Научная статья на тему 'AMIR TEMUR MA’NAVIYATINING BA’ZI JIHATLARI'

AMIR TEMUR MA’NAVIYATINING BA’ZI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1240
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Amir Temur / ma’naviyat / buyuk davlat / aql-zakovat / tarix ilm-fan / madaniyat. / Amir Temur / spirituality / great state / mind / history / science / culture

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — O’roqova, Nargiza Salomovna

Yuksak ma’naviyatli insonlargina umumxalq manfaatlarni ko’zlab davlat, jamiyat ahamiyatiga molik yirik tadbirlarni amalga oshirishga qodir bo’ladilar. Milliy davlatchiligimiz rivojiga katta hissa qo’shgan, o’z davrida buyuk davlatga asos solgan siymolardan biri Amir Temur ham ana shunday sharqona, islomiy aql-zakovatli, ma’naviyatli inson bo’lgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME ASPECTS OF AMIR TEMUR'S SPIRITUALITY

Only energetic people will be able to carry out large-scale events of national and public importance in the interests of society. Amir Temur, one of the figures who made a great contribution to the development of our national statehood and founded a great state in his time, was such an oriental, Islamic intellectual and spiritual person.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMUR MA’NAVIYATINING BA’ZI JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

AMIR TEMUR MA'NAVIYATINING BA'ZI JIHATLARI

O'roqova Nargiza Salomovna

Falsafa fanlari nomzodi, Qarshi Davlat Universiteti

ANNOTATSIYA

Yuksak ma'naviyatli insonlargina umumxalq manfaatlarni ko'zlab davlat, jamiyat ahamiyatiga molik yirik tadbirlarni amalga oshirishga qodir bo 'ladilar. Milliy davlatchiligimiz rivojiga katta hissa qo 'shgan, o 'z davrida buyuk davlatga asos solgan siymolardan biri Amir Temur ham ana shunday sharqona, islomiy aql-zakovatli, ma 'naviyatli inson bo 'lgan.

Kalit so'zlar: Amir Temur, ma'naviyat, buyuk davlat, aql-zakovat, tarix ilm-fan, madaniyat.

Только энергичные люди смогут проводить масштабные мероприятия национального и общественного значения в интересах общества. Амир Темур, один из деятелей, внесших большой вклад в развитие нашей национальной государственности и основавший в свое время великое государство, был таким восточным, исламским интеллектуальным и духовным человеком.

Ключевые слова: Амир Темур, духовность, великое государство, разум, история, наука, культура.

Only energetic people will be able to carry out large-scale events of national and public importance in the interests of society. Amir Temur, one of the figures who made a great contribution to the development of our national statehood and founded a great state in his time, was such an oriental, Islamic intellectual and spiritual person.

Keywords: Amir Temur, spirituality, great state, mind, history, science, culture.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda: " ... xalq armonini ro'yobga chiqarishga bo'lgan intilish Amir Temur ibn Tarag'ay Bahodir davrida nafaqat mamlakat mustaqilligini ta'minlash, balki qudratli davlat barpo etish, madaniyat, san'at va ilm fan sohalarini rivojlantirishga xizmat qildi". [1, 17]

Amir Temur ma'naviy kamolotiga yoshlik va o'smirlik yillaridayoq mustahkam asos qo'yilgan edi. Buning natijasi o'laroq u mard, dovyurak, o'tkir zehn va aql-idrok egasi bo'lib kamolga yetdi. "Qur'oni Karim"ni yod olib, Hadis ilmi bilan bir qatorda turli dunyoviy ilmlarni ham puxta o'rgandi. Iymon e'tiqodli, halol

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

pok inson bo'lib yetishdi. Ana shuning uchun ham sohibqiron Amir Temur buyukligining asosida uning ma'naviy sifatlari turadi. Shu o'rinda I.A.Karimovning Amir Temur siymosi va uning boy ma'naviy merosiga bo'lgan cheksiz ehtiromi quyidagi so'zlarida yorqin aks etganligini aytish joizdir: "tengsiz azmu-shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo'lgan Amir Temur buyuk davlat barpo etib, davlatchilik borasida o'zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilmu fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va ma'naviyat rivojiga keng yo'l ochdi". [2, 45]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Insoniyat tarixida jahongirlik da'vosi bilan tarix sahnasiga chiqqan fotihlar orasida Amir Temur o'zining ilm-fanga, madaniyat va san'atga, me'morchilik va bunyodkorlik ishlariga qo'shgan hissalari bilan ajralib turadi. Tarixchilarning ma'lumotiga ko'ra, Amir Temur o'z mamlakatiga Markaziy Osiyodan hamda harbiy yurishlar natijasida qo'lga kiritilgan davlatlarning juda ko'p olimlarini jam qilgan. Ulardan Mavlono Abdulmalik, Mir Sayyid Jurjoniy, Shamsuddin Muhammad al Jazariy, Nizomiddin Shomiy, Ibn Arabshoh, Mavlono Fas'hiddin, Ahmad Kirmoniylarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

