SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601
YOSHLARDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA BUYUK ALLOMA ABU RAYHON BERUNIYNING QARASHLARI
Shahlo Asatovna Ibragimova
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada sharq mutafakkirlaridan Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosida yoshlar ongida ekologik madaniyat va milliy mafkuramizni shakllantirishdagi roli xususida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Sharq, ekologik, madaniyat, tabiat
THE VIEWS OF THE GREAT ALLOMA ABU RAYHAN BERUNI IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE IN YOUTH
Shahlo Asatovna Ibragimova
An elementary school teacher
ABSTRACT
The article discusses the role of Eastern thinkers in the scientific heritage of Abu Rayhan Beruni in the formation of ecological culture and national ideology in the minds of young people.
Keywords: East, ecological, culture, nature
KIRISH
Tabiat hodisalarining takomillashib, tadrijiy rivojlanib borishidagi tushuncha va ta'limotlar, insonning tabiat bilan bog'liqligi to'g'risidagi ma'lumotlar ilk marotaba —Avestoda hamda Sharq Renessansi davrida ijod etgan allomalarimizning asarlarida o'z ifodasini topgan. Qolaversa, Amir Temur, Alisher Navoiy singari buyuk davlat arboblari ham o'z navbatida obodonchilik, sug'orish, bog'-rog'lar barpo etish ishlarini har doim qo'llab-quvvatlaganlar. Tabiatga bo'lgan ehtirom va uning sirlarini anglab yetishga intilish buyuk ajdodlarimizning bebaho ilmiy durdonalarida namoyon bo'lib, jahon ilmiga beqiyos hissa bo'lib qo'shilgani biz uchun faxrlidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Darhaqiqat, insoniyatning intellektual tarixida chuqur iz qoldirgan ilmiy maktab -Xorazm Ma'mun akademiyasida keng faoliyat olib borgan Abu Rayhon Beruniy insoniyatning buyuk daholaridan biridir. Tarixiy manbalarda aytilishicha, ulug'
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021
ISSN: 2181-1601
qomusiy alloma 150 dan ziyod asar yozgan. Ulardan to bizgacha faqat 31 tasi yetib kelgan. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, —Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo'lib dengizlar nazariyasi va Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o'ziga xos yangi g'oyalarni taklif etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya'ni bo'shliq holatini izohlab berdi, Kolumb sayohatidan 500 yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit'a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning paydo bo'lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. SHuning uchun ham XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan —Beruniy asri deb atalishi bejiz emas.
Albatta, milliy ma'naviyatimiz ildiziga chuqur singib ketgan va asrlar osha uning takomil bosqichlarida chuqurlashib, teranlashib borgan xalqimiz qadriyatida tabiatga bo'lgan ehtirom beqiyosdir, yurtimizda uni e'zozlash an'anasi esa insoniyat tarixi qadar qadimiydir. Umuman aytganda, atrof-muhitga munosabat, uni anglab yetishga bo'lgan intilish Sharq, ayniqsa, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida o'zgacha xususiyatga ega.
Chunonchi, Abu Rayhon Beruniy —"Saydana" asarida 1118 turdagi dorivor o'simlikka, shundan 750 o'simlik va 101 ta hayvonga batafsil ta'rif beradi. U o'z ishida 4500 ta arab, yunon, hind, fors, xorazm, so'g'd, turk va boshqa tillarga oid o'simlik nomlari, hayvonlar, minerallar va ulardan olinadigan mahsulotlar haqida ma'lumot to'plab, o'sha davr dorishunoslik atamalarini tartibga solishga o'zining beqiyos hissasini qo'shgan.
MUHOKAMA
Abu Rayhon Beruniyning —Agar insonlar tabiatga nisbatan zo'rovonlik qilib, uning qonunlarini qo'pollik bilan buzsalar bir kun kelib tabiat ularning boshiga shunday kulfatlarni solishi mumkinki, buni hech qanday kuch qaytara olmasll -degan so'zi bugungi global ekologik muammolarning bundan 1000 yil oldin bashoratidan darak beradi.
Beruniy mamlakat obodonchiligi ilm-fanning ravnaqiga bog'liq bo'lsa, yoshlarning baxt-saodati va kamolotini uning bilimi, axloqi va ma'rifatida deb biladi. Shuning uchun u yoshlarni ilm-ma'rifatga chorlaydi. Beruniy yoshlardan raxmdil, mexribon, kishilarga iltifotli, xayrihoh, bo'lishni, najotsiz odamga qo'l cho'zishni, makkorlik, ayyorlik, adolatsizlik, boylikka xirs qo'yish, yolg'on gapirish kabi sifatlarga yo'l qo'ymaslikni talab qiladi.
Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma'naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi 2 turga bo'ladi.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601
—Beruniy inson va axloqiy tarbiya haqida fikr yuritar ekan, «insonga yer yuzini obod etishi va uni boshqarib turishi uchun aql-zakovat ato etilgan, shuning uchun har bir inson yuksak axloqli bo'lishi lozim», - deydi.
Aqliy tarbiya, deydi- Beruniy: kishining tafakkurini rivojlantirib, dunyoqarashini kengaytiradi. Uning o'z-o'zini anglab yetishiga ta'sir etadi.Mutafakkir inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi hakida muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo'ladi.Og'ir mehnat sifatida binokor, ko'mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa, ilm ahli, olimlar mehnatiga alohida e'tibor beradi va hayrixoh bo'lishga chaqiradi. SHu bilan birga og'ir mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida ishlovchilar, dexqonlar xaqida gapirib, ularning mehnatini rag'batlantirib turish kerak deydi.
NATIJA
Olim bolalarni mehnatga o'rgatish metodlari, yo'llari haqida ham fikr yuritadi. U bolalarni eng kichik ilk yoshidan mehnatga o'rgatish kerak deydi.Beruniy «Minerologiya» asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o'rgatish metodlari haqida qimmatli fikrlar bildiradi.«Saydana» nomli mashhur asarida esa sharqdagi dorivor o'simliklarning tavsifi bayon qilingan. Beruniy inson kamolotida 3 narsa muhim rol o'ynaydi deydi. 1. Irsiyat. 2. Muhit. 3. Tarbiya.
—Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo'llari, usullari xakidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir.
-o'quvchiga bilim berishda o'quvchini zeriktirmaslik;
-bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o'rgatavermaslik;
-uzviylik, izchillik;
-yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko'rgazmali bayon etish vaxokazoga e'tibor berish kerakligini uqtiradi.
Olim fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid koldirilgan barcha boyliklarni qunt bilan o'rganishga da'vat etadi. Ilm toliblariga qalbni yomon ilatlardan, qotib qolgan urf -odatlardan, xirsdan, behuda raqobatdan, ochko'zlikdan, shon-shuxratdan saklanishi zarurligini uqtiradi.
Olim bolalarni mehnatga o'rgatish metodlari, yo'llari haqida ham fikr yuritadi. U bolalarni eng kichik ilk yoshidan mehnatga o'rgatish kerak deydi.
Abu Rayhon Beruniy insoniyat tarixida birinchilardan bo'lib bolalarni kichik yoshidan mehnat qilishga o'rgata borish, kattalar mehnatini e'zozlaydigan qilib tarbiyalash, bolani ilm va kasbga o'rgatish oilaning diqqat markazida bo'lishi kerakligi haqida fikr bildirgan. Alloma oilada boshlangan mehnat tarbiyasini
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021
ISSN: 2181-1601
maktabda ta'lim bilan birga hunar o'rgatishga bog'lab davom ettirish lozimligini alohida ta'kidlagan.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari o'z zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta'lim-tarbiyasini takomillashtirishda ham katta axamiyatga egadir.
XULOSA
Muxtasar aytganda, milliy ma'naviyatimizning serqirra va teran ildizlariga tayangan holda mafkuraviy tarbiya yo'nalishlarini ishlab chiqishda ekologik mafkura, ta'lim va tarbiya tizimini yaratish alohida o'rin tutishi lozim. Bu boradagi sa'y harakatlarga esa Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan va hech mubolag'asiz oy sayin, kun sayin faoliyat ko'lamini kengaytirib borayotgan O'zbekiston Ekologik harakati haqiqiy harakatlantiruvchi kuch bo'lib xizmat qiladi.
REFERENCES
1. Musurmonova O. Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. - T.: O'qituvchi, 1996.
2. Mahkamov U. Axloq-odob saboqlari. - T .: Fan, 1994.
3. Nishonova S. Sharq uyg'onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi:--T.: 1998.
4. Xayrullayev M.M. O'rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot. - T.: Fan, 1994.
5. www.ziyonet.uz