Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
BO'LAJAK O'QITUVCHILAR MA'NAVIY MADANIYATINI MVOJLANTIMSHDA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING
AHAMIYATI
Axmedova Nasiba Achilovna
Jizzax davlat pedagogika instituti Umumiy psmxologiya kafedrasi katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola bugungi kunning dolzarb mavzularidan bo 'lib, Mazkur maqolada bugungi globallashuv jarayoniga xos bo 'lajak o 'qituvchilarni sharq mutafakkirlari qarashlaridan foydalangan holda ma'naviy madaniyatini rivojlantirishning o'rni yoritilgan .
Kalit so'zlar: globallashuv, jarayon, barqarorlik, tarbiya jarayoni, milliy qadriyatlar, meros.
В этой статье освящено место развития духовной культуры будущих учителей, используя взгляды восточных мыслителей характерное к сегодняшнему процессу глобализации,
Ключевые слова: глобализация, процесс,устойчивость, процесс воспитания, национальные ценности, наследие.
This topic is controversial issues of today, the article explores the role of teachers in developing thespiritual culture of future teachers in context of globalization, using the views of Eastern thinkers.
Keywords: globalization, stabilility, upbringing, national values, inheritenc.
Ma'lumki, har qanday millat ravnaqida eng avvalo shu millat vakillari, ayniqsa yoshlarda milliy g'ururni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy g'ururni shakllantirish uchun esa har bir millatning tarixi, ajdodlari bunyod etgan moddiy va ma'naviy qadriyatlar asosiy manbalardan hisoblanadi. Qaysi millatning o'tmishida mana shu manba qanchalik salmoqli bo'lsa, yoshlarda milliy g'ururni shakllantirish tezroq samaraga olib keladi. Bunday manbalar mamlakatimizda nafaqat Sharq, balki, jahon sivilizatsiyasi uchun muhim ekanligi ayni haqiqatdir.
Milliy qadriyatlarni qayta tiklash va ularni boyitish yo'lida amalga oshirilg an harakat natijasi sifatida boy milliy meros namunalarini chuqur o'rganish imkoniyati
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
yuzaga keldi. Bu imkoniyat o'z navbatida o'zbek xalqi tarixida o'ziga xos o'rin tutgan shaxslar faoliyatini o'rganishga sharoit yaratdi.
Natijada halqimiz o'z taqdirining chinakam egasi, o'z tarixining ijodkori, o'ziga xos milliy qadriyatlar va madaniyat sohibiga aylandi. Ushbu muammo yechimini hal etishda jamiyatni rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo'lish talabalarda milliy an'ana va qadriyatlarga suyanishva undan rejalashtirilgan maqsadlarda samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Maxmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'otit-turk", Yusuf Xos Hojibning"Qutadg'u bilig", Kaykovusning "Qobusnoma", Ahmad Yassaviyning "Xikmatlar" kabi asarlari yoshlarimizningma'naviy jihatdan tarbiyalanishlarida muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Ayniqsa, bu borada «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da «Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O'zbekiston taraqqiyotining muhim sharti» ekanligi asoslangan [2.3].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Umuminsoniy qadriyatlar: «Odamzodning yashashi, umrguzaronligi, farzandlari hayotining ijtimoiy, iqtsodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy, ma'naviy va axloqiy sohalariga taalluqli bo'lgan umumjamiyat miqyosidagi qadriyatlar butun insoniyat va jamiyatga tegishli bo'lganidan, umuminsoniy qadriyatlar, deb ataladi» [3.476].
