AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
UO'T 631.311.634:64
ANOR TUPLARINI KO'MADIGAN MASHINA UYUMLAGICHNING ROLIGIGA TA'SIR ETUVCHI KUCHLARNI NAZARIY TADQIQ ETISH
Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya raxbari, t.f.d., professor
Abdunazarov Elbek Elmurodovich Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tajriba-sinov bo'limi rahbari, t.f.f.d (PhD)
abdunazarovelbek@gmail. co m
Xamzaeva Shaxlo
Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti (QXMITI) mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada anor tuplarini ko'madigan mashina uyumlagichining roligiga ta'sir etuvchi kuchlarni nazariy tadqiq etish natijalari keltirilgan.
Аннотация. В данной статье представлены результаты теоретических исследований сил, действующих на ролик пригибающего устройсва машины для укрывки кустов гранат.
Abstract. This article presents of theoretical studies of the forces acting on the roller of the on the bending down of a machine for hiding pomegranate bushes.
Kalit so'zlar: anor tuplarini ko'madigan mashina, uyumlagich, tortishga qarshilik, nov shaklidagi uzatgich, rolik, prujina, shox yo'naltirgich, kronshteyn, shikastlanish darajasi.
Ключевые слова: машина для укрывки кустов граната, пригибающее устройсво, тяговый сопротивление, наружного поперечного расстояния, ролик, пружина, формообразователь, кронштейн, степен повреждения
Keywords: machine for hiding pomegranate bushes, plow body, traction impedance, outer transverse distance, working capacity.
O'zbekiston sharoitida sovuq urib ketishining oldini olish maqsadida anor tuplari kech kuzda tuproq bilan ko'milib, bahorda ochiladi. Ammo maxsus texnika vositalari ishlab chiqarilmasligi sababli anor tuplarini ko'mish va ochish ishlari mexanizatsiyalashmagan va hozirgi kungacha ham qo'l kuchi bilan amalga oshirilib kelinmoqda. Bu esa o'z navbatida mehnat sarfi va boshqa xarajatlarni ortishiga va ish unumini kamayishiga olib kelmoqda hamda anor yetishtirish, ulardan yuqori hosil olish hamda katta maydonlarda anor plantatsiyalarini tashkil etishga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Yana shuni ta'kidlash o'rinliki, anor tuplari kech kuz oylarida ko'milishini hisobga oladigan bo'lsak, qish erta kelgan yillari qo'l kuchi bilan barcha maydonlardagi anor tuplarini to'liq ko'milishiga erishilinmaydi va buning natijasida ularni sovuq urib ketish hollari kuzatiladi. Ushbu ta'kidlanganlardan kelib chiqqan holda institutimizda anor tuplarini tuproq bilan ko'madigan mashina ishlab chiqish va parametrlarini asoslashga yo'naltirilgan tadqiqotlar olib borilmoqda [1-8].
Yuqorida ta'kidalanganlardan kelib chiqqan xolda anor tuplarini ko'madigan mashina uyumlagichining energiyaresurstejamkor konstruktsi ishlab chiqildi. Anor tuplarini ko'madigan mashinaning uyumlagichining konstruktsiyasi anor tuplarini shikastlanish darajasiga juda bog'liq bo'lib anor shoxlari bilan to'g'ridan-to'g'ri ta'sirlashadi.
Ish jarayonida anor tanasi tomonidan uyumlagichning roligiga normal Nr va ishqalanish Fr = fj.Nr (bunda n - rolikning dumalashga qarshilik koeffitsienti) (1-rasm).
Bu kuchlarni X o'qiga proektsiyalab, anor tanasining uyumlagich roligining harakatiga ko'rsatadigan qarshiligini aniqlaymiz
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
1-rasm. Uyumlagichning roligiga anor tanasi tomonidan ta'sir etuvchi kuchlarning sxemasi
cos (S — arctg^) R = N cosS + F sinS = N -^-^. (1)
cos
(arctg^)
E.S.Bosoy [9-10] tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar bo'yicha
N = 2H sinS, (2)
r h2
bunda H - anor tanasining qaralayotgan kesimidagi bikirligi, Nm2.
