Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
SHARQ MA'RIFATIDA HARBIY QO'SHIN VA NAVKARNING IJTIMOIY VA AXLOQIY JIHATLARI
Mullajonov Islomjon Yuldashevich
O'R QK Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada Temuriylar davrida yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faoliyati, harbiy nazariyasi va amaliy harbiy san'ati, taktika va strategiyasi, armiya tarkibining tuzilishi, hamda temuriylar davrida axloqiy-estetik g'oyalarning rivojlanishi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: Etika, estetika, ma'naviyat, vatanparvarlik ruhiyati, komil shaxs, sadoqat, g 'urur, ishonch.
АННОТАЦИЯ
В статье рассматривается деятельность Тимуриды по воспитанию подрастающего поколения в духе морали и патриотизма, военной теории и прикладных боевых искусств, тактики и стратегии, устройство армии, а также развитие нравственных и эстетических представлений в период правления.
Ключевые слова: Этика, эстетика, духовность, патриотический дух, совершенная личность, верность, гордость, уверенность.
ABSTRACT
This article discusses the activities of Timurids in educating the younger generation in the spirit of morality and patriotism, military theory and applied martial arts, tactics and strategy, the structure of the army, as well as the development of moral and aesthetic ideas.
Keywords: Ethics, aesthetics, spirituality, patriotic spirit, perfection, loyalty, pride, confidence.
KIRISH
Bugungi kunda yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Amir Temur va temuriylar davrida yashab ijod etgan mutafakkirlarning faoliyati katta ahamiyat kasb etadi. Ular qoldirgan ma'naviy meros necha-necha avlodlami ma'naviy-axloqiy kamolotga da'vat etib, yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalab kelmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Sh.M.Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar harbiy
xizmatchilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan
220
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
takomillashtirish to'g'risida"[1]gi qaroriga muvofiq bugungi kunda Mudofaa vazirligi tarkibidagi barcha xizmatchilar bir tanu bir jon bo'lgan holda milliy armiyamizda faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchilarning hayotiy va professional ko'nikmalarini ilm-ma'rifat asosida qalbi va ongiga singdirish, mamlakatimiz hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar bilan uyg'un ravishda ularning bilimlarini oshirib borish, yon-atrofimiz va jahonda ro'y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondoshish, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash masalalarida to'sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishda hamjihat va hamkor bo'lishimiz lozimligi ta'kidlangan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Inson ruhi, ma'naviyati nimaligi azaldan insonlarni qiziqtirib kelgan. Bu borada minglab ta'riflar mavjud. Ammo aniq javob yo'q. Bu buyuk sir-sinoatdir. Ma'naviyatning mohiyatini aql-zakovat bilishga qodir emas. O'zbek adibi Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek, "ma'naviyatni bir so'z bilan ifodalab bo'lmaydi. U qudratli, boy va biz uchun azizdir", deb yozgan. Yangi O'zbekiston sharoitida mamlakatmizda amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarimiz, armiya va xalqning faol hamkorligi natijasida Qurolli Kuchlarimiz tom ma'noda jamiyatning ajralmas qismiga, mamlakatimiz barqarorligi va taraqqiyotining ishonchli kafolatiga, yoshlar va harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim institutiga aylanib bormoqda.
Biz Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Bobur singari buyuk vatandoshlarimiz bo'lgan jasur, el-yurtga sadoqatli o'g'lonlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.
Amir Temur harbiy sohada jahonga mashhur sarkarda va o'z zamonasining eng qudratli hukmdori bo'lish bilan birga, uning harbiy nazariyasi va amaliy harbiy san'ati, taktika va strategiyasi, armiya tarkibining tuzilishiga ko'ra o'z davrining nodir mo'jizasi edi. Sohibqiron tomonidan Movarounnahrda markazlashgan va qudratli davlat barpo etilishi hamda bu yerda tinchlik, osoyishtalikning ta'minlanishi bunga asosdir.
