Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIYNING GEODEZIYA FANIGA QO`SHGAN HISSASI'

ABU RAYHON BERUNIYNING GEODEZIYA FANIGA QO`SHGAN HISSASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4382
255
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Geodeziya / asturlob / karta / yer / burchak / yoy / ellipsoid / kenglik / uzoqlik / parallel. / Geodesy / asturlob / map / earth / angle / arc / ellipsoid / latitude / longitude / parallel.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Husinov Zafarjon Zarif Ogli

Abu Rayhon Beruniy qadimdan Geodeziya faniga ulkan hissa qo`shib,yerning shakli va uning radiusi hamda geografik ma`lumotlarini hozirgi kunga nisbatan juda ham aniqlikda o’lchab fanning rivojlanishiga katta turtki bo’lgan.Bu ma’lumotlardan hozirgi kunga kelib ham foydalanib kelinmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABU RAYHAN BERUNI'S CONTRIBUTION TO THE SCIENCE OF GEODESY

Abu Rayhan Beruni made a great contribution to the science of geodesy in ancient times, measuring the shape and radius of the earth and its geographical information with greater accuracy than today, which was a great impetus for the development of science. is coming.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIYNING GEODEZIYA FANIGA QO`SHGAN HISSASI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

ABU RAYHON BERUNIYNING GEODEZIYA FANIGA QOSHGAN

HISSASI

Husinov Zafarjon Zarif o^gli Qarshi muhandislik iqtisodiyot

instituti 3-kurs talabasi zafarhusinov6609@gmail.com

Annotatsiya: Abu Rayhon Beruniy qadimdan Geodeziya faniga ulkan hissa qo^shib,yerning shakli va uning radiusi hamda geografik malumotlarini hozirgi kunga nisbatan juda ham aniqlikda o'lchab fanning rivojlanishiga katta turtki bo 'lgan.Bu ma 'lumotlardan hozirgi kunga kelib ham foydalanib kelinmoqda.

Kalit so'zlar:Geodeziya, asturlob, karta, yer, burchak, yoy, ellipsoid, kenglik, uzoqlik, parallel.

Аннотация: Абу Райхан Беруни внес большой вклад в науку о геодезии в древние времена, измерив форму и радиус Земли, а также ее географическую информацию с большей точностью, чем сегодня, что явилось большим толчком для развития науки.

Ключевые слова: геодезия, астурлоб, карта, земля, угол, дуга, эллипсоид, широта, долгота, параллель.

Abstract: Abu Rayhan Beruni made a great contribution to the science of geodesy in ancient times, measuring the shape and radius of the earth and its geographical information with greater accuracy than today, which was a great impetus for the development of science. is coming.

Keywords: Geodesy, asturlob, map, earth, angle, arc, ellipsoid, latitude, longitude, parallel.

KIRISH

Hozir zamon jadallik bilan rivojlanib bormoqda.Shu qatorida ham bino inshoatlarinijo'l qurilishi,yer osti kommunikatsiyasi tizimlari hamda geoaxborot bazalaridan keng miqyosda foydalanib kelinmoqda. Bularning hammasining negizida Geodeziya fani yotibdi. Shunday ekan Geodeziya fani ham hozirgi kunga kelib ancha ilmiy va amaliy yutuqlarga erishilib kelmoqda. Biroq bu fanning rivojlanishiga turtki bo'lgan qadimda buyuk olimlar yetishib o'zlarining buyuk meroslarini qoldirganlar. Shu olimlar qatorida buyuk bobokolonimiz Abu Rayhon Beruniy ham Geodeziya faniga ulkan hissa qo'shganlar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Abu Rayhon Beruniy (973-1048) yoshligidayoq ko'p vaqtini turli kuzatishlar bilan o'tkazgan. U bolalik chog'larida astronomik asbob yasagan. Xorazmning turli joylari koordinatlarini aniqlash bilan shug'ullangan va 995-996 yillarda Kot shahrida diametri 15 ziro' (Ziro' - qadimgi o'lchov birligi, 49 santimetr chamasida) bo'lgan

835

Scientific Journal Impact Factor

O

doira va boshqa asboblar bilan astronomik o'lchash ishlarini olib borgan. Beruniyning 152 asari ma'lum bo'lib, bizgacha uning faqat 30 tasi yetib kelgan. 12 tasi geografiya va geodeziyaga, bag'ishlangan.

Beruniyning boy ilmiy merosi hali to'la o'rganilmagan. Beruniy yirik olim Abu Nosir ibn Iroqdan Yevklid geometriyasi, Ptolomeyning astronomik ta'limotlari bo'yicha dars olgan. 995 yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga Yer va Osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi.

Olimning ana shunday asarlaridan biri «Geodeziya» 1025 yilda yozib tugatilgan. Bu asar «shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash»ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy Yer aylanasining kattaligini o'lchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar Yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar Yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan.