Yoshlarni bunyodkor va buzg'unchi g'oyalar, mafkuraviy tahdidlar, shuningdek, milliy istiqlol g'oyasining mohiyati, ularning ijtimoiy-pedagogik ahamiyati to'g'risidagi ma'lumotlar bilan tanishtirishbugunning dolzarb muammolaridan biridir
Insonparvarlik fazilatlari Qur'oni Karim, Hadisi shariflarida, Al-Zamaxshariyning "Nozik ibora", Maxmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'otit-turk", Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig", Kaykovusning "Qobusnoma", Ahmad Yassaviyning "Xikmatlar", Pahlavon Mahmudning ruboiylarida, Ahmad Yugnakiyning"Hibbatul-haqoyiq", Sa'diy Sheroziyning "Guliston", "Bo'ston", Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston", Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub", Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yohud axloq" va boshqa ko'plab asarlarda tahlil qilinadi. Darhaqiqat, xalqimiz o'z taraqqiyoti davomida erishgan va yaratgan madaniy boyliklardan, axloqiy qarashlar va qoidalardan unumli foydalanmasdan milliy kadriyatlarni anglaydigan yurtsevar va xalqparvar yoshlarni, yuksak ma'naviy madaniyat egasi bo'lgan yoshlarni kamolatga yetkazish mumkin emas.Chunki ajdodlarimiz qoldirgan merosda barcha davrlar uchun kerak bo'ladigan ajoyib, ilg'or
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
fikrlar borki,bu fikrlar bugungi taraqqiyotimiz uchun ham katta ahamiyatga ega. Yuqorida sanab o'tgan mutafakkirlarimiz hayotning ma'nosi, jamiyatda insonning tutgan o'rni, uning ta'lim-tarbiyasi haqidagi qimmatli va dono fikrlari bilan xalqimizning ma'naviy dunyosini yanada boyitganlar. Shuning uchun ham utmish madaniy merosining jamiyat ma'naviy hayotidagi ahamiyatini o'rganish va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan ish hisoblanadi. Bularning isboti sifatida quyidagi xikmatlar va mutafakkirlarning ayrimlarining fikrlaridan namunalar keltiramiz: Aziziddin Nasafiy (XIII asr). o'z asarlarida«Ey farzand, hech bir mukofot talab qilmay, minnatdorchiliklar kutmay, aksincha o'zingni burchli deb bilib, yaxshilik yaratib, hamma vaqt, hamma uchun ezgulik ijod qilganingdagina sen Ollohi taolaning xulqi bilan bezanajaksan!»[4.46].
Abu Nasr Farobiy (873-950).«-Baxtga erishishning birdan-bir yo'li barcha ezgu ishlarni xayrli niyatlar bilan bajarish, fazilatli amallarga tayanish va razolatdan voz kechishdadir;
- ma'rifat - baxt va kamolat sari qo'yilgan birinchi qadamdir;
- ruhni tarbiyalash va poklash izchil davom etsagina, yaxshi natijalarga erishish mumkin;
- tabib badanni davolashga kirishganidek, rahbar ham aholi orasidagi axloqiy bemorlarni davolashga kirishishi kerak» [5.83].
Demak, buyuk bobolarmizning o'lmas merosi bugungi yoshlarning ma'naviy tarbiyasida va ayniqsa ularning milliy dunyoqarashi kengayishida bitmas-tuganmas xazinadir. Ularni ibrat-namuna qilib ko'rsatish orqali yoshlar ongida quyidagi insonparvarlik fazilatlari yanada yuksaladi:- mardlik;- botirlik;- pahlavonlik;-mehnatsevarlik;- kattalarga hurmat va kichiklarga izzatda bo'lishlik;- do'stlik va muhabbat tuyg'ulariga sadoqatli bo'lishlik va shu kabilar. Demak, inson kamoloti va uning yuksalishida yoshlarimiz ma'naviy tarbiyasi va ilmiy dunyoqarashi kengligi, ibrat-namuna muhim rol o'ynar ekan. Shu sababli ham bugungi yoshlarimiz dunyoqarashini shakllantirish va yuksaltirishda ular ongiga millat, Ona tuproq, Ona Vatan, xalq va uning tarixiy ildizlari asosidagi boy milliy-ma'naviy merosimiz haqidagi ma'lumotlarni ta'lim-tarbiyaning barcha jabhalarida singdirib borishimiz lozim. Bu esa milliy tarbiyamizning tarixiy asoslarini belgilashni va ulardan bugungi ta'lim-tarbiya jarayonimizda moslarini tanlab, ibrat-namuna qilib ko'rsatish ijobiy pedagogik samaralarni beradi.
An'analarimizni tiklash, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan ma'naviy-marifiy, madaniy meroslarni avlodlarimizga bekami ko'st yetkazib berish kabi muhim vazifalar o'z ahamiyati jihatidan dolzarb bo'lib qoldi. Ayniqsa, insoniyat
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
taraqqiyoti, ilm-fani va shaxs barkamolligiga muhim hissa qo'shgan buyuk daholar, allomalarning ilmiy, ijodiy va badiiy merosini o'rganishga alohida ehtiyoj yuzaga keldi. Bu ham ota-bobolarimiz sog'lom turmush kechirishni asrlar davomida uqtirib kelganligidan va yosh avlodga har tomonlama mukammal ta'lim-tarbiya berish, kamolat sari yetaklash doimo dolzarb bo'lganligidan dalolat beradi.