O'z zamonasining yetuk tarixnafisi, adibi, shoiri va fiqx olimi hisoblanmish Ibn Arabshoh "Temur tarixida taqdir ajoyibotlari" kitobida Amir Temurning yuksak ma'naviyat sohibi hamda ilmu fan ahliga bo'lgan munosabati haqidagi fikrlarini quyidagicha tasvirlaydi: "Temur olimlarga mehribon bo'lib, sharofatli sayyidlarni o'ziga yaqin tutardi. Ulamolar va fozillarga izzat hurmat ko'rsatib, ularni har qanday odamdan muqaddas tutardi. Ularning har birini o'z martabasiga qo'yib, ular bilan mazmunli bahslar yuritar edi".

Darhaqiqat, Amir Temur yurtida ilm-fan ahli, ijodkorlar uchun yaratilgan shart-sharoit, g'amxo'rlik tufayli Samarqand dunyoning ma'rifat markazlaridan biriga aylandi va uning dovrug'i doston bo'ldi. Buni eshitgan, ilm-fanga xavas qo'ygan ijodkorlar o'z ixtiyori va tashabbusi bilan Samarqandga kela boshlaganlar. Amir Temur nafaqat Samarqandda, boshqa shaharlarda ham ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun ko'plab ilmiy muassasalar qurishga amr qilgan. "...amr qildimki, xarob bo'lib yotgan yerlar obod qilinsin. Har bir shaharda, qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar qursinlar"[3, 99-100] Madrasalarda diniy bilimlar bilan barobar matematika, astranomiya, adabiyot, tarix, musiqa kabi fanlarning o'qitilishiga alohida e'tibor berilgan. Talabalarga o'z davrining yirik allomalari dars berganlar. Madrasa mudarrislariga ko'p maosh to'langan, ular farovon hayot kechirganlar. "Temur tuzuklari"da "Sayidlar, ulamoyu mashoyixlar, oqilu donolar...

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tarixchilarni, e'tiborli kishilar hurmatlarini joyiga qo'ydim. Ular bilan doimo fikrlashdim," [3, 56] - deb yozadi.

Amir Temur dunyoqarashiga xos bo'lgan yaxshi axloqiy fazilatlar unga shon-shavkat, beqiyos shuhrat va baxt-saodat keltirdi. Shuni alohida ta'kidlash joizki katta kuch qudratga ega bo'lgan sohibqiron har doim "Men, tangrining quli, Temur shuni aytamanki..." deb gap boshlardi va bu bilan o'zining havas qilgudek xulq-atvor, yuksak ma'naviyatga ega ekanligini namoyon etardi. Amir Temur o'z "Tuzuklari" da shunday fikrlarni keltiradi: "...Har qaysilarini (sultonlarning) yo'l-yo'riqlari, turish- turmushlari, qilish-qilmishlari, aytgan gaplarini xotirada saqladim va yaxshi axloqlar, ma'qul xislatlaridan namuna olib, unga amal qildim". [3, 57] Bu fikrlardan ham bilinib turibdiki, u o'z ma'naviyati bilan boshqa sultonlardan ajralib turgan.