Bag'dodda tashkil topgan «Donishmandlik uyi» nomli o'sha davrning fanlar akademiyasida o'rta osiyolik olimlardan Xorazmiy, Farg'oniy, Habash Xasib, Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar. Beruniy ham shu «Donishmandlik uyi»ning a'zosi bo'lib, u yerda 7 yil ishlagan. Uning yozishicha, xalifa Ma'mun buyrug'iga binoan «Donishmandlik uyi»ning olimlari ikki guruhga bo'linib, Iroqning Mosul shahri g'arbidagi Sandar sahrosida gradus o'lchash usuli asosida Yer kattaligini aniqlashga kirishishgan, bunda Xolid al-Marvaridiy bir guruhga, Abu ibn Iso as Asturlobiy ikkinchi guruhga rahbarlik qilgan. Har qaysi guruh o'zi o'lchab topgan natijalar bo'yicha bir gradus meridian yoyning uzunligini hisoblagan.

Birinchi guruhdagilarning hisoblashicha, bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,815 kilometrga teng chiqqan, ikkinchi guruh topgan qiymat 1315 metr kam bo'lgan. Beruniy natijalar o'rtasidagi bu tafovutning sababi ikki xil o'lchashda, deydi va o'zi bu natijalarni tekshirib ko'rishga qiziqib, gradus o'lchash ishlarini olib bormoqchi bo'ladi. Buning uchun u Dehiston dashtini (Kasbiy dengizining janubi-sharqiy qismi) tanlagan, lekin yordamchisi va yetarli mablag'i yo'qligi uchun bu ishni amalga oshirolmagan.

Yer o'lchamini gradus o'lchovi usuli bilan aniqlash uchun ma'lum kenglikda tekis joy kerak bo'ladi va bu yerda bir necha o'n kilometr aniq o'lchanishi lozim. Bu ish ko'p vaqt, katta mablag' va puxta tayyorgarlik talab qilardi. Bu haqda Beruniy: «Yer aylanasi uzunligini sahroni kezib yurmasdan quyidagicha aniqlash mumkin. Buning uchun dengiz sohilidagi yoki tekis joyda qad ko'tarib turgan baland toqqa ko'tarilib quyosh chiqishi yoki botishi oldidan quyosh gardishining yarmi ufq orasida bo'lgan vaqtda doirali armillyar asbob bilan uning pasayish burchagi o'lchanadi» deydi. Ufq pasayishini o'lchash usulini chizma va formulalar yordamida tushuntiradi.

Scientific Journal Impact Factor

o

Bunda, tog' tepasida quyosh chiqishi yoki botishiga qarab ko'rish nurining tog' tepasidan o'tgan gorizontal chiziq bilan hosil qilgan burchak o'lchanadi.

Beruniy harakat traektoriyasi va osmon yoritqichlari shaklining ellipsoid ekanligi haqida birinchi bo'lib fikr yuritgan olimlardan bo'lib, joylarning geografik uzoqligini, kengligini aniqlash yo'llarini tanlab olishda muhim yangilikka qo'l urdi. U trigonometriyani, geometriyani keng qo'llash orqali o'zidan oldingi astronomlarga nisbatan ancha aniq natijalarga erishdi. Buyuk olim Yer yuzasining har bir qismi o'zining uzoq tarixiy taraqqiyotiga ega ekanligini qayd etadi.Markaziy Osiyoning ba'zi mintaqalari, shu jumladan, Amudaryo vodiysining geologik rivojlanishini birinchi marta jiddiy o'rganishga harakat qilgan ham Beruniydir. Uning Amudaryo vodiysining geologik o'tmishi va Orol dengizining paydo bo'lishi haqidagi xulosalari o'sha zamonning eng muvaffaqiyatli geologik tahlillaridan biridir. Olim «Dengizlar quruqlikka, quruqliklar esa dengizga aylanadi» degan nazariyaga suyanadi. Beruniyning foydali qazilmalar qatlamining paydo bo'lishi, jinslar emirilishining ahamiyati, tog' jinslarining nurashi haqidagi xulosalari katta ilmiy ahamiyatga ega.Beruniy ma'lum balandlikdagi tog 'cho'qqisidan gorizontal chiziq va haqiqiy ufq o'rtasidagi burchakka asoslanib, yer radiusi va atrofi hisoblash uchun trigonometrik hisob-kitoblardan foydalangan holda yangi usulni ishlab chiqdi. U tog' balandligini dengiz sathidan ikki xil masofaga ma'lum masofada joylashgan holda hisoblab, so'ngra tekislik va tog'ning tepasi orasidagi burchakni ikkala nuqta uchun ham o'lchab chiqdi .Beruniy o'lchab topgan qiymatlar bo'yicha o'ziga xos usul bilan Yer kurrasi radiusining uzunligi 12803337,036 gazga teng ekanligini hisoblab chiqardi. Agar bir gaz 0,4933 metr ekanligini e'tiborga olsak, Yer kurrasi radiusi uzunligi, Beruniy hisobicha, 6315,886 kilometr bo'ladi. Bu raqam hozirgi vaqtda olingan qiymatdan juda kam farq qiladi, ya'ni xatolik radius uzunligini 0,9 protsentini tashkil etadi. So'ngra Beruniy shu 320 001 kenglikdagi bir gradus meridian yoyning uzunligi 223550,329 gaz yoki 110,277 kilometr ekanini hisoblab chiqadi. Bu raqamni hozirgi davrda aniqlangan bir gradus yoyning qiymati 110,885 kilometr bilan taqqoslasak, bundan ming yil ilgari Beruniy bir gradus yoy uzunligini hisoblashda atigi 618 metr xato qilganligi ma'lum bo'ladi. U Yerning meridian aylanasining uzunligini 40183 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan.Sulton Mahmud G'aznaviy Hindistonga qilgan safarining birida Beruniyni ham birga olib ketadi, yo'lda sharqiy Pokistonning Mo'lton shahrida vaqtincha istiqomat qilishga to'g'ri keladi. U o'zga yurtda bo'lishiga qaramay, fursatdan foydalangan holda Mo'ltondan 400 kilometr g'arbdagi Nandna qo'rg'onida Yer kurrasi o'lchamini aniqlashga kirishadi, avval shu joyning geografik kengligini o'lchab 320001 ga teng ekanligini aniqlaydi. So'ngra ufqning pasayish burchagini o'lchaydi. Bu haqda olimning o'zi quyidagicha yozadi: «Hindiston yeridagi Nandna qo'rg'onida istiqomat qilishimga to'g'ri keldi. Qo'rg'onning g'arb tomonida baland tog', janubiy tomonida esa keng sahroni