Biroq ming taassufki, Amir Temur haqida sovet davrida yaratilgan aksariyat adabiyotlarda, shuningdeq ko'pchilik nashrlarda sohibqironning insoniyat oldidagi buyuk xizmatlari haqida deyarli ma'lumotlar berilmagan. Uning harbiy mahorati turli yo'nalishlarda: qismlarni qayta tashkil etishda, dushmanga hujum qilishda turli-
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
tuman usullardan foydalanishda, hujumdan oldin dushman joylashgan yerlarni obdon o'rganib chiqishda hamda qo'mondonlikda namoyon bo'ladi.
Amir Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar bo'lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun Jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixining, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi o'zlashtirganini ta'kidlaydi.
Amir Temur ilm-fan, ma'naviyat ahliga e'tibor, mehribonlik ko'rsatib, ulardan jamiyat madaniy hayotida foydalanishga intilar ekan, tarixchi Ibn Arabshoh yozganidek, "Temur olimlarga mehribon, sayidu shariflarni o'ziga yaqin tutar edi. Ularning har birini o'z martabasiga qo'yib, izzat-ikromini unga izhor qilar edi"[2].
Sohibqironning ma'naviy-axloqiy qarashlari uning "Temur tuzuklari"da mujassamlangan. Mazkur asarda Temurning jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, davlatning siyosiy va axloqiy tamoyillari ifodalangan.
Amir Temur davlatni boshqarishda o'zi uchun asosiy yo'nalishlar deb, din va shariatni oladi: "yana tajribamda ko'rib bildimki, davlat agar din (qoida, rasm, tartib, odat, ravish, tarzi) asosida ko'rilmas ekan, unday saltanatning obro'si, qudrati va tartibi yo'qoladi. Bunday saltanat yalang'och odamga o'xshar ekan, uni ko'rgan har kimsa undan nazarini olib qochadi, yohud kasu-nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi, tuynugi yo'q uyga o'xshaydi"
Buyuk davlatga asos solgan Amir Temurning sarkardalik san'atini, lashkarboshilarni qanday tanlagani va rag'batlantirganini o'rganish, bizningcha, muhim masaladir. Chunki, ulug' amirning "Davlatu saltanat uch narsa - mulk, xazina va lashkar bilan tikdir", deb aytgan hikmatli so'zlari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.
Sohibqiron harbiylikka olinadigan kishidagi sergaklik, xushyorlik va tadbirkorlikni oldingi o'ringa qo'ydi. U aytadiki, "ishbilarmon, mard va shijoatli sohib, azmi qat'iy tadbirkor va xushyor bir kishi, ming-ming tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidur" U shunday degan: "Cherik tuzib, navkar olmoqda uch qoidaga amal qildim: birinchidan - yigitning kuch-quvvatiga, ikkinchidan - qilichni o'ynata olishiga, uchinchidan aql-zakovati-yu, kamolotiga e'tibor berdim. Shu uch sifat jamuljam bo'lgandagina navkarlik xizmatiga oldim. Negaki, kuch-quvvatli yigit har qanday qiyinchiliklarga, azob-uqubatlarga chidamli bo'ladi, qilich o'ynata oladigan kishi raqibini mag'lub eta oladi, oqil navkar har joyda aql-idrokini ishga solib, mushkulotni bartaraf etmog'i mumkin"
U kishilardagi, jumladan, navkarlaridagi vafodorlik va sadoqatni qadrlay bildi. Bevafo va sadoqatsiz sipohiylarni saltanatiga yaqinlashtirmadi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
