UDK656.12
AVTOBUSLAR HARAKATINI ALOHIDA BO'LAKLARDA TASHKIL ETISH ORQALI ALOQA TEZLIGINI OSHIRISH
Nazarov Anvar Aripovich Toshkent davlat transport universiteti texnika fanlari doktori., professor
Matyaqubov Odilbek Egamberdiyevich Toshkent davlat transport universiteti doktorant, Email:encourse1991@gmail.com, tel:+998933003467
Annatatsiya: Maqolada hozirgi kunda yirik va gavjum shaharlarning dolzarb muammolaridan biri bo'lib hisoblangan shahar ko'chalaridagi tirbandliklarning kelib chiqish sabablari va ularning jamoat transporti harakatiga tasiri oqibatida, jumladan, jamoat transporti aloqa tezligi va harakatlanish intervalining buzilishi va ularning oldini olish chora-tadbirlaridan biri bo'lib hisoblangan jamoat transportining alohida ajratilgan bo'laklarda harakatlanishi, transport oqimlarining jadalligi va ularning tarkibi, yo'lovchi tashish yo'nalishlari harakatining o'ziga xos xususiyatlari, yo'lovchi tashish tahlili, avtomobil yo'lining o'tkazuvchanlik qobiliyati va jamoat transportini harakat yo'nalishlarida kechikishi o'rganildi. Toshkent shahrida 10 ta ko'chada avtobuslar harakatlanishi uchun alohida harakatlanish bo'laklari tashkil qilinishi va kuzatuv natijalariga ko'ra, yo'lovchi tashish uchun jamoat transportiga alohida ajratilgan bo'laklarda harakatlanishni joriy etish, shuningdek, harakatlanish intervali va aloqa tezligini oshirish hisobiga shahar markaziy avtomobil yo'lining o'tkazish qobiliyatini oshirish chora-tadbirlari samaradorligi to'g'risida xulosa chiqarildi.
Аннотация: В статье рассмотрены причины возникновения заторов на городских улицах, которые считаются одной из актуальных проблем крупных и многолюдных городов, и их влияние на движение общественного транспорта, в том числе нарушение скорости движения и интервала движения общественного транспорта. Одной из мер по их предотвращению является организация движения общественного транспорта по отдельным полосам. Для чего требуется изучение интенсивность транспортных потоков и их состав, особенности движения маршрутов пассажирского транспорта, анализ пассажиропотока, пропускная способность дорог и задержки общественного транспорта. По результатам наблюдения установления отдельных полос движения для автобусного движения на улицах Ташкента. С введением отдельных полос движения общественного транспорта для общественного транспорта можно увелечить интервал движения и скорости сообщения в центральной части городов. На основе проведенных исследований можно сделать вывод об эффективности мероприятий по увеличению пропускной способности дороги.
Annotation: In the article, the causes of traffic jams on city streets, which are considered to be one of the urgent problems of large and crowded cities, and their impact on public transport traffic, including disruption of public transport communication speed and movement interval, and one of the measures to prevent them calculated public transport movement in separate lanes, intensity of traffic flows and their composition, specific characteristics of the movement of passenger transport routes, analysis of passenger traffic, road capacity and public transport delay was studied and, according to the results of the observation, the establishment of separate traffic lanes for bus traffic on 10 streets of Tashkent, the introduction of traffic in separate lanes for public transport for passenger transportation, as well as the increase of the traffic interval and communication speed of the city's central car a conclusion was drawn on the effectiveness of
measures to increase the capacity of the road.
Kalit so'zlar: Yo'l, avtobuslar, transport vositalari, aralash transport oqimi, tezlik, ajratilgan alohida bo'laklar, marshrutlar va bo'laklardagi transport oqimining intensivligi va tarkibi , tarkib harakat tezligi, harakatlanish intervali, aloqa tezligi,vaqt.
Ключевые слова: дорога, автобусы, транспортные средства, смешанный транспортный поток, скорость, интенсивность и структура транспортного потока на отдельных участках, маршрутах и участках, составная скорость, интервал движения, скорость сообщения, время.
