Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIYNING HAYOTI VA IJODI'

ABU RAYHON BERUNIYNING HAYOTI VA IJODI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
34238
825
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
alloma / faylasuf / qomusiy olim / geodeziya / geografiya / astronomiya / Hindiston / turon / O’rta Osiyo / Saydana / .Aflotun / Arestotel / Suqrot / ilm – fan / sharq / Xorazm. / scientist / philosopher / encyclopedic scientist / geodesy / geography / astronomy / India / Turan / Central Asia / Saydana / Plato / Aristotle / Socrates / science / east / Khorezm.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nurxonov Bahrom

Beruniy 973-yil tavallud topadi. U ota onasidan juda yosh yetim qoldi va Iroqiylar xonadonida tarbiyalandi. Xorazmshohning jiyani amakisining oʻgʻli Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi bo’lgan. Faylasuf Rayda mashhur olim matematik va astronom al-Xoʻjandiy, tabib va faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Hindistonda „Hindiston“ asari uchun maʼlumot yigʻdi va uni 1030 yil yozib tugatdi. Beruniy oʻzining shoh asarini Mas’udga bagʻishlab „Qonuni Mas’udiy“, deb atadi. Beruniyning asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE LIFE AND WORK OF ABU RAYHAN BERUNI

Beruni was born in 973. He was orphaned at a very young age by his parents and raised in an Iraqi family. Abu Nasr Mansur ibn Irak Beruni, the nephew of Khorezmshah's nephew, was his mentor. The philosopher Ray met the famous scientist, mathematician and astronomer al-Khojandi, the physician and philosopher al-Razi. Beruni collected information for India in India and completed it in 1030. Beruni dedicated his royal work to Mas'ud and called it the "Law of Mas'udi." Only about 30 of Beruni's works have survived to the present day.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIYNING HAYOTI VA IJODI»

Scientific Journal Impact Factor

ABU RAYHON BERUNIYNING HAYOTI VA IJODI

Nurxonov Bahrom Toshkent davlat transport universiteti talabasi

Annotatsiya: Beruniy 973-yil tavallud topadi. U ota - onasidan juda yosh yetim qoldi va Iroqiylar xonadonida tarbiyalandi. Xorazmshohning jiyani amakisining o 'g 'li Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi bo 'lgan. Faylasuf Rayda mashhur olim matematik va astronom al-Xo'jandiy, tabib va faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Hindistonda „Hindiston " asari uchun ma'lumot yig'di va uni 1030 - yil yozib tugatdi. Beruniy o'zining shoh asarini Mas'udga bag'ishlab „Qonuni Mas'udiy", deb atadi. Beruniyning asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan.

Kalit so'zlar: alloma, faylasuf, qomusiy olim, geodeziya, geografiya, astronomiya, Hindiston, turon, O'rta Osiyo, Saydana,.Aflotun, Arestotel, Suqrot, ilm - fan, sharq, Xorazm.

Abstract: Beruni was born in 973. He was orphaned at a very young age by his parents and raised in an Iraqi family. Abu Nasr Mansur ibn Irak Beruni, the nephew of Khorezmshah's nephew, was his mentor. The philosopher Ray met the famous scientist, mathematician and astronomer al-Khojandi, the physician and philosopher al-Razi. Beruni collected information for India in India and completed it in 1030. Beruni dedicated his royal work to Mas'ud and called it the "Law of Mas'udi." Only about 30 of Beruni's works have survived to the present day.

Keywords: scientist, philosopher, encyclopedic scientist, geodesy, geography, astronomy, India, Turan, Central Asia, Saydana, Plato, Aristotle, Socrates, science, east, Khorezm.

Аннотация: Беруни родился в 973 году. Он был сиротой в очень раннем возрасте своими родителями и вырос в иракской семье. Абу Наср Мансур ибн Ирак, племянник племянника Хорезмшаха, был учителем Беруни. Философ Рэй познакомился со знаменитым ученым, математиком и астрономом аль -Ходжанди, врачом и философом ар-Рази. Беруни собрал информацию для Индии в Индии и завершил ее в 1030 году. Беруни посвятил свой королевский труд Масъуду и назвал его «Законом Мас'уди». До наших дней сохранилось всего около 30 работ Беруни.