(1) ifodani hisobga olganda (2) ifoda quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi
2 H sin S cos (S — arctg^)
R =---^-r-^. (3)
h cos (arctg^)
Bu ifodani S bo'yicha ekstremumga tadqiq etamiz. Buning uchun undan birinchi darajali hosila olamiz va nolga tenglaymiz
R' = —-2H--(cosS cos(S — arctg^)
h cos (arctg^)
i —
— sin (S — arctg^) sinS) = 0. (4)
Bundan
cos (2S — arctg^) = 0 (5)
ekanligi kelib chiqadi
(5) ni S ga nisbatan yechib, quyidagiga ega bo'lamiz
S = ^ + arctg^. (6)
4 2
(6) ifodaning ikkinchi hosilasini topamiz
4H
R" = —----- sin (2S — arctg^). (7)
h cos (arctg^)
Bu ifodaga S ning (8) ifoda bo'yicha qiymatlarini qo'yib, R" < 0 ekanligini aniqlaymiz.
„ n arctg^
Demak, kritik kesimda, ya'ni o =--1--bo'lganda R maksimal qiymatga ega bo'ladi
4 2
[11].
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI (7) ni hisobga olganda R ning maksimal qiymatini aniqlaydigan ifoda quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi
ji arcig,^ ' " ^II-IW//^
2 H sin--1--—
14 2 )
R =
j arctg^
cosi---—
42
y
h2 cos (arctg^)
(8)
H = EJ0)(1-mhf ekanligini [10] hamda uyumlagichning roligi bir paytda bir nechta anor tanasiga ta'sir ko'rsatishini hisobga olganda bu ifoda quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi [12-13]
2nEJ (1 - mh) sin
r j arctg^ ^
R =
v
4
2
cos
r j arctg^ ^
4
2
-, (9)
h2 cos (arctg^)
bunda n - uyumlagichning roligi bilan bir paytda ta'sirlashayotgan anor tanalarining soni, dona. (9) ifodadan ko'rinib turibdiki, anor tanalarining uyumlagich roligining harakatiga qarshiligi asosan ularning bikirligi va rolikning o'rnatilish balandligiga bog'liq [14-15].
2-rasm. n ning turli qiymatlarida Rmax ni h ga bog'liq ravishda o'zgarish grafiklari
Adabiyotlarda keltirilgan ma'lumotlar va o'tkazilgan tadqiqotlarimiz bo'yicha E=4,2408 Pa, Jo = 6,362-10"7 m4, n = 4 dona, p = 0,1, m = 0,333 m"1 qabul qilinib, 2-rasmda (8) ifoda bo'yicha p ning turli qiymatlarida Rmax ni h ga bog'liq ravishda o'zgarish grafiklari qurilgan. Ulardan ko'rinib turibdiki h ni ortishi va p ni kamayishi bilan Rmax kamaygan.
Xulosa. Xulosa qilib aytganda, anor tanasi hamda shoxlarini kam shikastlashi uchun anor tuplarini ko'madigan mashina uyumlagichining roliklarini o'rnatilish balandligi 7 - 100 sm oraliqda bo'lishi lozim. Texnologik jarayon sifatli bajarilishi, anor tuplarini shikastlanish darajasi agrotexnik talablar darajasida bo'lishi uchun anor tuplarini ko'madigan mashina uyumlagichining roligiga ta'sir etuvchi kuchlarni hisobga olish zarur.
ADABIYOTLAR
1. Boqijonovich I. Q. i dr. Anor tuplarini ko'madigan mashina uyumlagichining konstruktsiyasi //Mexanika i texnologiya. - 2022. - T. 3. - №. 8. - S. 98-102.
2. Abdunazarov E. E. Anor tuplarini kumishning mexanizatsiyalash muammolari //Zamonaviy iml-fanning innovatsion rivojlanishi: Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi ilmiy makolalar tuplami.-Andijon. - 2019. - S. 558-559.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
2. Abdunazarov E. E., Xamzaeva SH. ANOR TUPLARINI KO'MADIGAN MASHINA UYuMLAGICHINING PARAMETRLARI //Stroitelbstvo i obrazovanie. - 2024. - T. 3. - №. 1. -S. 139-143.