Key words: road, buses, vehicles, mixed traffic flow, speed, intensity and structure of traffic flow in separate sections, routes and sections, composition speed, movement interval, communication speed, time.
Kirish. Kundan kunga shiddat bilan rivojlanib borayotgan shaharlarda urbanizatsiya darajasining oshishi mamlakatning yuk va yo'lovchi tashishga bo'lgan ehtiyojining ortishiga sabab bo'ladi. Bu esa, shaharlardagi kichik va katta halqa yo'llarida transport vositalari sonining oshishi va ularning shahar ko'chalarida muammosiz harakatlanishi uchun zarur chora tadbirlar ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq qilish vazifalarini keltirib chiqaradi.
Shaharlarda transport vositalarning soni ortishi ko'chada transport yuklamasining ortishiga sabab bo'ladi. Bu esa ko'chalarda turli hil darajadagi tirbandliklarni keltirib chiqaradi va o'z navbatida jamoat transporti hisoblangan avtobuslar harakatiga o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Avtobuslar shahar ko'chalardagi ma'lum bir marshrut bo'ylab harakatlanar ekan, transport vositalarining yuklanganlik darajasining oshishi ko'chaning transport vositalarini o'tkazuvchanlik qobiliyatidan oshib ketishi natijasida vujudga keladigan tirbandlik avtobuslarning ekspluatatsion ko'rsatkichlari yuqori darajadaligiga qaramasdan, ularning marshrut intervali va aloqa tezligiga juda katta salbiy ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda Toshkent shahrida yana 10 ta ko'chada avtobuslar harakatlanishi uchun alohida harakatlanish bo'laklari tashkil qilinishidan maqsad jamoat yo'lovchi transporti (avtobuslar)ning marshrutda harakatlanish muntazamligini va aloqa tezligini belgilangan vaqt bo'yicha taminlashdan ibort.
Alohida avtobuslar harakatlanish bo'laklari tatbiq qilinayotgan ko'chalar-Bobur ko'chasi (Xalqaro aeroport bekatidan Seul ko'chasi kesishmasi), Furqat ko'chasi (Seul ko'chasidan Islom Karimov ko'chasi kesishmasi), Kichik halqa aylanma yo'li (Shota Rustaveli ko'chasidan Farxod ko'chasi kesishmasi), Farxod ko'chasi (Kichik halqa aylanma yo'lidan Lutfiy ko'chasi kesishmasi), Lutfiy ko'chasi (Farxod ko'chasidan Muqimiy ko'chasi kesishmasi), Muqimiy ko'chasi (Lutfiy ko'chasidan Shota Rustaveli ko'chasi kesishmasi), Farg'ona yo'li ko'chasi (Qo'shko'prik ko'chasidan Qo'yliq ota ko'chasi kesishmasi), Istiqbol ko'chasi (Nukus ko'chasidan Shahrisabz ko'chasi kesishmasi), Axmad Donish ko'chasi (Toshkent halqa aylanma yo'lidan Nurafshon ko'chasi kesishmasi) va Sebzor ko'chasi (Nurafshon ko'chasidan Abdulla Qodiriy ko'chasi kesishmasiga qadar). Ko'chalarda harakatni tashkil etish orqali jamoat transportining faollik darajasi va aralash harakat oqibatida vujudga keladigan tirbandliklarning oldini olish chorasi nazarda tutilgan bu esa mavjud sxemalarni o'rganish va tahlil qilinishi kerakligini bildiradi [1]. Mavjud marshrut sxemalar va taxlil natijalari 1-jadvalda keltirilgan.
Tadqiqot qismi: Shuni ta'kidlash joizki, bugungi kunda avtobuslar harakati uchun alohida bo'laklar tashkil etilishi bo'yicha me'yoriy ko'rsatkichlar mavjud emas. Bu sohadagi muammolar alohida tadqiqotlar obyekti ham bo'lmagan. Shu boisdan avtobuslar harakati uchun alohida bo'laklarni tashkil etishga turlicha yondoshuvlar mavjud.