Ключевые слова: ученый, философ, ученый-энциклопед, геодезия, география, астрономия, Индия, Туран, Средняя Азия, Сайдана, Платон, Аристотель, Сократ, наука, восток, Хорезм.

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

"Turkistonlik ulug' alloma Abu Rayhon Beruniy 973-yil tavallud topadi. U ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Iroq hisoblanadi. Xorazmshohning jiyani amakisining o'g'li Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi'^/'Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya edi. U o'zining „Geodeziya" asarida 990-yil Kat shahrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi". Ma'lumki, geografik kenglikni aniqlash uchun geografiya, matematika va astronomiyadan yetarlicha bilimga ega bo'lish lozim. 995-yili Katni, Xorazmning ikkinchi poytaxti, Gurganjning amiri Ma'mun ibn Muhammad bosib oladi. Beruniy Iroqiylar xonadoniga mansubligi uchun Ma'munning g'azabidan qochib, Ray shahriga keladi. U Rayda mashhur olim matematik va astronom al-Xo'jandiy, tabib va faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Rayda o'zining „Al-Faxriy sekstanti" risolasini yozadi. "997-yil Beruniy Katga qaytdi. Bu davrda Xorazmda o'zgarishlar bo'lib, Ma'mun vafot etib, uning o'rniga Ali ibn Ma'mun taxtga chiqqan edi. 998-yil Beruniy Jurjonga keldi. U Jurjonda 1004-yilgacha yashaydi.O'zining o'n beshga yaqin asarini shu yerda yaratdi. Jumladan, olimning „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asari 1000-yillar atrofida shu yerda yozilgan" 2 . 1004-yilning bahorida Beruniy Xorazmga qaytdi. Bu vaqtda Xorazmning poytaxti Gurganj edi. Gurganjda u Oy tutilishini kuzatdi. Saroyda al-Masihiy, tabib Al Hammar, Ibn Iroq va boshqalar ishlar edilar. 1005-yil bahorida buxorolik mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino ham Gurganjga keladi. "Gurganjda Beruniy matematika, astronomiya bilan bir qatorda fizika va mineralogiyaning ba'zi masalalari bilan shug'ullandi. Minerallarni aniqlash, ularni tizimga solishda solishtirma og'irliklardan foydalanish g'oyasi ham mana shu yerda tug'ildi. "1017-yil yozida Mahmud G'aznaviyning buyrug'iga ko'ra, Beruniy asir sifatida G'aznaga olib ketildi. U yerda og'ir sharoitda yashadi. 1019-yildan keyin ilmiy ish bilan shug'ullanish sharoitiga erishdi.

1022-1024-yillarda Mahmud Hindistonga qilgan yurushida Beruniyni o'zi bilan olib ketdi. Safarda ham Beruniy ilm bilan shug'ullandi". U Panjobdagi Nandna qal'asi yonida yer shari meridianini bir gradusining uzunligini o'lchadi va u 11895 km. ekanini aniqladi. Bu ma'lumot hozirgi zamon o'lchashlari natijasi -

1 Mamatov N., Hojeboyev A., Yo'ldoshev S. Falsafa. - T.: Sharq, 2005. - B. 66.

2 Po'latova D., Qodirov M., Ahmedova M., Abduhalimov A. Falsafa tarixi (Sharq falsafasi). - T.: TDSHI, 2013. - B. 132.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

