Научная статья на тему 'AMIR TEMURNING MAʻNAVIY-AXLOQIY QARASHLARINING PEDAGOGIKADA TUTGAN O’RNI'

AMIR TEMURNING MAʻNAVIY-AXLOQIY QARASHLARINING PEDAGOGIKADA TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
8304
447
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Amir Temur / mardlik / jasurlik / dovyuraklik / axloq – odob / iymon / et’iqod / Quron / hadis / qadriyat / insof / adolat / pedagogika. / Amir Temur / courage / bravery / bravery / morality manners / faith / belief / Qur'an / hadith / values / honesty / justice / pedagogy.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Anvar Abdumalikovich O’ralov, Mansur Anarbayevich Tairov

Mazkur maqolada Amir Temurning ma’rifiy qarashlari hamda yoshlarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida uning pand-nasihatlari, jasurligi, mardligi, matonatliligini ibrat-namuna qilish jarayonlari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF AMIR TEMUR'S SPIRITUAL AND MORAL VIEWS IN PEDAGOGY

This article describes the educational views of Amir Temur, as well as the process of demonstrating his teachings, courage, courage and perseverance in teaching youth.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMURNING MAʻNAVIY-AXLOQIY QARASHLARINING PEDAGOGIKADA TUTGAN O’RNI»

AMIR TEMURNING MA'NAVIY-AXLOQIY QARASHLARINING PEDAGOGIKADA TUTGAN O'RNI

Anvar Abdumalikovich O'ralov Mansur Anarbayevich Tairov

JDPI katta o'qituvchisi JDPI o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Amir Temurning ma'rifiy qarashlari hamda yoshlarga ta'lim-tarbiya berish jarayonida uning pand-nasihatlari, jasurligi, mardligi, matonatliligini ibrat-namuna qilish jarayonlari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Amir Temur, mardlik, jasurlik, dovyuraklik, axloq - odob, iymon, et'iqod, Quron, hadis, qadriyat, insof, adolat, pedagogika.

THE ROLE OF AMIR TEMUR'S SPIRITUAL AND MORAL VIEWS IN

PEDAGOGY

Anvar Abdumalikovich Oralov Mansur Anarbaevich Tairov

Senior lecturer, JSPI Teacher, JSPI

ABSTRACT

This article describes the educational views of Amir Temur, as well as the process of demonstrating his teachings, courage, courage and perseverance in teaching youth.

Keywords: Amir Temur, courage, bravery, bravery, morality - manners, faith, belief, Qur'an, hadith, values, honesty, justice, pedagogy.

KIRISH

Mustaqilligimiz sharofati bilan tarixni xolisona o'rganish, tarixni soxtalashtirmay, uning sarhadlarini buzmay, bor haqiqatni oydinlashtirib ma'lumot berish imkoniyatlariga ega bo'ldik. Chunki uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o'z vatandoshini qadrlash, uning mavqeini munosib o'rniga qo'yish imkonidan mahrum edi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Darhaqiqat o'tmishga nazar tashlaydigan bo'lsak, Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo'yoq bilan o'chirildi, unitilishga mahkum etildi. Bundan ko'rinadiki xalqimizning yuragidan milliy ong, millliy g'urur tuyg'usini yo'qotish, xalqni qaramlikka, tobelikka ko'ndirish edi. Lekin o'zbek xalqi o'z ajdodlarini, o'z bahodirlarini unitmadi, hamisha yuragida, qalb to'rida saqladi.

Muhammad Tarag'ay Bahodir o'g'li Amir Temur yoshlik chog'idan mard, dovyurak, g'ururli, o'tkir zexn va aql-idrok egasi bolib o'sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san'atni egalladi, Quroni Karimni yod oldi, hadis ilmini o'rgandi, iymon-etiqodli, halol-pok inson bo'lib yetishdi. Darhaqiqat, I. A. Karimov ta'kidlaganidek insof-iymon tuyg'usi, diyonat mezoni Amir Temur hayotining mazmunini tashkil etadi. Olamning qariyib yarmiga jahongir ersa-da, u kuch-qudrat, zo'rlik, zo'rovonlik emas adolatda ekanini teran anglatdi. Shu bois bo'lsa kerakki, o'tmishda ilm ahli, mashxur muarrixlar o'z asarlarida Amir Temur ismiga Ko'ragon, Sohibqiron, Qutbiddin, Abulmansur kabi unvonlarni qoshib, uni e'zozlab, ulug'lab, hikoyat, rivoyat va xotiralar bitganlar.