Sohibqiron ma'naviyatining yana bir qirrasi shundaki, u o'z faoliyatini axloqiy tamoyillar negiziga asoslanib "rosti-rasti" qoidasiga rioya etib olib bordi. Ya'ni bu davrda "Kuch adolatdadir" degan axloqiy qoida davlatni idora qilish jarayonida, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va fuqarolarning farovonligini ta'minlashda asosiy o'rinni egalladi. O'z davrining buyuk shaxslaridan bo'lmish pirlari Abu Bakr Tayibodiy pand-nasihatlariga rioya qilgan holda, saltanat ishlarida shariat qonun qoidalariga qattiq amal qildi. Bu pand-nasihatlar quyidagilirdan iborat edi:

birinchidan, har bir ishni amalga oshirishdan oldin kengashib olish maqsadga muvofiqdir;

ikkinchidan, hukmdorning har bir masalani chidam, sabr-toqat va mulohaza bilan hal qilishi saltanat manfaati uchun foydalidir;

uchinchidan, jismoniy va aqliy yetuklik har bir hukmdorning muhim sifatidir. Shuni ta'kidlash kerakki, Temurning ma'naviy axloqiy fazilatlari uning davlat arbobi sifatidagi mas'uliyati va dasturini belgilashda asos bo'lib xizmat qiladi. Uning fikricha, saltanatni o'z erkida saqlaydigan davlat arbobi mustaqillik bilan taxtga o'tirmog'i, har narsada adolatpesha bo'lmog'i, qoshida insofli, adolatli vazirlar saqlamog'i kerak. Amir Temur o'z oldidagi vazirlarga qat'iy axloqiy talab va majburiyatlar qo'yadi. "Tuzuklar" da keltirilishicha "Vazirlar quyidagi to'rt sifatga ega bo'lishlari lozim: birinchisi-asillik, toza nasllik; ikkinchisi-aql-farosatlilik; uchinchisi-sipohi raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalada bo'lishlik; to'rtinchisi - sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik" [3, 64]

Quyidagi tuzuklarda Amir Temurning kechirimli xislatlari namoyon bo'lgan. Buni u boshqalardan xam talab qilgan. Kechirimli bo'lish inson uchun eng yaxshi fazilat sanaladi:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

«Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko'tarib, ishimga ko'p ziyon yetkazganlarni xam, iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, xurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o'chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yol tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubxayu qo'rquv bolsa, unut bolardi».

«Menga xasad qilib, oldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg'a-in'omlar berib, muruvvatu ehson ko'rsagdimki, bu yaxshiliklarni ko'rib, xijolat teriga g'arq boldilar. Xamisha mening roziligimni olib ish tutgan do'stlarim oldimga panox tilab kelganlarida, ularni o'zimning taxtu davlatimga sherik qilib, xech qachon ulardan mol-mulk va tirikchilik ashyolarini ayamadim».

«Xech kimdan uch olish payida bolmadim. Tuzimni totib, menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim...»

Amir Temurning dostlik haqidagi pandu-nasihatlari ham hali-xanuz biz uchun ibratdir.

«Sodiq va vafodor do'st ulkim, oz do'stidan ranjimaydi, do'stining dushmanini oz dushmani deb biladi. Agar kerak bolsa, do'sti uchun jonini ham ayamaydi».

Amir Temur ma'naviyatining shakllanishida islom dini asoslari alohida o'rin tutadi. Bu davrda islomning rivojlanishi, shariat qonun-qoidalarining qaror topishi uchun katta imkoniyatlar yaratilgan. Din peshvolari va ulamolarning yo'l-yo'riqlari, maslahatlariga amal qilingan holda davlatni idora qilish ishlari amalga oshirilgan.

Bu haqda u shunday yozadi: "Har yerda va har vaqt Islom dinini quvvatladim. Yana tajribamda ko'rib bildimki, davlat agar dini iymon asosida qurilmas ekan unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo'qoladi". [3, 53] U qaerga yurish qilgan bo'lsa, islom bayrog'ini baland ko'targan. Yolg'on gapirgan, aldoqchi kishilardan uzoqroqda bo'lishga intilgani uningeng yaxshi fazilati bo'lgan. U shunday degan edi: "Men bir qo'limda adolat shamini, ikkinchi qo'limda haqiqat shamini ushladim. Shu ikki sham bilan o'zimni hayot yo'limni belgiladim".

Bugungi kunda Yangi O'zbekistonning Uchinchi Renessans negizlari yaratilayotgan bir davrda tarixiy merosga, o'zlikni anglashga yangicha munosabat shakllantirilayotgan, jamiyatimiz ma'naviy hayotida poklanish yuz berayotgan bir sharoitda Amir Temur davrida yaratilgan ma'naviyat muhim ahamiyat kasb etadi.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T.: "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. - 464 bet.

2. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T.: "Ma'naviyat" 2008. -176 b.

3. Temur tuzuklari.- T.: G'ofur G'ulom nashriyoti. 1991.

4. www.ziyonet.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.