11110 km bilan taqqoslansa, Beruniy o'lchashlarining aniqligi qay darajada ekani ko'rinadi"3. U Hindistonda „Hindiston" asari uchun ma'lumot yig'di va uni 1030-yil yozib tugatdi. O'sha yili Mahmud vafot etdi va uning o'rniga o'g'li Mas'ud taxtga chiqdi. Mas'ud Beruniyga ko'p iltifotlar ko'rsatdi. Shu sababli, Beruniy o'zining shoh asarini Mas'udga bag'ishlab „Qonuni Mas'udiy", deb atadi. Bu asar asosan astronomiyaga oid bo'lsa ham, Beruniyning matematikaga oid, ya'ni trigonometriya va sferik trigonometriyada qilgan anchagina kashfiyotlari shu asarda bayon etilgan. Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qo'shgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham ko'rish mumkin. Ulardan eng yiriklari „Hindiston", "Qonuni Mas'udiy", „Geodeziya", „Mineralogiya" va „Astronomiya" Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari 22 ta; astronomik asboblar haqida 10 ta; astrologiklari 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) - 38 ta; turli tillardan tarjima asarlar 21 ta"4. "Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan. Beruniy yoshligidayoq ko'p vaqtini turli kuzatishlar bilan o'tkazgan. U bolalik chog'idayoq astronomik asbob yasagan. Xorazmning turli joylar koordinatalarini aniqlash bilan shug'ullangan va 995-996-yillarda Kat shahrida diametri 15 ziro' (Ziro' qadimgi o'lchov birligi, 49 santimetr chamasida) bo'lgan doira va boshqa asboblar bilan astronomik o'lchash ishlarini olib borgan. Beruniyning 152 asari ma'lum bo'lib, bizgacha uning faqat 30 ga yaqini yetib kelgan"5. Jami asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi mineralogiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga bag'ishlangan. U 50 yoshida qadimiy sanskrit tilini o'rgandi, bundan tashqari, fors, arab, yahudiy, grek tillarini ham bilar edi. Beruniyning boy ilmiy merosi hali to'la o'rganilmagan. Beruniy yirik olim Abu Nosir ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ptolemeyning astronomik ta'limotlari bo'yicha dars olgan. 995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masalalarini hal etish bilan birga yer va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri „Geodeziya" 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar „shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash"6ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy yer aylanasining kattaligini

3 Falsafa ensiklopedik lug'at. - T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. - B. 214.

4 Mamatov N., Hojeboyev A., Yo'ldoshev S. Falsafa. - T.: Sharq, 2005. - B. 55.

5 Po'latova D., Qodirov M., Ahmedova M., Sulaymonov J. Yangi va eng yangi davr Sharq falsafasi. - T.: TDSHI, 2013. - B. 93.

6 Beruniy "Geodeziya". - T.: Fan, 1966. - B. 38.

o'lchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan. "Bag'dodda tashkil topgan „Donishmandlik uyi" nomli o'sha davrning fanlar akademiyasida O'rta Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Farg'oniy, Habash Xasib, Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar"7. Uning yozishicha, xalifa Ma'mun buyrug'iga binoan „Donishmandlik uyi"ning olimlari ikki guruhga bo'linib, Iroqning Mosul shahri g'arbidagi Sanjar sahrosida gradus o'lchash usuli asosida yer kattaligini aniqlashga kirishishgan, bunda Xolid al-Marvaridiy bir guruhga, Abu ibn Iso as Asturlobiy ikkinchi guruhga rahbarlik qilgan. Har qaysi guruh o'zi o'lchab topgan natijalar bo'yicha bir gradus meridian yoyning uzunligini hisoblagan"8.

NATIJALAR

Sulton Mahmud G'aznaviy Hindistonga qilgan safarining birida Beruniyni ham birga olib ketadi, yo'lda Mo'lton shahrida vaqtincha istiqomat qilishga to'g'ri keladi. "U o'zga yurtda bo'lishiga qaramay, fursatdan foydalangan holda Mo'ltondan 400 kilometr g'arbdagi Nandna qo'rg'onida yer kurrasi o'lchamini aniqlashga kirishadi, avval shu joyning geografik kengligini o'lchab 320001 ga teng ekanligini aniqlaydi"9. So'ngra ufqning pasayish burchagini o'lchaydi. Bu haqda olimning o'zi quyidagicha yozadi: „Hindiston yeridagi Nandna qo'rg'onida istiqomat qilishimga to'g'ri keldi. Qo'rg'onning g'arb tomonida baland tog', janubiy tomonida esa keng sahroni ko'rdim va shu on ufq pasayishini o'lchash usulini sinab ko'rishga kirishdim. Tog' tepasidan turib yerning lojuvard rangdagi osmon bilan tutashganini yaqqol ko'rdim. Qarash chizig'i vertikalga perpendikulyar bo'lgan chiziqdan 00 341 pasaydi. Perpendikulyar bo'lgan tog' balandligini o'lchadim, u shu yerda qo'llanadigan o'lchovda 652,055 cho'zim gazga teng keldi".