Abu Nasr Farobiy o'z asarlarida insonni Xudoning tabiiy-moddiy hilqati sifatida voyaga yetkazish va bunda ilmiy asoslarga suyanish masalasini jiddiy ilgari suradi. Uning «Fozil odamlar shahri» asari inson tarbiyasida katta boy manba bo'lib hisoblanib, u allaqachon mashhur bo'lib ketgan. Shuning bilan birga uning «Fazilat, baxt va kamolat haqida» deb nomlangan asari ham tarbiya masalasida muhim asos bo'lib hisoblanadi. Unda jumladan, shunday deyiladi: «Har bir inson boshidan komil bo'lib tug'ilmaydi, ammo tug'ma ravishda o'ziga xos ichki shuurga ega bo'ladi va bu shuur bilan bosqichma-bosqich komillikka jiddu jahd bilan intiladi».[4.224].
Demak, tarbiya jarayonini tartibli, ya'ni bosqichmaqbosqich olib borilshishi lozim. Bunday dalilu isbotlarni ko'plab keltirish keltirish mumkin. Asarlarni o'rganish o'quvchilarning ham og'zaki, ham yozma nutqlarinio'stirishda yordam beradi, xotiralarini mustahkamlaydi, ularning lug'at boyligini asraydi. O'qituvchi esa har bir o'rgangan fikr qarashlarin tahlil qilar ekan mag'zini chaqib, mazmuni-mohiyatini tushunishda o'quvchilarga yaqindan yordam berishi zarur bo'ladi.
Mutafakkirlarning xayotiga oid qarashlarida yuksak insoniy fazilatlar ko'p talqin qilinganligi bois Abu Rayhon Beruniy adolat masalalarining keng yoritilishi,ahloq,ta'lim- tarbiya haqidagi qarashlarining ahamiyatiga alohida e'tibor berilgan. Ayniqsa Beruniyningquyidagi fikrlari - «Do'stlar va xayrixohlar yomonni yaxshi qilib ko'rsatishga, xalal beradiganni to'sishga, go'zallikni izhor etishga va yaxshiliklarni himoya qilishga tirishadilar;
- yaxshilik xislatlari quyidagilardir: to'g'rilik, taqvodorlik, o'zini saqlash, dindorlik, odillik, kamtarlik, muloyimlik, siyosatbozlik va boshqarish ishlarida bilimdonlik, tadbirkorlik, to'g'ri taxmin qila bilish;
- sezgilar beshta bo'lib, ular quloq bilan eshitish, ko'z bilan ko'rish, burun bilan hidlash, til bilan tatib va teri bilan tegib bilishdan iborat;
- kishi tabiati bilolmagan narsani bilishga moyil bo'ladi».[5.231].
Komillik inson shaxsini ulug'lovchi, uning qadrini yuqori ko'taruvchi muhim fazilat sifatida har bir shaxsda rivojlanishi zarur. Zero, bu fazilat jamiyatda tinchlik va farovonlikni ta'minlash, aholi o'rtasida ahillik hamda o'zaro yordamni qaror toptirishga yordam beradi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Ulug' sohibqiron Amir Temur nafaqat o'zbek xalqi, balki Markaziy Osiyo hududida yashovchi barcha xalqlarning tarixiy taraqqiyotini ta'minlashda ulkan hissasi bo'lgan shaxslardan biridir. Amir Temur fenomeni nafaqat jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojini ta'minlashdagina aks etib qolmay, shu bilan birga yuksak ma'naviyatga ega shaxs timsoli sifatida ham namoyon bo'ladi. Amir Temur ma'naviyatining eng ustuvor jihati uning davlat boshqaruvi hamda fuqarolarga bo'lgan munosabatda ham adolatga tayanganligidir. Bu holat sohibqironning kundaliklarida qayd etilgan quyidagi fikrlarda ham o'z tasdig'ini topgan: "Har bir mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo'lini to'sdim", "Barcha ishlarda, bu ishlar qaysi o'lka xalqiga taalluqli bo'lmasin, hokimlarning adolat tomonida qattiq turishlariga buyruq berdim" [6, 172].