Tarixiy manbalarda zikr etilishicha, Amir Temur xushfellik, adolat, saxovat, islom axloq-odob qoidalariga rioya va amal qilish, insonlarni jamiyatda tutgan o'rinlari qanday bo'lishidan qat'iy barchani birdek hurmat qilish, ular bilan samimiy muomalada bo'lish, berilgan vada va zimmaga olingan ahdnomalarni vaqtida bajarish kabi qator yuksak insoniy fazilatlarga ega bo'lgan. U yoshligidan o'z oldiga ona yurtni mo'g'il bosqinchilaridan ozod qilish maqsadini qo'ydi, yer yuzida buyuk saltanat soxibi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirdi. Mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko'tarib, dunyoga mashxur qildi.

Amir Temur davlati qurilishi, harbiy san'ati ko'p asrlar davomida Sharq va G'arb davlatlariga o'rnak va andoza bo'ldi. Uning zamonida madaniyat, ilm-fan, me'morchilik, tasviriy san'at, musiqa she'riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko'p an'analari takomiliga yetdi. Amir Temurning madaniyat va din axillariga ko'rsatgan cheksiz mehr-muruvvati ayniqsa ibratlidir.

Amir Temur nomi tarixda Movarounnaxr va buyuk Turkiston o'lkalarida ilm-fan homiysi sifatida ham qolganini ta'kidlash lozimdir. Ma'lumki, u nafaqat o'z mamlakatini, balki o'zga o'lkalarni ham obod qilish uchun katta kuch va g'ayrat sarflagan. Doktor Shamsuddin Samiyning "Alq A'lom" qomusining "Temur" bandida Amir Temurning o'zi olim bo'lgani, ulamolarning rahnamosi, ularni yaxshi ishlarga rag'batlantiruvchi shaxs ekanligi zikr etilgan va o'z poytaxti Samarqandni katta g'ayrat bilan obod qilib, u yerda qator madrasa, kutubxona va madaniyat saroylarini barpo etgani, "Tuzuklar" nomi bilan asar yozib, turli qonunlar yaratgani, o'z tarjimayi holini ham adabiy, chig'atoy tilida yozgani hamda Temur va temuriylar davrida san'at va adabiyotning rivoj topganini eslatib o'tadi. Shuningdek, doktor Shamsuddin Boboxonov Amir Temur buyuk lashkarboshi, mohir sarkarda sifatida mukammal, yaxshi qurollangan, tezkor hujum qilishga qodir, muayyan taktik va strategiyaga ega bo'lgan qudratli armiyaga asos soldi. Bu armiya o'nlik, yuzlik, minglik va tumanliklarga bo'lingan edi. Amir Temurning harbiy san'ati, uning taktika va strategiyasi ko'p mamlakatlarda, jumladan, Fransiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning harbiy

akademiyalarida, maxsus o'rganilgan va hozirgi kunga qadar o'rganib kelinmoqda deb, ta'kidlashi ham Sohibqiron Amir Temurning buyukligidan dalolat beradi.

MUHOKAMA

Zamondosh tarixchilar sohibqiron Temurning eng xarakterli xususiyatlari - davlat, mamlakat va fuqaroning g'amxo'ri bo'lganligi edi deb e'tirof etishadi, jahongirlik qoidasi esa haqiqat sihat-salomatlik, haqiqat-tartib, haqiqat-adolat deb tushinilgan.