Beruniy tibbiyotga bag'ishlangan „Saydana" asarida mingdan ortiq dorivor moddalar nomini 30 tilda yozib chiqqan. Xorazmdagi siyosiy vaziyat o'zgarishi natijasida Beruniy 998-yili Jo'rjon shahriga ketishga majbur bo'ladi. U bu davrga qadar Kat va Ray shaharlarida o'zining dastlabki ilmiy izlanishlarini boshlab yuborgan edi. Jo'rjonda kechgan yillar (998-1004) Beruniy uchun yirik izlanishlar va ijodiy kamolot davri bo'ldi. O'zining birinchi astronomik tajribalarini 16 yoshda Kat shahrida boshlagan alloma, Jo'rjonda nafaqat astronomiya va boshqa tabiiy fanlar bilan shug'ullandi, balki tarix va din tarixi bilan ham qiziqdi. Olimning

7 Норхужаева "Беруний ва унинг геодезия фанига доир ишлари". - Т.: Фан, 1973. - B. 43.

8 O'sha asar, B. 138.

9 Beruniy "Geodeziya". - Т.: Fan, 1966. - B. 145.

muhim asarlaridan biri „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" uning Jo'rjon saroyida xizmat qilgan davrida yaratiladi. 1000-yili tugallangan bu asar muallifning ko'p qirrali olim ekanini namoyish etdi va unga katta shuhrat keltirdi. "Umuman, Beruniy Jo'rjonda 10 dan ortiq asrlarini bitishga muyassar bo'ldi. Xorazmning yangi xukmdori Abu Abbos Ma'mun ibn Ma'mun Beruniyni o'z saroyida katta izzat-hurmat bilan qabul qiladi. Ma'mun rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat ko'rsatish bilan birga siyosiy jarayonlarda ham Xorazmshohning yaqin maslahatchisiga aylanadi"10. U Xorazmshoh saroyidagi aksariyat olimlar, jumladan, ustozi Abu Nasr ibn Iroq, Abul-Xayr Hammar va boshqalar bilan birga G'azna shahriga olib ketiladi. Ma'lumki, "Xorazm ilmiy mazkazidagi olimlardan faqat Ibn Sino va Abu Sahl Masihiylar Mahmud G'aznaviy zulmidan havotirlanib, G'aznaga emas, Jo'rjonga qarab yo'l olgan edilar. Beruniyning 1017-1048 yillarda G'aznada kechirgan hayoti uning ilmiy faoliyati uchun mahsuldor davr bo'ldi. U Mahmud G'aznaviy saroyida kechgan dastlabki yillarda astronomiya va geodeziya masalalariga katta e'tibor bergan"11.