Tahlil natijalari va kuzatuvlarga ko'ra quyidagi malumotlar to'plandi. «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati malumotiga tayangan holda, Toshkent shahrining
10 ta ko'chalarida avtobuslar uchun alohida ajratilgan bo'laklar tashkil qilinishga asos bo'luvchi faktorlar keltirilgan.
1-jadval
_Mavjud marshrut sxemalar va taxlil natijalari _
№ Ko'chalar Ko'cha uzunligi (km) Co'cha kengligi (m) Yo'l bo'lak l-ari soni, (ta) Ko' chadan harakatlanuvchi jamoat transporti yo'nalishlari soni Tirbandlik hosil bo'layotgan chorrahalar
1 Bobur ko'chasi (Xalqaro aéroport bekatidan Seul ko'chasi kesishmasiga qadar) 3.4 30 8 23 ta (18 ta avtobus ,5ta yo'nalishli taksi) Nukus,Sh.Rustaveli ko'chalari kesishmalari
2 Furqat ko'chasi (Seul ko'chasidan Islom Karimov ko'chasi kesishmasiga qadar) 1.38 30 8 14 ta (11ta avtobus, 3 ta yo'nalishli taksi) Islom Karimov ko'chasi kesishmasi
3 Kichik halqa aylanma yo'li (Shota Rustaveli ko'chasidan Farxod ko'chasi kesishmasiga qadar) 3.3 36 8 23 ta (19 ta avtobus , 4 ta yo'nalishli taksi) Bunyodkor,Qatorto l ko'chalari kesishmasi
4 Farxod ko'chasi (Kichik halqa aylanma yo'lidan Lutfiy ko'chasi kesishmasiga qadar) 0.95 30 8 16 ta (13 ta avtobus, 3 ta yo'nalishli taksi) Lutfiy ko'chasi kesishmasi
5 Lutfiy ko'chasi (Farxod ko'chasidan Muqimiy ko'chasi kesishmasiga qadar) 2.5 40 10 13 ta (8 ta avtobus, 5 ta yo'nalishli taksi) KHAY ko'chasi kesishmasi
6 Muqimiy ko'chasi (Lutfiy ko'chasidan Shota Rustaveli ko'chasi kesishmasiga qadar) 3.3 36 10 14 ta (10 ta avtobus , 4 ta yo'nalishli taksi) Qatortol, Chilonzor ko'chasi kesishmasi
7 Farg'ona yo'li ko'chasi (Qo'shko'prik ko'chasidan Qo'yliq ota ko'chasi kesishmasi ga qadar) 6.45 25 8 22 ta (15 ta avtobus , 7 ta yo'nalishli taksi) Uysozlar, M.Ashrafiy, Tolimarjon ko'chalari kesishmasi
8 Istiqbol ko'chasi (Nukus ko'chasidan Shahrisabz ko'chasi 0.92 20 6 7 ta (6 ta avtobus , 1 ta yo'nalishli taksi) Nukus ko'chasi kesishmasi
kesishmasiga qadar)
9 Axmad Donish ko'chasi (Toshkent halqa aylanma yo'lidan Nurafshon ko'chasi kesishmasiga qadar) 6.45 30 8 25 ta (14 ta avtobus , 11 ta yo'nalishli taksi) Moyqo'rg'on, Nurafshon ko'chalari kesishmasi
10 Sebzor ko'chasi (Nurafshon ko'chasidan Abdulla Qodiriy ko'chasi kesishmasi-ga qadar) 1.25 30 8 13 ta (4 ta avtobus, 9 ta yo'nalishli taksi) Nurafshon ko'chasi kesishmasi
Toshkent shahridagi serqatnov ko'chalarida jamoat transporti avtobuslar harakatlanishini tartibga solish va uni boshqarish uchun chora tadbirlar uzluksiz amalga oshirilib, qanday vaziyatlarda jamoat transporti (avtobuslar) uchun alohida bo'lak ajratish zaruriyati o'rganilmoqda.
