AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
UDK 631.331.1
TUPROQ KESAKLARINI MAYDALASH JARAYONIDA BARABAN PLANKALARINI
UZOQ MUDDAT ISHLASHINI BAHOLASH
Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich NamMQI, PhD, dotsent, [email protected]
Annotatsiya. Maqolada barabanga o'rnatilgan plankalar rezina materialidan tayyorlangan xol uchun uning uzoq muddat ishlashinni baholash nazariyasi va tuproqqa ekish oldidan ishlov berish agregatida kesaklarni maydalashga mo'ljallangan baraban o'rnatilganligi o'rganilgan.
Аннотация. В статье изучена теория оценки длительной работоспособности планок из резинового материала, а также установка барабана, предназначенного для измельчения комков, в технологическом агрегате перед посадкой в почву.
Annotation. The article examines the theory of assessing the long-term performance of rubber strips, as well as the installation of a drum designed to crush lumps in a technological unit before planting in the soil.
Kalit so'zlar: baraban, plankalar, rezina material, egiluvchan element, charchash egri chizig'i.
Ключевые слова: барабан, пластины, резиновый материал, гибкий элемент, кривая усталость.
Keywords: drum, plates, rubber material, flexible element, fatigue curve
Qishloq ho'jalik ekinlarini yetishtirishda tuproqqa ekish oldidan ishlov berish ko'p mehnat va energiya talab qiladigan operatsiyadir. Unga ekinni o'stirish va hosilini yig'ishtirish bo'yicha hamma harajatlarning 14,9-20,9 % to'g'ri keladi. Ushbu hol operatsiyaga to'g'ri keladigan mehnat va xarajatlar sarfini kamaytirish choralarini ko'rishni taqozo etadi.
Qishloq ho'jalik ekinlaridan mo'l-ko'l hosil olishda tuproqqa ekish oldidan sifatli ishlov berish ham katta ahamiyatga egadir. CHunki, tuproqqa ekish oldidan sifatli ishlov berilmasa, ya'ni tuproq mayin tarkibli bo'lmasdan serkesak bo'lsa, qishloq ho'jaligi ekinlarining urug'larini agrotexnika talablari darajasida sifatli qilib ekib bo'lmaydi, ekilgan urug'lar qiyg'os unib chiqmaydi va har bir gektardan kerakli bo'lgan ko'chat olinmaydi. Bu o'z navbatida ekinlarning hosildorligini pasayishiga olib keladi.
Qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirishda tuproqqa ekish oldidan ishlov berish ko'p mehnat talab qiladigan operatsiyadir.
Fermer va shirkat xo'jaliklari uchun tuproqqa agregatni bir o'tishda ishlov berib, uni ekishga tayyorlab beradigan kombinatsiyalashgan agregatlardan foydalanish katta axamiyatga egadir. Chunki bunday agregatlardan foydalanilganda o'tishlar soni kam bo'lishi xisobiga tuproqlar kam zichlanadi va bu bo'lg'usi ekinlarning ildiz sistemasini yaxshi rivojlanishiga hamda hosilni mo'l bo'lishiga zamin yaratib beradi. Shu kunga qadar yaratilgan tuproqqa ekish oldidan ishlov beruvchi qishloq xo'jalik mashinalari agrotexnika talablari darajasida tuproqqa sifatli ishlov bersa ham, tuproq kesakli bo'lgan paytlarda ularni maydalab, mayin tarkibli holatga keltira olmaydi. Bunday xollarda kesaklarin maydalash uchun diskli baronalar ishlatiladi. Ular tuproqni yuza qismiga ishlov berib, yer yuzasidagi kesaklarni maydalaydi va shuning bilan birga dalalarda ko'p yillik begona o'tlarning ildiz sistemasini maydalab, ularni ko'payishiga olib keladi.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan mashinalarning konstruktsiyasini takomillashtirish maqsadida keyingi yillarda osma va rotatsion boronalar, tuproqni diskalash va chizellash bilan birga o'g'it solish operatsiyalarini birga qo'shib olib boradigan agregatlar yaratildi. Jahon
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI miqyosida erishilgan yutuqlar bilan tanishib, qilingan ishlarni tahlil qilish asosida tuproqqa ekish oldidan ishlov beruvchi energiya tejamkor texnologiyani ishlab chiqish va kombinatsiyalashgan agregatni yaratish ushbu ishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ko'rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun taklif qilinayotgan tuproqqa ekish oldidan ishlov berish agregatida kesaklarni maydalashga mo'ljallangan baraban o'rnatiladi.
1-rama; 2-tayanch g'ildiraklar; 3-tuproq qatlamini kesib oluvchi ishchi organ(lemex); 4-chiviqli
transportyor; 5-kesaklarni maydalovchi qochiqchili baraban; 6-qoziqchalar; 7-qoziqchalar mahkamlangan plapke; 8-transportyorlarni silkituvchi qo'zg'almas kulochoklar; 9-etaklovchi
yulduzcha; 10-etaklanuvchi yulduzcha; 11-uzatma. 1-rasm. Tuproqqa ekish oldidan ishlov beruvchi agregatning texnologik ishlash sxemasi
Quyidagi ilmiy ishda barabanga o'rnatilgan plankalar rezina materialidan tayyorlangan
1-barmoqli baraban, 2-rezinka plankali baraban 2-rasm. Kesak maydalash barabanlari
Tuproq kesaklarini maydalashni ta'minlash uchun egiluvchan element qalinligini
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI quyidagi ifoda orqali xisoblash mumkin:
h =
3
3q
nEu
D (1)
bu yerda: D-baraban diametri (200 mm): q-bosim qiymati (0,035 MPa); n- rezinali plankalarning soni (12);
Eu - rezinali materialning egiluvchanlik moduli (300 MPa).