Muallifning ilmiy adabiyotlarda qisqacha „Geodeziya", deb yuritiladigan „Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash" nomli astronomiya va geografiyaga bag'ishlangan asari 1025-yilda yozib tugatildi. Beruniyning „Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar" asari ham 1029-yilda G'aznada yoziladi. Oradan bir yil o'tgandan so'ng, u o'zining „Hindiston" nomi bilan tanilgan „Hindlarning aqlga sig'adigan va sig'maydigan ta'limotlarini aniqlash" kitobini yakunlaydi. Bunda Beruniy hozirgi Amerika qit'asini mavjudligini Kolumbdan bir necha asr avval ilmiy asoslab bergan. Bu shoh asarning vujudga kelishiga Mahmud G'aznavining Hindistonga yurishlari sabab bo'ldi. Saroyning eng nufuzli astrologlaridan sanalgan Beruniy Mahmud G'aznaviy bilan Hindistonda bir muddat istiqomat qiladi va u yerda sanskrit tilini mukammal egallashga muvoffaq bo'ladi. U bu til yordamida hindlarning tarixi, urf-odati, madaniyati va fani bilan yaqindan tanishadi. 1030-yili Mahmud G'aznaviy vafot etib, taxtga uning o'g'li Mas'udning o'tirishi Beruniyning ahvolini ancha yaxshilaydi. Olim o'zining astronomiyaga oid eng yirik asarini mazkur hukumdorga bag'ishlab „Mas'ud qonuni" deb, ataydi. O'rta asrning mashhur olimlaridan Yoqut Al-Xamaviyning yozishiga ko'ra, Sulton Mas'ud bu asar uchun Beruniyga bir filga ortilgan katta miqdordagi kumush tangalar hadiya etadi. Yoqut Al-Xamaviyning fikricha, „Mas'ud qonuni" kitobi matematika va

10 Po'latovaD., Qodirov M., Ahmedova M., Abduhalimov A. Falsafa tarixi (Sharq falsafasi). - T.: TDSHI, 2013. - B. 332.

11 Beruniy "Geodeziya". - T.: Fan, 1966. - B. 145.

astronomiya bo'yicha ungacha yozilgan barcha kitoblarning izini o'chirib yuborgan.Olim Sulton Mas'udning o'g'li Mavdudning hukumronlik yillarida (1041-1049) o'zining „Mineralogiya" va „Farmakognoziya", deb atalgan ikki asarini yozadi. Ularning har biri mazkur sohalardagi betakror asarlardan bo'lib, jahon madaniyatiing noyob durdonalaridan hisoblanadi."Abu Rayhon Beruniy 1048 yili G'aznada vafot etadi. Olim yozib qoldirgan 150 ga yaqin asarlari bilan astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tabobat, farmokognoziya, tarix, filologiya va boshqa fanlarning rivojiga noyob xissa qo'sha oldi" Beruniyning betakror ijodi uning vatani O'zbekistonda alohida e'tibor qozongan.

MUHOKAMA

Abu Rayhon Beruniy me'rosi har bir davr uchun eng muhim ilmiy manba sifatida keng tadqiq etiladi. Shunday ekan, mazkur ishlardan asosiy maqsad "Beruniyning barcha asarlaridagi diniy, axloqiy, ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy jihatlarini tadqiq qilish va bu borada jahon ilm-fani rivoji ta'siriga qanchalik muhim o'rin tutganligini o'rganish asosiy maqsad qilib olingan"12.

Abu Rayhon Beruniy "Hindiston" kitobining uchunchi bobini "Hindlarning aqliy va hissiy mavjud narsalar haqidagi tushunchalari, deb ataydi. Shu bobning boshlanishida "Beruniy yunonlarning Aflotun va Arastudan avval o'tgan etti donishmand hikmatshunoslarining ismlarini keltiradi. Bu donishmandlar: Afinalik Salon, Prienalik, Bias, Diogen, Laertsiy "Mashhur yunon faylasuflarining hayotnomalari" asarida Bias emas, Biant deb ataydi, Korinflik Periandr (bu Korinf hokimi bo'lgan), Miletlik Salis (Beruniy yunoncha Fales ismini arabiy nomini keltirgan), Lakedemonlik Xilon, Lesbas orolidan Pittikus, Lindas orolidan Kleobulosdir" 13 . Beruniy fikricha, bu donishmandlarning hikmatli so'zlari yunonlarda falsafa ilmi paydo bo'lishidan avvalgi davrni tashkil qiladi. Falsafani esa, ulardan keyin yetishgan kishilar turli yangilishuv, xurofatlardan tozalab, tarqatganlar. "Shu bobda Beruniy qadimgi yunonlarda borliq olam va odam haqida tasavvufiy qarashlarining qanday kelib chiqqanligi haqida gapiradi" 14 . U, tasavvufga doir so'fiya so'zini boshqa olimlarga nisbatan eng to'g'ri tushuntiradi: "Ba'zilar fikricha,- deydi u, - faqatgina haqiqiy borliq birinchi sababchidir. Chunki u borliqning hech narsaga zotan ehtiyoji yo'q. Boshqalar birinchi sababchiga muhtojlar So'fiyalar, ya'ni hakimlarning tushunchalari ana shunday. Chunonchi,