"Kuch adolatdadir", "Rosti-rusti" ("Haqiqat - sihat-salomatlik, haqiqat - tartib, haqiqat - adolat") shiorlarining Amir Temur faoliyatida yetakchi o'rin tutganligi ham adolat sohibqiron faoliyatining asosiy mezoni bo'lib kelganligidan dalolat beradi. Yoshlarninig ma'naviy madaniyatini shakllantirishda ham o'ziga xos yo'nalish bo'la olishi lozim. Demak, umuminsoniy va ilmiy qadriyatlardan avvalo fan va ta'lim taraqqiyotida, kishilar turmush sharoitini yaxshilashda, oila kamoliga erishishda, jamoa manfaatlarini yuksaklikka ko'tarishda, jamiyat taraqqiyoti saviyasini tezlashtirishda va davlatning iqtisodiy hamda ma'naviy-ma'rifiy qudratini yuksaltirishda foydalanish maqsadga muvofiq bo'lib, bundan pirovard maqsadimiz xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan taraqqiyotini o'zida mujassam qilgan Ozod va obod Vatan qurishdan iborat.
Buyuk bobolarmizning o'lmas merosi bugungi yoshlarning ma'naviy tarbiyasida va ayniqsa ularning milliy dunyoqarashi kengayishida bitmas-tuganmas xazinadir. Asosan ezgulik va to'g'rilikning talqin qilinishi, ularni qiziqib mutoala qiladigan yoshlarimizga faqat ijobiy ta'sir ko'rsatishi tabiiydir. Yoshlar ongiga shaxs ijodiy kamoloti bosqichlarini ilmiy, ma'naviy qadriyat sifatida singdirish ularni ijodiy kamolot sari intilishiga turtki bo'ladi va natijada ular ijtimoiy faol shaxs bo'lishga intiladi, olimlikni va komillikni havas qiladi.
REFERENCES
1. "Jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot uchun zamonaviy kadr kerak" 25.08.2019 y. Videlselektor materiallari.
2. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» // Oliy ta'lim (me'yoriy huquqiy va uslubiy hujjatlar to'plami). - Toshkent: 2004. - 12 b.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
3. Falsafa: qomusiy lug'at. - Toshkent: Sharq, 2004. - 476 b.
4. Yoqubov A. Sihat-salomatlik yili: mazmun va mohiyat. - Toshkent: 2005. - 23 b.
5. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. - Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. - 224 b.
6. Temur tuzuklari. - Toshkent: G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1996. - 172 b.
7. Kamolova, S. (2021). ПРЕЕМСТВЕННОСТЬ ФОРМИРОВАНИЯ МИРОВОЗЗРЕНИЯ СТУДЕНТОВ НА ОСНОВЕ ОБЩЕЧЕЛОВЕЧЕСКИХ ЦЕННОСТЕЙ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 1.
8. Kamolova, S. (2021). THE ROLE OF UNIVERSAL AND SCIENTIFIC VALUES IN THE SPIRITUAL DEVELOPMENT OF FUTURE TEACHERS. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (2).
9. Kamolova, S. (2022). УКИТУВЧИ ПЕДАГОГИК КОБИЛИЯТЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ ПСИХОЛОГИК АСОСЛАРИ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2(5).
10. Kamolova, S. (2021). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ОБРАЗОВАНИИ ЯВЛЯЕТСЯ ТРЕБОВАНИЕМ СЕГОДНЯШНЕГО ДНЯ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2.
11. Kamolova, S. (2021). АВЕСТОДА АХЛОКИЙ ИДЕАЛ ВА УНИНГ ИЖТИМОИЙ-ПСИХОЛОГИК КУРИНИШЛАРИ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (3).
12. Kamolova, S. (2021). IMPLEMENTATION OF PEDAGOGICAL ETHICS IN FUTURE TEACHERS. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (3).
13. Камалова, Ш. У., Мунарова, Р. У., Ахмедова, Н. А., & Эшонкулов, Б. М. (2015). Педагогические взгляды Абу Али ибн Сины (Авиценны). Молодой ученый, (9), 1068-1070.
14. Яхшиева, М. Ш., Камолова, Ш., Эшонкулов, Э. С., Усанов, У. Н., & Уразолиев, Х. А. (2015). Самовоспитание-естественный процесс адаптации личности. Образование и воспитание, (1), 62-64.
15. Мунарова, Р. У., Камолова, Ш. У., Шакарбоева, Ш. А., Каршибоева, Д. Б., & Алимкулов, С. О. У. (2016). Великие мыслители Средней Азии о воспитании гармоничного и всесторонне развитого поколения. Проблемы педагогики, (2
(13)), 17-19.