3. Imomkulov K. B., Abdunazarov E. E. The results of the experiments conducted on the selection of the type of working body of the machine for burying pomegranate bushes //Effektivnostb primeneniya innovatsionnbix texnologiy i texniki v selbskom i vodnom xozyaystve. - 2020. - S. 65-69.
4. Imomqulov QB Q. S. K., Abdunazarov E. E. ANOR TUPLARINI KO'MADIGAN MASHINA TAJRIBA NUSXASINING DALA SINOVLARI NATIJALARI //Mexanika va texnologiya ilmiy jurnali. - 2021. - №. 1. - S. 61.
5. Karimjonovich Q. S., Abdunazarov E. E., Ortiqov N. B. O'. Ko'milgan anor tuplarini to'liq ochadigan qurilma tekislagichining ochilish burchagini tadqiq etish //Mexanika i texnologiya. - 2022. - T. 3. - №. 8. - S. 127-132.
6. Boqijonovich I. Q. i dr. Anor tuplarini ko'madigan mashina uyumlagichining konstruktsiyasi //Mexanika i texnologiya. - 2022. - T. 3. - №. 8. - S. 98-102.
7. Abdunazarov E. A Anor tuplarini ko'madigan mashina tayanch tekisligidan pastki osish nuqtalarigacha bo'lgan tik masofani asoslash //Uzbekistan Journal of Engineering and Technology. - 2021.
8. Abdunazarov E., Ortiqov N. Takomillashtirilgan anor tuplarini ko'madigan mashina //Investitsiyalarni diversifikatsiyalash asosida sanoat korxonalari samaradorligini oshirish: Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi tuplami. - 2019. - S. 284-287.
9. Bosoy Ye. S. i dr. Teoriya, konstruktsiya i raschet selbskoxozyaystvennbix mashin //M.: Mashinostroenie. - 1978. - T. 32. - S. 36.
10. Bosoy Ye. S. Skorostb rezaniya stebley selbskoxozyaystvennbix kulbtur //Selbxozmashina. M.: Mashgiz. - 1953. - №. 4. - S. 19-22.
11. Qutbiddin I., AbdunazarovElbek K. S. Burying machine to pomegranate bushes //Journal of Critical Reviews. - 2020. - T. 7. - №. 13. - S. 1377-1381.
12. Imomkulov K., Abdunazarov E. Anor tuplarini kumadigan mashina korpuslarining kamrash kengligi va ishlov berish chukurligini asoslash //AGRO ILM.-Toshkent. - 2020. - №. 3. - S. 66.
13. Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich, Abdunazarov Elbek Elmurodovich, Ortiqov Nozimjon Boqijon O'g'li Ko'milgan anor tuplarini to'liq ochadigan qurilma tekislagichining ochilish burchagini tadqiq etish // Mexanika i texnologiya. 2022. №8. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/k-milgan-anor-tuplarini-t-li-ochadigan-urilma-tekislagichining-ochilish-burchagini-tad-i-etish (data obra^eniya: 25.12.2024).
14. Imomqulov Q. B., Abdunazarov E. E., Mamadalieva G. Q., Ortiqov N. B. ANOR TUPLARINI KO'MADIGAN MASHINANING KONSTRUKTIV SXEMASI VA PARAMETRLARINI NAZARIY ANIQLASH BO'YICHA OLIB BORILGAN TADQIQOTLARNING NATIJALARI // Mexanika i texnologiya. 2020. №. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/anor-tuplarini-k-madigan-mashinaning-konstruktiv-shemasi-va-parametrlarini-nazariy-ani-lash-b-yicha-olib-borilgan-tad-i-otlarning (data obra^eniya: 25.12.2024).
15. Abdunazarov E.E. Anor tuplarini ko'madigan mashina ish organining parametrlarini asoslash: Dis. ... texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD). - Gulbahor: QXMITI, 2021. - 160 b.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son