12 Irisov.A Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston" asari.Tanlangan asarlar.II tom. - T.: Fan, 1965. - B. 33.

13 N.Nizomiddinov "Hindistonda islom: tarix, Ijtimoiy-siyosiy hayot va hind musulmon madaniyati". - T.: O'zbekiston, 2006. - B. 229.

14 O'sha asar, B. 50.

yunoncha suf (sof) so'zi bizga hikmat demakdir. Shuninig uchun faylasufga "filosufa", ya'ni "hikmatni suyuvchi", deb ism berilgan". Beruniy fikricha, ba'zi musulmon ulamolari bu so'zni manbaini yaxshiroq tekshirib o'tirmay, so'fiya so'zining istiloh termin ekanligini bilmay, tavakkal qilib, so'ffiya so'zi suffadan olingan, payg'ambar davrida sahobalar doimo suhbatlashib o'tiradigan suffa, ya'ni "ahli suffa" so'zi bilan bog'laydilar. Shundan keyin bu so'zni "suf attuyus" (taka juni) so'zidan qisqartirilgan deb tushundilar. Beruniyning zamondoshi va do'sti bo'lmish atoqli shoir Abul-Fath Bustiyning mana bu so'zlarini ham keltiradi: "Odamlar so'fiy so'zida tortishib, qadimdan turli fikrda bo'ldilar, uni suf-jun so'zidan olingan dedilar. Menimcha, so'fiy ko'ngli pok-sofiy deb bilish eng to'g'ridir" Albatta, Abul-Fath Bustiyning bu fikri ilmiy emas, balki badiiy, poetik, estetik yondoshuvidir. Beruniy bunday talqinni ilmiylikdan "yaxshigina chetga chiqish", deb baholaydi. Beruniy qadimgi yunonlarning borliq hodisalarini va ayrim fozil, yetuk san'at egalarini ilohiylashtirish odatini ham tasavvufi y qarashlar bilan aloqador ekanligini tushuntiradi. "Beruniy fikricha, ba'zi insonlar bu dunyodagi hayotida odamlarga ko'p yaxshiliklar qilgani tufayli, o'lganlaridan keyin ularning ruhlari ham yaxshilik qilishni davom ettirgani uchun, odamlar ularning ruhlariga hurmat va ta'zim bildirib, ularning haykallarini yasab, chiroyli maydonlarga qo'yganlar"15. Jolinus turli san'atlarni o'rganishga qiziqtiradigan kitobida bunday deydi: "Xalqning fazilatli arboblari, izzatli va sharafli bo'lishga erishgan zotlar o'z san'atlarini yaxshi ishlata bilishlari sababli ilohiylashtirilgan. Shular jumlasidan, Asklepius va Diyonisius (Dionis) ilgarigi vaqtda ikkita inson bo'lsalar ham, yo keyinchalik, yoki o'sha davrning o'zidayoq iloh, deb tanilganlar. Chunki ikkalovi ham o'z sohasida eng ulug' sharafga ega bo'lganlar. Ularning biri odamlarga tabiblik san'atini, boshqasi esa tokchilikni o'rgatgan" Beruniy yana bir o'rinda tabobat ustozlaridan Buqrot (Gippokrat) ham Asklepiy ruhidan madad so'rab, xo'roz qurbonlik qilganini aytadi. Bu marosim musulmonchilikda, aziz avliyolarga, pirlarga atab hayr-ehson qilish, "is chiqarish" marosimini eslatadi. Beruniy fikricha, Zevs ham, Zuhra (Afrodita) ham Quyosh va Venera sayyoralarining badiiy-estetik ramzi-obrazlaridir.