Yuqoridagi malumtlarga tayanib avtobuslarning marshrut intervali va aloqa tezliklarini, aralash oqim va alohida avtobuslar uchun ajratilgan bo'laklarda harakatlanishini nazariy va amaliy taqqoslash orqali mavjud muammoni yanada batafsilroq ko'rish imkoniyati yaratiladi. Marshrutdagi avtobuslarning harakatlanish vaqti - bu mashrutda erishilgan tashish tezligiga va mashrrut uzunligiga bevosita bog'liq bo'lgan qiymat ya'ni
2 L
^=7T60 [min] ; bo'ladi (1)
VT
Bu yerda L-mashrut masofasi, km va V -sayohat tezligi km/soat;
Jamoat transportining transport vositalari aralash harakat oqimida harakat qilganligi sababli, ular ushbu oqimning bir qismi bo'lib harakatlanadi va ularning harakati umumiy transport oqimining harakati bilan bir hil deb qaraladi. Shuni ta'kidlash o'rinliki, transport oqimi tezligini, shu jumladan aralash transport oqimidagi jamoat yo'lovchi transport vositalarining tezligini qat'iy belgilangan qiymat sifatida kuzatish mumkin emas, lekin jamoat transport vositalari kuzatilgan marshrutdagi harakat sharoitlarining bevosita funktsiyasi bo'lib hisoblanadi. Avtotransport oqimining tezligi oqim va sig'imning o'zaro bog'liq. Transport oqimi o'tadigan chorrahalar soniga, transport vositalarining chorrahada bajaradigan manyevrlik hususiyati, harakatni tartibga solish turiga va yo'l sharoitiga bog'liq bog'liq ravishda o'zgaradi.
Shuning uchun, vaqti-vaqti bilan uzilib qolgan transport oqimi sharoitida, o'rtacha harakat tezligini kamaytiradigan ya'ni amaldagi harakatlanish vaqtini oshiradigan ma'lum kechikishlar mavjud. Boshqa tadqiqotchilar, shuningdek, harakatlanish vaqtiga, boshqa omillar qatorida, transport oqimi, yo'lovchilarning chiqish va tushishi, yo'l signalizatsiyasi ta'sir qilishini aniqlangan [2, 3].
Jamoat transport vositalarida har bir turish vaqtida qo'shimcha kechikishlar mavjud. Avtobus bekatida yo'lovchilar almashinuvini kutishdan tashqari, ular to'xtash oldidan harakatlarini sekinlashtiradi ya'ni transport oqimiga qo'shilganda, transport oqimi tezligiga erishish uchun harakatlarini tezlashtirishlari kerak. Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda, jamoat transport vositalarining aralash oqimli harakat tezligini quyidagi o'zgaruvchilar funksiyasi sifatida ifodalash mumkin:
VT = f(tr , *s, tb, ta,d ) ;
(2)
Bu yerda t r - ish vaqti, ts - to'xtash vaqti, t b - avtobus bekatida to'xtash uchun sekinlashuv vaqti, t a - transport oqimiga qo'shilish uchun kutish va tezlanish vaqti, d - kechikish. t a - transport oqimiga qo'shilish uchun kutish va tezlanish olish uchun sarflanadigan vaqt, erkin tezlanish olish uchun sarflanadigan va havfsizlik kuzatuvi tezlanish olish vaqti
yig'indisiga teng deb hisoblansa, yani
ta = ta! + th ; bo'ladi.
bu yerda t h -havfsizlik kuzatuvi tezlanish olish vaqti, t a1 -avtobus erkin tezlanish olish uchun sarflagan vaqt desak. Jamoat transporti ( avtobuslar)ning harakatini alohida bo'laklarda tashkil qilsak, bu holatda th = 0 shart bajariladi . Bu holatni quyidagicha ifodalash mumkin bo'ladi
ta > ta!
va alohida ajratilgan bo'laklardagi avtobus harakat tezligini quyidagicha o'zgaruvchilar funksiyasi sifatida ifodalash mumkin bo'ladi, y'ani quyidagi ifoda hosil bo'ladi.