Buyuk bobokalonimiz har doim "insonparvarlik va mardlikni Alloh ham, xalq ham ulug'laydi", degan hikmatli so'zlarni takrorlashni xush ko'rgan va o'z hayoti davomida bunga qat'iy amal qilganlar. Dastavval shuni aytish kerakki, Amir Temur, odob-axloq, iymon-etiqod, ta'lim-tarbiya sohasida o'zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishoch hosil qilish uchun uning o'zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid qoidalar, o'gitlar, pand-nasihatlarni, shuningdek, Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni ko'zdan kechirish kifoya.

Tarix fanlari doktori Ashraf Axmad Sohibqiron Amir Temurning o'zi amal qilgan sifatlarni yuksak baholaydi. Bular quyidagilar:

- Hammaga ham bir xil: jiddiy va odil qaradim. Boyni kambag'aldan ustin qo'ymadim;

- Islomga qat'iy rioya qildim;

- Men kambag'allarga ko'p xayr-exson qildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to'g'ri hal qilishga butun jahdimni sarf qildim;

- Xaloyiqqa rahm qildim, barchaga naf yetkurdim;

- Birovga nohaq ozor yetkazmadim va mendan yordam so'rab kelganlarni ko'kragidan itarmadim;

- Islomga taaluqli ishlarni men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustin qilib keldim;

- Barcha so'zlarimdan doim haqiqatgo'ylikka amal qildim;

- Men har kimga va'da bersam, unga vafo qildim;

- Doimo o'zimni Allohning yerdagi mulkining posboni deb bildim va parvardigor iznisiz uni sarf etmadim;

- Men har doim insof bayrog'ini baland ko'tardim va iymon tarqatishni o'z buyukligimning qudratli zamini deb bildim;

- Men doim saidlarga ehtirom bilan qaradim, ulamo va shayxlarni ezozladim.

Shunday qilib sohibqiron Amir Temurning ibratli, hayotiy pand-nasihatlari va

o'gitlarining har bir mazmun va ma'no kengligi, mantiqning kuchliligi, teranligi, ta'siri, umuminsoniy qadriyatlar asosiga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi, ularni bitmas tuganmas xazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz. Bu o'gitlar sohibqironning juda mashaqqatli va sertashvish, goh muvaffaqqiyatli, goh

www.scientificprogress.uz

muvaffaqqiyatsiz, goh quvonchli, goho sertashvish anduhli umirining ijodiy mevasidir. Bu o'gitlar xalqlarning bir maqsad sari birlashtirgan, jipslashtirgan, muvaffaqqiyatlarga erishtirgan sexrli tarbiyaviy kuchga ega bo'lgan durdona-pedagogikadir.

Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra Sohibqiron Amir Temur o'gitlarini uning mohiyati va vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratib o'rganish maqsadga muvofiqdir: 1) Islom dini va shariat qonunlari haqidagi o'git-nasihatlar; 2) Davlat va uni idora etish; 3) Podsho va vazirlar haqida o'git-nasihatlar; 4) Axloq va odobga oid o'git-nasihatlar. Ushbu qayd etilgan pand-nasihatlar sohibqironning o'z tajribasida sinalgan, hayotga tadbiq etilgan juda katta ma'naviy, axloqiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan xulosalaridir. Shu sababli ham ular Temur va temuriylar sulolasi davrida ta'lim-tarbiya tizimida katta ahamiyatga molik bo'ldi.

Amir Temurning Movaraunnaxrda fan, ma'rifat va madaniyat sohasidagi sa'yi-harakatlari jahon taraqqiyoti tarixida musulmon renessansi deb atalgan ilmiy, ma'rifiy va madaniy yuksalishga olib keladi. Ulug'bek, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Ali Qushchi, Jomiy, Navoiy, Behzod, Bobur va Boburiylar ana shu sharq yuksalishi avj olgan davr farzandi edilar.