"Men bilan ittifoqi buzilgan amirlarni bir-ma-bir holi joyga chaqirtirib, har qaysisi bilan alohida gaplashdim. Mol-dunyoga hirs qo 'ygan ojiz va ta 'magirlarga mol-dunyo va'da qildik, mansab-martabaga va mamlakatlarni boshqarishga ko'z tikkan amalparastlarga qo 'lim ostidagi mamlakat va viloyatlardan birining hokimligini berdim. Ularning hammasini umid va qo'rqinch orasida saqladim. Qolgan sipohiylarni ham yemak-ichmak va kiyim-kechak umidi, shirin so 'z va ochiq chexra bilan o 'zimga rom qildim. Bir xizmatini o'n barobar qilib taqdirlab, dilini xushnud etdim. Natijada meni qo 'llab-quvvatladilar va atrofimda birlashdilar. Har ishda birlik - ittifoqlikni qo 'ldan bermaslikka, amrimdan chiqmaslikka va 'da berib, men uchun molu jonlarini ayamay, jang maydonida jonbozlik qilishga axd qildilar"
"Yo 'l ustida kuzatuvchilar, zobitlar tayiria-sinlarki, yo 'llarni qo 'riqlab, yo 'lovchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarini biri manzildan ikkinchi manzilga etkazib qo'ysinlar. Yo'l ustida birontasining narsasi yo 'qolsa, o'zi o 'ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, bular uchun javobgarlik ularning zimmasida bo 'lsin.
Amir Temur (1336—1405 y.y.) millatimiz tarixida munosib o'rin egallaydi. U yoshligidan xat-savod chiqarib, o'z davrining tibbiyot, riyoziyot, falaqiyot, me'morchilik va tarix ilmlarini o'rgangan.
O'g'ri va qaroqchilar qayerda qo'lga olinmasin, yaso (qonun) asosida jazolansinlar. Agar birontasi birovning mol-mulkini kuch ishlatib tortib olgan bo'lsa, uni olib o'z egalariga topshirsinlar. Kimdir birovning tishini urib sindirgan bo'lsa yoki ichkilik ichgan bo'lsa, jazo berish uchun shariat qozisi huzuriga olib borsinlar"
Amir Temur saroyida ko'plab ilm-ma'rifat allomalari sohibqironning marhamatidan bahra olib, uning xizmatida bo'ldilar. Sohibqironning riyoziyot, xandasa, me'morchiliq falakiyot, adabiyot, tarix, musiqa sohalari ravnaqiga katta e'tibor berib, sohibi hunarlar bilan qilgan suhbatlari haqida fransuz olimi Lyangle shunday yozadi: "Temur olimlarga iltifotli edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini ko 'rgan kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, idora va boshqa ishlarda iste'dodli bo'lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun ko 'pincha taxtdan tushib, ularningyoniga kelardi. Chunki, Temur bu sohalarga g'amho 'rlik qilishga asosiy e 'tiborini berardi"
Ulug' amir har ishda insoniy, axloqiy fazilatlarni, kuchli iymonni birinchi o'ringa qo'ygan. Sohibqiron Amir Temur davrida Markaziy Osiyoning mustaqil b ir davlat ostiga birlashtirilishi, shubhasiz, mamlakatning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga ulkan ta'sir ko'rsatdi, ilm-fan, adabiyot va san'at, hunarmandchilik va me'morchilik ravnaq topdi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Buning uchun Movarounnahrning hamma joylaridan, yaqin va O'rta Sharq o'lkalaridan, tobe mamlakatlardan juda ko'p fan va san'at ahllarini, iste'dodli sohibi hunarlarni, me'mor va musavvirlarni poytaxtga to'pladi. Bu - Sohibqironning estetik didi juda baland bo'lganligidan dalolatdir.
Buyuk Sohibqironning axloqiy-estetik qarashlari, amaliy faoliyati bugun ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q, aksincha, vaqt o'tishi bilan yanada mazmunga boyib bormoqda.