XULOSA

"Beruniy "Hindlarning aqliy va xissiy mavjud narsalar haqidagi tushunchalari" haqidagi shu bobda ilmiy tafakkur va diniy, mifologik, estetik tafakkurining o'ziga xos qonuniyatlari borligini juda teran tushuntiradi"16. Beruniy

15 Жалилов F. "Абу Рай^он Беруний". - Т.: Фан, 1950. - B. 310.

16 Irisov.A Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston" asari.Tanlangan asarlar.II tom. - T.: Fan, 1965. - B. 55.

881

Scientific Journal Impact Factor

fikricha, musulmon sharoitida Alloh ismi faqat yagona Tangriga xos bo'lib, Tangrining boshqa ismlari Rahmon, Rahim, Jabbor, Razzoq, Oqil, Sobir, Odil kabi ismlari odamlarga xos fazilatlarni ifodalash uchun ishlatavergani kabi, yunonlarda farishtalar hisoblanuvchi Quyosh, Oy, Sayyora va yulduzlarni ham ilohiy nomlar bilan atash va ularga sig'inib, qurbonliklar qilishlari bu mavjudotlarning Xudoga yaqinligini anglatadi. Xudoga yaqinlik va bu moddiy olamdan uzoqlashib, farishtalarga va hatto yagona Xudoga qo'shilib ketish haqidagi tasawufiy qarashlar ma'jusiy dinlarga: buddaviylikda ruhlarning qaytishiga, ko'chib yurishi, zardushtiylik olovparastlar hamda sobiylik (yulduzparastlik) e'tiqodlarining shakllanishiga kuchli ta'sir ko'rsatgani sharq falsafasida birinchi marta Beruniy tomonidan aqliy va hissiy tafakkurlarining bir-biri bilan qo'shilib, estetik idrok, estetik ong, estetik tafakkur butun boshli diniy, ijtimoiy, falsafiy sistemalarni tashkil etishi yunon va hind mifologiyasini germenivtika yoki har tomonlama izchil sistemali analiz tahlil orqali tadqiq etilganini ko'ramiz. Biz mazkur ilmiy tadqiqotimizda Beruniyning "Hindiston" asarida qadimgi hind xalqlarining boy ilmiy, ma'naviy merosida mavjud bo'lgan diniy, axloqiy ijtimoiy, falsafiy, badiiy, estetik qarashlar butun insoniyat Gretsiya, Rim, Bobil Vavilon, Somiriylar Shumerlar, Kichik Osiyo, O'rta Osiyo xalqlarining falsafiy qarashlari bilan o'zviy bog'liq ekanligi ko'rsatib berilgan.

1. Irisov A. Beruniy va uning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asari. Tanlangan asarlar, I tom. - T.: Fan, 1968. - 639 b.

2. Irisov.A Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston" asari. Beruniy.Tanlangan asarlar.II tom. - T.: Fan, 1965. - 663 b.

3. Abu Rayhon Beruniy "Geodeziya" - T.: Fan, 1966. - 378 b.

4. Abu Rayhon Beruniy."Mineralogiya" - T.: Fan, 1963. - 338 b.

5. Nizomiddinov N "Hindistonda islom: tarix, Ijtimoiy-siyosiy hayot va hind musulmon madaniyati" - T.: O'zbekiston, 2006. - 367 b.

6. Boqiev F. Beruniy ruhlarning qaytishi haqida. ("Hindiston" asarida estetik tafakkur durdonalari.). - T.: Faylasuflari milliy jamiyati nashriyot, 2004. - 266

7. Fayzullaev O. Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida ba'zi masalalar haqida. Beruniy.Osorul-boqiya. - T.: Fan, 1968.-372 b.

8. Xo'jamurodov.I Milliy o'zlikni anglashda diniy qadriyatlarning o'rni. - T.: O'zbekiston, 2004. - 331 b.

REFERENCES

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.