SHunday qilib, rezina materialidan tayyorlangan elementlarga ega bo'lgan kesak maydalash barabani 0,035 MPa solishtirma bosim xosil qilib kesaklarni maydalaydi.
Taxlillar shuni ko'rsatdiki, taklif kilingan konstruktsiyadagi elementa rezinali plankalar qo'llanilsa uzoq muddat ishlashini ta'minlash mumkin.
Rezinali barabanni uzoq muddat ishlashini aniqlash uchun charchash egri chizig'ini aniqlash tenglamasidan foydalanamiz [1];
O N = *;N0 = const (2)
bu yerda
(J^zx -tsiklning maksimal kuchlanishi N - umumiy son
m- charchash egri chizig'ining burchak koeffitsienti, pokrishka materiali uchun 5...6 ga teng deb qabul qilinadi
( - chidamlilik chegarasi, o'rtacha charchash egri chizig'idagi N yuklamalar soniga
bog'liq holda aniqlanadi (oy=6 MPa)
N0 - chidamlilik chegarasiga javob beruvchi tsikllar soni
Rezinali barabanni uzoq muddat ishlashini soatlarda aniqlash uchun amplitudalarning taqsimlanish qonuniga ko'ra quyidagi tenglamadan aniklanadi:
N = 3600 ^o'rts T (3)
N = apN0-mN0 (4)
Bu yerda:
/Wo'rts -1 sekuntdagi o'rtacha tsikllar soni.
ap -uzoq muddat ishlashishni korrektirovka qilingan qiymatlar yig'indisi, yeyilish chegarasiga muvofiq.
Oct kuchlanishlar tsikli amplitudasi. T- rezina plankali barabanni uzoq muddat ishlashi (3) va (4) ifodalardan quyidagini keltirib chiqaramiz:
aN( (
(5)
T = lpN 0(y
3600 my(
Yuklama ko'rsatkichini belgilab olib, quyidagini aniqlaymiz:
^-.a max
J =£ m. = B (6)
(5) oxirgi ko'rinishi quyidagicha bo'ladi:
aN( j
m
T = p 0 y ( .
3600^ypyB (7)
Rezinali plankalardan tuproq massasi o'tish mobaynida, unga har xil yo'nalishdagi
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
kuchlar tabsir etadi. Bu kuchlar extimol xarakteriga ega bo'ladi. Rezinali barabanda xosil bo'layotgan kuchlanishlarning taqsimlanishi amplitudalar taqsimlanish normal qonuniga ko'ra approksimatsiya qilinadi
1 (pa )2
' P) = Ж ' 2P (8)
Bu yerda S- o'rtachakvadratik chetlashish,
Yuklamalar ta'siri ostida hosil bo'lgan kuchlanish egilish kuchlanishi, va markazdan qochma kuch tabsiri ostidagi ots, kuchlanishlar ayirmasiga teng bo'ladi:
Oa= Ou- Ots (9)
Bukilish yo'nalishi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
S1
P = Eu— (10)
u u Д v 7
bu yerda: £u-baraban materialining egiluvchanlik moduli, S1 - rezina qalinligi; D- baraban diametri.
Markazdan qochma kuch hisobiga rezinali plankada kuchlanish xosil bo'ladi va u quyidagicha aniqlanadi:
у v2
bu yerda: y- rezina materialining zichligi;
v - barabanning aylanish tezligi; g- erkin tushish tezlanishi; Markazdan qochma kuch ta'siridagi kuchlanish 10 m/s tezlik oshganidan so'ng xisobga olinadi, kesak maydalash barabanining aylanish tezligi 2,8 m/s ga teng bo'lganligi sababli bu kuchlanish e'tiborga olinmaydi.
O'tkazilgan hisoblash natijalariga ko'ra rezinali plankaning uzoq ishlash muddati 0,9 bo'lib 600 soat yoki 3 mavsum davomida ishlashi mumkin.
Nazariy tadqiqotlarni tasdiqlash uchun laboratoriya va dala sinov ishlarini o'tkazish kerakligi aniqlandi.
ADABIYOTLAR
1. Попов И.М. Методы повышения эффективности оброботки почвы. Исследование и разработка почвообрабатывающих машин: Сб. научн. тр. НПО ВИСХОМ-М.: 1990.
2. Mirzajanov Q. Tojibaev U. Tuproqqa ishlov berish. O'zbekiston qishloq xo'jaligi. № 1. 2006 g.
3. J. Muxamedov, N. Boyboboev, T. Xudayberdiev., Tuproqqa ekish oldidan ishlov beruvchi yangi agregatning texnologik sxemasini asoslash.,FarPI, ilmiy-texnik jurnal, № 2. 2007 y.
4. Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich, Abdunazarov Elbek Elmurodovich, & Ortiqov Nozimjon Boqijon O'g'li (2022). Anor tuplarini ko'madigan mashina uyumlagichining konstruktsiyasi. Mexanika i texnologiya, 3 (8), 98-102.
5. Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich, Abdunazarov Elbek Elmurodovich, & Ortiqov Nozimjon Boqijon O'g'li (2022). Ko'milgan anor tuplarini to'liq ochadigan qurilma tekislagichining ochilish burchagini tadqiq etish. Mexanika i texnologiya, 3 (8), 127-132.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son