O'rta asr Sharqida axloq fanining rivojiga katta hissa qo'shgan mutafakkir Jaloliddin Davoniy (1427—1502 y.y.)dir. U axloq fanining predmeti va vazifalarini belgilashda Arastu ta'sirida bo'ladi. Axloq fani deganda, mutafakkir kishilarning xulq-odobi va fazilatlarini o'rganuvchi fanni tushunadi. Ushbu fan amaliy xarakterga ega bo'lib, u kishilarning kundalik hayotida asosiy qo'llanma bo'lib xizmat qilishi lozim.
Davoniyning fíkricha, kishilarning xislatlari tabiiy (tug'ma) va yashash davomida shakllanadigan hislatlarga bo'linadi. Ushbu masalada u Forobiy va Tusiylarning fíkriga qo'shiladi.
Davoniy xuddi Forobiy singari, tug'ma xususiyatlarga kishilarning ba'zi bir aqliy va axloqiy malakalari: zehn o'tkirligi, faraz qilish qobiliyati, hamfikrlik va boshqalarni kiritadi. Mutafakkir kishilarning ba'zi tug'ma-xususiyatlari va qobiliyatlarini tan olsa ham, yashash davomida qo'lga kiritiladigan malakalarni inson uchun muhim, deb hisoblaydi. Zero, inson yoshligidan tashqi muhit va boshqalarning ta'sirida barcha xislatlarni egallay boradi.
Davoniyning fíkricha, bola dunyoqarashining shakllanishida tashqi muhit va uning tevarak-atrofidagi odamlar muhim rol o'ynaydi. Tashqi muhit ta'sirida bola faqatgina atrof-muhitni kuzatibgina qolmasdan, balki yaxshi yoki yomon malakalarni hosil qila boradi.
Davoniy kishilarni bola tarbiyasida juda ehtiyot bo'lishga chaqiradi, chunki ular yoshligida o'ta ta'sirchan bo'ladi, yaxshi va yomonning farqiga bormasdan qabul qilaveradi. "Bola qalbi, deb ta'kidlagan edi u, toza taxtaga o'xshaydi, unga har qanday tasvirni osonlikcha chizish mumkin" Uning aytishicha, tug'ilganda bola qalbi toza taxtani eslatadi. Ruhiy holati (psixikasi) esa yashash jarayonida to'ldirib boriladigan bir varaq oq qog'ozga o'xshaydi.
Bola tarbiyasida maktabning roli muhimdir. O'qituvchi aqlli, bola tarbiyalashda qobiliyatli bo'lishi lozim. Davoniy o'qituvchini sevishga, hurmat qilishga chaqiradi va uni ma'naviy ota deb hisoblaydi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Davoniy yosh avlodni kasb-hunarga o'rgatish masalasiga ham o'z e'tiborini qaratadi. Bolalarni o'qitishda, ularning qobiliyatini hisobga olish zarur. Agar bola biror kasb-hunarga qiziqsa, shu ixtisosni egallashi uchun unga sharoit yaratib berish kerak. "Hamma mavjud kasb-hunarlarga kishining qobiliyati bo'lmaydi, aksincha har bir odam muayyan bir hunarga qiziqadi. Buning zaminida bir sir yashirinib yotadi. Bu sirning sababi dunyoning mavjud bo'lishi va kishilar turmushini tartibga solib turishdir", deydi Davoniy. Bitta hunar bilan qiziquvchi odam, o'zining butun qobiliyati va e'tiborini shu kasbni egallashga qaratadi.
Temuriylar davrining ko'zga ko'ringan allomalaridan biri - Xusayn Voiz Koshifiy (1440— 1505 y.y.). Uning dunyoqarashida axloqshunoslik muammolari muhim o'rinni egallaydi. Koshifiy "Axloqi Muxsiniy" asarida axloqshunoslikni maxsus fan tarmog'i sifatida tan olib, uning vazifalarini belgilab beradi. Uningcha, axloqshunoslik ko'proq amaliy fanlar turkumiga kirib, uning asosiy vazifasi yaxshi fazilatlarni kasb qilishdan iborat. Koshifiy axloqni kishilar o'rtasidagi munosabatlar va ularning kundalik turmushidan qidiradi.
