonini beradi. Bu konteynerr aylanmasini tezlashtirish uchun stansiya, terminal yoki logistika markazlari faoliyatlarini yaxshilanishini hisobga oladi va past qiymatli transport xizmatlari bilan katta sonlarda konteynerlarni yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
ADABIYOTLAR
1. ГОСТ Р 53350-2009 Контейнеры грузовые серии 1. Классификация, размеры и масса. Москва 2018. Стр: 20.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.04.2018 yildagi 277-son.
3. Милославская С.В., Плужников К.И. Мультимодальные и интермодальные перевозки: Учеб. пособие. - М.: РосКонсульт, 2001. - 368 с.
4. Ilesaliev, I. I., Makhmatkulov, S. G., & Abduvakhitov, S. R. (2020, September). Peculiarities of container terminal functioning in delivery chains. In IOP Conference Series: Materials Science and Engineering (Vol. 918, No. 1, p. 012043). IOP Publishing.
5. Илесалиев, Д. И. (2018). Анализ существующих способов доставки насыпных грузов в универсальных контейнерах. Научно-технический вестник Брянского государственного университета, (3), 304-311.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024