Vt = fkr,ts,tb,ta!,d ) ; (3)
chunki avtobuslar harakatini alohida bo'laklarda haraktlantirilsa transport oqimiga qo'shilish uchun havfsizlik kuzatuvi tezlanish olish vaqti sarflanmaydi va faqat t a1 erkin tezlanish olish
uchun vaqt sarflanadi yani ta! = ta + th bo'ladi. Bu esa o'z navbatida
TT = — 60 [min] ; (4)
VT
ga ta'sir qilib, marshrutdagi avtobuslar harakatlanish vaqtining qisqarishiga aniqrog'i, aloqa tezligining oshishiga sabab bo'ladi va belgilangan marshrut jadvalida belgilangan vaqtlarda amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Binobarin, harakatlanish vaqti bir xil o'zgaruvchilar funktsiyasi sifatida ifodalanishi mumkin, ya'ni aralash oqimli harakatda
tt = f(fr, ta, tb, ^, d ) ; (5)
Avtobuslar harakatini alohida ajratilgan bo'aklarda tashkil qilsak yani t a - transport oqimiga qo'shilishning tezlanish olish uchun sarflanadigan vaqtini t a1 -avtobus erkin tezlanish olish uchun sarflagan vaqt bilan taqqoslasak ,
ta > tai bo'ladi
va uni nazarga olsak mashrutdagi avtobus uchun sayohat vaqti
tt = fkr, ts, tb, taX, d ) ; (6)
ga teng bo'ladi .
Avtomobilning linyada ishlash vaqti to'g'ridan-to'g'ri kuzatilgan yo'l uzunligiga va yo'ldagi tezlikka bog'liq. Shuning uchun uni quyidagi munosabatda ifodalash mumkin:
tr = L 60 [min]; (7)
bu erda V - transport oqimining tezligi, km/soat. Alohida ajratilgan bo'laklarda faqat jamoat transporti harakatlanganligi uchun V - transport oqim tezligi alohida bo'laklarda harakatlanuvchi jamoat transportlari tezligiga tenglashtiriladi.
Transport oqimi nazariyasiga asoslangan harakatlanish vaqtini aniqlashda turli nazariy modellardan foydalaniladi. Ushbu yondashuvlarning afzalligi shuki, mazkur tarzda ko'cha tarmog'idagi umumiy transport holati haqida malumot beradi. [ 7].
Transport oqimi nazariyasida tezlik va zichlik yoki transport oqimi o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatadigan turli modellar ishlab chiqilgan. Oqim eng oson o'lchanadigan qiymat bo'lganligi sababli, ushbu maqolada transport oqimi tezligi oqim orqali ko'rsatilgan.
Jamoat transporti marshrut bo'ylab aralash oqim bo'ylab harakatlanish vaqtida yo'lovchilar almashinuvi uchun bekatlarda to'xtaydi va quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
> avtobus bekatida to'xtash uchun sekinlashuv;
> avtomobil eshigining ochilishi;
> avtomobil eshigini yopish bu (avtomobilning ekspluatatsion texnik hususiyatidan kelib chiqib o'zgarmas qilib belgilanadi);
> Yo'lovchilarni almashtirish (kirish va chiqish);
Avtobusga yo'lovchilar chiqqandan keyin transport vositasining tezlanishi. jarayondagi harakatlarning har biri ma'lum vaqtni talab qiladi. Aralash transport oqimi uchun avtobuslar kutish vaqti quyidagicha yozilishi mumkin
3- rasm. Qatnov qismidagi bekat
ts = f (tb + tod + tAB + tcd + ta )•
1
60;
[min]
(8)
bu erda t od , t cd - eshikning ochilishi va yopilish vaqti, sek; (eslatma: ular avtomobilning texnik xususiyatlariga qarab qabul qilinadigan konstantalar orqali ifodalanadi) , t AB - yo'lovchilarni tushirish va minish uchun kerak bo'ladigan vaqt, t b - avtobus bekatida to'xtashning sekinlashuv vaqti, t a - transport oqimiga qo'shilishning tezlanish vaqti ) [5] .
Agar avtobuslarni alohida ajratilgan bo'laklarda harakatlanishini ta'minlansa ta > bo'ladi va atobusning kutish vaqti va ushlanib qolishi sezilarli kamayadi . Bu esa jamoat transpoti fa'olligini oshiradi [7].