Koshifiy bolalarni yoshlikdan boshlab ularning qobiliyatiga qarab muayyan kasb-hunarga o'rgatish lozim, deb hisoblaydi. Agar bola biror kasbga qiziqish bildirsa, unga kerakli shart-sharoitlarni yaratib berish kerak. U shaxsning axloqiy kamolotida yaxshi fazilatlarni egallashi lozimligi masalasiga keng to'xtaladi.
Ma'lumki, eng muhim axloqiy tushunchalardan biri adolatdir. Koshifiy adolatni keng ma'noda tushunadi, uni insonning axloqiy malakalarini yuksak shakli sifatida talqin qiladi. Agar adolat mutlaq fazilat bo'lsa, insonning boshqa xususiyatlari uning xizmatkori hisoblanadi. Uningcha "Adolat - eng yaxshi fazilat bo'lsa, adolatsizlik esa eng tuban va yaramas illatdir"[3].
Koshifiy yaxshilik va yomonlik haqida ham o'z fikrini bildirgan. Uning tushunchalari juda keng ma'noni anglatadi. Sharq mutafakkirlari ular orqali kishilarning xulq-odobi, yurish turishi va xatti-harakatini baholaganlar.
Koshifiy ham Navoiy singari kishilarni yaxshi va yomonga ajratadi va besh guruhga bo'ladi. Birinchi guruh kishilari shunday kishilarki, ular o'z tabiati va kelib chiqishiga ko'ra yaxshi kishilar bo'lib, doimo xayrli ishlar bilan shug'ullanadilar. Shuning uchun ularni qo'llab-quvvatlash zarur. Ikkinchi guruhdagilar o'ziga yaxshilikni ravo ko'rib, boshqalarga nafi tegmaydi. Bunday odamlarni ham qadrlab, ularni hayrli ishlar qilishga undash kerak. Uchinchi guruhga kiruvchi odamlar jamiyatga na foyda, na ziyon keltiradilar, ya'ni ular tabiatiga ko'ra na yaxshi va na yomondirlar. Ularni ham yaxshi ishlar qilishga, yomonlikdan qochishga chorlash lozim. Lekin to'rtinchi guruhga kiruvchilar, garchi ular yomonlik qilmasada, tanbeh
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
berishga loyiq odamlar hisoblanadi. Ularni yomonlikdan tiyilishiga da'vat qilish zarur. Beshinchi guruhdagilar yomon va axloqsiz odamlar bo'lib, jamiyatga faqat ziyon keltiradilar. Ularga nisbatan jazo choralarini qo'llash va ularning tarbiyasi bilan shug'ullanish lozim.
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, o'sha davr allomalarining axloq-odob va estetika borasidagi dono fikrlari madaniyatimizni yanada ravnaq toptirishda, yoshlarning ma'naviy dunyosini boyitishda, ularni yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. Shunday ekan, bugun Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarimiz ajdodlarimizning mana shunday boy ma'naviy merosidan oziqlanishsa, o'zlarining ma'naviy, axloqiy va intellektual sifatlarini shakllantirishsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi PQ-3898-son qarori.
2. Harbiy xizmat axloqi. 2005 y. Toshkent.
3. Pulatova D.A. "Axloqshunoslik" fanidan mustaqil ta'lim uchun uslubiy qullanma, 1995 yil,
4. Vatanparvar gazetasi maqolalari.
5. O'zbekiston Respublikasining "Umumxarbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida"gi qonuni. Toshkent 2003 y.
6. O'zbekiston Respublikasi QK «Umumxarbiy nizomlari» Toshkent 1996 yil.
7. Umarov E. Estetika "Nafosatshunoslik" Toshkent 1995 yil,
8. O'G'Li, J. S. S. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 11-14.
XULOSA