Scientific Journal Impact Factor

ko'rdim va shu on (ufq pasayishini o'lchash usulini) sinab ko'rishga kirishdim. Tog' tepasidan turib yerning lojuvard rangdagi osmon bilan tutashganini yaqqol ko'rdim. Qarash chizig'i vertikalga perpendikulyar bo'lgan chiziqdan 00 341 pasaydi. Perpendikulyar bo'lgan tog' balandligini o'lchadim, u shu yerda qo'llanadigan o'lchovda 652,055 cho'zim (gaz)ga teng keldi». U burilish burchagini asturlob yordamida o'lchadi va sinuslar formulasi qonuniga amal qildi. Shuningdek, u hisoblashda algebradan foydalangan. Tog'ning eng yuqori nuqtasi Tog'ning eng past nuqtasi Tog'ning balandligi

= A nuqtadan ko'rinadigan haqiqiy ufqning eng past nuqtasi. = (r + h) - AOC uchburchagi gipotenuzasi.

(r + h) *cos (a) Keyin o'ng tomonni r ni topish soddalashtirilishi mumkin.

A = B = h = C = AO r =

r = h*cos (a) / (1-cos (a))

1-rasm

Yer aylanasining uzûnligini aniqlash, Beruniy aytganidek, sahrolarni kezib 10 yoy uzunligini aniqlashga nisbatan aniq va qulay. Shu bois, u trigonometrik usullardan foydalanib, tog' balandligini o'lchashda avvalgi astronomlardan ham aniqroq natijaga erishgan.

Yer aylanasining uzunligini topish haqida Beruniy bunday deydi: «Yer aylanasining uzunligini topish uchun hamma hollarda ham shu topilgan topilmani, ya'ni radiusni ikkilantirib 22 ga ko'paytir, hosil bo'lgan ko'paytmani 7 ga bo'l, shunda sen o'lchagan birliklarda Yer aylanasining uzunligi kelib chiqadi». Beruniy aytgan amallarni bajarganda L=2nR

Scientific Journal Impact Factor

o

ni aylana uzunligini hisoblash mumkin. Bunda 22/7=3,14.... (n)ni ifodalaydi.

Shunday qilib, Beruniy shaxsan o'zi bir qancha shaharlarning geografik kengliklarini hisobladi. Masalan, G'aznaning kengligi 330 351, Kandaniki 330 551, Dumpurniki 340 201. Uning hisoblashiga ko'ra, Buxoro shahrining kengligi 390 201 deb topilgan. Hozirgi kunda bu qiymat 390 461 dir. Demak, bu Beruniy hisobidan faqat 00 261ga farq qiladi. Xullas, buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniyning ilmiy va madaniy merosini o'rganish nafaqat ilm dunyosiga balki Geodeziya sohasini tubdan rivojlanishiga turtki bo'ladi.

1. Nazirov A. Geodeziya.Toshkent,"Oqituvchi",1978.

2. O'tanov.O'.Geodeziya.Toshkent.,o'quv qo'llanma,2005.

3. Inamov.A.N,Lapasov.J.O.Injenerlik geodeziyasi, Toshkent, o'quv qo'llanma,

XULOSA

REFERENCES

2017

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.