4-rasm. Avtobusning alohida ajratilgan bo'lakda harakatlanishi
Toshkent shahriga Xitoyning "King Long" va "Yutong" brendlaridan sotib olingan 12 metrli 300 ta elektrobus, 12 metrli 500 ta va 18 metrli 200 ta tabiiy gazda yuradigan avtobuslar olib kelinganligi va shahar ko'chalarida avtobuslar sonining ortishi jamoat transportining yo'lovchi tashish hajmining oshishi bilan izohlanadi. Bu esa, yo'lovchi tashuvchi avtobuslarning havfsizligi, ortiqcha ushlanib qolishlarning oldini olgan holda ularning aloqa tezligini taminlash maqsadida asosiy serqatnov ko'chalarga jamoat transporti harakatlanishi uchun alohida bo'lak ajratilishini talab qiladi.
5-rasm. Toshkent shahri asosiy ko'chalari Xulosa
Xulosa qilib aytilsa, shahar yo'nalishlarida avtobuslarning alohida ajratilgan yo'l bo'laklarida harakatlanishi natijasida, shahar jamoat transporti yo'nalishlarida avtobuslarning ortiqcha ushlanib qolishlarsiz harakatlanishini ta'minlananadi, ko'cha-yo'l tarmoqlarida alohida harakat bo'laklarini tashkil etish natijasida ularning uzluksiz va xavfsiz harakatlanishini tashkil etish orqali yo'lovchilarni manzillariga o'z vaqtida yetib borishlarini ta'minlanadi va jamoat transportining faolligi va aloqa tezligi oshadi.Ikkinchi tomondan alohida bo'laklarning tashkil etilishi ham o'z navbatida bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Bu muammolarni o'rganish orqali shahar jamoat transporti harakati uchun alohida bo'laklarni tashkil qilish naqadar samarali bo'lishini asoslash imkoniyati yaratiladi.
ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 йил 2 февраладигаи "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-111-sonli qarori. https://lex.uz/uz/docs/-5847479
2. MM Rahman, SC Wirasinghe, and L. Kattan, "Bus Travel Time Distribution Analysis for Multi-Horizon and Real-Time Applications," Transportation Research Part C: Emerging Technologies, Vol. 86, pp. 453-466, 2018. View: Publisher's Site | Google Scholar
3. S. Tao, J. Corcoran, F. Rowe, and M. Hickman, To Travel or Not to Travel: It's a Question of 'Weather'. Modeling the effects of local weather conditions on buses," Transportation Research Section C: Emerging Technologies, vol. 86, pp. 147-167, 2018. View: Publisher's website | Google Scholar
4. BA Kumar, L. Vanajakshi, and SC Subramanian, "Bus Travel Time Prediction Using a Time-Space Discretization Approach," Transportation Research Part C: Emerging Technologies, Vol. 79, pp. 308-332, 2017. View: Publisher's Site | Google Scholar
5. Nazarov A. A., Matyaqubov O. E. (TDTU ) "Shaharlarda transport vositalari oqimining avtobuslar harakatiga ta'siri'. Материалы международной научно - тенической конференции «Инновационные методы обеспечения безопасности человека на дороге» Toshkent. 19.05.2023. 22-24 с.
6. Назаров А. А., Матякубов О. Э. "Организация автобусного движения в городских
маршрутах по обособленным полосам" Наманган мухдндислик-курилиш института "Механика ва технология" илмий журналининг 2023 йил 1(4)-махсус сони 46-bet.
7. Milja M. Simeunovic,1Vuk Z. Bogdanovic,1Milan M. Simeunovic/Pavle M. •1 • 1 о 1
Pitka, Zoran M. Papic, and Dane M. Draskovic Faculty of Technical Sciences, University of
Novi Sad, Trg Dositeja Obradovica 6, 21000 Novi Sad, Serbia " The Model of the Optimal Number of Public Transport Vehicles in Mixed Traffic Flow Conditions: A Case Study "
8. https://uz.wikipedia.org/wiki/Alisher Navoiy ko%CA%BBchasi (Toshkent), 7-Fevral 2023, 17:41