Amir Temur va temuriylar davrida Movaraunnaxrda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar imkon darajasida yoritilgan. Amir Temurning ilm-fan maorif, madaniyat ravnaqi yo'lidagi tadbirlari, uning Mirzo Ulug'bek, Shoxrux Mirzo, Husayn Boyqaro va boshqalar tomonidan yanada rivojlantirilishi haqida so'z yuritiladi. Ishda islom dini, uning mamlakat ilm-fan, maorif taraqqiyotiga ta'siri ham yoritiladi.

NATIJA

"Amir Temur - buyuk shaxs, - deb yozadi akademik B.Axmedov- kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me'mor, notiq, ruxshunos, shu bilan birga el-yurt sevgan va uni mashxur qilgan inson " U yetti iqlim Sohibqironi, 27- mamlakatni birlashtirib buyuk saltanatni vujudga keltirgan Movaraunnaxr Amir Temur va Xurosonda madaniyat, ilmu-ma'rifat, ta'lim-tarbiyani yanada rivojlantirib uni dunyoga tanitadi. U haqiqatdan xam ko'p qirrali aql, salohiyat egasi, donishmand bo'lgan. Uning shaxsi haqida birinchi prezidentimiz I. A. Karimov: "Muxammad Tarag'ay Bahodir o'g'li - Amir Temur yoshlik chog'laridan mard, dovyurak, g'ururli, o'tkir zexn va idrok egasi bo'lib o'sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san'atni egalladi",- deb aytgan edi. Quroni Karimni yod oldi. Hadis ilmini o'rgandi. Imon-etiqodli, halol pok inson bo'lib etishdi.

Amir Temurning O'rta Osiyo tarixida tutgan o'rni uning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, jabhalardagi merosi, shuningdek davlatni boshqarish, ichki-tashqi siyosat olib boorish, mamlakatni himoya qilish, harbiy san'at, huquq, adolat, ilm-fan, san'at, adabiyot, maorif sohasidagi siyosatiga yetarlicha baho berilmadi. O'zbekiston

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

Mustaqillikka erishganidan so'nggina milliy merosimiz, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz umuman ma'naviyatimizni o'rganish, unga baho berish va tiklanishning imkoniyatlarini yaratadi.

Amir Temurning ko'p qirrali faoliyati, murakkab shaxs ekanligi o'sha davrda yozilgan qator asarlarda ifodalangan. Hofiz Boburning "Zubdat ut tavorix", SHarofiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Fasih Ahmad Havofiyning "Mujmali Fasihiy", Abdurazzoq Samarqandiyning "Matlaus sadayn va majmual baxrayn", Ibn Arabshohning "Ajayibul- maxdur fi axbori Temur", nomli asarlari o'sha davrning qimmatli yozma manbalari hisoblanib, ularda Amir Temurning hayoti va ko'p qirrali faoliyati ma'lum darajada, hikoya qilinadi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, buyuk sarkarda, adolatli shoh Amir Temur Markaziy Osiyoda mo'g'ullarning 150-yillik hukmronligini tugatib, buyuk davlat tuzgan va uni dunyoga tanitgan, shuningdek, Movaraunnaxrda fan va madaniyat ravnaqining asosini yaratgan shaxs sifatida mashxurdir. O'z davrida Turkistonda hunarmandchilik, qurilish, ilm- fan va madaniyatni rivojlantirgan. Bu esa kelajak avlodga ta'lim-tarbiya berishda muhim asos bo'lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Karimov I. A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. Toshkent, O'zbekiston, 1994 yil.

2. Karimov I. A. Amir Temur faxrimiz, g'ururimiz. Toshkent, O'zbekiston, 1996 yil.

3. Karimov I. A. Istiqlol va ma'naviyat. Toshkent, O'zbekiston, 1994 yil.

4.Amir Temur o'gitlari. Toshkent, Cho'lpon, 1992 yil.

5. Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san'at, Toshkent, Adabiyot va san'at nashriyoti, 1996 yil.

6.K. Xoshimov, Pedagogika tarixi, Toshkent, O'qituvchi, 1997 yil.

7.Safo Ochil, K. Xoshimov, O'zbek pedagogikasi antalogiyasi, Toshkent, O'qituvchi, 1995 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.